Last Dream...))
— Aslida men nimani xohlardim?
Kech tushgan. Atrof qorong‘u hamda havo sovuq edi. Osmonda to‘lin oy porlab turardi... Har doim keladigan joyimga keldim. Bu yerga deyarli odam kelmaydi. Shuning uchun ham bu yer menga yoqadi. Ahvolim esa... yaxshi emasdi...
— Bulardan qanday qilib qutulishim mumkin? Nega men bunday yashashga majburman!? Har doim e‘tiborsiz qoldirilish, soxta insonlar, hech kim meni tinglamasligi, tushunmasligi...😭 Nega ahir?...
...O‘sha kuni osmonga tikilib, ichimdagilarning barini aytdim, ko'p yig‘ladim. Barchasidan juda charchagandim. Meni tushunadigan hech kim yo‘q edi. To‘lin oy va sokin tabiatdan boshqa hech kim... Yana aytishim kerakki, bu birinchisi emasdi...))
Biroq, men u yerda yolg‘iz bo‘lmagan ekanman...
Balki, o‘zimning xatoyimdir, ichimdagilarni kimgadir aytmayotganim, kim bilandir gaplashishni xohlamayotganim... Lekin — tushunishsa aytamanmi!??... Bilmadim...
Nonushta qilib o‘tirmay, uydan tezroq chiqdim.
Barchalari dasturxon atrofida edilar. Biroq hech kimdan sado chiqmadi, na yaxshi bor deyishdi, na nonushta haqida... Doimgidek. O‘rganib ham ketdim.
Aslida ishga ham shoshmayotgandim... Hamkasblarimni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Lekin, manburman...
— Salom. Keldingmi? Seni direktor so‘ragandi.
Ichkariga kirishim bilan eshitgan gapim shu bo‘ldi. Dakki eshitishim aniq edi...
...Eshikni taqqillatib direktor xonasiga kirdim.
— Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh. Qani bu yerga o‘tirchi.
O‘zi shu ohirgi haftadan beri hamma narsa chalkashib ketgandi. Ishlarim ham yomon tomonga ketgan...
— Eshitishimcha, bir loyiha ustida xatoga yo‘l qo‘yibsan!?
— Kechiring, xonim. Bu... boshqa qaytarilmaydi. — dedim yerdan ko‘z uzmagan holda.
— Mmm, nima ham derdim. — oraga biroz sukut tushdi. — Menga qara, seni bu yerga xato qilishing uchun ishga olmaganman. Universititetni yaxshi bitirganing, loyihalaring mukammalligi sabab aynan seni tanlaganman. Shunday ekan ishingga halaqit qiladigan barcha narsani yo‘q deb hisoblab, aslida qo‘lingdan nimalar kelishini ko‘rsatib qo‘yishing kerak. To‘g‘ri, hali deyarli yangisan, ategi 7 oy bo‘ldi. Lekin bu muvaffaqiyatga erisholmaysan degani emas. Bu yangi loyiha. Avval bino quriladigan joyni yaxshilab o‘rganib chiq. Keyin esa maketini chiz. Senga 5 hafta muddat. Ishonamanki buni muddatidan oldin uddalaysan va ishonchimni oqlaysan.
Bu gaplardan so‘ng qalbimda umid uchqunlari uchqunlagandek bo‘ldi, juda ham quvonib ketdim...
— Rahmat xonim. Albatta ishonchingizni oqlayman!
— Yaxshi, endi borishing mumkin.
Bino. Yo‘q, aslida bino ham emas, qaysidir badavlat kishi qurdirayotgan bir uy ekan. Qurulish boshlanishi kerak bo‘lgan joyga bordim. Men chizishim kerak bo‘lgan uyning yonidagi uyda allaqachon ishlar boshlangandi. Meni qora mashina oldidagi menejer kutib oldi.
— Menimcha muhandis bo‘lsangiz kerak. — dedi u.
— Qisqa qilib aytganda, shu yerga uy qurish kerak. Lekin, xonim, sizdan bir narsani iltimos qilsam bo‘ladimi?
— Bilasizmi, bu uyni qurdirayotgan odam juda ham mashxur va boy-badavlat.
— U, aslida bu yerni o‘g‘li uchun qurdirmoqchi. O'g'li esa chet eldan endi qaytdi. U hozircha, odamlarga ko‘rinish bermoqchi emas. Chunki chet elga ketishidan oldin, uni o‘ldirishga harakat qilishgan. — dedi ovozini pastlab.
— Haa, demak, u bu yerda maxfiy ravishda yashamoqchi. Boshqalar esa bu yer haqida bilmasligi kerak.
— Bundan hursandman. Demak, joyni ko‘rdingiz. Hozir, sizni dizaynlari bilan tanishtiraman.
Shunday qilib, xonalar dizaynlari, shakllar, uyning ko‘rinishlari... barchasi bilan tanishib chiqdim. Mijozimga ko'proq klassika yoqarkan, ranglarni uncha yoqtirmas ekan. Shuning uchun faqat qora, oq, jigarrang va bezak uchun tilla rang bilan ishladim. Uy 2 qavatli bo‘ladi. Shu sabab loyihani 5 haftadan oldinroq bitiraman deb o‘ylagandim...
Yo‘q, bunday bo‘lmas ekan deb qo‘rqaman. Oradan 2 hafta o‘tdiki, endi uyning birinchi qavatini bitirdim...
Ikkinchi qavati negadir o‘xshamayabti. Lekin qurulish boshlangandi, tezroq tugatishim kerak. Shunchalik ham qiyin bo‘ladimi a?... Chizib o‘chiraverganimdan qog‘oz ham yirtilib ketay deyabti. Ketma-ket 4 ta joyida xato qildim. Nimanidir noto‘g‘ri hisoblayabmanmikin?... Ikkala maket bir biriga to‘g‘ri kelmayabti...
Judayam berilib ishlaganimdan, ketish vaqti bo‘lganini bilmay qolibman. Quyosh botishiga ozgina qolibti.
— Hoy, ish vaqti tugadi. Endi uyingga bor.
Bu navbatchining ovozi edi. Atrofga qaraganimda, hamma hamkasblarim ketib bo‘lishganini bildim. Doimgidek, ajratish. Mayli, hali men ularga ko‘rsatib qo‘yaman.
Yana o‘sha, har doimgi boradigan joyimga bordim. Quyosh asta sekin botayotgandi. Shahar chiroqlari yongan.
Bu yer, men o‘zim bilan o‘zim suhbatlashib olishim uchun yagona joy. Aytganimdek, ko‘p odam kelmaydi, hech kim yurmasa ham kerak. Chunki bu yerga qanchadan beri kelayotgan bo‘lsam, bir kishini ham uchratmagandim.
Osmonga ozgina tikilib turdim.
— Yana 2 hafta qoldi. Chizmani tugatish kerak. Lekin shunchalik ham qiyin bo‘ladimiya, negadir eplolmayabman. Uddalay olarmikinman?...
Qishligi uchun havo sovuq edi.
— Hamma muammo menda. Bu hayotni qaranguu... — dedim ozgina kulib. — Balki o‘sha buyurtmani olmasligim kerak edi... Agar bitirolmasam, rahbarimga nima deyman, yoki o‘sha menejerga?...
O‘sha payt yaxshigina tushkunlikga tushib qolgandim, to‘g‘risi... Ahir qanday qilib bir chizmada 4 martta xato bo‘lishi mumkin? Men uni astoydil bajaryabman, lekin nega yana xato qilyabman. Oldinlari bunday emasdiku...
Shularni o‘ylab turganimda, ortimdan kimningdir ovozi eshitildi. O‘g‘il bola edi.
— Aaa? — ortimga o‘girildim. Hayron edim, ahir bu yerda oldin umuman hech kim bo‘lmas ediku!?... Uning yuzida niqob bor edi.
— Salom. — dedi yana qaytarib va men tarafga keldi. Unga hali ham hayron bo‘lib qarab turardim. Bir muddat oraga jimlik tushdi. — Buncha ko‘p gapirmasang. Agar o‘zim kelmaganimda, hozir men borligimni ham bilmagan bo‘larding.
Miyyamda savollar to‘lib ketdi. U shu yerda edi? Meni eshitdimi? Meni taniydimi? Nega meni bemmalol sansirayabti o‘zi?
— Biz tanishmizmi? — dedim nihoyat. U esa beparvolarcha shaharni tomosha qilardi. Yuzidagi niqob sabab, hech nimani bilolmayotgan edim.
— Deyarli yo‘q. Men seni tanishim mumkin, ammo sen meni emas. Chunki oldin uchrashmaganmiz.
— Sen, qachondan beri bu yerda eding?
— Sen kelishingdan ancha oldin.
— Mening gaplarimni... eshitding to‘g‘rimi?
— Kelasi safar atrofingda hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qil. — dedi u kulib.
— Hoy, bu kulguli emas. Men bu yerga kelganimda hech kim yo‘q edi! Hullas, barchasini unut.
— Qo‘rqma, bularni hech kimga aytmayman. Ishonsang bo‘ladi.
— Kechirasanu, seni tushunolmayabman. Qayerdan paydo bo‘lding o‘zi? Bu yerga mendan boshqa hech kim kelmas edi.
— Bu degani bu yer seniki degani emasku😂
— Mayli, men ketdim. Uchrashmasligimizni tilab qolaman.
— Hoy, qayerga? — dedi u ketayotganimda. — Baribir uyingda seni hech kim kutmaydi.
Yurayotgan joyimda to‘xtab, ortimga qaradim.
— Shunchakiy, ba‘zida menda ham shunday.
— Yo‘q, sen bu gapni aniq qilib aytding, hech qanday tasodif emas. Sen men haqimda o‘ylaganimdan ko‘proq narsa biladiganga o‘xshaysan.
— Sayr qilishga nima deysan? — u yo‘l ko‘rsatgandek oldimdan o‘tib ketdi.
— Nima, meni ortingdan boradi deb o‘ylaysanmi?
— O‘zing haqingda bilishni istamaysanmi? — dedi u menga o‘girilib qo‘yib, yana yo‘lida davom etarkan.
Boshqa choram yo‘q edi. Ketolmasdim. Ahir u kimligini, men haqimda nimalar bilishini bilishim kerakku. Uning ortidan yurdim. Biroz turib unga yetib oldim. U anchagacha jim yurdi.
— Aslida men o‘sha kuni shu yerda edim. 2 hafta oldingi kun, oy to‘lin edi. Esladingmi?
— Nima o‘shanda ham meni eshitganmiding??? Qanday ahmoqlik, sen kimsan o‘zi??? — jahlim chiqib ketdi. Chunki o‘sha kunda aytganlarimni hech kim eshitmasligi kerak edi. O‘sha kunda aytgan gaplarimni o‘zimdan boshqa hech kim bilmas edi.
— Hoy, hoy, asabiylashma. O‘zing aytganingdek, seni tushunadigan, ichingdagilarni aytishing mumkin bo‘lgan odaming yo‘q edi. Ammo endi bor.
— Ustimdan kulyabsanmi? Umuman tanimaydigan, hattoki niqob taqib olgani sabab yuzini ham ko‘rmagan odamimga qanday ishonishim mumkin!
— Yo‘q, to‘xta, to‘xtaaa. Nima sen aqldan ozganmisan?
— Mmmm, menimcha yo‘q. Har holda hamkasblaringdan ko‘ra yaxshiroq do‘st bo‘la olaman deb o‘ylayman.
— Yo‘q, ularsiz qiziq emas. Ahir o‘shalarni deb yig‘lagansan.
— Bu meni hayotim ekan, aralashma.
— Hayot!? Hayot!? Nima shu hayotmi? Hattoki hayotingni mazmuni ham yo‘qku. Chetdan o‘zingga bir nazar solib ko‘r.
— Eshitganing. Men senga shunchakiy maslahat berayabman holos.
— Maslahat??? Bunday maslahatlar kerak emas, ayniqsa sen kabi notanish odamdan! — ortimga o‘girilib, undan uzoqlasha boshladim.
— Hoy, qayerga ketyabsan??? — dedi.
— Biron bir yomon gap aytdimmi?
— Ortiq ko‘rishmasligimizni tilab qolaman.
— Gaplarimni o‘ylab ko‘r. Ertaga seni kutaman.
Shunday qilib, u yerdan ketdim.
Bari chalkashib ketdi. Qanday qilib u hammasini biladi? Aslida bunday bo‘lmasligi kerak edi. Mening qalbimdagi har bir narsa, albatta o‘zimga tegishli. U o‘zi qayerdan paydo bo‘ldi???
Shu bilan uyga bordim, uyqum kelmadi. O‘zimni chalg'itish uchun yana o‘sha loyiha ustida ishladim.
Ohirgi 6 kun, umuman uydan ko‘chaga chiqmadim, xonamdan ham desa bo‘ladi. O‘sha yigitni qaytib ko‘rmaslikni istardim. U ham meni esidan chiqarar. Bunday qattiq ishlashim sabab, loyiha ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Menejerga loyihani berishim kerak edi, shu sabab qurulish boshlangan yerga yo‘l oldim. Binoning asoslari qurilgan, birinchi qavat, zinalar tayyor ekan.
— Ha, mana loyiha. O‘xxo‘o‘o, deyarli bitibtiku. Buncha tez? — dedim atrofga qarab.
— Aytgandimku, bu bino asoschisi juda boy deb.
— Yana 1 haftadan so‘ng, sizni ichkariga dizayn uchun chaqiramiz, vaqtingiz bo‘ladimi?
— Bundan hursandman. Yana aytgancha, menga karta raqamingizni bersangiz, to‘lovni qilib qo‘yardim.
U yerdan keyin ishxonaga bordim. Direktorimizning maqtovlaridan so‘ng, yana bir yangi ish oldim. Faqat endi 20 qavatli bino qurulishi. Loyihaga esa 4 oy muddat. Ishonamanki uddalayman. Atrofdagilar qanday muomala qilsa qilaversin, asosiysi endi o‘zimni qo‘lga olgandim.
Shu kuni plastik kartamga 80 million pul tushdi. To‘g‘risi, buni ko'rib hayratlanib ketdim, hattoki o‘sha menejerga bu pul juda ko‘pligi haqida yozdim. U bo‘lsa, loyihani tez muddat ichida bajarganim va bu loyiha sirini yashirganim uchun boshlig‘i nomidan rahmat aytdi.
1 hafta o‘tib, dizayn uchun materiallar tanlagani bordik. Uy tayyor edi. Faqat ichkariga jihozlar qo‘yilsa bas.
Men o‘sha yigit haqida deyarli unutgandim. Uni boshqa uchratmagandim ham.
Oradan 5 kun o‘tar ekan, meni uy bitgani sabab, ijodim mahsulini ko‘rish uchun chaqirishdi. Uy egasi ham kelar emish. Ishlarim aslida ko'p edi, lekin yo‘q demadim.
U yerga taksida yetib bordim. Menga tanish bo‘lgan menejer eshik oldida turardi.
— Marhamat, ijodingiz maqsuli. — dedi u uyga ishora qilib. Rostdan ham, juda chiroyli chiqqandi...
— Rahmat! — dedim unga mamnuniyat bilan qarab.
— Janob kelishlari kerak edi. — dedi u. Lekin gapi tugamasidan bir chiroyli mashina kelib, uy yonida to‘xtadi. — Ana, keldilar! — dedi mashinaga ishora qilib. Men ham o‘sha tomonga qaradim.
Mashinadan ko‘rinib turibtiki, juda ham boy oiladan. Keyin esa undan yuzida qora niqob, boshiga ham kepka kiyib olgan bir yigit tushib keldi. Men to‘g‘risi, boshqacharoq odamni tasavvur qilgan edim, u esa deyarli men bilan tengga o‘xshardi.
Biz tomonga keldi. Men avvaliga uni yuzini yaxshi ko'rolmadim. Niqobi borligi sabab faqat ko‘zlarini ko'rish mumkin, lekin boshidagi kepkasi bunga ham halaqit berar edi. U kelib yonimizda to‘xtadi.
— Sen!? — bu gapni ikkimiz bir vaqtda aytdik. U o‘sha yigit edi, o‘sha kungi.
— Yo‘q, yo‘q, shoshma, shoshma. Yana senmi?
— Aslida yonginamda ekansanku, men seni qidirib yuribman😂 — dedi u kulib. Albattada, ko‘z oldimda ustimdan kulyabti. Meni ko‘rganidan xursand emish.
— Bir-biringizni taniysizmi? — dedi menejer.
— Men seni tanishni ham istamayman!😒
— Yaxshisi ichkarida gaplashaylik, ahir uyni sen chizgansan. — u eshikdan kirib ketdi. Keyin esa menejer menga yo‘l boshladi. Ajoyib, o‘zim chizgan uyda menga yo‘l ko‘rsatishyabti. Ichkariga kirdik. Uyda hamma narsa bor edi, hattoki muzlatkichlar to‘ldirilgan. Menejer bilan oshxonaga bordik. U yerda hayotimga tinmay aralashayotgan odam qahva tayyorlayotgan edi.
— Qani o‘tir. — dedi oshxonadagi stulni ko‘rsatib.
Aslida asablarim tugagandi. Kayfiyatim ham yo‘q. Buni yuzimdan ham anglab olish mumkin edi. Istamaygina o‘sha stulga o‘tirdim. U esa qarshimga o‘tirdi. Stol ustiga 2 krushka qahva qo‘ydi. Menejerga esa qo‘ng‘iroq bo‘lib, qayergadir chiqib ketdi.
— To‘g‘risini aytganda, bu yerda uchrashamiz deb o‘ylamagandim😂
— Sen rostdan ham ahmoq, telba ekansan.
— Qovog‘ingni ochib o‘tirsangchi. Ajoyib tasodif. Men bu uyni sen chizganing haqida umuman bilmagan edim. Boshqa odamni tasavvur qilgandim.
— Albatta ajoyibda, tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi ahir. — u yana miyig‘ida kulib qo‘ydi. — Seni kutaverib ham charchab ketgandim. Nega o‘sha joyga kelmay qo‘yding?
U yana kuldi. Rostan ham telba shekilli. Unga gapirishni foydasi yo'q edi. Oldimdagi qahvadan bir ho‘plam ho‘pladim. U bo‘lsa endi mendan ko‘zini olib, oldidagi krushkaga qaradi.
— Buni niqob bilan qanday ichmoqchisan? — dedim men.
U shu payt huddi uyqudan endi uyg‘ongan yosh bolaga o‘xshab, oynaga qaradi. Oyna tashqarini ko‘rsatib turardi. Lekin undan bemmalol odam aksini ko‘rishi mumkin edi.
— Aa, bumi. Uzur, uyda o‘rganib qolganman. Esimda ham yo‘q.
Aslida uni yuzini ko‘rishni umuman istamayotgan edim. Balki u ham xohlamayotgandir, lekin xohlagan odamdek tezda boshidagi olib, yuzidagi niqobini yechdi. Menga qarab yana tirjaydi.
— Ho‘sh, men chiroyli ekanmanmi?
— Senmi? — dedim atayin kulib. U ham kuldi. — Rostdan ham telba ekansanku.
U biroz jim qoldi. Huddiki menga nimanidir aytolmayotgandek...
— Hullas. — dedim ohiri. — Meni hali ishlarim ko‘p, yangi loyiham bor. Tezroq ketishim kerak. Bu yerda seni kulishingni tomosha qilolmayman.
— Yaxshi. Men nima dedim!? Balki xonalar bilan tanishtirib keyin ketarsan.
— Albatta, ahir sen adashib qolasanku😏 — dedim atayin.
O‘rnimizdan turdik. Uy ichida yo‘l boshladim.
— Oshxonani bilding, bu mehmonxona, u yerda qo‘l yuvish xonasi bor, bu kichik omborxona, 2 tadan javoni bor. Ana u yer orqa hovliga chiqish eshigi. — ikkinchi qavatga ko‘tarildik. — Bu yer balkon, ana u yerda televizor ko‘rish uchun mo‘ljallangan xona. U bo‘lsa, yuvinish xonasi, bu seni xonang, yonida kiyimlaring uchun gardirobi bor. Yo‘lakda shkafchalar bor, ularni o‘zing xohlaganingdek bezatsang bo‘ladi, asosan suviner, sovg‘alar uchun mo‘ljallaganman. Buni bossang, uydagi vintilyator ishga tushadi, havoni tozalaydi. Tushundingmi? — u menga termulib, kuzatib turardi.
— Yaxshi. Davom etamiz. Xonangdagi deraza quyoshga qaragan, shuning uchun agar istasang pardalar qo‘yilgan. Faqat to‘q ranglar bilan ishlaganim uchun, maslahatim quyosh foydali. Uydagi chiroqlarni foydalanmasang vaqtida o‘chirib qo‘y. Ha, eshik tepasiga sensirli chiroq qo‘yganmiz, kech tushishi bilan o‘zi yonadi, quyoshdan quvvat oladi. Bir oyda bir ustidagi changni artib tursang bo‘ldi. Balkonga keladigan bo‘lsak, yomg‘ir yoqqan payti har ehtimolga qarshi undagi gullarni ichkariga olib qo‘y. Ha, yana gullarga ham 2 kunda bir suv quyib turish kerak. Bo‘ldi, deyarli shu. Qolganini o‘zing eplaysan.
— Bu hafta, qachongadir vaqting bormi?
— Vaqting bormi deyman. Balki biron joyda ko‘risharmiz.
— Men shuncha gapni kimga aytdim?
— Istasang barini qayta aytishim mumkin.
— Meni savolimga javob bermading.
— Yaxshi. O‘sha joyda ko‘rishamiz.
Shanbagacha hali 4 kun bor. Bu haqda o‘ylamay, yangi ishimni tezroq chizishim kerak edi.
Ertasiga tinchgina uyda o‘tirgan edim, ammo chizish uchun qalam, qog'oz va shunga o‘xshash narsalar olishim kerak edi. Shuning uchun do‘kon aylanishga chiqdim.
Qalam qog‘ozlardan tashqari, o‘zim uchun xonamni bezatgani bir ikkita narsa ham oldim. Ahir endi pulim bor edi. Shu payt hayolimga oilam kelib qoldi. Chunki ular mening yaqinlarim, menga qo‘pol muomala qilsalar ham...
Ular uchun ham ancha narsa sotib oldim. Ko‘rib hursand bo‘lishlari aniq edi.
Quvonchim sig‘may uyga qaytdim.
— Men keldim. — dedim uyga kirib. — Oyi, qayerdasiz?
Ular oshxonada ekanlar. Chiqib keldilar.
Gapimni tugatishga ulgurmasimdan yuzimga urilgan tarsaki zarbidan ko‘z oldim qorong‘ulashib ketdi. Qo‘limdagilar yerga tushdi. Yig‘lashni ham, boshqani ham bilmay qoldim.
— Buu..buu nima qilganingiz? — deyoldim zo‘rg‘a.
— Sen nimalar qilib yuribsan ko‘chada??? Shuncha narsa uchun pulni qayerdan olding???
— Oyiii... bbbbularni ish haqqimga sotib oldim...
— Senga ko‘zimdan yo‘qot dedim! Axlatga tashla!
Bir muddat muzlab qoldim... Yerdagilarni olib, xonamga chiqdim. Pastdan ularning ovozlari eshitilsa ham parvo qilmadim.
Xonamga kirib, anchagacha karaxt holda o‘tirdim, qulog‘im eshitmasdi go‘yo... Yo‘q, bo‘lmadi, bo‘g‘zimga nimadir tiqilgandek, lekin yig‘lolmayotgandim...
Bu uyda ortiq qolishni istamadim, o‘rnimdan turib, xonam eshigini qulflab, tashqariga chiqdim. Hali kech tushmagandi, lekin havo bulutli. Boradigan birgina joyim bor edi... faqat birgina... Taksi to‘xtatib, o‘sha yerga yo‘l oldim. Ko‘zyoshlarim quyulib kelardi, lekin yig‘lamaslikka harakat qilib turardim. Bo‘lmaydi, bu yerda yig‘lolmayman... Yagona ovunchim shu gaplar edi.
Manzilimga yetib keldim. Endi faqatgina o‘sha joyga ko'tarilsam bo‘ldi. Zinalardan yurib borardim. Hech narsani anglolmayotgandim, qanday qilib taksi to‘xtatdim, bu yerga qanday keldim, buncha bu yerda zinalar ko‘p?... Oyimning ovozlari hali ham qulog‘im ostida jaranglardi... Nega unday qildilar? Ahir men ularga nima qildim?...
O‘sha har doyimgi joyimga kelganimda, yana Unga duch keldim. Yuzida doyimgi niqobi... Qayerlargadir termulib, nimalarnidir hayol surib turardi.
— Sen!?... — dedim zo‘rg‘a. U meni ahvolimni ko'rib, yonimga keldi.
...Birgina shu so‘z, "yaxshimisan?..." Menga oldinlari hech kim bunday demagandi. Men qiyin paytlarda, faqatgina o‘zimdan o‘zimga tasalli berardim... Meni o‘zimdan boshqa hech kim eshitmasdi, tushunmasdi... U esa menga begona bo‘lsada, "yaxshimisan" deyabti... va bu so‘zni endigina kimdandir eshityabman. Ho‘rligim keldi...
Ko‘zlarimdan tiyib turgan yoshlarim yum-yum ko‘zyoshlarga aylanib oqa boshladi. U meni quchdimi, yoki o‘zim uni quchoqladimmi, buni bilmadim. Har holda, uni quchib uzoq yig‘ladim. Bu ham birinchisi edi, kimnidir yonida yig‘lash... U bo‘lsa, yelkamga ohista urib, sochlarimni silab, meni yupatishga urunayotgandi.
Oradan qancha vaqt o‘tdi bilmadim, har holda o‘zimga kelganimda quyosh botishiga ozgina qolgandi. Shaharda ba‘zi chiroqlar yongan...
— Kechir... men... — dedim sekin.
— Hechqisi yo‘q. Men seni tushunaman.
— Bu yerda nima qilayotganding?...
— Sen kelishingni bilib kelgandim. — doimgidek, yana kuldi.
— Nega yana yuzingga niqob taqib olgansan?
— Mmm, bilishing kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Bularni shanba kuni uchrashganimizda aytib beraman, hozir vaqti emas. Agar, istasang, bir joyga olib borardim.
— Har holda, boradigan joyimiz kayfiyatingni ancha ko‘taradi. Oldin, rozimisan?
— Pastda mashinam bor. Ketdik.
O‘sha kungi chiroyli mashinada mana hozir qayergadir ketayotgandik. Men shunchakiy oynaga boshimni qo‘yib, ayrofga qarab ketardim.
— Yetib keldik. — dedi u to‘xtaganimizda.
— Unda, kerakli joyga kelibmiz.
Ichkariga kirdik. U meni ozgina o‘zimni qoldirib turib, kim bilandir gaplashib keldi. Aslida 5 daqiqadan keyin bino yopilishi kerak ekan. Lekin bizga 20 daqiqa berishdi. Qandaydir eshikdan o‘tdik.
— Vauvvv! — dedim men, ichkariga kirib atrofga qarab.
Bu yer akvapark edi. Balki oldin umuman kelmaganim uchundir, boshqa his bor edi ko‘nglimda... Atrofda ajoyib baliqlar, dengiz otlari, akulachalar, skatlar, katta-katta akvariumlar.
— Qachondan beri kelasan bu yerga?
— Ancha bo‘ldi. Yoshligimda oyim bilan kelardik... — u jimib qoldi.
Rostdan, juda ham chiroyli edi...
— Baliqlar haqida nima bilasan?
— Deyarli ko‘p narsa emas, har holda turlarini ajrata olaman.
— Yaxshi... Tikan baliqni ko‘rganmisan?
— Unda hozir ko‘rasan. Huv, anavi, qumni ko‘ryabsanmi? — dedi u akvariumni ko‘rsatib.
— Tikan baliqlar deyarli doyim qumga yashirinib yashaydi. Ular skatning bir turi. Buni menga yoshligimda oyim o‘rgatgandi. Shu sabab, menga qumlar orasidan ularni qidirish yoqardi. Qumga yaxshilab qarasang, ularning ko‘zlarini ko‘rishing mumkin.
— Shunda, bu yerda tikan baliq bormi?
Qumga qay tomondan qarasam ham u yerda baliqni, yo'q, ko‘zlarni topa olmadim.
— Unda qara. — u akvariumni bir ikki martta chertdi. Shunda boyagi qum uyumlari orasidan bir baliqning dumi, so‘ngra ko‘zlari ko‘rindi. — Ana, men nima dedim.
— Ahir hozirgina u yerda hech nima yo‘q edi. — dedim oynaga yaqinlashib.
— Tikanli skatlar tabiatan shunday. — u keyingi akvariumga o‘tdi.
— Unday emas, qani bunisidan ularni qidirib ko‘r.
Avvaliga hech nima topa olmadim, lekin keyin bu menga qiziqarli tuyuldi, ya‘ni qum ostidan ko‘zchalarni qidirish. Biroz turib, topdim! Bitta emas, 2 tasini.
— Ikkalasini topa olasan deb o‘ylamagandim.
Tikanli skatlar — ba‘zi joylarda tikanli baliqlar deb ataluvchi dengiz hayvonlari. Skatning bir turi. Faqat ularning dumlarida nayzalari — tikanlari bo‘ladi. Tikan baliqlar ov qilish uchun qumga yashirinib oladi. Bunday hollarda ularning faqatgina qumdan ajralib turgan ko‘zlarini ko‘rish mumkin. Ular shu tarzda hayot kechiradi.
Keyingi akvarium meduzalarga to‘la edi.
— Bularniiiiii! Oldin yaqindan ko‘rmagan edim. — dedim akvariumga qo‘limni tekkizib.
— O‘zingni chetdan bir ko‘rsang edi, yoshbolani o‘zisan😂
— Chiroyliliginiiiiiiiii.... — ularni ko‘z uzmay kuzatardim.
— Bilasanmi, birinchi uchrashganimizda...
— Seni meduzaga o‘xshatgandim. Keyin, seni yanada yaqinroq bilgach, bunga amin bo‘ldim.
— Chunki... sen ham meduzalar kabi chiroylisanu, lekin aqling yo‘q😂 — u oldinga yurib ketdi.
— Nima!? — dedim ortidan. U yo‘lida davom etardi.
— Yana 4 daqiqamiz qoldi. Tezroq bo‘l.
— Hoooy, to‘xtaaa. Qanaqa meduza!???
U meni ko‘chamiz boshiga tashlab qo‘ydi. Uyga biroz piyoda yurishni xohladim. Hamda u uyimni bilishini istamasdim... Ancha yaxshi edim, har holda oyimning gaplarini unutgandim.
Xonamga kirib, eshikni ichkarisidan ham qulflab oldim. Olgan narsalarimni yarim tungacha joylashtirib chiqdim.
...Ertasiga uydan tezda chiqib ketdim. Shu bo‘yi kunimni ishxonada o‘tkazdim. Ertaga shanba.