July 1

Stay with Me...

— 마음에 꽃이 피지 않으면, 봄이 와도 무슨 의미가 있을까?

— Qalb gullab-yashnamasa, bahor kelganining nima ahamiyati bor?

⤿Author: 𝓼𝓸𝔂𝓾𝓷

⤿Bir qismli fanfic.

~~~~~~

Uni juda sog‘inyabman...

~~~~~~

Men juda xafa edim... kamiga yomg‘ir yog‘ardi. Avtobus yo‘q. Kelmasa ham mayli. Qanday tushuntirsam ekan, o‘tirgan bekatimda o‘rindiqlar orasi to‘siq qilib qo‘yilgan, odamlar manziliga qarab o‘rindiqlarda o‘tirardilar. Atrofda hech kim yo‘q edi... kim ham bu yomg‘irda ko‘chada yuradi? Menga o‘xshagan omadsiz ahmoqlar holos.

Kulishni bilmaydigan odam baxtsiz deydilar... yig‘lashni bilmaydigani esa ikki xissa baxtsiz... Va men shundaylardanman. Behuda ko‘zyosh to‘kish hech narsani hal qilmaydi. Shuni tushunib yetgan kunim yig‘lashni to‘xtatdim. Bugun esa osmon meni o‘rnimga buni bajaryabti. Sovuq...

Men suyanib o‘tirgan to‘siq ortiga kimdir kelib o‘tirdi. Negadir tinmay nolirdi va... va yig‘layotgandi...

— Eplolmayabsanmish, ahir qo‘ldan kelgancha harakat qilyabmanku...

Keyin yig‘lagan holda qandaydir jumlalarni takrorlay boshladi. Lekin har safar adashib ketayotgandi. Qo‘lida shitirlagan narsa bor edi, menimcha u qog‘ozga qarab bu so‘zlarni aytyabti. Lekin yig‘i aralash aytgani uchun men nima deyayotganini yaxshi anglolmayotgandim...

Yana biroz shu tartibsiz gaplardan keyin, u tomog‘ini bir qirib olib ovozini sozladida, o‘sha gaplarni ohangga solib o‘qiy boshladi... Men shunchakiy uning ovozini eshitishim bilan go‘yo sehrlangandek qotib qoldim... hayolimdagi muammolar, savollar... barcha tashvishlarimni unutdim... Sharros quyib yog‘ayotgan yomg‘ir tovushi ham tingandek... yo‘ldan bironta ham mashina o‘tmadi...

Ehtimol, bu barchasi u o‘sha qo‘shiqni g‘amgin holda, qalbida dard bilan aytayotganidadir... yoki gap qo‘shiq so‘zlarida... lekin u buni qanday uddalayabti?...

Biroz turib, yomg‘ir to‘xtadi... afsuski uning qo‘shig‘i ham o‘z nihoyasiga yetdi... Osmon endi jim... ikkimiz ham jim qolgandik... Sezib turibman, u hali ham shu yerda... U kim ekan? Ko‘rinishi qanday? Bunday qo‘shiqni yana eshita olamanmi?...

— Jin ursin barini... — deb qo‘ydi u. Ehtimol ikkimiz ham yo‘lga tikilib o‘tiribmiz.

Ohiri, boshimni ko‘tarib, o‘rnimdan turdim. Hech bo‘lmasa uning yuzini ko‘ray, keyin esa ketaman.

O‘zimda jur‘at topib, avvaliga to‘siqdan u tomonga qaradim. U ko‘zlarini yumib olgan, boshini orqaga suyab o‘tirardi. Qo‘lida aytganimdek qog‘oz. U tomonga borib, uni cho‘chitib yubormaslik uchun men ham tomog‘imni bir qirib oldimda, salom dedim. Bu yerda men borligimni bilmagan chog‘i, qo‘rqib ketgandek, shoshib ko‘zlarini ochdi. Bir-birimizga qarab yana jim turaverdik.

— Kechirasan, qo‘rqitib yubordimmi? — dedim keyin.

— Yo‘q, hechqisi yo‘q.

— O‘tirsam bo‘ladimi?

— Mmayli...

Hurmat yuzasidan, undan biroz uzoqroqqa o‘tirdim. Yana jimlik...

— Men... — dedim yerga qarab. Yo‘q, ahmoqmana, gapni noto‘g‘ri joydan boshladim... — Aaa, to‘g‘rirog‘i... ovozing juda chiroyli ekan... — dedim to‘g‘irlash uchun, ammo hayajonlanib ketdim. Keyin unga qaradim, u ham menga qarab turardi. — Meni noto‘g‘ri tushunma, unisi tarafda o‘tirgandim, o‘zing bu yerga kelding, keyin qo‘shig‘ing...

Yo Xudoyim... u juda chiroyli edi...

— Nega senga yoqdi? Ahir g‘amgin qo‘shiqku?... — dedi u kutilmaganda.

Gap topolmay jim qoldim...

— Bugun... ishdagi muammolar sabab juda charchadim... Sen bu yerga nega kelgan bo‘lsang, men ham shu sabab kelgandim. — dedim ohiri. Negadir uni aldashni istamadim.

— Sen uchun ham ahmoqona kun bo‘ldimi?

— Shunday.

Yomg‘ir yana yog‘a boshladi. Faqat bu safar unchalik ko‘p emas, mayda-maydalab... Tomchilarga tikilib, yana jim qoldik...

— Yana qachondir, kuylab bera olasanmi o‘sha qo‘shiqni? — dedim o‘zimda jasorat topib.

— Albatta, lekin... meni tanimaysanmi?

— Yo‘q.

U bu gapimdan keyin indamadi, kulib qo‘ydida, gapirmay jim qoldi. Menchi?... unga yana tikilib qolgandim...

— Nega kulyabsan? Biror mashhur odammisan? Yoki tanishmizmi?

— Yo‘q, unday emas. Isming nima?

— Aaa, ismim... Miran...

— Ajoyib. Menimcha endi avtobus kelmaydi. — dedi o‘rnidan turib. Qog‘ozni esa buklab cho‘ntagiga solib qo‘ydi. — Uying shu yaqin atrofdami?

— Ha.

— Unda ishxonang qayerda?

— Bu yerga yaqin. Shu yergacha piyoda kelib, qolganida avtobusda ketmoqchi edim. Lekin yomg‘ir...

— Haa, ko‘rinib turibti, hatto soyaboning ham yo‘q. Tez orada kech tushadi. — dedi u soyabonini yoyib. Menda soyabon yo‘qligi rost edi... — Yur, hech bo‘lmasa yarim yo‘lgacha kuzatib qo‘yaman.

— Nima?

— Nima? Qanday ketmoqchisan?

— Haa, yo‘q, hech narsa.

Ikkimiz soyabon ostida yo‘lga tushdik.

— O‘zing qayerda yashaysan? — dedim bekatdan uzoqlasharkanmiz.

— Uzoqroqda.

— Unda ketavermaysanmi, men bir amallardim.

— Bilasanmi bugun ikkimiz deyarli bir xil narsani boshdan kechirdik... hozirgi holingda ishxonangga qaytishni xohlarmiding?

— Yo‘q albatta... Lekin... senda bu muammo jiddiymi?

— Biroz... balki o‘tib ketar... Har holda hozir ancha yaxshiman.

— Unda qachondir aytib berasan, men ham... Hozir esa bugunni unutaylik.

— Yaxshi fikr. Balki o‘sha muammolar shu yerda bo‘lishimiz uchun sodir bo‘lgandir...

— Ehtimol... — deyishga dedimu ammo yuzlarim qizarib yerga qaradim... — Menga ismingni aytmading... — dedim keyin gapni boshqa joyga burib.

— Kechirasan... Bilishni istaysanmi?

— Albattada.

— Uyingda televizor ko‘rasanmi?

"Bu savolni nima daxli bor?..." deb o‘yladim.

— Mmm, ba‘zida.

— Ismimni bilmoqchi bo‘lsang, televizordan topasan.

— Televizordan?

— Ha.

— Rostan mashhur odamga o‘xshaysan.

— Aytdimku unchalik emas.

— Qo‘shiqchimisan?

— Buni o‘zing bilib ol. — u yana kulib qo‘ydi.

— Juda sirli ekansan.

— Ismimni bilganingdan keyin, yana o‘sha bekat oldida ko‘rishaylik, nima deysan?

— Nega? Aa, to‘g‘rirog‘i...

— Shunchakiy do‘stona.

— Mayli.