October 10, 2025

For of Lifetime...

ᥫ᭡Har g‘ishtdan ham devor bo‘lmas... Suyanganingda bilasan...

ᥫ᭡Author: Soyun

{7-QISM}

~~~~~~

: Menimcha, bu uchrashuv bunday bo‘lmasligi kerak edi.

Soyun: Har holda seni ko‘rganimdan hursand emasman.

: Demak, oldingidek emassan.

Soyun: Albatta, ahir ko'p narsa o‘zgardi Jiwon.

Yigit kulib qo‘ydi.

Soyun: Ho‘sh, endi gaplashib olsak bo‘ladimi?

Jiwon yon-atrofga qarab: Albatta. Va bu yerda bizdan boshqa hech kimni ko‘rmayabman.

Ularning orasida 1 metrcha masofa bor edi.

Soyun: Qulog‘im senda.

Jiwon biroz turib javob berdi: Mmmen...

Soyun: Sennn. Atayin qilmading, to‘g‘rimi? Buni xohlamaganding. Tasodifan... Behosdan... Adashib...

Jiwon: Soyun, to'g'risi...

Soyun: Sen meni tugatding, Jiwon. Tiriklayin o‘ldirding, shuni bilyabsanmi? Asabiylashmaslikga harakat qilsam ham bo‘lmayabti. Umuman, hech narsa qilolmayabman, hech narsaga xohishim yo‘q. Xatolar, uzurlar, tasallilar, ko‘zyoshlar... Ohirgi hafta ichida aqldan ozsam ozib bo‘ldim Jiwon. Seni bu yerda turishingni qara, nega turibsan? Qanday turibsan bu yerda???

Jiwon: Soyun, men...

Soyun: Har bir gaping "Soyun men..." bilan boshlanadi, ammo ohiri yo‘q, yakuni yo‘q bu so‘zlaringni. Nega? Nima uchun? Qanday qilib, qanday tarzda shu darada o‘zgarding Jiwon???

Jiwon: Men bunday bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Seojin, umuman, u bu ahvolga tushishini xohlamagandim.

Soyun: Sen o‘z his-tuyg‘ularingni boshqarishni bilmaysan, Jiwon. Bu sabab faqat atrofdagilarga zarar keltiryabsan. Nahotki bular ko‘zingga ko‘rinmayabti? Nahotki anglash shunchalik qiyin???

Jiwon: Bu meni aybim, ammo...

Soyun: Xo‘sh?

Jiwon: Soyun... Sen ham meni eshitmayabsan, tushunishga harakat qilmayabsan🥀

Soyun: Yana nimani eshitishim, tushunishim kerak??? Menga ayt! Minhon bu haqida gapirganida, men boshida ishonmadim, Jiwon, ishonmadim. Unga ishongim kelmadi. Bilasanmi? Nega? Senga ishonardim. Jiwon degan inson mening ko‘z oldimda hozirgi Jiwon dek gavdalanmas edi. Men o‘sha Jiwon ga ishonardim, o‘zimga qanday ishonsam shunday ishonardim. Sen esa nima qilding?

Jiwon: Bilaman...

Soyun: Bilasan? Ammo nimani? Men qancha yig‘lab, necha-necha tunlarni uyqusiz o‘tkizganimnimi? To‘kkan ko‘zyoshlarimnimi? Yaqin insoningni o‘lim to‘shagida ko‘rish, seningcha kulguli yoki odatiy holmi? U hali ham o‘ziga kelgani yo‘q, Jiwon, o‘ziga kelgani yo‘q. Biroz bo‘lsada o‘ylayabsanmi?

Soyun

Jiwon: Bu uchun afsusdaman😔

Soyun: Afsusdaliging nimanidir o‘zgartiryabtimi?

Jiwon: Ammo Soyun, men Narini sevardim. Va hozirgacha shunday. Meni ham biroz tingla.

Soyun: Nari, Nari. Endi uni ayblamoqchimisan?

Jiwon: Yo‘q, ammo... u ham meni sevishini istadim, qayerlardagi Sunwo ni emas.

Soyun: U seni sevmasa, bunga Sunwo aybdor edimi, yoki Seojin??? Nimalar haqida gapirayotganingni tushunyabsanmi?

Jiwon: Yo‘o‘o‘q, bunga Seojinni aralashtirish kerak emas...

Soyun: Yo Xudoyim, Jiwon, meni aqldan ozdiryabsan, Jiwoooon.

Jiwon: Menga imkon ber. Bu so‘nggisi. Agar sen ham meni tark etsang, men tamom bo‘laman Soyun🥺

Oraga biroz sukut cho‘kdi...

Soyun: Nari senga ishonadi deb o‘ylaysanmi? U seni sevmaydiku... Mayli, bu ohirgisi. Ammo qilgan ishingni kechirdi deb o‘ylama. Agar Narini ko‘ndirolsang ham, bu ham o‘z xohishing. Ortiq ko‘rishmaymiz degan umiddaman. — u yo‘lida davom etib ketdi.

Jiwon: Albatta, men barini to‘g‘irlayman.

Soyun ketgach Jiwon: Aysh, jin ursin. Nega o‘zi bunday qildimaa.

~~~~~~

Soyun uyiga yetib keldi. Eshik oldida qo‘riqchilar, va Yeohan turardi.

Yeohan: Nega kech qolib ketding?

Soyun: Javob berishni istamayman. — u ichkariga kirib ketdi.

Pov* Yeohan: Bu qizni tushunish qanchalik qiyinaa?

~~~~~~

Kim xonim: Keldingmi?

Soyun: Haa... — xonasiga qarab yura boshladi.

Kim xonim: Menga aytadigan hech gaping yo‘qmi?

Soyun: Yo‘q. Bo‘lganda ham xohlamasdim. — eshik yopildi.

~~~~~~

Ertasi kuni.

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Erta tongda ko‘zlarimni ochishim bilan qilgan ishim, Sunwo ga hayrli tong tilash bo‘ldi. Aslida buni deyarli hafta davomida amalga oshirdik.

Universititet uchun tayyorlandim. Hayolim o‘qishni tez-tez tugatib, Sunwo ni ko‘rgani borishda edi.

Oyimga nonushta tayyorlashga yordamlashdim. Keyin esa butun oila birgalikda choy ichdik.

Dad: Ho‘sh, do‘stingni ko‘rgani bugun ham borasanmi?

Nari: Ha, shunday qilmoqchi edim. Ammo, dada, Seojin qachon o‘ziga keladi?

Otam kulib qo‘ydilar.

Dad: Bugun kasalxonaga borganingda bilasan. Biz ham aniq tashxis qo‘yamiz. Sunwo ga ham 5 kunda javob ekan. U ancha yaxshi tarafga o‘zgardi. Do‘stlari bo‘lsa ovqatlanyabti, ammo biz bersak yemayabti. Shuning uchun bugun unga oddiyroq sho‘rva olib bor. Bu foydali bo‘ladi. Yoniga sharbat ham.

Nari: Albatta.

~~~~~~

Universititetga keldim.

Haruna: Salom

Nari: Salom

Haruna: Yaxshimisan?

Nari: Albatta.

Haruna: Kasalxonada nima gaplar?

Nari: O‘sha, o‘sha...

Haruna: Kecha Soyun ni ko‘rgandim, ammo gaplasholmadik...

Nari: Ishonamanki, Seojin ham yaqinda o‘zi kelib qoladi...

~~~~~~

Birinchi darsimiz tugagach, tanaffusda Soyunni ko‘rdim. Juda g‘amgin...

Nari: Salomlar.

Uning hayollarini bo‘lib yubordim chog‘i, u bir qalqib tushdi.

Soyun: Aaa, salom.

Nari: Bugun boshqachasan.

Soyun: Doimgidek...

Nari: Men seni o‘qishga kelmaysan deb o‘ylagandim. Kasalxonaga qachon boramiz.

Soyun: Men bu yerdan kechroq ketaman. Oraliq nazoratlar, imtixon... Ko‘p kelmaganim sabab, ko‘p darslar va topshiriqlarim bor... Sen o‘zing boraver, va... Sunwo ni kuttirma. Har holda vaziyat hali ham o‘sha bo‘lsa kerak... Qolganini, keyin gapirib beraman.🙂

Ahvolini tushunib turardim. Shuning uchun shunchakiy mayli deb qo‘ya qoldim.

Yelkasiga qo‘limni qo‘yib: Hali hammasi yaxshi bo‘ladi. — dedim.

U ham qiynalib ketgandi...

~~~~~~

Darslar yaxshi tarzda davom etayotgan edi. To tushlik paytigacha.

Haruna Jihyeon bilan ovqatlangani chiqib ketdi. Ulardan yaxshi juftlik chiqqan edi🙂

Men dars qilayotgandim va tugatib, endi oshxonaga bormoqchi bo‘lganimda, Jiwon meni chaqirib qoldi.

Jiwon: Nari... Sen bilan gaplashib olsak bo‘ladimi?

Boshida hayron qoldim, va o‘ylanib turdim. U bilan ohirgi 2 hafta ichida umuman ko‘rishmagandik. Nega to‘satdan?

Men ikkilanib: Mmayli...

~~~~~~

Yana o‘sha maktab tomi. Bu universititetda o‘qiyotganimga necha yil bo‘layotgan bo‘lsa ham, bu yerga 6chi yoki 7chi marta chiqishim edi. To‘g‘rida, bu yerda qanday ishim bo‘lishi mumkin?...

Jiwon tomning markaz qismiga keldida to‘xtadi. O‘girilib menga qaradi. Men ham yurishni to‘xtatdim.

Nari: Ho‘sh, qanday gaping bor?

Hayolimda tezroq ketish edi.

Jiwon: Hullas, senga aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki...

Biroz jimlik.

Jiwon: Men yana senga uchrashuv taklifini bermoqchiman. Sababi hali ham seni sevaman.

Bu gaplardan so‘ng o‘yladim, nima, ahmoqmi u?

Nari: Jiwon, senga necha martta tushuntirganman? Yo‘q, bu bo‘lmagan narsa. Senga necha martta aytishim kerak, seni sevmasligimni?!

Jiwon yana biroz o‘ylandi.

Nari: Bu hech qachon amalga oshmaydigan orzu. Sen buni tushunmayabsan. Xohlamayabsan tushunishni. Bas qil endi, yetadi!

Jiwon: Sen Sunwo ni sevasanmi, yoki yo‘q?

Bu savoldan biroz hushimni yo‘qotib qo‘ygandek his qildim o‘zimni.

Nari: Nnnnnima??

Jiwon: Ha, yoki yo‘q?

O‘zimni qo‘lga olishga harakat qildim.

Nari: Buni qayerdan bilasan? Ya‘ni, nega birdan bunday deb qolding?

Jiwon g‘alati tarzda kulib: Haa, shunday de. Yana bir xatoyim. Aslida bunday qilmasligim kerak edi.

Nari: Nima haqida gapiryabsan?

Jiwon: Yo‘q, shunchakiy.

U kulib pastga tushib ketdi. Men hayron bo‘lib qoldim. Ammo ichimda bir ovoz bu ishlar yaxshiyamki bo‘lgani haqida ta‘kidlab turardi.

Men sevishga munosib emasmanmi?

~~~~~~

Keyin esa pastga tushdim. Tushlik ham qilgim kelmadi. Darslar bo‘yi esa Jiwon ko‘z o‘ngimda gavdalanaverdi. Hattoki ishlayotgan misolimni ham unutib qo‘ydim.

Nari

~~~~~~

Soat 14:00. Darslar tugadi.

Haruna: Xayr Nari.

Nari: Xayr, yaxshi bor.

U ketdi. Men ham universititet eshigidan chiqdim. Bir mashina oldidan o‘tib ketayotganimda menga tanish bo‘lgan yuzni ko‘rdim. Bu Yeohan edi. Soyunning qo‘riqchisi. Demak, Soyun hali ham chiqmagan.

Sunwo ham meni kutib qolganini o‘ylab qadamlarimni tezlatdim. Tushlik qildimikin?...

Bir restoranga o‘xshash, taomlari lazzatli, biroq kamtarona bo‘lgan oshxona-do‘kondan dadam aytganlaridek sho‘rva va sharbat sotib oldim. Shundan so‘ng taksi to‘xtatib, kasalxona tomon keta boshladim.

~~~~~~

Nari bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng Jiwon universititetdan chiqib ketgandi. Yana bir xato... U to‘g‘ri borib, Minhonni topdi, u esa o‘z yigitlari bilan, bir eski binoda jamlangan edi.

Minhon: Ooou, kimlarni ko‘ryabman?

Jiwon: Hullas, reja bor. Va menga yordaming kerak.

Minhon: Xo‘sh qanday?

Jiwon: Rozi bo‘lasan deb o‘ylayman. Bu ikkimizning ham dushmanimiz bo‘lgan inson haqida. — u ayyorona jilmayib qo‘ydi.

~~~~~~

Soyun chiqavermagach, Yeohan universititetga kirdi. Uning xonasini arang topdi. Bu payt ular qo‘shimcha darsda edi.

Yeohan: Kechirasiz, Soyunni 5 daqiqaga mumkinmi?

: Mayli.

Soyun xonadan chiqqach uni ko‘ri: Aysh, senga aytish esimdan chiqibtiku.

Yeohan: Shunday qilib, darslaring bormi?

Soyun: Haa, kechga tugaydi. O‘jarlik qilib meni kutmasdan ketaver. O‘qishdan chiqqach habar beraman🙄

Yeohan: Yaxshi.

Soyun ichida: Sen ham jonimga tegding... Mayli, ayb senda emas.

Soyun xonaga qaytib kirganida sinfda qizlar pichir-pichirni boshlashgandi. U bularga e‘tibor bermay, shunchakiy ruchkasini qo‘liga oldi.

: Bu yigit kim edi?

: Nega Soyunni so‘rab keldi?

: Chiroyli ekan.

: Soyunning yigit do‘sti bormi?

Va shunga o‘xshash.

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Nihoyat, men yetib keldim. O‘sha tanish xona. Ichkaridan ovozlar eshitilib turardi. Oldinlari bunday emasdi. Sunwo ning otasi kelgan deb o‘yladim.

Eshikni ochdim. Ammo bu... Turgan joyimda to‘xtab qoldim.

Sunwo: Salomlar, Nari. Syurpirizzzzz!😄

Birozgina bo‘layotgan voqealarni anglamay qoldim. Balki quvonchdan, balki boshqa sabab...

Seojin: Salomm.

Nari: Sssalom! Menga, tush emas deb ayting, rostdan shundaymi?

Hammamiz kulib yubordik. Qo‘limdagi narsalarni dovdiragan holda stol ustiga qo‘ydim. Juda hursand edim

Nari: O‘zingga kelganing bilan🥹

Seojin: Rahmat.

U ko‘zini ochgani bilan, biroz gapirishga qinalayotgandi va qimirlashga.

Nari: Og‘riyabtimi?...

Seojin: Salgina.

Nari: Men ovqat olib kelgandim.

Sunwo: Ouv anaa, qanday yaxshi.

Nari: Sen ham ancha yaxshiga o‘xshaysan.

Sunwo: Shifokorlar 5 kundan keyin ruhsat deyishdi.

Nari: Eng muhimi, bu haqda Soyun bilsa juda ham hursand bo‘ladi. Men unga...

Seojin: Yo‘q, hozircha unga indamay tur. O‘zi kelganida sovg‘a bo‘lishini istayman.

Nari: Aaa, shundaymi. U kechga kelib qoladi. Bugun o‘qishdan kech chiqishi haqida aytgandi.

Sunwo: Demak kutamiz.

Biz u yer, bu yerdan gaplashib o‘tirdik, orada ovqatlanib. Shifokorlar kirib, Seojinni tekshiruvga olib chiqishga ham ulgurishgandi. Nihoyat, tun o‘z pardasini yoya boshladi.

Ohiri chidab turolmadim.

Nari: Mmm, Soyun nega kech qoldi ekan?...

Sunwo: O‘qishi bu paytgacha bo‘lmasa kerak.

Seojin: Balki kelib qolar...

Nari: Shunga umid qilamiz.

Doim aytib yuradiganimdek, hayot ajoyib. U Seojinni shuncha kutib, kutib, endi kelmasa...

~~~~~~

Seojinni hursand qilish uchun Sunwo bilan ko‘p narsalarni gapirdik. Shahar chiroqlari yongan, osmonda oy ham ko‘rinib turardi...

Telefonim jiringlab qoldi.

Nari: Ouv, anaa, Soyunning o‘zi. — quvonib ketdim. Telefonni olib, bor ovoziga qo‘ydim.

Soyun: Salom.

Nari: Salomm. Qayerdasan? O‘qishing tugadimi?

Soyun: Haa, shu haqida aytmoqchi edim. Tugaganiga ko‘p bo‘ldi. Nariiiiii, men borolmas ekanman... Bu haqda ham keyinroq aytib beraman. O‘zing uddalading deb o‘ylayman. Va, vaa, Sunwo ga mendan salom aytib qo‘y.

Nari: Haa, mayli. Tushunarli.

Soyun: Mayli, xayr.

Nari: Xayr.

Qo‘ng‘iroq yakunlandi...

~~~~~~

Aslida Soyun bormoqchi edi. Ammo u hozir Jiwon bilan suhbatlashib turardi.

U qo‘ng‘iroqni yakunlab: Jiwon, sen hazllashyabsanmi?

Jiwon: Ammo, Nari meni aqldan ozdiryabti. Nima qil deysan?

Soyun: Meni bu tashlandiq binoga chaqirganing, Nari bilan bo‘lgan suhbating... Aytgan gaplaring. Jiwoooon, meni qo‘rqityabsan.

Jiwon: Bularning bari chalkash bo‘lib ketdi. — u yig‘ladi...

Soyun: Hoy, hoy, hoy. Bo‘ldi qil. Jiwon, hoy, Jiwon, menga qara, hoy. — u uning yuzini o‘ziga qaratdi. Yosh to‘la ko‘zlar... — Kel, gaplashib olamiz, men seni eshityabman, tinglayman hop. Bunday yig‘lashni bas qil.

Jiwon: Soyunnnn... — u uning yelkasiga bosh qo‘ydi. — Men uni sevaman... Ahir rostdan ham sevaman. Menga ham qiyin... Nega, nega Sunwo, nega u, nega men emas?...

Soyun: Seni tushunib turibman. Ammo Narini ham tushunishing kerak. Sunwoni ayblab, biror bir ahmoqlikga yo‘l qo‘yma, hop. Jiwon... O‘zingni qo‘lga olishni bil, iltimos...

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Seojin o‘ziga kelganidan quvonib, uyga qaytdim. To‘g‘ri, Soyun kelmadi. Ammo ertagaaaa... Bu haqida o‘ylab ham quvonib ketib, o‘zimni divanimga otdim. Shirin, shirin o‘y hayollar bilan uxlab qolibman...

~~~~~~

Soyun Jiwon bikan ko‘p suhbatlashib, qolib ketgandi. Soat 21:07

Yeohan: Sening sirlaring kundan kunga ko‘payyabti.

Soyun: Mmm, balki...

Ular uyga qaytishayotgan edi.

Yeohan: Bunday joyda, senga kimning gapi bor ekan?

Soyun: Yeohan, seni vazifang, menga tansoqchilik. Iltimos, ishlarimga aralashma. Bu haqda birinchi uchrashuvimizda ham aytganman. Otamga beradigan hisobotingga kelsak, menga farqi yo‘q. Bugungi hamma narsani ham gapirishing mumkin.

~~~~~~

Kasalxonada esa kimdir hali uxlamagandi.

: U kelmadi... Lekin, nega?...

~~~~~~

ᥫ᭡Bu qismni ham tugatganimiz bilan. Reaksiya va o‘z fikringizni yozib qoldiring. Hurmat bilan Soyun🙃🎀