Mening kundaligim
ᥫ᭡Yashash — o‘ta kamyob hodisa, aksariyat insonlar shunchakiy bor bo‘lishadi, holos...
Eski daftarlarimni ko‘zdan kechira turib, ancha yillar oldingi, biroq deyarli hayotimning bir qismiga aylangan kundaligimni topib oldim. U bilan 3 yil birga bo‘lgandik... Deyarli har bir kunimni yozib chiqqandim.
Hozir ham kundaligim bor, to‘g‘ri. Biroq bunisi o‘zgacha edi. Unda ko‘p voqealar va... va eslashni istamagan xotiralarim bor. Ammo bu o‘tmish meniki... Baribir eslayveramanku...
Kechki 20:04. O‘zimga bitta qahva tayyorlab, qulay o‘tirib olgan holda o‘qishni boshladim.
Aslida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan hikoyam uzun, biroq ba‘zi bir joylarini tashlab ketaman. Agar ayb hisoblansa, bu uchun uzur.
Bu paytlari universititetga kirgandim. O‘qishim Seulda bo‘lganligi uchun ota-onam menga bir kishilik shinamgina uy olib berishgandi. Men o‘qish uchun u yerga ketgandim, yangi hayotga qadam qo‘yish, mustaqil bo‘lish... Oyim haftada ikki martta qo‘ng‘iroq qilib turardilar. To‘g‘ri, ba‘zida uyimizni sog‘inardim va dastlabki bir oyda biroz qiyinchiliklar bo‘lgan. Lekin hozir bular esimdan chiqib ketgan.
Bugun bu kundalikni sotib oldim. To‘g‘ri, u oddiygina, bezag va naqshlarsiz. Ammo ishonamanki, kelajakda uni o‘qiganimda eng yaxshi xotiralarim yodimga tushadi.
{4-sentyabr 2023-yil}
Bugun universitetga boradigan birinchi kunim. Juda hayajonlandim, hatto uxlay olmadim. Nihoyat, shu kun ham keldi. O‘qishga kirganimga ishonmagandim, ammo “haqiqatan kiribman” 😊
Universitetdagi birinchi kunim yaxshi o‘tdi. To‘g‘ri, hali hamma bilan tanishib ulgurmadim, lekin vaqt o‘tishi bilan albatta tanishaman. Asta-sekin bir-birimizni tanib olamiz.
{11-sentyabr 2023-yil}
Yozmaganimga ancha bo‘libdi 😅 O‘qiiiiiiib yuribman. 1-qator, 2-partada, Jia ismli bir qiz bilan birga o‘tirayapman. U juda ham kamgap. Menimcha haliveri til topisha olmasak kerak, yana bilmadim. Hozircha hammasi joyida. Uydan uzoq bo‘lishimdan biroz qiynalyapman, lekin bu ham o‘tadi. Yana ikki qiz bilan do‘stlashdik. Ularning ismi Yunseo va Eunji. Ikkisi ham o‘ziga hos ajoyib. Menimcha kelajakda qadrdon dugonalarga aylanamiz.
{16-sentyabr 2023-yil}
Ertalab uxlab qolib o‘qishga ozgina kech qoldim. Kechquruni bilan dars qilish charchatdi... Qo‘shimchasiga hamma ish deyarli o‘zimga 😅 Darslarimiz qiyin emas. O‘zim yoqtirgan fanlar, o‘zim tanlagan kasb, shifokorlik. Faqat boshida ozgina ko‘p yozish kerak... Keyin amaliyotga o‘tamiz. Ozgina sabr.
{29-oktyabr}
Chorak imtihonlarini olishni boshladik. Bugun dushanba. Shu hafta tugasa, bundan keyin bir haftaga ta’til. Uyga borib kelsam bo‘ladi. Ozgina shamollab qolibman, tomog‘im og‘riyapti. Havo ham ancha sovub qolgan... Uy haqida asosan Eunji bilan ko‘proq o‘ylaymiz. Sababi Yunseolarning uyi o‘qishga juda ham yaqin.
{5-noyabr}
Bugun yakshanba. Nihoyat, uyga borib kelishim mumkin.
Uyga borib keldim. Oila a‘zolarimni juda ham sog‘inibman. Ertadan keyin yana o‘qishga...
{13-noyabr 2023-yil}
...Bugun yana o‘qish boshlandi. Ta’tildan qaytib, hammamiz bir-birimizni sog‘ingan ekanmiz. Auditoriyaga kirganimda iliq bir his tuyildim — bu joy endi menga begona emas edi. Darslar avvalgidan ham qiziqarliroq o‘tmoqda. Ba’zan charchayman, lekin shunga arziydi. Qizlar bilan amaliy ish oldik. Jia doimgidek, kamgap va bizga qo‘shilmadi. Loyiha uchun Yunseo larnikiga bordik. Ularning uyi juda chiroyli ekan. Oyisi ham juda xushmuomala.
{18-noyabr 2023-yil}
...Bugun amaliyot haqida gap bo‘ldi. Shifokor bo‘lish — faqat kitobdan o‘rganish emas, insonni his qilish ham ekan. Shuni o‘ylasam, ichimda g‘urur va biroz hayajon uyg‘onadi. Oldinda hali ko‘p sinovlar bor, lekin men bunga tayyorman. Loyihamiz bo‘lsa bittagina kamchiligini hisobga olmaganda, juda ajoyib bo‘ldi.
{3-dekabr 2023-yil}
Dekabr boshlandi. Ob-havo sovuq, lekin ichimda iliqlik bor. Universitet hayoti endi menga odatiy tuyulmoqda. Har kuni biror yangi narsa o‘rganayapman. Ba’zan darslar ko‘p, lekin o‘qishdan zavq olaman. O‘zimni to‘g‘ri yo‘lda deb his qilaman.
{12-dekabr 2023-yil}
Bugun darsdan keyin qizlar bilan choy ichdik. Qiziqarli suhbatlar bo‘ldi.
{25-dekabr 2023-yil}
Yilning so‘nggi haftasi yaqinlashmoqda. Auditoriyada bayram kayfiyati seziladi. Darsdan keyin deraza yonida qor tomchilarini tomosha qildim — hammasi qanday sokin, qanday tinch...
Bu yil men uchun o‘zgarishlarga to‘la bo‘ldi. O‘qishga kirganim, yangi do‘stlar, yangi hayot. Hammasi uchun minnatdorman.
Yana shunga o‘xshash qaydlar bu varoqlarni barini qoplagandi. Shu yergacha, universititet haqidagi hissiyotlarim, Yunseo va Eunji. 2023-yilni tugatamiz. 2024-yilning boshida esa deyarli qiziqarli voqea yo‘q ekan. Faqatgina ohirgi sanalar...
O‘qishlarim a‘lo darajada. Barini uddalayabman. Kelasi oy huddi shu kuni 1-kursni tugatamiz. Bu yil kursdoshlarim orasida eng namunalisi o‘zim bo‘ldim. Hamda eng tirishqoqi. Ba‘zida kechalari ham uxlamay o‘qigan paytlarim bo‘ldi... Dars beruvchi har bir o‘qituvchi va professorlar meni bu hislatlarimni maqtab yurishibti. Albatta, bu yaxshi. Ahir bu yerga o‘qish, ota-onamning orzularidagi farzand bo‘lish uchun keldim. Faqat nega bilmadim, Yunseo menga kelganda kamgap bo‘lib qoldi. Eunji bilan ko‘p suhbatlashsak, bizga uzoqdan qarab turadigan odat chiqardi. Bilmadim...
Qandaydir sabab tufayli, ustozimiz joy o‘zgartirdilar. Endi men 2-qator, 3-parta, Jia ning o‘rniga esa Jihon degan kursdoshim bilan birga o‘tiraman.
Amaliyotdan yakuniy ish oldik. Hamma o‘ziga berilgan topshiriqni bajardi. Qurilma, asboblar nomi hayriyatki esimda qolgan ekan. Bir, ikki savolda tavvakkal qilgan bo‘lsamda 1-o‘rinni olibman. Yunseo esa ikkinchi. Unga menga yetishi uchun ategi 1 ball yetmabti. Buni bilgach tashqariga chiqib ketdi va uni 4-soatgacha ko‘rmadik. Eunji ham hech nimani tushunolmay qoldi. Aytganimdek, u mendan ko‘ra ko‘proq Eunji bilan gaplashadi. Balki men shunday deb o‘ylarman...
Ertaga bitiruvimiz. Juda hayajondaman. 1-kursni tugatdik. Erta uchun Eunji va Yunseo bilan bir xil kiyim kiyishga qaror qildik. Hamda uchchalamizga bir xil qilib braslet oldik.
Eunji: Bu kelajakda ham bir bo‘lishimizni anglatib turadi.
Shu kunlarda Yunseo ochiq chehra bo‘lib qolgandi. Oldingi tushunarsiz voqealarni eslamadim. Uning yuzida tabassum ko‘rish meni ham quvontiradi. Brasletimni esa men ko‘z qorachig‘imdek asrab qo‘ydim.
Bitiruv kechamiz tugadi. Qizlar bilan hayrlashgach, uyimga qaytdim, narsalarimni yig‘ib, tashqariga olib chiqdim. Eshikni qulfladim. Mening qadrdonimga aylanib qolgan bu uyni yana bir bor ko‘zdan kechirdim. U bilan 3 oyga hayrlashamiz... va kechki poyezdda uyga yo‘l oldim...
Ko‘z oldimdan birinchi kursligim, eski yillar va shirin xotiralar birin ketib o‘tib ketdi. Hattoki hozir eslasam ham quvonarli. Soat 21:53. Daftarning davomida 2-kursligim. Sizga qisqagina qilib aytib ketaman, ikkinchi kursga o‘tganda ham yaxshi o‘qishda davom etgandim. Yunseo va Eunji bilan haftada bir kun birga dars tayyorlardik. Bu yillar orasida Yunseonikiga ko‘p borgandim. Eunji esa qishda kasal bo‘lib, 2 hafta kelmay qolgandi. Bori shu. Qolgani kichik kichik qaydlar. Biz uchchalamiz ikki yilda juda qadrdonlarga aylangandik. Men dugonalarimni juda ham yaxshi ko‘rardim.
Shu, shu bo‘lib, ikkinchi kursni ham bitirdik.
Bir voqea qolibti. Bir kuni sinfda, joyimda o‘tirib bir nimalar yozayotgandim. Adashmasam yil ohiri... Yonimda partadoshim, Jihon bor. Sinfda yana 7-8 kishi bor edi. Qizlar hali kelishmagandi. Keyin esa u menga qarab gap boshladi.
Soyun: Nima? — boshimni ko‘tardim.
Jihon: Yunseo va Eunji bilan o‘qish boshidan beri tanishsiz, shundaymi?
Unga savol tariqasida qarab turardim. Hech nimani tushunmay.
Jihon: Sen juda oqko‘ngilsan va atrofingdagilarni qanday ko‘rsang shunday deb o‘ylaysan...
Jihon: Shunchakiy... Ko‘p ishonuvchanlik ba‘zida foyda bermaydi.
U indamadi. Menga biroz qarab turdi. Men ham unga qarab turaverdim. Keyin esa u chiqib ketdi. Men hech nimani tushunmay qolavergandim. Bu gaplari nimani anglatadi?
Yil ohirida Yunseo men bilan baholar bo‘yicha ko‘p bahslashishga harakat qildi va deyarli o‘zini juda ko‘p uruntirib, ko‘p o‘qidi. Meni bilmaydi deb o‘ylardi, ammo buni bilib, sezib turardim. Mayli yaxshilikka deb ko‘z yumdim. Jihonning gaplari jumboqligicha qolgandi.
Mana endi siz bular bilan tanishdingiz. Keyingi voqealarni o‘zingiz o‘qing... Kundalikga qaytamiz...
Uchinchi kursga ham nihoyat o‘tdik. Ammo o‘tkan yili Yunseo bilan boshlangan raqobatimiz bu yildan ham yana boshlanishni boshladi. Darslarda ham u meni ortda qoldirishga harakat qilardi.
Bugun o‘qishga vahliroq bordim. Eunji bor ekan, u bilan dars boshlanguncha gaplashib o‘tirdik. 10 daqiqadan so‘ng Yunseo keldi.
U Eunjiga g‘alati qarab qo‘yib, o‘z joyiga ketdi. Men uning bu fe‘lidan tobora hayratlana boshladim. Menga muomalasi sovuqlashdi. Ahir, do‘st edikku...
Ustoz: Soyun, senikida kichik bir xato bor.
Ustoz: Men sizlarga aytganimdek, bu ishdagi baholaringiz chorak bahosiga ta‘sir qiladi.
Men indamay, qilgan ishimdagi xato haqida o‘ylab turardim.
Ustoz: Senikiga keladigan bo‘lsak, mayli, bu kechirilishi mumkin.
Xursand bo‘lib ketdim. Keyin esa ustoz bir qiznikini va Yunseo nikini tekshirishga o‘tdilar.
Yunseo da ham men qilgandek xato, faqat birozgina menikidan ortiqroq xato edi...
Ustoz: Demak, bu to‘g‘ri deb hisobga olinmaydi.
Ustoz: Albatta pastlaydi. Keyingi safar e‘tiborli bo‘l.
Ustoz: Tushunmadim? — Yunseo ustozga qaraab turardi.
Yunseo: Nega meni bahoyimni pastlatasizu, Soyun ning xatosi hisob emas???
G‘alati bo‘lib ketdim. Bu endi nima degani? Ustoz bir unga, bir menga qaradilar. Men esa Yunseo ga hayron qarab turardim. Gapga Eunji aralashdi.
Eunji: Hooy, Yunseo, bu nima deganing?
Yunseo bu safar ovozini biroz balandlab: Nega mening xatoyim xato, uniki xato emas???
Ustoz: Bu qanday muomala? Agar shu ketishda davom etsang sen institutdan haydalasan, bilib qo‘y Yunseo. — dedilar, keyin meni ko‘rsatib — Uning qilgan har bir amaliy ishi tubida bir dunyo yashiringan mehnat va mashaqqatni ko‘raman. Deyarli hech kimda uchalik harakat ko‘rmaganman. Agar bahoyingni to‘g‘irlashni xohlasang, qo‘shimcha ish topshir. Gap tamom! Sen bu yerga nega kelyabsan, o‘qish uchunmi yoki boshqalarni xatosini topish uchun???
Shu kuni butun darslarda ichimda muz bordek o‘tirdim. U bo‘lsa ikki uch bora oldimdan gerdaygancha o‘tib ketdi. Men unga nima qildim?...
O‘qishlarim yaxshi... O‘sha bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin Yunseo bilan gaplashmay qo‘ydik. U mendan yuzini burib ketib qoladigan bo‘ldi. Eunji ham oramizda sarson edi. Men bilan birozgina suhbatlashib qolsa, buni Yunseo ko‘rib undan arazlab olardi. Bilmaydi deb o‘ylaydi shekilli, aslida hamma narsani bilib turardim...
2024-yilni ham tugatib oldim. Menda deyarli hammasi yaxshi. Biroq Yunseo ning qilayotgan muomalasi endi asabimga tega boshladi...
Bugun yana imtixon oldik. Savollar qiyin ekan...
Hayotimdagi eng ahmoqona kun. Qanday yozyabman bilmadimu, qo‘llarim qaltirab ketyabti...
Universititetga bordim. Kecha aytganimdek imtixon oldik. Bugun javoblari e‘lon qilinadi. Xonaga o‘qituvchimiz kirib keldilar.
Ustoz: Qani hamma o‘z o‘rniga. Kechagi imtixon javoblarini e‘lon qilaman.
Ustoz: ...Yunseo 100 dan 86, Jia 100 dan 87, Heurin 100 dan 88, Yeohan 100 dan 89. Va endi bizda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar, Nari 100 dan 94, Jiwon 100 dan 95, Soyun 100 dan 97 va Jihon 100 dan 98. Tabriklayman!
Sinfda qarsak ovozlari eshitildi. Men Jihonga "Qoyil, hammadan yuqorisini sen yechibsanmi" deb qo‘ydim. U kulib qo‘ydi.
Ustoz: Barchangiz yaxshi o‘qishda davom etyabsiz. Ishonamanki...
Shu payt ustozning gaplarini Yunseo bo‘ldi.
Hamma Yunseo ga qaradi. U o‘rnidan turib, menga qarab so‘zlashni boshladi.
Yunseo: Bu haqqoniy emas. — u qo‘li bilan men va Jihon ni ko‘rsatib — Bu ikkisi imtihon javoblarini o‘g‘irlab olishdi va birga til biriktirib, imtihondan haqqoniy o‘tishmadi.
Men bir daqiqaga shunchakiy qotib qoldim. Bunisi endi oshib tushdikuu. O‘rnimdan turdim.
Soyun: Yunseo, bu nima deganing???
Yunseo: O‘zingni hammaning oldida yaxshi ko‘rsatishga urunma.
Soyun: Sen o‘zingdan o‘zing nimalar deyabsan???
Agar ustoz meni ushlab qolmaganda uning sochini bittalab yulgan bo‘lardim.
Soyun: Tinchlan?? Nega tinchlanaman. Bu o‘zidan-o‘zi nimalar deyabti???
Menga alam qilib ketdi.. juda alam qildi. Kechalari bilan shuncha o‘qiganlarim, tayyorlanganlarim birma-bir ko‘z oldimdan o‘tdi. U esa nima deyabti? Ko‘chirgan? Haqqoniy emas??? Men bu baholarni qo‘lga kiritish uchun ozmuncha harakat qilmadimmi???
U yana yuzini burushtirgancha, gerdayib gapida davom etdi: To‘g‘ri narsani gapiryabman, nima yolg‘onmi? Nima qilolasan, urasanmi meni, qani ur. Bir ko‘raylik, urchi? — menga tomon kela boshladi.
Soyun: O‘qishni eplolmasang, o‘qima edi. Hammadan past baho olganing meni aybimmi. Kamiga tuxmat qilayotganing nimasi???
Yunseo: Hozir seni... — u qo‘lini ko‘tardi. Menga tarsaki uradigandek...
Lekin bu safar Jihon oraga qo‘shildi. Uning qo‘lini ushlab qoldi.
Jihon: Shuncha tomosha ko‘rsatganing yetadi. O‘zingni bosib ol!
Yunseo: Qo‘limni qo‘yib yubor.
Jihon: Agar rostdan ham sen aytgandek, biz u bilan ko‘chirmachilik qilgan bo‘lsak, hozir politsiya mahkamasiga boramiz. Barini isbotlab betasan.
Yunseo: Politsiyani nima aloqasi bor?
Jihon: Men bitta gapni ikki marttalab qaytarmayman. Agar rostdan ham shunday bo‘lsa isbotlab berasan.
Yunseo shashtidan tushib qoldi: Mmen, men...
Jihon: Hech bo‘lmasa hozir nega bunday deyayotganingni isbotla. Sen bizni qachon ko‘rding, qanday ko‘rding? Gapirolmayabsan. Yolg‘on ma‘lumot uchun hattoki qamoq jazosi o‘tashing ham mumkin.
Ustoz: Yunseo agar rostdan ham isboting bo‘lmasa, ulardan kechirim so‘ra, bu qanday hunar endi?
Yunseo biroz jim turdi. Hammaning diqqati unda edi.
Jihon: Sen bu ishing bilan bizni emas, o‘zingni yerga urding. Agar Soyun bilan o‘chakishishni bas qilmasang, ohiri o‘zingga yomon bo‘ladi.
Yunseo: Men nima qildim??? Siz ikkingiz ko‘chirgansiz. Baribir ham bu gapimdan qaytmayman.
Jihon: AGAR SHUNDAY BO‘LSA ISBOTLA. QANI ISBOTING? Yunseo mening sabrimni sinama.
Ustoz: Qani uchchalangiz ham yuring, direktor xonasiga. Bu yerda bunday qilib gaplashib bo‘lmaydi.
Direktor xonasida ham ikki ustoz bilan majlis qildik. Yunseo shunda ham shashtidan qaytmadi. Baribir ohirida biz uni yengdik. Men ich-ichimdan tamom bo‘lib bo‘lgandim. Shunday odam bilan do‘st bo‘lganimga afsuslandim. Muhokamani tugatdik. U baribir gerdaygancha yana xonadan chiqdi. Suhbat davomida ham hech bir gapni o‘zi uchun aytilgandek his qilmadi. Men uni to‘xtatdim.
Soyun: Qayerga ketyabsan? Shuncha tomosha uyushtirganingdan keyin ham xotirjamgina qayerga ketyabsan???
Soyun: "Senga nima?". Qaysi yuz bilan shunday deya olyabsan?
Yunseo: Nima menga xo‘jayinmisan aql o‘rgatasan? Sen kimsan men uchun? Hech kim, hech kimsan tushundingmi!?
Soyun: Senday do‘stim bo‘lganidan afsuslanaman. Afsusdaman, juda ham afsusdaman.
Yunseo: Do‘st? Do‘st? Nima sen bizni hali ham do‘st deb o‘ylaysanmi???
Qanday qilib uygacha yetib keldim bilmayman. Ammo yig‘ladim... juda ko‘p... ko‘pgina... Endi qaytib boshqa bir ishda adashsam ham do‘st tanlashda adashmayman! Jihonning gaplari to‘g‘ri ekan...
Uyga kelgach o‘sha blaguzukni sindirib, bo‘laklarga bo‘lib yubordim... Yerga donachalarning tirs-tirs etib tushgani eshitildi...
Shu bilan daftar tugaydi. Yo‘q, aslida ikki uch varoq bo‘sh qolgan. Lekin, balki boshqa xohlamaganim uchun bu kundalikni qaytib yozmagandirman. Yozsam ham bo‘lar edi... Haa, demak istamagan ekanman.
Eng qizig‘i endi oldinda, uchinchi kursni tugatishimizga Yunseo boshqa universititetga o‘tib ketadi. Menga shuncha ozor yetkizib... O‘sha o‘tgan voqealardan keyin uchinchi kurs ohirlarigacha u bilan gaplashmayman. Hattoki yuziga ham qaramayman. Shunda ham baribir ichi qoralikni tashlamaydi, har qadamimda menga raqib va dushman misoli bo‘lib turaveradi. Ahmoqgarchilik... U ketgach biz Eunji bilan yana ham yaqinga aylandik. Va endi Jia ham bizga qo‘shilgandi. Men uni ham juda yaxshi ko‘rardim... Va u do‘stlik burchini oqladi. Ketadiganlar ketishi kerak ekan... Keyin esa Eunji ham Yunseo bilan aloqani uzdi...
...Yunseo bilan do‘st edik. Haa, do‘st edik... U menga nima uchun bunday ishlar qilgan, haligacha o‘ylab o‘yimga yetolmaganman. Nega, nima uchun bunday qilgandi o‘sha paytlar?... Baholar sababmi? Oddiygina baholar... Bir baho uchun do‘stidan yuz o‘girish?... bilmadim.
Uchinchi kurs davrlarim, menga shunday xotiralarni yodimga soladi... Balki, uni kechirishim mumkin edi. Lekin birgina meni "ko‘chirmakash" degani uchun xafa bo‘lmagandim. Menga qilgan muomalalari... meni juda ham qattiq ranjitgandi.
Hozirgacha eslasam ko‘zimga yosh olishim mumkin...
Soat tungi 23:31. Uyqum qochib ketgandi...
Bo‘shagan qahva idishimni olib oshxonaqa olib borib qo‘ydim. Yana joyimga kelib yotdim. Kundaligimni qo‘limga olib uzooq tikildim...
Shu yaqin bir oy ichida ham Yunseo ni ko‘rgandim. Umuman olganda ba‘zida ko‘p ko‘rardim, ko‘chada, shaharlarda, mashinada, yo‘lda, svetoforda...
Ba‘zida o‘ylab qolaman, balki shunday bo‘lishi kerak bo‘lgandir. To‘g‘riligi uchun ham bu voqealar sodir bo‘lgandir... Nima bo‘lganda ham, men hozir baxtliman. Oldin ham baxtli edim, keyin ham baxtli bo‘laman...
Yunseo do‘st tanlashdagi bir kichik xatoyim bo‘lib qoladi. Kichik xatoyim...