October 17, 2025

School of fate

Episode 29

Seul markaziy kasalxonasi. Qadamlari shu yergacha boshlab qiz kasalxonaning eshigidan kirishga ham betlay olmayapti. Eshik yoniga kelgan qadamlarini asta sekinlik bilan ortga tashladi.

Shifoxona yonida joylashgan orindiqlardan biriga arang joylashgan Seoyoung sal avval eshikdan ko'rgan qabul bolimi raqamlarini terib, telefonini qulog'iga tutdi.

- Bu... Markaziy kasalxona shundaymi?
- ..Menga bugun kelgan bemor... Jeon Jungkook..., uning ahvoli haqida ayta olasizmi? Boshidan jarohat olgan edi...ha men uning sinfdoshiman..,- qizning ovozi titragancha bazor chiqardi .
- Chindan hammasi joyidami?,- ko'zidan og'riq bilan chiqqan ko'z yoshlariga erkinlik berdi Seoyoung. Tomogidan go'yo otmayotgan nafas otib ketgandek, yig'isi orasida biroz jilmaydi u. Hotirjamlik... Seoyoungning tabassum hotirjamlik uygonganidan , ko'z yoshlari esa aybdorlik va qo'rquv sabab edi. - Rostan a? .. Rahmat sizga... rahmat sizga xonim..

>>>
Kasalxona tashqarisida Jungkook uchun yig'layotgan Seoyoung bo'lsa, uning ichkarisidagi qabulxonada orindigida o'tirgan Yoongi ham yurak siqilishida qizdan kam ahvolda emas. Faqatgina u ikki baravar azob chekmoqda. Dostining ahvolini bilmay turib ketishga esa uning bu dostlik rishtasi oldidagi gururi hech qachon yol qoymasdi.

O'sha ko'rgan oxirgi manzarasidan buyon u shu yerda qimir etmay o'tirgan. Orindiqda hech qanday emotsiyasiz otirgan yigit yuragiga avval iliqlik olib kirib, so'ng yondirib yuborgan qizni chiqish eshigi tomon harakatlanayotganini ko'rdi. Ammo Soyun uni payqamadi. Soyun uchun ham bu kun juda ham ogir kechgan. Uning chiqib ketganiga ishonch hosil qilgan Yoongi nihoyat ornidan qozgaldi va yuqoriga, Jungkook yotgan xona tomonga harakatlana boshladi.

•••

Xonaga kirib kelishi bilan kravatga yotgan o'rnidan o'tirib olgan Jungkook keng jilmaydi.

- Heyy! Min Yoongi! Nega buncha uzoq qolib ketding?,- dostining kechikish sababini darrov sorashga urindi Jungkook.

Jungkookga qarab, unga javoban biroz jilmaygan Yoongi uning yonidagi bosh kravatga otirdi.

- Demak bir ozingmisan?,- nimadan gap boshlashni ham bilmayotgandi Yoongi.

- Dadam bilan bir soat shu yerda otirdik. Undan ortigi rekord bolardi. Uni uyga jonatib yubordim,- kayfiyati yaxshiligi hali tarqamagan Jungkook yana jilmayib javob berdi. - Keyin Soyun men bilan edi, biroz oldin..,- qizning ismi sabab yana jilmayish.

Yoongida bo'lsa bu ism, bazor chiqarib berilyotgan emotsiyasini yo'q bo'lib ketishiga xizmat qilayotgandi. U mavzuni burishga urindi. - Ahvoling yaxshimi?

- Ko'rib turganingdek,- Jungkook peshonasi va qo'lidagi boglamlarga ishora qildi.

Uning qo'liga qarab Yoongi chuqur nafas chiqardi. - U rostdan ham aql ozgan. Seoyoung bilan nima qilamiz?

- Hoy, men borgunimga qadar hech qanday nohushlik qilma,- Jungkook darrov jiddiylashgancha Yoongini har qanaqa yomon fikrdan qaytarmoqchi bo'ldi.

- Ahmoq..,- shunchaki javob berdi Yoongi.

Dostidan ko'zini yerga olib qochgan Jungkook, labi chetida tili bilan oynagancha jilmaydi.

- Hoy... Yodingdami, bolaligimizda boshlangich maktabda bir birimizga vada bergan edik..?,- ko'zini jilmaygancha Yoongiga olib otgan Jungkook davom etdi. - Agar ikkimizdan birimiz konglimizga chindan yoquvchi birini uchratsak, darhol bu haqida aytamiz.

Yoongi Jungkookga tikilib qotib qoldi. U Jungkook nima deyishini biladi. U kim, ismi.. barchasini. Quloqlari bu ismni hozir bu ogizdan eshitishga tayyor emas, to'g'rirogi ich ichidan buni istamayapti. Eshitishni istamaydi. Jungkook bo'lsa osha hayajonda. Qayta yerga qarab, chuqur nafas yutdi. U hali ham jilmayib turibdi.

- menimcha men shundayini uchratganman.. Qiziq u kimligi to'g'rimi?,- Jungkook qarshisida turgan Yoongi bunga aniq qiziqadi deb oylamoqda. Ammo..

- Jungkook...,- jiddiy ohangda uning ismi aytilishi.. - Men seni keyingi safar eshitaman .

- Nima?,- Jungkook hali bu qarshilik nega ekanligini anglab ulgurmagandi.
- Birinchi orinda hozir.. sening salomatliging haqida oylashimiz zarur- lab chetida bazoʻr jilmaydi Yoongi.

Uning yuziga tushunmasdan qarab qolgan Jungkook, bu qaygʻurish rostdan ham muhim ekan deya oʻyladi. Uning hayoliga haqiqiy taxmin kelishi bu vaqtda juda ham kam foizda edi..

- Yaxshi..mayli.

>>>

Yotoqxonaga yetib kelgan Yoongi u yerda Soyunni koʻrib , toʻxtashga majbur boʻldi. Koʻzlar koʻzlarga tutilarkan, bu yerda Yoongi oʻzini olib qochishga urinayotgandi. Chunki bu koʻzlarga ilinsa, oʻsha boʻsa sahnasi gavdalanayotgandek edi.

- Yoongi??,- Soyunning ichki sabri unchalik ham kuchli emas. U Yoongining yolini tosib roparasiga turib oldi. - Yoongi, qayerda eding?

- Nima edi?,- ko'zini qiznikidan olib qochib, sovuq javob berishga urindi.

- Hech nima..shunchaki..men,- uning birdaniga avvalgi Yoongiga qaytib qolgandek javob berishidan Soyun ham hayron qoldi. - Men ortimizdan kasalxonaga tezda yetib borsang kerak deb oylagandim, lekin.. sen yo'q eding. Jungkook ham seni kutdi..

- Men band edim,- yana o'sha sovuq ohangdagi javob va Yoongi hali ham ko'zini qizniki bilan birlashtirishga qurbi yetmayotgandi.

- Haa,juda ham band bolganing aniq, buning uchun..

Qizning sozlarini ortiq eshita olmasligini bilgan Yoongi uni tosib turgan bu qizni aylanib o'tib ichkariga qadam bosdi. Ammo ikki qadamdan so'ng qayta ortiga burildi.

- Hoy,- birgina so'zdan Soyun ham unga darrov burildi. - Sen uchun maktabga qaytish odatiy holatmi?
- Nima?,- Soyun qovogi soliq bu yigitning savoliga tushunmadi.
- Aytmoqchimanki...kasalxonada biroz qolsang bolmasmidi?,- Yoongi Soyunning boglamli qo'liga ishora qildi. Bundan Soyunda darrov ayyorona tabassum paydo bo'ldi.

- Haaa, Yoongiii, mendan havotir olyabsan shundaymii?,- Soyun korsatkich barmogini yigitga niqtadi. - Lekin menda paylar ozgina chozilgan holos. Qorqinchili hech nima yo'q.Shunday ekan...

Havotir olmaslik haqidagi sozdan keyin Yoongi qayta ortiga qayrilmay , ichkariga kirib ketdi .

>>>

Yotoqxonaning umumiy kutubxonasiga kelgan Soyun Jiminni telefonini titib otirganini ko'rib, uning yoniga joylashdi. Qizning ahvoli haqida allaqachon habari bor Jimin ortiq havotirlanmay qo'ygan. 'Nima gap?' degandek qosh uchirgan Soyunga uh tortib qo'ygancha javob berdi Jimin.

- Atrofdagi hamma Seoyoung haqida gapiryapti,- dedi atrofga ishora qilgancha.

Shundan keyin Soyun atrofga nazar soldi. Qo'lida notebook yoki kitobini ko'tarib olgan hammaning gaplashib ketayotgan mavzusi Qotil yoki ogri nomini olgan Seoyoung haqida.

- Ko'rinib turganidek Seoyoungda umuman do'st yo'q,- atrofga qarab gap nimadaligini tushungan Soyunga qarab gapirdi Jimin.

- Haa...qachonlardir men uning dugonasi bo'lgan edim,- nihoyat Jiminga yuzlandi Soyun. - Lekin bilmayman...

Soyun ko'zini pastga olib qochib, chuqur nafas yutdi.

- U menga bunday qilganini unutamiz! ,- birdan ovozi ko'tarilib javob berdi Soyun, ammo keyingi so'zini aytishdan avval yana pasayib qoldi.- Ammo bu safar Jungkook ham..zarar ko'rdi... Uni deb qanchalik qorqib ketganimni bilasanmi?,- yana Jiminga yuzlandi Soyun. - Men... Unga ikkinchi imkoniyat berishdan juda ham charchadim...

>>>

Seoyoungning qadamlari maktab yotoqxonasiga axiyri yetib keldi. Kostyumi kissasida turgan telefon habar kelganini bildirib, jiringlagach u yana toxtab, telefonni qo'liga oldi.

Maktab umumiy guruhi chati

- Seoyoung yoqolib qoldi a?

- Yuzi bo'lsa, bu maktabda endi qanday oqiy olardi?

- Imtihon javoblarini u ogirlaganiga ishonib bo'lmaydi!

- U Jungkook ham zinadan itarib yuboribdi.

-Voy..! Yaxshi oldirib qoymabdi!

- U kinolardagi qotillarga oxshab qoldi.

-Hoy toxtang, u ham bu chatda bormi?

- Bo'lsa bolar! Uyal Seoyoung!

- Yirtqich!

- U sovuq aura taratadi.

Qo'lidagi telefonni qaltiragancha bazor ushlab turgan qiz , kozidagi yoshni arang artdi. Beixtiyor ortga qaratilgan qadamlar mast kishinikidek yotoqxona darvozasidan uzoqlashdi.

Piyoda qayergacha qancha vaqt yurganini ham bilmaydigan darajaga yetgan Seoyoung atrofiga qaradi. Shaharda uning ahvoliga ahamiyat bermay hayot qaynamoqda. Mashinalar harakati, u yoqdan bu yoqqa tinimsiz shoshib harakatlanayotgan odamlar.. umuman hech kimning birov bilan ishi yo'q, gavjum shahar Seul..
Ulkan bino oynalarida o'z aksini ko'rib to'xtagan Seoyoung toxtab o'ziga tikildi.

' Men nimalar qilib qoydim o'zi... Birinchi bo'lib, Yoongi qo'lini kesganda , qonli sochiqni ko'rib qolib, uni direktorga aytganimda...
Jiminni... Jismoniy kontaktdan qorqishini bila turib, basketbolda unga atayin tuzoq qo'ydirganimda ,uning hushidan ketagni...
Soyunni togda yopiq dokon oldida yolg'iz qoldirib ketganim..
Jungkookga tuhmat qilib, fleshkani uning sumkasiga joylaganimda...

Bularni qilayotganimda... Men.. balki rostan ham shavqatsiz, o'sha ular aytayotgandek..qotildurman... Men bilan odamlarga doim yomonlik bo'lgan ekan... Mendan doim yomonlik korishgan... Hatto oyim... Oyijon... Men boshqa hech nima qila olmayman... Qiynalib kettim...

- Hozir..baxtli bolish umuman mumkin emas..

>>>
Kech allaqachon tunga ulanishni boshlagan. Joyida uhlay olmagan Soyun ornidan turib kravatiga o'tirib oldi. Seoyoungning bo'sh kravatiga qorong'u xona bo'ylab tikilarkan, o'zi istamasada yuragi havotir olishni boshlagandi.

>>> Ertasi kuni

Kolidorda turib, Seoyoungning raqamiga yana bir bor qo'ng'iroq qilib, javobsizligini ko'rib, horsinib qo'ygan janob Kim telefonini chontagiga qayta soldi. Ammo keyingi manzaradan biroz qoshi yuqoriga kotarildi. Ikkinchi qavatdan turib, birinchi qavat kolidorida atrofga alanglab, qo'lidagi sumkani qoltiqlagancha yurib ketayotgan Soyunni qayerga bu vaqtda darsdan qochib ketayotganini tushunib ulgurgan edi janob Kim. Qayta telefonini chiqargan janob Kim Soyunga habar yozib, boshini sarak qilgancha, o'quvchisining qiligiga kulib qo'ydi.

" Agar tushlik vaqtigacha qaytmasang, o'zim seni sotib beraman. Tezroq qaytib kel. "

>>>

Shifoxona bemorlar kravatiga joylashib olgan Jungkook va Soyun bir birga qarab o'tirib olgan. Bemorlar ovqat stoliga tokbokki va goshtli taom va Jungkook yaxshi koruvchi bananli sutni chiqarib qo'ygan Soyun tirjaygancha unga qaradi.

Bu orada Jungkook ham unga huddi ahu ifodada tikilib turganidan bexabar edi u.
- Soyun aqldan ozmadingmi? Seni tutib olishganida nima bolar edi?,- nihoyat jilmayishdan to'xtagan Jungkook savol berdi.
- Ha nima mendan havotir olyabsanmi?,- Soyun ham jilmayib qoshini kotargancha qarshisidagi yigitga tikildi.

- Yooq..!,- kulgan holda rad etdi Jungkook. - lekin...Soyun bu muammo bo'lishi mumkin. Maktabdagilar bu yerga kelganingni bilmaydi , to'g'rimi?,- jiddiylashgancha Soyunga savol berdi Jungkook.
- Yo'q, men hammaga aytdim, sinfdagilar, hatto janob Kim ham bildi!,- burnini ko'tarib, zor ishdek maqtanayotgan qizga qarab turgan Jungkook yana jilmayishni boshladi.

Kulib turgan Jungkookga qarab qo'ygan Soyun ko'zini uzoq unga tika olmay xona bo'ylab ko'zini suzdirdi.
Bu orada qo'liga telefonini olib olgan Jungkook kamera qismiga kirib, telefon ekranidan qizga tikilishni boshlab yubordi. Tinmay rasmga olishni boshlagan Jungkookga qaragan Soyun nihoyat kamera ekranlari uni rasmga olayotganini tushunib, yigitining qo'liga yopishdi.
- Jungkook! Yo'q, yo'q,- kaftini telefon kamerasiga oborayotgan Soyun uni kafti bilan yopishga urinardi. - Nima qilyabsan?
- Jim o'tir..,- bundan esa Jungkookning lablari jilmayishdan to'xtamasdi.
- Nega meni rasmga olyabsan?!!,- Soyun stolcha ustida bananli sutni olib, yuzini yashirishga tushdi. Ortiq bu kulib turgan yigitga chiday olmay, qo'lini u tomonga cho'zib endi telefonni olaman degan vaqt Jungkook ortga yostiqqa boshini qo'yib yotib olib undan qutilishga ulgurdi. Telefoniga tikilib, Soyunni suratlarini tomosha qilishni boshlab yuborgandi Jungkook.
- Seni shunchalik soginib ketgandimki...,- suratlarga qarab jilmaygancha dedi Jungkook. - Endi qachon hohlasam bularni tomosha qilishim mumkin..

Shu sozlarni aytgancha Jungkook o'rnidan turib yana Soyunni qarshisida o'tirgan holda paydo bo'ldi.

- Lekin hozir seni jonli efirda ko'raman.

Jungkookning past ovozda qizga aytgan bu so'zlaridan yanada qizishni boshlagan Soyun ko'zini yana xona bo'ylab kezdirardi.

- Hoy...,- Soyun nihoyat ovqatlarga e'tiborini qaratdi. - Ovqatingni ye! Sovub qolyabdi. Qani , qani bo'laqol..

Bu vaqtda ikkisi ham sababsiz kula boshlashgan edi...

>>>

Ayni damda qayta kasalxonaga kelishga jur'at topa olgan Seoyoung, Jungkook palatasi oldida eshik oynasidan bu ikkisiga mehrli ko'zlari bilan jilmayib o'tirgan ikkisini tomosha qilardi. Yuzida hech qanday emotsiya korsatilmagan Seoyoung.., bunga kuchga qolmagan. Qo'lidagi kichik kvadrat shakliga ega konvertni tutib biroz o'ylanib turgan Seoyoung ichkariga kira olmasligini bilib, eshik yopilgan joyga qistirdi. So'ng ortiq o'ylamay ortiga shoshilgancha yo'nalgan qiz pastga tezlikda tushib bu yerni tark etdi.
Ammo ko'chaga olib chiquvchi eshikka yetganida qarshisida doim unga shunday paytlarda duch keladigan insoni bilan yana toqnashdi.

Qarshisidagi yigitga ohista tikilgan Seoyoung nihoyat so'zga kirdi.
- Menimcha bizning yo'llarimiz haqiqatan ham ko'p kesishadi..
- Sen ham Jungkookni ko'rgani kelding, to'g'rimi?,- qizning savoli ustiga savol berdi Jimin.
- Ha..,- Seoyoung boshini egib Jiminni so'zini qabul qildi. - Men sen istagandek Jungkook va Soyundan uzr so'rash uchun keldim..

Qizning bu so'zidan Jiminning yuzi biroz jilmaydi.Bu chin qalbdan edi, qizning harakatiga javob sifatida.
- Rostanmi?
- Ha men ketishdan avval buni qilishim kerak edi...,- Seoyoung ham jilmayishga urindi.

So'zini tugatgan Seoyoung yigitdan ko'zini uzib, chiqish tomon harakat qila boshladi. Buni ko'rgan Jimin ham qizga qarama qarshi ichkariga qadam tashladi. Ammo Seoyoung ortga qarab, uning ismini aytganida u yana toxtadi.
- Jimin,- yigit qizning chaqiruvi sabab ortga qayrildi. - Bugun ... bo'shmisan? Menda senga bir iltimos bor edi...,- nihoyat ichidagi bazor ma'lum qildi Seoyoung.

>>>

Yopiq savdo markazining yuqori qismi. Turli xil kompyuter o'yinlari , tanga tashlab o'yin mashinalarini ham haydash imkoniyatini beruvchi maskan. Oyoq ostidagi turli xil rangda yonib o'chayotgan kataklar ustida tinmay sakrab raqsga tushayotgan Jimin va Seoyoung to'g'ridagi ekrandagi harakatni qaytarishga urunib, tinmay kulardi. Jimin ekranga emas, qizga ko'proq etibor beradi. Chunki u avval qizni bunchalik haqiqiy va oxirigacha kulishini kormagan.

Bu o'yindan so'ng mashina haydab ko'rish, motorbike haydab ko'rish, undan keyin kichik basketball... Ular oynab chiqmagan hech biri qolmadi deyarli. Tinmay eshitilayotgan kulgular... Jimin qizdan oshiqcha hech nima soramadi ham. U shunchaki qiz istagandek uning yonida birga ko'ngilxushlik qildi. Seoyoung sherikni noto'g'ri tanlamagandi balki. U bunday joylarda, bunday o'yinlarni umrida birinchi bor sinab ko'rishi edi ahir.

Atrofda oynalmagan o'yinni izlab qarayotgan Seoyoung ortidan jimgina ergashayotgan Jiminga qaradi.
- Qanday mazza!,- Seoyoung jilmayardi.
- Seoyoung hammasi joyidami?,- tinmay kulayotgan qizga savol berdi ahiyri Jimin.
- Tushunmadim?,- jilmayishdan hali ham toxtamagan Seoyoung hali ham o'yindan olgan adrenalini ta'sirida edi.
- O'qishingga bormaysanmi?,- nimadan boshlashni bilmagan Jimin qizning bugungi tubdan ozgargan kim tartibini tilga oldi.

- Bugun nimani xohlasam shuni qilmoqchiman..,- Seoyoung yana atrofga qaradi. - Yana qanday zavqliroq narsa bilan shugullansa bo'ladi?

- Seoyoung, oying bilsa urishmaydimi?,- qizga havotirli tikila boshladi Jimin.
Bu savoldan kulgusi biroz yoqolgan qiz boshini inkor etgancha qimirlatdi.

- Men shundayam his qilyabmanki..u boshqa mendan jahli chiqmaydi..,- Seoyoung bu so'zidan keyin yana jillaydi. - Yuraqol anavi o'yinni ham oynab koramiz.

Oldinlab ketayotgan qizning ortidan Jimin ham ergashdi

Seoyoungni savdo kompleksidan olib chiqib, ijaraga velosipedlar beruvchi yolakka olib kelgan Jimin va Seoyoung endi velosipedni bor tezligida haydab korishardi.

Jimindan o'zib ketish uchun bor kuchi bilan harakat qilayotgan Seoyoung tinmay uni ismini autib baqirardi. Piyodalar yolagidan ikkisining baland kulgulari eshitilib turardi.

>>>

Bu oarada kasalxonaning Jungkookning xonasi Soyundan tashqari boshqa sinfdoshlari bilan ham to'lgan. Barchalari Jungkookni ko'rgani kelib olishgan. Soyun tinmay hazil qilgancha kulishdan boshamay , shovqin qilayotgan doslaridan biroz chetiga o'tib Jiminga telefon qilmoqda. Ammo Jimin qo'ng'iroqlarning barchasini javobsiz qoldirmoqda.
- Javob yo'q...,- telefonga qarab horsinib qo'ydi Soyun. - U ham kelaman degan edi..hali ham yo'q..

>>>

Velosipedlar bellashuvini tugatgan Jimin va Seoyoung bu vaqtda yolak chetidagi kursida o'tirar edi. Atrifdagilarni jilmaygancha tomosha qilayotgan Seoyoungning oldiga havo sovuqlashib qolganiga qaramay , muzqaymoq kotargancha Jimin ham kelib joylashdi.

Muzqaymoqni qo'liga olib yeyishni boshlagan Seoyoung har bir kichik narsalarga ham jilmayaveradigan kichik qizaloq kabi edi.
- Mm mazali ekan a? Doim shunday joyda o'tirib muzqaymoq yeyishni orzu qilgandim... ,- atrofdagi odamlarga qarab gapirdi Seoyoung.
- Bu senda birinchi martami?
- O'zing tasavvur qil... Nega shuncha vaqt buni qilib kormaganman...?
- Sen o'qish bilan band bo'lgansan,- muzqaymoqni tishlagancha oddiy javob berdi Jimin.
Seoyoung yigitga qarab qoldi.

- Qachonlardir Soyun mendan shu yerga birga kelishni taklif qilgandi.. U bilan kelish va zavqlanishim kerak edi,- Seoyoung yana yerga qaradi ho'rsingancha.
Endi Jimin ham qizga qaradi.
- Hozirdan buni boshlashing mumkin.
- Ha to'g'ri...,- Seoyoung bu safar bazor tabassum paydo qildi. - Jimin...

Seoyoungning chaqiruvidan Jimin etiborini unga qaratdi.
- Meni kechir...,- Seoyoungning bu so'zidan Jimin bir ogzini ochdiyu ammo uni toxtatmaslikka qaror qildi.
- O'tgan gal seni jismoniy kontaktdan qorqishingni bila turib, qarshi ish qildim...Bu sen uchun juda ham og'riqli bo'lgan bo'lishi kerak...

- Odatda sen uzr soramaysan,- Jimin mavzuni burishga urindi.
- Shunaqa,- Seoyoung yerga qarab jilmayib qo'ydi. So'ng osmonga qaragancha chuqur nafas oldi. -Men juda ham yomon bo'lganman... Lekin buni aytish uncha ham qiyin emas ekan.. Kechir Jimin..

>>>

Kasalxona Jungkookning xonasi to'la sinfdoshlari... Hamma hali ham hazil qilgancha kulishdan charchamagan.
Yetkazib berish xizmatiga aytilgan pitsalardan ham hali hamom darak yoqligidan xonadam chiqib tekshirib kelishga chiqqan Soyun, eshikni ochib oyogi ostiga patdel tushgan qogoz bolagini ko'rib toxtadi.
Konvertni qo'liga olgan Soyun ' Han Soyun uchun ' degan yozuvni ko'rib hayron qolgancha uni qo'liga oldi.
Ammo keyingi daqiqalarda uning ichidagini o'qib tushayotgan Soyunning ko'zlari kattalashib ketgandi.

" Soyun.. Kechir..
Nega buni oldinroq aytish juda qiyin bo'lgan?...
Minnatdor bo'lish yoki kechirim sorash...
Juda ham yolg'iz, hech kimsiz bo'lgan vaqtlarimda qanday yordam so'rashim kerak edi?...
Bu men uchun juda ham ogir yumush edi..
Agar men boshqa yo'lda bo'lib, o'qish bilan bor kuchim bilan shugullanganimda... Eng baxtli qiz bo'lishimga ishonardim.. hatto o'sha kunlarda baxtsiz bolsam ham.. deb o'ylagandim.
Soyun men bu ishlarni qancha kop qilib borganim sari..nega men baxtsiz bolib ketaverdim? Nega huddi nafasim meni bugishni boshlagandek bo'ldi?
Nega yana ham battar yaralangan mahluqqa aylanib boraverdim?
Men o'zimni bularning bari uchun yomon koraman.. Soyun..menga bugun baxtdan kechsang, ertaga unga erishish oson bo'ladi deyishdi..
Kattalarning bunday yolg'on lariga ishonma.. bugun baxtli qila olsang kelajakdagi baxt o'zi keladi.. men seni va Jungkook oldida kechirim sorayman, janob Kim va boshqa bolalardan ham.
Umid qilamanki, uzoq vaqt hafa bolmaysan.
Umid qilamanki hech kim boshqa meni deb ziyon kormaydi. Hayr.."

>>>
Seoyoung bilan hayrlashgan Jimin telefonini endi olib javobsiz qo'ng'iroqlar egasi qayta terdi.

- Jimin?! Nega telefonga javob bermaysan? Seoyoung bilan yaqin soatlarda duch kelmadingmi?,- telefondan Soyunning havotirga to'la ovozini eshitgan Jimin gap nimadaligini yuragi sezgandek bo'ldi.
- Seoyoung? Men u bilan hozirgina...hayrlashdim.
- Jiminn?! U hozir qayerda uni topish zarur!

29 qism tugadi.