Before you Hate me...
— Mendan nafratlanishingizdan oldin, haqiqatni bilishingizni istardim...
Kechiktirilgan buyruq...
Tashqarida sharros quyib yomg‘ir yog‘ar edi...
— Dadajon, qachon dengizga olib borasiz?
— Buguncha yomg‘ir tinsin, ertaga boramiz.
— Kecha ham shunday degandingiz... — dedi Junho xafa bo‘lgandek.
— Seni qarayu, buncha dengizni yaxshi ko‘rmasang?
— Dengizni emas... akam bilan chig‘anoq terishni xohlayman...
— Yomg‘irda baribir yig‘a olmaysiz.
— Unda, ertaga olib borasiz-a?
— Yomg‘ir yog‘masa, albatta olib boraman.
Kech tushdi. Yomg‘ir tingan, lekin atrof ancha sovuq, yo‘llar ko‘lmaklar bilan to‘la edi... Mehmonxonada ikki do‘st gaplashib o‘tirardilar.
— Qanday ishlarga aralashib qolganimni o‘zim ham bilmayman... Lekin... ko‘nglim sezyabti, ular menga nimadir qilishlari aniq...
— Xavotir olma, men yuqoridagilar bilan gaplashdim. Ertaga sizni ko‘chirishadi.
— Bugun kech bo‘ldi, ishonamanki hammasi yaxshi bo‘ladi.
— Eeeey, Hyunseok, koshki edi bilsang... ularning qo‘lidan hamma narsa keladi... — dedi janob Kangmin xo‘rsinib. Bu paytlari prokuror Yoon Hyunseok ham 32 yosh edi...
— Kangmin, hali hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q, yaxshi narsalar haqida o‘yla. Masalan farzandlaring... — dedi u do‘stining xorg‘inligidan ko‘ngli xijil bo‘lib.
— Senga o‘xshab davlat xavfsizligiga ishga kirsam bo‘lmasmidi... Hozir bunday muammolarga yo‘liqmagan bo‘lardim... Farzandlarim... ular mening xatolarim uchun badal to‘lashlarini istamasdim. Hyunseok, sendan bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?...
— Agar menga nimadir bo‘lsa, shu ikki o‘g‘limga o‘zing g‘amxo‘rlik qil.
— Kangmin... qo‘ysangchi bu gaplarni.
— Yo‘q, jiddiy aytyabman. Ehtimol bu ohirgi tilagimdir. Woojin-ku o‘zini eplar, lekin Junho endi 7 ga kiradi... Ularni sendan boshqasiga ishonolmayman.
Yoon Hyunseok do‘stining yuziga tikilib qoldi...
— Mayli, va‘da beraman. — dedi keyin. Uning gapidan janob Kangminning ko‘ngli nihoyat xotirjam bo‘lgandi...
Tun. Osmonda bulutlar orasidan yarim oy nur sochardi...
— Woojin, hali ham uxlamadingmi?
— Negadir uyqum kelmayabti oyi...
— Nega ekan? — dedi Seo xonim uning oldiga kelib, ustiga ko‘rpani tortib qo‘yarkan. — Uxlashing kerak.
— Men... — dedi Woojin g‘amgin ohangda, bu paytlari u 10 yoshda edi. — Men... otam bilan suhbatingizni eshitdim.
Onasi indamay, uning yuziga biroz tikilib qoldi...
— Biz ko‘chib ketamizmi oyi?... — dedi u qalbni larzaga solar ohangda...
— Sen ulg‘ayib qolibsanku... — dedi Seo xonim o‘g‘lining sochlarini silab. Lekin uning savoliga javob bermadi.
— Nega ketamiz?... O‘z uyimiz yaxshiku...
— Bu... otangning ishlari sabab... Yangi uyimiz bundan ham katta bo‘larmish. Asosiysi, u dengiz yaqinida ekan. Ukang bilan har kuni chig‘anoq teraverasiz.
— Rostdanmi? — dedi bola ko‘zlari chaqnab.
— Rostdan. Endi uxlay qol. — dedi Seo xonim, keyin esa chiroqni o‘chirib xonadan chiqdi. Biroq, o‘g‘lini aldagani uchun qattiq afsuslanayotgandi... unday qilmasligi kerak edi... Lekin bundan boshqa chora yo‘q...
Erta uchun qayg‘urayotgan faqatgina Seo xonim va Seo Kangmin emasdi. Yoon Hyunseokning ham ko‘ziga uyqu kelmayotgan edi...
— Salom Jiwon, bu menman. — dedi Yoon Hyunseok.
— Ha, salom janob. Hayrli tong.
— Kangminning oilasini ko‘chirish senga topshirildi, shundaymi?
— Yaxshi, men ham senga ishonyabman. Barchasini xatosiz bajar, tushundingmi?
— Menga ishonsangiz bo‘ladi janob.
Janob Seo Kangmin uchun bu kun og‘ir o‘tdi... Tushlikka yetmasdan, ular barcha narsalarini yig‘ishtirib bo‘lishgandi.
Kech tushdi. Ularning uyi oldiga bir mashina kelib to‘xtadi. Bir yigit mashinadan tushdida, kelib uy qo‘ng‘irog‘ini chaldi.
— Nihoyat. — dedi janob Kangmin va eshikni ochdi. Yigit ichkariga kirdi.
— Salom janob. Meni janob Yoon Hyunseok yubordilar.
Ular yuklarni olish uchun zalga kirdilar.
— Oo, o‘g‘illaringiz bormi? — dedi yigit yana taajjublanib.
— Ha. Qani bolalar, salomlashing.
— Salom janob. — dedi Junho va Woojin bir ovozdan.
Seo xonim va janob Kangmin narsalarni ola boshladir, ammo shu payt bir voqea yuz berdi.
— Janob, buncha shoshmay turing. — dedi yigit ularni to‘xtatib. Kangmin ortiga o‘girilib qaraganida, o‘sha yigit unga to‘pponcha o‘qtalib turardi...
— Nima qqqqilyabsan? Sennn... — u barini anglab bo‘lgandi...
— Kechiring, ammo buyruq shunday. — dedi yigit iljayib. Janob Kangmin nimadir demoqchi edi... ammo... tepki bosildi...
Janob Kangminning jonsiz tanasi polga tushdi... Hammayoq bir zumda qon bilan belangandi... Seo xonim qichqirib yubordi...
Yigit esa ikkilanmay yana bir martta tepkini bosdi...
Junho qurol ovozidan qo‘rqib ketgani uchun quloqlarini berkitib, ko‘zlarini yumib, yerda o‘tirardi. U kichik edi...
Woojin esa tik holatda... ko‘z oldida kechayotgan manzara daxshatidan qimirlolmay qolgandi... U otasining qanday yiqilganini ko‘rdi... onasining esa qon oqayotgan yuzini... Uning ko‘zi faqatgina ularda edi...
Hammasi tamom bo‘lgandi... endi ularning ota-onasi yo‘q...
— Jin ursin! — dedi yigit qon sachragan yuzini artar ekan. — Siz ikkingiz nega jimsiz? Nima, qo‘rqinchilimi? — dedi kulib Woojin ga qararkan.
To‘satdan eshik ochilib, undan boshqa bir yigit kirib keldi. Uning ham qo‘lida qurol bor edi... Uni ko‘rgan qotil esa yugurib deraza oldiga bordida, qochib qolishga ulgurdi.
— Jin ursin, qochib ketdi. — dedi kelgan yigit uning ortidan bir ikki o‘q uzib. — Shu yetmay turgandi o‘zi. — keyin esa bolalar oldiga qaytib keldi. — Ahvolingiz yaxshimi?
Junho ota-onasiga qarab, yig‘lab yubordi...
Woojin karaxt holda edi... hech narsani his qilmasdi...
— Yuring, bu yerdan ketamiz. — dedi kelgan yigit ularni qo‘lidan ushlab. — Ular endi yo‘q...
Bolalar unga haloskor sifatida qarab, ortidan ergashdilar. Mashinada qayergadir yo‘l olishdi. Junho hali ham yig‘lardi...
Ular omborga o‘xshash bir joyga yetib kelishdi. Yigit ularni ko‘zoynakli kimdirning oldiga boshladi.
— Nima bo‘ldi? — dedi o‘sha kimsa.
— Ularning ota-onalari o‘ldirildi...
— Shunday de. — dedi u. Keyin esa Woojin ning oldiga keldi. — Isming nima bolakay?
— Woojin... — deya oldi u zo‘rg‘a.
— Bu yerga nega kelganingni bilasanmi?
— Ota-onangni kim o‘ldirganinichi?
U boshi bilan yo‘q ishorasini qildi.
— Agar, uning ismini aytsam, qasos olishni istarmiding?
— Yaxshi... Unda eslab qol. Uning ismi Yoon Hyunseok...
Janob Yoon Hyunseokning telefoni shoshilinch jiringladi.
— Seo Kangmin va uning rafiqasini... o‘ldirib ketishibti...
— Bilmadim. U yerda boshqa hech kim yo‘q edi...
— Ahir Jiwonni jo‘natgan edikku...
— Jiwon... uni... uni... uni ham o‘ldirishgan...
Janob Hyunseok gapira olmay qoldi. Ahir kechagina Kangmin bilan gaplashgan ediku... Kechagina u tirik edi... Bolalarchi?...
"Qani edi kechayoq ularni boshqa joyga olib borganimda... Hammasi tamom..."
O‘sha voqeadan keyin, Woojin janob Yoon Hyunseokdan nafratlanadi... tasvirlab bo‘la olmas darajada nafratlanadi... Ammo bu chuvalashgan iplar boshi o‘sha ko‘zoynakli kimsaning qo‘lida edi...)
Junho cho‘chib uyqudan uyg‘onib ketdi... U tushida ota-onasini ko‘rgandi... O‘sha daxshatli kun...
Vaqt o‘tishi mumkin, ammo xotiralarni o‘zi bilan olib keta olmaydi...
Biroz shiftga termulib turgach, u o‘rnidan turib muzdek suvda yuz-qo‘lini yuvdi. Ammo bu uning qalbida yonayotgan olovni o‘chirish uchun kamlik qilardi...
Muzlatkichni ochib, nonushta uchun nimalardir oldi...
Uni bir savol qiynayveryabti... Janob Hyunseokga ishonishi to‘g‘rimi?...
Bugun birinchi ish kuni. Tezroq borishi kerak...
Harin darvoza oldida allaqachon haydovchisini kutardi. Sochlari boshqacha turmaklangan, qo‘lida sumkasi. Nihoyat uzoqdan mashina ko‘rina boshladi.
— Salom. Hayrli tong. — dedi Junho.
— Salom, sizga ham. — dedi Harin mashinaga o‘tirarkan. — Buncha kech qoldingiz?
— Bu uchun uzur. Qayerga hayday?
— Siz haydayvering, yo‘lni o‘zim ko‘rsataman.
Uzoq vaqtgacha jimlik hukmron bo‘ldi. Faqatgina burulishlarda Harin qayerga yurishni aytib turardi. Ikkisi ham o‘z hayollari bilan band edi. Ayniqsa Junho...
"Zerikarli odam ekan" deb o‘ylardi Harin.
Ular universititetga yetib kelishdi.
— Darslarim kunduzgi 3 yarimga tugaydi, istasangiz o‘z ishlaringiz bilan shug‘ullanavering.
— Yaxshi. — deb qisqagina javob berdi Junho.
— Ko‘rishguncha. — deb mashinadan tushdi Harin.