Hold my Hand
⤿Ba‘zi odamlar sizning so‘zlaringizni tushunmaydi, ba‘zilari esa sizni tushunish uchun so‘zlarga ham muhtoj emas...
⌗1-bob. Voqealar
...Hammasi o‘sha kundan boshlangandi.
Yashash nima o‘zi? O‘limga yaqinlashishmi? Biz o‘limimiz uchun yashaymizmi? Ahmoqona fikrlar. Hayotdan zavqlanish, unda biror iz qoldirish uchun yashamaymizmi ahir? Sevish, sevilish uchun emasmi bu hayot?
...Kichik edim. Hali maktabga bormasdim. O‘sha paytlarni elas-elas eslayman. Hayotim har doim shunday o‘yin kulgu, tashvishlarsiz davom etadi deb o‘ylardim. Hashamatli uy, mashinalar... erisholmagan narsalarim qolmagandek edi go‘yo. Biroz qiziqqon edim, ko‘rgan har narsamdan zavqlanardim (aslida ham bu bolalarga xos xususiyat bo‘lsa kerak).
Asosiysi dunyo rang-barang edi...
...Otam meni do‘stining uyiga olib boradigan bo‘ldi. To‘g‘rirog‘i injiqlik qilib, u bilan ketishni o‘zim xohladim. Do‘sti olim emish, kimyogar. Bu menga qiziq tuyuldi. Otamni juda ham yaxshi ko‘rardim, u bilan birga yurishni yoqtirardim.
Qop-qora, deyarli yangidek bo‘lgan mashinada yo‘lga tushdik. Yo‘l bo‘yi otam nimalarnidir hisob-kitob qilardi, haydovchi jim, men esa mashina oynasidan uzoq-uzoqlarda ko‘rinayotgan tog‘larni, shaharlarni, binolar, daraxtlar, osmondagi qushlarni tomosh qilib ketardim. Osmon har kungidanda ko‘m-ko‘k, moviy edi...
Yetib bordik. Otam do‘sti bilan salomlashdi.
— Ish bilan bo‘lib biroz kechikdim...
— Haa, tushunaman, tushunaman. Bu o‘g‘lingmi?
— Katta bo‘lib qolibtiku, ohirgi martta 2 yoshligida ko‘rgandim chog‘i.
— Kim senga chet elga ket degandi!?
Ikkalalari bir kulib olishdi. Bu amaki dadamga qaraganda biroz novcha, sochlariga oq tushgan, qo‘llari qadoq va semizroq edi. Nega ko‘zoynak taqib olganiga tushunmadim. Balki olimligi uchundir. Keyin u boshimni silab qo‘ydi. Suhbatda tinmay yaxshi, yaxshi deyaverarkaney.
— Eshik tagida turishimizni, qani marhamat, uyga kiring. — dedi amaki keyin. U yo‘l boshladi, uy ichiga kirib mehmonxonaga bordik. Stol ham tuzatilgan ekan.
Hullas o‘sha kuni otam do‘sti bilan juda uzoq suhbatlashdi. Kech tushay deganda ohiri zerikdim va uyni aylanib chiqish istagi paydo bo‘lib qoldi.
Uy go‘zalligi borasida biznikidan qolishmasdi. Baribir, o'zimizning uy yaxshida, zinalari ko‘p emas, yo‘laklari zamonaviy lekin oddiy bezatilgan. Bu yerdagi eshiklar kichikroq ekan.
Ikkinchi qavatga endi chiqmoqchi bo‘lganimda, ko‘zim bir ochiq qolgan eshikka, undan esa ichkariga tushdi. Menimcha tajribalar xonasi. Xonaga yaqin kelib, ichkariga kirdim. Aytganimdek, juda qiziquvchan edim. Qandaydir ajoyib shisha idishlar, rangli toshlar va suyuqliklar butun xonani egallagandi. O‘rtada katta ish stoli turardi. Deyarli hamma narsani qo‘limga olib ko‘rdim. Rangli toshlardan tortib uchburchak idishlargacha. Keyin yaxshiroq qarasam, u yerda rangli qumlar ham bor ekan. (Bu yerda kimyoviy moddalar nazarda tutilyabti.) Bari juda ajoyib edi.
Deraza yonidagi bir javonda yalt-yult qilayotgan idishdagi suvga ko‘zim tushdi. Qandaydir ajoyib rangda edi. Qiziquvchanlik qilib uni olmoqchi bo‘ldim. Afsuski, bo‘yim yetmas ekan. Baribir, istagimni amalga oshirish uchun o‘sha idishga qo‘l cho‘zaverdim. Oyog‘imni uchida turardim. Endigina shishaga yetdim deganda... endigina shishaga yetdim degan javon bir qalqib ketdi. Keyin esa yuqoriroqda turgan bir shisha to‘kildi... Ha... Haaa aniq eslayman. O‘sha shishadagi suv to‘kildida, yuqoriga qarab turgan ko‘zlarimga quyildi... Uyog‘ini eslay olmayman, og‘rirdi, juda qattiq og‘rigandi o‘shanda.
Ertasiga ko‘zlarimni ochganimda... ko‘zlarim... Men bu dunyoni qayta ko‘ra olish baxtidan ayrilgan edim...
Hozir 20 ga qadam qo‘ygan bo‘lsam ham, bu olamni 5 yoshdagi bola kabi tasavvur qilaman. Ahir, ko‘ra olmayman...
O‘sha uyga borganimdan afsusdaman, qattiq afsuslanaman... Butun hayotim barbod bo‘ldi.
Lekin bari unchalik yomon emas. Badavlat oiladanligim baxtimdir balki.
Ko‘zlarimni 3 martta operatsiya qildirib ko‘rdik... Biri 10 yoshimda, biri 15, biri esa 17. Ammo natija yo‘q. Endi umidimni uzib bo‘ldim...
Boshlang‘ich sinfda qo‘shimcha ustozlar meni amallab yoza oladigan qilishdi, o‘rta maktabni ham bitirdim... Hammadan ajralib turishim o‘zimga sezilardi. Do‘stlarim ham unchalik ko‘p emas. Agar boy bo‘lmaganimda boshqalar kabi bunday maktablarda o‘qiy olmasdim va atrofdagilar ham meni tinmay masxara qilishlari tabiiy edi. Ammo otam sabab, oddiy bolalar bilan o‘qiy oldim. Sinfdoshlarimning hammasi sog', birortasida kamchilik yo‘q edi. Faqat menda... Ko‘zlarim ko‘ra olmaydi.
Hozir esa universititetda o‘qiyman. O‘quv yili endi boshlandi. Bahorda esa o‘qishni bitiramiz. Kim bo‘lishim o‘zimga ham qiziq...
Kecha o‘qishga kela olmagandim. Bugun bildimki, sinfimizga yangi o‘quvchi kelibti. G‘alatiku, 4-kursda universititet almashtirish?...
Darslar tugadi. Narsalarimni yig‘ishtirib, sinfdan chiqdim. Ko‘ra olmasamda his eta olardim, xotiram ham boshqalarnikidan yaxshi edi.
Yurganda yordam berishi uchun qo‘limda hassam ham bor. Bu menga odatiy hol bo‘lib ketgandi. Ba‘zida meni masxara qilganlarini eshitib qolardim. Ammo bularga endi e‘tibor bermayman, shu eng to‘g‘ri qaror...
— Hoy, hoy shoshmaaa. — degan ovoz eshitildi ortimdan. — Hooooy. — kimdir yugurib kelardi. Ortimga o‘girilib to‘xtadim.
— To‘xtab tur.... Yo Xudoyim... — dedi o‘sha ovoz oldimda to‘xtab. Ko‘rinishidan ancha yugurgan, hansirab gapirardi.
— Buncha tez yurasan-a. — dedi u nafasini rostlab. Qiz bolaning ovozi, ammo uni tanimadim.
— Menga aytyabsanmi? — dedim ovoz kelgan tomonga qarab. Menimcha u ko‘zlarimga tikilib qoldi...
— Ko‘zlaring... — dedi biroz turib.
Nima u shu gapni aytmoqchi edimi? Shu sabab ortimdan keldimi? Yana yo‘limda davom eta boshladim.
— Voy, to‘xtaa. — dedi u qiz yurayotgan joyimda yelkamga qo‘lini qo‘yib to‘xtatib.
— Sen kimsan? — dedim yana unga o‘girilib.
O‘ylanib qoldim... Sinfdoshlarimni barini taniyman, hattoki ovozlaridan. U mening sinfdoshim bo‘lishi mumkin emas.
— Qanaqasiga? Seni oldin uchratmaganman.
Endi bari ayon bo‘ldi. Men kecha o‘qishga kelmagandim. Bu qiz esa yangi kelgan o‘quvchi.
— Haa, yangi kelgan o‘quvchi sen ekansanda?
— Bunday qarashni bas qil. — dedim toqatsizlanib. U menga tikilib turgani aniq edi.
— Buni qayerdan bilding? Aa to‘g‘rirog‘i... — dedi u va nimanidir qo‘lim oldiga olib keldi. — Bu kitobing, stoling ustida qolib ketgan ekan.
Shu joyida juddayam kulgim keldi. Kitob? Kitobim? Ahir ko‘zlari ko‘ra olmaydigan odamga kitobni nima keragi bor, o‘qiy olmaydiku. Bu ahmoqni esa ortimdan kitob deb yugurib kelganini.
— Shuni deb yugurib keldingmi? — dedim kitobni qo‘limga olib.
— Istasang sumkangga solib beraman. — dedi u.
— Shart emas. — dedim e'tiroz bildirib. Lekin u baribir yelkamdagi sumkamni oldida ichiga kitobni solib berdi.
— Nega bunday qilding? — dedim ajablanib.
— Shunchakiy, yordamlashgim keldi. Voy, to‘garagim boshlanib qolibdi. — dedi u menimcha qo‘lidagi soatiga qarab. — Mayli, xayr. Ertagacha. — dedida keyin ketdi.
Men o‘sha joyda biroz o‘ylanib turdim, hozir nima bo‘ldi?...
Atrofimdagi barcha mendan o‘zini olib qochsayu, kechagina bu yerga kelgan va endigina meni ko‘rgan bu qiz menga yordamlashsa. Yo nima u meni nochor deb o‘ylab, rahm qilyabtimi??? Ahmoqonaa, o‘zi barcha insonlar shunday.
Negadir, tuni bo‘yi uxlay olmadim va shu haqida o‘ylab chiqdim...
Ertalab uyg‘onsam yomg‘ir yog‘ayotgan ekan. Haa, havo sovub boryabti...
Universititetga qanday borib kelasan deb o‘ylarsiz. O‘z haydovchim bor. Ertalab olib boradi, darslarim tugashi bilan olib ketadi. Deyarli qiyinchiliklarsiz.
Bugun ham shunday qilib sinfimga kelib oldim. Derazaga urulayotgan yomg‘ir tomchilarining ovozi sinfdagi g‘ala-g‘ovurni bosib o‘tardi. Darvoqe, mening joyim birinchi qator ohiri, shundoqqina deraza qarshisida. Oldinda o‘tirishni yoqtirmayman, shu sabab o‘zim o‘sha yerni tanlaganman. Biz ikki kishilik partalarda o‘tirmaymiz. Hammamizniki alohida bir kishilik.
Yomg‘irga quloq solib boshimni biroz egib turdim. Oldimdagi o‘rin odatda bo‘sh turardi yoki hech kim o‘tirmasdi. Bu safar esa unga kimdir sumkasini qo‘yganini eshitdim, keyin esa:
Bu ovoz... qandaydir tanish edi. Nima u menga salom dedimi?
Tanish... judayam tanish ovoz... Esladim, bu kechagi qizku.
— Yo‘q, unday emas. — dedim keyin.
— Gapirib turdaa, ko‘rgan odam seni uxlayabti deb o‘ylaydi.
— Qiziq ekansanku, nimani gapiraman? — dedim jilmayishga harakat qilib.
— Shunchakiy... Haa, maylimi, bir narsa so‘ramoqchi edim. — dedi u. So‘ramoqchi? Lekin nimani? Hayolimga kelgan birinchi narsa bu ko‘zlarim haqida bo‘ldi. Men bilan uchrashgan hamma birinchi shu haqida gapiradi. U ham o‘shalardek, yana nima ham kutsa bo‘ladi? Istamayman demoqchi edim, ammo u judayam tez gapirar ekan. — Rostdan ham Iqtisod fanidan dars beradigan ustoz qattiqqo‘lmi? Bir qizni narsalarini derazadan otib yuborganmi? — dedi menimcha men tomon sal yaqin kelib ovozini pasaytirib.
Bu gaplarni eshitib, o‘zimni ushlab tura olmadim. Qanday ahmoqona😂
— Haaa, nega kulasan. Shunday deyishdikuu.
— Kim nima desa ishonaverasanmi?
— Ahir bu yerga kecha keldim. Qayerdan bilay?
— Seni boplab lo‘x qilishibti.
— Ee boree. Kulaveradimi odam. — dedi u ohiri xafsalasi pir bo‘lib. Menimcha kitoblarini olib dars qila boshladi. Men ham nima qilay, anchadan beri bunday kulguli gap eshitmagandim. Iqtisod ustozimiz hecham unday emas. O‘quvchilar uning narsalarini oynadan uloqtirishlari, buning evaziga esa hech qanday dakki eshitmasliklari mumkin, ammo u hech qaysi o‘quvchisining narsalarini oynadan uloqtirmaydi.
Bir tomondan o‘ylab ko‘rsam, doim jiddiy yurardimku, menga nima bo‘lyabti? Nahotki, insonlar hayotimda muhim emas deb o‘zimni aldagan bo‘lsam?... Yo‘g‘eee, birgina bu qizni deb barcha qarashlarimni o‘zgartira olmaymanku.
O‘quvchilar ro‘yhati o‘qilib bor-yo‘q qilinganda, bildimki uning ismi Lee Soyun ekan. Soyun?...
Yomg‘ir bir ikki soatga tindi chamasi, ammo darslarimiz tugashiga shunaqangi sharros quyib yog‘a boshladiki, tasavvur qilaverasiz. Men tashqariga chiqib, eshik oldida haydovchimni kuta boshladim, odatda tez kelar edi. Bugun negadir kech qolyabti. Yomg‘ir tovushiga quloq solib turaverdim...
— Soyaboning yo‘qmi? — dedi kimdir ortimdan. Qadam tovushlari menga yaqin keldi.
— Bu yomonmi? — dedi Soyun kulib. — Yomg‘irni... uyingga keta olasanmi?
— Haydovchim kelishi kerak edi. Uni kutyabman.
U ketadi deb o‘ylagandim, ammo ketmadi.
— Nega ketmayabsan? — dedim ozgina turib.
— Shu yerda biroz turgim kelyabti.
G‘alati... Sovuqda uyiga borsa bo‘lmaydimi?
— Nega men bilan o‘ralashib qolding? — dedim ohiri.
— Odatda odamlar mendan o‘zlarini olib qochishadi. Sen esa...
— Seni boshqalardan farqing faqat ko‘zlaringdaku. Nima qilibti, bu seni insonlar qatoridan chetga chiqarmaydi. Yana...
— Menga rahming kelganidan shunday qilyabsan, to‘g‘rimi? — dedim keyin.
— Aa!? Hoy, bunchalik qo‘pol bo‘lma.
— Bu hecham unday narsa emas! Kamchilik hammada ham bo‘ladi. O‘zingni dunyodan cheklashni bas qil. Ahir shu hayotda yashashdan boshqa ilojing yo‘q. Bu ahmoqona o‘ylar hayolingga qayerdan keldi-a? Gulga linza bilan qarasang, undagi go‘zallikni ko‘ra olmaysan!
Ohirgi gaplariga to‘g‘risi tushunmadim. Men ham, balki bunday gapirmasligim kerak edi. Uni xafa qildimmikin?... Lekin, nega yana u haqida o‘ylayabman? Nima dedi, gulga linza bilan qaralsa?...
Shunday o‘ylar qurshovida turganimda hayollarimni tarqatib haydovchim kelib qoldi...
Odatdagidek sinfga kirib, joyimga o‘tirdim. Soyunning ham kelganini bildim. Ammo ikkimiz ham hech nima demadik. Uni xafa qildimmikin? O‘zi u bilan gaplashish menga nega kerak, nega yana u haqida o‘ylayabman? Balki aytgan gaplari to‘g‘ridir. Men o‘zimni bu olamdan cheklayabmanmi?...
Tushlik payti ovqatlanishni istamadim, shu sabab universititet bog‘iga chiqib, bir o‘rindiqqa o‘tirdim. Hayollarimda ming xil savollar aylanardi...
Biroz o‘tib o‘rindiqning narigi tomoniga kimdir kelib o‘tirganini his qildim. Lekin buni bildirmaslik uchun jim turaverdim.
— Hooy, yana uxlab qoldingmi? — dedi o‘sha tanish ovoz...
— Nima mendan xafa bo‘ldingmi?
Xafa bo‘ldim? Qanaqasiga xafa bo‘laman? U meni xafa qiladigan qanday ish qildi?
— Bilmadim, ko‘rinishingdan shunga o‘xshadi. — dedi u. Keyin qo‘limga nimadir berdi. — Ushla, bu senga.
— Sharbat. Qo‘rqma, yangi qadoqlangan. Do‘kondan bittani o‘rniga 2 ta sotib olibman.
Qo‘limdagini ushlab jim qoldim... U ham gapirmadi.
— Kechagi gaplaringni, — dedim keyin. — to‘g‘risi, tushunmadim.
— Haa, umi. Nahotki tushunmading. Demak... u gaplarga tushunishing uchun oldin o‘z dunyoyingni kengaytirishing kerak.
— Ha, dunyoyingni. Sen atrofni faqat zulmatdan iborat deb o‘ylayabsan, aslida bunday emas.
— Bu gaplaringni inkor etaman. Sen qandaydir men tushunmaydigan gaplarni gapiryabsan. Ko‘zlarim... aldashni keragi yo‘q, mening hayotim faqatgina qorong‘ulikdan iborat. Hattoki istasam ham, endi bu olamni qayta ko‘ra olmayman.
— Ana shu joyida xato qilyabsan. Kimdir endi o‘lishing kerak desa, o‘lmaysanku to‘g‘rimi. Hop, atrofni ko‘rolmaysan deylik, bu degani o‘limni bo‘yningga olishing kerak degani emas. O‘zing yaratgan ahmoqona hayollar olamiga o‘zingni qamab olyabsan.
— Ho‘sh, unda nima qilishim kerak? Barchasini menga oson deb o‘ylasanmi?
— Yo‘q, unday emas. Mana yana darrov asabiylashyabsan. Shunchakiy, odamlarni qabul qilishni o‘rgan. Hamma ham sen o‘ylaganingchalik yomon emas.
— Ular meni qabul qilishmasachi?
— Shu ham sababmi? — dedi u kulib. — Nima shundan qo‘rqasanmi?
— Yaxshi, unda kel garov o‘ynaymiz.
— Men senga bu olam o‘ylaganingchalik zulmatdan iborat emasligini isbotlab beraman.
— Mmm, buni ayta olmayman. Va yana, kel do‘st bo‘lamiz.
— Menimcha do‘stlaring unchalik ko‘p emas. Balki eng birinchi do‘sting bo‘larman.
U bu gapni xato aytmagandi, rostdan ham deyarli umuman do‘stlarim yo‘q edi... U esa birinchisi bo‘ldi.
⌗2-bob. "Do'stlik?"
Nima desam ekan, bari aralashib ketdi. O‘zimga tushunolmay qolyabman...
Bugun yakshanba. Soyun bilan biror joyga aylangani bordigan bo‘ldik. O‘zimning ham uyda o‘tirgim kelmayotgan edi.
— Aka, qayerga? — dedi ketayotganimda ukam, Soobin.
— Biroz aylanib kelmoqchiman.— dedim to‘xtab.
— Haa, yaxshi. Qiynalmaysizmi, balki men ham borarman.
— Yo‘q, shart emas. Yana kompyuter o‘ynayabsanmi?
— Qayerdan bildingiz? — dedi u ajablanib kulib.
— Ovozi eshitilib turibdi. Ko‘p o‘ynayverma.
— Hoooop, ahir yosh bola emasmanku.
— Yo‘g‘e, bizning Soobin qachon katta bo‘ldi ekan!?
— Mayli, mayli taslimman. Boringe, yo‘lingizdan qolmang. Sizni detektiv qilish kerak aslida.
Ko‘cha boshida uchrashishimiz kerak edi. Lekin Soyun mendan oldin kelib bo‘lgan ekan.
— Salomlar. — uning ovozi eshitildi.
— Haa, yanaa, — dedi u qo‘limga bog‘ich uchini tutqizib. — Buni ushlab ol, bir-birimizdan ortda qolmasligimiz uchun. Yoki qo‘lingga bog‘lab beraman.
Ortda qolmasligimiz uchun? Qanday ortda qolish? Unga bu nega kerak bo‘ladi, ahir ko‘ra olsa. Buni... buni men uchun qildimi?...
Kuz bo‘lsa ham kun bugun quyoshli edi. Yozdek issiq emasu, ammo o‘ziga yarasha.
— Unda... malinaligidan yeymiz.
U ohiri meni muzqaymoq yeyishga ko‘ndirgandi.
— Agar tomog‘im og‘rib qolsa ayb senda.
— Gapiravermasdan yesangchi. Ishonib aytamanki bu yerdagidek muzqaymoqni oldin umuman yeb ko‘rmagansan.
To‘g‘ri, uyda muzqaymoq ba‘zida yer edim, lekin bu yerdagisi rostdan boshqacha ekan...
— Mmm, osmon juda chiroyli... — dedi u o‘tirganimizdan keyin.
Uning gaplari men uchun doim jumboqdek...
— Osmon. Ohirgi martta qachon ko‘rganingni eslay olasanmi?
— Menimcha ha, ko‘m-ko‘k edi... — o‘sha eski xotiralar bir on ko‘z oldimda jonlangandek bo‘ldi... ohirgi martta...
— Ko‘m-ko‘kmi... Unda bugungisini tasavvur qila olasanmi?
— Hullas, yana ko‘m-ko‘k osmonni hayolingga keltir. Keltirdingmi?
— Endi esa unda oppoq, katta-katta bulutlarni, qolaversa quyosh nurlari tushib yanada ko‘zni olar darajada oppoq bo‘lganligini tasavvur qil. Keyin ikkita, uchta qushni ham unutma. Ular shunaqangi chiroyli parvoz qilyabtiki... ehtimol bulutlardan ham yuqorida...
Yoshligimda osmonga juda e'tibor bermagan ekanman, chunki yosh bo‘lganmanda.... Nahotki osmonga qarab ham zavqlanish mumkin?
— Nima desam ekan bu biroz qiyinroq...
— Oldin hech tasavvur qilmaganmisan?
— Menda boshqa savol bor, osmonga qarab ham zavqlanish mumkinmi?
— Qiziqsanku a. — dedi u kulib, — Mana misol uchun men, demak zavqlanish mumkin ekan.
— Bu gaplar foydasizku... sen ko‘ra olasan men esa...
— Gap ko‘rish ko‘ra olmaslik haqida emas. Doim salbiy fikrlaysana. — dedi u gapimni tugatishimni kutmay. — Ba‘zi narsalarni ko‘rish uchun ko‘z kerak emas. Buni esingda tut.
— Unda nima kerak? — dedim istamaygina kulib. Nega u jumboqli gaplarni aytishni yoqtiradi?
— Qalb. — dedi u. Bu men kutmagan javob edi.
— Istalgan narsani qalbing orqali tasavvur qilsang, his qilsang, ko‘ra olsang bo‘ladi, faqat buni chin ko‘ngildan istasang bas... — dedi u va qo‘limni ushlab, uni yuragimga olib keldi. Uning qo‘llari juda issiq edi... — His qilyabsanmi? — dedi menimcha yuragimga ishora qilib... — Bu yakun emasligini, hali ham davom eta olishing mumkinligini bildiradi. Ehtimol tushunmayotgandirsan, chunki bu gaplarni oldinlari hech kim senga aytmagan. Sen shu qorong‘uligingda yolg‘iz qolib ketgansan... shunchakiy yolg‘iz...
U bilan tanishganimdan beri, hayotim o‘zgarishni boshladi. Ohiri tushundim, rostdan ham gulga linza bilan qaralsa undagi go‘zallikni ko‘rib bo‘lmaydi. Qanday bilding dersiz. Tasavvur qilishni o‘rgandim... tasavvur...
Soyun menga qayerda sayr qilmaylik, har safar erinmay atrofni tasvirlab berardi. Boshida istamadim, ammo uning ovozi, har bir narsani hayajon bilan aytishi meni tasavvur qilmaslikka qo‘ymadi...
U... hayotimdagi eng go‘zal tasodif...
Kursdoshlarimiz chorak tugayotgani sabab piknikga boradigan bo‘lishdi. Men bormayman, borsam ham nima qilardim?
Ertasiga ular ketishdi, bormaydiganlar uchun esa doimgidek darslar o‘z vaqtida o‘tilar edi. Va... u ham bormagan edi...
— Sen nega bormading? — dedim ajablanib.
— Eee, qo‘ysangchi, nima qilardim ular bilan? Dengizga bormagan bo‘lsam ekan afsuslansam. Ham kunlar sovuqroq, ajoyibda biznikilar. Yaxshisi, imtihonga tayyorlanishni boshlasak.
⌗3-bob. "Bu qanday his?"
Qishning boshlari, havo sovugan. Endi yupqa kiyinsa bo‘lmaydi...
Shamolli kun edi. Yilning shunday paytlarida ob-havo qiziq bo‘ladi o‘zi. Yomg‘ir, shamol, bulutli osmon... Kuz o‘z o‘rnini qishga berishni istamayotgandek...
Tanaffuz payti, Soyun bilan deraza oldida turardik.
— O‘xxo‘o‘o‘ bu shamolni... Hammayoq chang bo‘lyabti.
— Haaa, menimcha to‘xtamaydiganga o‘xshaydi. — dedim eshitilayotgan ovozdan tasavvur qilib ko‘rib.
— Balki... Ouu, endi tasavvur qila olyabsan. — dedi u.
— O‘zing shunga o‘rgatdingku. — dedim biroz jilmayib.
— Bu yaxshi, ana endi ham hayotingni mazmuni bo‘ladi. Qanday ajoyib, odamlar bilan ham oldingidek qo‘pol emassan.
— Nima, nima? Qo‘pol bo‘lganmanmi?
— Aaa yo‘q, biroz biroz. — dedi u o‘zini oqlovchi ohangda.
Nimadir demoqchi edim, lekin shu payt qaysidir kursdoshimiz kelib qoldi.
Ehtimol, Soyun ham, men ham ovoz kelgan tomonga o‘girildik.
— Aa, salom Yeonwoo. — dedi Soyun. Men ham uni tanidim.
— Unda biznikiga bora olasanmi, nima deysan?
"Nega u borishi kerak ekan?" degan fikr o‘tdi hayolimdan. Ularni indamay jimgina eshitib turardim.
— Nega? Biror yordam kerakmi? — dedi Soyun.
— Haa, professor topshiriq bergandi. Yarmigacha qila oldim, barcha kerakli narsalar uyimda, ozgina yordamlasha olasanmi?
— Maylikuya... — dedi Soyun ikkilanib.
— Biror muammo bormi? — dedi Yeonwoo.
— Aa yo‘q, hech narsa, mayli yordam bera olaman.
Nega u yordam berishi kerak? Professor topshiriqni unga emas, Yeonwoo ga berganku. Qolaversa Soyun uning uyiga ham boradimi? Ajoyibbb!
— Yaxshi, darsdan keyin eshik oldida kutaman. Haydovchi bizni olib ketadi.
Menimcha, shunday deb Yeonwoo ketdi. Kayfiyatim buzuldi, huddi tashqaridagi ob-havo kabi.
— Nimadir bo‘ldimi? — dedi Soyun.
— Hech narsa. — dedim va joyimni topib o‘tirdim.
Tushlikdan keyin esa unga ham indamasdan shunchakiy uyga ketdim. Boraversin Yeonwoo nikiga. Ahmoq, o‘ylamaydi ham, kim yordam ber desa yordam beraveradi.
Nima Yeonwoo shunchalik ishonchli odammi? Mayli yordam bersa bersin, uni uyiga borib nima bor? Kim biladi uning hayolida nimalar borligini?
Xonamga kirib olib shular haqida o‘ylayverdim. Hayolimga faqat yomon fkrlar kelmoqda. Yeonwoo degan ismni eslagan sarim nafratlanib ketyabman. Tashqarida esa shamol avjiga chiqardi. Osmon bulutli...
Chalg‘ishga harakat qilsamda, buni eplayolmadim... Yuragimni qandaydir his alangalatib, kuyduryabti... judayam issiq...
Qiziq oldin hech bunday bo‘lmagan ediku... Bu qanday his bo‘ldi?
...Chamasi 2 soatlar o‘tdi. Ich-ichimdan o‘zim yeb bitirib bo‘ldim... Nega bu hayollarni to‘xtatishning iloji yo‘q?...
Bir payt xonam eshigi taqqillab qoldi.
— Aka, kirsam maylimi? — degan ovozi eshitildi Soobinning.
— Meni biroz yolg‘iz qoldir. — dedim achchiqlanish bilan.
— Bunaqasi bo‘lmaydi. Sizni kimdir ko‘rgani kelibdi. Nega bugun uyga darsdan oldin keldingiz?
"Kim bo‘ldi ekan?" dedim ichimda.
— Xohlamayman. — dedim teskari tomonga boshimni burib. — Tobi yo‘q ekan deb yubor. O‘zing ham bu yerdan chiq.
— Lekin... Ha mayli, yaxshi... — dedi u va eshikni yopib chiqib ketdi.
Meni ko‘rgani kim kelishi mumkin? Ahmoqona, shu shamoldaya! Balki ustozlarimdan biridir. Hullas... o‘ylashga arzimaydi.
Biroz turib, yana eshik ochildi.
— Aka... — dedi Soobin ayyorona ohangda.
— Buncha ezmalanding? — dedim toqatsizlanib.
— Sevgan qizingiz sizni ko‘rgani kelibti. — dedi shu payt u kulib.
— Nima? Hoy ahmoq, bu qanday gap bo‘ldi?
— Ko‘zingiz ko‘ra olmasa ham, bunday chiroyli qizni qayerdan topdingiz?! — dedi u masxara qilib.
— Soobin, mendan yaxshilik kutma! — dedim o‘rnimdan turib eshik tomon yurarkanman.
— Bo‘ling, tezroq chiqing. Mehmonxonadamiz. — dedi u va tezda yurib ketdi.
Qachon bunday gapirishni o‘rgandi ekana? Ahmoq ukam.
Biroq... hayolimga birgina ism keldi...
Mehmonxona tomon borar ekanman, ularning ovozini eshitdim.
— Hozir, chiqyabtilar. — dedi Soobin.
— Nima deding o‘zi? — deya kulgan ovoz eshitildi. Taxminlarim to‘g‘ri chiqibti, bu Soyun edi... Nega shu yergacha keldi?
— Shunchakiy, akamni menga qo‘yib bering. Sevgan qizingiz keldi degandim, otilib o‘rnilaridan turdilar. — kuldi Soobin ham.
— Shundan boshqa gap kelmadida. Ouu, ana o‘zlari. — dedi keyin men borgach.
— Salom Jihyeon. — dedi u. Uning ovozi kelgan tomonga qarab men ham salom dedim.
— Sizlarni yolg‘iz qoldiraman. — dedi Soobin.
— Bu shart emas Soobin. — dedi Soyun. — Men...
— Qo‘ysangizchi, o‘zi qiladigan ishlarim bor edi. — dedi u va ehtimol xonasiga chiqib ketdi.
— Nega bunday shamolda bu yerdasan? — dedim o‘tirayotib. U kelganidan hursand edim, ammo buni bildirmaslikka harakat qilardim...
— Nima desam ekan... sendan xavotirlanib keldim. Yaxshimisan? Nega ketib qolding?
— Shunchakiy... — dedim gap topa olmay.
— Haa, ahvoling yaxshi ekanku, bundan hursandman. Boshqa bunday qilmagin, ustoz ham xavotir oldilar.
— Aa, yana... — dedi u menimcha sumkasini ochib. — Bu shirinlikni boya olgandim, Soobin bilan yersizlar. — dedi qo‘limga nimadir tutqizib.
— Bunchalik ovvora bo‘lishing shart emasdi.
— Hechqisi yo‘q. Soobin borasida omading kelgan ekan, bunday uka hammada ham bor emas. Mayli, men ketdim. — dedi o‘rnidan turib.
— Haa, uyga boray. Kuzatib qo‘yishing shart emas. Xayr.
Mehmonxonada tik turgancha qo‘limda u bergan narsani ushlab qolaverdim. Qani edi ko‘ra olganimda... uni uyigacha o‘zim kuzatib qo‘ymasmidim-a...
U ketgach Soobin boshimni rosa qotirdi. Aka, aka deyaveradi. Hattoki Soyun berib ketgan shirinliklarni ohirigacha bitta qoldirmay o‘zi yebti. Ahmoq.
— Bo‘ldi qil. Boshimni og‘ritib yubordingku.
— Akaa, akaa o‘zi u bilan qanday do‘st bo‘lib qoldingiz?
⌗4-bob. "Hikoya..."
Birinchi qor yoqqan kun edi. Soyun bilan aylanib yurardik, doimgidek u atrofni tasvirlab berishdan charchamayotgan edi. Nahotki shunchalik chiroyli bo‘lsa?... Ko‘ra olganimda ham shunchalik zavqlanarmidim? Mittigina qor uchqunlari go‘zal narsalar yaratishga qodirmi?...
— Qorparchalarning hech qachon bir-biriga o‘xshaydigan bir xilini topa olmaymiz. Ular bir-birini hech qachon takrorlamaydi. Ajoyiba...
— Shu qorga qarasam, doim bir hikoya yodimga tushadi.
— Qayerdandir eshitgandim. Hayotiy deyishadi... Faqat zerikib qolma.
— Hullas, qachonlardir... yo‘q, qachonlardir emas, balki shu yildan oldingi yillardadir, bir yigit va bir qiz bir-birlarini judayam qattiq yaxshi ko‘rishar ekan. Yigit har doim qizga gullar olib, u tomon shoshilarkan, qiz esa yigitning doim ko‘rishadigan joylariga kechib kelishiniyu, har xil bahonalarini tinglashni yoqtirarkan. Nima bo‘libtiyu, bir kuni yigit tog‘da avtohalokatga uchrab, afsuski, vafot etibti... Buni eshitgan qiz hushini yo‘qotay debti, kunlab yig‘labti. Endi u uchun deraza ortidagi hayot qiziq emas, o‘z mazmunini yo‘qotgan edi... Shunday qilib, oradan 3 yil o‘tibti. Bu 3 yil ichida qizga o‘tkan xotiralari tinchlik bermabti, u yigitni hech qachon unutolmabti... juda qiynalibti... qattiq qiynalibti... Keyin esa, bir yili kuz boshlarida, qiz ishxonasidagi zinadan yiqilib tushibti, buning natijasida esa boshidan qattiq jarohatlanibti va xotirasining yarmini yo‘qotibti... Balki unga yaxshi bo‘lgan deb o‘ylarsan, chunki endi yigit haqida o‘ylab, kechalari yig‘lab chiqmaydi... ammo... nima desam ekan, hikoyaning men uchun eng asosiy joyi shu yer. Qish boshlanibti, lekin 8-9 kun o‘tar-o‘tmas hali qor yog‘magan ekan. Qiz ishxonasidan chiqibti, bekatga kelgunicha u chiqadigan avtobus ketib bo‘lgan ekan. U biroz hayollarini joyiga qo‘yib olish uchun ham uyiga qarab piyoda yo‘lga tusha boshlabti. Birinchi martta atrofiga qarab, zavqlanibti, sovuq havo, odamlar, binolar, biroz shamol... Osmon bulutli bo‘lganligi sabab, qor yog‘a boshlabti. Birinchi qor... ammo boshida mayda yoqqani sabab, qiz buni qorparchalari yuziga tekkanda sezibti va shu payt... Shu payt u joyida muzlab qolgandek taqqa to‘xtabti. Yuragini bir his qattiq siqa boshlabti... juda qattiq og‘riq beribti... U ich-ichidan kimnidir sog‘ingani his qilibti, nafasi bo‘g‘ilibti... hayollari chalkashib ketibti... kimnidir sog‘inmoqda, lekin u inson kim?... Kim u o‘zi?... Ammo, ming afsuski u qancha urunsa ham o‘sha inson kim ekanligini eslay olmabti... ko‘zlaridan yoshlar oqibti holos... — u jimib qoldi. — Kechir, lekin yakun qayg‘uli... — dedi keyin.
Oraga sukut tushdi. Bir muddat ikkimiz ham jim qoldik. Menimcha uning kayfiyati tushib ketdi...
— Nega aynan shu hikoyani eslaysan?
— Aaa, nima desam ekan, shunchakiy ohiridagi his...
— Yo‘g‘e, qo‘ysangchi. Bu... qisqasi men o‘qigan har bir asarimda bosh qahramonning o‘rniga o‘zimni qo‘yib, u his qilgan narsalarni his qilishga harakat qilib ko‘raman. Bu menga yoqadi va... ajoyib his... Lekin yaxshi yakunli asarlarga qaraganda, qayg‘uligi ko‘proq...
— Masalan, sen yozuvchi bo‘lib, asar yozadigan bo‘lsang, uning yakunini qanday tugatgan bo‘larding?
— Lekin aytganingdek hamma narsa ijobiy holda yakuniga yetmaydi.
— Balki... Ehtimol yozuvchilar asarlari ta‘sirliroq bo‘lishi uchun ham qayg‘uli yakun qilishar... Lekin bu menga ba‘zida yoqmaydi.
— Nega bunchalik adabiyotni yoqtirasan?
— Bu hikoya... senga tushunmadim, ahir kimnidir sog'inmay, o‘sha hisni his qilish mumkin emasku?
— Balki... — dedi u biroz o‘ylanganidan keyin. Negadir menga gaplari yolg‘ondek tuyuldi...
Bahorning boshlariga, u kasal bo‘lib, universititetga kela olmadi. Qanchalik xavotir olganimni bilsangiz edi... Yaxshiyamki Soobin bor, u bilan birga kasalxonaga bordik.
— Hayrli kun. Yo Hudoyim, Soyun opa, sizga nimalar bo‘ldi?
— Salomlar. Kelishingiz shart emas degandimku. — degan ovozi eshitildi uning.
— Yaxshimisan? — dedim ovozida so‘lg‘inlikni sezib.
— Haa, deyarli. Shamolladim holosku.
— Bu yerga o'tiring. — dedi Soobin va meni stulga o‘tkazib qo‘ydi. — O‘zingizni ehtiyot qilsangiz bo‘lmaydimi? — dedi keyin unga.
— Menda hammasi yaxshi, xavotirga xojat yo‘q.
— Buncha ko‘p narsa olish kerak emas edi.
— Tuzalishingga yordam bersin deb olib kelaverdik.
⌗5-bob. "Baribir foydasizku..."
...Butun hayotimdagi sovuq, bo‘ronli kunlarni, qahraton qishni, qalbimdagi muzlab ketgan umidlarni qor kabi eritib, nihoyat bahor yetib keldi... Umrimning eng go‘zal bahori...
...Bir kuni nimadir bo‘diyu, uyda kechki ovqatni butun oila jamul-jam bo‘lib qiladigan bo‘ldik.
— Xo‘sh yigitlar, o‘qishlaringiz qalay? — deb qoldilar otam ovqatdan so‘ng.
— Yaxshi. — deb javob berdik Soobin ikkimiz.
— Sen ham bu yil bitirar ekansanku-a. — dedilar yelkamga qo‘llarini qo‘yib.
— Vaqtni qarang tez o‘tayotganini. — qo‘shib qo‘ydilar oyim.
— Men ham yaqinda 17 ga kiraman. — deb qo‘ydi Soobin.
— Hullas, bir maslahatli gap bor. — dedilar dadam suhbatni to‘xtatib, yelkamdan hali ham qo‘llarini olmagan edilar. — Jihyeon. Biz oying bilan deyarli ko‘p qidirdik... Yoshligingdagi o‘sha voqea deb... mayli, ahamiyatsiz. Ko‘zlaringni 3 martta operatsiya qildirgan bo‘lsakda, natijasi bo‘lmadi. Keyin o‘zing ham umidingni uzding. Lekin... hozir texnika, tibiiyot deganlari ancha rivojlandi, bir do‘stimni aytishi bo‘yicha yaqinda bu yerga ham Italiya, Germaniya kabi davlatlardan ko‘z shikorlari kelishayotgan ekan. Oddiy shifokorlar emas, o‘z sohalari bo‘yicha mutaxassislar. Ularga sen haqingda aytib ko‘rdim... imkon bor deyishdi. Yana bir martta operatsiya...
— Dada, kerak emas. — dedim gaplarini bo‘lib. — O‘zimizni aldashni bas qilaylik. Mening taqdirim shunday ekan, endi o‘ylash, harakat, jon kuydirish kerak emas. O‘zingizni ovvora qilmang. Ko‘ra olmasamda, har holda yashayabman va hozirgi holatimdan afsusda emasman.
— Qanday yaxshi bo‘la olasan? Biz kelajaging haqida qayg‘uryabmiz.
— Sen bola o‘zi doim shubdaysan. Injiqliklaringni bas qil. O‘zingni o‘ylamasang ham bizni o‘yla. Farzandining ko‘ra olmasligi ota-ona uchun qanday og‘ir ekanligini bilasanmi? — dedilar zarda bilan oyim.
— Nima oyi? Nima oyii?? Agar meni desang ham shu operatsiyaga rozi bo‘lasan.
— Akaa, unday qilmang. — dedi achinish ohangida Soobin.
— Nima uchchalangiz kelishib oldingizmi? — dedim achchiq bilan o‘rnimdan turib.
— O‘tkan safargisida ham o‘zboshimchalik qilganding!
— Baribir, foydasizku? Bilasiz barini. Ho‘sh, qani natijasi!? — bo‘g‘zimga nimadir tiqilgandek, davomini gapira olmadim... Men ham istamasmidim ko‘ra olishni?...
— Yana bir bor urunib ko‘rish...
— Shart emas! Iltimos, meni qiynashni bas qiling!
Nega ularning ko‘ziga doim zaifdek ko‘rinaman? Bilib turishibtiku bu ham befoydaligini. Bo‘ldida endi, meni shundayligimcha qabul qilaverishsin, ko‘ra olmasamda yashashdan umidimni uzganim yo‘qku.
Xonamga kirib eshikni qulflab, unga suyanib qoldim... yig‘lash mumkin emasmi? Jin ursin bu hayotni!... nafratlanaman...
Hayolimda faqatgina shu uydan tezroq chiqib ketish aylanardi. Shunday qildim ham, hech kim bilan gaplashishni istamasdim. Uzoq-uzoqlarga ketsamu baridan halos bo‘lsam...
Sinfga kirib, joyimga o‘tirdim. Soyun birinchi soatga kechikibroq keldi. U bilan uncha gaplasha olmadik faqat tanaffusda:
— Salomlar. Nega kayfiyating yo‘q? Ahvoling yaxshimi?
— Yaxshi, men kutubxonada bo‘laman, agar kerak bo‘lsam.
Shunday qilib u hadeganda qaytmadi. Men esa kechagi voqeani o‘ylayverib siqilib ketdim. Kim bilandir nima haqida bo‘lsa ham gaplashishni xohlardim. Lekin faqatgina Soyun meni tushunadi holos. Boshqa kim bilan gaplasha olardim?...
Baribir, kutubxonaga bordim. Ichkari shovqinsiz edi. Ehtimol u kitob o‘qiyotgandir. Kitob javonlari chapda, o‘qish uchun stollar esa o‘ngda edi, o‘sha tarafga yurdim. Endigina uni qanday topaman deb turganimda, o‘zi meni chaqirib qoldi.
— Stulga o‘tiraver. — dedi u. Buni ham bir amalladim.
— Buncha qolib ketding? — dedim keyin.
— Undan oldin, bir she‘rni juddayam yoqtirdim, senga ham aytmoqchiman. Maylimi?
"Yashasang-chi o‘tmishdan arib,
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Boriladi baxtga — bilmaysan..."
— Ajoyib ekana? — deb ohiriga qo‘shib qo‘ydi u. Men... huddi karaxtdek, jim qoldim... Bu she‘r...
— Jihyeon... — deb ismimni aytdi keyin va qo‘llarimni ushladi. — Nega bu she'r bilan suhbatimizni boshlaganimni, menimcha sen ham tushunib bo‘lding. — hech narsa deya olmadim... — Gapirishing shart emas, shunchakiy meni tingla. Men o‘ylab ko‘rdim. Agar senga uchrashishimiz bilanoq "nega otang aytgan operatsiyaga rozi bo‘lmayabsan?" deb qo‘pollik qilsam, mendan ham ko‘ngling qolishi aniq edi. Qo‘shimchasiga, men buni hech qachon xohlamagan bo‘lardim. Albatta sabablaring bo‘lishi kerak. Lekin, kel bunda o‘zing qaror qabul qilishingdan oldin, barini aniqlashtirib olaylik. Agar biron loyiha ustida men ham 3 martta muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, albatta 4-sida bundan voz kechgan bo‘lardim. Ammo, buni qabul qilishing kerak, ko‘zlaring qayerlardagi chizma qog'ozlaridek emas. Umidim yo‘q demoqchimisan? Nega ekan? Umidlar gul g‘unchasi kabidir, istalgan paytda u gullashi mumkin. Bu baxona bo‘la olmaydi. Avvalo, yaxshi niyat qilishing kerak, balki mo‘jiza yuz berib ko‘zlaring yana ko‘ra olar. Shu operatsiya sabab yana oldingidek bo‘la olarsan? Nega endi yo‘q deyabsan? O‘xshamasligi haqida hali hech kim o‘ylab ko‘rgani yo‘q, sen ham bu fikringni to‘xtatishing kerak. Yana ko‘ra olsang yomonmidi? Yoki nima, biron nimadan qo‘rqyabsanmi? Masalan men, ko‘ra olganingdan keyin sendan yuz o‘girib ketamanmi??? Ahmoq, bunday narsalarni o'ylashni endi bas qil, sen yoshbola emassan. Hali, meni aytdi deysan, kelasi yil o‘sha bora olmagan dengizimizni ko‘rgani birga boramiz, kuzgi osmonni o‘zing tomosha qilasan, yomg‘ir yog‘gan kun ko‘chalarda sayr qilamiz...
Men yig‘ladim... u aytgan gaplarning bari men yechim topa olmayotgan savollar edi... lekin... mana ularning bariga birgina insondan javob...
— Mayli, yig‘lab olishing mumkin. Bu yerda unchalik odam ko‘p emas. Faqat, endi hammasini o‘ylab, keyin qaror qil... — dedi u va qo‘llarini yuzimda his qildim... — Hammasi yaxshi bo‘ladi...
U bularni qayerdan bildi ekan desam, barini Soobin aytib, undan yordam so‘ragan ekan...
⌗6-bob. "Hech qachon..."
Oradan 5 kun o‘tdi... Ishonavering, bir qarorga kelishim uchun 5 kun ketdi... hammasi aniq edi... Lekin Soyun menga vaqt kerakligini bilib, keyingi kunlarda bu masala yuzasidan og‘iz ham ochmadi. Kunlar odatdagidek davom etdi holos... Uydagilar ham huddi bu voqea yuz bermagandek, barini unutgandek tuyulishdi menga...
— Ishonaver, shunaqangi hursandmankiiiiii...
U meni uyimgacha kuzatib qo‘yayotgan edi. Bizning hikoyamiz boshqalarnikiga qaraganda ajoyib, aslida buni teskarisi bo‘lishi kerakku... ha, mayli...
— Menga qara, buni ota-onangga sal yaxshiroq ohangda ayt, hopmi? Tasavvur qilyabman, ular mendan ham ko‘proq hursand bo‘lishadi.
— Balki... fikrimdan qaytsammikin?... — dedim atayin.
— Agar shunday qilsang o‘zim seni o‘ldiraman. — dedi u yelkamga turtib qo‘yib.
— Hop, hop, tushundim. — dedim kulib.
— Yana biroz, va biz yetib keldik.
— Hali ham men yaxshi boraman, bo‘laqolsangchi.
— Buncha shoshmasang. Mana kiryabman.
Men uyga kirdim, u ham menimcha ketdi. Uning hursandchiligini ko‘rib, o‘zim ham quvonib ketdim. Endi buni ota-onamga aytish qoldi holos...
Operatsiya 10 kundan keyinga rejalashtirildi.
10 kun sekin o‘tadi deb o‘ylagandim, lekin tezlashgandan tezlashib ketdi. O'sha kun yaqinlashar ekan, ich-ichimdan qanday qo'rquv, hayajonmi, ikkilanish paydo bo‘la boshladi...
— Nega yana xafa bo‘lib o‘tiribsan? Yana 2 kun qoldi. Xursand bo‘lmaysanmi?
— Obbooo, Jihyeon. Faqat ikkilanyabman dema. Baribir, endi ortga yo‘l yo‘q. Hali hammasi yaxshi bo‘ladi.
— Sen ham... shifoxonaga borasanmi?
— Voy albattada. Men bormasam bo‘lmaydiku.
Nihoyat, sal yengil tortgandek bo‘ldim...
— Shunchakiy... Barchasi uchun...
O‘sha kun yetib keldi... Ertalab umuman o‘rnimdan turgim kelmadi.
— Qani tezroq mashinaga chiqing. — dedilar dadam ketishga chog‘lanar ekanmiz.
— Soyun qachon kelarkan? — dedim Soobinga.
— Ular bilan gaplashib qo‘ydim, kasalxonaga borar ekanlar. Albatta keladilar, xavotir olmang.
Uning bu gaplari bilan baribir ko‘nglim to‘lmadi. Yo‘lga tushdik.
15 daqiqa o‘tar-o‘tmas shifoxonaga ham yetib keldik. Yuragim judayam tez urardi... Bizni dadamning tanishlari kutib oldi. Shifokorlar bilan ham salomlashib chiqdik. Ahir, kimning qo‘liga hayotimni topshirayotganimni bilishim kerakku... Lekin... u haligacha kelmadi...
— Operatsiya uzoqqa cho‘ziladi...
— Menimcha tezroq boshlaganimiz ma‘qul.
Nega u kelmayabti? Biron nima bo‘ldimikin? U kelmasa operatsiyaning menga qizig‘i yo‘q.
Shu payt bundan voz kechsammikin deb o‘ylab qoldim. O‘zi nega rozi bo‘lgandim?
— Unda boshlayveraylik. Qani, bu xonaga o‘tinglar. — dedi shifokor.
Istamaygina Soobin ko‘rsatgan tomonga yurardim. Meni kravatga yotqizishdi.
— Bo‘lmasa shifokorga aytaman, ular kelgunlaricha boshlamay turishadi.
Lekin u gapini tugatmay, eshikdan hansirab kimdir kirib keldi.
— Salomlar... Kechirasiz, biroz kech qoldim. — dedi o‘zini oqlashga urunib.
— Kelmaysiz deb o‘ylab turgandik. Vaqtida keldingizda, hozir boshlashmoqchi edi.
Shu payt yana shifokor kirib keldi:
— Uning yaqinlari, birozga xonadan chiqib tursangiz, biz narkoz qilishimiz kerak.
— Kechirasiz, men hozir keldim. Chiqib turish shartmi? — dedi Soyun.
— Istaganingiz, lekin ko‘pchilik ishimizga xalaqit qilgan bo‘lardi deb o‘ylayman.
— Men qolaman. — dedi yana u va qo‘limni ushlab oldi... Keyin esa pichirlab: — Bu yerda seni o‘zingni qoldirib ketadigan ahmoq yo‘q. — men kulib qo‘ydim.
Menimcha qolganlar chiqib ketishdi.
— Qani Jihyeon, o‘ng qo‘lingni berchi. — dedi shifokor.
Igna kirganini his qildim... ukol qilishdi. Shu payt boshim aylana boshladi, o‘z-o‘zidan uyqum keldi... zo‘rg‘a gapiradigan holga tushdim... Uning qo‘llarini maxkam ushlab oldim.
— Hammasi joyida, senga narkoz qilishdi. Hozir uxlab qolasan...
— Se... Sen... kkketib qolma... iltimos...
— Mmeni... qo‘llarimni hech qachon qo‘yib yuborma...
— Ahmoqvoy, hech qachon qo‘yib yubormayman. Hech qachon...
Ohirgi eslaydigan gaplarim shu edi. Unga yana ko‘p narsalar demoqchi edim... bu jumlani davom ettirmoqchi edim... Qiziq, nega aynan o‘sha payt gapirmoqchi bo‘ldim? Bilmadim... Keyin shunchakiy uxlab qolibman... Ehtimol bu gaplarni ham tushimda eshitgandirman...
⌗7-bob. "Nahotki!?"
Qop-qorong‘u bo‘shliq... Anglay olmadim, tik turibmanmi yoki qulab boryabmanmi?... Hech qanday ovoz ham eshitilmasdi... Shu yerda bir o‘zim qolib ketgandekman. Bir payt nafasim bo‘g‘ila boshladi, havo yetmasdi. Nima bo‘ldi bilmay qoldim, to‘satdan atrof yorishib ketdida, ko‘zlarimni ochdim. Avvaliga boshim aylanib, hech narsani anglay olmadim. Bir xona o‘rtasida yotardim, oyoq tomonimda esa bir yigitcha o‘tiribti. Kim bo‘ldi u? Balki bu narigi dunyodir... o‘lgandirmana?...
— Bu narigi dunyomi? — dedim zo‘rg‘a boshimni ko‘tarolmay. Atrof haligacha aylanardi...
— Yo Hudoyim, — dedi boyagi yigitcha va bosh tarafimga keldi. — O‘zingizga keldingizmi? — dedi quvonib. Kim bu? Nega ovozi juda tanish?
— Bu narigi dunyomi? — dedim yana, uning yuzini haligacha yaxshi ko‘rolmagandim. — Sen kimsan?
— Qanaqa narigi dunyo? Aka, men Soobinman, ukangizman.
Uning gaplariga negadir ishona olmadim, boshimni ko‘tarishga harakat qilib, atrofga ko‘z yugurtirib chiqdim. Endi har bir narsani aniq ko‘ra olayotgan edim. Shifoxonami bu yer?
Men... men... nahotki ko‘ra olyabman? Bu Soobinmi?... Nahotki ko‘ra olyotgan bo‘lsam?... men... men ko‘ra olyabman...
— Men... men ko‘rolyabmanmi? — dedim tutulib. — Sen... sen... Soobin senmisan?
— Menman, aka, menman. Mana, ko‘rolyabsiz, aka ko‘rolyabsiz, ko‘zlaringiz yana ko‘ryabti! — dedi u quvonib. Demak operatsiya yaxshi o‘tibtida...
— Ukajonim, — dedim uni quchoqlab yig‘larkanman. Judayam quvonganimdan yig‘layotgandim.. quvonganimdan... Qanday ajoyib... ko'rolyabman... Men ko‘ra olyabman!
— Oyim va dadam qayerdalar? — deb so‘radim tinchlanib olgach.
— Ularmi, yaqinda ketishgandi. Shifokorlar kuchi narkoz qilishgan ekan, roppa-rosa 1 kun uxladingiz. Operatsiya kecha bo‘lib o‘tib bo‘ldi.
— 1 kun uxladimmi? — dedim ajablanib.
Oynadan tashqariga qaraganimda quyosh botadigan vaqt bo‘lib qolay degandi.
— Shunday. Nimadir yeyishni xohlamaysizmi?
— Yo‘q, bilmadim emas. Qorningiz juda ochgandir, men biror narsa olib kelaman, biroz dam olib turing. Hali oyim va dadamga ham aytishim kerak. — dedi u o‘rnidan turar ekan.
U chiqib ketdi. Men yana biroz atrofga qarab chiqdim, bu huddi tush kabi edi... ko‘zlarimni ko‘ra olayotgani huddiki tush kabi edi... Keyin o‘rnimdan turishga harakat qildim. Bir-ikki urunish zoye ketdi, chunki kuchim yo‘q edi, boshim ham biroz aylanayotgan ekan... Hullas, eplab deraza oldiga kelib oldim.
Oyna ortida ulkan shahar... ba‘zi binolarda chiroqlar yongan... juda chiroyli... Quyosh bugungi kunga yakun yasab botib bormoqda... osmon bulutli ekan... Bari qanday ajoyib... 15 yila... 15 yil... Bularni yana qayta ko‘rish uchun taqdir mendan 15 yilimni tortib oldi... 15 yil... Lekin... ehtimol bu bunga arzir...
Shu payt hayolimga mening qorong‘u yo‘llarimni yulduz kabi yoritib kelgan inson kelib qoldi... Qani u?... Qani? Soyun qayerda? Eng ishonganim, meni har doim tushungan insonim qayerda hozir? Qo‘llarimni hech qachon qo‘yib yubormaslikga tayyor inson... Qayerda u? Nega yo‘q? Nega kelmayabti? Yoki men haqimda hali eshitmadimikin?... Asosiysi u kelsa bo‘lgani... Unga aytadigan gaplarim juda ham ko‘p...
...U haqidagi hayollarimni tarqatib, eshik ochilib qoldi. Soobin buncha tez keldi ekan deb ortga o‘girildim. Biroq bu Soobin emas ekan. Bir qiz ichkariga kirdida, xona o‘rtasida menga qarab jim qoldi. Ko‘zlari yoshlarga to‘la... va u juda chiroyli edi... huddi farishta kabi...
Ikkimiz ham bir-birimizga qarab jim turaverdik.
— Siz kimsiz? — dedim keyin sekingina. U yig‘lab yubordi.
— Jihyeon... — deb yig‘i aralash ismimni ayta oldi holos. Bu ovoz...
Mening ham ko‘zlarim yoshlanib ketdi... Ikkimiz ham bir-birimiz tomon shoshib keldik... men uni quchoqlab oldim... u faqat yig‘lardi...
— Qanday yaxshi, ko‘ra olyabsan😭 — dedi orada tutulib. Anchaga shu holda qoldik... uning sochlarini ohista silab turardim... mendanda baxtli inson yo‘q endi...
⌗Ohirgi bob.
...Dengiz uzra mayin shamol ohista esib, suv hidini sohilga eltib turardi. Bahor kunlarining ajoyib oqshomlari...
— Senga aytganimdek, mana o‘sha bora olmagan dengizimizga keldik.
— Rostini ayt, o‘shanda meni deb bormaganding, to‘g‘rimi?
— Shunday bo'lsa nima qilibti? — dedi Soyun kulib.
— Meni taxminlarim to‘g‘ri chiqdi.
— Har holda bu seni operatsiyaga ko‘ndirish uchun zo‘r baxona bo‘lgandi.
— Hadaa, rozi bo‘lmagandingku boshida. Yaxshiyam ko‘ndirganim, bo‘lmasa hozir bu yerni ko‘rmayotgan bo‘larding.
— Sen borsanku. Doimgidek atrofni tasvirlab turarding.
— Bu safar unday qilmasdim. — dedi u atayin Jihyeon ning sabrini sinamoqchi bo‘lib.
— Nega ekan? — kulib qo‘ydi u.
— Bilishni istamasligim uchun.
Ular birgalikda biroz dengizni tomosha qilishdi.
— Haligi... menga aytib bergan she‘ring qanday edi? — deb qoldi Jihyeon.
— Yashashsangchi deb boshlanardi.
— Shunchakiy. Yana bir bor aytib ber.
Boriladi baxtga — bilmaysan...
— Ajoyib... — dedi u uzoqlarga tikilib jilmayib.
— Nimasi ajoyib? Nega kulyabsan?
— Men ham bir kitobda bir jumlani yoqtirib qoldim, senga aytsam qarshi emasmisan?
— O‘o‘, ajoyibku, kitob o‘qidingmi? Mayli, qani aytchi.
— ...Agar seni 100 kishi yaxshi ko‘rsa, ulardan biri menman. Agar seni 10 kishi yaxshi ko‘rsa, ulardan biri ham menman. Agar seni faqat 1 kishi yaxshi ko‘rsa, u ham albatta menman. Seni hech kim yaxshi ko‘rmasa, demak men bu dunyodan ko‘z yumgan bo‘laman. Qisqasi... Soyun, men... men seni sevaman...❤️
Tamom!
E‘tiboringiz uchun rahmat🌚 Xato, kamchiliklari bo‘lsa uzur. O‘z fikringizni yozib qoldiring, bu men uchun juda muhum🙃🎀