December 14, 2025

For of Lifetime...

ᥫ᭡FINAL

ᥫ᭡Author: Soyun

{12-QISM}

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

~~~~~~

Jiwon: Aytganimdek, mening aybim, faqatgina sevganim.

Shu payt o‘q ovozini eshitdim. Ko‘z oldimdagi hamma narsa yorug‘lashib ketdi, keyin esa qorong‘ulashdi... U yog‘ini eslolmayman.

~~~~~~

Ko‘zimni ochganimda kasalxonada edim. Boshim aylanardi... Qo‘limga qandaydir narsalar ulab qo‘yishgan, yuzimda kislarod baloni bor edi. O‘rnimdan turishga harakat qilib, yuzimdagini oldim. Bilmadim, meni kutib turganmi?... Shu payt xonaga bir hamshira yugurib kirdi.

: Yo hudoyimmmm, o‘zingizga keldingizmi?

Biroz turib shifokorlar kirdi, keyin esa oyim.

Nari: Oyijon😭 — deb yig'lab ularni quchoqlab oldim.

Park xonim: O‘zingga kelganing bilan, qizalog‘im. — dedilar oyim ham ko‘zlari yoshlanib.

Menga nima bo‘lgani haqida tushunolmayotgandim, o‘shanda Jiwon kimga o‘q otdi? Balki Sunwo gadir...

Nari: Sunwo qayerda, u yaxshimi??

Mom: Sunwo?? Kim u?

Nari: Bu nima deganingiz? Ahir u yaxshimi? O‘shanda Jiwon otgan o‘q menga tegmagan bo‘lsa, unda kimga tegdi? Iltimos uni yaxshi deb ayting... Jiwon chi? U hozir qayerda?

Mom: Qizim, meni qo‘rqitma... — dedilar sochlarimni silab. — Yana biroz yotib tur, men hozir shifokoring bilan gaplashib kelaman. Menimcha qandaydir tush ko‘rgansan.

Ular chiqib ketdilar. Men esa bir nuqtaga tikilib qolaverdim. Tush???

Oradan 2, 3 soat o‘tar ekan eshik ochilib undan do‘stlarim kirib kela boshlashdi. Nihoyat, ular meni tushunadi, oralarida Sunwo ham borligiga ishonardim.

Soyun: Nariiiiii!!! — dedi u quvonchli ohangda, keyin esa meni quchoqlab oldi. — Xudoga shukur...

Seojin: Salomlar. O‘zingga kelganing bilan.

Nari: Salom. Rahmat... Sunwo... u qani, u kelmadimi? — dedim yuragim tez urib, agar unga o‘q tekkan bo‘lsachi?...

Soyun: Qanaqa Sunwo? — dedi yonimga o‘tirib.

Nari: Nima hammangiz kelishib oldingizmi? To‘g‘risini ayting, unga nima bo‘ldi?

Soyun va Seojin bir-birlariga qarab olishdi.

Soyun sekingina: Nari... Nimalar deyabsan?... — dedi qo‘limdan ushlab. — Ahvoling yaxshimi?

Nari: Siz meni qo‘rqityabsiz... Sunwo qayerda?

Shu payt xonaga quvongam holda, qo‘lida bir dunyo narsalar bilan Jiwon kirib keldi. U bilan Seojin salomlashdi.

Jiwon: Salomlar.

Seojin: Ouv, nihoyat. Qara balki seni ko‘rsa, nimalar deyayotganini yaxshiroq tushuntirar. — dedi menga qarab.

Uni ko‘rib asabiylashib ketdim.

Nari: Sennn😠 Nima qilyabsan bu yerda???

Soyun: Narii... bu nima deganing?

Nari: Sunwo ga nima qilding? Gapir. U qayerda???

Jiwon: Sunwo? Nnnimalar deyabsan Nari? Ahir seni uyg‘onishingni 6 oydan beri kutyabmiz.

Nari: Qilgan ishlaring esingda yo‘qmi??? Xonadan chiqib ket! Seni ko‘rishni xohlamayman. Daf bo‘l ko‘zimdan!😠

U menga yosh boladek qarab turaverdi.

Nari: Men senga ket dedimm!!!

Seojin: Soyun, siz gaplashib oling, biz Jiwon bilan tashqariga chiqamiz.

Soyun: Yaxshi.

Ular chiqib ketishdi.

Soyun: Nari, bu nima qilganing? — dedi menga qarab.

Nari: Nega ahir?? Eslolmayabsanmi? U bizga nimalar qilganini. Soyun, men bilan ortiqcha hazllashma, to‘g‘risini ayt, Sunwo ga nima bo‘ldi, u qayerda?? — dedim yig‘lab. — U o‘ldimi? Nahotki o‘ldi, siz buni mendan yashiryabsiz😭

U meni quchoqlab oldi.

Soyun: Tinchlan, tinchlan. Bo‘ldi yig‘lamaa. Qani menga qarachi? Kel barchasini boshidan aytib beraman. Sen ham Sunwo deyayotganining kimligini tushuntirib berasan.

Nari: Nega? Ahir uni sen ham taniysanku... O‘sha kuni uni tug‘ilgan kuni edi. Meni esa Jiwon o‘g‘irlab ketdi...

Soyun: Yo‘q, yo‘q, yo‘q Nari... O‘zingni qo‘lga ol. Aslida hech qanday Sunwo degan odam yo‘q.

Nari: Yo‘q!? Nega yo‘q😭

Soyun: Mayli, to‘xta. O‘sha kunni eslaysanmi, bahorning boshlanishi, men universititetga borgan kunim. Jiwon bilan gaplashganimizni eshitib, darslardan ketib qolganing.

Nari: Esimda. — dedim. — Keyin hiyobonga borib, u yerdan uyga qaytayotganimda, yo‘lda meni bir matatsikl urib yuboray degandi. Lekin men hushmdan ketgandim holos. Esla, ertasiga menga mochi olib kelganding, o‘sha meni urib yuboray degan yigit Sunwo edi. U uzur so‘rab, chiqib ketgandi. Seojin u bilan bir sinfda o‘qiydi.

Soyun: To‘g‘ri, esingda ekan. Biroq seni matatsikl emas, mashina urib yuborgan va o‘sha kundan beri, mana 6 oy o‘tdiki koma holatida yotding... o‘rningdan turganing, ko‘zingni ochganing yo‘q...

Nari: Nimaa?? — dedim unga qarab. — Bu nimasi? Ahir men Sunwo ni, yo‘q hammamiz Sunwo ni ko‘rganmiz. Ahir, ahir men uni sevardim😭

Soyun: Hoy, hoy... yig‘lama...

Nari: Yolg‘on. — dedim men. — Hammasi yolg‘on. Ahir esingda emasmi Seojin va Sunwo ning pichoqlangani, yig‘laganlaring... Nega bunday deyabsan??😭

Soyun: Nari... Nari bo‘ldi tinchlan. Mayli, hop Sunwo bor deb hisoblaylik, o‘sha voqealarni menga birin-ketin aytib berchi.

Men ishonardim, ular shunchakiy xotiralarini yo‘qotishgan, Sunwo haqida aytishim bilan uni eslashadi deb. Boshimizdan kechirgan hamma voqealarni birin-ketin unga aytib berdim. Yeohan, Minhon, Jihyeon... Ammo yo‘q, Soyunning hech qanday Yeohan degan haydovchisi bo‘lmagan. Sunwo ga dushman bo‘lgan Minhon ham yo‘q... Jihyeon Haruna ning ukasi ekan... Eshitganlarimdan aqldan ozay dedim. Nahotki men shuncha payt komada yotdim, nahotki hammasi tush?... Nahotki endi Sunwo yo‘q.

Soyun: Menimcha sen faqatgina tush ko‘rgansan.

Nari: Sendan bir narsani iltimos qilsam bo‘ladimi?

Soyun: Ho‘sh?

Nari: Bir webtoon bor edi. "Tashvishsiz dunyo" degan. Ammo uni yo‘qotib qo‘ygandim. Uyimga borib, xonamni qara. Dars stolimning ustida bo‘lishi kerak. O‘shani menga olib kelib ber.

Soyun: Ammo uni nima qilasan?

Nari: U menga kerak. Iltimos, hozir borib olib kel.

Esimda, Sunwo ni uchratgan kunim, o‘sha webtoonni yo‘qotib qo‘ygandim, elektron sahifasi ham yo‘q edi. Agar Soyun hozir uni menga olib kelsa, demak... Sunwo rostdan ham mening tushimga aylanadi... Buni hazm qilish qiyin edi. Oyimni ham chiqarib yuborib, Soyun kelguncha o‘zim xonada yolg‘iz qoldim.

U keldi.

Soyun: Mana bumi? — dedi uni qo‘limga uzatarkan.

Men yig‘lab-yig‘lab kitobni qo‘limga oldim, quchoqladim.

Nari: Sunwo😭

Soyun ham meni yolg'iz qoldirdi.

Qo‘limdagi kitobga qarab to‘yib-to‘yib yig‘lardim... Yo‘q, uni ochishga jur‘atim yetmadi...

Nari: Sunwo😭😭 Ahir nega??...😭

Oradan 6 kun o‘tdi. Kitobni umuman qo‘limdan qo‘ymadim. Oyim mendagi bu holatni ko‘rib, juda xavotirlanardilar. Shifokorlarning muolajalari... yo‘q, ish bermadi.

Haa... kunlarim shu tarzda o‘tardi... Mening qalbimdagi Sunwo ga bo‘lgan hislarni o‘ldirish qiyin edi, shu yo‘sinda Jiwon ga bo‘lgan nafratimni ham. Ammo u aybsiz edi...

Hammadan xafa edim. Bilmadim nega. Kim kirsa ham, webtoonimni quchoqlab, ulardan yuz o‘g‘irib yotaverdim... Ovqat ham yegim kelmasdi.

Soyun: Hoy bunday qilishni bas qil. — dedi u bir kuni. — Bilasanmi... Jiwon seni o‘zingga kelishingni har kuni, har daqiqa, har soniya sanab kutdi. Seni sevgan odamga bunday qilishing yaxshi emas. Nega uni ko‘rishni xohlamayabsan? Ahir u ham qiynalib ketdi.. Nari, iltimos, o‘zingga kel.

Nari: Men Sunwo ni qanday qilib unutolaman😭 — dedim yig‘lab.

Men anchagacha yig‘ladim, Soyun esa meni anchagacha quchoqlab o‘tirdi.

Ertasiga, Chorshanba tonggi edi. Quyosh chiqmagan, havo bulut. Oyim nonushtadan keyin qayergadir chiqib ketdilar. Men esa shiftga qarab yotishdan zerikib, ustimga kiyimlarimni kiydim, kuz kelgan, havo suvoqroq edi. Hech kimga hech narsa demay ko‘chaga chiqdim. Qayerga borishim aniq edi, Sunwo ning uyiga. Kasalxonadan chiqib, yugurishni boshladim. Tushimdagi hayot bilan bu dunyodagisi bir xil edi. Demak, Sunwo ning uyi hali ham bor... U yerga qanday borishni bilaman.

Biroq adashgan ekanman... Xonada yo‘qligimni bilgan oyim tashqariga chiqqanlar, u yerdan esa Jiwon kelayotgan bo‘lgan. Oyim unga Nari yo‘q deganlar, Jiwon esa ortimdan yugura boshlagan.

Huddi o‘sha keng dalalar, daraxtzorlar orasida bo‘lgan voqeadek... Men yugurib borardim... Ortimdan esa Jiwon.

Baribir, u menga yetib oldi... Faqat bu safar qo‘pol emasdi, mehr bilan bag‘riga bosdi.

Jiwon: Hoy, qayoqqa?... — dedi hansirab.

Men yig‘lardim.

Nari: Qo‘yib yuborrrr...

Uni o‘zimdan qanchalik itarganim sari, u meni shuncha qattiq bag‘riga bosardi.

Jiwon: Bo‘ldi, Nari... Hammasi joyida bo‘ladi. Yig‘lama.

Nari: Men Sunwo ni ko‘rishim kerak😭

Shu holda uzoq turdik, qachonki yig‘lashdan to‘xtagunimcha. Jiwon telefonda gaplashdi.

Jiwon: Ha, uni topdim. Havotirlanmang, biroz turib boramiz.

Nari: Mmmeni bir joyga olib bor. — dedim hiqqillab.

Jiwon: Hop, qayerga?

Biz uning mashinasida Sunwo ning uyiga bordik... To‘g‘ri, u yerda uy bor edi, biroq Sunwo yo‘q... O‘sha yerda ham yig‘ladim. Jiwon meni yana bag‘riga bosdi.

Nari: Ketishni xohlayman. — dedim biroz turib.

Jiwon: Balki dengizga borarmiz. — dedi u.

Keyin esa sohil bo‘yiga bordik. Endi to‘liq amin bo‘lgandim... rostdan ham Sunwo yo‘q... U shunchakiy webtoon qahramoni... Buni tan olish men uchun qiyin edi...

~~~~~~

Bir oy shifokorga borib, davolandim. Unutishga harakat qilardim. Yo‘q, bo‘lmadi... Lekin asta sekin Jiwon ni kechira boshlagandim. U meni tuzalishim uchun juda ko‘p harakat qildi. Doim menga e‘tiborli, mehribon edi...

Keyin esa o‘qishni bir imtihon bilan tugatdim. Qolgan tengdoshlarim allaqachon ishlar edilar, masalan Soyun.

~~~~~~

Inson ko‘rgan narsalarini tush deb o‘ylaydi, tushdagilarini esa hayot...

Sunwo... Sen mening hayotimdagi eng shirin xotiram bo‘lib qolding. Balki, men seni juda ham xohlagandirman — faqatgina webtoon ichida bo‘lmasligingni. Ko‘p dard chekmasligingni... Shuning uchun ham mening olamimga sen kirib kelding... Shuning uchun ham men seni sevib qolgandim... Shuning uchun ham uzoq vaqt unutolmadim... Senga bular uchun rahmat, bir dunyo xotiralar uchun. Va‘da beraman, seni unutmayman... Bir umrga...

~~~~~~

Oradan 1 yil o‘tdi.

~~~~~~

Soyun: Bunisichi?

Seojin: Mmm, yo‘q.

Soyun: Buchi?

Seojin unga qaradi: Nima meni o‘ldirmoqchimisan?

Soyun kulib: Ha nimaaa?

Seojin: Aslo yo‘q.

Soyun: Unda buchi?

Seojin: Chiroyli... Yo‘q, lekin bo‘lmaydi, orqasi biroz ochiq.

Soyun: Bunaqada kechgacha kelin ko‘ylak tanlolmaymizkuu

Seojin: Bunisichi?

Soyun: Yo‘q, yoqasi juda katta.

~~~~~~

4 kundan so‘ng.

~~~~~~

Nari: Ho‘sh, tayyormisan? Vauvvv🤩 — dedi xonaga kirib.

Nari: Bu senga juda yarashibti...

Ha, bu Soyun edi... Oppoq libosda...

Soyun: Rostanmi?

Nari: Malikalarni o‘zi bo‘lib qolibsan, buni qaraya.

Fotoapparatchi yigit bilan Haruna kirib keldi.

Haruna: Vaqtiga kelibmiz, qani, rasmga tushib olaylik.

Hamma hursand, hamma baxtli edi.

: Hoy, bo‘ldingizmi? — degan ovozi eshitildi

Nari: Hozir chiqamiz.

Ular chiqib ketgach, xonaga Seojin kirdi.

Seojin: Men aytganimdek, bu senga juda ham yarashgan. — dedi unga yaqinlashib.

Soyun: Yo‘g‘ee. — deb, uning galstugini to‘g‘irlab qo‘ydi.

Rasmga tushadigan joy🌚

Rasmga ham tushib bo‘lgach ular to‘yxonaga yo‘l oldilar.

Restoran🌚

Ular to‘yxonaga kirib kela boshladilar. Ichkariga kirganlarida hamma ularga qarardi, baxt tilardi...

Soyun: O‘xxo‘o‘o‘, bu yer buncha chiroyli. — dedi pichirlab.

Seojin: Ho‘sh yoqdimi?

Soyun: Judayam...

Bugungi kunlari ular uchun juda ham ajoyib o‘tayotgan edi. Tabrik so‘zlar, qo‘shiqlardan so‘ng, tort kesishdi.

To‘y torti🌚

Sahnada so‘z navbati Jiwonga berildi.

U biroz hayajonlandi, ammo so‘zlari chin yurakdan edi.

Jiwon: Baxt bu muhammal hayot emas, bir-birini tark etmaslik. Sizga aynan shuni tiladim. Hayotingizning har bir kuni bugungidek quvonchli o‘tsin. — to‘yxonada qarsak ovozlari eshitildi. — Sizni birga ko‘rish, men uchun juda quvonarli, chunki yoshlikdan birga o‘sgan do‘stlarimsiz. Seojin, men senga ishonaman, albatta Soyunni baxtli qilasan. Va Soyun, sen ham har doim Seojinni qo‘llab, uning yonida bo‘lsan. Shu fursatdan foydalanib... — dedi u ovozini biroz balandlab. Keyin esa kostyumining cho‘ntagidan, uzuk solingan qizil qutichani olib, o‘tirganlar orasidan Nari ni qidirdi. Uning yoniga kelib, uzukni ochib, tiz cho‘kdi. Mikrafonni yana qo‘liga olib. — Nari, menga turmushga chiqishga rozimisan!?

To‘yxonadagi hamma quvonchli kulib ularga qaradi. Hushtak ovozlari eshitildi.

Nari o‘rnidan turib Jiwon ga qarab turardi. Ko‘zlaridan yosh tomdi, bu safar quvonchdan, baxtdan edi...

Nari: Men... men.. men roziman. — dedi unga qo‘lini uzatib.

Jiwon uning qo‘liga uzukni taqdi.

~~~~~~

Tamom😁🌚🎀 Shunday qilib hammalari uzoq va baxtli hayot kechirishadi🙃

E'tiboringiz uchun rahmat💝