July 11

Heartache

— Kechiring...

⤿Author: 𝓼𝓸𝔂𝓾𝓷

⤿1-QISM

~~~~~~

Korea harbiy ba‘zasi

~~~~~~

: Kechirasiz, sizga qanday yordam bera olaman?

Yunso: Salom. Men... yaxshisi guvohnomamni ko‘ra qoling.

U qo‘riqchiga o‘z guvohnomasini uzatdi. Qo‘riqchi o‘qib bo‘lgach guvohnomani qo‘lida ushlab hayratlangancha unga biroz tikilib qoldi...

: Siz... menimcha yangi xizmatchisiz.

Yunso: Ha, shunday. Qo‘mondon bilan uchrasha olamanmi?

: Albatta, qani yuring.

~~~~~~

Bosh qo‘mondon xonasi.

Yunso: Salomatlik tilayman janob🫡 — dedi qo‘mondon Choi Min ni ko‘rgach.

Qo‘mondon: Salom. Xush kelibsan. Seni yana bu yerda ko‘rganimdan hursandman. G‘arbda ishlaring qanday kechdi.

Yunso: Men ham hursandman janob. Hammasi joyida.

Qo‘mondon: Ular nega seni bu yerga jo‘natishdi?

Yunso: Bilasizmi, oldinlari ham doim muammo boshlab yurardim. U yerda ham shunday bo‘lib qoldi😅

Qo‘mondan: U paytlarni esdan chiqarib bo‘ladimi, ahir eng yaxshi harbiylarimizdan eding. Demak, tepadagilarning qaroriga binoan, seni Alfa guruhiga biriktiramiz. Ularda 1 kishi yetishmayotgandi va yangi vazifalari bor, ertaga jo‘nashlari kerak. Oldin guruh qo‘mondoni Park Yijin bilan uchrash. Unga aytib qo‘yganman.

Yunso: Hop janob. Eskilardan hali ham bormi bu yerda?

Qo‘mondon: Eskilar... Yo‘q, ularni bari vazifada. Agar oldingi Alfa guruhini so‘rayotgan bo‘lsang, ularni boshqa maxfiy tashkilotga biriktirib yuborganmiz. Davlat ishlari...

Yunso: Tushunarli... Demak bari yangilar ekanda?

Qo‘mondon: Shunday. Yijinga kelsak, u biroz qattiqqo‘l. Ishonamanki ishlay olasizlar. Ha... yana bir gap.

Yunso: Qanday?

Qo‘mondon: Ertaga boradigan joyingizda, ya‘ni qarorgohda bari harbiy yigitlar bo‘ladi. Aytib qo‘yay dedim.

Yunso: Hammasimi? Hattoki tibbiy bo‘lim hammi?

Qo‘mondon: Nima desam ekan, guruh bilan vazifangiz qiyin, portlatgichlarni topish bo‘ladi. Siz chegara tomonlarga, uzoqqa jo‘naysiz.

Yunso: Mayli, tushunarli. Qolganini qo‘mondon bilan gaplashib olaman. Salomatlik tilayman janob🫡 — deya xonadan chiqib ketdi.

Alfa guruhi xonasi tomon yurar ekan, u hayolida uning bu yerga ko‘chirilishiga sabab bo‘lgan voqeani o‘ylab borardi:

2 hafta oldin. AQSH. Tun. Chekka bir qoyatoshli dashtlar... Atrofdan o‘q ovozlari eshitilar, daydi o‘qlar har tomonda kezib yurardi.

Yunso: Bunaqada uchchovimiz ham o‘lib ketamizku.

Alex: Yana biroz kutaylikchi.

Yunso: Boshliq, ahir...

Alex: Nima qil deysan, ularni tiriklayin tutushimiz buyurilgan.

Yunso: Sofia hushini yo‘qotyabti.

Alex: Aysh, jin ursin...

Yunso jim turolmadida, qurolini o‘qladi.

Alex: Hoy ahmoq, nima qilyabsan?

Yunso: Agar vaqtida olib bormasak, Sofia o‘ladi. Unga qarab tur. O‘zingni ham qo‘lingdan qon oqyabti!

Alex: Yunso! Bu yer jang maydoni, telbalik qilinadigan...

Yunso: Barcha ma‘suliyatni o‘z zimmamga olaman. Mening telba ekanligimni butun razvetka biladi o‘zi.

U shunday deb o‘rnidan turib ketdi. Oradan 5 daqiqa o‘tarkan, atrofdan taralayotgan o‘q tovushlari tingandi...

Ertasiga majlis yig‘ildi.

AQSH ichki ishlar razvetkasi Bosh qo‘mondoni: Ho‘sh, o‘zingizni qanday oqlaysiz? Sizga ularni tirik olib keling degandik, tirik! Chalajon emas! — degan yo‘g‘on ovozi yangradi... Xona suv quygandek jimib qoldi...

Alex: Bu uchun...

Yunso: Kechiring janob, buni barini men qildim. Boshlig‘imning gapiga ham quloq solmay, berilgan vazifani ham unutgan holda, o‘sha jinoyatchikarni men shu holga soldim. Lekin bunday qilmaganimda, hozir biz bu yerda turmagan bo‘lardik. O‘sha kallakesarlar qanday ma‘lumotni bilishini bilmadimkuya, eng yaxshi merganimiz Sofiani va boshlig‘imni ular sabab o‘lib ketishiga ko‘z yumib turolmasdim. Jamoamizni bundan ozod qilgan holda, qanday jazo bersangiz ham o‘zimni jazolang.

Bosh qo‘mondon biroz o‘ylanib turgach javob berdi: Mayli, hozircha bo‘shsiz. Men Razvetka bilan gaplashishim kerak. Seni hech o‘zgartirib bo‘lmadida Yunso.

Alex: Salomatlik tilaymiz janob🫡

Xonadan chiqishgach:

Alex: Ahmoq, seni bu yerdan haydashsachi?

Yunso: Eng zo‘r agentlarisiz ishlari bitarmidi? Qo‘yaver. Sofiani ko‘rgani borishimiz kerak.

Oradan 1 hafta o‘tarkan, Yunso ni o‘z vataniga, Koreyaga jo‘natishga qaror qilindi...

Aeroport.

Alex: Ana ahmoqliging natijasi. U yerda bunday ishlarni qila ko‘rma, hopmi? Tinch yurgin.

Yunso: Hop bo‘ladi qo‘mondon🫡 — dedi hazllashib.

Alex: Ahmoq. Seni o‘zi qanday harbiylikga olishgana?

Yunso: Noliyverma, hali bu boshingni ko‘p og‘ritish uchun qaytib kelaman, kutgin.

Alex: 7 oy kammidi?...

Yunso: Hoy, boshliq, bugun kayfiyatingiz yo‘qmi? — yo‘lovchilarni ogohlantiruvchi signal chalindi. — Voy, samalyotimni ketadigan vaqti bo‘ldi. Xayr, yaxshi qol. Sofiaga salom aytib qo‘y!

Alex: Albatta. Yaxshi bor va o‘zingni ehtiyot qil! Han xizmat safarini tugatganda, ketib qolar ekansanda?😂

Yunso undan allaqachon uzoqlashgandi.

Yunso: Qaytganimda shu kallangga bir tushuraman, eslab qol Alex! — dedi shuning uchun ovozini balandlab.

Alex: Hali ko‘ramiz😂 Kamroq ahmoqlik qilgin u yerda.

Alex uning ortidan kuzatgancha qolgandi...

"To‘g‘ri qilgan ishim uchun ham jazolayverishsa... Ahir o‘lib ketishim kerakmidi?" deb hali ham o‘ylardi Yunso. Alfa guruhi bo‘limiga yetgach, eshik oldida 2 askarni ko‘rdi.

Yunso: Salom.

: Salom. Bu yerda biror ishing bormi?

Yunso: Siz qo‘mondon Yijin bo‘lsangiz kerak. — dedi yigitlardan biriga. — Men yangi kelgan askarman.

Kapitan Yijin: Haa, sen haqingda aytishgandi. Tezroq tayyorlan, vazifa haqida eshitgandirsan? Ob-havo sabab kechga bu yerdan ketishimiz kerak. Keyin imkon bo‘lmaydi. Tanishuvni ham o‘sha yerga borganda qilarmiz. Sen qolganlarga habar ber. — dedi yonidagi yigitga.

: Hop janob.

Hamma o‘z yo‘lida davom etib ketdi... Yunso ko‘z ochib yumgunicha vertalyot tayyor edi.

~~~~~~

Ular manzillariga yetib borganlarida, soat tunggi 1 dan o‘tgandi. Osmon bulutlanib, yomg‘ir yog‘a boshladi. Kapitan guruhni oshxonaga to‘pladi.

K. Yijin: Ho‘sh, guruh, bizda vazifamizda yordamlashish uchun yangi askar bor. Lee Yunso. Avvalgi faoliyating haqida eshitganmiz, guruhimizga hush kelibsan. Bu Seunghyun, u Jaehyung va Minho. Yo‘lda ehtimol hamma charchadi. Xonalaringiz bilan tanishdingiz. Istasangiz ovqatlanib bo‘lgach, uxlang, yoki hozirni o‘zida. Yomg‘irga qarab ishni ertadan boshlaymiz. Bo‘linma bilan ham ertaga tanishuv o‘tkazamiz.

: Tushunarli qo‘mondon. — deyishdi hamma bir ovozdan.

K. Yijin: Yaxshi, xayrli tun. Men hisobot tayyolashim kerak.

: Sizga ham.

~~~~~~

Yijin xonasiga kirib, qog'ozlarga o'tgan vazifa hisobotini yoza boshladi. Ammo biroz turib oshxonadan turli ovozlar eshitilib turdi.

Yunso yangi jamoadoshlari bilan juda yaxshi kelishib olgandi.

Seunghyun: Qo‘mondondan xafa bo‘lma, ohirgi payt u juda band va kayfiyati yo‘q.

Yunso: Mayli, men bunday muomalani ko‘pini ko‘rganman.

Minho: Bilasanmi, sen kelishingdan oldin, bu yerda juda mashxur bo‘lding.

Yunso: Voy, nega?

Jaehyung: AQSH da qilgan ishingni hamma muhokama qildi, undan oldin ham ko‘p operatsiyalarni tugatgan ekansan. To‘g‘risi, hayron qoldik. Biz seni o‘g‘il bola deb o‘ylagandik😂

Seunghyun: Bu yerdagi ishlar qiyin... Odatda yigitlar ham eplolmay qolishadi.

Yunso: Haa, shuning uchun qo‘riqchiga guvohnomamni ko‘rsatganimda hayron qolgan ekanda😂

Minho: Sen shu yergacha kelgan ekansan, demak yetarlicha tajribang ham bor.

Seunghyun: Lekin ishni boplabsan.

Jaehyung: To‘g‘ri, biz doim faqat buyruqni bajaramiz, uni buza olmaymiz... Yetarlicha jasoratli ekansan.

Yunso: Rahmat.

Seunghyun: Koreyada tug‘ilgan bo‘lsang, nega Amerikaga ketgansan?

Yunso: Men iqtidorli askar edim desa ham bo‘ladi😁 Bir martta topshiriq paytida guruhimiz yomon ahvolda qolgandi. O‘shanda ularni jang maydonidan olib chiqib, terrorchilarga qarshi o‘zim kurashgandim... U payt, endi 19 yosh edim. Shuning uchun meni maxfiy agentlikga olib, Amerikaga jo‘natishdi.

Jaehyung: 19?

Yunso: Ha... Aa, kechirasiz. Men yoshligimdan harbiy tayyorgarlikda o‘qiganman. Ota-onam, qarindoshlarim yo‘q. Shuning uchun davlat meni ulg‘aytirgan desam ham bo‘ladi. Birinchi topshiriqqa 17 yoshimda borgandim...

Seunghyun: O‘tmishda yolg‘iz qiynalmaganmisan?

Yunso: Yo‘q. Meni do‘stim bor edi, ismi Han. U bilan tayyorlovda tanishgandik. Biz AQSHda hozir ham bir guruhda ishlaymiz. U 3 oydan beri xizmat safarida edi, men bu yerga kelgan kunim, u ham Amerikaga qaytgan. Afsus ko‘risholmadik. Bu yerga kelganim bir tomondan yaxshi bo‘ldi. Qonli janglarni ko‘raverib, charchab ketarkan odam...

Hammalari bir zum jim qolishdi...

Seunghyun: Biz bo‘lmasak ham, kimdir buni qilishi kerak. — deb qo‘ydi xo‘rsinib...

Yunso: Siz o‘zingiz haqingizda aytib bering. Alfa guruhini AQSHda ham ko‘p eshitardim. Qo‘mondonimiz qanday odam o‘zi?

Jaehyung: Umi, u ajoyib qo‘mondon. Biz topshiriq payti askarga aylanamiz, u esa boshlig‘imizga. Ishdan ozod paytimiz, oddiy odamlar kabi do‘stlarmiz. Oldin bir bo‘linmada xizmat o‘taganmiz, keyin bizni Alfa guruhi qilib qo‘yishdi. U juda iqtidorlilardan. Bir o‘zi 20 ta askarni o‘rnini bosadi.

Yunso: O‘xxo‘o‘o‘...

Minho: Hozir nechi yoshsan?

Yunso: 26 ga kiraman.

Yana biroz suhbatlashishganidan so'ng, Kapitan Yijinning: Hoooy, oshxonadagilar, qani uxlang! — degan ovozi eshitildi.

Seunghyun: Hop bo‘ladi qo‘mondon! — deb qo‘ydi hazllshib. Barchalari yengil kulib olishdi, keyin esa hamma uxladi.

1-QISM TUGADI.

E'tiboringiz uchun rahmat. Hozircha shu, keyingi qismlardan haqiqiy travma boshlanadi😂🌚