November 10, 2025

For of Lifetime...

ᥫ᭡Ba‘zida o‘z his-tuyg‘ularimizni ochiq aytish qiyin, lekin bu jarayon o'zimizni tushunishga yordam beradi.

ᥫ᭡Author: Soyun

{9-QISM}

~~~~~~

Jiwon ohirgi kunlarda oromini yo‘qotgan... Faqatgina o‘ylardi. Nima qilsa hammasi yaxshi bo‘ladi? Nima qilsa bari o‘z joyiga tushadi?

~~~~~~

Soyunni kutib turgan Yeohan u ham chiqqach mashinaga o‘tirdi.

Yeohan: Ho‘sh, ho‘sh, ho‘sh?

Soyun: Obbooo...

Yeohan: Sen dugonangni ko‘rgani kelayotganding shekilli a?... Va o‘sha Mina bilan bo‘lgan suhbatdan keyin, "u meni do‘stim, hech nima jiddiy emas" degan kim edi? — dedi asabga tegar ohangda...

Soyun: Yeohan, baribir aytganim bilan tushunmaysan... Shunchakiy uyga hayda.

Yeohan: Janob Kim...

Soyun: Farzandiga e‘tibor bermaydigan ota-onadan nima kutishing mumkin!?

Yeohan: Sen buni e‘tiborsizlikga olasanmi? Otang senga ko‘z-quloq bo‘lishimni necha bora qaytarganini...

Soyun: Qizlari borligi eslariga nega shu payt tushib qolibti??? Yeohan, meni gapirishga majbur qilma, iltimos. Sen baribir tushunmaysan, men his qilgan narsalarni his qilolmaysan.

Yeohan: Ho‘sh, agar sen aytmasang, indamasang qanday his qilishim mumkin???

Soyun: Men... men senga aytolmayman🥀

Yeohan: Rostdan ham o‘sha yigitni tanlaganingga aminmisan?

Soyun biroz jim turdi.

Yeohan: Agar u senga ziyon yetkazsachi?

Soyun: Yo‘q, u bundaylardan emas. Biz bolalikdan birga o‘sganmiz, men Seojinga ishonaman.

Yeohan: Bu meni vazifam, shu yuzasidan, sendan xavotirlanganim uchun aytyabman. Mayli, o‘zing bilasan... Ammo seni eshitishga doim tayyorman.

~~~~~~

Xonaga qaytgan Sunwo va Nari Yeohanning kelganini va Soyunning ketganidan habar topishdi. Nari voqeani boshidan so‘zlab, Yeohan kimligini ularga batafsilroq tushuntirib berdi.

Seojin: Sezdingmi, Nari, Soyun negadir boshqacha. Ko‘zimga oldingidek ko‘rinmayabti...

Nari: Bilmadim... Sen kasalliging sabab ko‘p xafa bo‘ldi. Balki shuning uchundir.

Seojin: Balki...

Shaharda chiroqlar yongan, atrof qorong‘u... Nari ham ketdi. Sunwo va Seojin biroz suhbatlashishdi. Va bu suhbat orasida Sunwo Nari haqida Seojinga aytdi... Kech tushgandi. Keyin esa chiroqlarni o‘chirib, uxlashdi.

~~~~~~

Oradan 9 kun o‘tdi.

Sunwo va Seojin batamom tuzalishdi va ularga kasalxonadan javob bo‘lgandi. Politsiya idorasidagi ishlarini ham bitirishdi. Aslida bu ishni qilgan odam hozirda ayblanayotgan kishi emasdi. Buni ular yaxshi bilardilar... Seojin esa o‘z o‘ylari bilan, kimdandir shubhalanardi... va Soyun ham undan nimanidir yashirayotganini his qilardi. Uning yarasi esa birozgina og‘riq berib turardi...

Sunwo ham o‘z ishlari bilan band...

~~~~~~

Yangi kun.

Kim Seo: Tuzalib ketganing qanday yaxshi. Bir yarim oydan keyin o‘qishni ham bitirar ekansan, vaqtni o‘tishini qaraya... Bundan buyog‘iga endi universititetdagi baholaringni ham o‘z joyiga qo‘yib olasan degan umiddaman.

Sunwo: Albatta, ahir, yaqinda bitiraman...

~~~~~~

Sunwo: Mayli, men o‘qishga ketdim.

Janob Kim Seo indamadi.

~~~~~~

Yeon xonim o‘g‘lini universititetga kuzatib qo‘yayotgan edi: Yaxshi bor. O‘g‘lim, biron bir yomon ishlarga aralashib yurma hop. Biz uchun tuzalganing hozir eng katta baxtdir.

Seojin: Oyijonim, havotirlanmasangizchi...

~~~~~~

Yeohan: Ho‘sh, Soyun xonim. — ular mashinaga o‘tirishdi. Universititet tomon yo‘l oldilar.

Soyun: Nima ho‘sh?

Yeohan: Sen menga qachon rahmat aytmoqchisan? Bularni ota-onangga aytmayotganim uchun.

Soyun: Qo‘ysangchi shu gaplaringni. Hali "xizmat safarlaridan" qaytib kelishgani ham yo‘qku.

Yeohan: Demak...

Soyun: Men o‘z hayotimda yashashda davom etaman...

Yeohan: Sen tushunish juda qiyin...

Soyun: Aksincha, men senga tushuntirishni xohlamayman.

~~~~~~

Nari universititetga kelib, sinfiga kirdi. Haruna ham, Soyun ham, Sunwo ham, Seojin ham hali kelishmagan ekan.

~~~~~~

Universititet hovlisi — talabalar bilan gavjum. Kimdir qo‘lida kitob ushlagan, kimdir do‘sti bilan gaplashgan, kimdir shunchakiy, o‘ylab, sayr qilyabdi... Ichkariga shoshib kirayotgan talabalar soni ham ko‘pgina. Ulardan biri esa Sunwo. Hattoki hayollar olamida sayr qilganidan, uni chaqirayotgan Seojin va Soyun ga e‘tibor bermadi.

Seojin: Hooy, nima, ertalab uyqing ochilgani yo‘qmi?

Sunwo "nima?" deya ortiga qaradi. Ularni endigina ko‘rgandi. Seojin uning yelkasidan qo‘l o‘tkazdi va yo‘lak bo‘ylab yurishda davom etishdi.

Seojin: Salomlar!

Sunwo: Ssssalom.

Soyun: Biz seni universititet darvozasi yonidan boshlab ortingdan ismingni aytib kelyabmiz😂

Sunwo: Aaaaaa, uzur😅 Hayollarim chalkashib ketdi.

Soyun: Shuncha payt hayollaringni yig‘ib olish uchun imkon bo‘lmadimi? Seni qaraya...

Sunwo: Yo‘q, aslida hammasi joyida. Ammo mahkamada bo‘lgan tergovlar... va ayblanuvchi...

Seojin: Ey, qo‘ysangchi bunday gaplarni. 1 oy tanaffuzdan keyin endi o‘qishga keldik. Unday gaplar o‘sha idorada qoldi. Endi o‘ylamaslik kerak...

Soyun: Bizning Seojinimiz bu 1 oy ichida faylasufona gaplarni o‘rganibdilarmi. Shu gaplarni sen aytma😂

Seojin: Kulib qo‘ydim holos...

Soyun: Kul, kul, hali uzoooq kulasan😂😁

Ular burulish joyiga yetib kelgandilar. Sinflari boshqa-boshqa yerda...

Soyun: Mayli, men ketdim endi sinfimga.

Seojin: Ufff, shu taqdir doim ustimizdan kulgandek. Men ba‘zida bir sinfda o‘qimasligimizdan norozi bo‘laman🤧 Negaa???

Soyun: Yoshbolalikni bas qilsangchi. Ko‘rishguncha. — u ketdi.

Seojin: Ho‘sh, Sunwo, meni fikrimga qo‘shilasanmi?

U biroz o‘ylanib javob berdi:

Sunwo: Mmm, nima desam ekan... Haa, taqdir rostdan ham shavqatsiz...

Seojin shu payt o‘ng yonini ushladi.

Seojin: Aaysh...

Sunwo havotirlanib: Ahvoling yaxshimi?

Seojin: Haa, yaxshi... ozgina og‘riyabti holos.

Sinflariga kirganlarida hamma ularni tuzalib ketishgani bilan tabriklab chiqishdi, kimlardir hursand, kimlarningdir yuzidagi reaksiyasini aniq aytib bo‘lmasdi...

~~~~~~

Soyun Narining sinfi oldidan o‘tib ketayotganda, Nari endigina eshikdan tashqariga u keldimi, yo‘qmi bilish uchun chiqib ketayotgan edi.

Nari: Soyunn! Salomlar. Endigina seni qidirib chiqayotgan edim.

Soyun: Haa, Salom.

Nari: Nega parishonsan?

Soyun: Yo‘q, shunchakiy😅 Hali uyqum ochilmagan ko‘rinadi. Haruna kelmadimi?

Nari: Yo‘q, hali emas. O‘zim zerikib turgandim.

Soyun: Tushlik payti oshxonada ko‘rishamiz.

Nari: Yaxshi... Yigitlar keldimikan?

Soyun: Ha, kelishdi. Men darvoza oldida Seojinni uchratdim. Keyin esa universititet kirish eshigi oldida Sunwo ni toptik. Yo‘lak burulishigacha birga keldik. Ularning sinfi boshqa zaldaku.

Nari: Ajoyibbb. Haruna ham kelib qolsa kerak. Yeohan chi, u hali ham...

Soyun: Haa, doimgidek. Meni haydovchim. Hozir mashinada universititet oldida turgandir.

Nari: Uyingdagilarchi? Xizmat safaridan hali ham qaytishgani yo‘qmi?

Soyun: Albatta yo‘q🙂 Keyinn... Bugun seni vaqting bormi? Gaplashib olishimiz kerak.

Nari: Nima haqida, nima bo‘ldi?

Soyun: Bilmadim... Aytsammi yoki yo'q...

Shu payt tanaffuz qo‘ng‘irog‘i chalindi.

Nari: Nima deyayotganding?

Soyun: Yo‘q, bu yerda bo‘lmas ekan. Keyin aytaman.

Nari: Yaxshi.

Soyun: Mayli, men sinfimga ketdim.

Nari: Hop, ko‘rishguncha!

Soyun ketdi, Nari esa uning gaplariga qiziqqancha qolgandi...

Pov* Nari: Nima demoqchi edi ekan?

~~~~~~

Ho‘sh, Narini sinfiga kirgizib yuborib, Soyun xonimga qaytamiz. Haruna yo‘ldagi tirbandlik sabab, 1-soatga 27 daqiqa kechikib keladi.

Soyun nega shu kunlarda boshqacha? Oldingidek emas?...

Seojin ga ziyon yekazgan Minhon edi. Va... va Jiwon. Ahir Soyun u bilan bolalikdan birga o‘sgan. Endi esa o‘z do‘stiga qilganlari... buni Soyun kechirolgani yo'q edi. Taqdir ham ajoyib... u Jiwon bilan bir sinfda o‘qiydi. Soyun u bilan yuzma-yuz kelganda Jiwon ko‘p martta o‘zini oqlagani harakat qildi, kechirimlar so‘radi. U Narini yaxshi ko‘radi ahir... Nishon Seojin bo‘lmagan... Masalaning bu tarafi ham bor.

Soyunning bu masalani ham o‘ylab, boshi qotgandi. Jiwon ni kechirishiyu kechirmasligi bilmasdi. Uni har kuni sinfda ko‘rganda yuzini burib o‘tib ketardi va bir og‘iz ham so'z demasdi.

U bu gaplarni Narigami, Seojingami, Sunwogami... Kimgadir aytishga boshi qotgandi...

Agar Nariga aytsa, uning nafrati Jiwon ga nisbatan 2 baravar ortadi.

Sunwo ga aytay desa, o‘zi Minhon uning dushmani ekani yetadi, Jiwon ham qo‘shilishi shart emas...

Seojin esa... Ahir ular yoshlikdan do‘st. Agar Seojin alam ustida Jiwon ga biror ziyon yetkazsachi? Aksincha, Jiwon yana unga ziyon yetkazsachi?... Janjal boshlansachi?

Bari juda murakkab...

Soyun ham sinfiga kirdi. Darslar boshlanib ketdi.

~~~~~~

Endi Soyunni ham tashlab, 1-soatga hali kirmagan va kirishni xohlamagan Minhonga o‘tamiz. U ikki uch yigit bilan universititet orqasida o‘tirardi.

: Aytishlaricha Sunwo kelibtimi?

: Haa, shunday.

Minhon: Rostanmi?

: Ha, uni boya ko‘rgandim.

Minhon: Shunday deng. Seojin hammi?

: Minhon, qiziqmisan? Albatta u ham keladida. Ahir ikkisini boplab do‘pposlagan edikku.

Minhon: Bunday gapni gapirma. Bu haqda hech kimning habari bo‘lmasin. Ishni zo‘rg‘a yopdik o‘zi. Sen ahmoqlarga Sunwo ni desam, Seojin ni ham aralashtirgansanlar.

: Biz ikkisi kelayotganini qayerdan bilibmiz?

: Keyin, o‘sha Seojin deganing judaa kuchli ekan, agar bir zarbada hushidan ketib qo‘ya qolganda edi, biz Sunwo ni o'zining ishini hal qilib qaytarverardik. O‘ziyam yomon olishuv bo‘lgandida o‘shanda. — qo‘lidagi sigaretini qayta tutatdi...

Minhon: Ahaa, yanachi? Endi aybni unga to‘nka.

: Qo‘ysangchi, unday emas.

Minhon: Meni haliyam bir savol qiziqtiradi.

: Ho‘sh, nima?

Minhon: Jiwon. Ahir u ham bizga aralashgan. Lekin Seojin ning do‘sti edi. U endi qanday yo‘l tutarkin?

: U bilan gaplashib turar edingku.

Minhon: Hali ham shunday. U bilan deyarli yaqinmiz. Lekin bu sirdan Soyun habardor... u Jiwon bilan bir sinfda o‘qiydi. Va ular ham yoshlikdan do‘st. Aysh, ohiri nima bilan tugashiga qiziqib ketyabman.

: Yana Soyunmi? Nega buncha ko'p aytyabsan shu ismni?

Minhon: Seningcha nega🤨

: Shunchakiy qiziq. Yana nima ediya... bir Nari deysan, bir Soyun...

Minhon: Shunchakiy kuzat... Keyin bilasan.

: Okey.

Qolgan yigitlar Minhonning jahl ifoda etgan yuzini ko'rib, indashmadi.

Aslida Minhon ular uchun (biznikilar uchun) ajoyib bo‘lgan bir ishni rejalashtirib qo‘ygandi. Menimcha, Soyun dan oldin, Nari ni nishonga olgani ma‘qulroq. Keyingi ishlar esa o'zidan o‘zi bo‘lib ketaveradi...😈

~~~~~~

Minhonni ham tashlab, endi Jiwon ga o‘tamiz. U hozir sinfida, 1-soat dars Huquq asoslari. Hayolida ming hil hayollar, ko‘zlari esa Soyunga qadalgan...

Seojin kelganini u ham bilgandi. Endi uning ko‘zlariga qanday qaraydi?...

Minhon bilan ham bir o‘ylab qo‘ygan rejasi asosida gaplashishni xohlayotgandi...

~~~~~~

Tanaffuz chalinib, 2-soat boshlandi.

~~~~~~

Jiwon hozircha tanaffuzda tashqariga chiqib, havo almashtirib, miyyasidagi turli fikrlardan ozginaga bo‘lsa ham halos bo‘lib kela tursin, biz bo‘lsa endi universititet tashqarisiga chiqamiz.

Qora mashina. Oynalari qoraytirilgan. Ko‘rinishidan mansabdor bir shaxs — farzandi uchun xizmatga yollagan mashinaga o‘xshardi. Aslida ham shunday. Ichkarida esa bizga tanish bo‘lgan Yeohan Soyunning otasi bilan telefonda gaplashib turardi.

Janob Kim: Demak hammasi joyida de.

Yeohan: Ha, shunday janob.

Janob Kim: Unday bo‘lsa yaxshi. Biz ham ikki, uch kun ichida borsak kerak. Oldin ham tayinlaganimdek, unga ko‘z quloq bo‘l, Yeohan. Senga ishondim.

Yeohan: Albatta janob.

Janob Kim: Aslida vahtliroq qaytishimiz kerak edi. Ammo 3 haftaga cho‘zilib ketdi... Buni Soyunga aytib qo‘y. U bilan gaplasholmadim ham. Sen borliging uchun unchalik havotir ham olmadim. Qiziq, oldinlari qanday qilib 2, 3 oylab safarda yurar edik?... Qizimizni bir o‘zini tashlab...

Yeohan: Lekin janob, bu mening ishim emas, to‘g‘ri, ammo ancha vaqt o‘tdi va endi qizingiz ham kichik qizaloq emas...

Janob Kim: Bu bilan nima demoqchisan?

Yeohan: Demoqchimanki... demoqchimanki u ulg‘aydi, ya'ni siz xizmat safarlaridaligingizda. Deyarli bir o‘zi... yolg‘iz... Va hozir, endi unga bu e‘tiborlar kerak emas. Endi o‘z hayotini o‘zi boshqaroladi... U nega bundayligini tushunishim uchun 3 hafta ketdi. Asosiy muammo... — Yeohan gapirmadi. Menimcha janob Kim tushundi deb o‘yladi. Keyin esa telefonning narigi tarafidagi odamdan ovoz keldi.

Janob Kim: Seni tushundim deb o‘ylayman, Yeohan. Ishingni yaxshi bajarayotganing uchun rahmat!

Qo‘ng‘ir yakunlandi.

Katta yo‘lda yeldek uchib ketayotgan mashinalarning g‘ildiraklari ovozi eshitilardi... Daraxt shoxlarida qushlar. Yo‘l chetida bir 3, 4 yoshli bola xarxasha qilardi, oyisi esa uning qo‘lidan ushlab o‘rnidan turguzishga urunardi. Baribir, bola injiqlikda davom etar va onasiga qarshilik qilardi... Uzoqdagi avtobus bekatida ikki, uch kishi ko‘zga tashlanadi. Ko‘cha muyulishidagi svetofor ham o‘z ishini bajarishda davom etardi. Yashil chiroq yonishiga qoldi: 23... 22... 21... 20... 19... 18... 17... 16... 15... 14... soniya...

~~~~~~

Yeohanni mashinada qoldirib, yana universititetga qaytamiz...🙃

Tushlik payti.

Bizning qahramonlarimiz oshxonada, 5 kishilik aylana stol atrofiga yig‘ilib bo‘lishgandi. Seojinning oldida Soyun, undan keyin Haruna, keyin Nari, keyin esa Sunwo o‘tirardi. Sunwo Nari ga qarab, qarab turardi...

Soyun: Yana shunday yig‘ilganimiz qanday yaxshi.

Nari: Ammo bu uchun juda ko'p kutishimizga to‘g‘ri keldi...

Sunwo: Va juda ko‘p sabr qilishimizga...

Haruna: Balki ko‘zyoshlarga...

Seojin: Va balki, xafagarchiliklarga... Lekin endi keling, o‘tgan voqealarga qaytmaylik. Hammasi o‘z joyiga tushgan ekan, endi qorong‘u kunlardan yorug‘ kunlar tomon intilishimiz kerakdir...

Soyun: Boya men senga aytdimku, bir oy ichida, kasalxonada zerikib shiftga termulib yotish o‘rniga, faylasufona gaplarni o‘rganibsan😂

Seojin: Qo‘ysangchi😂😁

Hammaning yuziga tabassum yugurgandek bo‘ldi.

Va shu payt Seojin yana o‘ng tomoni ushladi. Og‘riqdan aziyat chekayotgani yuzidan ma‘lum edi.

Seojin: Ah...

Soyun havotirlanib: Ahvoling yaxshimi?

Sunwo: Nima bo‘ldi?

Haruna: Seojin, yaxshimisan?

Seojin indamadi.

Nari: Balki hamshira xonasiga olib borarmiz.

Soyun: Hoy, bunday qo‘rqitma...

Seojin: Shart emas, men... men yaxshiman...

~~~~~~

Tushlik qilib bo‘lgach, hammalari o‘z sinflariga tarqadilar.

Soyun: Agar og‘rishda davom etsa, balki yana shifokorga borarmiz, nima deysan?

Seojin: Shart emas dedimku, xavotirlanaverma. Darslar tugagach, seni har doimgi joyimizda kutaman.

Soyun: Yaxshi. Ammo...

Seojin: Nima ammo?

Soyun: Yeohan...

Seojin: U bilan o‘zim gaplashaman, hopmi!?

~~~~~~

Vaqtni cho‘zmagan holda, darslarni tugatib yuboramiz🙃

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Sevish boshqa ekan... Ayniqsa sen tanlagan inson seni ham tanlagan bo‘lsa... Shu paytlarda har bir kunim juda ham ajoyib o‘tayotgan edi... Hozir esa, universititet dan chiqdim. Eshik oldida Sunwo turardi.

Sunwo: Ho‘sh, bugun vaqtimiz bormi?

Man kulib qo‘ydim.

Nari: Menimcha topiladi...

Sunwo: Qayerga boramiz?

Nari: Balki, biron joyda ovqatlanarmiz?

Sunwo: Mayli.

Biz bir restaranga o‘xshash joyga bordik. U yer juda chiroyli ekan. Yana aytgancha, 3 kundan keyin Sunwo ning tug‘ilgan kuni. Men unga nima sovg‘a qilish haqida ham o‘ylashim kerak...

Ovqatlanar ekanmiz, undan, bundan gaplashib, kulishib o‘tirdik... Bu zavqli edi. U menga o‘zi haqida aytib berdi, esida qolgan yaxshi xotiralari haqida... Bunday hislarni men Jiwon bilan bo‘lganimda umuman his qilmas edim. Uning oldida bunday erkin o‘tirmasdim va gapirmasdim. Sunwo boshqa masala🙃

~~~~~~

Seojinni kutib turgan Soyunga qaytamiz.

Istirohat bog'i. Attraktsionlarning rang barang chiroqlari hali yoqilmagan, charxpalak aylangan holda ko‘kga bo‘y cho‘zgan, bolalarning qiyqiriqlari esa onda-sonda eshitilib turardi. Odam negadir kamroq. Ammo, atrof juda go‘zal edi... Havo biroz bulutli.

Soyun shunchakiy bularni tomosha qilib, bir chekkada jimgina turardi...

Seojin: Men keldimm!

Bu ovoz uning hayollarini tarqatib yubordi.

Seojin: Ko‘p kutib qolmadingmi?

Soyun: Ho‘sh, unchalik emas. Yeohan nihoyat ketdimi?

Seojin: Menga tanbehlar bergan holda ketdi. Ahir seni yeb qo‘yamanku😂😁 Mayli, tushunaman, bu uning ishi...

Soyun: To‘g‘risi, u menga yoqmayabti😒

Seojin: Nega? Aslida u sabab, endi men ham sendan bexavotirman.

Soyun: Qo‘ysangchi😄

Seojin: Yur, endi aylanamiz. — u uning qo‘lidan ushlab turguzdi va ular birga ketishdi...

~~~~~~

Oradan bir yarim soat o‘tdi. Bizning qahramonlarimiz bir ko‘cha bo‘ylab yurib borishardi, u yerda deyarli odam yo‘q edi va faqatgina mashinalar bir, ikki o‘tardi holos. Sayr esa o‘z nihoyasiga yetgandi.

~~~~~~

Seojin: Ho‘sh, bugungi kun qanday bo‘ldi?

Soyun: Men uchunmi, albatta yaxshi.

Seojin: Menga nimadir demoqchi emasmisan?

Soyun ajablangan holda: Yo‘q...

Seojin indamadi, yana bir ikki qadam yurishgach u uni yelkasidan ushlab, o‘ziga qaratgan holda to‘xtatdi.

Seojin: Rostda ham hech nima demoqchi emasmisan?

Soyun: Yo‘o‘o‘q... Bu nima deganing?

Seojin: Hoy, qiz, sen meni aldolmaysan, bilasana? Gapir, shu kunlarda nimadandir xafasan va parishonsan... Ho‘sh? Sabab? Seni bunchalar o‘ylantirayotgan narsa nima? Nega menga hech nimani aytmayabsan? Kasalxonada, o‘zimga kelgan kunimoq bildim buni. Negadir oldingidan boshqachasan...

Soyun: Yo‘q... bu... bu... juda jiddiy narsa emas... — u to‘xtab qoldi.

Seojin: Soyunimmmm, aldashni bas qil.

Ular 4-5 daqiqa bir-birlarining ko‘zlariga tikilib qolishdi... Shu holatda... Seojin Soyunning yelkasidan hali qo‘lini olmagandi. Dunyo to‘xtab qolgandek atrof jimjit edi... Ko‘zlar hech qachon aldamaydi....

Soyun: Men... mmmen...

Seojin: Mayli, senga ko‘p savol bermayman, agar istasang yig‘lashing mumkin, bu yerda deyarli hech kim yo‘q.

Soyun: Men.. mmen senga aytishni...😭

Seojin: Keyin gapirasan... — uni bag‘riga bosdi.

(Shunaqa hullas🌚😁)

Seojin: Hammasi joyida bo‘ladi.

U Soyunning sochlarini silab, uni yupatib turardi...))

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Sunwo bilan hayrlashgach, ichimga quvonchlarim sig‘magan holda uyga qaytdim. Bir soat o‘tar-o‘tmas oyim ishdan keldilar. Birga kechki ovqat tayyorladik. Keyin esa dadamni kutib oldik.

Dad: Ouv, bunday yoqimli hid qayerdan kelyabti?

Nari: Salom dada, yaxshi keldingizmi?

Mom: Keling azizim. Ovqat tayyor.

Oila davrasida maroqli kechki ovqat qildik. Dasturxonni yig‘ishtirib, idishlarni ham yuvib bo‘lgach, xonamga chiqdim. Ahir dars tayyorlash kerak.

Soat 20:37 edi.

Eshik qo‘ng‘irog‘i chalinganini eshitdim. Oyim ochibdilar. Keyin esa pastdan, ularning meni chaqirgan ovozlari eshitildi. Zinadan tushganimda kutib turar edilar.

Mom: Kimdir senga jo‘natibti. Maktub...

Nari: Kech bo‘lganda kim ekan?...

Qo‘limda bir parcha qog‘oz turardi. Uni ochdim. Ustida " Park Nariga" degan yozuv bor edi. Kimdanligi noma‘lum.

Xatda:

...O‘zingga mos insonni topganing bilan. Ya‘ni Sunwo ni. Menimcha tushunding. Endi senga bir haqiqatni aytmoqchiman: Seojin va Sunwo pichoqlanganda ish osongina yopildi. Buni sizlar ham bildingiz. Ho‘sh, men bu ishda qo‘li bor 2 kishini bilaman, ya‘ni bu ishni buyurgan 2 kishi. Kim deb o‘ylaysan? Agar Sunwo Minhon bilan dushman, Minhondir deb o‘ylasang, bu to‘g‘ri. To‘g‘ri topding. Lekin ikkinchisi... Sen xafa bo‘lasan,yoki yo‘q, bu menga qiziq emas, chunki sen mening yaqinim emassan. Ammo bilginki bu ishda qo‘li bor 2-shaxs, bu Jiwondir... Sen kimsan dersan, men Jiwon ning dushmaniman, bu degani uni yomon ko‘raman. Senga bularni aytishdan maqsad, oddiy. Shunchaki Jiwon ni ta‘zirini ber, undan intiqom ol, qilgan ishining sababini aytsin, tan olsin... Yaqin kishisidan eshitgan og‘riqli gaplarini inson bir umrgacha unutmasligi mumkin. Ayniqsa, u o‘sha odamni oldin sevgan bo‘lsa :)

Qo‘limdagi qog‘oz yerga tushib ketdi...

~~~~~~

Bu qism tugagani bilan. O‘z fikrlarizzi yozib qoldiring. Hurmat bilan Soyun😁🌚🎀