For of Lifetime...
ᥫ᭡Agar orzu qila olsang, uni amalga oshira olasan.
ᥫ᭡Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi ahir...
— Jiwon bilan bo‘lgan suhbatini u ko‘p o‘ylab yotdi...
Soyun: Uni ayblash to‘g‘rimi? Balki yo‘q. Nari chi? U ham aybdor emas... Bularni qanday tushunish kerak, bilmayabman... Jiwon ning yig‘laganlari... bu rost edi... Demak qiynalyabti... Ammo Nari-chi? U ham menga ozmuncha gapirib, yig‘lamaganmidi?... Va hozir, menimcha, u Sunwo ga ko‘ngil qo‘ygan. Yo‘qsa bunday mehribonchiliklar qayerdan?... Jiwon bularni qabul qilishi kerak. U sevgi va nafrat o‘rtasida qolishini istamasdim. O‘ylaymanki, bunday bo‘lmaydi, u o‘zini boshqara oladi.
Hari atrof deyarli yorishmagandi... Quyosh ham chiqmagan. Qandaydir tovush sabab Sunwo uyg‘onib ketdi.
Uyqusirab ko‘zlarini ishqalarkan: Nimaning ovozi bu?...
Ammo keyingi ko‘rgan manzarasi uni o‘rnidan tezda turishga va shifokorlarni chaqirishga undadi.
: Seo..jin... yo‘q, yo‘q, bunday qilma, yo‘o‘o‘q.... — ovozi ham bo‘shashib qoldi... — HAMSHIRAA! KIM BOR BU YERDA!?
Yurak pulsini o‘lchovchi apparat shovqinli, ammo sokin va tekkis chiziqlardan iborat edi...
Qandaydir tush sabab, ko‘zlarimda yosh bilan uyg‘ondim... Tushimda qayergadir ketyabman. Ortimdan oyimning, keyin esa dadamning yig‘i ovozlari. Ammo bunday katta bir bog‘ga o‘xshagan joyda ularni qancha qidirsam ham topolmadim. Jiwonning ham ovozini eshitdim... Qandaydir noaniq va g‘alati...
Oyim turushlarini kutmay, oshxonada qo‘limdan kelgancha narsa pishirib, dasturxon tuzadim. Bunday kichik narsalar ham ularni hursand qilishini bilaman.
Mom: Mmmm, bu yoqimli hid qayerdan?
Mom: Voooy, mening qizim bizga ertalabdan nimalar tayyorladi?
Bugun yakshanba edi. Agar zarurat sabab bo‘lmasa dadam ham ishga bormaydilar.
Nonushta payti oyim sayrga chiqish taklifini berib qoldilar. Biz rozi bo‘ldik.
Nari: Faqat men undan oldin do‘stlarimni ko‘rgani borib kelaman.
Dad: Haaa, yaxshi eslatding. Telefonimni tuzatib kelishim ham kerak. Kecha sinib qolgandi. Kasalxonada hammasi joyida deb o‘ylayman...
Xizmatchi: Xonim, otangiz safar oldi sizni ko‘rmoqchi ekanlar va nonushta tayyor. Yanaa, kecha oyingiz Malayziyaga ketgandilar, habaringiz bora.
Soyun: Haa, albatta. Tushyabman.
U pastga tushib nonushta qilib bo‘lgan otasini ko‘rdi. Uning oldida esa Yeohan turardi.
J. Kim: Senga ham. Men ketyabman, xizmat safariga.
J. Kim Yeohan ga qarab: Yeohan men aytganlarimni uqding deb o‘ylayman. Soyun, sen ham ortiq qarshilik qilma va boradigan har bir joyingga Yeohan bilan bor.
Soyun pastroq, ammo ular eshitadigan ovozda ensasini qotirib: Obbooo...
Haydovchi kirib keldi: Janob, aeroportga borishimiz kerak. 20 daqiqadan so‘ng samalyot reysi jo‘naydi.
Janob Kim o‘rnidan turdi: Yeohan, qizimni senga ishondim. Har bir tavsilotni yetkazib turasan.
Soyun: Xohlamayman😒 — u xonasiga qaytib ketdi.
Yeohan ortidan: Hoooy, baribir buni yeyishing kerak.
Pov* Yeohan: Asablarimmmm. Bu qizni qachon tushunsam bo‘larkinaa??🙄
Soyun xonasiga kirib, anchadan so‘ng kiyimlarini almashtirib chiqdi. Zina oldida hali ham Yeohan turardi. Chunki uning vazifasi janob Kim ning buyruqlarini bajarish.
Yeohan: Ho‘sh, ho‘sh. Qayerga otlandik?
Soyun: Haa, haa, haa, qo‘rqib ketdim🙄 Bugun yakshanba. Dam olish kuni. Bo‘laqol, mashinani tayyorla. Kasalxonaga boramiz. Va ishlarimga aralashma. Sen faqat meni qo‘riqlaysan holos.
Yaxshi kayfiyat, bu yaxshi kun degani. Nonushtadan so‘ng kasalxonaga otlandim. Oyim va dadam bilan keyingi ko‘rishadigan joyimizni belgilab oldik.
Ertalabdan yeyish uchun yengil narsalar foydali deb o‘yladim va keks, mevalar, shunga o‘xshagan narsalarni sotib olib, taksida yo‘lga tushdim. Bu safar sevgan shirinliklarim, mochilardan ham oldim. Va bugun... Soyun keladi. Quvonchim ichimga sig‘masdi...
Ammo bu uzoqqa cho‘zilmaydi deb o‘ylamagan edim...
Shovqin-suron... Shifokorlar u yoqdan bu yoqqa shoshardi. Tanish xona eshigi oldida to‘xtab qoldim. Ichkariga kirish uchun balki kuch topolmagandirman... Sunwo yig‘lab o‘tirardi. Seojin esa yo‘q...
Qo‘limdagilar yerga tushib ketdi.
Nari: Sssssunwoo, nima bbbbo‘ldi?...
U zo‘rg‘a Seojin dedi holos...
Birozdan so‘ng u tinchlangach bo‘lgan hodisalarni bilib oldim.
Sunwo: U... u... nafas olmayotgan edi...
Nari: Bo‘ldi, bu haqida o‘ylamaaa. Men shifokorlar bilan gaplashib kelaman. Menimcha hammasii... yaxshi bo‘ladi...
Jonlantirish bo‘limi... Mendan 15 qadam narida turardi. Ammo bu yo‘lak ko‘zimga uzun yo‘ldek bo‘lib ko‘rinib ketdi. Oyog‘im tolib, yonimda turgan stulga o‘tirib qoldim. Ko‘zlarim yoshlandi... Ahir u kechagina ko‘zini ochgandiku... Kechagina o‘ziga kelgandi... Soyun bugun kelishi, u uni ko‘rishi kerak edi... Nega birdan?...
Xonadan hamshiralar chiqib, u yoq, bu yoqda dorilar olib kirib ketishardi.
Oradan vaqt o‘tdi. 10 daqiqa... 20 daqiqa... 30 daqiqa...
Yeohan: Shuncha narsani nima qilasan?
Soyun: Bu do‘stlarim uchun. Agar hammasini olgan bo‘lsak... unda endi ketdik.
Yo‘l bo‘yi hech kim indamadi...
Yeohan: Balki olib kirisharman?
Soyun: Yo‘q, shart emas. Yana, aytgancha, istasang kutib tur, ammo baribir uzooooqda chiqaman. Istasang ketishing mumkin.
Yeohan: Otang aytgan buyruqqa binoan...
Soyun: Judayam zerikarlisan🙄 — u kirib ketdi.
Soyun: Bbbbbu yerda... nima bbbbo‘ldi?... — u qo‘lidagi narsalarini stol ustigacha arang olib keloldi.
Sunwo: Buuu.. bbuu bizning aybimiz...
Soyun: Gapirsangchiiiii, Seojin qani?...
Sunwo: Uuu..uuning ahvoli og'irlashdi...
Soyun: Nnnnnima?... Sunwoooo, bu nima deganing?
Sunwo yig‘lab gapida davom etdi: Uu, aslidaaaa, kecha xushiga kelgan edi. Ammooo... sssen kelmading...
U oldimga zo‘rg‘a qadam tashlab kelardi. Men o‘rnimdan turdim.
Nari: Sssssoyun!?... Keldingmi...
Soyun: Nega menga aytmadingiz😭 Negaa? Men kechayoq kelmasmidim😭
Nari: Bbbbuni, u xohlagandiii🥀 Syurpriz degandi, ammo bugun...
Soyun: Nega aytmadingiz, negaa?😭
Men uni quchoqlab oldim. Bizning qo‘limizdan faqat kutish kelardi...
Soyun: Nega kelmadim?😭 Kelishim kerak edi...
Biz yana shunday 20 daqiqa o‘tirdik. U faqatgina nega? derdi...
Jonlantirish bo‘limining ochilgan eshigi, bizni huddiki 100,000$ topgan odamdek hursand qilib yubordi.
Soyun: U yaxshimi?? Aytaqoling, nima bo‘ldi ungaa???
Shifokor afsuslangandek yerga qaradi: Juda yaxshi deyolmayman. Ammo hozir uyquda... Qachon uyg‘onishi esa... biz uchun noma‘lum...
Soyun: Ammooo, kecha ko‘zini ochgan ekanku, o‘ziga kelgan edikuuu...
: Afsuski, bu bizning qo‘limizda emas... Buni o‘zi xohlamayabti.
Soyun: Bbbbbbbu nima degani? O‘zi?...
: Ba‘zida bemorlarning tashxislari yoki kasalliklari ularning xohishlariga binoan bartaraf etiladi, yoki ikki baravar ortadi...
Soyun: Uuuuuuni, ko‘rsamm bo‘ladimi?...
: Hozircha mumkin emas. Mayli, faqat bir kishi kirishi uchun ruhsat. Biz uni jonlantirish xonasiga olamiz. Hozir palataga o‘tqazmaymiz.
Soyun: Hali, hammasi yaxshi bo‘ladi...
Nari: Shifokorning gaplari bo‘yicha, har holda... umid bor...
Endi esa u meni quchoqladi. Bu quchoq quvonchli edi.
Nari: Mmmmen, Sunwo ning oldiga borib kelaman. U ham kutib turgandir...
Kengroq xona, havorang pardalar tushurilgan...
Yurak pulsi o‘lchovchi qurilmaning horg‘in ovozi bu og‘ir sukunatni buzib turardi.
Xona markazida, devorga bosh tomoni tekkizilgancha turgan kravat va unda kislarod baloni ulangan, hattoki nafas olishi ham bilinmayotgan kimdir... Ko‘zlari yumuq... Bu olamni qayta ko‘ra olishga, balki, unda ham boshqa umid qolmagandir...
Soyun kelib uning oldidagi stulga o‘tirdi. Stul oddiygina... shunchakiy qo‘yilganga o‘xshardi. Ammo hozir, u bu stulda bo‘lmasligi kerak edi... Faqatgina u emas, ular bu xonada bo‘lmasliglari kerak edi... Qaniydi kecha kelganida... Balki Seojin ni ko‘rolardi...
Bu yilgi bahor, ular uchun quvonchli boshlanmadi...))
Soyun uning qo‘llarini ushladi.
Ko‘zlar bekordan yoshlanmaydi... Bir sabab kerak axir... Uning ham ko‘zlaridan yoshlar oqa boshladi. Bo‘g‘ziga bir narsa tiqilgandek...
Soyun: Mmmen kelishim kkerak edi... Sen ahmoqsan, bilasanmi?... Nega kecha ko‘zingni ochdingu, bugun bu ahvoldasan?🥀 Sen doim shunday qilgansan😭 — biroz yig‘i ovozlari... — Menga so‘z berganding... Ketmayman deganding. Lekin bu va‘dangni nega buzib kelyabsan? Sen ahmoqsan, rostdan ham ahmoqsan!... Qo‘llaring... ular judayam sovuq😭 Nega bunday qilyabsan??? Ular sovuq, eshityabsanmi? Men oldingi Seojin ni ko‘rishni xohlayman. Uning qo‘llari... hech qachon bunday bo‘lmagan!... Nnnega bunday qilyabsan?? Men seni o‘zingga kelishingni xohlayman, eshityabsanmi? Tur, o‘rningdan tur, bunday qilmaaa😭 Bir martta bo‘lsa ham "Soyun " de😭 Bir martta bo‘lsa ham ismimni ayt😭 Qo‘llaring sovuq, Seojin...
U boshqa gapirolmadi... Boshini Seojinning qo‘llariga qo‘yib, ko‘p yig‘ladi...
Sunwo aslida bir bahona edi... Bu yerdan ketmagandim... Soyunning gaplarini eshitdim... yig‘laganlari... Mening ham bo‘g‘zimga bir nima tiqilgandek bo‘ldi go'yo...Oyoqda zo‘rg‘a turardim... Arang xonaga yetib keldim. Ellik sakkizinchi...
Sunwo boshini ushlab o‘tirardi. Bizni kutib...
Sunwo: Nnnnnima gap? Uuu, yaxshimi?...
Gapirolmadim... Asossiz yig‘lagim keldi... Bu borada ko‘zlarimning xohishini inkor qila olmadim...
Sunwo: Yig‘lamaa... Mmmen shu yerdaman...
Nari: Uuuuunga achinib ketyabman...😭
U mening sochlarimdan silab turardi... Mehr...
Soat 10:48... Oradan bir yarim soat o‘tgandi...
Ertalabki ishlar sabab Sunwo hali ham nonushta qilmagandi. To‘g‘ri, hozir ko‘ngliga bunday narsalar sig‘ishi qiyin... Unga u bu narsa yedirgandek bo‘lib, jonlantirish bo‘limiga qaytib keldim... O‘ngdan uchinchi xona. Devor o‘rnida oynalar borligi, xona ichkarisini ko‘rish imkonini berib turardi... Aftidan Soyun hali ham yig‘lab turardi. Faqat bu safar xafaligidan emas...
Soyun yig‘lashdan to‘xtab, ko‘zyoshlarini artdi. Ko‘zlari qizarib ketgandi... Ahir bir soat yig‘lash...
Soyun: Eshityabsan... Ammo eshitmaganga olyabsan... Sen yolg‘onchisan Seojin, yolg‘onchi... Meni aldading... Senga so‘z beraman, mendan oldin o‘lishingga yo‘l qo‘ymayman... Sen mendan oldin bu dunyodan ketolmaysan, bunga haqqing yo‘q.
U ohirgi martta uning qo‘llarini ushlab, o‘rnidan turdi. Orqasiga qayrilib, endi qadam tashlamoqchi bo‘lganida, bu qo‘llar nogahoniy jonlanib qoldi... Boshqa bir qo‘l, uning qo‘llarini ushlab turardi... Soyun avvaliga buni tush deb o‘yladi, balki hom hayol... Bu hodisalarga biroz ishonmay turdi... ammo keyingi kelgan ovoz, uni bu tush emasligiga ishontirdi...
: Tugatdingmi?... — birozgina past ovozda, biroq bu bir og‘iz so‘z olam-olam quvonchga ega edi...
Soyun unga shunchakiy qarab turardi.
Seojin esa ko‘zlarini ochmay, o‘sha ovozda davom etdi: Ho‘sh, kim yolg‘onchi?
Soyun: Mmmen, aa...aaaaqldan ooo...oozdimmi?
Bu safar u ko‘zlarini ochdi. Soyunning qo‘lini qo‘yib yuborib, ikki qo‘lini yuqoriga ko‘tardi: Kelaqol o‘zimga...
Bu ko‘zyoshlar quvonch ko‘zyoshlari edi...
Xona eshigidan Nari va bir ikki hamshiralar kirib kelishdi.
: Ko‘zingizni ochganingiz bilan.
: Men bosh shifokorni chaqirib kelaman.
Xonada qolgan hamshira kislarod balonini uza boshladi.
: O‘zingizni qanday his qilyabsiz?
Bu orada Nari kelib Soyunning oldiga boshqa bir stul qo‘yib, o‘tirgandi.
Nari: Yo, Xudoyimmm, juda ham hursandman.
Nari: Bizni qo‘rqitib yubordingku.
Seojin: Bu ham kulish o‘rniga yig‘lab o‘tiribti😂
U Soyunni ko‘rsatib kulib qo‘ydi.
Soyun: Men senga qarab g‘azallar aytib o‘tiribman. Aslida eshitib turgan ekansan.
Seojin: Nahotki. O‘laman deb turgan odamni tepasiga kelib jovrayotgandingku😂
Seojin: Hoy, hoy bo‘ldi. Hozir arazlab berasan😂
Nari: Biron nima yeyishni istamaysanmi?
Seojin: Haa, yaxshi eslatding. Birozdan keyin ochimdan o‘lsam kerak...
Soyun: Shuni vahliroq ayt edi ahmoq.
Seojin: Bunday gaplaringni sog‘inibman😂
Nari: Hoy, hoy bo‘ldi. Unda biz biron nima olib kelamiz.
Ular turli hil narsalar bilan deyarli stol tuzab yuborishdi. Seojinni ham yarim soatlar ichida o‘z xonasiga olib o'tishdi. Barchalari birga ovqatlanishdi. Tushlik payti deyarli bo‘lgan, lekin bu ularga nonushta sifatida o‘tgandek bo‘ldi. Yuzlarda tabassum.
Bahor taftini bu qalblar endi his qilgandek edi.
Bularning ustiga Seojinning uyidagilari ham kelishdi. Yeon xola o‘g‘lini uzoq quchoqladi. Yakkayu-yagona farzandi ko‘zlarini ochganidan juda ham hursand edi.
Ota-onasi bilan uyushtirilgan sayr Nari ning sal qolsa yodidan ko‘tarilay degandi. Oyisiga qo‘ng‘iroq qilib, bu yerdagi voqealardan ularni ham habardor qildi va qolishga qaror qildi. Janob Park ham telefonini ishga tushurgan, vaziyatni bilgan edi. U ham hursand bo‘ldi. Bugungi yakshanba quvonchli bo‘lganidan hamma shod. Ular Park xonim bilan birga sayr qilishni tanladilar. Madaniy hordiq hamma uchun zarurdir.
Kech tushib qolgandi. Yeohan kuta, kuta ohiri ichkariga kirishga qaror qildi.
Pov* Yeohan: U menga qayerda bo‘lishini aytmagandi. Qaysi xonadaligini qayerdan bilaman? Mayli, tavakkaliga.
U kirib eshik yonida o‘tiradigan nazoratchi hamshiradan nimalardir so‘radi.
: Keling, nima xizmat? Kimni ko‘rgani keldingiz?
Yeohan: To‘g‘rirog‘i, qidirib kelgandim. Bu yerga Soyun degan qiz kelgandi, do‘stini ko‘rish uchun. Men uni haydovchisiman. Haligacha chiqqani yo‘q, qo‘ng‘iroqlarimga javob bermadi.
: Kechiring, lekin bemor haqida ma‘lumot bo‘lmasa, u qiz haqida aytolmayman. Ahir, qaysi palataga kelganini aytmabtiku.
: Soyun, Soyun... Haa, umi. U ikki haftadan beri bu yerga qatnaydi. To‘g‘ri, do‘stlarini ko‘rish uchun keladi.
Yeohan: Do‘stlarini? Dugonasini emasmi?
: Yo‘q, unday emas. U Seojin va Sunwo degan ikki sinfdoshini oldiga keladi. Ular adashmasam, pichoqlanishgandi.
Yeohan: Shunday deng... Qaysi xonaga.
Yeohan 58-xona oldiga kelib, eshik oynasidan ichkariga qaradi. Bu payt xonada Seojin va Soyun bor edi holos. Nari va Sunwo aylanishga chiqib ketishgandi. Soyun Seojinga nimadir yegizdirish bilan ovvora edi.
Soyun: O‘zing, yeyman deding. Endi yeysan😂
Eshikning ochilgan ovozi kelgan tomonga ikkalasi ham baravar qarashdi.
Seojin birozgina bu yigitni tanimay turdi.
Soyun: Kayfiyatni buzishni uddalading🙄👍
Yeohan: Men ham sen bilan tanishib olmoqchi edim.
Soyun: U meni haydovchim... Otam aytgan. Qayerga borsam, men bilan borishi shart😒
Yeohan: Va hozir, men buni qanday tushunay?
Soyun beparvolarcha: Istaganingcha. Yeohan, senga oldin ham aytganman, ishlarimga aralashma deb. Pastda, mashinada kutib tur, birozdan keyin tushaman.
Yeohan: Mayli, keyin gaplashib olamiz. — u Seojinga qarab qo‘yib chiqib ketdi.
Seojin: Otang nega bunday qildi?
Soyun: Bilasanmi, sen yo‘qligingda, ko‘p narsalar bo‘lib o‘tdi...
Seojin: Demak uyingdagilar... Hoy, bo‘ldi, o‘ylashni bas qil. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Men endi tuzukman. Hali seni yolg‘izlatib qo‘ymayman. — u uning sochlarini silab qo‘ydi.
Soyun: Endi deyarli tushuntirish ma‘ruzasi o‘qishim kerak...
Seojin: Otang balki sendan xavotir olgani uchun shunday qilgandir. Mayli, bu muammo emas.
Bugungi kun uchun juda ham hursand edim. Kech tushib qoldi. To‘rttovimiz birga ko‘p gaplashdik. Ya‘ni, men, Soyun, Seojin va Sunwo. Keyin esa Sunwo bilan tashqariga chiqishga qaror qildik. Kasalxona tomiga chiqdik. U yer chiroyli, o‘tirish uchun o‘rindiq ham bor ekan. Osmonda quyoshning pushti nurlari bulutlarni bezab turardi.
Sunwo: Judayam... Ohirgi kunlar ichida qanday voqealarni boshdan kechirmadiga?...
Nari: Nimasini aytasan, charchab ketdim. Lekin, endi u kunlar ortta qoldi. Nihoyat...
Sunwo: Men senga rahmat aytmoqchiman. Soyunga ham...
U menga qarab, qo‘llarimdan ushladi. Men ham unga qarab turardim.
Sunwo: Yonimda bo‘lganing uchun. Faqatgina sen emas, barchangizga men bilan ekanligingiz uchun katta rahmat. Ammo... bunday paytda menga yordam bergan va ishongan insonim sen bo‘lding...
Men kulib qo‘ydim. U yana gapida davom etdi.
Sunwo: Kulguli emas. Nari... Men senga rostini aytaman. Uch oy oldin, men rostdan ham hayotdan to‘ygan, yashashni istamaydigan bir inson edim. Hatto, o‘z jonimga qasd qilish haqida ham o‘ylagandim... Ammo Seojin sabab Soyunni va seni uchratdim. Eslaysanmi, o‘sha sohil bo‘yidagi deyarli birinchi suhbatimizni?... Agar sen bo'lmaganingda bormi, u paytlari miyyamga juda yomon fikrlar kelgandi. Men hayotdan to‘ygandim... Lekin endi unday emas. Sababi sen borsan.
Yuragim tez urardi. Yuzim qizarib ketganini ham his qilib turardim. U qo‘llarimni hali ham qo‘yi yubormagandi.
Sunwo: Shunday ekan, gapni qisqa qilaman, men seni sevaman, Nari!
Yuragim to‘xtagandek, bir soniyaga hech narsani his qilmay qoldim. Ko‘zim boru, ko‘r, qulog‘im boru karga aylangandim go‘yo...
Sunwo: Bu g‘alati tuyulishi mumkin, to‘g‘ri, ammo men seni rostdan ham sevaman❤