June 9

Before you Hate me...

— Mendan nafratlanishingizdan oldin, haqiqatni bilishingizni istardim...

⤿Author: 𝓼𝓸𝔂𝓾𝓷

[1-QISM]

~~~~~~

...Qahraton qish kunlarining izg‘irin oqshomlaridan biri. Yo‘llar qor bilan qoplangan, tabiat go‘yo titramoqda edi... Quyoshning horg‘in nurlari ham endi hech nima qo‘lidan kelmasligini yana bir karra anglab yetgandek qorong‘ulik tomon chekinib borardi...

Yuklar bilan to‘lgan omborxona tomon bir mashina kelib to‘xtadida, undan g‘azablangan holda bir yigit tushib keldi. Og‘zidan olov purkaydigan ajdarho kabi ko‘zlari yonib turardi...

U ichkariga kirishi bilan, uni kutib turgan yigitlari ikki tomonga tizilishdida hurmat bilan ta‘zim qilishdi.

— Landavurlar! Ahmoqlar! — deya baqirib ketdi u. Uning ovozidan butun omborxona ichi larzaga keldi. Ta‘zim qilish uchun egilgan yigitlar qo‘llarini qovushtirgan holda yerga qarab jim qolishgandi... Hech kimning na tiq etgan tovush chiqarishga va na boshliqlariga qarashga jur‘ati yetmasdi... — Bitta ishni ham eplay olmadilaringmi!? Shuni ham o‘zim qilishim kerakmi!?? — dedi stol yoniga kelib.

Ehtimol, u hozir bunday kayfiyatda kimnidir o‘ldirishi ham mumkin edi... Ammo birinchi martta unday qilmadi. Kirish tomonda esa, yigitlar hali ham boshliqlaridan biron buyruq kutib, tik turishardi.

— Jihon! — degan yo‘g‘on ovozi eshitildi uning.

— Eshitaman, janob. — dedi bir yigit u tomon kelib.

— Buni qanday bo‘ldi deding!?

— Biz reja asosida ketayotgan edik... Qiz deyarli qo‘limizda edi... Lekin o‘sha payt ukangiz...

— U aniq Junho edimi??

— Haa, ishonchim komil. Men yuzini aniq ko‘rdim... u Junho edi...

— Jin ursin! — deb qo‘ydi u g‘ijinib.

Keyin bir nuqtaga tikilib qoldi...

— Barchangiz tashqariga chiqing!

— Janob?

— Qaytarishga majbur qilma!

— Kechirasiz...

Ichkarida uning o‘zi qoldi...

— Yoon Hyunseok! — dedi u va stol ustida turgan stakanni olib devorga otdi. Yerga shisha bo‘laklari chil-chil sinib tushib, yoyilib ketdi. — Seni mana shu qo‘llarim bilan o‘zim o‘ldiraman!!! — dedi qo‘llarini musht qilib tugib. Keyin esa qonga to‘lgan ko‘zlari bilan bir nuqtaga tikilib, o‘yga toldi...

~~~~~~

Bir necha oy oldin...

~~~~~~

Prokuratura binosi. Bosh prokuror Yoon Hyunseok xonasi.

— Janob, barchasi tayyor.

— Yaxshi, uchrashuv qachonligini bildingizmi?

— Bugun kechki 18:30, 19:00 atrofida.

— Biznikilarni hech kim sezib qolmaganiga ishonchingiz komilmi?

— Albatta janob.

— Qancha qurol va o‘qdori bo‘ladi deb o‘ylaysan?

— Menimcha 3000 ga yaqin o‘qdori va 500 dan ortiq qurollar.

— Menimcha ham shunday... Harakatlarimiz zoye ketmasa degandim.

— Xavotirlanmang, ishga eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan guruhimizni yollaganmiz.

— Qanday soz. Barchasi tayyor ekan, endi vaqt bo‘lishini kutamiz... Qolgan ishlaring bilan shug‘ullanaver.

— U yerga siz ham borasizmi?

— Sen nima deb o‘ylaysan?

— Menimcha bormaganingiz yaxshi... Chunki u yerda Seo Woojin ham bo‘ladi...

— Mayli, ketishing mumkin...

Kotibi Seojin chiqib ketgach, janob Yoon Hyunseokning ko‘z oldidan o‘tmishi o‘ta boshladi... kichik xato... va katta o‘zgarishlar... Seo Woojin...

~~~~~~

O‘sha kun reja yaxshi amalga oshirildi... faqat, qurbonlarni hisobga olmaganda... Ikkala tomon ham yetarlicha jarohatlangandi...

Lekin baribir Seo Woojin suvdan quruq chiqib ketdi. Bu narsa prokuror Yoon Hyunseokga juda alam qilgandi, ammo o‘ljaning yarmidan ko‘pi ularning qo‘lida edi.

— Seni qarayu, Woojin... yana eplabsanda. — dedi u bu xabarni eshitgach, oynadan shaharni kuzatar ekan...

~~~~~~

Uchrashuv o‘xshamagan bo‘lsada, Woojinda yetarli qurol bor edi. Bu muammo emas, ammo uni yangi muammolar qarshilab olayotgandi...

~~~~~~

— Aka balki endi yetar!?

— Aqldan ozdingmi Junho!? — deb baqirdi Woojin.

— Aqlim joyida! Bu ketishda ketsangiz siz aqldan ozasiz!

— Yana ahmoqlikni boshladingmi?

— Qancha odam o‘ldi, bilasizmi?

— Bu biznes.

— Siz uchun shundaydir, ammo men uchun emas! Hoziroq bu yerdan ketaman!

— Qayerga ketasan!?

— Bu ahmoqgarchiliklardan to‘ydim! Shafqatsiz, hissizlarcha o‘z hayotingizda yashashda davom etavering! Meni ortiq bu ishlaringizga aralashtirmang!

— Sen esingni yeb qo‘yibsan bola!

— Aka, siz qachon to‘xtamoqchisiz?

— Menga aql o‘rgatma! Ketishni istaysanmi? Marhamat, yo‘ling ochiq! Ketaver! Ko‘zimdan yo‘qol!!! Lekin bilib qo‘y, yana yo‘limdan chiqadigan bo‘lsang, seni ham boshqalar kabi ayab o‘tirmayman!

Aka-uka suhbati shu bilan yakunlandi, Junho narsalarini oldida, uydan chiqib ketdi...

~~~~~~

Yangi kun.

Xona eshigi ohista taqqilladi.

— Xonim, uyg‘ondingizmi? Nonushta tayyor, chiqar ekansiz. Bugun yakshanba, dadangiz ham uyda bo‘ladilar.

— Aa? Uydalar? Yakshanba? — hali uyqu aralash ko‘zlari katta-katta ochilib dedi Harin. — Hozir, chiqaman. — deb qo‘ydi xizmatchi uchun. — Barakalla Harin, hali yuzingni ham yuvganing yo‘q, turaqolsangchi... yo‘q... yana biroz uxlashga qo‘yishsin... — dedi yana ko‘rpani ustiga tortib yotar ekan. — Ufff, bunaqasi bo‘lmaydi. Dadamni xafa qila olmayman... — dedi ohiri. Biroz shiftga tikilib turgach o‘rnidan turib, oyna yoniga kelib sochlarini to‘g‘irladi. Keyin esa yuz qo‘llarini yuvib, pastga tushdi.

— Hayrli tong qizim.

— Hayrli tong dadajon! — dedi u quvonchli ohanda. — Yaxshi dam oldingizmi?

— Ha, o‘zingchi?

— Kecha bir muvaffaqiyatli ishni yakunlabsiz, tabriklayman.

— Qayerdan bila qolding? — dedi janob Yoon Hyunseok taajjublanib.

— Seojindan. Aytgancha, qani u?

— Buguncha o‘rnimga prokuraturaga borib turadi. Yana uni sansirayabsanmi?

— Kechirasiz😁 O‘rganib qolgandimda...

— U meni yordamchim bo‘lsada, anchadan beri uyimizda, ko‘pgina xizmatlari singgan. Sansirashing hurmatsizlik bo‘ladi.

— Hop bo‘ladi dadajon.

— Qani, dasturxonga qarachi. Xo‘sh, o‘qishlaring qalay?

— Hammasi yaxshi.

— Biron nimada kamchiliklaring yo‘qmi?

— Yo‘q albatta.

— Ishlar bilan bo‘lib, uyda ham ko‘p bo‘la olmayabman.

— Aa, hechqisi yo‘q. Siz uyda bo‘lsangiz, odamlarga kim yordam beradi? — ikkalalari yengil kulib olishdi.

~~~~~~

Nonushtadan so‘ng Yoon lar xonadoniga yangi mehmon tashrif buyurdi...

— Sizga kim kerak? — dedi eshik oldidagi qo‘riqchi kelgan yigitni to‘xtatib.

— Men prokuror Yoon Hyunseok bilan gaplashib olgani kelgandim.

— Kim deb tanishtiray?

— Seo Junho desangiz taniydilar.

Qo‘riqchi ichkariga kirib ketdi. Bu payt Yoon Hyunseok o‘z xonasida, hujjatlar bilan band edi.

— Janob, sizni ko‘rgani bir yigit kelibti.

— Kim ekan?

— O‘zini Seo Junho deb tanishtirdi.

— Junho? — dedi Yoon Hyunseok ajablanib. — Ayt, kiraversin.

Qo‘riqchi tashqariga chiqib, Junhoni o‘zi bilan olib keldi.

— Salom janob.

— Salom Junho... Qani kel, o‘tir.

Junho kelib uning qarshisidagi stulga o‘tirdi.

— Qanday shamollar uchurdi?

— Deyarli hech qanday...

— Ko‘rinishidan, gaplarimni o‘ylab ko‘rgansan shekilli.

— Shunday desa ham bo‘ladi.

— Ho‘sh, nima hulosaga kelding?

— Taklifingizni qabul qilaman.

Kutilmagan bu gapdan Yoon Hyunseok ning yuzida kuchli hayrat ifodasi sezildi... u bir muddat Junho ga tikilib qoldi...

— Bu qarorga kelishing... oson bo‘lmagandir?...

— Oson bo‘lmadi.

— Akang biladimi?

Junhoning yuzi jiddiylashdi.

— Agar siz ekanligingizni bilganida, bu yerga tirik kelmagan bo‘lardim.

Oraga biroz jimlik tushdi...

— Hali ham ota-onangning o‘limida meni ayblaysanmi?

Junho indamadi...

— O‘sha buyruqni men bermagandim...

— Bilaman... — dedi u ma‘yus ohangda. — Lekin buni akamga tushuntirish qiyin...

— Ishonganing uchun rahmat...

— Ho‘sh, menga qanday yumushingiz bor?

— Menga imkon berib, men tomonga o‘tganing uchun, endi senga ham hech kimga ishonmaydigan boyligimni topshirmoqchiman.

— Qanday? — dedi Junho uning gaplaridan ajablanib.

— Bilsang agar, mening yakka-yu yagona, ko‘zimning oq-u qorasi, bittagina qizim bor. Onasining vafotidan keyin, unga unchalik e'tibor berolmayabman... bari ish sabab. Yuqori mansab osonmidi?... Ehh... Ayni hozirgi kunlarda uni hech kimga ishonolmayabman. Ehtimol, Woojin uni nishonga olar... shu o‘y hayolimdan tunu kun ketmayabti degin...Shunday qilib, uning qo‘riqchisi bo‘lishga nima deysan?

— Menga farqi yo‘q.

— Yaxshi... O‘zing ham ko‘z oldimda yurganing ma‘qul. Hali akang bu yerdaligingni bilgach qanday ishlarga qo‘l uradi... bu bizga noma‘lum...

— G‘azablanishi aniq... U oldingi Woojin emas...

— Nima deysan, biz unga qarshi yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakmi?

— Sizni ranjitmoqchi emasmanu, ammo hozirgi harakatlaringiz unga zarracha ham ziyon keltirayotgani yo‘q...

— Shunday degin?... Unda uni to‘xtatish uchun nima qila olamiz?

— Men ham uning hayolida nimalar borligini bilmayman...

Shu payt xona eshigi taqqillab, ochildi.

— Dadajon, — dedi Harin ichkariga kirib. Ammo notanish yigitni ko‘rgach, turgan joyida to‘xtab qoldi. — Voy, kechirasiz, mehmoningiz bormidi?... — dedi hijolatomuz ohangda.

— Hechqisi yo‘q. — deb qo‘ydi Junho uning to‘xtab qolganini ko‘rib.

— Kelaver, o‘zi hozir seni chaqirmoqchi bo‘lib turgandim. Tanish, bu Seo Junho. Ishongan odamlarimdan biri. So‘nggi paytlar sendan xavotir ola boshlayabman. Shu sabab bir muddat u senga tansoqchilik qilib turadi.

— Aaa... yaxshi... — dedi Harin ikkilanib. "Tansoqchi? Nega birdan?" deb bir zum hayolidan o‘tkazdi. Keyin Junho tomonga qarab: — Salom. Mening ismim Harin.

— Salom. Tanishganimdan hursandman. Ismimni otangiz aytib o'tishdi.

— Haa, men ham...

— Endi ertadan Junho seni o‘qishingga olib boradi. Boradigan boshqa joylaringga ham.

— Tushunarli. Universititetim qayerdaligini bilasizmi? — dedi Harin Junhoga.

— Hali yo‘q.

— Aa, kechirasiz, endigina keldingizku😅

— Hechqisi yo‘q. Mayli, unda men ketdim. — dedi Junho o‘rnidan turib telefoniga qarar ekan.

— Ishlaring bormi? — dedi Yoon Hyunseok.

— Deyarli.

— Demak, ertaga kutamiz.

— Albatta. Yaxshi qoling janob va siz ham. — dedi Harin tomon yuzlanib.

U tezda eshik tomonga yurib, chiqib ketdi. Harin esa bir muddat uning ortidan kuzatib qolgandi.

— G‘alati odam ekan...

— Nimadir dedingmi?

— Aa yo‘q, hech nima😅 Nega birdan qo‘riqchi yolladingiz?

— Shunchakiy.

— Dadajon, shunchakiy emas...

— Harin!

— Hop...

— Endi sendan xavotirlanmasam ham bo‘ladi.

— O‘sha yigit shunchalar ishongan odamingizmi?

— Albatta. Bo‘lmasa unga seni topshirmasdim.

~~~~~~

1-QISM TUGADI!

O‘z fikringizni yozib qoldiring🙃