January 27

Maybe in another life...

...Ular bir osmon ostida bo‘lsada, bir vaqtda yashay olmaydigan ikki yurak edilar...

⤿Author: Soyun

⤿Bir qismli fanfic.

~~~~~~

Italiya.

~~~~~~

— Qayerga? — dedi ota o‘g‘lini to‘xtatib.

— Koreyagada. Endi men qaytishim kerak. Unga va‘da berganman.

— Hech qayerga bormaysan!

— Bu nima deganingiz? Ahir yarim yil degandingiz, 1 yil o‘tdi! — dedi Seojun asabiylashib.

— Men yo‘q dedimmi yo‘q!

— Ota, bunday qilolmaysiz. Ahir men unga va‘da berganman!

— O‘sha kasalmand qiz menga qiziq emas. Xonangga qayt!

~~~~~~

1 yarim yil oldin...

~~~~~~

...Bahorning o‘rtalari. Kunlar iliq... gullar, mayin shamol, yomg‘irlar va yerga to'shalgan yam-yashil maysalar... Ammo bu bahor kim uchundir quvonchli, kim uchundir qayg‘uli edi...

~~~~~~

Kasalxona.

Bosh shifokor xonasi.

— Ya‘ni, uzoq emas, to‘g‘rimi?...

— Afsuski ha. Biz qo‘limizdan kelganini qilyabmiz. Dorilar ham... umringni ozgina uzaytira olishi mumkin. Lekin bu kasallikni davolab bo‘lmaydi... — dedi shifokor g‘amgin tovushda.

— Mayli, hechqisi yo‘q. — dedi Soyun ko‘zyoshlarini tiyib. — Har holda, shuncha yashaganim uchun shukur qilishim kerak...

— Bilaman, bu qiyin... ya‘ni o‘lishini bilib turib yashash... Lekin, endi bundan buyog‘iga o‘zingni hursand qil, qilib ko‘rmagan ishlaringni sinab ko‘r. Bu hayotdan armoning qolmasin...

— Taxminan, qancha deya olasiz?

— Yana... 1 yil... yoki undan kam...

— Rahmat. — deya oldi u zo‘rg‘a va shifokor xonasidan chiqdi. Yo‘lak bo‘ylab yurar ekan, ko‘zlaridan yoshlar oqardi...

~~~~~~

Bu kasallikga chalinganiga 2 yil bo‘lyabti... U aslida barini bilardi.

Qani edi vaqtliroq bilganida, vaqtliroq shifokorga ko‘ringanida... Tuzalishiga umid bo‘lmasada, har holda u endi bu qolgan umrini mazmunliroq o‘tkazishi kerak...

~~~~~~

(12 oy yoki undan ko‘proq muddat qoldi...)

~~~~~~

Ertasiga u o‘qishiga bordi. Dars hali boshlanmagandi.

~~~~~~

Tanaffuz payti.

— Ahvoling yaxshimi? — dedi Miran.

Miran uning eng yaqin do'stlaridan biri edi va kasalligi haqida bilardi.

— Deyarli... — dedi Soyun.

— Kecha shifokor nima dedi?

— Umi... — u biroz jim qoldi... Hayolida "unga aytsammi aytmasammi?"...

— Nega jimib qolding?... Nima, yomon ekanmi?...

— Men... mening... — dedi ko‘zlari yoshlanib. — Mening... yana... yana 1 yil umrim qoldi...

Bu gaplarni eshitgan Miran go‘yo toshdek qotib qoldi.

— Nimaaa?... Hazllashyabsanmi? Qanaqasiga bunday bo‘ladi? Soyunnn, bunday hazllashma... Ahmoq... bu gaplarni hazl deb ayt!...🥺

U yoshli ko‘zlari bilan jilmaydi va:

— Hazl emas🙂

— Hoy qiz😭

— Yig‘lamasangchi...

Bu gaplarni eshitish Miran uchun qiyin edi...

~~~~~~

Ular 3 haftadan keyin o‘qishni tugatar edilar.

— Endi, bundan buyog‘iga nima qilmoqchisan?

— Nima ham qilardim, shunchakiy, yashashda davom etaman...

— Bilasanmi, men... men buni hazm qilolmayabman🤧

~~~~~~

Bu paytlari Seojun. Uning oilasi juda ham boy edi. Davlatining cheki yo‘q. Uylari ham uy emas, saroyning o‘zi, katta va hashamatli...

U oilada yolg‘iz farzand bo‘lgani sabab, hamma narsa mumkin edi. Bir so‘z og‘zidan chiqishi bilan bajarilardi.

Shunday qilib, u o‘z hukmini universititetdagilarga ham o‘tkiza olardi. Ularning o‘z guruhlari bor edi va hamma ulardan qo‘rqardi. Ayniqsa bu ismlar — Han Seojun va Hueing Kai.

Negadir ohirgi paytlar u judayam o‘zgarib qolgandi. O‘qishni umuman tashlab qo‘ygan... Kechalari tunggi barlarga boradigan odat chiqargandi... Bundan esa otasi xavotirda edi.

~~~~~~

Yangi kun.

Universititet kirish eshigi oldiga bir mashina kelib to‘xtadi. Bu mashina Seojunniki edi. U kelganini bilgach, uni ko‘rish uchun eshik oldiga qizlar to‘plangandi. Orada pishir-pichirlashlar boshlandi. Seojun mashinasidan tushib, hech kimga e‘tibor bermagancha, ichkariga kirib ketdi.

— O‘xxo‘o‘o‘, buncha kelishing qiyin!? — dedi Kai Yeonjunni ko‘rgach.

— Salom.

— Nima gaplar?

— Pfff, shunchakiy bari juda zerikarli... — dedi u e‘tiborsizlarcha va sinfga kirib ketdi.

— Senga tushunish qiyin. — dedi Kai tanaffuzda.

— Ho‘sh, nega? — dedi Seojun do‘stining gapidan kulib.

— Bir qarasa, kim bilandir janjallashasan, bir qarasa zerikib o‘tirasan, bir qarasa yuzing ko‘kargan va yana bir qarasa bizning Yeonjundanda baxtlisi bu dunyoda yo‘q😂

— Shunchakiy men juda omadliman... Muammoyim yo‘q bo‘lsa... Ahir nimadir qilishim kerakku. — dedi u ayyorona jilmayib.

Kai Seojunga qaraganda yomon emasdi. Biroq qattiqqo‘l va jiddiy edi, o‘qishda esa hammadan oldinda... va hurmatga ega edi. U shunchakiy do‘stiga yaxshi bo‘lishini istardi.

~~~~~~

O‘sha kuni Seojun uyiga doimgidek qorong‘u tushgandan keyin bordi. Buni bilgan otasi esa unga yaxshigina dakki berib qo‘ydi. Ammo gaplari o‘g‘liga zarracha ham ta‘sir qilmadi... faqat ohirida:

— Sen juda ham taltayib ketyabsan. Bu ketishda nima bo‘lasan bilmadim. Agar shunday davom etsang, bir kun meni sharmanda qilasan! Senga boshqa gapim yo‘q.

~~~~~~

Ertasiga yakshanba edi.

Soyun tashqaridan yaxshi ko‘rinsada, ichkaridan o‘z-o‘zini yeb bitirayotgandi. Unga qiyin edi, ahir yana 1 yil... Miran unga yordam bermoqchi, to‘g‘ri. Lekin endi buni to‘g‘irlab bo‘lmaydi...

U kunini barchaga yaxshi ko‘rinish bilan o‘tkazdi, va kech tushar ekan, endi o‘z-o‘zi bilan yuzlashib oladigan vaqt kelgandi.

~~~~~~

Seojun kechagi otasi aytgan gaplarni o‘ylab, butun kun boshi og‘rib yurdi. Endi ko‘ngliga xursandchilik sig‘mayotgandi. U go‘yo o‘z hayoti va otasi istagan hayot o'rtasida qolib ketgandi... Qaysi birini tanlashi kerak?...

Ohiri, kech tushay deganda, chidab turolmadi va mashinasiga o‘tirib, ko‘ngli istagan joyga haydadi. Yo'l bo‘yi o‘ylab borardi... " — Qaysi birini tanlashim kerak?..."

U dengiz yaqinidagi hiyobonga bordi. Odam kam, chiroqlar ham... atrofning yarmi deyarli qorong‘u edi. Bu joy esa Seojunga yoqardi. O‘zi bilgan joyga borib o‘tirmoqchi bo‘lganida, u yerda yig‘layotgan bir qizga duch keldi. Yeonjunni ajablantirgan narsa, u qiz yig‘lardi, faqat unsiz...

U biroz ikkilanib turdida, keyin o‘rindiqning bunisi tomoniga o‘tirdi.

— Nega yig‘layabsan? — dedi biroz turib.

Qiz shundagina uni ko‘rdi.

— Senga nima? — dedi keyin yoshli ko‘zlari bilan ovozi titrab. — Aytganim bilan hech kim yordam berolmaydi...

— Buncha qo‘polsan?

— Muloyim bo‘lishim kerakmidi?

— Aytmoqchimanki... — Seojun shunda o‘yladi: nega o‘zi muloyimlashib qoldi? Oldinlari hech ham bunday qilmasdi. U barchaga emas, barcha unga muomalada to'g'ri bo‘lishi kerak ediku. Hamda, u hech kimdan hol-ahvol so‘ramasdi...

Biroq u hayollarini yig‘ib olganida o‘sha qiz ketib bo‘lgandi...

~~~~~~

Ertasiga universititetda.

Kai:

— Nega bunday o‘ychan bo‘lib qolding?

— Shunchakiy. O‘ylaydigan narsalarim ko‘payib ketdi. — dedi Seojun partadan boshini ko‘tarmay.

— Sendaya. — dedi Kai kulib, ammo do‘stining kayfiyati yaxshi emasligini bildi. — Agar biron narsa haqida bosh qotirayotgan bo‘lsang, kutubxonaga bor. U yer ancha tinchroq. Yetarlicha o‘ylab olasan.

— Okey.

Seojun kutubxonaga kirib, o‘zicha kitob javonlaridan qandaydir kitoblarni olib o'qiyotgandek edi. Lekin qo‘li ishga bormasdi. Hech nima qilmoqchi emasdi. Unisi javondan bunisiga ko‘z tashlab yurarkan, atrofidagi hamma narsa zerikarli tuyuldi unga. Shunday o‘y-hayollari bilan bir javon yoniga kelganida to‘satdan kecha uchratgan qiziga duch kelib qoldi. Oldiniga ko‘zlariga ishonmadi, lekin keyin u o'shaligiga ishonch hosil qildi.

~~~~~~

Soyun kutubxonada, o‘ziga kerakli kitoblarni qidirib yurgandi. Kechagi kuni, hiyobon, yig‘lagani... va o‘sha yigit hayolida aylanardi. Qidirgan kitobiga o‘xshashroq kitobni topib, uni o‘qib ko‘rish uchun stol qidirib, o‘tirdi.

...Seojun ham uni o'tirganini ko‘rgach, qo‘liga ilingan kitobni olib o‘sha yerga bordi.

Soyun avvaliga yonidagiga e‘tibor bermadi, kitob o'qishda davom etardi. Seojun ham o'zini kitob o‘qigandek ko‘rsatib, bir ikki varaqlarga ko‘z yugurtirayotgandi.

— Ho‘sh, senga nima kerak? — dedi Soyun biroz o‘tgach kitobini yopib.

— Bilmadim. — dedi Seojun kitobidan ko‘z uzmay.

— Unda bu yerda nima qilyabsan?

— Kitob o‘qiyabman.

— O‘qiyabmanmush. O‘tirish uchun boshaqa stol yo‘qmidi?

— Buni ham bilmadim.

— Nimani bilgansan o‘zi?

— Bo‘ldi, to‘xtataylik.

— Ajoyibbb.

— Kechagi aytganlaring...

— Bu seni ishing emas.

— Balki... yordam berolarman.

Bu gapdan keyin Soyunning ichida nimadir uzulgandek bo‘ldi. Hamma yordam berishni xohlaydi, hattoki mana bu ham...

Lekin bu ularning qo‘lidan kelmaydi...

— Buni eplolmaysan va... kerak emas...

— Nega? Shunchalik jiddiymi?

Soyun biroz o‘ylanib qoldi...Seojun uning kayfiyati o'zgarganini ko‘rib:

— Demak, jiddiyga o‘xshaydi...

— Yo‘q, demoqchimanki... Bo‘ldi, qo‘yaver.

— Men baribir qiziqyabman... rostan balki yordamim tegar?...

— Uff, gapga tushumaysanmi? Bu dunyoda pul hal qila olmaydigan muammolar ham bor!

— Hamma narsaga tushunaman! Shunchakiy sen gapirishni istamayabsan. Pulni aralashtirma.

— Nimani aytishim kerak?

— Kecha nega...

— Sen qayerdan paydo bo‘lding o‘zi a?

— Osmondan.

— Unda bor, o‘sha osmoningga qaytib uchib ket.

— Xhh, ko‘rib turganingdek menda qanot yo‘q.

— Unda bor qil!😒

Oraga biroz sukut tushdi. Ikkisi bir-biriga ko‘z uzmay qarab turardi...

— Buncha o‘jarsan? — dedi Seojun keyin asabiylashib. — Umrimda sendakasini ko‘rmagandim.

— Unda endi ko‘rasan.

— Mmm... mayli. Negaligini bilmadim, kel do‘st bo‘lib qolamiz...

— Nega birdan?

— Shunchakiy...

— Ajoyibsanku a!?

— Hech bo‘lmasa, isming nima?

— Nega aytishim kerak?

— Istamasang aytma. Nima, zormanmi?😒

— Unda nega so‘raysan?

— Hoy, sen🤨

— Nima men?

— Mayli, hullas, isming?

Soyun unga norozi ohangda qarab turdi.

— Pff, hurmatli xonim, ismingiz nima? — dedi Seojun biroz keyin muloyimlashib.

— Hurmatli kesatishlar bo‘yicha hukmdor bo‘lgan janob! Ismim Soyun.

— Bo‘lar ekanku eyy. Meniki...

— Ming afsuski, senikini bilaman. Butun universititet ahmog‘i Han Seojun. — u kitobini olib o‘rnidan turib ketdi.

Bu gapga Seojunning yuzida biroz tabassum paydo bo‘ldi. U uning ketishini kuzatib qoldi....

Pov* Seojun: Qanday qizga duch keldim o‘zi...

Ularning kutubxonada o'tirganlari tezda tarqalgandi. Ahir Seojunga barcha e'tibor beradi...

~~~~~~

— Kutubxonada nima qilding? — dedi Miran Soyunni uchratgach.

— Kitob oldim holos.

— Faqatgina kitobmi?

— Ha.

— Yo‘q, men Han Seojunni aytyabman.

— Aaa?

— Han Seojun.

— Sen qayerdan bilding?

— Butun universititetda shu gapku.

— Obbooo...

~~~~~~

— Xo‘sh, o‘ylab oldingmi? — dedi Kai, Seojun qaytgach.

— Shunday desak ham bo‘ladi.

— Uyerga seni jo‘natmasam bo‘larkan.

— Negeykan? — dedi Seojun hayron bo‘lib.

— Uchrashuv qalay o‘tdi? — dedi Kai Seojunning qulog‘iga pichirlab, keyin esa uning ustidan kulgandek kulib.

Seojun unga qarab:

— Hooy, qanaqa uchrashuv😂

— Qo‘ysangchi, Han Seojun 😂 Butun universititetda shu gap.

— Yo‘g‘e😂

— Nimalar qilyabsan o‘zi?

— Bu shunchakiy do‘stona suhbat edi. Tamom.

~~~~~~

Oradan kunlar o‘tar ekan, Seojun Soyun bilan ko‘p marotaba duch kelib qoldi. Negaligini o‘zi ham bilmasdi, lekin u bilan doim tortishsa qandaydir zavq olardi. Shu sabab bo‘ldiyu, ohiri u avvalgi Seojundan birozgina o‘zgarib qoldi. Buni o'zi ham sezmagandi... Endi janjal ko‘tarmas, tunggi klublar ham hayolidan chiqqandi.

Chunki u sevib qolgandi...

~~~~~~

~~~~~~

1 hafta o‘tib

~~~~~~

Universititetda darslar tugadi.

— Yomg‘irda qayerga ketyabsan? — dedi Yeonjun mashinasini Soyunning oldida to‘xtatib.

— Nima, yana senmi?

— Albattada😁

— Butun hafta davomida jig‘imga tekkaning yetmadimi?🙄

— O‘tir, tashlab qo‘yaman, vaqtim bor. Bilsang, hammaga ham bunday muloyim emasman.

— Shunda kesatib gapiryabsanmi?

— Aa, yo‘q, yo‘q, yo‘q😁 O‘tir.

Yomg‘irda avtobus kelishi qiyin edi, shu sabab Soyun mashinaga o‘tirdi.

— Qayerga hayday?

— Sen haydayver, o‘zim yo‘lni ko‘rsataman.

— Uyingga ketyabsanmi?

— Hadaa, darsdan keyin qayerga... — shu payt unga qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Shifokoridan. U go‘shakni ko‘tardida, Yeonjunga eshitilmasligi uchun pastroq gapirdi. Chunki u bu haqida bilmasdi.

— Eshitaman janob.

— Nega dorilarni haligacha qabul qilmading, kasalxonaga kelishing kerak ediku?

— Kechiring, o‘qish bilan bo‘lib borolmagandim...

— Seni qarayaa. Bilasanku kasalliging o‘yinchoq emas. Bu yerga yetib kel. Bir yo‘li tekshiruv ham qilamiz, balki umid bordir...

— Haa, yaxshi. Hozir boraman.

Qo‘ng‘iroq yakunlangach Yeonjun:

— Kim edi?

— Shunchakiy.

— Vaqtida qutqarib qoldi, bo‘lmasa, hozir vaysayotgan bo‘larding😂😁

— Sen o‘zingni shifokorga ko‘rsatib yubor. Haa, yana... Shahar kasalxonasiga hayda.

— Nega?

— Savol bermasangdaa🙄 Ishim bor.

— Biron bir yaqining betobmi? Agar kimnidir ko‘rish uchun ketayotgan bo‘lsang, yo‘ldan biror narsa olib olardik.

— Yo‘q, shart emas.

— Unda u yerda nima qilasan?

— Seni psixiatorga ko‘rsatib yuboramiz😂

— Seni hazilingniyu...

~~~~~~~

Ertasiga universititet oshxonasi, tushlik payti.

Miran:

— Kayfiyating oldingiga qaraganda ancha yaxshi... Bu uchun hursandman.

— Esidan chiqarar ekan odam...

— Shifokorga boryabsanmi?

— Ha. Haftada bir.

— Kechir, sen bilan ko‘p vaqt birga bo‘lolmayabman...

— Bu ayb emas...

— Ba‘zida seni ko‘rib, g‘alati bo‘lib ketaman... Hayoting ohirini bilib yashashing...

— Shunday taqdir menga berilgan ekan, endi boshqa iloj yo‘q🙂

~~~~~~

— Uyerga o‘tiraylik. — dedi oshxonaga kirgan Yeonjun Kaiga.

— Nega? — dedi Kai ikkilanib va o‘sha tomonga qaragach anglab yetdi. — Haaa, Choi Yeonjun. Yuragingdan urdimi deyman?😂

— Shunchakiy.

~~~~~~

— Salom. — dedi Yeonjun Soyun va Miranning oldiga kelgach.

Ularning hayollari bo‘linib ketdi.

Kai:

— Salom.

— Salom🙄 — dedi Soyun.

— Va nihoyat

~~~~~~

Yana 5 kun o‘tib

~~~~~~

Bitiruv kuni yaqinligi sabab hamma harakatda edi.