October 5, 2025

For of Lifetime...

ᥫ᭡Qorong‘ulik bu — faqatgina zulmat emas. Balki, yorug‘ kunlarning boshidir...

ᥫ᭡Author: Soyun

{6-QISM}

~~~~~~

Darslar tugadi.

Soyun narsalarini olib, ko‘rinishi jiddiy holda tashqariga chiqdi.

Soyun: Shu yerda meni kutib turdingmi?

Yeohan: Albatta.

Soyun ensasini qotirdi: Mayli, ketamiz.

Ular mashinaga o‘tirishdi.

Yeohan: Qayerga?

Soyun: Kasalxonaga.

Yeohan: U yerda nima qilasan?

Soyun: Senga nima? Meni olib borsang bo‘ldi.

Yeohan: Otang biladimi?

Soyun: Unga nima, a? Unga nima???😠 Menga qara Yeohan, aslida seni ortimdan yurishing ham asabimga tegyabti. Ortiqcha savol berma va hayda! — uning hayolida Minhonning gaplari aylanib yurardi.

Yeohan: Nega buncha asabiysan?

Soyun: Bu meni ishim. — u gapini tugatmasidan ko‘zlari yoshlanib ketdi. — Hamma narsadan nafratlanaman. Hamma hammasidan💔

Yeohan: Hoy, senga nima bo‘lganaa o‘zi. Nega yig‘layverasan?

Soyun: Yeohaaan, senga hayda dedim. Gapirma, tamom

Pov* Yeohan: Nima bo‘lgan bu qizgayaa.

Mashina yurdi, oraga esa sukut cho‘kkandi...

~~~~~~

Soyun: Ho‘sh, bu yerda nima qilaman??? Qanday ishim bor???🙄

Ular dengiz bo‘yiga kelgan edilar.

Yeohan: Shunchakiy, o‘zingga kelib olishing uchun olib keldim.

Soyun: Ha, haa, yana nima😒

Yeohan: Menimcha bunday paytlarda, bu yerda sayr qilish ayni...

Soyun: Sen qachondan menga mehribon bo‘lib qolding???

Ular yurib borishardi.

Yeohan: Sendek qo‘pol qizni endi ko‘rishim. Yaxshilik ham...

Soyun: Shunchakiy, ortimdan kimdir enagamdek yurishini yomon ko‘raman😒

Yeohan to‘xtab: Shoshma, shoshma, shunda men enagamanmi🤨🤨 Ko‘zim uchib turgani yo‘q edi😒

Soyun: Eshitganing😌 — u yo‘lida davom etardi.

Ular dengiz va oralaridagi masofa 2 qadamcha qolgan joyda to‘xtashdi. Soyun ancha o‘ziga kelib olgandi.

Soyun: Haa.. Bu men uchun kerak edi. Dengiz... toza havo...

Soyun

Pov* Soyun: Yeohan, senga qilgan qo‘polliklarim uchun uzur...

Yigit qizga biroz tikilgancha, qarab turardi...

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Sunwo bilan birga tushlik qildik. Keyin esa shifokorlar uni ko‘rik uchunmi, olib chiqib ketishdi. Menga kirish mumkin emas ekan, shuning uchun mana, xonada kutib o‘tiribman. Seojin esa hali ham o‘sha-o‘sha... U o‘ziga kelsa, Soyun qanday hursand bo‘ladi?... Balki shunda ota-onasi bilan bo‘lgan munosabatlarini yaxshilab olar. Hozirgi holati sabab ham uyidagilari bilan janjallashyabti deb o‘ylayabman...

Seojinning onasi ham juda ham tushkun ahvolda edi. Biz uni Soyun bilan necha marttalab uyiga qaytarib yubordik, chunki u bu yerda qolsa o‘zining ham sog‘lig‘i yomonlashishi mumkin edi. "O‘g‘lingiz o‘ziga kelganida hasta onasini ko‘rsa, qanday holga tushadi? Men aybdorman demaydimi?" — tabiyki bu gaplar bilan biz Yeon xolani 100% ishontirgandik🙂

Universitetda Jiwon bilan bo‘lgan suhbatimizni ham yodga oldim: u men bilan gaplashishni istadi, ammo yo‘q dedim. U ham ketdi, indamay... Tushunish qiyin edi, nega keldiku, nega ketdi?... Shu kunlarda ham negadir mendan o‘zini olib qochayotgandi. Baribir, tushunmadim...

Biroz turib Soyun qo‘ng‘iroq qildi.

Soyun: Aloo, Nari. Salomlar.

Nari: Salomlar. Kelyabsanmi?

Soyun: Mmm, bilasanmi men... Hullas, Yaponiyadan tanishim kelgan edi. Uni kutib olish uchun bormagandim. Bugun kechki ovqatga taklif qildi. U onamning qadrdon dugonasining qizi. Bormasam bo‘lmaydi. To‘g‘ri...

Nari: Mayli, hechqisi yo‘q. Agar bu yerda yangilik bo‘lsa aytaman.

Soyun: Bilasanmi... aslida borishni xohlamasdim...

Nari: Qo‘yaver, kechki ovqat bir pastda o‘tadi, ketadi. Baribir, bu yerda kutamiz holos...

Soyun: Mayli, hayr...

Haa, hayot ajoyib. Sen kimnidir kutasan, kimdir seni. Lekin u ovozidan g‘amgin va biroz asabiy tuyuldi. Bugun universititetga borgandiyaa, o‘qishi haqida so‘ramabman.

Yaqinda o‘qishni ham tugatamiz... 2 oy...

~~~~~~

Kechki ziyofat uchun tayyorlanayotgan Soyun bugungi barcha sodir bo‘lgan ishlar sabab asabiy edi. Otasi bilan biroz avval gaplashib chiqqandi.

Soyun: Ertalabgi janjal yetmagandek, menga qo‘riqchi yollashgani yetmagandek, Minhonning gaplari ham! Bu ziyofat esa oshib tushdi. Nega a? Nima uchun? Yaponiyadan qaytsang meni ko‘rishing shartmidi?

U narsalarni qars-qurs taraqlatardi. Keyin sochlarini to‘g‘irladi, ustiga oddiy ammo hashamatliroq bo‘lgan kiyim kiydi. Biroz pardoz. Baribir hayollari Seojinda edi...

Pov* Soyun: Iltimos, Nari. Menga bugun biron bir xushxabar ayt...

Xona eshigi taqqillab Yeohanning ovozi keldi:

: Soyun xonim, tayyormisan? — eshikni qiya ochib mo‘ralagan holda.

Bu gaplardan so‘ng, oyna oldida o‘tirgan Soyun qimirlayotgan yerida qotib qoldi. Qulog‘iga huddi Seojin aytgandek ovoz eshitildi...

Soyun: Sssssen hozirrrrr...

Yeohan: Bo‘laqol. — u chiqib ketdi.

Soyun 15 daqiqacha bir nuqtaga tikilib turdi... to xizmatkor ayol ham uni chaqirmagunicha

: Xonim, sizni kutishyabti.

~~~~~~

Hayollarini yig‘ib pastga tushgan Soyun onasidan biroz dakki eshitdi. Ammo e‘tibor bermadi.

Soyun: Oyii, siz bilan gap talashmoqchi emasman.

~~~~~~

Yeohan: Nima, shu kiyimda ketasanmi?

Soyun: Xo‘sh???🤨

Soyun

Yeohan: Aaaa, yo‘q. Hech nima. — u mashina eshigini ochib berdi, va ular yo‘lga tushishdi.

Yo‘l bo‘yi Soyun g‘uldirab ketdi.

Soyun: Nima shu shartmikan. Meni ko‘rmasa o‘lib qoladimi?

Bu gaplar deyarli miyyasiga o‘rnashib qolgan Yeohan nihoyat savol berishga qaror qildi.

Yeohan: O‘zi kim bilan uchrashgani ketyabsan? U qiz senga kim bo‘ladi? — u qo‘pol va sovuq javob kutgandi, ammo Soyun bu safar oldingidek gapirmadi.

Soyun: Umi? Yaponiyada birga o‘qigan dugonam. Ismi Mina. To‘g‘rirog‘i dugonam emas. Doim menga g‘alati ko‘z bilan qarardi. Hasad qilishi yaqqol bilinib turardi. Yana dugonangmish. U onamning dugonasini qizi. Oyim ham menga dugonang bilan ko‘rish deb aytganini. Shu sabab u bilan gaplashishga majburman. Oyimning ko‘zida u yaxshi qiz😒 Uff, isib ketyabman. — u mashina oynasini ochib, yuzini tutib oldi.

Yeohan: Haa, shunday degin.

Soyun: Sen nega buncha ezmasan?? Savol berasan, yo to‘g‘ri gapirmaysan, javob olsang gapingni davom ettirmaysan?

Yeohan: To‘vba qildiiiim. Bu fe‘lingga kim chidoladi deb o‘ylaysan?

Soyun: Sendan boshqa hamma😒 Haa, yana bir gap. Meni boshqa "Soyun xonim" dema. Shunchakiy Soyun desang bo‘ladi.

Yeohan: Ho‘sh nega?

Soyun: Chunki... Chunki bu gaping asabimga tegyabti😠

Yeohan: Mayli, mayli, albatta Soyun😒

~~~~~~

Ular yetib kelishdi. Xashamatli bino, xashamatli qahvaxona edi.

Yeohan: Ana keldik. Oq yo‘l.

Soyun: Hoy, menga qaraaa, sen men bilan kirasan.

Yeohan: Nega?

Soyun: Agar Mina jig‘imga tegadigan bo‘lsa meni unga shapalog‘ urushdan tiyib turasan😏

Yeohan: Nima, u bilan...

Soyun: Men uni yomon ko‘raman, to‘g‘risi. Agar oyim aytmaganda umuman kelmasdim. Nega bundayligini uni ko‘rganingda ham tushunib olasan. Qani yur, bo‘ldi.

Ular ichkariga kirib, aytilgan stol yoniga kelishdi. Chiroqlar yoqilgan, atrof chiroyli edi. Stolda esa bir qiz va bir yigit o‘tirardi. Ular ham o‘rnidan turdi.

: Ouv, salomlar.

Qiz Soyunni quchoqlab oldi. Soyun istamaygina salom dedi holos.

Mina: Ko‘rishmaganimizga ancha bo‘libti, Soyun.

Soyun: Haa, nimasini aytasan. — yuzidan kulib turgan bo‘lsa ham ichki holati "😒" edi.

Mina: Qani o‘tir.

Soyun: Salom. Bu yigit kim? — Minaga qarab.

Mina: Haa, bu meni yigitim, tanish, Hanwool.

Soyun: Aa, tanishganimdan hursandman.

U Hanwool bilan qo‘l siqishib qo‘ydi. Hanwool Soyunni ko‘rganda g‘alati bo‘lgandi.

Hanwool: Men ham.

Mina: Soyun, bu yigit kim? — Yeohan ni ko‘rsatib.

Pov* Soyun: Atayin qilgani ko‘rinib turibti. Yigitini olib kelib balo bormidi😒

Soyun kulib: Haa, u meni shaxsiy tansoqchim. Yeohan, ular senga aytganimdek, meni do‘stlarim.

Yeohan Soyunning stoli oldida tik turardi.

Yeohan: Tanishganimdan hursandman.

Muna: Haa, shunday de. Yeohan, siz o‘tirmaysizmi?

Yeohan: Haa, yo‘q xonim. Sizlar bemmalol.

Hanwool: Qani unda, buyurtmalarimizni chaqiramiz. — Soyunga bir-bir qarab qo‘yardi.

Ofitsantlar kelib stol tuzashdi.

Soyun: O‘zi, Koreyaga qachon qaytding?

Mina: 2 kun avval. To‘g‘risi, aeroportda meni kutib olasan deb o‘ylagandim. Ammo bunday bo‘lmadi.

Soyunning sabr kosasi deyarli to‘lib borardi. Birinchi suhbatdan...

Soyun: Haaa, ishlarim bor edi.

Mina: Qo‘ysangchi...

Soyun: Mina, biz suhbatlashgani keldik, tortishgani emas🙂 Xo‘sh, Hanwool, sen gapirchi, Mina bilan qayerda uchrashib qoldinglar.

Hanwool va Mina unga bo‘lgan voqealarni aytib berishdi.

Soyun: Shunday deng, ajoyibku. — u kulib qo‘yib ovqatlanishda davom etdi.

Soyun: Hanwool, sen nima ish bilan shug‘ullanasan?

Hanwool: Menmi, meeen... Hozircha bo‘lajak advokat. Yaponiyada otam politsiya mahkamasi boshlig‘i. Shuning uchun davlat ishlari o‘yicha o‘qishimni xohlashdi.

Mina: Biz shuncha gapirdik, Soyun, endi senga o‘tamiz. Xo‘sh, agar tansoqching bor bo‘lsa, demak senda hozir yigit do‘st yo‘q, shundaymi?

Soyun: Mmmmm, balki va nega?

Mina kulib qo‘ydi.

Mina: Shunchakiy, eslaysanmi, Yaponiyada bir do‘sting bo‘lardi, ismi... ismi... ismi Sunghoon edi. Senga sevgi isxor qilgan.

Soyun qo‘lidagi vilkani stolga qo‘ydi.

Boshini ko‘tarib: Sunghoon. Haa, Sunghoon. Sunghoon degin. Ammo bilasanmi u menga hech qachon sevgi isxor qilmagan va men ham uni sevmaganman. Biz faqat do‘st edik.

Suhbat tobora chigallashib borayotgandi...

Mina: Hullas, o‘shadaaa. U sen haqingda so‘ragandi. Hozir...

Soyun: Unda, kech qolibti, unga aytib qo‘y.

Uning bu gaplaridan keyin bino ichida vaqt to‘xtab qolgandek, sukut xukmronlik surdi. Hamma Soyunga qaragandi. Yeohan ham.

Pov* Yeohan: Bu nima degani? Bu gaplarni janob Kimga aytishim kerakmi yoki yo‘q?...

Mina: Xo‘sh, qaysi ma‘nodaa?😮

Soyun: Oddiy ma‘noda. Ya‘ni, menda yigit do‘st bor. To‘g‘rirog‘i, sevgan yigitim.

Mina bu gaplarga ishonmayroq turdi.

Mina: Yo‘g‘eee, agar unday bo‘lganda, yoningda qo‘riqchiga nima...

Soyun: Mina, bilasanmi, sen o‘ta takabbursan. Yeohan, bizni yolg‘iz qoldirib tur.

Yeohan: Ammo...

Soyun: Bu buyruq emas, iltimos.

Yeohan ketdi. Soyun esa gapini davom ettirdi.

Soyun: Ho‘sh, nima deb o‘ylaganding? Soyunning oldiga yigitimni olib borib ustidan kulaman debmi???

Mina o‘zini bilmaganlikka solib: Sssssoyun, nimalar deyabsan.

Soyun: Bo‘ldi, endi, Mina. Maynavozchilikni yig‘ishtir. Bu yigit seni yigiting emasligini bilaman😒

Mina shok holatiga tushib qoldi.

Soyun: Shunday ekan, yolg‘on hikoyalar va uydirmalar bilan 2 soat vaqtimni olganing uchun rahmat. Seni boshqa yo‘limda ko'rmayman deb o‘ylayman.

U o‘rnidan turdi. Yana bir Mina ga boshdan oyoq nazar solib chiqdida, shu bilan ketdi.

~~~~~~

Tashqariga chiqqanida uni Yeohan kutib turardi. Atrof qorong‘u, binolarda chiroqlar yongan. Tun o‘z pardasini yoyib bo‘lgandi...

Yeohan: Ho‘sh, Soyun.

Soyun: Haa, haa, savollaringga javob beraman, faqat oldin mashinaga o‘tiraylik.

~~~~~~

Yeohan: Qayerga?

Soyun: Avval senga tushuntirib beraman.

Yeohan: Ho‘sh

Soyun: Hullas, Mina yana asabimga tegish uchun yigitim deb boshqani tanishtirib olib kelibti. Biram ajoyib ro‘l o‘ynaydiki. Men unga hozir so‘nggi gaplarimni aytib chiqdim. Orani ochiq qildik. Endi u bilan gaplashmayman. Huddi xohlaganimdek ish.

Yeohan: U dushmaning ekanini tushundim. Va bu qilganing yaxshi. Ammo boyagi gaplaring🤨

Soyun: Haa, umi. Bu rost.

Yeohan: Nimaa???

Soyun: Seni u bilan ko‘rishtiraman, faqat hozir emas. Va otamga aytma.

Yeohan: Nima deganing?

Soyun: To‘g‘rirog‘i u meni do‘stim. Bu jiddiy emas.

Yeohan: Haa...

Soyun: Qanday ahmoqona hayollarga bording🤨

Yeohan: Yo‘o‘o‘o‘q, shunchakiy. Sening aytgan gaplaringdan keyin, nimani o‘ylash mumkin?😂

Soyun: Hhxxx😒 Mayli, meni yo‘l chetida tushurib qoldir. Biroz sovub, aylanmoqchiman. Bugungi ishlar yetarli.

Yeohan: Ammo kech bo‘ldiku.

Soyun: Obboooo...

~~~~~~

Yeohan Soyunni tashlab, ketdi. Soyun o‘zi biroz yolg‘iz sayr qildi. Ko‘chada hech kim yo‘q edi. Faqat yoritgichlar va uch to‘rt mashina shuvvullagancha o‘tib ketgandi...

Uning hayollarida ming hil fikrlar kezib yurardi. Mina, Hanwool, Minhon, Jiwon... Yana chalkashlik. Qo‘shimchasiga Yeohan ham.

~~~~~~

Yeohan Kimlar xonadoniga qaytib keldi. Janob Kim uni yoniga chaqirdi.

J. Kim: Ho‘sh, Yeohan. Bugungi birinchi ish kuning qanday bo‘ldi?

Yeohan: Deyarli yaxshi janob.

J. Kim: Qizimga tushunish qiyin. Buni bilding deb o‘ylayman.

Yeohan: Haa, albatta janob.

J. Kim: Bugungi kun haqida aytadiganlaring yo‘qmi, ho‘sh, Soyun qayerlarga bordi? Nimalar qildi?

Yeohan o‘ylanib qoldi. Hayoliga Soyunning iltimosi keldi: "Otamga aytma".

Yeohan: Ertalab uydan asabiy holda chiqdi. Menga qarshilik ko‘rsatishiga qaramay u bilan bordim. U kasalxonaga bordi. Dugonasi kasal ekan, ko‘rgani. Ammo undan oldin kasalxona bog‘ida yig‘ladi. Menimcha, ertalabgi janjal sabab... Keyin, universititetga bordik. U o‘qishdan chiqqach, ozgina dengizda sayrqildi. Keyin, Kim xonimning buyrug‘lari bilan Mina ismli qiz bilan koprishgani bordik. Ammo janob, Mina Soyunning dushmani ekan. Uni deyarli har gapda yerga urdi. Shu sabab Soyun unga tegishli javob qaytarib, orani ochiq qilib oldi.

Janob Kim: Shunday degin. Xo‘sh, o‘zi qani?

Yeohan: Uni istagi sabab uyga yaqin joyda qoldirib keldim. Mina bilan bo‘lgan suhbatidan keyin biroz yolg‘iz qolmoqchi ekan.

J. Kim: Haa, mayli. Sen ham bo‘shsan. Ketishing mumkin.

Yeohan: Albatta janob.

~~~~~~

Soyun yo‘lida davom etardi. Hayolida faqatgina fikrlar...

~~~~~~

Shunday o‘ylar bilan u uyigacha bo‘lgan yo‘lni tezda bosib o‘tganini payqamay qoldi. Ategi birgina ko‘chadan o‘tsa bo‘lgani edi. Havo salqin, ajoyib... Soyun o‘sha ko‘chaga buruldi. Faqat bu yerda chiroqlar yo‘q, atrof qorong‘u...

U yurib borar ekan, qorong‘ulik borgan sari qo‘rqinchli emasdek tuyulardi... Va tinchlik... Atrof huddi suv quygandek tinch edi... Soyun ham o‘z hayollariga berilib ketgandi.

Bunday sokinlikni faqatgina mashina ovozi va uning yorqin chiroqlari bo‘ldi. U shundoqqina Soyunning oldiga kelganida to‘xtadi. Sal qolsa uni urib yuboray degandi. Soyun esa, qo‘rqish o‘rniga, shunchaki hissiz holda turaverdi. Na qaltirardi, na qo‘rqardi. Ohirgi kunlardagi bu ishlar uni tobora hissizlashtirayotandi...

Mashinadan bir yigit tushib keldi.

: Menimcha bu uchrashuv bunday bo‘lmasligi kerak edi.

Soyun: Har holda, seni ko‘rganimdan hursand emasman.

: Haa, demak oldingidek emassan.

Soyun: Ahir ko‘p narsa o‘zgardi ... .

~~~~~~

ᥫ᭡E‘tibor uchun rahmat. Bu qism ham tugadi🥳 Reaksiya va kamment esdan chiqmasin. Hurmat bilan Soyun🙃😁