December 4, 2025

For of Lifetime...

ᥫ᭡O‘tmish sizning taqdiringiz emas...

ᥫ᭡Author: Soyun

{10-QISM}

~~~~~~

Soyun: Mmen... men buni aslida senga aytmoqchi emasdim... — dedi sal tinchlanib olgach, ko‘zyoshlarini artib. — Lekin hozir ham ikkilanib turibman🤧 Ammo buni aytmaganim sari meni ichimdan yemirib boryabti...

Seojin: Bir boshdan boshlayver. Ho‘sh, nima? Nima seni bezovta qilyabti?

Soyun: Bu.. bu Jiwon haqida🙁

Seojin: Ho‘sh, nima qilibti unga?

Soyun: U bilan bugun ko‘rishdingizmi?

Seojin: Siz bir sinfda o‘qiysizku. Mendan ko‘proq ko‘rasan uni. Biror gap bo‘libtimi?

Soyun: Sen savolimga javob ber.

Seojin: Yo‘q, ko‘rishmadik.

Soyun jim qoldi... gapirolmadi...

Seojin: Gapirsangchi? Meni qo‘rqityabsan, hoy

Soyun: Aytolmayabman😣😭

Seojin: Hozir bo‘lmasa, keyin aytasan, oldin tinchlanib ol.

Soyun: Sen va Sunwo ga bu... bu ishni qilgan😭 Yo‘o‘o‘q... Bu ishda qo‘li bor ikkinchi inson... bu... bu😭 Jiwon.

Seojin: Nima?

~~~~~~

Bahor. Ajoyib fasl... Atrofda gullar, chug‘urchuq qushlar, yashil maysalar... rohatlanmay iloj yo‘q. Ayniqsa mayin yomg‘irlar...

~~~~~~

Yangi kun

~~~~~~

Sunwo ertalab uyqudan uyg‘onishi bilan o‘qishga tayyorlandi. Yo‘q, asosiy maqsad bu emasdi. Ular bugun Nari bilan birga o‘qishga ketishadi. Shu sabab ham shoshilayotgan edi. Zerikarli uyda nima ham qilishi mumkin? Faqatgina xizmatchilar bor, ular ham o‘ziga yuklatilgan vazifa bilan band... otasi yana doimgidek ishiga ketadi.

Sunwo endigina eshik tutquchini ushlaganda otasining ovozini eshitdi:

Kim Seo: Hoy, buncha shoshib qayerga?

Sunwo: Hayrli tong. Men o‘qishga ketdim.

Kim Seo: Nonushtachi? — u gapini tugatishga ulgurmadi. Sunwo allaqachon ketib bo‘lgandi.

Pov* Janob Kim Seo: Bu o‘g‘il qachon mening o‘g‘lim ekanligini his etarkina?...

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

O‘qishga borishni xohlamayotgandim... To‘g‘risi, miyyamda kechagi narsalar aylanib yurardi. Bu xat kimdan? Balki hazldir... Men Jiwon ni unday ish qilishiga ishonmayotgandim. Ahir u qanday qilib o‘z do‘stiga yomonlikni ravo ko‘rishi mumkin?...

Baribir, o‘rnimdan turdim. Bugun Sunwo bilan birga ketishga kelishgandik.

...Biroz o‘tib, eshik jiringladi. Bu Sunwo edi.

Sunwo: Hayrli tong!

Nari: Salom.

Sunwo: Ketdikmi?

Nari: Ha.

Jim borardim... Avtobus bekatigacha ozgina yo‘l bor... Ko‘chalar bo‘ylab yurib borardik.

Sunwo: Ahvoling yaxshimi?

Nari: Ha... yaxshi.

Sunwo: Nega parishonsan? Nimadir haqida o‘ylayabsanmi?

Nima deyishni bilmay qoldim.

Nari: Haa, menmi... men... Yaqinda tug‘ilgan kuning, shunga sen uchun sovg‘a haqida o‘ylayotgandim😅 — dedim unga bildirmaslikka urunib. Uning tug‘ilgan kunini esa unutayozibman, bundan uyalib ketdim...🤦‍♀️

Sunwo: Aa, shunday de. Men esa biror gap bo‘ldimikan deb o‘ylabman. Sovg‘aga kelsak... Bu haqida unchalik o‘ylamasang ham bo‘ladi, sen o‘zing men uchun eng katta sovg‘asan😁🙂❤

Men kulib qo‘ydim.

O‘qishga keldik.

~~~~~~

Soyun: Bu haqda Nariga aytamizmi?

Seojin: Bilmadim... Balki aytgan ma‘quldir. Lekin Sunwo bilmagani yaxshi, bu bizning, to‘rttovimizning muammomiz. Uni aralashtirmaganimiz yaxshi.

Ular universititetga kirishdi. Yo‘lak burulishida esa xayrlashdilar.

Seojin: Ho‘o‘o‘sh, sen ham endi darsingga... Ko‘rishguncha.

Soyun: Xayr.

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Sunwo bilan yo‘lak boshida xayrlashdik. Sinfimga kirdim. Yo‘q, kechagilar sabab xonada o‘tirolmadim... Jiwon... Men uni bu darajagacha boradi deb o‘ylamagandim...

Sinfdan chiqib, to‘g‘ri Jiwon ning sinfiga bordim, u o‘sha yerda ekan, partasiga boshini qo‘yib yotardi. Yaxshiyamki Soyun kelmabti.

Nari: Jiwon, sen bilan gaplashib olishimiz kerak. — dedim kirasola.

U boshini ko‘tarib menga qaradi.

Nari: Seni kutaman.

Bino tomiga chiqdim. U ham ortimdan keldi.

Jiwon: Ho‘sh nima gaping bor?

Bilmadim... Bu voqealar juda tez sodir bo‘lib ketdi... U ham anglolmay qoldi... Uning yuziga shapaloq urdim. Yo‘q, aniq eslayman, bu qarorga aniq o‘zim kelgandim. Chunki undan juda ham nafratlanib ketgan edim o‘sha payt...

Sunwo ku mayli, onasidan ayrilgan bo‘lsa ham, do‘sti undan yuz o‘girgan bo‘lsa ham... Jiwon ga ziyoni tegmagan edikuu, o‘zining dardi o‘ziga yetardiku. Nega Jiwon unga yomonlik qildi? Seojin-chi? Ahir biz barchamiz yoshlikdan do‘st edikku... Sunwo u uchun hech kim bo‘lsa ham, nega do‘stiga bularni ravo ko‘rdi??? Qanday qilib bu darajada pastkashlikka yo‘l qo‘yish mumkin?...

Soyunning yig‘laganlari, qayg‘uli kunlarimiz, ularni o‘ylab ovqat ham yeya olmaganimiz, har soniyada "...agar bu dunyodan ko‘z yumishsachi?" degan o‘y-hayollar bizni tinch qo‘ymagani, hattoki bular sabab tunda oromimizni yo‘qotganlarimiz... Barcha barchasi ko‘z oldimdan birin ketin o‘tib ketdi.

Jiwon: Bu nima qilganing??? — dedi u qizargan yuzini qo‘li bilan ushlab.

Nari: Aslida senga bu ham kam edi.

Jiwon: Meni quyishqondan chiqarma, Nari. Nima qilganing bu?

Nari: Nima qilganim??? Sendan so‘rashim kerak buni. Qachondan boshlab o‘z do‘stlaringga yomonlik qiladigan bo‘lib qolding???

U g‘alati holda kulib, yon atrofiga alanglab oldi.

Jiwon: Gap shunda degin, demak bilibsanda.

Nari: Bu qilganlaringni nima deb atash mumkin? Pastkashlikmi??? Axloqsizlikmi??? Jirkanchlikmi??? Hattoki nomlay ham olmayabman qara.

Jiwon: Istaganingcha ata, istaganingcha aybla. — u yana kuldi. — Aslida barchasiga men aybdor emasman. Nega buni tushunishingiz qiyin? Soyun ham hech qachon anglab yetolmadi... Sen... sen aybdorsan, Park Nari xonim, xaxaxax, sen aybdorsan bariga, sen.. faqatgina sen. Nega bunday bo‘ldi deb o‘ylaysan? Nima, sen uchun qadrli bo‘lgan Sunwo kasalligida, unga qayg‘urib ketdingmi, yokida yuragingning tub-tubi allaqachon o‘lib bo‘lgan tuyg‘ularing jonlanib ketdimi???😂

Nari: Men??? Nimalar deyabsan???

Jiwon: To‘xta, mayli boshiga qaytamiz, seningcha nega Sunwo ni pichoqlatdim??? Ho‘sh, biz ikkimizning oramizda Sunwo bor edimi oldin??? Albatta yo‘q. Sen nima qilding? Men senga sevgi izhor qilgan kularim... yo‘q o‘sha ahmoqona kunlar... Rad qilding. Osongina rad qilding. Menga oson bo‘ldimi? MENGA OSON BO‘LDI DEB O‘YLADINGMI??? Bu xato edi, sening xatoying... Xatolarning esa albatta, bur kun kelib badali to‘lanadi. Meni bilmaydi deb o‘ylading, lekin ohirgi suhbatimizdan so‘ng kundan-kunga o‘sha Sunwo ga bo‘lgan hislaring ortib boraverdi... Mening oldimda hech qachon kulmasding, men bilan ko‘p gaplashmasding... Bunday xatolaring badalini esa Sunwo to‘ladi. Ho‘sh, bu o‘yin senga yoqdimi? Qanday bo‘lar ekan😂

Qarshimda Jiwon ning o‘rniga bir maxluq turgandek bo‘ldi go‘yo... Uning gaplari...

Jiwon: Kechir, lekin osongina sevgimdan voz kecholmayman, seni unga berib qo‘yolmayman. O‘yin hali tugagani yo‘q... Ko‘rishguncha.

U pastga, ortidan eshikni taqqillatib yopib tushib ketdi. Men oyoq-qo‘lim bo‘shashib yerga o‘tirdim... Nahotki bariga men aybdorman?... Nega u meni tinch qo‘ymaydi, nega shunchakiy baxtli bo‘lishimga to‘sqinlik qiladi?...

~~~~~~

Soyun sinfiga kirayotganida Narining zina tomon ketganini, uning ortidan esa Jiwon ham borganini ko‘rgan edi. U ham sinfida ko‘p o‘tirolmay o‘sha tomonga bordi, zinadan endigina chiqayotganida, o‘ng yuzi qizargan, telbalarcha kulib pastga tushayotgan Jiwon ni ko‘rdi. Aslida unga gapirmoqchi emasdi... Jiwon uning yonginasida to‘xtadi.

Jiwon: To‘g‘ri seni ko‘p xafa qildim... Mendan yuz o‘girmaganing, tinglaganing uchun rahmat. Yaqin kunlarda barchangiz uchun bir sovg'a tayyorladim, bu uzur so‘rash tariqasida bo‘ladi, faqat iltimos, o‘sha kungacha, biz Seojin bilan uchrashmay turaylik.

Hech narsaga tushunmagan Soyun faqatgina uning qizargan yuziga qarab turardi. Keyin esa Jiwon shosha-pisha pastga tushib ketdi. Soyun ham qadamlarini tezlatib zinadan yuqoriladi. Qandaydir yomon ish bo‘lmagan bo‘lsa bo‘ldida deb ko‘nglidan o‘tkizdi u. Tomga chiqqanida, tom qirg‘og‘ida uzoq-uzoqlarga tikilib turgan Nariga ko‘zi tushdi.

Soyun: Nari... tuzikmisan? Nimadir bo‘ldimi?

U ko‘zidan bir tomchi yosh yerga dumalab tushib, Soyunga o‘girildi.

Nari: Sen bilarding, to‘g‘rimi?...

Soyun: Nima? Nimani?

Nari kesatganday bir kulib, so‘ngra esa gapirdi: Jiwon haqida... Bilarding... Sen barini bilarding, boshidan bishlab, hamma hammasini bilarding.

Soyun: Nnnnari, hozir ahvoling joyida emasga o‘xshaydi... yur yaxshisi keyinroq...

Nari: Ahvolim? Ahvolim joyida, har doim joyida bo‘lgan. Nega yashirding? Nega buni mendan yashirding? NEGA AYTMADING? BARINI O‘ZIM TUZATOLAMAN DEB O‘YLADINGMI???

Soyun: Yo‘o‘o‘q, aslida bari sen o‘ylaganchalik emas... Tinchlanib ol...

Nari: Sen ham yolg‘onchisan, sen ham Jiwondeksan. — u ketmoqchi bo‘lganda, Soyun uning qo‘lidan ushlab to‘xtatdi, Nari esa uni silkib tashladi.

Soyun: Nnnnari...

Yo‘q, u ketib bo‘lgandi, Soyun ulgurmadi.

~~~~~~

Tushlik payti qahramonlarimiz birga ovqatlanishmadi...

...Jiwon dars boshlanmay ketgandi.

...Nari ovqatlanishni istamay kutubxonaga borgandi va Sunwo ni uchratgandi.

Sunwo uni ko‘rib: Ahvoling yaxshimi? Nega ko‘zlaring qizargan?

Nari: Barchasidan charchab ketdim😭 — dedi yig‘lab, uni quchoqlab... Keyin esa ular ustozlaridan javob olib qolgan darslarga kirishmadi, ketishdi...

...Soyun bo‘lgan voqea haqida Seojinga aytayotgandi.

Seojin: Baribir, bir kunmas bir kun bilishi aniq edi. Sen ham qo‘lingdan kelganini qilding. Darslar tugagach, u bilan gaplashib olamiz, o‘ziga kelib qolgandir.

Soyun: U aytgan gaplari...🥺

Seojin: Hoy, ahmoqvoy, bu yig‘lashga arziydimi? Shunchakiy Nari qizishib ketgan.

~~~~~~

Darslar tugadi

~~~~~~

Tushlikdan so‘ng Sunwo ni unga aytmay ketganini bilgan Seojin birozgina o‘ylangandi...

Pov* Seojin: Qandaydir zarur ishi bormikin...?

Keyin esa darslar tugagach, Narining ham yo‘qligini eshitishdi. Hammasi ayon, demak birga ketishgan...

Soyun: Nima deb o‘ylaysan, rostdan ham xato qildimmikan?...

Seojin: Unga biroz vaqt kerak. Asosiysi, xavotirga o‘rin yo‘q, endi Sunwo bor. Jiwon ham bir gap bo‘lar...

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

...O‘sha kuni biz Sunwo ning uyiga bordik. Tashqarida 2 ta qo‘riqchi, ichkarida 3 ta xizmatkor. Xashamatli uy edi...

Biz u bilan ovqatlandik, film tomosha qildik. Anchagina o‘zimga kelib qolgandim. Keyin esa u matatsiklida meni uyimga tashlab qo‘ydi.

Sunwo: Oldin minib ko‘rganmisan? — dedi shlemni uzatayotib.

Nari: Yo‘q.

Sunwo: Unda bu birinchisi, biron joyni aylanib, keyin uyingga boramiz.

O‘sha kundan boshlab mana 3 kun o‘tdi. Sunwo dan boshqa hech kim bilan gaplashmadim. Atrofimni faqatgina yolg‘onchi insonlar qamrab olgandek... Hammadan xafa edim... Jiwon ning yuzini esa ko‘rishga toqatim yo‘q... Soyun bilan ham gaplashmadik. U meni aldamasligi, barchasini aytishi kerak edi...

Hayolimda faqatgina men haq edim. Ammo unga ham qiyin bo‘lganligini o‘ylamabman... Bugun o‘qishdan so‘ng, Sunwo qo‘shimcha darsiga ketgandi. Men esa do‘konga chiqqanimda Seojin ni ko‘rib qoldim.

Seojin: Sen bilan gaplashib olsak bo‘ladimi? — dedi u.

Ko‘cha bo‘yidagi kichik va shinamgina bo‘lgan bir qahvaxonaga kirdik.

Seojin: Bilaman, 4 kundan beri hammadan arazlab yuribsan.

Indamadim, faqatgina stol ustiga qarab o‘tiraverdim. U gapida davom etdi.

Seojin: Jiwon haqida men ham eshitdim.

Shunda unga qaradim.

Nari: Xo‘sh...

Seojin: Lekin qara, sendek xafa bo‘lib olganim yo‘q... Ahir eng og‘ir ahvoldagi men edim...

Nari: Sen baribir tushunmaysan...

Seojin: Qo‘ysangchi, Nari. Koshki edi men sizlarni oldin tanimagan bo‘lsam. Jiwon bilan ham yana gaplashib olamiz, lekin sen endi Soyun ga bunday jahl qilishni bas qilishing kerak.

Nari: Baribir u aytishi kerak edi. — dedim yana e‘tiroz bildirib...

Seojin: Ho‘sh, kimga aytardi? Sunwo gami, o‘zi unga Minhonning yomon muomalalari yetarli. Yaqindagina o‘lim yoqasidan qaytgan, yaqindagina tuzalgan — menga aytarmidi? O‘zimga o‘zimning tashvishlarim yetarli bo‘lsa, Jiwon esa yoshlikdan o‘sgan do‘stim... Buni menga qanday tushuntirardi? Yokida senga aytardimi? Sunwo bilan sog‘ayib ketganimiz uchun endigina xursand bo‘layotgan bo‘lsang.

O‘ylanib qoldim... Bu gaplar to‘g‘ri edi...

Seojin: Bo‘ldi, bunday arazlarni yig‘ishtiring. Ertadan keyin Sunwo ning tug‘ilgan kuni. Barchasi o‘z joyiga tushadi degan umiddaman. Jiwon ga kelsak, endi uni o‘ylayverma. O‘tmish, bu taqdir degani emas. Sen o‘z tanlovingni qilding. Muhimi baxtli bo‘lishing. Jiwon bir kuni ko‘nikadi.

Nari: Shunga umid qilaman...

Ertasiga Shanba, Sunwo ning tug‘ilgan kuni esa Yakshanbaga to‘g‘ri kelardi.

~~~~~~

Ertasi kuni.

~~~~~~

Nari sinfiga kirib, narsalarini qo‘yib bo‘lgach, Soyunni qidirdi. Hayriyatki u kelgan ekan. Ular yo‘lakda uchrashishdi.

Uni ko‘rib Soyun o‘girildi.

Soyun: Nari...

Nari kelib uni quchoqlab oldi.

Nari: Meni kechir. Men... mmmen... men adashgan ekanman... sendan bekorga ranjibman🤧

Soyun: Hammasi joyida🫂

~~~~~~

Darslardan so‘ng Haruna va ular birgalikda sovg‘a olish uchun do‘konlar aylanishdi. Chunki ertaga Sunwo ning tug‘ilgan kuni edi.

~~~~~~

Ertasi kuni

~~~~~~

Sunwo ning uyida.

Tug‘ilgan kun uchun hamma narsa tayyor, dasturxonlar tuzalgan. Seojin kelgandi.

Sunwo: Soyun kelmadimi?

Seojin: Yo‘q, kelib qolar, haydovchisi olib kelishi kerak. Menga boraver dedi. Qizlarni bilasanku, yasan-tusani ko‘p😂😁 Haruna va Jihyeon ham yetib kelgandir.

Sunwo: Haa, men ham boya Nariga habar yozdim, hali tayyor emas ekan😁

Seojin: Eh, qizlar, qizlar...😂

~~~~~~

Bu payt Soyun.

U ham o‘zi bilan o‘zi ovvora edi.

Yeohan: Tayyormisan?

Soyun: Hozir, ketyabman.

Nihoyat ular Sunwo nikiga yetib kelishdi.

Yeohan: Yaxshi bor.

Soyun: Mayli, xayr. Biz Seojin bilan birga boramiz, mendan xavotirlanib yotma.

Soyun ichkariga kirdi. Naridan boshqa hamma bor edi.

Sunwo: Salomlar.

Soyun: Ouuv, bizning tug‘ilgan kun egamiz, tug‘ilgan kunlaring bilan!

Seojin: Bizning Soyun xonim ochilib ketibtilarmi?

Soyun: Avval o‘zlaridan😂

Soyun

...

Seojin🌚

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Kechagi kunim ajoyib o‘tdi. Qizlar bilan Sunwo uchun sovg‘a olgani bordik. Mana hozir esa ziyofatga ketish uchun tayyorlanayabman. Kiyimlarimni almashtirdim, menimcha ustimdagi menga judayam yarashdi...

Sal qolsa sovg‘ani unutay debman, uyga yana qaytib kirdim. Oyim bilan hayrlashib ko‘chaga chiqdim.

Katta yo‘lgacha hali bor. Ozgina yurdim. Taksi chaqirdim, ammo u ham kelavermadi. Shu payt oldimga bir qora mashina kelib to‘xtadi. Hayron turardim. Undan ikki kishi tushib keldi. Biri og‘zimga qandaydir ro‘molcha bosdi, gapirolmadim, gapirishga ulgurmadim... qo‘limdagining yerga tushib, ichidagi narsasi singanini eshitdim. Uyog‘ini eslayolmayman...

~~~~~~

Bu qism ham tugagani bilan. O‘z fikrlarizzi yozib qoldiring. Hurmat bilan Soyun😁