January 2

Last Dream...))

— Aslida men nimani xohlardim?

ᥫ᭡Author: Soyun

ᥫ᭡Bir qismli fanfic.

~~~~~~

...U kim edi?

Universititetni bitirib, endigina ishlashni boshlagan, oilasi bilan munosabatlari biroz yomon, doim chetda qolgan, hech kim ishonmaydigan, hech kim tushunmaydigan, hasadgo‘y hamkasblarining ajratishlari va muomalaridan charchagan oddiygina qiz edi. Oddiygina qiz...

~~~~~~

...U kim edi?

Badavlat oiladan, biroq juda mehribon, muloyim va ishonuvchan... Bir martta o‘lim taxdidiga uchragan... va shu sabab doim yuzini niqob bilan berkitib oladigan, atrofidagi insonlardan o‘zini olib qochadigan va bitta ham do‘sti yo‘q, oddiy yigit edi... Oddiy yigit...

~~~~~~

HIKOYAMIZ BOSHLANDI...))

~~~~~~

Kech tushgan. Atrof qorong‘u hamda havo sovuq edi. Osmonda to‘lin oy porlab turardi... Har doim keladigan joyimga keldim. Bu yerga deyarli odam kelmaydi. Shuning uchun ham bu yer menga yoqadi. Ahvolim esa... yaxshi emasdi...

— Bulardan qanday qilib qutulishim mumkin? Nega men bunday yashashga majburman!? Har doim e‘tiborsiz qoldirilish, soxta insonlar, hech kim meni tinglamasligi, tushunmasligi...😭 Nega ahir?...

~~~~~~

...O‘sha kuni osmonga tikilib, ichimdagilarning barini aytdim, ko'p yig‘ladim. Barchasidan juda charchagandim. Meni tushunadigan hech kim yo‘q edi. To‘lin oy va sokin tabiatdan boshqa hech kim... Yana aytishim kerakki, bu birinchisi emasdi...))

Biroq, men u yerda yolg‘iz bo‘lmagan ekanman...

~~~~~~

Balki, o‘zimning xatoyimdir, ichimdagilarni kimgadir aytmayotganim, kim bilandir gaplashishni xohlamayotganim... Lekin — tushunishsa aytamanmi!??... Bilmadim...

Yangi kun.

Nonushta qilib o‘tirmay, uydan tezroq chiqdim.

— Men ishga ketyabman.

Barchalari dasturxon atrofida edilar. Biroq hech kimdan sado chiqmadi, na yaxshi bor deyishdi, na nonushta haqida... Doimgidek. O‘rganib ham ketdim.

Aslida ishga ham shoshmayotgandim... Hamkasblarimni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Lekin, majburman...

— Salom. Keldingmi? Seni direktor so‘ragandi.

Ichkariga kirishim bilan eshitgan gapim shu bo‘ldi. Dakki eshitishim aniq edi...

...Eshikni taqqillatib direktor xonasiga kirdim.

— Salom xonim.

— Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh. Qani bu yerga o‘tirchi.

O‘zi shu ohirgi haftadan beri hamma narsa chalkashib ketgandi. Ishlarim ham yomon tomonga ketgan...

— Eshitishimcha, bir loyiha ustida xatoga yo‘l qo‘yibsan!?

— Kechiring, xonim. Bu... boshqa qaytarilmaydi. — dedim yerdan ko‘z uzmagan holda.

— Mmm, nima ham derdim. — oraga biroz sukut tushdi. — Menga qara, seni bu yerga xato qilishing uchun ishga olmaganman. Universititetni yaxshi bitirganing, loyihalaring mukammalligi sabab aynan seni tanlaganman. Shunday ekan ishingga halaqit qiladigan barcha narsani yo‘q deb hisoblab, aslida qo‘lingdan nimalar kelishini ko‘rsatib qo‘yishing kerak. To‘g‘ri, hali deyarli yangisan, ategi 7 oy bo‘ldi. Lekin bu muvaffaqiyatga erisholmaysan degani emas. Bu yangi loyiha. Avval bino quriladigan joyni yaxshilab o‘rganib chiq. Keyin esa maketini chiz. Senga 4 hafta muddat. Ishonamanki buni muddatidan oldin uddalaysan va ishonchimni oqlaysan.

Bu gaplardan so‘ng qalbimda umid uchqunlari uchqunlagandek bo‘ldi, juda ham quvonib ketdim...

— Rahmat xonim. Albatta ishonchingizni oqlayman!

— Yaxshi, endi borishing mumkin.

~~~~~~

Bino. Yo‘q, aslida bino ham emas, qaysidir badavlat kishi qurdirayotgan bir uy ekan. Qurulish boshlanishi kerak bo‘lgan joyga bordim. Men chizishim kerak bo‘lgan uyning yonidagi uyda allaqachon ishlar boshlangandi. Meni qora mashina oldidagi menejer kutib oldi.

— Menimcha muhandis bo‘lsangiz kerak. — dedi u.

— Haa, salom.

— Qisqa qilib aytganda, shu yerga uy qurish kerak. Lekin, xonim, sizdan bir narsani iltimos qilsam bo‘ladimi?

— Albatta.

— Bilasizmi, bu uyni qurdirayotgan odam juda ham mashxur va boy-badavlat.

— Xo‘sh.

— U, aslida bu yerni o‘g‘li uchun qurdirmoqchi. O'g'li esa chet eldan endi qaytdi. U hozircha, odamlarga ko‘rinish bermoqchi emas. Chunki chet elga ketishidan oldin, uni o‘ldirishga harakat qilishgan. — dedi ovozini pastlab.

— Haa, demak, u bu yerda maxfiy ravishda yashamoqchi. Boshqalar esa bu yer haqida bilmasligi kerak.

— Deyarli, shunday.

— Yaxshi, men tushundim.

— Bundan hursandman. Demak, joyni ko‘rdingiz. Hozir, sizni dizaynlari bilan tanishtiraman.

~~~~~~

Shunday qilib, xonalar dizaynlari, shakllar, uyning ko‘rinishlari... barchasi bilan tanishib chiqdim. Mijozimga ko'proq klassika yoqarkan, ranglarni uncha yoqtirmas ekan. Shuning uchun faqat qora, oq, jigarrang va bezak uchun tilla rang bilan ishladim. Uy 2 qavatli bo‘ladi. Shu sabab loyihani 4 haftadan oldinroq bitiraman deb o‘ylagandim...

Yo‘q, bunday bo‘lmas ekan deb qo‘rqaman. Oradan 2 hafta o‘tdiki, endi uyning birinchi qavatini bitirdim...

Ikkinchi qavati negadir o‘xshamayabti. Lekin qurulish boshlangandi, tezroq tugatishim kerak. Shunchalik ham qiyin bo‘ladimi a?... Chizib o‘chiraverganimdan qog‘oz ham yirtilib ketay deyabti. Ketma-ket 4 ta joyida xato qildim. Nimanidir noto‘g‘ri hisoblayabmanmikin?... Ikkala maket bir biriga to‘g‘ri kelmayabti...

Judayam berilib ishlaganimdan, ketish vaqti bo‘lganini bilmay qolibman. Quyosh botishiga ozgina qolibti.

— Hoy, ish vaqti tugadi. Endi uyingga bor.

Bu navbatchining ovozi edi. Atrofga qaraganimda, hamma hamkasblarim ketib bo‘lishganini bildim. Doimgidek, ajratish. Mayli, hali men ularga ko‘rsatib qo‘yaman.

~~~~~~

Yana o‘sha, har doimgi boradigan joyimga bordim. Quyosh asta sekin botayotgandi. Shahar chiroqlari yongan.

Bu yer, men o‘zim bilan o‘zim suhbatlashib olishim uchun yagona joy. Aytganimdek, ko‘p odam kelmaydi, hech kim yurmasa ham kerak. Chunki bu yerga qanchadan beri kelayotgan bo‘lsam, bir kishini ham uchratmagandim.

Osmonga ozgina tikilib turdim.

— Yana 2 hafta qoldi. Chizmani tugatish kerak. Lekin shunchalik ham qiyin bo‘ladimiya, negadir eplolmayabman. Uddalay olarmikinman?...

Qishligi uchun havo sovuq edi.

— Hamma muammo menda. Bu hayotni qaranguu... — dedim ozgina kulib. — Balki o‘sha buyurtmani olmasligim kerak edi... Agar bitirolmasam, rahbarimga nima deyman, yoki o‘sha menejerga?...

O‘sha payt yaxshigina tushkunlikga tushib qolgandim, to‘g‘risi... Ahir qanday qilib bir chizmada 4 martta xato bo‘lishi mumkin? Men uni astoydil bajaryabman, lekin nega yana xato qilyabman. Oldinlari bunday emasdiku...

Shularni o‘ylab turganimda, ortimdan kimningdir ovozi eshitildi. O‘g‘il bola edi.

— Salom. — dedi u.

— Aaa? — ortimga o‘girildim. Hayron edim, ahir bu yerda oldin umuman hech kim bo‘lmas ediku!?... Uning yuzida niqob bor edi.

— Salom. — dedi yana qaytarib va men tarafga keldi. Unga hali ham hayron bo‘lib qarab turardim. Bir muddat oraga jimlik tushdi. — Buncha ko‘p gapirmasang. Agar o‘zim kelmaganimda, hozir men borligimni ham bilmagan bo‘larding.

Miyyamda savollar to‘lib ketdi. U shu yerda edi? Meni eshitdimi? Meni taniydimi? Nega meni bemmalol sansirayabti o‘zi?

— Biz tanishmizmi? — dedim nihoyat. U esa beparvolarcha shaharni tomosha qilardi. Yuzidagi niqob sabab, hech nimani bilolmayotgan edim.

— Deyarli yo‘q. Men seni tanishim mumkin, ammo sen meni emas. Chunki oldin uchrashmaganmiz.

Uning gaplari g‘alati edi.

— Sen, qachondan beri bu yerda eding?

— Sen kelishingdan ancha oldin.

— Mening gaplarimni... eshitding to‘g‘rimi?

— Kelasi safar atrofingda hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qil. — dedi u kulib.

— Hoy, bu kulguli emas. Men bu yerga kelganimda hech kim yo‘q edi! Hullas, barchasini unut.

— Qo‘rqma, bularni hech kimga aytmayman. Ishonsang bo‘ladi.

— Kechirasanu, seni tushunolmayabman. Qayerdan paydo bo‘lding o‘zi? Bu yerga mendan boshqa hech kim kelmas edi.

— Bu degani bu yer seniki degani emasku😂

— Mayli, men ketdim. Uchrashmasligimizni tilab qolaman.

— Hoy, qayerga? — dedi u ketayotganimda. — Baribir uyingda seni hech kim kutmayabdi.

Yurayotgan joyimda to‘xtab, ortimga qaradim.

— Bu nima deganing?

— Shunchakiy, ba‘zida menda ham shunday.

— Yo‘q, sen bu gapni aniq qilib aytding, hech qanday tasodif emas. Sen men haqimda o‘ylaganimdan ko‘proq narsa biladiganga o‘xshaysan.

— Quyosh botdi.

— Hoy, gapni aylantirma.

— Sayr qilishga nima deysan? — u yo‘l ko‘rsatgandek oldimdan o‘tib ketdi.

— Nima, meni ortingdan boradi deb o‘ylaysanmi?

— O‘zing haqingda bilishni istamaysanmi? — dedi u menga o‘girilib qo‘yib, yana yo‘lida davom etarkan.

Boshqa choram yo‘q edi. Ketolmasdim. Ahir u kimligini, men haqimda nimalar bilishini bilishim kerakku. Uning ortidan yurdim. Biroz turib unga yetib oldim. U anchagacha jim yurdi.

— Aslida men o‘sha kuni shu yerda edim. Salkam 2 hafta oldingi kun, oy to‘lin edi. Esladingmi?

To‘xtadim.

— Nima o‘shanda ham meni eshitganmiding??? Qanday ahmoqlik, sen kimsan o‘zi??? — jahlim chiqib ketdi. Chunki o‘sha kunda aytganlarimni hech kim eshitmasligi kerak edi. O‘sha kunda aytgan gaplarimni o‘zimdan boshqa hech kim bilmas edi.

— Hoy, hoy, asabiylashma. O‘zing aytganingdek, seni tushunadigan, ichingdagilarni aytishing mumkin bo‘lgan odaming yo‘q edi. Ammo endi bor.

— Ustimdan kulyabsanmi? Umuman tanimaydigan, hattoki niqob taqib olgani sabab yuzini ham ko‘rmagan odamimga qanday ishonishim mumkin!

— Buni bilmadim.

— Yo‘q, to‘xta, to‘xtaaa. Nima sen aqldan ozganmisan?

— Mmmm, menimcha yo‘q. Har holda hamkasblaringdan ko‘ra yaxshiroq do‘st bo‘la olaman deb o‘ylayman.

— Ularni hozir aralashtirma.

— Yo‘q, ularsiz qiziq emas. Ahir o‘shalarni deb yig‘lagansan.

— Bu meni hayotim ekan, aralashma.

— Hayot!? Hayot!? Nima shu hayotmi? Hattoki hayotingni mazmuni ham yo‘qku. Chetdan o‘zingga bir nazar solib ko‘r.

— Nima???

— Eshitganing. Men senga shunchakiy maslahat berayabman holos.

— Maslahat??? Bunday maslahatlar kerak emas, ayniqsa sen kabi notanish odamdan! — ortimga o‘girilib, undan uzoqlasha boshladim.

U ortimdan:

— Hoy, qayerga ketyabsan??? — dedi.

— Senga nima?

— Kechir, biroz qizishib ketdim... Ortingga qaytt.

— Ortiq ko‘rishmasligimizni tilab qolaman.

— Mayli, gaplarimni o‘ylab ko‘r. Ertaga seni kutaman.

— Ertaga bo‘lmaydi!

Shunday qilib, u yerdan ketdim.

~~~~~~

Bari chalkashib ketdi. Qanday qilib u hammasini biladi? Aslida bunday bo‘lmasligi kerak edi. Mening qalbimdagi har bir narsa, albatta o‘zimga tegishli. U o‘zi qayerdan paydo bo‘ldi???

Shu bilan uyga bordim, uyqum kelmadi. O‘zimni chalg'itish uchun yana o‘sha loyiha ustida ishladim.

Ohirgi 6 kun, umuman uydan ko‘chaga chiqmadim, xonamdan ham desa bo‘ladi. O‘sha yigitni qaytib ko‘rmaslikni istardim. U ham meni esidan chiqarar. Bunday qattiq ishlashim sabab, loyiha ham o‘z nihoyasiga yetdi.

~~~~~~

Yangi kun.

Menejerga loyihani berishim kerak edi, shu sabab qurulish boshlangan yerga yo‘l oldim. Binoning asoslari qurilgan, birinchi qavat, zinalar tayyor ekan.

— Salom.

— Salom, keldingizmi?

— Ha, mana loyiha. O‘xxo‘o‘o‘, deyarli bitibtiku. Buncha tez? — dedim atrofga qarab.

— Aytgandimku, bu bino asoschisi juda boy deb.

— Haa, esimda.

— Yana 1 haftadan so‘ng, sizni ichkariga dizayn uchun chaqiramiz, vaqtingiz bo‘ladimi?

— Haa, albatta.

— Bundan hursandman. Yana aytgancha, menga karta raqamingizni bersangiz, to‘lovni qilib qo‘yardim.

— Albatta.

~~~~~~

U yerdan keyin ishxonaga bordim. Direktorimizning maqtovlaridan so‘ng, yana bir yangi ish oldim. Faqat endi 20 qavatli bino qurulishi. Loyihaga esa 4 oy muddat. Ishonamanki uddalayman. Atrofdagilar qanday muomala qilsa qilaversin, asosiysi endi o‘zimni qo‘lga olgandim.

Shu kuni plastik kartamga 80 million pul tushdi. To‘g‘risi, buni ko'rib hayratlanib ketdim, hattoki o‘sha menejerga bu pul juda ko‘pligi haqida yozdim. U bo‘lsa, loyihani tez muddat ichida bajarganim va bu loyiha sirini yashirganim uchun boshlig‘i nomidan rahmat aytdi.

1 hafta o‘tib, dizayn uchun materiallar tanlagani bordik. Uy tayyor edi. Faqat ichkariga jihozlar qo‘yilsa bas.

Men o‘sha yigit haqida deyarli unutgandim. Uni boshqa uchratmagandim ham.

Oradan 5 kun o‘tar ekan, meni uy bitgani sabab, ijodim mahsulini ko‘rish uchun chaqirishdi. Uy egasi ham kelar emish. Ishlarim aslida ko'p edi, lekin yo‘q demadim.

U yerga taksida yetib bordim. Menga tanish bo‘lgan menejer eshik oldida turardi.

— O‘o‘, salom!

— Salom.

— Marhamat, ijodingiz mahsuli. — dedi u uyga ishora qilib. Rostdan ham, juda chiroyli chiqqandi...

— Rahmat! — dedim unga mamnuniyat bilan qarab.

— Janob kelishlari kerak edi. — dedi u. Lekin gapi tugamasidan bir chiroyli mashina kelib, uy yonida to‘xtadi. — Ana, keldilar! — dedi mashinaga ishora qilib. Men ham o‘sha tomonga qaradim.

Mashinadan ko‘rinib turibtiki, juda ham boy oiladan. Keyin esa undan yuzida qora niqob, boshiga ham kepka kiyib olgan bir yigit tushib keldi. Men to‘g‘risi, boshqacharoq odamni tasavvur qilgan edim, u esa deyarli men bilan tengga o‘xshardi.

U biz tomonga keldi. Men avvaliga uni yuzini yaxshi ko'rolmadim. Niqobi borligi sabab faqat ko‘zlarini ko'rish mumkin, lekin boshidagi kepkasi bunga ham halaqit berar edi. U kelib yonimizda to‘xtadi.

— Sen!? — bu gapni ikkimiz bir vaqtda aytdik. U o‘sha yigit edi, o‘sha kungi...

— Yo‘q, yo‘q, shoshma, shoshma. Yana senmi? — dedim unga qarab.

— Aslida yonginamda ekansanku, men seni qidirib yuribman😂 Ko‘rganimdan xursandman. — dedi u kulib. Albattada, ko‘z oldimda ustimdan kulyabti. Meni ko‘rganidan xursand emish.

— Nima???

— Bir-biringizni taniysizmi? — dedi menejer.

Men:

— Yo‘q!

— Ha! — dedi u.

— Men seni tanishni ham istamayman!😒

— Yaxshisi ichkarida gaplashaylik, ahir uyni sen chizgansan. — u eshikdan kirib ketdi. Keyin esa menejer menga yo‘l boshladi. Ajoyib, o‘zim chizgan uyda menga yo‘l ko‘rsatishyabti. Ichkariga kirdik. Uyda hamma narsa bor edi, hattoki muzlatkichlar to‘ldirilgan. Menejer bilan oshxonaga bordik. U yerda hayotimga tinmay aralashayotgan odam qahva tayyorlayotgan edi.

— Qani o‘tir. — dedi oshxonadagi stulni ko‘rsatib.

Aslida asablarim tugagandi. Kayfiyatim ham yo‘q. Buni yuzimdan ham anglab olish mumkin edi. Istamaygina o‘sha stulga o‘tirdim. U esa qarshimga o‘tirdi. Stol ustiga 2 krushka qahva qo‘ydi. Menejerga esa qo‘ng‘iroq bo‘lib, qayergadir chiqib ketdi.

— To‘g‘risini aytganda, bu yerda uchrashamiz deb o‘ylamagandim😂

— Sen rostdan ham ahmoq, telba ekansan.

— Qovog‘ingni ochib o‘tirsangchi. Ajoyib tasodif. Men bu uyni sen chizganing haqida umuman bilmagan edim. Boshqa odamni tasavvur qilgandim.

— Ajoyibmish😒

— Albatta ajoyibda, tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi ahir. — u yana miyig‘ida kulib qo‘ydi. — Seni kutaverib ham charchab ketgandim. Nega o‘sha joyga kelmay qo‘yding?

— Mmm, balki sen sababdir.

U yana kuldi. Rostan ham telba shekilli. Unga gapirishni foydasi yo'q edi. Oldimdagi qahvadan bir ho‘plam ho‘pladim. U bo‘lsa endi mendan ko‘zini olib, oldidagi krushkaga qaradi.

— Buni niqob bilan qanday ichmoqchisan? — dedim men.

U shu payt huddi uyqudan endi uyg‘ongan yosh bolaga o‘xshab, oynaga qaradi. Oyna tashqarini ko‘rsatib turardi. Lekin undan bemmalol odam aksini ko‘rishi mumkin edi.

— Aa, bumi. Uzur, uyda o‘rganib qolganman. Esimda ham yo‘q.

Aslida uni yuzini ko‘rishni umuman istamayotgan edim. Balki u ham xohlamayotgandir, lekin xohlagan odamdek tezda boshidagi olib, yuzidagi niqobini yechdi. Menga qarab yana tirjaydi.

— Ho‘sh, men chiroyli ekanmanmi?

— Senmi? — dedim atayin kulib. U ham kuldi. — Haqiqiy telba ekansanku.

U biroz jim qoldi. Huddiki menga nimanidir aytolmayotgandek...

— Hullas. — dedim ohiri. — Meni hali ishlarim ko‘p, yangi loyiham bor. Tezroq ketishim kerak. Bu yerda seni kulishingni tomosha qilib o‘tirolmayman.

— Yaxshi. Men nima dedim!? Balki xonalar bilan tanishtirib keyin ketarsan.

— Albatta, ahir sen adashib qolasanku😏 — dedim atayin.

O‘rnimizdan turdik. Uy ichida yo‘l boshladim.

— Oshxonani bilding, bu mehmonxona, u yerda qo‘l yuvish xonasi bor, bu kichik omborxona, 2 tadan javoni bor. Ana u yer orqa hovliga chiqish eshigi. — ikkinchi qavatga ko‘tarildik. — Bu yer balkon, ana u yerda televizor ko‘rish uchun mo‘ljallangan xona. U bo‘lsa, yuvinish xonasi, bu seni xonang, yonida kiyimlaring uchun gardirobi bor. Yo‘lakda shkafchalar bor, ularni o‘zing xohlaganingdek bezatsang bo‘ladi, asosan suviner, sovg‘alar uchun mo‘ljallaganman. Buni bossang, uydagi vintilyator ishga tushadi, havoni tozalaydi. Tushundingmi? — u menga termulib, kuzatib turardi.

— Haaa, tushundim.

— Yaxshi. Davom etamiz. Xonangdagi deraza quyoshga qaragan, shuning uchun agar istasang pardalar qo‘yilgan. Faqat to‘q ranglar bilan ishlaganim uchun, maslahatim quyosh foydali. Uydagi chiroqlarni foydalanmasang vaqtida o‘chirib qo‘y. Ha, eshik tepasiga sensirli chiroq qo‘yganmiz, kech tushishi bilan o‘zi yonadi, quyoshdan quvvat oladi. Bir oyda bir ustidagi changni artib tursang bo‘ldi. Balkonga keladigan bo‘lsak, yomg‘ir yoqqan payti har ehtimolga qarshi undagi gullarni ichkariga olib qo‘y. Ha, yana gullarga ham 2 kunda bir suv quyib turish kerak. Bo‘ldi, deyarli shu. Qolganini o‘zing eplaysan.

— Bu hafta, qachongadir vaqting bormi?

— Nima?

— Vaqting bormi deyman. Balki biron joyda ko‘risharmiz.

— Men shuncha gapni kimga aytdim?

— Ularni eshitdim.

— Rostanmi?

— Istasang barini qayta aytishim mumkin.

— Ajoyib.

Pastga tushdik.

— Meni savolimga javob bermading.

— Shanbaga deyarli bo‘shman.

— Yaxshi. O‘sha joyda ko‘rishamiz.

— Telba. Mayli, men ketdim.

— Xayr, yaxshi bor.

~~~~~~

Shanbagacha hali 4 kun bor. Bu haqda o‘ylamay, yangi ishimni tezroq chizishim kerak edi.

Ertasiga tinchgina uyda o‘tirgan edim, ammo chizish uchun qalam, qog'oz va shunga o‘xshash narsalar olishim kerak edi. Shuning uchun do‘kon aylanishga chiqdim.

Qalam qog‘ozlardan tashqari, o‘zim uchun xonamni bezatgani bir ikkita narsa ham oldim. Ahir endi pulim bor edi. Shu payt hayolimga oilam kelib qoldi. Chunki ular mening yaqinlarim, menga qo‘pol muomala qilsalar ham...

Ular uchun ham ancha narsa sotib oldim. Ko‘rib hursand bo‘lishlari aniq edi.

Quvonchim ichimga sig‘may uyga qaytdim.

— Men keldim. — dedim uyga kirib. — Oyi, qayerdasiz?

Ular oshxonada ekanlar. Chiqib keldilar.

— Qayerdan kelyabsan?

— Bozordan, siz uchun...

Gapimni tugatishga ulgurmasimdan yuzimga urilgan tarsaki zarbidan ko‘z oldim qorong‘ulashib ketdi. Qo‘limdagilar yerga tushdi. Yig‘lashni ham, boshqasini ham bilmay qoldim.

— Buu..buu nima qilganingiz? — deyoldim zo‘rg‘a.

— Sen nimalar qilib yuribsan ko‘chada??? Shuncha narsa uchun pulni qayerdan olding???

Uy ichidagi jimjitlik sabab ularning ovozlari akssadolanib ketdi... Meni yengil qaltiroq tutdi.

— Mmen... men...

— Hammasini ko‘zimdan yo‘qot!

— Oyiii... bbbbularni ish haqqimga sotib oldim...

— Senga ko‘zimdan yo‘qot dedim! Axlatga tashla!

Bir muddat muzlab qoldim... qaltiroq qo‘llarim bilan yerdagilarni olib, xonamga chiqdim. Pastdan ularning ovozlari eshitilsa ham parvo qilmadim.

Xonamga kirib, anchagacha karaxt holda o‘tirdim, qulog‘im eshitmasdi go‘yo... qo‘llarim qaltirardi... Yo‘q, bo‘lmadi, bo‘g‘zimga nimadir tiqilgandek, lekin yig‘lolmayotgandim...

Bu uyda ortiq qolishni istamadim, o‘rnimdan turib, xonam eshigini qulflab, tashqariga chiqdim. Hali kech tushmagandi, lekin havo bulutli. Boradigan birgina joyim bor edi... faqat birgina... Taksi to‘xtatib, o‘sha yerga yo‘l oldim. Ko‘zyoshlarim quyulib kelardi, lekin yig‘lamaslikka harakat qilib turardim. Bo‘lmaydi, bu yerda yig‘lolmayman... Yagona ovunchim shu gaplar edi.

Manzilimga yetib keldim. Endi faqatgina o‘sha joyga ko'tarilsam bo‘ldi. Zinalardan yurib borardim. Hech narsani anglolmayotgandim, qanday qilib taksi to‘xtatdim, bu yerga qanday keldim, buncha bu yerda zinalar ko‘p?... Oyimning ovozlari hali ham qulog‘im ostida jaranglardi... Nega unday qildilar? Ahir men ularga nima qildim?...

O‘sha har doyimgi joyimga kelganimda, yana Unga duch keldim. Yuzida doyimgi niqobi... Qayerlargadir termulib, nimalarnidir hayol surib turardi.

— Sen!?... — dedim zo‘rg‘a. U meni ahvolimni ko'rib, yonimga keldi.

— Hoy, yaxshimisan?

...Birgina shu so‘z, "yaxshimisan?..."

Menga oldinlari hech kim bunday demagandi. Men qiyin paytlarda, faqatgina o‘zimdan o‘zimga tasalli berardim... Meni o‘zimdan boshqa hech kim eshitmasdi, tushunmasdi... U esa menga begona bo‘lsada, "yaxshimisan" deyabti... va bu so‘zni endigina kimdandir eshityabman. Ho‘rligim keldi...

Ko‘zlarimdan tiyib turgan yoshlarim yum-yum ko‘zyoshlarga aylanib oqa boshladi. U meni quchdimi, yoki o‘zim uni quchoqladimmi, buni bilmadim. Har holda, uni quchib uzoq yig‘ladim. Bu ham birinchisi edi, kimnidir yonida yig‘lash... U bo‘lsa yelkamga ohista urib, sochlarimni silab, meni yupatishga urunardi.

— Mayli, yig‘lab ol...

Oradan qancha vaqt o‘tdi bilmadim, har holda o‘zimga kelganimda quyosh botishiga ozgina qolgandi. Shaharda ba‘zi chiroqlar yongan...

— Kechir... men... — dedim sekin.

— Hechqisi yo‘q. Men seni tushunaman.

— Bu yerda nima qilayotganding?...

— Sen kelishingni bilib kelgandim. — doimgidek, yana kuldi.

— Nega yana yuzingga niqob taqib olgansan?

— Mmm, bilishing kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Bularni shanba kuni uchrashganimizda aytib beraman, hozir vaqti emas. Agar, istasang, bir joyga olib borardim.

— Qayerga?

— Har holda, boradigan joyimiz kayfiyatingni ancha ko‘taradi. Oldin, rozimisan?

— Mayli...

— Pastda mashinam bor. Ketdik.

~~~~~~

O‘sha kungi chiroyli mashinada mana hozir qayergadir ketayotgandik. Men shunchakiy oynaga boshimni qo‘yib, atrofga qarab ketardim.

— Yetib keldik. — dedi u to‘xtaganimizda.

Mashinadan tushdim.

— Bu yer qayer?

— Oldin kelganmisan?

— Yo‘q.

— Unda, kerakli joyga kelibmiz.

Ichkariga kirdik. U meni ozgina o‘zimni qoldirib turib, kim bilandir gaplashib keldi. Aslida 5 daqiqadan keyin bino yopilishi kerak ekan. Lekin bizga 20 daqiqa berishdi. Qandaydir eshikdan o‘tdik.

— Vauvvv! — dedim men, ichkariga kirib atrofga qarab.

E‘tibor bergan narsam U ham niqobini yechgandi.

— Chiroylimi?

— Juddayammmmmm.

Bu yer akvapark edi. Balki oldin umuman kelmaganim uchundir, boshqa his bor edi ko‘nglimda... Atrofda ajoyib baliqlar, dengiz otlari, akulachalar, skatlar, katta-katta akvariumlar...

— Vauvv, buni...

— Bu yerga kelish kerak edi.

— Qachondan beri kelasan bu yerga?

— Ancha bo‘ldi. Yoshligimda oyim bilan kelardik... — u jimib qoldi.

Shunday qilib ancha aylandik.

Rostdan, juda ham chiroyli edi...

— Baliqlar haqida nima bilasan? — deb qoldi U.

— Deyarli ko‘p narsa emas, har holda turlarini ajrata olaman.

— Yaxshi... Tikan baliqni ko‘rganmisan?

— Yo‘q.

— Unda hozir ko‘rasan. Huv, anavi, qumni ko‘ryabsanmi? — dedi akvariumni ko‘rsatib.

— Ha.

— Tikan baliqlar deyarli doyim qumga yashirinib yashaydi. Ular skatning bir turi. Buni menga yoshligimda oyim o‘rgatgandi. Shu sabab, menga qumlar orasidan ularni qidirish yoqardi. Qumga yaxshilab qarasang, ularning ko‘zlarini ko‘rishing mumkin.

— Shunda, bu yerda tikan baliq bormi?

— Ha. Yaxshilab qara.

Qumga qay tomondan qarasam ham u yerda baliqni, yo'q, ko‘zlarni topa olmadim.

— Bu yerda unday narsa yo‘q.

— Ishonching komilmi?

— Ha...

— Unda qara. — u akvariumni bir ikki martta chertdi. Shunda boyagi qum uyumlari orasidan bir baliqning dumi, so‘ngra ko‘zlari ko‘rindi. — Ana, men nima dedim.

— Ahir hozirgina u yerda hech nima yo‘q edi. — dedim oynaga yaqinlashib.

— Tikanli skatlar tabiatan shunday. — u keyingi akvariumga o‘tdi.

— G‘alati ekan.

— Unday emas, qani bunisidan ularni qidirib ko‘r.

Avvaliga hech nima topa olmadim, lekin keyin bu menga qiziqarli tuyuldi, ya‘ni qum ostidan ko‘zchalarni qidirish. Biroz turib, topdim! Bitta emas, 2 tasini.

— Ikkalasini topa olasan deb o‘ylamagandim.

— Bu ajoyib ekan.

~~~~~~

Tikanli skatlar — ba‘zi joylarda tikan baliqlar deb ataluvchi dengiz hayvonlari. Skatning bir turi. Faqat ularning dumlarida nayzalari — tikanlari bo‘ladi. Tikan baliqlar ov qilish uchun qumga yashirinib oladi. Bunday hollarda ularning faqatgina qumdan ajralib turgan ko‘zlarini ko‘rish mumkin. Ular shu tarzda hayot kechiradi.

~~~~~~

Keyingi akvarium meduzalarga to‘la edi.

— Bularniiiiii! Oldin yaqindan ko‘rmagan edim. — dedim akvariumga qo‘limni tekkizib.

— O‘zingni chetdan bir ko‘rsang edi, yoshbolani o‘zisan😂

— Chiroyliliginiiiiiiiii.... — ularni ko‘z uzmay kuzatardim.

— Bilasanmi, birinchi uchrashganimizda...

— Xo‘sh!? — dedim unga qarab.

— Seni meduzaga o‘xshatgandim. Keyin, seni yanada yaqinroq bilgach, bunga amin bo‘ldim.

— Nega meduza?

— Chunki... sen ham meduzalar kabi chiroylisanu, lekin aqling yo‘q😂 — u oldinga yurib ketdi.

— Nima!? — dedim ortidan. U yo‘lida davom etardi.

— Yana 4 daqiqamiz qoldi. Tezroq bo‘l.

— Hoooy, to‘xtaaa. Qanaqa meduza!???

~~~~~~

Vaqtimiz tugab, uyerdan ketdik. Mashinaga o‘tirayotganda, U yana niqobini taqib oldi. Keyin esa meni ko‘chamiz boshiga tashlab qo‘ydi. Uyga biroz piyoda yurishni xohladim. Hamda U uyimni bilishini istamasdim... Ancha yaxshi edim, har holda oyimning gaplarini unutgandim.

Xonamga kirib, eshikni ichkarisidan ham qulflab oldim. Olgan narsalarimni yarim tungacha joylashtirib chiqdim.

...Ertasiga uydan tezda chiqib ketdim. Shu bo‘yi kunimni ishxonada o‘tkazdim.

Ertaga shanba.

~~~~~~

...Uyg‘onishim bilan ko‘rgan narsam deraza ortidagi tomchilar bo‘ldi. Demak, yomg‘ir yog‘ibti, ehtimol biroz avval tingandir. Har holda bugun U bilan ko‘rishishimiz kerak. Menimcha yog‘magani yaxshi... Keyin yangi loyiham bo‘yicha qurilish joyiga borishim kerak.

Tayyorlanib, yo‘lga tushdim. Soat taxminan 8:30 larga yaqin...

Doimgidek, o‘sha joyga. Osmon bulutli edi va bu safar ham U o‘sha yerda turardi... Yuzida niqobi yo‘q.

— Salomlar! — dedim men.

— Hayrli tong.

— Senga ham.

— Ancha yaxshimisan?

— Deyarli.

— Kechagi kuning qanday o‘tdi?

— O‘rtacha... Asosan ishxonada bo‘ldim.

— Yaxshi... Mayli, ketamizmi?

— Qayerga?

— Men qahvaxona tanlab qo‘yganman.

— Ammo, hozir unchalik och emasman.

— Shunday de... Unda shahar bog‘iga boramiz. Nima deb o‘ylaysan, yomg‘ir yog‘adimi?

— Menimcha, yo‘q...

— Yaxshi...

O‘sha chiroyli mashinada yana yo‘lga tushdik. U niqobini taqqan edi...

~~~~~~

Biz taxminan 2 soatcha aylandik. U juda kam gapirardi. Bu orada osmonda bulutlar ham tarqadi.

To‘g‘risi, miyyamda savollar to‘lib ketgandi. O‘sha uy chizmasini chizishimdan oldin menejerning aytgan gaplari, Uning doim niqobda yurishi... hamda uning o‘tmishiga ham qiziqayotgan edi. Uni kim o‘ldirmoqchi bo‘lgan?... Menga nima demoqchi?

O‘ylab qarasam, uni yaqindan ham tanimas ekanman, faqatgina menga yuzi, akvaparkdagi gaplari va oyisi haqida birozgina ma‘lum... Tanishganimizga esa ategi 5 hafta... aslida tanishishimizga g‘alati voqea sabab bo‘ldi, keyin esa bular... Lekin, nega unga ishonyabman o‘zi?...

~~~~~~

Yurib yurib, dengiz bo‘yiga bordik. Sohil emas edi.

— Bilinib turibtiki senda ham savollar ko‘p. — dedi U odamlar kam joyga borganimizda dengizga termulib. — Men... men aytmoqchiman... lekin, undan oldin, sen meni eshitishga tayyormisan?...

U ko‘zlarimga termulib qoldi. Biroz jim turdim... Keyin bosh irg‘ab qo‘ydim. Bunday holga endi tushushim edi.

— Sen aslida ko‘p narsani bilasan. Lekin, oxirigacha emas. Masalan, uyimni chizishingdan oldin menejerim senga aytgan gaplar... Mening niqob taqib yurishim ham g‘alati, to‘g‘rimi. — biroz jilmayib qo‘ydi. — Bu bo‘lgan voqea. — dedi yana dengizga qarab. — Chetdan qaraganda boy oilaning farzandi, bekamu-ko‘st hayot kechiradigan, hech qanday muammolarga uchramagan insonga o‘xshayman. Lekin unday emas... Akvaparkdagi gaplarimni eslaysanmi, tikan baliqlar, oyim haqida... kel avval shuni gaplashamiz. Mening oyim bilan bog‘liq voqealarim faqatgina shular... U vafot etgan payti hali maktabga bormasdim...

Ustimdan bir chelak muzdek suv quyilgani kabi muzlab qoldim... U yana gapida davom etdi.

— Uni yo‘qotgach, menga qiyin bo‘ldi... judayam qiyin. Dadam boshqasiga uylandi. Ammo men o‘gay onamni yoshligimdan beri yomon ko‘raman. Hozir ham umuman kelisholmaymiz. Uni ham meni ko‘rgani ko‘zi yo‘q. — u jimib qoldi. Shunday qilib, ikkimiz ham biroz gapirmay turdik.

— Agar istamayotgan bo‘lsang, bularni aytishing shart emas. — dedim keyin.

— Yo‘q... kechir... Men... shunchakiy nimadan boshlashni bilmayabman...

— Gapirishing mumkin. Men eshitishga tayyorman.

...))

— Men u paytlari 17 yosh edim. Bir kuni universititetdan uyga qaytdim. Dadam va o‘gay onam bazmga ketishgan ekan. Uyda xizmatchilar, hovlida 2 ta qo‘riqchi bor edi. Kechki soat 11 dan oshgan, lekin uyqum kelmagandi. Mehmonxonada o‘tirgandim, shunda oshxona tomondan deraza ochilganining ovozini eshitdim. Xizmatchilar ham ehtimol uxlagan edi, bunday payt kim bo‘lishi mumkin deya o‘sha tomonga bordim. Ehtimol bormasligim kerak edi... U yerda qop-qora kiyingan, yuzini ham to‘sib olgan bir odamga duch keldim. Begona edi. Qo‘liga o‘tkir pichoq ushlab olgan... Men bir so‘z demasimdan u menga tashlanib ketdi. Tasavvur qil, seni o‘ldirish uchun qo‘lida pichoq ham ushlab olgan odamdan qochyabsan... daxshatli... Men judayam qo‘rqib ketdimm... xonamga qanday chiqdim, undan qanday qochdim bilmayman, lekin xonamga kirib eshikni qulflaganimda ham u ketmadi. Oldiniga eshikga o‘zini urdi, keyin esa qayerdandir o‘tkir narsa topib, eshikni daraxt chopgandek ura boshladi. Eshik sinib borardi... ohiri undan kichik darcha ochildi. Men o‘sha darcha orqali, uning menga qaragan ko‘zlarini ko‘rdim... bu dahshatli edi... Qimirlolmay qolgandim, polda o‘tirardim, nafas olishim borgan sari qiyinlashayotgandi... Keyin, baqir-chaqir ovozlarni eshitdim, eshikka urulayotgan narsaning ham ovozi tingandi. Biroz turib, dadam keldi... O‘sha voqeadan keyin anchagacha uxlay olmagandim, oradan yillar o‘tib unutdim. Lekin bu yana sodir bo‘ldi... ikki yil oldin... O‘sha yili universititetni bitirish arafasida edim. Dadam bilan biroz tortishib qolgandik, shu sabab uyga piyoda ketmoqchi bo‘ldim. Osmon bulutli edi, lekin havo yaxshi. Yo‘lni kesib o‘tish uchun svetofor yonishini kutib turganimda, narigi tomonda yana o‘sha odamni ko‘rdim... Qop-qora kiyingan, qo‘lida esa... pichoq... Mendan ko‘zini uzmasdi... Shu payt, yana daxshat ichra qoldim. Yugurdim.... qayergaligini bilmasam ham... U ham ortimdan qolmasdi... U huddikiy, mening ajalimga o‘xshardi, qochib qutulishim mumkin bo‘lmagan ajal... Qo‘llarim qaltirardi, butun tanam muzlab qolganday... Ohiri, qaysidir joyda politsiyaga duch keldim. Yig‘lamsirab, ularga zo‘rg‘a hozirgi holatimni tushuntirdim. Lekin meni ta‘qib qilayotgan odam ortimdan kelmagandi, ehtimol politsiyani ko‘rib, qochib qolgan... Ular dadamga xabar berishdi, otam esa ahvolimni ko‘rib, shifokorga olib bordi. Shifokorlar qanday tashxis qo‘ygan bilmadim, ammo uzoqdan qaraganda telbaga o‘xshab qoldim. Aqldan ozib qolgandek... anchagacha xonamdan chiqmadim, hamma narsadan juda qo‘rqardim... xonamdagi bir burchakga borib, o‘sha yerda bir nuqtaga tikilib o‘tirishni yaxshi ko‘rardim... Shulardan so‘ng, otam meni chet elga cho‘natdi, davolanish uchun... U yerdan esa, mana bilganingdek, yaqinda qaytdim. Odamlardan qochadigan bo‘ldim, yuzimga esa niqob taqib yuradigan... Men doim shundayman, hattoki uyda ham niqobimni yechmayman... Tuzalishim qiyin bo‘ldi... Menga barchalari oson tutushdi... lekin ularning hech biri, har on ko‘zlarini yumganda qarshisida pichoq ko‘tarib uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan insonni ko‘rish daxshatini his qilmagandi... Hech kim mening ahvolim haqida qiziqmadi... Huddi sendek, meni ham tushunadigan hech kim yo‘q edi... — ohirgi gaplarini aytar ekan, uning ko‘zlaridan yoshlar oqdi... Lekin u yig‘lamayotgandi, ko‘zyoshlar bor edi holos... Mening ham qalbim og‘rib ketdi... U shuncha narsani boshdan kechirgan ekan... To‘g‘risi, xafa odamga qandaydir tasalli berishni, juda eplolmasdim... Uning yelkasiga qo‘limni qo‘ydim.

— Men... bunchalik deb o‘ylamagandim... Asosiysi, u kunlaring o'tib ketdi...

— Men... men o‘sha paytlar oyimni juda ham sog‘ingandim... juddayam... Ortiq odamlarga ishonolmayman deb o‘ylagandim. Odamlardan qo‘rqardim... Yuzimdagi niqobni ham... ortiq yechmaslikga o‘zimga va‘da bergandim. Qachonki, seni uchratmagunimcha. — u menga yoshli ko‘zlari bilan o‘girildi. Shu payt, nimadir demoqchi edim... Lekin u meni to‘xtatdi. Yuragim judayam tez urardi...

— Iltimos, nimadir deyishing shart emas. Faqatgina meni tingla... Chet eldan qaytgach, kech tushishini kutib, sayr qilib kelmoqchi bo‘ldim. Shunday qilib, o‘sha joyga borib qoldim. Men biroz turib u yerga seni kelayotganingni ko‘rdim. Keyin, u yerdan uzoqlashdim, sendan yashirinib... Men... aslida ketmoqchi edim, lekin sening gaplaringni eshitib qoldim, yig‘laganlaringni... Shunda, men seni o‘rningda o‘zimni ko‘rdim... Sen bilan gaplashib ko‘rmoqchi edim, lekin sen u yerga kelmay qo‘yding, qachonki oradan 2 hafta o‘tguncha. Men bu orada u yerga har kuni bordim... Keyin imkon tug‘ulib, o‘sha kuni gaplashganimizdan so‘ng, sen yana ketib qolding. Anchagacha kelmading. Otam menga uy qurdirayotganini eshitgandim, lekin qiziqmagandim. Ammo o'sha uyga borib, seni ko‘rgach, notinch qalbimda yana sokinlikni his qildim. Shanba haqida esa eshitib, quvonib ketdim. Ertasiga kunimni qanday o‘tkizib olaman deb daqiqa sanadim... Ammo tushdan keyin o'sha yerga borganimda, yana seni uchratdim, faqat... sen yig‘layotgan eding... Men senga ishonishni xohladim. Akvapark, tikan baliqlar... o‘sha payt o‘tmishga qaytgandek bo‘ldim, bir muddat oyimni eslatding menga... Hayotimga kirib kelishing bilan mendagi bor qo‘rquvlar ortga chekindi, birinchi martta kimgadir ishondim, birinchi martta kimgadir bu gaplarni aytishim... va birinchi martta kimnidir oldida yig‘lashim... — dedi va qo‘llarimdan ushladi. Yana davom etdi: — G‘alati tuyulishi mumkin, bilaman... Lekin, iltimos qilaman sen... mening hayotimda qol... Qo‘llarimdan doim tut... Meni hech kim tushunmaganida ham sen tushun. Iltimos... — u shunday deya meni quchoqlab oldi... yig‘lardi...

Men uni tushundim... Aytgan gaplari yuragimning tub tubigacha yetib borgandi... Meni kutgan ekan... Birinchi suhbatimizdan so‘ng ketib qolganimdan beri kutgan ekan... Keyin ham kutgan ekan... Boshidan qancha qiyinchiliklar o‘tkazibti... Bir martta vayron bo‘lgan binoni, qayta tiklash mushkuldir... Qalb ham shunga o‘xshaydi. Agar, men Unga — oldingidek yaxshi bo‘lishiga yordam berolsam, buni albatta qabul qilaman...

~~~~~~

Shunday qilib, bizning do‘stligimiz boshlandi.

Umuman olganda, u mening hayotimga kirib kelganidan boshlab, hamma narsa o‘zgarishni boshlagandi... Keyin esa bu yana davom etdi...

Oradan kunlar o‘tib, biz yanada yaqin do‘stlarga aylangan edik. U ham qo‘rquvlaridan tobora uzoqlashib borardi. Mening esa ishlarim yaxshilanayotgan edi...

~~~~~~

Yomg‘irli kun edi.

U bilan sayr qilmoqchi edik. Menimcha bu — yomg‘irda ajoyib bo‘ladi. Ustimga qalinroq kiyinib, soyabonimni ham olib, ko‘chaga chiqdim. Doimgidek joyimizga bordim, U ham doimgidek o‘sha yerda edi.

— Salomlar!

— Salom, nixoyat kelding. — dedi jilmayib. — Yomg‘ir ajoyib. Loyihang nima bo‘ldi?

— Uni allaqachon tugatdim.

— O‘o‘, yaxshi.

— Faqat, ertaga qurilish joyiga borib, suratga olib kelishim kerak. Bu, har yili bo‘ladigan ijodiy tanlovda ishtirok etishim uchun kerak bo‘lar ekan.

— Yaxshi, birga boramiz. Ahir, chizmalaring amakimning binosi uchun😁

— Agar oldinroq bilganimda chizmagan bo‘lardim.😌 — dedim atayin. U ham kulib qo‘ydi.

— Aa, bu senga. — dedi cho‘ntagidan nimadir olib. — Kichik sovg‘a.

— Yo Xudoyimmm, buncha chiroyli! — dedim uni ko‘rgach. Bu kichik brilog edi. Yulduzchali. — Rahmat!

Uni darrov soyabonimga taqib qo‘ydim.

— Yoqdimi?

— Juddayam.

~~~~~~

4 oy o‘tib

~~~~~~

— Salomlar!

...Hayollarim bo‘linib ketdi. Berilib ishlaganimdan, bugun U bilan ko‘rishishimiz kerakligi esimdan chiqibti. Aytgancha, endi o‘z xonam bor edi. O'z xonamda ishlardim. Bu safar ijodiy ishlar tanlovida qatnashayotgan edim. 4 oy ichida 2 ta loyihani tugatdim. 5 ta uy chizmasini chizdim. Bu, menimcha yaxshi natija edi.

Bu ovoz esa, menga tanish ovozlardan...

— Aa, salom. — dedim soatga qarab.

— Menimcha, judayam qattiq tayyorlanyabsan.😄

— Haa, doimgidek.

— Doimgidek, doimgidek... Meni kuttirishni yaxshi ko‘rishing ham doimgidek😂 Balki ketarmiz.

— Voy, nahotki, janob, uzoq kutib qoldingizmi a? — dedim kulib narsalarimni yig‘ishtirar ekanman.

— Faqat, esimdan chiqardim dema.

— Nimani?

— Atayin qilyabsanmi?

— Qo‘ysangchi, nima qo‘rqyabsanmi? Ahir ategi 2 haftaga boshqa shaharga ketayotgan bo‘lsang, qo‘rqinchili emas va buni unutishim mumkinmi?

— Baribir, bugun akvaparkka borishimiz va ovqatlanishimiz kerak. Ahir seni yana 2 haftadan keyin ko‘raman.

— Bir oyga ketganingda nima qilarding aa😂

Shunday qilib, shu kuni vaqtimizni birga o‘tkazdik. 2 haftadan keyin mening tug‘ilgan kunim edi... U shundan tashvishlanayotgandi.

— Shoshilishing shart emas.

— Yo‘q, bu shart. Men senga va‘da beraman, aniq yetib kelaman.

— Kelolmasang ham xafa bo‘lmayman.

~~~~~~

Bilganingizdek, mening ishlarim juda ham yaxshi edi. U ham hayotini qaytadan boshlagandi. Yuzidagi niqobga kelsak, endi undan umuman foydalanmayotgan edi. Undagi o‘zgarishlar sabab, otasi unga marketing va savdo ishlarini topshirgandi. Biz oldingidek ko‘p ko‘risholmayotgan edik, lekin telefonda gaplashib turardik.

~~~~~~

U ishlari tufayli boshqa shaharga 2 haftaga ketadigan bo‘lib qoldi. Kechqurun ketishganligi sabab, kuzatib qo‘yishga bormasligimni aytdi.

2 hafta tez o'tadi deb o‘ylagandim, ammo vaqt sekinlashgandan sekinlashib ketdi...

Bu orada ijodiy tanlovga ham qatnashdim. Ularga o‘z ijodiy ishimni topshirdim. Endi faqat kutish qolgandi.

Biz u bilan deyarli har kuni telefonda habarlashib turdik. Faqat ohirgi 2 kun u yo‘q bo‘lib qoldi. Bundan biroz xavotirlandim. Qo‘ng‘iroqlarimga ham javob bermadi...

Ertaga tug‘ilgan kunim. Ohirgi umid shu edi, u kelaman degandi... Qo‘lim ishga ham bormasdi... Nega u yo‘q bo‘lib qoldi?...

~~~~~~

Ertasiga ishxonaga bordim. Hamkasblarim bilan ham munosabatlarimiz ancha yaxshilangan edi, ular meni tug‘ilgan kunim bilan tabriklashdi. Ammo men faqatgina Uni kutardim...

Shunday qilib, kech tushdi. Kunim zerikarli o‘tdi... Keyin esa qo‘rqa boshladim... unga nimadir bo‘lgan bo‘lsachi?... Yo‘q, yaxshi narsalar haqida o‘ylash kerak...

Uyga bormay, sohilga bordim. Tasodifni qarangki oy to‘lin edi... Atrofda odamlar ham bor. Dengizni tomosha qilib o‘sha yerda anchagacha qoldim.

Hayolimga yomon fikrlar kela boshladi. Tobora qo‘rqa boshlagandim. Shu payt qo‘limdagi telefonim jiringlab qoldi. Shosha-pisha unga qaradim. Bu U edi...

— Alo. — dedim go‘shakni ko‘tarar ekanman.

— Alo. Salom. Yaxshimisan? — dedi U, uning ovozini eshitishim bilan ko‘zlarim yoshlanib ketdi...

— Ahmoq... — dedim hiqqillab. — Shuncha paytdan beri qayerda eding!?😭

Shu payt osmonda mushaklar otildi. Sohildagi odamlar hursandchilik bilan ularni tomosha qila boshlashdi.

— Hooy, nima yig‘layabsanmi? — dedi U. — Kechir... men...

— Qanchalik havotir olganimni bilasanmi!?😭

— Bo‘ldi... yig‘lama. Men deyarli yetib keldim. Hozir boraman. Mushaklarni ko‘rdingmi??

— Haa...

— Bu sen uchun, tug‘ilgan kuning bilan! — ovozidan yugurayotganga o‘xshardi. — Keldim. Mushaklarni ko‘ryabman... seni ham.

Qo‘ng‘iroq yakunlandi.

...

U yetib keldi, faqat mushaklar otilishi tugaganda. Biz ularni boshqa-boshqa tomonlardan tomosha qilgandik...

~~~~~~

O‘sha kundan boshlab, bir-birimizga qanchalik qadrli ekanligimizni tushunib yetdik...

~~~~~~

Oradan 6 oy o‘tdi.

~~~~~~

— Xayr, yaxshi dam ol.

— Sen ham.

— Ertaga ko‘rishguncha.

U ketdi. Men esa uyimga kirdim. Hayotimiz yaxshi davom etayotgan edi...

~~~~~~

Ertasiga.

~~~~~~

Kuzning ohirgi oylari edi... Ishlarim ham biroz kamaygan. U esa, marketingdan bo‘shamayotgandi. "Ishlarim ko‘p, juda charchayabman" deb har uchrashganimizda nolirdi.

Bugun yakshanba. U bilan ko‘rishmoqchi edik, u meni qayergadir olib bormoqchi edi... Doimgi joyimizga yetib keldim. Lekin u kelmagan ekan... O‘sha yerda uzoq kutdim. Xabar yozdim.

Na xabarlarimni o‘qidi, na qo‘ng‘iroqlarimga javob berdi... Avvaliga xavotirlanmadim. Chunki bu birinchisi emasdi, yana ishlari ko‘payib ketgandir deya uyga qaytdim. Bir, ikki chizmalar bilan band bo‘ldim, lekin undan kechgacha xabar kutdim. Yo‘q... xabar kelmadi... Nega?...

Ohiri Uning uyiga borishga qaror qildim. Tayyorlanib, ko‘chaga chiqishimga, eshigimiz oldiga bir mashina kelib to‘xtadi. Undan esa, menga tanish o‘sha menejer va yana kimdir tushib keldi.

— O‘o‘, salom. Bizga aynan siz kerak edingiz. — dedi u. Lekin ko‘rinishidan xursandga o‘xshamasdi.

— Tinchlikmi? — dedim men.

— Haa, boshlig‘imiz sizni ko‘rmoqchi edi. Biz bilan keta olasizmi?

— Albatta. Men ham hozirgina Unikiga bormoqchi edim.

— Yo‘q, bu kichik janob emas. Uning otasi.

~~~~~~

Mashinada yo‘lga tushdik. Men U bilan ko‘rishmoqchi edim, lekin uning otasi meni chaqirib nima qiladi?... Iloji boricha yaxshi narsalarni o‘ylashga harakat qilardim. Bugun menejer ham qandaydir g‘alati edi.

Biz katta va hashamatli uyga kirib bordik. Hovlida qo‘riqchilar ko‘p edi.

— Bu yerga. — dedi bir xizmatchi va menga yo‘l ko‘rsatdi. Ichkaridagi dizaynlarning bari klassik usulda va zamonaviy edi. Bir xona oldiga kelganda, xizmatchi menga eshikni ochdi, o‘zi esa tashqarida qoldi.

Ichkariga kirdim. Ko‘rinishidan ofisga o‘xshardi. Xona o‘rtasidagi stulda esa meni bir janob kutib turardi, ehtimol bu Uning otasi.

— O‘sha qiz sen bo‘lsang kerak. — dedi u.

— Salom janob. — dedim men ta‘zim qilib.

— Bu yerga o‘tir.

U kishi ko‘rsatgan stulga o‘tirdim.

— O‘g‘limni qachondan beri taniysan?

— Deyarli... 1 yil. — dedim tutulib.

— U senga, o‘tmishi haqida aytib berganmi?

— Ha...

— Demak baridan habardorsan.

— Bu ham to‘g‘ri. Gap nimada o‘zi? U qayerda?

Janob biroz jim qoldi. Men yanada qo‘rqa boshladim...

— Onasining vafotidan so‘ng, men uni yaxshi tarbiyalay olish haqida har kuni qayg‘urardim... Balki adolatsizlik qilgandirman, agar sen ham shu fikrda bo‘lsang, men buni rad etmayman. Uni o‘qitdim. Kelajakda mening o‘rnimni egallashi kerak edi. Lekin, o‘sha qotil uni o‘ldirmoqchi bo‘lgandan so‘ng, bu daxshatli fojea uning ruhiyatiga ta‘sir qildi. U har narsadan hadiksiraydigan bo‘lib qoldi. Tuzalishi uchun hamma narsa qildim. Tuzaldi ham. Ammo u universititetni bitirishidan oldin, bu yana takrorlandi. Bu safar u avvalgidanda yomon ahvolga tushdi. Davolanishi kerak edi. Uni ko‘rganimda... har safar ichimda nimadir uzulardi... men farzandimni asray olmadim... Keyin, uni chet elda davolatdim. Uyerdan qaytib kelganidan so‘ng ham, u avvalgidek emasdi. Yuzida doim niqob... Keyin u uchun alohida uy qurdirmoqchi bo‘ldim. Muhandis esa sen eding. Chetdan be e‘tibordek ko‘rinishim mumkin, ammo o‘g‘limning har bir qadami menga ma‘lum edi. Men, senga rahmat aytmoqchiman...

— Janob...

— Uning hayotiga sen kirib kelishing bilan, u ancha o‘zgardi. Sen unga men berolmagan yordamni berding. Hattoki u yuzidagi niqobni ham olib tashladi... Savdoga qiziqdi, marketing bilan shug‘ullandi. U yana avvalgi holiga qaytgandi... — uning ko‘zlari yoshlandi. Men hech nimaga tushunmayotgan edim... — Shunday ekan, men sendan yana bir yordam so‘ramoqchiman.

— Qanday yordam? Janob, nega yig‘layabsiz?... Meni qo‘rqitmang, nimadir bo‘ldimi?... — negadir ko‘zlarim yoshlanishni boshladi.

— Kecha kechqurun, u seni uyingga tashlab qo‘yib, uyiga qaytayotgan bo‘lgan. Yo‘lda esa, yana uni o‘ldirishga harakat qilishgan... avtohalokat... Uni yana qutqar... Uni yana oldingidek holiga qaytar... iltimos...

— Nima? — dedim ovozim qaltirab. — nimalar deyabsiz?😭 Qayerda u?

— Maxsus kasalxonada... Haydovchi seni olib boradi... Uni yana qutqar, iltimos...

U yerda bir zum ham qolmay yugurib tashqariga chiqdim. Eshik tagida haydovchi kutib turgan ekan, yo‘lga tushdik. Yo‘l bo‘yi yig‘lab bordim... Qulog‘imda esa o‘sha gaplar jaranglardi:

— Uni yana qutqar, iltimos...

~~~~~~

Kasalxonaga yetib bordik, bir hamshira meni Uni xonasiga olib bordi.

Ichkariga kirdim, U xona o‘rtasida yotardi... ko‘zlari yumuq. Qo‘llariga qandaydir narsalar ulab qo‘yilgan... kislarod balonlari... Yig‘lab-yig‘lab yonidagi stulga o‘tirdim. Qaltiroq qo‘llarim bilan uning qo‘lini ushladim... qo‘llari judayam sovuq edi...

— Nima qildi unga?😭

Hamshira chiqib ketmagandi, javob berishni boshladi.

— Kecha kechqurun bu yerga olib kelishdi. Janob avtohalokatda deyarli ko‘p shikastlanmagan, biroq hozir u koma holatida... Bilsangiz kerak, qachon uyg‘onishi noma‘lum... Men tashqarida bo‘laman...

~~~~~~

Oradan 1 oy o‘tdi.

U uyg‘onmadi💔

Men o‘sha kasalxonaga har kuni bordim, har kuni uning oldida edim... lekin u uyg‘onmadi... miyyamda savollar to‘lib ketgandi, nega aynan U?😭

Shunday qilib, oradan kunlar o‘tar ekan, uning otasi Uni chet elga olib ketishga qaror qildi. Bu qarorga kelish, men uchun ham oson bo‘lmadi... balki chet eldagi shifokorlar uni uyg'ota olar, balki u chet elda o‘ziga kelar...

Ularni aeroportgacha kuzatib qo‘ydim. Maxsus samolyotda ketishar ekan.

— U yana qaytib keladimi?🥺 — dedim Uning otasiga ketishlaridan oldin.

— Balki...😔 Tuzalgan payti albatta senga habar beraman. Barchasi uchun rahmat.

Samolyot yo‘lga tushdi. Men uni toki osmondagi bulutlar orasida yo‘q bo‘lib ketgunicha ko‘zyoshlar bilan kuzatib qoldim...

Go‘yoki osmonda samolyot emas, mening yarim bo‘lagim — mendan olislarga ketayotgandi...

~~~~~~

Mening so‘nggi orzuyim, Uning yana qaytib kelishi edi...

~~~~~~

Oradan 1 yil o‘tdi...

Bu bir yil men uchun oson bo‘lmadi... hayotim fasllarining hammasi qaxraton sovuqda qolgandi... Undan darak yo‘q edi... otasidan ham... Demak, uni qaytib ko‘rmayman... Har bir kunim Uni kutish bilan o‘tib borardi...

Uy manzilimni biroz o‘zgartirdim, ishxonamni ham. Lavozimim ko‘tarildi...

Ba‘zi paytlar, o‘sha doimgi ko‘rishadigan joyimizga borib, Uni eslab, ko‘p yig‘lardim... Keyin esa chizmalarim bilan ovunardim... vaqt o‘tishi bilan ko‘nikar ekan odam...

Qish edi...

Bugun U bilan ilk uchrashgan kunimiz... Yoddan chiqarish mumkin emasdi...

Yana qalbimda o‘sha his... sog‘inch, qayg‘u, dard... hammasi aralash edi.

Kech kirmasdan oldin, akvaparkga bordim. Yana bir karra o‘tmishga qaytish uchun...

Ancha narsa o‘zgargandi...

O‘yga tolib, u akvariumdan bunisiga o‘tib yurardim, atrofda odam kamroq edi, chunki bu yer yopilishiga ham yarim soat qolgandi. Keyin esa, asosiy akvarium oldida to‘xtadim. Bu tikan baliqlar haqida birinchi eshitgan joyim edi...

Qumdan menga termulib turgan ikkita ko‘zchalarni topdim. Beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi... Bu xotiralar ajoyib edi...

~~~~~~

Hayollarim mendan sal nariroqda turgan odamni ko‘rgach bo‘linib ketdi. Deyarli tengga o‘xshardik. U ham akvariumga tikilib turardi. Yuzida esa niqobi bor edi. Negadir ko‘zlaridan yosh tomayotgandi...

— Ahvolingiz yaxshimi? — dedim men.

— Haa, biroz. — dedi u pastroq ovozda menga qaramay. Keyin esa yoshlarini artdi. — Shunchakiy... bu yer menga ko‘p narsani eslatadi... Balki, meni eslamaydigan odamni...

— Ajoyib tasodif. Menga ham, faqat umuman daragi bo‘lmagan insonni... Siz u sizni eslamasligini qayerdan bilasiz?

— Chunki men uzoq vaqt yo‘q bo‘ldim. Qaytgach esa uni topolmadim... u yo‘q edi... uyini ham o‘zgartirgan... Balki hozir baxtlidir...

Odob yuzasidan, u qayerga, va nega ketib qolgani haqida so‘ramadim. Balki taqdiri shudir...

— Keyinchi? Uni yana qidirib ko‘rmadingizmi?

— Yo‘q... Aytdimku, uzoq vaqtga ketgandim. Agar baxtli bo‘lsa, hayotini buzishni istamayman. O'zingizchi?

— Menda esa umid deyarli bor, balki u qaytib kelar... Bir kuni yana shu yerda menga tikan baliqlar haqida aytib beradi... shunga umid qilaman.

— Siz ham bilasizmi? — dedi u.

— Nimani?

— Tikan baliqlar haqida.

— Ha. Buni menga U o‘rgatgandi...

— Ajoyib. Menga esa yoshligimda oyim.

— Mayli, men ketdim. Suhbat uchun rahmat. — dedim men.

— Yaxshi, xayr.

Binodan chiqdim. Bekatga kelib, avtobus kutar ekanman, keyin hayolimga kelib qoldi... boyagi yigit... Ahir... ahir bu U-ku!!! Nega gaplaridan boshidayoq anglamadim!? Nega tanimadim!? Nahotki, nahotki u o‘ziga kelibti!!!

Yugurib ortga qaytdim... yuragim judayam tez urardi. Ichkariga kirdim. Hamma tashqariga chiqayotgan edi...

O‘sha akvarium yoniga kelib, u yerdan uni topolmadim. Ko‘zlarim yoshlandi.

Baribir, umid bor edi...

Akvaparkni aylanib chiqayotgandim... Hamma yerdan uni qidirardim... Keyin esa, oldinda men tomon shoshib kelayotgan odamni ko‘rdim, bu U edi... yuzidagi niqobi yo‘q...

Biz oramizda biroz masofa qoldirib to‘xtadik. Uning ham ko‘zlari yoshlangandi.

— Ahmoq. Men qanday qilib seni unutib, baxtli yashashim mumkin edi😭

— Ketib qolganim uchun kechir...

~~~~~~

Tamom🙃🤍

(Muallifdan: Hammamiz hayotda baxtli yashashga loyiqmiz. Shunday ekan barchamizning hayotimiz go‘zal tasodiflarga to‘la bo‘lsin! Bu fanfic men yozgan fanficlar orasidagi eng yaxshi fanfic bo‘lib qoladi💫)

E‘tiboringiz uchun rahmat🎀