When it rains...
U bu paytda kompaniya hamkorlik varoqlarini ko‘zdan kechirish bilan mashg‘ul edi.
X: Men aytganingizdek Xitoyga chipta oldim. Kechki soat 6 da xalqaro reys bilan uchamiz. Roppa-rosa 2 soatdan keyin.
X: Janob, men buni sizga yetkazishim kerak deb o‘ylayman. — u boshini yerga egdi. Oldidagi boshlig‘iga hurmat ko‘rsatib turardi.
Janob Park Yun boshini qog‘ozlardan ko‘tardi va o‘sha yo‘g‘on ovozda dedi:
X: Bu qizingiz Soyun haqida...
Shu payt xonaga Janob Yunning xotini kirib keldi. (Men uchun alvasti, jodugar, ajina😁)
J. X: Salom Azizim. (J. Janob ning X. Xotini)
J. Yun: Ooooo, azizam, mening narsalarimni tayyorla. Bugun Xitoyga uchaman.
J. X: Yana ish bilanmi... Qancha muddatga?
J. Yun: Atigi 1 hafta. Xa sen nima deyayotganding? –u xizmatchisiga qaradi.
J. X: To‘xtang azizim, undan oldin mening gapim bor.
J. X: K&S kompaniyasi biz bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashmoqchi.
J. X: Bilasiz, Janob Changning bittagina o‘g‘li bor. Shuning uchun ular bizga nikohni taklif qilishmoqchi.
J. Yun: Ammo Cheyon hali kichkinaku.
J. X: Men ham shuni aytyabman. Ammo bu nikoh bizga juda ham katta millionlarni olib keladi...
U yana tulkiligini ishga solib, o‘zini ma‘yus tortgandek qilib ko‘rsatdi.
Janob Yun ham biroz o‘ylandi va bir chekkada so‘z navbati unga berilishini kutib turgan xizmatchisiga qaradi:
J. Yun: Xo‘sh sen nima demoqchi eding?...
Xizmatkor ovozini to‘g‘irladi:
X: Men Soyun haqida aytmoqchi edim.
J. Yun: Ho‘sh unga nima qilipti. Pul jo‘natmadingizmi!?
J. X: Ajoyib. Ahir bizda Soyun borku. –uning yuziga tabassum yugurdi.
Pov* Janobning Xotini: Agar o‘sha Soyun Janob Changning o‘g‘liga turmushga chiqsa, men millionlar orasida qolaman.
J. X: Xa nima, Azizim. Agar Soyun Janob Changning o‘g‘liga turmushga chiqsa, siz ham undan xavotir olmasdingiz. Oldimizda bo‘lardi...
Kim biladi bu xotin ichida qanday yovuz rejalarni o‘ylayotganini...
X: Lekin janob... men uni aytmoqchi emas edim...
J. Yun: Unda nima demoqchi eding???
X: Yigitlarimiz uni kecha bu yerda ko‘rishibti. Tushlikdan so‘ng uchrashuvga borishgandaa... Shartnoma imzolagani.
J. Yun: Nima u Yaponiyadami???
X: Men bilmayman. Bir deganda ko‘zdan g‘oyib bo‘lishibdi...
X: Haa, uning oldida yana bir yigit bor ekan.
X: Sochlari bo‘yalgan, oq rangda, kelishgan. Bo‘yi taxminan 1.80 cm.
J. X: Bu nimasi bo‘ldi, azizim??? Biz bu nikohni tezlashtirishimiz kerak.
X: Janob menimcha ular bir-birini...
J. Yun: Mening bu bilan ishim yo‘q X. Mayli unda men oldin Xitoyga borib qaytay. Keyin bu yog‘ini o‘ylab ko‘ramiz.
J. Yun: U mening aytganimni qilishga majbur. Bundan xavotirlanma X. Ketishing mumkin.
Pov* Xizmatchi: Men buni bekor aytdim... essiz... bechora qiz...
Bu paytda Soyun o‘qishda edi, hohishisiz taqdiri hal qilinayotganini bilmasdi...
Bugun dam olish kuni. Yakshanba. Qanday mazza kun.
Soyun ertalab ko‘zlarini ocharkan, o‘zida o‘zgacha yengillikni his qildi. O‘zgacha quvonch...
O‘zi uchun nonushta tayyorladi. Havo ajoyib.
Bugun Nari, Bora, Minho, Hyunwo va u tushlik qilib, bog‘ aylanishmoqchi edi. Soyun tayyorlanishni boshladi. U ishonardi, bugungi kuni ham avvalgi kundej zavqli o‘tishiga... Seojin unga bir dunyo quvonch sovg‘a qilgandi.
Soyun uydan chiqdi. Ustidagi kiyimi unga juda ham yarashib turardi.
U kelishilgan manzilga yetib kelganda, hamma shu yerda yig‘ilib bo‘lgandi.
Dasturxon ham Soyunni kutib turgandi.
Minho: Ho‘sh, nima hohlaysan Soyun
Nari: Bugun yana nima qilamiz?
Ular ovqatlanib bo‘lishgach kassaga kelishdi.
Hyunwo: Men sizlarni mashinada kutaman.
Bora: Biz narsalarimizni yig‘ishtirib chiqamiz.
Ular tashqariga chiqishganda Hyunwo allaqachon mashina oldida edi.
Hyunwo: Siz meni ataylab kuttirishingiz keraga...
Va ular ko‘ngilochar bog‘ga borishdi...
Soyun bugungi kunini xursandchilik bilan o‘tkazdi.
Soyun: Bolalar barchangizga rahmat. Mening ozgina ishlarim bor edi. Endi ketishim kerak.
Minho: Hali kech ham bo‘lgani yo‘qku.
Soyun: Men ketishim kerak. Siz esa bemmalol.
Bora: Unda mayli. Nima ham derdik.
Nari: Ertaga ko‘rishguncha Soyun.
Taksiga o‘tirib, shifoxonaga bordi.
: Ishqilib natijalar yaxshi chiqsin.
Shifokor eshigini taqqillatdi.
Soyun: Men natijalar uchun kelgandim.
Doctor qandaydir qog‘ozlarni olib ko‘zdan kechirdi.
Doc: Senga, barcha javoblaring bilan hulosa qilgan holda, Managamiya tashxisini qo‘ydik.
Doc: Bu bir odamni bir umr sevish kasalligi.
Doc: Bu senda, yomon emas. Ammo boshqa bir bemorlar, bu kasallikga jalinganda, jinni bo‘lib qolishgan. Yo'qotgan insonlarini hayotlarining ohirigacha kutib.. Unutolmay, o'zlariga jabr qilishgan. Senga maslahatim, hayotingni hozirdan boshla. U endi qaytmaydi... To‘g‘ri, unutish qiyin, lekin ko‘p eslash, siqilish... u miyya faoliyatining sustlashishiga olib keladi. Sen yuqorida aytib o‘tgan bemorlarimga o‘xshamasligingni istardim Soyun.
Soyun shifokor yonidan chiqdi.
Taksi orqali uyiga keldi. Negadir yuragi notinch...
Uyiga kirganda uni bir inson kutib turganini ko‘rdi. (Bu Seojin emasdi)
Soyun: Ssssizzz, kkkimsizzz???
Soyun: Haa, lekin meni uyimda nima qilyabsiz??? Bu yerga qanday kirdingiz???
X: Men Park Yunning yordamchisiman. Ya‘ni otangning.
Soyun: Menda nima ishingiz bor?
X: Soyun meni gapimni yaxshilab eshit. Sen nimalar qilib yuribsan???
X: Otang seni K&S kompaniyasining o‘g‘liga turmushga bermoqchi...
X: Menda senga savollar ko‘p, ammo vaqtim oz.
Soyun: To‘xtang menga tushuntirib bering.
X: Tushuntirishga vaqt yo‘q Soyun. Avval sen menga tushuntir, sen avvalgi kuni qanday qilib Yaponiyada paydo bo‘lib qolding? Hech qanday reysda, poyezdda va hattoki mashinada ham kelmagansan, ayt qanday qilib? Va bu yerda. Bugun bu yerdasan. Men barcha ro‘yhatlarni tekshirib chiqdim. Ammo sening Yaponiyaga kelganing yo‘g‘risida biron bir reysda ma‘lumot yo‘q. Yigitlar seni u yerda ko‘rishibtiku? Ayt Soyun, gapir. Va o‘sha yoningdagi yigit, u kim edi???
Soyun: Siz bularni qayerdan bilasiz???
X: Aytdimku men otangning yordamchisiman. Soyun otangning qo‘lidan hamma narsa keladi. Hattoki u seni majburlab uzatmoqchi. Soyun, aqlingni yig‘ib ish qilgin. Bir hafta ichida senga muxlat. Otang bir haftada Xitoydan keladi. Hozir esa men ketishim kerak. Tushundingmi Soyun. — u Soyunning oldiga keldi. — Soyun, o‘ylab ish qilgin. Yokida qoch, uzoq-uzoqlarga ket...
Va u, shoshib chiqib ketdi. Soyun esa yerga cho‘kkalab o‘tirib qoldi.
Soyun: U hozir nima dediiii...😢
Uyning eshigi esa ochiqligicha qolgandi. Ahyon-ahyonda mayin shamol ichkariga kirib turardi...