Before you Hate me...
— Mendan nafratlanishingizdan oldin, haqiqatni bilishingizni istardim...
— Senmiding?... Deyarli hech nima.
— Aka, juda o‘zgarib ketyabsiz...
— Bilasizmi... siz... o‘sha kundan keyin umuman kulmay qo‘ydingiz...
— Buni endi nima ahamiyati bor?... — dedi Woojin Junhoning yelkasiga qo‘lini qo‘yib.
— Shu yil bitirsam, o‘qishni tashlamoqchiman.
— Sen o‘qi, menga bu shart emas.
Junho bir tomondan Harinni kutib, bir tomondan akasi haqida o‘ylab, vaqtni ham tezda o‘tkazib yuborgandi. Universititetda darslar tugadi.
— Buncha nolidinga?... Qiziqsanda Harin.
— Nega buncha ko‘p narsa o‘qishimiz kerak? Tanlovga nima bor? Yana, nega seni emas, meni guruhga olishdi? Seoyeon...
— Shuncha narsaga qanday ulgurasana? Sen ham charchaysanku.
— Haa, to‘g‘ri... Ozgina dam olish ham kerak. Shu hafta ohiriga, biron joyga borsak, nima deysan?
Ular universititetdan chiqishdi.
— Haydovching olib ketadimi? — dedi Seoyeon.
— U allaqachon shuu yerda. — dedi Harin Juhon o‘tirgan mashinaga ishora qilib.
— Haa, dadam kecha almashtirdilar, uni ismi Junho. Aytishlaricha eng yaqin odamlari emish. Endi mendan xavotir olishmas ekan.
— Yur balki, istasang uyinggacha tashlab qo‘yamiz.
Harin va Seoyeonning yaqinlashishgani sabab, Junho mashinadan tushdi.