October 14, 2025

The crime among us

Episode 3

–menga qara telba! Sen bilan hech qanday ishim yoʼq chunarlimi? Oʼtmishni kovlashda davom etsang ohirida uyalgan oʼzing boʼlasan. Mening ohirgi gapim Yunhee va Raewonga qarshilik qilma aks holda sening mana bu chiroyli videoying ijtimoiy tarmoqlarda aylanadi qizaloq!

Serin Jungkookning qoʼl telefonida ijro etilyotgan videoga qarab oʼzining barda aqldan ozgan ayollardek raqs tushayotganini koʼrdi. Tunda Serin ichkilikdan koʼp foydalanadi va shu sabab bazida oʼzini yoʼqotib qoyadi. Hozir ayanan telbalardek raqs tushayotgan tanasiga qarab jahli chiqishni va Jungkookdan uyalish hissini taʼtib koʼrdi. Lekin Jungkookning yonida qoʼrqoqlardek ish tutish u uchun begona. Doim oʼzini haq deb bilgan qiz 1 video ortidan oʼzini yerga urishni hohlamaydi aslida Jungkook uni magʼlub qilgan boʼlsa ham. Serin oʼng qoʼlining ikki barmoqlarini chap qoʼli bilan qirsillatgancha miyigʼida kulib javob berishga shaylandi.

–bilasanmi nima? Senga erkak degan nom begona Jungkook. Oʼzini haqiqiy erkak deb bilgan inson qaysidir burchakdan ayolni oʼziga boʼysundirish uchun bunday mayda narsalarni toʼplab yurmaydi, Vaa.. Hurmatli Jeon Jungkook biz siz bilan kelisha olmadik. Meni chala erkakliging bilan qoʼrqita olmaysan!

Suhbat... ularning suhbati doimo shunday keskin va kutilmagan holatga boy boʼlgan. Lekin bu safargisi oldingilaridan ancha farq qiladi. Jungkook uchun aytilgan bu soʼzlar unga hanjar misol sanchildi. Lekin u bunday boʼlishini oldindan bilgan va bu holatga oʼzini tayyorlagan edi.

–menga erkaklik qanday boʼlishi haqida dars oʼtguncha ukang bilan shugʼullansang boʼlardi. Bu videoni menga aynan Junseo joʼnatdi va men u bergan maslahat boʼyicha ish tutdim. Koʼrib turbmanki sen va mukammal akang uni juda yaxshi tarbiya qilibsiz.

Sen bilan murosaga kelolmasligimga yana bir bor ishonch hosil qildim Serin. Kuning hayrli boʼlsin! | Jungkook ketishidan oldin ohirgi 2soʼziga urgʼu berib xonada qizni oʼz hayollari bilan yolgʼiz qoldirdi.

Pov Serin
–Junseo... Nima uchun?


–oyijon qachon uygʼonasiz..? Sizni juda ham sogʼindim. Barmoqlaringizni sochlarim orasidan yurgizib silashingizni meni yana hazil qilgancha "guruchli koptokcham" deyishingizni.... bilasizmi sizning bebosh qizingiz nimalar qilmadi... Yunheeni xafa qildim. Bilaman, men bunday qilmasligim kerak. Lekin oʼsha lanati Jungkookni koʼrsam suv ilon onasi esimga tushadi.... Yunhee sodda qiz. Raewon undan foydalanib qalbiga ozoz berishini hohlamayman. Shundoq ham unga yaramas Sunwoo yetadi. |Onasining moslamalar ulangan qoʼlini sekin oʼpdi. Qon tana boʼylab yugurmoqda onasining tafti doimgidek huddi sogʼlom boʼlgan vaqtidagidek. Serin endi boshini onasining kafti ichiga qoʼyib koʼzlarini yumib oldi.

–Junseo siz haqingizda bildi oyijon tirikligingiz haqida... lekin u bundan juda xafa boʼldi. Sizning tirikligingiz uchun emas biz siz haqingizda yashirganimiz uchun. Bilaman men va akam xato ish qildik. Lekin barchasi uning foydasi edi. Men ham oshirib yubordimmm... undan uzr soʼrashga kuch topishim uchun menga vaqti kerak. Ozginaginaaa koʼp emas. Oʼzimga kelib olishim kerak. Men kuchliman chunki sizning qizingizman. |Serin boshini yuqori koʼtarib biroz tartibsiz boʼlgan sochlarini toʼgʼrladi. Yotoq yonidagi stuldan turib onasining peshonasidan oʼpib undan uzoqlashdi. Lekin eshik yoniga yetmasidan oldin eshik ochilib xona ichiga Junseo qoʼlida guldasta bilan koʼrinish berdi.

–Junseo...? | Serinning hayronligi uning ovozidagi keskinlikdan maʼlum edi. Junseoning qiyofasi esa doimgidek emas xatto kiyimlari ham oʼzgargan. Junseo qora kiyim kiyishni unchalik ham hush koʼrmasdi. Lekin bugun aynan u tim qora kiyimda. Sochlarining turmagi ham biroz oʼzgargan. Junseo ertalabki holatida farq qilardi. Yuzidan doim yoqimtoylik ufurib turgan yigit huddi Sunwoo dek sovuq auraga ega holatda. Ertalab sodir boʼlgan voqea 5 -6 soat mobaynida uni nega bunchalik tez oʼzgartrib yubordi?

–kelishga haqqin bor shunday emasmi Serin? Yoki oyimni mendan yana yashirib qoʼyish uchun shu yerdamiding? Qoʼrqma manzilni Sunwooning oʼzi berdi. | Junseo Serinning yonidan oʼtib onasi tomonga borib yotoq yonidagi tuumbaga pushti lolalarni joyladi. Serin esa yelkasi bilan ort tomonga burilib uni tomosha qildi va Jungkookning gaplari yodiga tushdi.

–sen... Nega bunday qilding Junseo? Men Jungkookning yonida uyalsam sen rohatlanasanmi?

–yoqmadimi opajon? Ahir juda ham jozibali koʼringansiz. | Yotoq chetidagi stuldan joy egallagan Junseo sochlarini beparvolik bilan toʼgʼrladi.

–sen...! Nima aqlingni yeb qoʼydingmi?! Oyim haqida aytmaganligim sababli menga urush eʼlon qilmoqchimisan? Bu ishing xato Junseo! | Serin ukasi qarshisiga kelib oyoq tiradi.

–unda qay bir ishim toʼgʼri?! Men xato qilish uchun dunyoga kelganman shunday emasmi? Menga endi farqi yoʼq. Meni merosdan mahrum qilsangiz ham roziman. Endi esa chiqib keting oyim bilan yolgʼiz qolmoqchiman. | Junseoning sovuqqonlik bilan aytilgan gaplari Seringa juda ham ogʼir botdi. Doim yuzida iliqlik boʼlgan yigit birdaniga oʼzgardi oʼziga yarashmaydigan qiyofaga. Serin uning hozirgi holatini koʼrib oʼzi va Sunwooni koʼrgandek boʼldi. Ular ham huddi shundek hissiyotlarida hech qachon bahorning yoqimli iliqligi boʼlmagan.

–afsuslanishing mumkin ... | Serin ortiq soʼz deya olmadi xonani tezlikda tark etdi. Rostini aytsak nima ham deyishi kerak edi? Aslida Junseo ular sabab bu holatga kelmadimi? Endi xatoni yana undan qidirish bu qip-qizil ahmoqlik boʼladi.

***
Dushdan hozirgina chiqqan Yunhee tosh oyna qarshisiga kelib qoʼliga soch quritgichni olgan vaqt telefoninig baland ovozi yotoqxonada baland yangradi. Qoʼlidagi buyumni yana qayta joyiga joylashtirgan qiz yotoqxonaga burildi. Xonaga kirgach yotoqxona derazasida oʼchib yonayotgan telefonini qoʼliga olib begona raqamdan qoʼngʼiroq boʼlayotganini koʼrdi. Unga javob berishga biroz ikkillandi lekin baribir unga javob berdi.

–Yunhee eshitadi...

–hayrli kech Yunhee. Seni bezovta qilmadim shundaymi? Men Raewonman. | Yunhee bu begona raqam kimga tegishli ekanligini angladi uning yuziga qizil bosishga shaylandi lekin nimadir ichida unga uning aybi qayerda deb azob berardi.

–tanidim. Nima hohlaysan Raewon?

–uyda boʼlsang oynadan bir marta qara. | Raewon soflik bilan unga iltimos qildi. Uning yoʼgʼon ovozidan tanasida issiqlik yugurgan qiz qizargan yuzini kafti orasiga oldi.

–men uyda emasman.

-aldashni bas qil. Pardaning ortidan seni chiroyli qomatingni koʼrib turibman. | Raewon biroz hazil aralash soʼzlab uni uyaltirgan boʼldi. Yunhee bahonasi ish bermaganini anglab sharmanda boʼlgani sabab pardaning yonidan tezlikda uzoqlashib yotoq ustiga yotib oldi.

–nega mendan qochasan Yunhee? Javob berrrr.

–senga javobb berishga majbur emasman!...| uning ovozidan uyalganligi shundoq maʼlum edi.

–yaxshi hohlamasang majburlash yoʼq. Lekin bir narsani bilishingni hohlayman.... men seni hech qachon tark etmayman. Meni haydasang ham doim yoningda boʼlaman. Oʼsha tentak dugonang bilan meni ishim yoʼq. Oʼtmishing ham menga qiziq emas. Seni birinchi koʼrgan vaqtim meniki boʼlishingni hohladim va shunday ham boʼladi kapalagimmm. |Raewon bir nafasning oʼzida butun dunyoni anglatuvchi soʼzlarni Yunheening qulogʼiga aytib boʼldi. Uning yuragi hapqirib tanasidan chiqib ketishga tayyor... hayajon... muhabbat... sevilish tuygʼusi. Yunhee hech bir soʼz deyishga botina olmadi va shu zahot qoʼngʼiroqni ochirdi

2-3 daqiqa eshitga soʼzlariga ishonmay qoʼllari bilan yuragini ushlagancha tabassum qilardi. Butun kunlik charchoq tanasidan chiqib ketgandek boʼldi. Sevgi ajib tuygʼu butun bir dunyoni 3tagina soʼzga sigʼdiruvchi... Yillar davomida seng tegishli boʼlgan yuraging senga hiyonat qilib boshqasi uchun dukkilab urib turishi senga baxt bagʼishlaydi gohida esa qaygʼu. Yunhee eshitga soʼzlari tushda boʼlmaganligini bilish uchun oʼzini chimchilab koʼrdi. Tanasi ogʼridi.. Demak barchasi haqiqat!. Shu vaqt mashinaning mator ovozi eshtildi. Menimcha Raewon ketgan. Yunhee oʼziga oʼzi soʼzlagancha yotoqdan turib deraza yoniga yugurdi pardani tezlikda ochib hali ham bir joyda turgan Raewonga qaradi. Yigit hiyla qilgan. Mashinaning rul tomondagi eshigi ochiq va Raewon kulgancha qizga qoʼl siltab qoʼydi. Yunheening yuzi yana olov boʼlib yondi. Ikki qoʼlini yanoqlariga qoʼygan qiz jilmayib pardalarni tezlikda yana toʼsib qoʼydi. Yigit ham Yunheeni koʼrdi endi koʼngli toʼq. Bemalol ketsa ham boʼladi. Raewon yana mashina matorini oʼt oldirdi va bu safar rostdan ham u yerni tark etdi.


Serin mashinasini ustaxonaga topshirgach taksida kerakli joyga yetgach yoʼlning qolganini piyoda bosishni hohladi. Soat allaqachon kechki 8 dan oshgan shunday boʼlsada Seulning kichik koʼchalarida odam soni kam. Serin qoʼlidagi sumkasini yelkasiga yaxshilab ilgancha qadamlarini tezlatib tezroq kerakli boʼlgan manzilga borishga intilar edi. Oy Quyoshning yorqin nurini oʼzida aks ettirib oʼzgacha zavq berardi. Serin nega shoshilmoqda oʼzi ham buni bilmaydi. Bu tor koʼchalarda yurishdan qoʼrqish emas, yaqining yoniga tezroq borishni hohlash hissi. Biroz vaqtdan soʼng kichik koʼcha tugagach katta keng yoʼlga qadam qoʼydi. Yoʼlnin har ikki tomonida baland binolar, hovlisi bor uylar bilan toʼlgan. Serin yuziga urilgan mayin va salqin shabbodadan toʼyin nafas olgach koʼzlarini yuqorida yulduzlar orasida tanho boʼlib turgan oyga tikdi. Oy juda ham chiroyli va mukammal koʼrinadi. Lekin unga yaxshilan nazar tashlansa yuzida bir talaygina qora dogʼlar borligini payqaydi kishi. Serinning koʼngli ham huddi shu oy misol uzoqdan mukammal yaqindan boqsa dogʼlarga toʼla. Serin yana koʼzini yoʼlga tikkach qoʼliga telefonini olib yurishni boshladi. Burilishga yetganda oʼng tomonga qadam qoʼygan vaqt yuziga kimningdir qattiq tanasi tegdi. Serin yuzi burishgancha qarshisidagi insonga qaradi. Bu yana oʼsha... Jungkook. Jungkookkning yuzidan biroz ter oqqan, qulogʼida quloqchin va sport kiyimda uning qarshisida hansirab turardi.

–sen lanati bu yerda nima qilayapsan?! | Serin haqorat soʼzlar bilan unga oʼshqirdi.

–shsh... Biroz nafas rostlagani qoʼy.! Huhhhh...! |Jungkook qoʼli bilan jim ishorasini qilib, chuqur nafas olib chiqardi. Serin koʼzlarini yuqoriga qaratib ensa qotirgan boʼldi.

–nima meni kuzatib yurbsanmi? Hudoning balosi. | Serin qoʼllarini chalishtrishdan oldin sochalrini ortga oldi.

–seni menga foydang tekkanmidiki seni kuzatib yursam? Qayerga borma qora zirapchadek oyogʼim ostidan chiqyapsan. Yoʼlimdan qoch. | Jungkook qoʼli bilan qizning yelkasidan surib yugurishga shaylandi. Va shunday ham qildi. Serinning bundan jahli chiqib oyogʼidagi poshnali tuflisini yechgancha ortga burilib Jungkookning yoʼliga bor kuchi bilan otid. Muvaffaqiyatli urinish. Tufli toʼgʼri borib yigitning ikki yelka kuragi oʼrtasiga zarb bilan tegdi va Jungkookning ingroq ovozi eshtilib toʼhtadi.

Serin qilgan ishidan mamnun boʼlib baland ovozda soʼz boshladi.

–zirapcha ogʼir tegmadimi? |Jungkook hech bir soʼz demay yoʼl chetida yotgan tuflini qoʼliga olib, Serinning qarshisiga keldi. Serin hozir Jungkook tomonidan haqoratli soʼz eshtishni yoki oyoq kiyimini otib yuborishini kutgan edi. Lekin hammasi teskari ketdi. Jungkook bir tizzasi bilan yerga egilib Serinning oʼng oyogʼini biroz koʼtarib tuflini uning oyogʼiga kiydirib qoʼydi. Jungkook tomonidan boʼlgan bu yaxshi munosabat Serinni hayratga soldi. Jungkook yana oʼrnidan turib uning koʼzlariga boqdi. Qorachiqlarini qizniki bilan bir xil harakatlantirga yigit qizni manipulyatsiya qilgandek edi.

– sen umuman oʼzgarmagansan Serin. Doimgidek alamingni olish uchun nishon men. Bu ikkinchisi Serin, hovuzdagi holat, hozir esa tufli bilan boshimni yorishga harakat qilding. Keyingi safar moʼljalni aniq ol chunarlimi? |

–ogʼzingni yum Jungkook. | Jungkook bosh barmogʼi va koʼrsatkich barmogini bir qilgancha ogʼzini zamoklagan boʼldi va lab chetida jilmayib yechilgan quloqchinlarni yana qulogʼiga ilib ortga burildi. Serin yana soʼzsiz qoldi. Lekin oʼylantiradigan boshqa bir muammo bor hovuzda nima boʼlgan? Aynan qaysi kun? Serin biroz vaqt shu holatda turdi. Toki Jungkookning soyasi yoʼq boʼlguncha va birdaniga sochlari orasiga qoʼllarini yuritgan qiz yerga oʼtirib oʼzini oʼzi baqirgancha soʼka boshladi.

-jin urgurr!!!! Men nima qilib qoʼydimmm!?? Keyingi safar ichsam sochlarimni kesganim boʼlsin.

To be continuing