September 2, 2025

𝗢𝗥𝗔𝗠𝗜𝗭𝗗𝗔𝗚𝗜 𝗝𝗜𝗡𝗢𝗬𝗔𝗧

𝘐 𝘸𝘰𝘶𝘭𝘥 𝘳𝘢𝘵𝘩𝘦𝘳 𝘳𝘦𝘷𝘦𝘢𝘭 𝘵𝘩𝘦 𝘤𝘳𝘪𝘮𝘦 𝘣𝘦𝘵𝘸𝘦𝘦𝘯 𝘶𝘴 𝘵𝘩𝘢𝘯 𝘬𝘦𝘦𝘱 𝘪𝘵 𝘢 𝘴𝘦𝘤𝘳𝘦𝘵...

𝟭-𝙌𝙄𝙎𝙈

Jazirama yozning yana bir issiq kunidan biri. Quyosh allaqachon ufqqa koʼtarilib oʼzining qaynoq taftini eslatishni kanda qilmayapti. Bogʼdagi maysalarning yashil rangi quyoshdan yorqin rang olgandek edi goʼyo. Osmondagi bulutlarning ham kayfiyati yaxshi, oppoq va momiqlik ularda aks etgan. Bu muhit insonga qulaylik sokinlik bagʼishlaydi. Bilmadim qanday ? Lekin ularning barchasi bir boʼlib tinchlik ramizini oʼzida uygʼunlashtirgan. Tinchlik... tabiat sokin boʼlishi mumkin. Ammo odamzot oʼz qoʼllari bilan tabiatda barpo qilgan ulkan shaharlar bundan mustasno. Busan... Bu shahar ham qurilgandan beri doim gavjum va shovqinli boʼlgan. Bu shaharning koʼchalari odamlarning tinimsiz gʼala-gʼovuriga toʼlgan lekin aytilmagan soʼzlar ham yoq emas.

< "Kyungsung University" xususiy univer musiqaga ixtisoslashgan >

-Junseo musobaga ham kam vaqting qoldi. Meni har kuni chaqirib boshimni oʼgritib gap sotishingni hojati yoʼq. Asbobingni chalib qoʼshiq aytib yursang senga koʼproq yarashadi va menga halaqit ham bermasding ( Serin universtitet hovlisida ukasi shoshilinch ishim bor deb chaqirgani sabab shoshilib erta tongda uni koʼrgani kelgan edi. Lekin Junseoning muhim ishi uning enasisining qotishiga sabab boʼldi)
-menga qara opa, men seni bu yerga bekorga chaqirmadim. Buni oʼzing ham bilasan sen mening ilhom pariyimsan shuning uchun ham shu yerdasan. Musobaqadan esa havotir olma men albbata 1-chi oʼrinni qoʼlga olib oʼsha jin urgur medal va diplomni Sunwooning yuziga uloqtiraman. (Junseo yelkasi bilan opasining yelkasini ohista turtib qoʼyib ogʼzidagi shirin tayoqchani (chupa chups) aylantirib choʼntagidagi qoʼllarini tashqariga chiqarmagan holda mayin va oʼzidan mamnun boʼlib jilmaydi.
-Agar sening bu gapingni qadrli akamiz Sunwoo eshitsa peshonang oʼrtasidan havo oʼtib turishi uchun darcha hosil boʼladi. ( Serin koʼrsatgich barmogʼi bilan Junseoning peshonasi oʼrtasiga tekizgan boʼldi. Uning bu hazilomus tahididan ikkisi ham kulib yuborishdi. )
-men akamizni yoqtirmayman Serin. U juda ham badfeʼl odam sen esa uning yumshoqroq variantisan men esa ichingizda eng yaxshisi!
-sen tirmizak!!! Mening yaxshiligimni bilmasang koʼr bolishing mumkin! (Serin endi yumshoqlikni unutgan holda ukasining qulogʼidan qattiq pastga tortib uning ogʼriqdan ovoz chiqarishiga sabab boʼldi)
-yaxshi kechir opa gapimni qaytib oldimm!!! (Junseo opasining changalidan chiqishga harakat qilib bor kuchi bilan chiranishni boshladi)
- bu safar indamadim kichik bezori... (Serinning soʼzlari ohiriga yetmasdan telefon ovozi butun bogʼni tutib baland jarangladi. Serin bir qoʼli bilan telefonini choʼntagidan olib bir qoʼli bilan hali ham ukasining qulogʼidan tutib turardi)
-eshitaman aka... chunarli 10 daqiqada oʼsha yerda boʼlaman. ( Serin telefonini joyiga joylab yana bor etiborini Junseoga qartgancha qattiqroq qulogʼidan bir bor tortib qoyib yubordi)
-huhhh! Vanihoyat!! Qulogʼsiz qolaman deb oʼylagandim. Rahmat opa...( Junseo qizargan qulogʼini ushlab opasiga sohta minnatdorchilik bildirdi va ogʼzidagi shirin tayoqchani qoʼliga olib unga qarab yana ogʼziga soldi)
-men ketishim kerak Sunwoo chaqiryapti. Sen esa yaxshilab tayyorgarlik koʼr. Chunarlimi?! Sunwoodan sen uchun ruhsat olishim oson kechmaganligini yaxshi bilasan. Seni yaxshi koʼraman oʼzingni ehtiyot qil. (Serin soʼzlarini dona dona lekin shoshgancha aytib undan uzoqlashgancha qadamlarini tezlatib u yerdan uzoqlashdi.)
-seni uyaltirmayman opa (Junseo qizargan qulogʼini yana bir ushlab uning ortidan pishirlab shirin tayoqchani qattiq tishlagan vaqt unga qoʼshib tilini ham tishlab olgank sabab qattiq uhhh tortib yubordi)

-yangi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni joylariga joyladingizmi? ( Sunwoo qattiq ohang bilan yonida uning qadamlariga yetolmay yugruib yurgan xodimlari va sovuqqonlik dugonasi boʼlgan singlisi Seringa yuzlandi. Shu barobarkida Sunwoo baqquvat qoʼllari bilan oʼng yelkasini biroz uqalab qoʼydi.
-Ha yangilarni bugun kerakli joyga joyladik. Lekin... akiyalar ularni nima qilamiz? Moddiy zararga kirishni niyat qilmadingiz deb oʼylayman aka( Serin yuzidagi koʼzoyangini toʼgrilab osmonning rangini eslatuvchi kastyumining ikki yoqa chetidan biroz ushlab togʼrlab qoʼydi. Bu kompaniyada faqatgina Seringa unga bu ohangda gapira oladi. Faqatgina Sunwoo unga hisob berishga majbur.)
-bilamann Serin... oʼzim ham aksiyalarimiz tushmaslik yoʼlini izlayapman. Balki ishchilarimiz yangi natija olish uchun koʼproq harakat qilisharr. (Sunwoo yonidagilarga urgʼu berib, qoshini chimirib planshetda sotilgan mahuslotlarni hisoblashni boshlab yuborgandi. Serin ham qilishi kerak boʼlgan ishlari borligini oʼylab Sunwooga bosh ekkancha undan uzoqlashib yangi mahsulotlar joylangan yangi boʼlimga borishni hohladi.

Serin yangi savdo boʼlimiga yaqinlashib yuqorida katta chiroyli harf shrifti va chiroqlarning yorqinligi bilan yoritilgan "PURESEOUL" kompaniya nomi yozuvini koʼrib did bilan ishlanganliga ishonch hosil qilib qisqa bosh silkib qoʼydi. Ichkariga kirgan qiz har bir qator va reklama bannerlarning har biriga koʼz yugurtirshni tekshirib chiqishni kanda qilmaydi. U ishining eng ustasi desa ham boʼladi. Serin mukammallik standartlariga asoslanib harakat qiladigan ayollardan. Bu kosmetik buyumlarning kerak boʼlsa har bir yoʼriqnomasi bilan tanishib chiqishini biladigan kotiba uning ortidan yurib barcha narsa toʼgʼri boʼlishiga umid qilardi. Chunki bu kosmetik buyumlar xalqning ehtiyojini qondirsa ularni chet elga eksport qilish yana ham koʼpayadi. Shuning uchun ham Serin eng kichik ishning deta detaligacha ishlaydi. Serin bu yerdagi har bur qatorni koʼzdan oʼtqazgach oʼzida mamnulik hissini tuydi va yonida uning javobini kutib turgan kotiba qizga oʼgrildi.
- hammasi ajoyib! Yaxshi ishlabsan kotiba Choi. (Ortiqcha maqtovsiz Serin tufli poshnasini qattiq polga bosgancha u yerni tark etdi. Kotiba Choi undan positiv javob eshitganidan juda hursand. )

Kechli soat 20:43
<Signiel Busan Hotel ichidagi Indoor Pool>

-Serin balki ichkilikni birod kamaytirib yonimga suvga tusharsan. (Yunhee basseyning ichidan otilib chiqib sochlarini ortga tarab baseynning chetida qulay boʼlib oʼtirib olib alkagolni qolidan tushurmagan holda ichimlik ichib qoʼshiq hirogaya qilib oʼzi bilan oʼzi ovvora boʼlib oʼtrigan qizga gapirdi. )
-nahhh! Kerak emas menga shu yer qulayyyy. Men sevgilim bilan vanihoyat birgaman! (Serin shunday deya basseyn chetiga chiqmagan holda qoʼllari tirab turgan dugonasiga qarab barmoqlari orasidagi stakanni oʼynatib labi bilan chetida boʼsa qoldirdi. Uning bu qiliqlarini Yunheedan boshqa hech kim bilmaydi. Ishda masuliyatli boʼlgan Serin Yunhee bilan koʼngilhushlikka kelganda bemanilikning eng choʼqqisiga chiqar edi.)
-sen qiz aqlingni yebsan.. bir kuni shu lanati ishing seni ado qiladi. Keyin yoninga Yunheee deb kelasann.
-nega shunchaki oʼzing suzolmaysan? Men dam olyapman. Menga buni ham koʼp koʼrma qizim. (Serin boshini oʼrindiqning oldiga suyab koʼzlarini yumib olib chuqur nafas olib chiqarib spirtli ichimlik sabab miyyasida ahmoqona fikrlar bong urib nazoratini yoʼqotishga sabab boʼlayotgan edi.

-hoyy Hee! Menga qara sen endi rostan ham Wooni bilan orani ochiq qildingmi?(Yunhee allaqachon hovuz burchagida paydo boʼlib hoʼl va betartib sochlarini barmoqlari bilan tarab javob berishga shaylandi. )
-Serin bu mavzuni qayta ochish niyatim yoʼq. Akang bilan boʼlgan munosabatim menga faqat zararga ishladi!
-uni ham biroz tushunsang boʼlardi... Toʼgʼri qoʼpolligi bor lekin....
-menga ozodligimni cheklovchi insonlar yoqmasligini juda yaxshi bilasan. Sunwoo uchun shuncha vaqt qoʼlimdan kelganini qildim. Lekin ohirida nima boʼldi? Hamma aybni menga agʼdarib qadrli akang suvdan quruq chiqdi. (Yunheening asab tolalari mingga chiqqanligi ikki uzun qoshlari chimirlganidan maʼlum edi.)
-Yunhee men hech qachon munosabatda boʼlmaganman. Oʼrtangizdagi tuygʼularni tushunishga urundim menimcha xato yondashish boʼldi men tomondan. Kel barchasini shu yerda toʼhtatamiz. (Serin hozir ichkilik sababmi yoki akasining qilmishi sababmi juda ham sokin. U koʼpincha qaysarligi bilan insonlarni oʼzidan bezor qiladi ammo bu safar Yunheeni shunchaki maqullab ichkilikni simirib oʼtirgan oʼrindigʼiga yaxshilab joylashdi.

Katta hovuzning boʼyida oʼtirgan ikki qizdan sado chiqmas faqatgina Yunheening suvdagi aksiga qoʼli bilan tegingan vaqtdagi shovqini chiqar edi toki Yunheening oʼzi gap boshlamaguncha.
-bilasanmi Serin men 1hafta avval bir yigit bilan uchrashib qoldimmm....
-darrovmi? Ahir akam bilan ajralganinga endigina 2oy boʼldi..
-gapimni boʼlmasangchi yaramas qiz! Sen meni baxtli boʼlishimni hohlamysanmi? (Yunhee ham endi qoʼliga viski olib barmoqlari orasida qaltis oʼyin oʼynagandek sekinlik bilan mohirona aylantirdi)
-bu gapni qayerdan olding Hee? Seni yaxshi koʼraman va baxtli boʼlishingni hohlayman.
-1hafta oldin Sunwoo bilan uchrashgandik...

Flashback

-Yunhee! Gapimni eshitsangchi!!! (Sunwoo qizning bilak qismidan qattiq lekin ozor bermaydigan darajada ushlab nigohlarini qizniki bilan toʼqnashtirdi. Yoʼq... Bu avvalgi mehribon Yunhee emas yuragida illiqlik mavj urgan quvnoq qiz emas. Koʼzlarida gʼazab, xafagarchilik va alam hissi mujassam.
-Yunhee... senga aytmoqchimanki... oʼsha kuni jahlim chiqqani sabab sen bilan munosabatlarimiz tugadi degan edim. Lekin seni sevishdan toʼhtamadim.
-sevgi? Shumi seni sevging?! Menga egalik qilib zugʼm oʼtkazish bilan sevasanmi meni? Bilasanmi nima? Oʼsha kuni shu lanati munosabatimizni tugatib ajoyib ish qilding. Chunki har kun xato qilishdan qoʼrqib yashash jonimga tekkan edi. Men insonman Sunwoo hayvon emas. (Yunhee yigitning qoʼlidan qattiq yulqinib chiqib koʼprikning piyodalar uchun moʼljallangan yoʼlagi boʼylab tez-tez yurib ketardi. Sunwooning doim jahli tez boʼlgan shuning uchun ham u munosabatlarda koʼp pand yeydi. Lekin Yunhee bilan boshqacha. Yunhee uning birinchi bor gʼururidan kechishga sabab boʼlgan qiz lekin unga nisabatan koʼrsatilmagan mehr aytilmagan shirin soʼzlar bisyor.

Comeback
-Sunwooga ortiq bunday munosabat bilan davom ettira olmasligimni aytib jahlim mingga koʼtarilgandan ortimga ham qaramay koʼprik boʼylab yurib ketdim Serin. Bilmadim qancha vaqt... lekin birdaniga yomgʼir yogʼib yubordi bilasan yoz yomgʼiri menga yoqadi...
-keyin nima boʼldi Hee? Orzuyingadi bolani uchratib qolib sevib qoldingmi?(Serin handon otib kulgancha ogʼziga uzm donasini soldi)
-ozroq jim boʼlsang kulminatsion nuqtaga keldim!

Flashback again

Pov Yunhee
-uning bu hudbiligi asabimni buzyapti! Faqatgina sen sevasanmi lanati Sunwoo! Men qogʼirchoq emasman ahir. Nega boʼlar boʼlmas narslardan ham rash qilaveradi. Havo olishga qiynalaman uning yonida. Shumi men hohlagan sevgi. Erkinliklarimni cheklaydigan boʼlsa menga bunday muhabbatni keragi yoʼq. (Shu vaqt nimadir boʼldiyu sharroz etib yozning yoqimli yomgʼiri Yunheening soʼzlarini maʼqullagan boʼlib yogʼib yubordi. Yunhee yomgʼirdan qochmaydi aksincha tomchilar bilan birga boʼlishni afzl koʼradi. Koʼzlarini yumgan qiz kipriklari biroz pir pirab boshini osmonga qaratib chuqur nafas olgancha qoʼyib yubordi. Qoʼllarini ikki yonga keng yoygancha aylanar ekan kimgadir qattiq urilib muvozantni yoʼqotdi. Lekin ikki kuchli qoʼl uning yelkasidan tutib qolib oʼziga tortdi. Koʼzlarini ochgan Yunhee yomgʼir tagida koʼzlarini yomgʼrining tomchilari sabab tez tez ochib yuimib turgan. Toʼq qora sochli qoshlari ham huddi sochlari rangi kabi, labi nim pushti boʼlgan yigit qarshisida unga havotir nigoh bilan qarab turganini sezdi. Keragidan ortiq koʼzlar suhbati ikkisini ham hijolatga soldi. Yunheeni qutqaraman deb soyabonini yerga tashlab yuborgan yigit undan qadam uzoqlashib uni yana qayta qoʼliga oldi. Yunhee hech bir soʼzsiz uning harakatlarini kuzatib, qoʼllari bilan koʼylagi etagini oʼynagancha turardi. Yigit egilib soyabon olgach ikkisini ham yomgʼirdan toʼsdi.
-men oʼzimni oʼzim himoya qila olaman. (yunhee shunday deya soyabon ostidan chiqishga harakat qildi lekin bu ish samara bermadi.)
-ustingiz hoʼl boʼlibdi xonim... (yigit shunday deya uning yomgʼirda hoʼl boʼlgan kiyimlariga ishora qildi. Yunheening qizil gʼuncha labi biroz qaltiradi, bu his iliqlik lekin nega? Aynan hozir nega kerak bu? )
-Kechirasiz qoʼpolligim sabab soyaboningiz qoʼlingizdan chiqib hoʼl boʼldingiz... (Yunhee soyabon ostida undan uyalib qizarga ikki yuzini soʼng nam sochlarini siladi. Uning bu qiligʼidan lab chetida nim tabassum qilgan yigit yana oʼsha eski jiddiy siluetiga qaytdi)

-hech qisi yoʼq.. Siz yomgʼirni yaxshi koʼrasizmi? Huddi telbadek qoʼllaringiz yonga qilib aylanayotgan edingiz.
-yoʼq menga yomgʼir yoqmaydi. (Yunhee ichidan ha deyishni hohlagan boʼlsa ham buning aksini aytib, yigitning qoʼlidan soyabonini yulib olib teskari burilgancha yigitni ortda qoldirdi. Uning bu qiligʼi oʼziga ahmoqlikning yuqori darajasiga chiqqanligink eslatib oʼzidan oʼzi uyalishiga sabab boʼldi va qadamlarini tezlatib ohiri yugurib ketdi.

Comeback
-Yunhee?!! Sen aqldan ozganmisan ? (Serin unga qarab na kulishni na yomon gapirishni bilardi. Uzoq jimlikdan soʼng Serin oʼzini ushlab turolmadi va bor ovozi bilan kulib yubordi)
-yaaa Serin kulmangchii!! Oʼsha vaqt nima qilishimni bilmay qoldim u meni asrlikka olgandek edi goʼyooooo!
-hop hop jimmann ! (Va yana oʼsha qoʼngʼiroqdek kulgu ovozi jarangladi )
-men uni yana kecha uchratib qoldim. Junseoni koʼrgani borgan vaqtim qarshimda klassik uslubda kiyinib olib turardi. Keyin uning yonidan indamay oʼtnoqchi boʼlganimda meni toʼxtibb savolga tutdi! Soyabonini soʼradiii Seriinn! Lekin men uni oʼsha kunni oʼzidayoq ahlat qutisiga otib yuborgandimmmmm
-sendan aqlsiz inson yoʼqligiga ishonchim komil. Keyin nma boʼldi?
-soyabon evaziga kechki ovqatga taklif qilishim kerak ekanligini aytdi. Keyin... keyin.. men unga bir koʼrishdayoq yoqib qolibman. Chiroyli soʼzlar bilan emas shunchaki ichida boʼlsa shuni toʼkib sochdi.
-seni bu gaplaringdan allaqachon koʼnglim behuzur boʼlishni boshladi. (Serin ensa qotirib oʼrnidan turgancha ustidagi momiq halatning belbogʼini boʼshata boshladi.)
-sen buni tushunmaysan Serin va men rozilik berdim. Ertaga u bilan uchrashuvim bor va sen ham men bilan birga borasan. Mavzuga shu yerda nuqta qoʼyildi men uyga ketishim kerak. (Yunhee shunday deya oyoqlarini havzadan chiqarib qaddini rostladi. Serin ham basseyn ichiga shoʼngʼib hamma joyni yana bir bor suv qildi va norozi ohnagdan Yunheega gapirdi.)
-mendan buni soʼrama Hee!
-bu iltimos emas Serin. Koʼp ichma mast boʼlib qolasan ertaga kechqurungi 7da seni olgani kelaman. (Yunhee uning gaplarini eshitmagandek hovuzdan chiqib kiyinish xonasi tomon ketdi. Serin endi basseynda yolgʼiz edi. U ikki qoʼlini basseyn chetiga keng yoyib suvda oʼzini bosh qoygancha chuqur nafas olib pichirladi.
-yana ozroq ichkilik menga zarar qilmasligini yaxshi bilaman va oʼsha joyga hohlmasam ham sen uchun boraman ahmoq!

< Keyingi kun >
-yana qayerga bunday yasanib ketyapsan opa? (Junseo bugun dam olish kuni boʼlgani uchun opasining uyiga tashrif buyurgan va hozir oyoqlarini chalishtrib chalqanchasiga divanda (uzb nomi esmga kemadi🥲) yotib olib opasining xona boʼylab shoshilib yugurib yurishini ensasi qotgancha tomosha qilardi

-Junseo sen Jeonning ukasi bilan bir bellashuvda boʼlasanmi? (Serin sochlarini tartiblab savol soʼradi)
-ha... 2ta universitetlar oʼrtasida boʼladigan doʼstlik musobaqasi. Ismi yodimdan koʼtarildi.
-eslashing shart emas, sen uni magʼlub qilishing kerak. Jungkookning ukasi boʼlsa dema u ham Jungkookdek qaysar va choʼrtkesar!
-lekin Jungkook sizdan ancha omadli shuni bilasizmi? Euphory Entertainment hozir eng mashhur. Shu sabab ham otasining biznesi u sabab gullab yashnamoqda.
-jim boʼlishingni iloji bormi?! Menga uning masxarabozlarni bir joyga yigʼib olib dadasining mahsulotlarini reklaman qilishi qiziq emas va oʼsha Entertainmentga qadam bossang Sunwoodan seni oʼzining yoniga olishini soʼrab barcha orzularingni yoʼq qilaman! (Serin labiga surtgan boʼyoq rangi oʼziga yoqmagnaligi sabab uni oʼchrib yana qayta boshqa rang bilan chizdi)
-sen ham Sunwoodek boʼlib qolganingni his qilyapsanmi? Ikkingiz ham orzularim bilan tahdid qilasiz. Jeonlar bilan siz dushmansiz men emas! (Junseo jahl aralash soʼzlarini gapirib oʼrnidan turib xonada hech bir soʼz demay oyna qarshisida turgan opasiga bir qarab jahl bilan chiqib ketdi. Junseo akasi va opasi singari biznes sohasini tanlamadi uning hayot mazmuni musiqa. Junseo barcha quvonch va alamini musiqa bilan oladi. Sunwoo buni maynavozchilik deb bilib uni musiqa univeriga kirishga qarshi boʼldi lekin Serin uni qoʼllab quvvatlab akasini fikrini oʼzgartirdi. Agar Junseo muvaffaqiyatga erishsa Sunwoo u bilan yana gaplashadi ammo barchasi teskari ketsa uning omadsizligi bir umr sharmandalik tamgʼasi boʼlib qoladi. Serin Junseoga orzulari bilan tahdid qilganidan oʼzida aybdorlikni his qildi. Chunki u biladi ukasi doim uni qoʼllab quvvatlaydi va opasiga bu tariqa xafa qilmaydi. Serin oyna qarshisida uzoq vaqt turmadi uning telefoniga Yunheedan xabar kelgan edi. Serin Junseodan kechirim soʼrashni keyinga qoldirb eshik yonida turgan baland poshnali tuflisini kiygancha uydan chiqib ketdi

Serinni kiygan koʼylagi

"FIOTTO restorani"

Yunhee va Serin baland va koʼrkam hashamat bilan qurilgan restoranning qarshisida turar edi. Restoran Busanda joylashgan boʼlsa ham Italyan tarzida barpo qilingan.
-sen uni bu yerga taklif qilndingmi? Yoki u seni? (Serin ensa qotirib Yunheedan soʼradi. Yunheening hayoli esa allaqachon yettinchi osmonda ichkariga kirishga shoshilar edi. )
-u joyni tanladi men esa mehmon qilaman.
-kelmasligim kerak edi. Seni taklif qilgandan keyin toʼlashni ham bilishi kerak shahzodamiz. Aytgancha ismi nima?
-Raewon.. uning ismi. (Yunhee shunday deya Serinning qoʼlidan tortib ichkariga ildamladi. Seringa bu ism nimanidr yodiga soldi. Anglab boʼlmaydigan yoqmisiz his)

Yunheening koʼrinishi

Iliq sham yorug‘ida yaratilgan muhit, hashamatli dekor.
Do‘stlar bilan samimiy suhbat, sevgan inson bilan unutilmas uchrashuv yoki o‘zingizga bag‘ishlangan osoyishta kecha uchun ayni muddao.
Har bir tafsilot — san’at asaridek: nozik gullar, yaltiroq idishlar va zamonaviy dizayn uyg‘unligi.

-oʼsha Raewon deganing hali ham yoʼq.
-keldi!... ( Yunhee hayajon bilan oʼrnidan turib qarshisida qora kastyum shimda, sochlari turmak qilingan holda Raewon turardi. Yunheening yurak urushi tezlashib Serinni qoʼlidan turtdi. Lekin uning yuzi Raewonni koʼrgan zahoti tundek qoralshdi va Yunheening qoʼlidan qattiq tortib oʼziga qaratdi.
-men bilan hazil qilyasanmi?!
-hazil? Nega? Nila sababdan hazil qilishim kerak Serin..
-ahir bu..!! (Serin nafasini toʼlab gapirmoqchi boʼlgan vaqt qarshilarida Raewon paydo boʼlib ular bilan salomlashgan boʼlib ovoz chiqardi.
-hayrli kech xonimlar(yigit mayin jilmayib qoʼydi)
-hayrli kech Raewon...(Yunhee hech narsaga tushunmay rangi biroz oqarib ikkilangancha salom berdi. Serin bilan uning oʼrtasida qanday muammolar bor?)
-hayrli kech Jungkookning kuchugi... (Serin shunday deya ikkisiga ham qarab ularni kutmasdan oʼz joyini egallaadi)
-hurmat qilishni biroz oʼrgansangiz zarar qilmaydi menimcha Kim Serin!(Raewon qarshisida turgan stulni Yunhee uchun surib oʼtirishga undadi. Yunhee ming hijolat chekib stuldan joy egalladi va ikkinchi stulning qattiq ovozi etiborini tortdi. Raewon jahl bilan stulni surib Yunheening qarshisidan joy egalladi)

-sen Jungkook bilan menga yaqinlashishni boshqa yoʼlini oʼylab topmadinmi Raewonnn?!
-nima sababdan bu qarorga kelding? Jungkook uchun muhim raqibman deb oʼylaysanmi? (Raewon Serinning qoʼrs muomilasiga huddi oʼzidek senlab murojaat qilish bilan javob berdi)
-buni yashirmasang ham boʼladi... (Serin yana gapirishga ogʼiz juftlagan mahal Jungkook uning qarshisiga kelib oʼtirdi. Oʼtkir nigohlar, oʼzidan jiddiylik va sovuqlik aurasini beruvchi yigit. Mukammalik soʼzi aynan unga hos lekin buni Serin hech qachon tan olmaydi.
-hayrli kech...
-huhhh!! (Serin chuqur nafas olib qoʼliga sanchiqisni oʼynatib ensa qotirdi)
-bu rejani sen oʼylab topdingmi Jungkook? Dugonam bilan zarba berish ajoyib!
-nima haqida gapryapsan? Men Raewon sabab bu yerda sen bilanman afsuski. (Jungkook ikki tirsagini stol ustiga tirab koʼzlari bilan Serinning qorachiqlarini kuzatdi. Tanishuv uchun uyushtirilgan kecha yomon holat bilan tugashi aniq. Raewon Jungkook kelgani uchun jim boʼldi. Yunhee esa bu bahs boshlangandan beri jim. Serinning hozirgi ahvoli yaxshilik alomati emasligini biladi lekin albatta soʼrab bilib oladi.

-Yunhee Raewon bilan uchrashmaydi! (Birdaniga jaranglagan baland ovoz hammaning etiborini tortdi)
-Serin? Bu nima deganing ahir men..(Yunheening gapini Serin yana boʼldi)
-men boʼlmaydi dedim Yunhee. U senga mos emas.
-Serin sen bizga aql oʼrgata olmaysan. Bu bizning munosabatlarimiz.
-atiga 2kun koʼrishib shu hulosaga keldingizmi Raewon?
-sening fikring men uchun bir tiyin!

-Rae oʼzingni bos menimcha Serin hali ham qadrli ukasining ishini qabul qilolmay dugonasi va sendan alamini olyapti(Jungkook yonida turgan viskidan bir qultum ichib Seringa nigoh tashladi)
-Junseo haqida gapryapsanmi? (Yunhee suhbatga qoʼshildi)
-nima demoqchisan Jungkook?
-iltimos Serin mavzuni yop ketaylik.
-yoʼq! Men buni bilishim kerak. (Serin Yunheening qoʼlidan tutib jim qildi. Raewon esa Yunheega manoli nigoh bilan qarab qoʼyishdana boshqasini bajarolmadi)

-yaxshi erkatoyning opasi sening qadrli ukajoning mening Entertainmentim kastingida qatnashdi. Bilasanmi eng qizigʼi nimada sohta hujjatlar bilan. Agar uning opasi sen boʼlmaganingda uni albatta qabul qilgan boʼlardim. (Seringa bu gaplarning oʼzi yetarli boʼldi. Jungkookga boʼlgan nafrati oridan aqlini yoʼqotdi. Serin oilasi haqida gap ketgan vaqt hech qachon oʼzini nazorat qilolmagan. Qoʼlidagi sanchqini hech ikkilanmay Jungkookning stol ustida turgan qoʼliga sanchdi. Sanchqi Jungkookning qoʼliga kirgan vaqt qon oq mato boʼylab dogʼdek yoyildi. Uning bu qilimishidan Yunhe ikki qoʼli bilan ogʼzini yopdi. Raewon esa stulni qattiq surgancha uning qoʼliga yopishmoqchi boʼldi lekin Jungkook uni toʼhtatdi. Qoʼlida qattiq achishishni his qilayotgan boʼlsada qarshisida turgan qizning koʼzlariga boqdi. Sovuqlik ufurib turgan koʼzlar ularda faqat alam mujassam. Jungkook ham bosh kelmaydi. Qoʼliga ogʼriq berayotgan temir matoh uning gʼururidan ustun emas.
-soʼzlaring qolmasa doim shunday hamla qilasanmi Kim xonim...?
-men bilan oʼyin qilma Jungkook. Keyingi safar qoʼlimda sanchqi emas seni oʼldrshga qodir narsa boʼladi va oʼsha narsa toʼgri yuraginga sanchiladi. ( Serin ortiq soʼz gaprmay bu yerni tark etdi)

-Jungkook ahvoling yaxshimi?! (Raewon Jungkookning qoʼlidan metalni sugʼurib olib xavotir bilan soradi. Jungkook nafasini endi qoyib yubordi. Temir tanaga kirgandan keyin albatta azob beradi. Yunhee koʼzlari yoshlanib tezlik bilan qoʼliga salfetkani olib Jungkookning qoʼlini qaltiragancha oʼrashni boshladi.
-uzr soʼrayman... Jungkook .. Serin uchun. Rostdan ham afsusdaman.
-muammo yoʼq Yunhee.. siz Raewon bilan birga boʼlishga haqqingiz bor. ( Jungkook Yunheening qoʼlidan matoni olib oʼzi avaylab qonni artdi. )
-biz birga boʼlolmaymiz... Uzr soʼrayman yana bir bor. Barcha zararlarni qoplab beraman. (Yunhee ohirgi soʼzlarini aytib restorandan shoshilgancha chiqib ketdi. U Serinni topishi zarur.
-Jungkook sen qoʼpol boʼlmasliging kerak edi!
-men keragicha muloyim boʼldi Raewon!
-sizning manashu lanati ishingiz sabab men... ogʼir vaziyatda qoldim..
-undan kech Rae.
-mendan buni qaytib soʼrama Jungkook! ( Raewon jahl bilan oʼrnidan turib doʼstining qonga belangan qoʼliga ham ahamiyat bermay ketdi)
-bu yerda kim aybdor-u ohirida kim aziyat chekib hzm gap eshitdi. Shit! Aqldan ozgan qiz...( Jungkook biroz kulib qoʼliga qaradi barmoqlari orasida qonning tomchilari biroz qotib qolgan va kecha boʼlgan voqeani eslab qoʼlidagi salfetkani olib tashlab sanchqi qoldrgan izni sekin siladi.