November 21, 2025

With or Without you...

: 𝘚𝘦𝘯 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘣𝘰‘𝘭𝘪𝘴𝘩 𝘮𝘦𝘯 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘰𝘨‘𝘳𝘪𝘲𝘭𝘪... 𝘈𝘮𝘮𝘰 𝘮𝘦𝘯 𝘣𝘢𝘳𝘪𝘣𝘪𝘳 𝘴𝘦𝘯𝘪 𝘵𝘢𝘯𝘭𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯...

: 𝘚𝘩𝘶𝘯𝘥𝘢𝘺 𝘦𝘬𝘢𝘯, 𝘯𝘦𝘨𝘢 𝘢𝘺𝘯𝘢𝘯 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘵𝘢𝘯𝘭𝘢𝘥𝘪𝘯𝘨?...

⤿ Shunchakiy yozishni xohladim.

⤿ Author: Soyun

⤿ Bir qismli fanfic.

~~~~~~

: Aslida hammasi shundan boshlandi...

~~~~~~

Yangi tong. Maktab uchun tayyorlanishni boshladim. Endi eski maktabimga bormayman... Kechagina yangi uyga va men uchun mutlaqo notanish bo‘lgan shaharga ko‘chib keldik. Bu yerda endi eski do‘stlarim ham yo‘q...

~~~~~~

...Yangi maktabdagi birinchi kunim ajoyib o‘tdi. Hammasi joyida. Bu yerdagilar menga yaxshi muomalada bo‘ldilar. Ayniqsa Heurin. U juda samimiy va mehribon ekan. Maktabimiz 2 qavatdan iborat. Bizning sinfimiz ham ikkinchi qavatda. Faqat birgina e‘tiborimni tortgan narsa bu zal ohiridagi birinchi va ikkinchi qavatni bog‘lab turuvchi zina bo‘ldi. Negadir u yer juda qorong‘u edi... Heurin dan sababi haqida so‘radim. U:

— Bilasanmi, u yerga ko‘p borma va zal ohiridagi zinadan ikkinchi qavatga chiqish uchun hech qachon foydalanma.

— Nega? — dedim men yanada qiziqib.

— Haa, yangiliging uchun bilmaysan. U yerda 3 yil oldin qotillik ro‘y bergan. Roppa-rosa kunduzgi 2 da. Va hozirgacha, ko‘pchilik u zinadan 2-qavatga chiqishga qo‘rqadi. To‘g‘ri, politsiya bu ish bilan shug‘ullangan, ammo qotil kimligi hanuzgacha noma‘lum. Shuning uchun bu ish bir yilcha oldin yopildi. O‘lgan yigit esa biz tenggi, yosh bo‘lgan. Ismi, adashmasam Seojun edi. Agar hozir tirik bo‘lganida... balki maktabni bitirgan bo‘lardi. Mayli, yur. Darsimiz boshlanib qoldi.

Shu voqea bo‘ldiyu, bu gaplardan so‘ng ohirgi zal desa yuragim orqaga tortib ketadigan bo‘lib qoldim. Bechora yigit, kimga kerak bo‘ldi ekan, uni o‘ldirish? Nega qotil haligacha topilmagan?...

Lekin, hammasi bu bilan tugamadi...

Oradan bir oy o‘tdi. Men sinfdoshlarimni barchasi bilan yaxshi chiqishib oldim, o‘qishlarim ham yaxshi. Ohirgi zal va zina haqidagi gaplardan endi deyarli cho‘chimayotgan edim. Ahir, faqatgina o‘sha yerdan yurmasam bo‘ldiku. Ammo bugungi voqea...

...Kechikayotgan edim. Juda shoshardim. Ikkinchi qavatga chiqishim kerak, lekin ulgurmasdim. Men borishim kerak bo‘lgan xonaga o‘sha ohirgi zaldagi zinadan chiqilsa yaqinroq edi va kechikmasdim. Avvaliga ikkilandim. Maktab ichkarisiga kirguncha shu haqda o‘yladim. Keyin esa baribir, o‘sha yerdan yurishga qaror qildim. Qotillik bir necha yil oldin bo‘lgan. Ahir biron bir kishi, "bu zinadan yurgan odamni o‘ldiraman" deb poylab turmagandir!? O‘zimga shunday tasallilar berib, zinadan ko‘tarilishni boshladim. Bir, ikki, uch, to‘rt...

Biroq, zina yarmiga kelganda, bu qo‘rquvlarim butunlay yo‘qoldi. Oynadan mayin quyosh nurlari, ohista zinapoyalarga tushib turardi.

Heurin aytganday qo‘rqinchili emasdi. Shu bilan sinfimga kirdim. Darslar boshlandi. Zina meni qutqarib qolgani sabab darsga kechikmagandim.

Yana o‘sha gap, lekin hammasi bu bilan tugamadi...

Boshida, bir hafta tinchgina o'tdi. O'sha yurganim bo‘yi, bu zinadan boshqa o‘tmadim. Hayollarim chalkash edi... Ammo nimadir meni o‘sha tomonga tortaverdi...

Keyin esa, uch kun o‘tgach, o‘sha voqeadagidek, yana kechikayotgan edim. Juda shoshardim. Bu safar ham boshqa ilojim qolmadi. O‘sha zinadan yurishga majburman. Ohirgi zal tomon har qadamda yaqinlashar ekanman, yuragim juda qattiq urayotganini his qildim. Lekin, tezroq yurish kerak.

Yana o‘sha kungidek, zinapoyalardan yuqoriga ko‘tarila boshladim. Miyyamda yuz xil fikr. Tezroq ikkinchi qavatga o‘tib olsam... Lekin, bu safar, zina yarmiga yetganda, shoshilayotganim uchun kimgadir urulib ketdim. Qo‘limda kitob bor edi, uning tap etib yerga tushib ketgani eshitildi. Lekin hozir kitob haqida o‘ylolmasdim. Shu payt ahvolim qanday bo‘lganini tasavvur ham qilolmaysiz. Bir onga bo‘lsada butun hayotim ko‘z oldimdan o‘tib ketdi. Hozir huddiki kimdir meni itararib yuboradida, o‘sha yigitdek, shu zinada men ham vafot etaman...

Yonimdagi odam yerga egilib kitobni qayta qo‘liga oldi. Qaddini rostlab:

— Hoy, yaxshimisan?

Bu ovoz meni hayotga qaytargandek bo‘ldi go‘yo. Qo‘rqa-pisa unga qaradim:

— Aa... nima??

— Ahvoling yaxshimi deyman. Buncha shoshayotgan eding? Ahir hozirgina urulib ketdik. — dedi u.

Bo‘ri panjasidan qutulib qolgan quyondek unga qarab turganimni o‘sha payt o‘zim ham sezmaganman chog‘i. Yana uning ovozi eshitildi:

— Kitobing.

Uni menga uzatdi. Qo‘rqib ketganimni bildirmaslik uchun uning qo‘lidan kitobni arang oldim.

— Bu yerda yangimisan deyman, seni oldin ko‘rmagandim.

— Shunday desa ham bo‘ladi.

— Haa, ko‘rinib turibti. Sababi bu yerdagilar bu zaldan va bu zinadan yurishga jur‘at qilolmaydilar.

— Unda siz bu yerda nima qilyabsiz?

— Shunchakiy, bu yo‘l qisqaroq tuyuldi. Senchi, menimcha, kelgan kuning eshitgansan bu haqda. Ya‘ni, bu yerda bo‘lgan qotillik.

— Deyarli. Ammo menga buning sabablarini to‘liq aytib berishmadi. Va bilishimcha, qotil hali ham topilmagan.

— Haa, shunday.

— Voy, uzur, ammo men shoshayotgan edim. — dedim qo‘limdagi soatga qarab.

— Mayli, hayr. Shoshma, aytgancha, isming nima?

— Ismim? — zinadan yuqorilab bo‘lgandim. Keyin esa ortimga, unga qaradim. Pastroq ovozda: — Soyun...

— Soyun!? — u yana kulib qo‘ydi. — Ajoyib ism. Mayli, ko‘rishguncha.

— Hoy, siznikichi? — u 3-4 zinapoya pastga tushgani ulgurgandi.

— Meniki? — dedi to‘xtab. Menga o‘girilmagan holda: — Hozircha ismim X bo‘laqolsin.— keyin esa menga o‘girilib: — Ko‘rishguncha! — dedi kulib, so‘ng ko‘zini qisib qo‘ygan holda, pastga tushib ketdi. Tan olaman, uning tabassumi juda ham chiroyli edi.

Shundan so‘ng, 3 oy u zalga ham, zinaga ham qadam bosmadim. Bilmadim, baribir ko‘nglimda qandaydir qo‘rquv bor edi. Bu voqea haqda Heurin ga ham aytgandim. U ham boshqa u yerga borma deya, rosa bir nimalar dedi. Menga o‘zini X deb tanishtirgan yigitni esa, boshqa qaytib ko'rmadim. Hattoki, maktabni tugatganimda ham. Institutni bitirganimda ham... Uning yuzi va tabassumi, hali hamon yodimda qolgandi. Va o‘sha, maktabimdagi zina... Onda-sonda u haqida ham o‘ylab turardim.

~~~~~~

Chunki oradan 6 yil o‘tgandi...

~~~~~~

G‘alati tush sabab yana uyg‘ondim... Bu shu haftada uchinchisi. Tushimga yana o‘sha maktabdagi zina kiribti. Nega? Nimadir meni u yer tomon yana undayabti... Biroq, nima sabab?

O‘ylashdan foyda yo‘q edi. O‘rnimdan turib, ishga borish uchun tayyorlana boshladim.

Ish joyimga yetib keldim. Aytish esimdan chiqibtiku, maktabni bitirgach, jurnalistika sohasiga o‘qigandim, hozirda yaxshigina lavozimim, va ish joyim bor. Shahar markazida o‘z uyim bor. Oilam esa, Busan da yashaydi. Ba‘zan bo‘sh bo‘lganimda, ularni ko‘rgani boraman. Ba‘zida esa oyim bilan qo‘ng‘iroqlashib turamiz.

Mashinadan tushib, endi uni qulflash uchun kalitni bosayotganimda, yana qulog‘im chiyyillab qoldi... Bu ham juda g‘alati edi. Ohirgi 2 yildan beri shundayman... Kunning qaysidir qismida, albatta qulog'im chiyyillaydi... Bunday xodisalardan yana biri bor. Ba‘zan, bir o'zim yolg‘iz qolganimda huddiki kimdir men bilan birgadek tuyulaveradi... Kimdir menga qarab turgandek... Shunchakiy "o‘ylaganlarimni jiddiy qabul qilib yuboryapman" deya yana o‘z ishimni davom ettiraveraman.

Ishxonamga kirdim, mening ish bo‘limim 6-qavatda, u yerga liftda ko‘tarila boshladim.

Hamkasblarim 2 kishi edi, to‘g‘rirog‘i, ish boshqaruvchim Yujin xonim va birga ish olib boruvchimiz Sungwoo. Bosh direktorimiz bilan unchalik chiqishmayman.

Eshikdan kirdim:

— Salom xonim!

— Salom. Hayrli tong, keldingmi?

Sungwoo hali kelmagan ekan. Joyimga o‘tirdim.

— Bugunga nima yangiliklar? Kechagi ish bo‘yicha maqola chop etishga ruhsat berishdimi?

— Hali aniq emas...

— Shunday deng...

— Ammo, bir ish bor.

— Qanday?

— O‘z joniga qasd qilish yoki qotillik, buni politsiya ham bilmayotgan ekan.

— Qani aytingchi. — dedim ularga qarab. Bunday ishlar deyarli odatiy hol bo‘lib qolgandi.

Yujin xonim qo‘llaridagi planshetni menga uzatdilar. Qandaydir rasmlar.

— Biroq, bu haqida ko‘pchilik habar topishi kerak emas ekan. Detektiv Choi Minho bilan Heurin seni chaqirishdi va u yerda kutishlarini aytishdi. Bu ish sen va Heuringa tanishmish, yordam berolasan menimcha.

— Ahaa, ho‘sh, ho‘sh, ho‘sh... — rasmlarni ko‘zdan kechira boshladim. Bu qotillik. Ammo unda buning belgilari yo‘q edi. Keyin esa tafsilotlar... O‘qiganlarimdan hayron holga tushdim... va shu payt qulog‘imda yana o‘sha ovozni eshitdim... chiyyillagan... ko‘z oldim xiralashib, qo‘limdagi planshet stolga tushib ketdi...

— Hoy, hoy ahvoling yaxshimi? — dedi Yujin xonim, tashvishlanib. — Hozir, hozir suv olib kelaman.

Oradan 2, 3 daqiqa o‘tar ekan hammasi o‘z joyiga tushib qoldi. Ovoz ham tingandi.

— Hoy, yaxshimisan?

— Haa, yaxshiman. Men, men biroz...

— Men direktor bilan bir maqola haqida gaplashishim kerak edi. Seni yolg‘iz qoldiraman. Sungwoo ham kelib qolar. O‘zingga kelib olasan.

Yaxshi degandek bosh irg‘ab qo‘ydim.

Ular chiqib ketdilar. Men yana planshetni qo‘limga oldim. Unda Kim xonim degan ayolning o‘limi haqida... Yo‘q, meni ahvolimni yomonlashuviga ta‘sir etgan narsa bu emas edi... U yerda yozilishicha, Kim xonim Seojunning onasi... ya‘ni o‘sha maktab, zal, va o‘sha zinada sodir bo‘lgan hodisadagi yigit... U yerda Seojunning ham rasmi bor edi. Men... men rasmga qarab hayron qoldim. Chunki bu o'sha men bilan to'qnashib ketgan, va o‘zini X deb tanishtirgan yigitning rasmi edi... Ammo qanaqasiga? U... u ahir o‘lgan ekanku... Men unda, qanday qilib u bilan urulib ketdim? U qanday qilib menga kulib qo‘ydi?... Qanday qilib biz gaplashdik?... U bilan bo‘lgan suhbatim kechagidek yodimdaku ahir...

Yana, qo‘limdagida yozilishicha, Kim xonimning o‘limi Seojunnikiga ham bog‘liq degan shubha bor ekan. Shu sabab bu ish yana qayta ochiladi!

Yuragim tez urib ketdi. Chuqur-chuqur nafas oldim. "Qanday qilib?" degan savol miyyamda haligacha aylanib yurardi...

Keyin esa Heuringa habar yozdim, bu ish haqida gaplashib olishimiz kerakligini u ham aytib, ko‘rishadigan joyimiz manzilini tashlab qo‘ydi.

Tugatishim kerak bo‘lgan bir maqolani ohiriga yetkazdim. U bugungi kechki yangiliklarda e‘lon qilinadigan habar edi. Keyin esa menejerga uni topshirib, Heurin bilan ko‘rishgani yo‘l oldim.

Heurin yoshligidan detektiv bo‘lishni orzu qilar ekan... va maktabni bitirgandan so‘ng, bu orzusini ushaltirdi. U eng yaqin do‘stim. Deyarli har hafta ko‘rishib turamiz.

~~~~~~

Havo biroz bulutli. Belgilangan joyga yetib keldim. Ichkarida chiroqlar... va bu yer juda shoxona restoran ekan...

O‘tirganlar orasidan Heurin ni ko‘rgach, u tomon yura boshladim. Qo‘lida telefon.

— Salomlar.

— Salom. Va nihoyat, kelding.

Gapni ko‘p cho‘zib o‘tirmadik...

— O‘sha maqolani ko‘rdingmi?

— Ha... Ko‘rdim.

— Biz maktabimizga yana qaytishimiz kerak. Seojunning ishini fosh qilmasdan oldin, Kim xonimning o‘limi sababini topolmaymiz.

— Yana o‘sha zina demoqchimisan?...

Unga aytmadim... Ya‘ni Seojun... men bir necha yillar oldin o‘sha zinada urulib ketgan odamim, aslida bu dunyodan ko‘z yumgan, allaqachon o‘lgan yigit ekanligi haqida... Heurin ga aytmadim...

— Bilaman, sendagi holatlar g‘alati, masalan, qulog‘ing chiyyilashi... boshqalari... Lekin bu ishda sening yordaming kerak. — dedi u menga tikilib.

To‘g‘risi, xohlamayotgan edim. Baribir, ko‘nmasdan ilojim yo‘q edi.

— Mayli, roziman. Qachon boshlaymiz?

~~~~~~

Bir haftadan so'ng.

~~~~~~

Nihoyat, uyimga keldim... Juda charchadim... Ishlar, maqolalar... Shu 1 hafta ichida nimalar bo‘lmadiya... Heurin bilan maktabimizga bordik, surushtirdik. O‘sha zina oldiga borganimizda... yana qulog‘im chiyyilladi, ko‘z o‘ngim xiralashib ketdi. Zinadan chiqolmadim, hattoki unga qadam ham qo‘yolmadim...

Divanga o‘tirdim. Sumkamni stol ustiga tashladim. Hamma narsani boshidan boshlab o‘ylashga tushdim... Nega o‘shanda u zinada Seojun ni ko‘rdim?... Nega aynan men ko‘rdim? Nega 6 yildan keyin ham bu unutilmadi??? Nega qulog‘im chiyyillaydi? Nega bu qotillik hali ham to‘lig‘icha isbot bilan aniqlanmagan?...

Yana o‘sha holat, meni kimdir kuzatib turgandek...

— Bo‘ldi, sabr kosam to‘ldi. — dedim huddiki uyimda mendan boshqa odam bordek...

— Bari axmoqonaaa. Seojunmish. Nima men unda 6 yil oldin uning arvohini ko‘rganmanmi???

Uy jimjit... Ahir faqatgina men yashaydigan uyda, yana kim ham bo‘lishi mumkin?...

— Qo‘rqinchli... — kreslo suyanchig‘iga o‘zimni tashladim. Asablarim charchabti... Miyyamda yana ming xil ahmoqona fikrlar. — Ufff... Agar Seojun, arvoh bo‘lsang, va hozir shu yerda bo‘lsang, biron nima qilib, belgi ber.😒

Uy yana jimjit. Ohirgi aytgan gapim o‘zimga ham g‘alati tuyulib ketdi.

— Nima, aljirayabmanmi? Qanday ahmoqona gap bo‘ldi. Arvohlar mavjud emasku. Yo‘q, shoshma, unda men o‘sha zinada kimni ko‘rganman? Ufff... Charchab ketdim. Bu ish ham osonlikcha ochilib qo‘ya qolmadi. — boshimni qo‘limga tirab, o‘ylashni boshladim... — O‘ylasam ham, nimani o‘ylardim, arvohlar haqidami?...

Bu gapimdan keyin, balki tasodifdir... Uydagi chiroqlarning bari o‘chib qoldi🥶

— Yo, Xudoyimmm, bu nimasi? — dedim telefonimning chirog‘ini yoqa turib. Uy nimqorong‘u. — Elektrga nima bo‘ldi? Shu yetmay turgandi o‘zi!

Telefondan elektr ta‘minotimga qaradim, qarzdorlik yo‘q... derazadan tashqariga qaraganimda qo‘shni uylarning chiroqlari yoniq edi. Bunday holatda arvohlar haqida o‘ylab o‘tirgan odam qanchalar qo‘rqishini tasavvur qiling... Tanam muzlab qolgandek tik qotib qoldi...

Ikki, uch daqiqa o‘tar-o‘tmas chiroq yondi.

— Yuraklarimmmm... — yana divanga o‘tirdim. Nihoyat bemmalol nafas oldim. — Shu paytda o‘chganini...

Asosan, bu xonani mehmonxona sifatida ishlataman, lekin baribir ko‘p mehmon kelmaydi menikiga. Xona o‘rtasida stol, uning atrofida kreslolar, men o‘tirgan o‘rindiq, ortimda ko‘cha tarafga qaragan deraza, unga pardalar osilgan, xonalarni bir-biriga bog‘lovchi yo‘lak yonidagi devorda suratlar, chap tarafda esa ikkita shkafcha, ustida terib qo‘ygan ramkadagi rasmlarim, estalik sovg‘alar, guldon, suviner o‘yinchoq va haykalchalar turardi.

O‘sha yerga qaraganimdagina, bir ramkadagi rasmni qo‘liga olib, uni bemmalol tomosha qilib turgan odamni ko‘rdim. O‘tirgan joyimda qotib qoldim, yuragim shu qadar tez urganidan, duk-duk qilishini bemmalol eshitsangiz bo‘lardi...

— Sssssssen kimsaaaan???

Qaltiray boshladim... ovozimda ham qaltiroq bor edi...

U menga o‘girilmadi. Qo‘lidagi rasmni u qo‘lidan bunisiga olib:

— Chiroyli... Bu yoshligingmi? Menimcha hozir ham shundaysan.

Tanish ovoz... Men indamadim, gapirolmasdim ham... Go‘yoki tanam menga bo‘sunmayotgandek... Lekin u menga qaraganida, yo‘q, shunchakiy yuzini ko‘rganimda... o‘sha tabassum... Be ixtiyor o‘rnimdan turdim.

— Sssssen

— Kechir, ammo buni oldinroq aytishim kerak edi... — yana rasmlarni tomosha qilishda davom etdi.

— Hhhhhoy, bas qil. Bbbbbunday xazillashma...

U indamadi...

— Men ssenga aytyabman!

Yana javob kelmadi.

— Yo‘q, men aqldan ozyabman shekilli. Bu, bu hammasi shunchakiy o‘y-hayollar. Bu yerda hech kim yo‘q. Ahir bu uy meniki. Shunchaki o‘sha Seojun haqida ko‘p o‘ylab yubordim.

Mehmonxonani tark etib oshxonaga bordim. Bir stakan suv ichdim. Idishni ushlagan qo‘llarim ham qaltirab turardi. Uni stol ustiga qo‘ydim.

— Yo‘q, Soyunnnn, o‘zingga kel. Bu, bu shunchakiy hayol holos. U yerda hech kim yo‘q edi.

O‘zimda kuch to‘plab, yana o‘sha xonaga bordim. Hech kim yo‘q... Rostdan ham hech kim yo‘q. Vujudimni qaltiroq tutdi...

Qattiq qo‘rquvdanmi, boshim aylanib ketdi. Devorni ushlab, unga suyanib qoldim. Butun uydagi narsalar ko‘z o‘ngimda harakatlana boshladi. Keyin esa atrof qorong‘ulashdi. Uyog‘ini eslay olmayman...

~~~~~~

Cho‘chib uyg‘onib ketdim. O‘z joyimdaman, o‘z xonamda. Derazadan quyosh nurlari tushgan...

— Yo Xudoyimmm... — dedim yana joyimga yotar ekanman. — Bu hammasi tushmidi hali?...

Bugun yakshanba, Heurin menikiga keladi. Kim xonimning ishi bo‘yicha izlanamiz... Men ham bir dunyo hujjatlar topib qo‘ygandim.

Istamaygina o‘rnimdan turdim. Kechagilarni eslab qo‘rqibgina uydagi barcha xonalarga qarab chiqdim. Ayniqsa mehmonxonam. U yerda sumkam bor edi holos, telefonim uni ichida. Lekin kecha telefonimni olgandimku?... Oshxonaga bordim, kecha qo‘ygan stakanim joyida yo‘q, ya‘ni stol ustida emasdi...

— Rostdan ham tush ekan...

Yengil tortdim. Shunaqangi quvondimki... asdi qo‘yaverasiz...

Soat 9 larga yaqin Heurin keldi.

— Salomlar.

— Nihoyat keldingmi!?

Qog‘ozlarni stol ustiga yoyib, ishni boshladik.

— Yaxshi uxlamadingmi, ko‘zlaring qizargan?

— Yo‘q, shunchakiy yomon tush ko‘rdim.

— Shu ishni ham tezroq hal qilsagu...

— To‘g‘ri... Detektiv Minhon nima dedi?

— Umi, u o‘sha kamera vidyolari bilan ovvora... Yaxshiyamki sen borsan, menga yordamlashadigan, jamoadoshlarimiz boshqa ish bilan band.

— Menda ham doimgidek, maqola yoz, xatosini to‘g‘irla, kechki dasturlar... Sening ishing ba‘zida qiziqroqdek...

~~~~~~

2 ta qahva tayyorladim, ishga shong‘ib ketdik.

Seojun. Onasi Kim xonim, otasi vafot etgan. Oddiy oilada yashashgan. Dushmanlari ko‘p bo‘lmagan. Lekin nega u o‘ldirilgan? Uning rasmini ko‘rgan joyimda kechagi voqea ko‘z oldimdan o‘taverdi... Negadir qo‘llarim muzlab qoldi...

Oradan ikki yarim soat o‘tdi.

— Qorning ochmadimi? — dedim men.

— Yo‘q, tushlik vaqti bo‘lgani ham yo‘qku. Buni qara. — dedi noutbukdan bir nima ko‘rsatib. — Seojunning otasi haqida. Shuncha izlaganlarim...

U yerda yozilishicha, uning otasi oddiygina kemada ishlovchi ishchi bo‘lgan. Ish manzili, qaysi bandargohligi aniq yozilgan. O‘qib chiqdim.

— U yerga borishimiz kerak. — dedi Heurin.

— Yaxshi, qachonga? — dedim qahvadan bir ho‘plab. Shunda qarshimdagi devorga qaradim. Yo‘q... bu yana u edi... Oldimizda, devorga suyanib turardi... Tanam yana muzlab qolgandek...

— Hhhhhheurin... — dedim ovozim titrab. O‘sha tomondan ko‘z uzmay.

— Nima deysan? — dedi u noutbukdan boshini ko‘tarib. Keyin esa men qaragan tomonga qaradi.

— Sen ham ko‘ryabsanmi? — dedim yana.

— Nimani?

Ko‘zlarimdan yosh sizib chiqdi.

— Ko‘ryabman deb ayt, ahir ana... U o‘sha yerda turibdiku.😭 — dedim bu safar qo‘lim bilan ko‘rsatib.

— U meni ko'rolmaydi. — dedi o‘sha menga tanish ovoz...

Bir nuqtaga termulib turganimni ko‘rgan Heurin yelkamdan ushlab, biroz silkitdi.

— Hooy, nimalar deyabsan? Ahvoling yaxshimi? Nega yig‘layabsan? Hoy, hoy, Soyunnn, Soyunnn dedim, Soyun...

Yana xushimdan ketdim...

~~~~~~

O‘zimga kelganimda, tepamda Heurin turardi. O‘z xonamdaman...

— Yaxshimisan?

Bosh irg‘ab qo‘ydim.

— Qo‘rqitib yubordingku.

Soat 14:52 ekan...

— Qorning och emasmi? Nima yeysan?

— Yo‘q, hozircha hech nima. Seni ham qo‘rqitib yubordimmi... O‘zingchi, tushlik qildingmi?

— Ha, mendan xavotir olma.

Bir soat o‘tar, o‘tmas u ketdi.

— Yaxshiligingga ishonching komilmi?

— Haa, yaxshimankuu, yaxshi bor.

Yana uyda o‘zim qoldim. Hammasi kundek ravshan edi. Endi nima qilish haqida o‘ylardim.

Oshxonaga kirdim. U yerda ham ovqatlanishga mo‘ljallangan 4 kishilik stol bor edi. Bir stulga o‘tirdim. To‘g‘ri, keyingi aytgan gaplarim g‘alati...

— Men shunchakiy sen bilan gaplashib olmoqchiman holos. Boshqa hushimdan ketmayman, qo‘rqma. Senga ham ziyon yetkazish niyatim yo‘q. Menga barini tushuntirib bera olasanmi?

Ikki, uch daqiqa o‘tdi... Keyin esa qaraganimda, u oshxonaga kirish eshigi oldida turardi.

Ko'zimdan yana yosh oqdi... bilmadim nega...

— Bu yerga kelishing mumkin. — qarshimdagi stulni ko'rsatdim.

— Rostdanmi?

— Haa, kelaver... — yuzimdagi yoshlarni artdim.

U kelib o‘sha yerga o‘tirdi.

— Men seni rostdan ko‘ryabman, shundaymi?

— Shunday...

— O‘sha, zinada urulib ketganimiz... Unda ham seni ko‘rgandim, to‘g‘rimi?

— To‘g‘ri.

Ko'zimdan oqayotgan yoshlar to'xtamayotgan edi...

— Lekin qanday qilib?😭 Sen rostdan ham arvoh bo‘lsang, unda nega seni ko‘rolyabman😭 Nega bu yerdasan?

— Chunki, men seni tanladim... Kechir agar bu seni ranjitsa, kechir... Ammo menga rostdan ham yordaming kerak... — dedi u g‘amgin ovozda...

Oraga sukut tushdi, u jim, aybdor kishidek yerga qarab turardi, men esa yig‘lab o‘tiraverdim... Savollarim to‘lib ketgandi. Bunday o‘tiraverishdan foyda yo‘qligini bilardim, keyin esa baribir o‘zim gap boshladim.

— Mmmendan boshqa... yana kimgadir ko‘ringanmisan? Ya‘ni, o‘sha zina... haqida aytyabman...

— Yo‘q...

— Boshqa odamlarga ko‘rinolmaysanmi?

— Agar istasam bu mumkin...

— Unda nega faqat men seni ko‘rolyabman?🤧 Nega Heuringa ko‘rinmading?

— Chunki istamadim...

— Nega???

— Sababi... Men tanlagan inson sensan. Bu yerga seni qo'rqitish yoki yig‘latish uchun emas, sendan yordam so‘rab keldim...

— Qanday yordam?

— Onamning vafoti haqida bildingku, to‘g‘rimi? Bugun ham do‘sting bilan bu ishni qayta ko‘rib chiqdinglar. Senga buni aytishim kerak, aslida men o‘sha zinadan birinchi bora yurgan kuning, seni ko‘rgandim. Ikkichisida esa sen bilan urulib ketdik. Oradan 6 yil o‘tgan bo‘lsa... har doim seni kuzatib keldim... Buning belgilari bo‘lar ekan, masalan qulog‘ing chiyyilagani, bir o‘zing yolg‘iz qolganingda o‘zingni kimdir kuzatayotgandek his qilganlaring... bu men edim. Seni tanlaganim boisi... menga yordam berolasan, bunga ishonchim komil. Men haqimda ham eshitgansan, o‘sha zinada vafot etganim... vaqtimiz yetarli bular haqda so‘zlab beraman, faqat sendan iltimosim, o‘sha oilamni o‘ldirgan insonlarni topishga yordam ber. Keyin... keyin esa, men ketaman. Seni butunlay tark etaman...

— Sen doim men bilan birga bo‘ldingmi??

— Juda emas, kechir, bundan jahling chiqmasin. Ishda, o‘qishda, avtobusda, mashinada... hullas sen bilan bo‘ldim.

— Agar o‘sha qotilni jazolasak, ketasan to‘g‘rimi...

— Ha...

~~~~~~

O‘sha kundan boshlab, bizning hikoyamiz yaratila boshladi... U deyarli doim men bilan edi, men bilan yurardi. Faqatgina atrofdagilar uni ko‘rilmasdilar holos. Qizig‘a, yoningda arvoh bo‘lsa... To‘g‘ri, bunga ko‘nikishim qiyin bo‘ldi. Lekin endi hech qanday qo‘rquv menga xavf solmasdi. Seojunga ishonardim... Doim u ko‘rinishidan oldin qulog‘im chiyyillardi, faqat oldingidek emas, ozginagina holos.

~~~~~~

Shunday qilib oradan kunlar o‘tadi. Seojun arvoh bo‘lsada, Soyun undan yordamini ayamadi. Tez orada ular yaxshigina do‘stga aylandilar.

...Heurin va Soyun Seojunning otasi ishlagan joyga borib, so‘rab surushtirdilar. Seojun ham ular bilan edi. Oradan 6 hafta shu yo‘sinda o‘tib ketdi. Qotil ham tutquch bermasdi.

Bir kuni sayrga chiqqanlarida, Seojun Soyunga o‘tmishi haqida, nega o‘lgani... esida qolgan barchasini aytib berdi. Bu ketayotgan tergovning biroz bo‘lsada tezlashishiga yordam berdi. Zina videokamerasidagi yozuvlar topilmadi, ammo bizning qahramonlarimiz boshqa bir dalillarni qo‘lga kiritishga erishgandilar.

...Keling, yana boshiga qaytamiz. Aslida voqealar ketma-ketligi qanday edi?

Seojunning otasi dengizdagi bir bandargohda ishlar edi. Janob Kim juda sodda va rahmdil inson bo‘lgan... U oddiy yuk tashuvchi edi. Biroq doim ishini halol va chin ko‘ngildan qilardi.

Yoz kunlarining birida, ertalab sahar chog‘i, Janob Kim doimgidek ish joyiga keldi. Mayin esgan shabboda, dengiz havosini sohil bo‘yiga ufurib turardi. Bir yuk ortilgan qutining qopqog‘i sinib, qiya ochilib qolibdi, Janob Kim o‘sha yukni tuzatish uchun uni ochdi. U shuncha yildan beri bu yerda ishlayotgan bo‘lsa, doim yuklayotgan qutilarida chet eldan keltirilayotgan maishiy asbob-uskunalar bor deb o‘ylardi. Yo‘q, bunday emas ekan... Qutilardagi qora dori edi...

Janob Kim bir zum o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Nima qilish haqida o‘ylaydi. Keyin esa eskirib ulgurgan, ammo unga ancha yillardan beri xizmat qilib kelayotgan mashinasiga o‘tirib, politsiya idorasi tomon haydaydi. Biroq... Yo‘q, u yetib kelolmadi... Chunki qora dori egalari bu qimmatbaho mollarini qo‘riqlash uchun o‘z kallakesarlaridan ikkitasini poyloqda qoldirgandilar. Janob Kim esa ularning qurboni bo‘lgandi. Birgina otilgan o‘q... ammo bu baxtsiz hodisa, avtohalot sifatida hulosa qilindi va tergov o‘sha yili yopildi. Afsus... O‘sha kuni sana 7-avgust edi...

Barchasi endi oydinlashayotgandi. Bular haqida bilganda Soyunning ham ko‘zlariga yosh kelgandi...

Endi Seojunning vafoti haqida.

...Janob Kim o‘sha kuni huddiki o‘lishini bilgandek — bir varoq qog‘ozga ko‘rgan, bilgan voqealarini yozib, ustidagi kiyiminining ichki cho‘ntagiga soladi. Uning vafotidan so‘ng, marhumning buyumlari oila a‘zolariga topshiriladi. Seojun o‘sha varoqni topib oladi... Davomi sizga ayon, uni maktabida, o‘sha zinada itarib yuborib, o‘ldirishadi...

Turmush o‘rtog‘idan ayrilgani yetmagandek, o‘g‘lining ham vafoti Kim xonimga juda qattiq ta‘sir qiladi. Politsiyadan foyda yo‘qligini bilgan Kim xonim endi ishga o‘zi kirisha boshlaydi. Seojunning maktabiga borib, necha martta direktordan o‘sha kamera yozuvlarini so‘raydi, yig‘laydi, yalinib yorvoradi... Bundan ham foyda bo‘lmaydi. Oradan 9 yil o‘tgach, Kim xonim bir kuni o‘sha bandargohda qora dori savdosini olib borayotgan ikki kimsani ko‘rib qoladi. Ammo... uni sezib qoladilar va Kim xonim ham, huddi Janob Kimdek, 7-avgust kuni vafot etadi...

Bu ishlarning boshida esa Han Daon ismli bir inson turibti.

~~~~~~

Kuzning uchinchi oyi ham boshlangandi... Daraxtlarning barglari ham sarg‘aygan edi.

...Biz detektiv Minhon bilan reja tuzdik. Nihoyat, 9-yil avvalgi jinoyatlar ham endi o‘z jazosini olmay qolmaydi. Bu ertaga amalga oshadi, ularning, qora dori sotuvchilarning manzilini aniqlagandik, faqatgina dalillar bilan qo‘lga tushurish qoldi. O‘sha Han Daon ham tez orada panjaralar ortiga tushadi.

Hozir esa biz Seojun bilan sarg‘ish daraxtlar orasida yurib borardik. Bir o‘rindiqqa kelib o‘tirdik. Albatta, ko‘rgan odam meni o‘zi bilan o‘zi gaplashyabti deb o‘ylashi mumkin, ammo yonimdagi suhbatdoshimni faqatgina o‘zim ko‘rolardim...

(Biz)

— Rostdan ham buni qilmoqchimisan?

— Nimani? Haa, jinoyatchilarni qo‘lga tushurishda yordamlashishim haqidami? Agar dalillar bo‘lmasa, ular osongina qutulib qolishadi...

— Agar ular sizga ham ziyon yetkazishsachi?...

— Qo‘rqmasangchi, ahir sen ham u yerda bo‘lasan.

— Albattada, seni yolg‘izlatib qo‘yarmidim.

Kulib qo‘ydim.

— Nihoyat 2 yarim oy deganda ularni kimligini aniqladik. Hoy, menga qara... Keyin... bu ishlar tugagandan so‘ng ketasanmi?

— Ha...

Jimib qoldim. Bilmadim, ammo ohirgi paytlar bu haqida o‘ylab yuragim siqilayotgandi...

— Nimadir bo‘ldimi? — dedi u.

— Yo‘q, shunchakiy... arvoh do‘stimga o‘rganib qolibman😁

— Shunday de. — deb u ham kuldi.

— Umid qilamanki ertaga hammasi hal bo‘ladi.

~~~~~~

Rejaga ko‘ra biz tunggi soat 3 larda giyohvadlar qarorgohiga borishimiz, ulardan qora dori olishimiz kerak edi. Ya‘ni men va Heurin. Bu payt maxfiy xizmat agentlari yetib kelib, jinoyatchilarni qo‘lga olishardi.

Uni amalga oshira boshladik. Seojun ham yonimda edi, uni faqat men eshitardim.

— Agar biron nima bo‘lsa, men yordam beraman, xavotir olma.

Havo sovuq edi, shunga biroz titrardim, yo‘q, bu qo‘rqqanimdan emasdi. Chunki ustimizga ko‘cha qizlari kiyadigan qandaydir g‘alati, ekirgan, to‘q rangli kiyimlarni kiyib olgandik. Albatta niqoblanish uchun.

Hammasi yaxshi ketayotgandi. Ammo ichkariga kirganimizda bittasi eshikni qulfladi.

— Endi yurishimiz mumkin, dorilar ichkarida, pul qani? — dedi u.

Reja 80% amalga oshgandi.

Maxfiy xizmat agentlari eshikni taraqlatib ochganlarida ish biroz chappasiga ketib qoldi holos. Deyarli otishma boshlandi. Aslida bu rejada yo‘q edi, qani endi eshik qulf bo‘lmaganda. Biz Heurin bilan tashqariga yugurdik. Ammo shu payt boya eshikni qulflagan odamga ko‘zim tushdi. U bir pana joydan menga qarata o‘q uzdi... Ko‘z oldim qorong‘ulashib yerga yiqildim. Ohirgi eshitgan narsam aralash quralash o‘q ovozlari orasidan Seojunning ismimni aytgani bo‘ldi...

~~~~~~

Ko‘zimni ochganimda kasalxonada edim... Qandaydir notanish muzdek qo‘llar qo‘limni ushlab turardi... Bu Seojun ekan. Atrofga bir ikki ko‘z yugurtirib chiqdim. Ohirgi voqealarni esladim. U... u yig‘layotgandi... bilmay qolibman, keyin e‘tibor berdim...

— Hoy, yig‘layabsanmi? — dedim past, holsiz va siniq ovozda. O‘q yeganim esimga keldi, ha... og‘riyabti... Qandaydir apparatlar ham ulab qo‘yishibti qo‘llarimga. — Nima arvohlar ham yig‘laydimi? — dedim yana davom etib.

U menga yosh to‘la ko‘zlari bilan qaradi, keyin esa o‘rnidan turib, quchoqlab oldi.

— Bilasanmi men qanchalar qo‘rqib ketdim😭🤧🫂

— Hooy, og‘riyabti! — dedim e‘tiroz bildirib.

U tezda meni qo‘yib yubordi.

— Aa, kechirasan...

— Qo‘llaring muzdek ekan.

— Nima bilmaganmiding?

— Ularni ushlab ko‘rmagan bo‘lsam qanday bilaman?😒

— Bo‘ldi, yetarli. Hali ham o‘zgarmagansan. O‘zingni qanday his qilyabsan?

— Deyarli yaxshi. Nima bo‘ldi o‘zi? Yodimda qolgani faqatgina o‘sha otishma.

— Kechir, o‘sha otishmada anavi o‘q otganni bunday qilishiga to'sqinlik qilishim kerak edi. Lekin xavotir olma, ularni hammasi hozir qamoqda. Bir haftadan keyin sud.

— Juda yaxshiku...

— Seni operatsiya qilishdi. 4 kundan beri o‘zingga kelganing yo‘q edi... Heurin har kuni keldi.

— Lekin, arvohlar ham yig‘lashini endi bilishim. — dedim kulib. — Men seni allaqachon ketgansan deb o‘ylagandim.

Dabdurustdan eshik ochilib hamshira kirib keldi.

— Yo Xudoyimm. — dedi quvonib. — Hayrli tong. O‘zingizga keldingizmi?

— Salom...

— O‘zingizni qanday his qilyabsiz?

— Biroz og‘riyabti...

— Hozir bosh shifokorni chaqiraman. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

...Heurin kelib, quvongandan quvonib kechgacha yonimda bo‘ldi. Ertasiga detektiv Minhon bir ikki o‘sha ishda ishtirok etgan harbiylar bilan kirib keldi. Ular mening bu holga tushganim uchun uzooq uzur so‘rashdi. Ish zararlarsiz bitishi kerak edi... Buni o‘z xatolari deb atashdi. Ammo bu shunchakiy bir baxtsiz hodisa ekanligini tushuntirib, uzurlarini qabul qilgan holda ularni jo‘natib yubordim.

Detektov Minhonning aytishi bo‘yicha bu bir jasorat emish. Sud ishiga ham albatta borishim kerakligini aytdi. Endi men yaxshi ovqatlanishim va payshanbagacha tuzalishim kerak.

~~~~~~

Kasalxonada deyarli zerikkanim yo‘q edi, Heurin har kuni kechki 8 larda ketardi. Keyin esa Seojun bilan bir nimalar haqida gaplashib, uxlab qolardim. Hattoki arvohlar ham mehribon bo‘lar ekan...

Bugun Payshanba. Sud zaliga Heurin bilan kirib keldik. Biz guvoh sifatida kelgandik. O‘q tekkan joyi hali to‘liq bitmagandi, ozgina og‘ritardi. Lekin chidasa bo‘lardi. Seojun ham shu yerda edi. Faqat, uni men ko‘rolyabman holos...

Sud ancha davom etdi. Men biroz havo almashtirgani tashqariga chiqdim. Seojun ham chiqqandi.

— Yaxshimisan?

— Haa, ichkari juda issiq ekan...

~~~~~~

Sud o'z nihoyasiga yana 2 haftadan so‘ng bitdi. Bu payt to‘liq tuzalgandim. Jinoyatchilarning hech biri qutulib qololmadi. Han Daon bulardan habar topgach chet elga ketgan ekan. Uni ham chet el politsiyasi qo‘lga oldi. Ularning bariga bir umrlik qamoq jazosini berishdi. Ba‘zi gunohi og‘ir, faqatgina qo‘riqchilik qilganlarini 25-27 yilga deyishdi. 9 yil deganda, nihoyat adolat qaror togandi. Seojun ularni kechirdi deb o‘ylamadim, ahir oilasini barbod qilishdi. Ammo u ham chiqarilgan bu hukmlardan mamnun edi.

~~~~~~

Bugun yaxshanba. Kech tushishiga ozgina qolgandi. Ertaga qishning birinchi kuni... Shu payt Seojun aylanib kelish taklifini berib qoldi. Men ham yo‘q demadim. Boshimizdan nimalarni o‘tkazmadik ahir. Havo bulutli, yomg‘ir yog‘aman deb turardi. Ko‘chaga chiqdik.

Uzoq vaqt jim yurdik. Atrofda odam kam edi. Ko‘nglim qandaydir noxush narsani sezgandek yurgim kelmayotgandi.

— Menga yordam berganing uchun katta rahmat. — dedi nihoyat u.

— Men ham hursandman, ya‘ni sen bilan tanishganimga.

— Menimcha yomg‘ir yog‘sa kerak...

— Lekin soyabon olmadikku.

— Bu seni muammoying, menga baribir u kerak bo‘lmaydi. — dedi kulib.

Men indamadim. Yana qayerlargadir bordik, nimalarnidir gaplashdik. Quyosh botib bo‘lgandi.

— Endi uyga qaytishimiz kerak, quyosh botibti. Ertaga esa men ishga boraman...

— Shu yerda to‘xtaylik. — dedi u. Biz 2 ta yo‘l kesishgan joyda qurilgan do‘kon oldida to‘xtagandik. Deyarli mahalla o‘rtasida desa ham bo‘ladi, atrof yo‘l, do‘kon va bir qavatli uylardan iborat edi.

— Nega? — dedim unga qarab. Uning ko‘zlari yerga qadalgandi.

— Bizni birinchi uchrashuvimizni eslaysanmi?

— Ha. — dedim men. — O‘sha kunni esdan chiqarish mumkinmi!?

— Men... aytmoqchimanki...

— Nima demoqchiligingni bilaman. — dedim ko‘zlarimdan yoshlar tomib. — Iltimos, unday qilma...

— Ahmoqvoy, nega yig‘laysan? — deb u ko‘zyoshlarimni artdi. Men esa yig‘lashdan to‘xtolmayotgandim...

Bir-birimizga biroz qarab turdik...

— Men, endi buni senga aytishim kerak... O‘sha zinadan ilk bor yurganingda... Birinchi bor uchrashganimizda... Men... men seni sevib qolgandim. — dedi u...

— Seojun...😭

U meni quchoqladi... Sochlarimdan silab yupatayotgandi... Yo‘q, yig‘lashdan tiyilolmayotgan edim... Sababini bilmayman... Huddiki yaqin insonimni yo‘qotayotgandekman😭

— Bo‘ldi, yig‘lamaa... — ovozidan bildimki, uning ham ko‘zlari yoshlangan, bo‘g‘ziga bir narsa tiqilgandek edi...

Shu holda 3, 4 daqiqa turdik.

U meni bag‘ridan bo‘shatib, ko‘zlarimni artdi. Yo‘q, uni hali ham qo‘yib yubormagandim, buni istamasdim...

— Kechir, buni hozir aytayotganim uchun...

— Yo‘q, sen ketolmaysan, men seni ketishingni xohlamayman.😭

— Soyunimmm...

— Bo‘ldi qil, bunday gaplarni gapirma...

— Ammo... men seni baxtli qilolmayman... Chunki allaqachon, 9 yil avval bu olamdan ko‘z yumib bo‘lganman🥲

— Menga hech narsa kerak emas, sen shu yerda bo‘lsang bo‘ldi.

— Bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki men arvohman... Ketish vaqtim yetdi.

— Seojun😭 Men... men sensiz qanday yashayman😭

U jim qoldi.

— Men ketgach, ortiq qulog‘ing chiyillamaydi...

— Yo‘q, qayerga ketasan😭

U asta sekin yo‘qolib bora boshladi.

— Yo‘q, yo‘q, Seojun, Seojun😭

U qo‘llarimdan ushladi. Bu ohirgisi edi...

— Boshida ham aytgandimku senga, o‘sha jinoyatchilarni qo‘lga olgan kunimiz, seni tark etaman deb. Sen ham rozi bo‘lganding. Esingdami?...

Shu payt osmondan tomchilar tushib, yomg‘ir yog‘a boshladi...

— Lekin u paytlari men... men seni sevib qolaman deb o‘ylamagandim😭 Seojun... ketma...

— Kechir... men buni bilmasdim....

— Sen ham kechir, buni senga endi aytayotganim uchun😭

— Ammo men ketishim kerak. Vaqt bo‘ldi... Lekin... agar imkoni bo‘lsa sening hayotingga boshqa inson ko‘rinishida kirib kelishim mumkin... Uni qanday qilib taniyman desang, u bilan uchrashganingda yana quloqlaring chiyyillaydi.

— Seojun😭

— Alvido🙂

Uning ohirgi aytgan gaplari shu bo‘ldi... Qo‘llarimni ushlagan muzdek qo‘llarni endi his qilmayotgan edim. Yig‘lab, yerga o‘tirib qoldim.

— Seojun😭

Bu safar hech qanday javob kelmadi... Ko‘zyoshlarim yomg‘ir tomchilariga aralashib ketayotgandi... Shunda qarshimda turgan bug‘langan do‘kon oynalarida quyidagi yozuvlar yozila boshladi...

O‘sha yerda uzoq yig‘lab o‘tirdim... Bu men uchun hayotimdagi eng katta yo‘qotish bo‘ldi...

Ertasiga ertalab uyg‘onganimda hamma joy oppoq qor bilan qoplangan edi...

~~~~~~

Oradan 1 yil o‘tdi...

~~~~~~

Kech tushay degandi.

— Ketyabsabmi?

— Ha.

— Mayli, yaxshi bor.

...Shu yo‘sinda boshqaruvchim Yujin xonim bilan hayrlashib tashqariga chiqdim. Bugun men uchun og‘ir kun... Chunki... Seojun bilan ayrilganimizga bir yil bo‘ladi... Bir yil men uchun huddiki 10 yildek o‘tdi... uni unutish oson bo‘lmayotgandi...

Tashqariga chiqqach, zo‘rg‘a tiyib turgan ko‘zyoshlarim ko‘zlarimdan shashqator bo‘lib oqa boshladi. Chunki... qor... qor yog‘ayotgandi. Birinchi qor...

...Yig‘lab-yig‘lab qabristonga bordim... Arvoh do‘stimning qabriga... Rostdan ham u ketganidan beri quloqlarim ortiq chiyyillamagandi...

— Qara, yana qish keldi... Birinchi qor... — dedim uning yoniga o‘tirar ekanman. — Menga bir dunyo xotiralarni qoldirib ketding... O‘zingchi? Nahotki o‘zing ham qaytishni istamayotgan bo‘lsang... G‘alati, to‘g‘rimi... 10 yil oldin o‘lgan inson bilan suhbatlashib o‘tirgandek ko‘rinishim. Lekin sen... sen kechagidek yodimdasan. — biroz jimib qoldim. — To‘g‘risini aytganda, arvoh bo‘lgan bo‘lsang ham... seni sog‘indim... kulishlaringni, muzdek qo‘llaringni... Aytganingdek, ko‘nikdim. Ahir sen... o‘lgan eding🤧🥀🥲

Bir soatcha u yerda qolib, keyin esa uyimga ketdim.

~~~~~~

Biz ko‘p hollarda yonimizda bor narsalarga e‘tibor qaratmaymiz, yoki kerakli insonlarga kerakli paytda aytmoqchi bo‘lgan gaplarimizni aytolmaymiz. Ulardan ayrilganimizda yoki ularni yo‘qotganimizda, bir umrga afsuslanib qolaveramiz...

U — men bir umrga sevgan yagona inson edi... Lekin shu yo‘sinda... arvoh ham. Arvohlar esa, mavjud emas...💔

~~~~~~

Har bir hikoyaning o‘z yakuni bor...

Oradan yana 2 yil o‘tadi. Qish kelganiga 17 kun bo‘lgan bo‘lsada, hali qor yog‘magandi. Soyun Heurinning qizining tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a olgani do‘konlar aylanib yurardi. U bir suvli sharchani yoqtirib, uni olishga qaror qilgandi.

To‘lov qilish uchun kassaga keldi. U yerda ham huddi shunga o‘xshash sharchani olib turayotgan bir yigit bor edi.

Shu payt... shu payt Soyunning quloqlarida yana o‘sha ovoz jarangladi... chiyyillagan... Qo‘lidagini esa yerga tashlab yubordi. Ammo o‘sha yigit sharchani ushlab qoldi.

— Hoy, ehtiyot bo‘ling. — dedi u sharchani Soyunga uzatar ekan.

Soyun esa faqatgina unga tikilib turardi...

Yigit narsasini xarid qilib bo‘lgach tashqariga chiqib ketdi.

— Men... men.. men hozir kelaman. — dedi Soyun sotuvchiga, qo‘lidagini va sumkasini kassaga qo‘yib.

Lekin u tashqariga chiqib, o‘sha yigitni topolmadi. U huddiki g‘oyib bo‘lgandek edi... Soyun juda ham xafa bo‘lib, qalbidagi ohirgi umid zarrachasining ham so‘nganini his qildi. Endi do‘konga qaytib ketayotganida ortidan bu ovozni eshitdi:

— Aytgandimku, qaytaman deb.

Osmondan esa qor uchqunlay boshlagandi. Birinchi qor...❄🤍

~~~~~

Tamom.

E‘tiboringiz uchun rahmat. Hurmat bilan Soyun🙃