December 12, 2025

For of Lifetime...

ᥫ᭡Vaqt hamma narsani o‘zgartiradi. Faqat haqiqat o‘zgarishsiz qoladi...

ᥫ᭡Author: Soyun

{11-QISM}

Ular uzoq kutishdi. Ammo Nari hadeganda kelavermadi... Sunwo qilgan qo‘ng‘iroqlarga ham javob bermadi.

Soyun: Negadir ko‘nglim notinch... Balki uyiga borib kelarmiz?...

Sunwo: Men borib kelaman. Sizlar o‘tirib turaveringlar.

Sunwo Narinikiga bordi, eshikni Park xonim ochdi.

Sunwo: Salom xonim.

: Salom.

Sunwo: Men Narining do‘stiman. U uydami?

: Yo‘q, do‘stimni tug‘ilgan kuniga deb ketgandi.

Sunwo: Ammo... u halikelgani yo‘q...

: Bu... bu nimalar deganing, ahir kech tushdiku. — dedi Park xonim ham xavotirlanib.

Sunwo Soyunga qo‘ng‘iroq qildi.

Soyun: U uyida ekanmi?

Sunwo: Yo‘q, bunday emas...

Soyun telefonni qo‘ydi.

Soyun: Bu qanday bo‘lishi mumkin?...

Seojin: Nima bo‘ldi?

Soyun: Yo‘q... u yo‘q ekan...

Jihyeon: Unda uni qidirishimiz kerak. Soyun sizlar Haruna bilan shu yerda qoling. Balki u kelib qolar. Biz Seojin bilan qidirishni boshlaymiz.

Seojin: Yaxshi fikr.

Ular ustilariga kastyumlarini kiyib, tashqariga chiqib ketdilar.

Soyun stulga o‘tirdi, uning ranglari oqarib ketgandi.

Haruna: Soyun... yaxshimisan?

Soyun: Yo‘q, yaxshi emasman... Aslo yaxshi bo‘lolmayman... Nari... Nari, u...

Haruna: Qo‘rqma, u kelib qoladi hozir...

Soyun: Yo‘q... yo‘q... Jiwon... Jiwon...

Shu payt uning hayolida faqatgina Jiwon ning sovg‘a haqidagi gaplari aylanib yurardi...

Soyun: O‘ylaymanki, men xato o‘ylayabman...

Bu paytda Sunwo ko'chaning uyog‘-buyog‘iga borib, Narini qidirib keldi. U topgan narsa esa bekat yonidagi yerda sinib yotgan sovg‘a qutisi edi... Qutini qo‘liga olar ekan, uning ko‘zlaridan ikki tomchi yosh sizib chiqdi.

Sunwo: Bu... bu nimasi endi. Kimning ishi?...

Shu kecha hamma uchun bedor, uyqusiz o‘tdi. Janob Park ham bulardan habar topgach, ohiri Narini topolmay, politsiyaga bordi. Uni tun bo‘yi qidirib chiqishdi, lekin yo‘q... u yo‘q edi...

Hamma Narining uyida edi...

Park xonim tinmay yig‘lardi... Soyun esa uni tinchlantirib, yupatib o‘tirardi.

Soyun: Senga aytgandimku... Bu... bu Jiwonning ishi.

Seojin: Tuni bo‘yi shu gapni qaytarib chiqding. Politsiyaga ham atdik, ular ham bilishadi. Jiwon ni qidirishyabti. Biz hozir faqatgina kuta olamiz...

Soyun: Yo‘q, kutishdan foyda yo‘q. Politsiya topolmaydi... ular topolishmaydi... Ahir Jiwon ni bilasanku.

Eshikdan Sunwo va janob Park kirib keldi.

Soyun: Biron nima topdingizmi? — dedi o‘rnidan turib.

Sunwo: Yo‘q... — u ham juda yomon ahvolda edi...

Seojin: Yur, sen bilan hovliga chiqib kelamiz. — hovliga chiqqanda, Sunwo yig‘lab oldi...

Seojin: U topiladi. Biroz kuchli bo‘lishimiz kerak.

Bu payt Soyun Jiwon ga tinmay qo‘ng‘iroq qilardi... Yo‘q, u qo‘ng‘iroqqa javob bermayotgan edi...

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

...Ko‘zimni ochganimda qandaydir xonada edim... Chiroyli bezatilgan, shkaflar, javonlar, hammasi zamonaviy edi. O‘rnimdan turolmadim, chunki boshim aylanardi.

Nari: Menga nima bo‘ldi? — dedim o‘zimga eshitilarli ovozda ko‘zlarimni ishqalab. Keyin kechagilar yodimga tushdi. — Yo Xudoyimm! — deb yubordim. — Men qayerdaman!??

O‘rnimdan turib, eshik tomonga yugurdim. Yo‘q, eshik qulflangan edi... Uni uzoq taqqillatdim... "Bu yerda kim bor deb?" ko‘p bora aytdim. Hech kimning ovozi kelmadi...

Noiloj yana joyimga qaytdim. Qochishning iloji yo‘q edi... To‘g‘ri, deraza bor. Biroq panjaralangan. Tashqariga qarab shuni bildimki, bu shahar tashqarisidagi uy. Atrofda daraxtlar, keng ekinzor... Soat ham ertalabki 9 ga yaqinlashib qolgan.

Kim meni bu yerga olib kelgani haqida ko‘p o‘ylab o‘tirishimga hojat qolmadi. Oradan 30 daqiqacha o‘tar ekan, eshik ochildi...

Nari: Sen...

Jiwon: O‘xxo‘, uyg‘ondingmi? — dedi kulib.

Nari: Nima, ustimdan kulyabsanmi? — dedim g‘azablanib. — Men bu yerda nima qilyabman? Bu qanday ahmoqgarchilik?

Jiwon: Buncha jahling chiqmasa, ahir hech narsa qilganim yo‘qku. Shunchakiy bu yerdasan holos...

Nari: Men bu yerda bo‘lishni xohlamayman. Yo‘limdan qoch. — dedim eshik tomonga yurib. Yo‘q, u menga imkon bermadi.

Jiwon: Hoy, hoy, hoy. Qayerga? — dedi meni tashqariga chiqazmay.

Nari: Senga qoch dedim! — dedim tipirchilab.

Jiwon: Bu yerdan meni ruhsatimsiz hech qayerga ketmaysan.

Nari: Seni ruhsatingsiz??? Jiwon, biz allaqachon orani ochiq qilib bo‘lganmiz. Men ketishni istayman.

Jiwon: Yo‘q yo‘q, yo‘q. Bu safar sening aytganing bo‘lmaydi.

U xonadan chiqib, tashqaridan eshikni yana qulfladi.

Nari: Hoy, bu nima qilganing!? — dedim g‘azab bilan yana eshikni taqqillatar ekanman.

Eshik ortidan uning ovozi keldi:

Jiwon: Biroz turib, nonushtangni olib kiraman. Ahmoqgarchilikni esa hayolingga ham keltirma.

Men g‘azablangancha ichkarida qoldim. Yo‘q, jim turolmayman. Albatta bu yerdan ketishim kerak. Hoynahoy meni qidirishayotgandir. Sunwo ning tug‘ilgan kuni ham barbod bo‘ldi. U hozir qanday ahvolda ekan?...

~~~~~~

Jiwon Narining okdidan chiqqach, uy oshxonasiga o‘tib, telefonini yoqdi. Taxmin qilganidek, albatta Soyundan sms va qo‘ng‘iroqlar.

Jiwon: Doimgidek, sen hamma narsani bilasan Soyun... Mmm, nima deysan, bu o‘yinni yana davom ettiraymi, yoki hozir senga qo‘ng‘iroq qilaymi?... — dedi u, va biroz o‘ylanib turgach, qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi.

~~~~~~

Park honimga tinchlantiruvchi dori berib, uni yotkizib chiqqan Soyun telefonini olib, Jiwon ning raqamiga qarab turardi. Janob Park qayergadir ketgan, Sunwo, Seojin va Jihyeon oshxonadagi stol atrofida nimalardir gaplashib o‘tirishardi, faqat past ovozda...

U umidsizlanib, yana telefonni joyiga qo‘ydi. Oshxonaga bormoqchi edi ammo shu payt telefonning jiringlashi eshitilib qoldi... Soyun hayajonlanganidanmi, qo‘rqqanidanmi qaltiragan qo‘llari bilan zo‘rg‘a uni qo‘liga oldi. Oshxonadagi 3 yigit unga e‘tibor berishmadi.

Soyun: Aaa..aaalo...

: Hayrli tong. Ovozingga qaraganda menimcha uxlamagansan. — dedi narigi tarafdagi ovoz.

Soyun: Jjj..jiwon...

: Ha, nimaa??? Aytgancha, sovg‘a yoqdimi? — u kuldi.

Soyun: Hoy, Jiwon... Bas qil. Nega bunday qilyabsan? Nari qayerda?

: Kechir, bas qilolmayman... Narimi? Nariga kelsak, u hozir yaxshi. Men bilan.

Soyun: Jiwon... Ishni chigallashtirmasdan, bo‘ldi qil. Uni qaytarib olib kel. Ota-onasi qanday ahvoldaligini bilasanmi?

: Balki bilmasman, ammo bu nimani o‘zgartiradi?

Soyun: Men sendan iltimos qilib so‘rayabman, Jiwon, iltimos. Bunday ahmoqgarchilik qilma. — uning ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.

: Nima darrov yig‘layabsanmi?

Soyun: Kel unda gaplashib olamiz. Menga borishim keram bo‘lgan joyni ayt.

: Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Faqatgina sen bilan ish bitmaydi. Men senga joy manzilini tushdan keyin tashlab qo‘yaman. U yerga anavi Sunwo ni ham olib kelasan.

Soyun: Yaxshi... yaxshi... Ammo, Jiwon... Nariga zarar yetkazma.

Soyunga ko‘zi rushgan Seojin o‘rnidan turib u tomonga keldi.

: Mmm, bu haqda o‘ylab ko‘raman.

Qo‘ng‘iroq yakunlandi.

Seojin Soyunning qo‘lidan telefonni oldi.

Seojin: Nega yig‘layabsan? Bu kim? — telefondagi yozuvni o‘qidi. — Jiwon???

Soyun: Ha.. u...😭

Seojin: Ho‘sh, senga nima dedi? Aytaqolsangchi?... Nega bizni chaqirmading?

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Yonimda telefonim yo‘qligi juda alam qildi... Meni o‘ylab oyim hozir qanday ahvolda ekanlar?... Baribir, bu yerdan ketishim kerak. Hech bo‘lmasa, bir bor urunib ko‘rishim... Menimcha bu yerda faqatgina Jiwon bor. Chunki boshqa birovning ovozi eshitilmasdi.

Oradan yana yarim soatcha vaqt o‘tdi, eshik chiriqlab ochilib, unda qo‘lida patnis ko‘targa Jiwon kirib keldi. Shu payt u kirganda ortiqcha qo‘l qovushtirib o‘tirmadimda, uni devorga itarib tashqariga yugurdim. Uning qo‘lidagi narsalar yer bilan bitta bo‘ldi. Agar uy ichida tashqariga chiquvchi eshikni qidirib biroz turib qolmaganimda, balki uzoqroqqa ketgan bo‘lardim...

Tashqariga chiqib yugura boshladim, chap tarafimda ko‘pgina daraxtlar, o‘ng tarafim esa keng dalalardan iborat edi. Odam oyog‘i yetmas joydagidek his qildim o‘zimni. Ortga, o‘sha uyga burulib qaraganimda men tomonga yugurib kelayotgan Jiwon ni ko‘rdim. Uning ismimni aytib qattiq baqirganini eshitdim. Yo‘q... u mendan ancha tez edi...

Jon-jaxdim bilan tez yugurardim... biroq... yo‘lning yarmiga ham yetib kelolmadim. Bu safar uning ovozi juda yaqindan eshitildi.

Jiwon: Buncha shoshib qayerga?

Bir zumda u meni yiqitdi. O‘lchasiga tashlangan qoplondek...

Nari: Qo‘yib yuborrrr... — dedim uni o‘zimdan itarib tipilchilar ekanman. U esa kuldi.

Jiwon: Istasang ham bu yerdan ketolmaysan. — dedi hansirab.

Qancha yalinib yolvorishim va tipirchilashlarimga qaramasdan u meni qo‘liga ko‘tarib oldi va yana o‘sha uyga qaytib olib keldi.

Nari: Bu yerda qolishni istamayman. — dedim bu safar yig‘lab.

Uning qo‘llaridan qutulib chiqa olmadim. Meni qamab qo‘ygan xonasi ham bu safar boshqacha edi.

Jiwon: Agar yana shunday qilsang, keyingi safar qo‘l-oyog‘ingni bog‘lab qo‘yaman. — dedi u eshikni qarsillatib yopa turib.

(Shunga o'xshash tasavvur qiling hullas😅)

Men eshikga bir stulni maxkamlab qo‘ydim, ishonamanki, endi u eshikni tashqaridan ochsa ham ichkariga kirolmaydi. Divanga yotdim va ustimni ko‘rpa bilan o‘rab, o‘sha yerda yig‘layverdim... Yo‘q, u men tanigan Jiwon emasdi, u Jiwon ko‘rinishidagi bir maxluq edi!...

~~~~~~

Jiwon Narining ustidan yana qulflab qo‘ygach, o‘sha, idishlar yerga tushib singa xonaga qaytdi. Asabiy holda yerdagi shisha siniqlarni yig‘ib oldi.

Jiwon: Axmoq qiz!

~~~~~~

Tushlik paytidan o‘tgandi. Jiwon dan habar keldi.

Ular kelishib olishgandi, ya‘ni o‘sha yerga Sunwo, Seojin va Soyun birga, oldinroq borishadi.

Albatta politsiya ham bo‘ladi, faqat hammasi yaxshi ekaniga ishonch hosil qilishgach, ular ichkariga kirishadi. Janob Park ham ular bilan boradi.

Sunwo anglab bo‘lgandi, Jiwonning nega bunday qilayotganlarini...

Soyun: Sunwo, lekin va‘da ber. Jiwon bilan ortiqcha urushmaysizlar.

Sunwo: Hammasi joyida, asosiysi Narining sog‘ligi.

Ular yo‘lga tushdilar. Shahardan tashqariga chiqib, bepoyondek ko‘rinayotgan dalalar, daraxtzorlar oralab yurib borardilar.

Soyun Jiwonga habar yozdi: Yana 1 soatdan so‘ng yetib boramiz. Ha... yo‘l deyarli uzoq edi.

~~~~~~

Jiwon ular kelayotganini bilmasdan ham oldin, anchagina hovuridan tushgandi. Keyin Soyunning habarini o‘qidi.

Nari bor xonaning eshigini ochdi. Keyin esa ichkariga birdaniga kirmay, taqqillatdi.

Jiwon: Hoy, gaplashib olsak bo‘ladimi?

Ichkaridan ovoz kelmadi.

Jiwon: Narii. — dedi yana u. — Kechir, men biroz qizishib ketdim.

U kutavergach, ohiri eshikni ochdi. "Ichkariga nimadir tirab qo‘yibdi." ko‘nglidan o‘tkazdi u. Ammo bir martta qattiqroq itarishi bilan, eshik ochildi. Ichkaridagi stulning yerga yiqilgani eshitildi.

Jiwon: Nima, arazlab oldingmi? — dedi u Nari yotgan divanning oyoq tomoniga o‘tirayotib. — Yig‘layabsanmi? — u uning ustidagi yopinchiqni ko‘tardi. To‘g‘ri, Nari hali ham yig‘layotgandi.

Nari: Sen ahmoqsan. — dedi u hiqqillab.

Jiwon uning ko‘zyoshlarini artayotganda, Nari uning qo‘llarini siltab tashladi.

Jiwon: Bunday qilishni bas qil.

Nari: Yo‘qsa nima qilasan? Qo‘l-oyog‘imni bog‘lab qo‘yasanmi?

Jiwon kulib: Hali gap shunda degin.

Nari: Bu kulguli emas.

Jiwon: Tushlik paytidan ham o‘tdi, yur, senga ovqat tayyorladim, biron nima yeb olasan.

Nari: Istamayman. — u yana yuzini yopib oldi.

Jiwon: Agar o‘zing bormasang, unda seni o‘zim ko‘tarib olib boraman.

Nari: Hoy ahmoq! — dedi biroz yuzini ochib.

Jiwon: Ho‘sh, nima?? Bunga qarshilik qilolmaysan.

Nari: Meni ustimdan kulma.

Jiwon: Yaxshi, yaxshi. Seni 10 gacha sanagunimcha oshxonada kutaman. Boyagidek qochish hayolingga ham kelmasin, baribir yetib olaman. Agar chiqmasang, o‘zim olib ketaman. — u chiqib ketdi.

Nari ham uning gaplarini o‘ylab, noiloj o‘rnidan turdi. Bu safar eshik qulflanmagandi. Uning hayolidan qochish haqidagi fikr ham o‘tdi, ammo bari befoyda...

...Nari ovqatlanayotganda, Jiwon uni shunchakiy yoshboladek kuzatib turdi.

Nari: Menga bunday qarashni bas qil.

Jiwon: Sen juda injiqsan.

Nari ovqatlanib bo‘lgach, Jiwon uni yana o‘sha xonaga olib bordi.

Nari: Nega bunday qilyabsan?

Jiwon: Chunki seni sevaman. — dedi uning sochlarini silab.

Nari: Men baribir seni sevmaymanku...

Jiwon: Mening sevgim ikkimizga ham yetadi.

Nari: Nega shundaysan??...

Jiwon: Shu xonada yana biroz o‘tirib tur, keyin esa ketamiz.

Nari: Ketamiz???

Jiwon: Ha, ketamiz.

Nari: Ammo qayerga? Qanday ahmoqlikni boshlading?

Jiwon: Bu sir. — u Narini quchoqlab, keyin esa yana xona eshigini qulflab, chiqib ketdi. Nari uning birdaniga bunday o‘zgarib qolganidan hayron edi...

~~~~~~

Oradan 1 soatcha o‘tar ekan, ular yetib kelishdi. Seojin, Sunwo va Soyun. Eshik ochiqligi sabab, uyga kira boshladilar. Jiwon asosiy xonadagi kresloda o‘tirgancha, telefonda nimalardir ko‘rardi.

Jiwon: Ou, biznikilar yetib kelishibtida. — dedi kulib o‘rnidan turarkan.

Sunwo: Men hozir seni... — deya uni urish uchun yoniga bora boshladi.

Jiwon: Yo‘q, yo‘q, yo‘q. O‘sha yerda turganing ma‘qul. — dedi qo‘liga qurol olib.

Soyun: Jjjiiwon... nima qilyabsan.

Jiwon: Deyarli hech nima.

Seojin: Bo‘ldi, bunday ahmoqlikni bas qil, qurolingni tushur.

Jiwon: Aha, mayli.

Soyun: Nari qayerda?

Jiwon: Shu yerda.

Seojin: Nega bunday ishlar qilyabsan?

Jiwon: Nega? Nega deysanmi? Chunki bilganingdek, men Narini sevaman.

Sunwo: Ho‘sh, nima demoqchisan???

Jiwon: Demoqchimanki... Aslida hammasini barbod qilgan sensan.

Soyun: Jiwon...

Jiwon: Yo‘q, iltimos, endi sen biroz jimib tur. Nima deyotgandim?... Haa, Nari meniki, uni senga berib qo‘yolmayman. — dedi Sunwo ga qarab.

Sunwo: Seningcha u seni tanlaydimi? Sen bilan baxtli bo‘ladimi?

Jiwon: Agar hayotimizda sen bo‘lmasang ha.

Sunwo: Sen boshingni qayergadir urib olmadingmi?

Jiwon kulib: Yo‘q. Albatta yo‘q.

~~~~~~

ᥫ᭡Nari

Birdaniga uning o‘zgarganining sababini tushunolmay, derazadan tashqariga qarab o‘tirardim. Shunda eshik ochilib undan Jiwon kirib keldi.

Jiwon: Nari xonim, mehmonlarimiz bor.

Nari: Nima?

Hech nimani tushunmasimdan u qo‘limdan ushlab, meni xonadan olib chiqdi. Men zalda ularni ko‘rdim, Soyun, Seojin va... va Sunwo.

Nari: Sunwo🥲 — u tomonga yugurdim, ammo Jiwon meni qo‘limdan ushlab qoldi.

Sunwo: Qo‘yib yubor uni! — dedi g‘azablanib.

Nari: Jiwon, nima qilyabsan? — dedim unga yosh to‘la ko‘zlarim bilan tikilib.

U qo‘lidagi qurolni Jiwon ga qaratdi.

Jiwon: Ho‘sh, buni xohlaysanmi? — dedi menga qarab.

Unga qarab turardim holos, tanam muzlab qoldi.

Seojin: Jiwon, bo‘ldi, ahmoqlik qilma. Nimalar qilyabsan!?

Jiwon: Bunga majburburman. Yo‘q, kelma. Seojin, sen hali Soyun bilan baxtli bo‘lishing kerak, bu ishga aralashma iltimos. — keyin esa yana menga qaradi. — Mayli Nari. — dedi u to‘pponchani menga to‘g‘irlab.

Nari: Nimalar qilyabsan??😭

Jiwon: Ho‘sh, Sunwo nima deysan? — dedi Sunwo ga qarab.

Soyun: Jiwon... hozir sening ahvoling yaxshi emas, qo‘lingdagini yerga qo‘y, barini gaplashib olamiz. Iltimos, ahmoqlik qilma... — u ham yig‘lardi.

Jiwon: Aytganimdek, mening aybim, faqatgina sevganim...

Shu payt, o‘q ovozini eshitdim. Ko‘z oldimdagi hamma narsa yorug‘lashib ketdi... keyin esa qorong‘ulashdi... U yog‘ini eslolmayman...

~~~~~~

Bu qism ham tugagani bilan. E‘tiboringiz uchun rahmat!