December 2, 2025

School of fate

Taqdir senga sovg'a qilgan barcha lahzada ham , yaxshilik ko'ra olishing..seni qutqaruvchi Kuch bo'ladi.

Episode 30

Shaharda tun kirganidan o'zining darak berib chiroqlar yorug'lik uchun o'z hukmronligini ko'rsatishni boshlagan. Katta yo'l chetiga yetib bir biriga biroz tikilib qolgan yigit va qiz. Sukutni qiz buzdi va qarshisidagi yigitga biroz jilmayish bilan so'zlay boshladi.

- Bugungi kun uchun katta rahmat... Bugungi kun xotiramda yaxshilari orasida qoladi,- Seoyoung yuzidagi jilmayish avvalgisidan farq qilar darajada haqiqiy edi.

- Qayerga ketmoqchisan? Yotoqxonaga qaytmaysanmi?,- qizning so'zlaridan xayrlashish taraddudini ko'rayotganini sezgan Jimin savol bilan javob berdi.
- Yo'q...,- ko'zini pastga olib qochdi qiz.- Menda qoladigan joyim bor.

Biroz to'xtalish, yigitning ko'zi qizda, qizniki esa yerdagi allanimalarda. So'ng Seoyoung yuzini ko'tarib Jiminga qayta qaradi.

- Sen birinchi ketaqol...,- qizning bu xayrlashuv so'zini tushungan Jimin qo'llarini shimi cho'ntagiga joyladi.

- Ha...,- bir nimani eslagandek, yigitni o'ziga qaratishga chaqirdi Seoyoung. - Seni qo'rquving...Umid qilamanki, sen uni yenga olasan...,- ikkinchi farqli haqiqiy tabassum. Jimin bularning barini aniq sezdi. - Xo'sh...men kettim..

Ammo qizning asl niyati yigit o'ylaridek o'ta yaxshi yoki yaxshiroq ham emas. Jimin qizni ortiqcha savolga tutishni istamagancha, boshini yengil qimirlatdi. Qizning qarshi tomonga boshlangan harakatidan so'ng, o'zi ham unga qarshi tomonga oyoqlarini burdi. Ammo nigohlari ortga keragidan bir ikki bor ko'proq qaratildi.


Shuncha vaqt telefonini Seoyoung sabab eslamagan ham Jimin endi uni ekranini yoqib Soyundan kelgan javobsiz qo'ng'iroqlarni ko'rdi. Qayta uning raqamiga bog'lanish tugmasini ekranda surgan yigit telefonni quloqlariga tutgan holda oldinga ildamlayotgandi.

- Soyun, qo'ng'iroqlaringni ko'rmay qolibman.
- Jimin, bizda muammo... Katta muammo!,- yigitning sokin ovoziga nisbatan ancha baland va havotirli ovozda Soyunning ovozi Jiminning qulog'ida yangradi. - Seoyoung... U bilan aniq nimadir yaxshi emas... Agar uni yaqin daqiqalarda topa olmasak, nimadur sodir bo'lishi mumkin...,- Soyun shu qadar havotirli va qaltiragan ovozda so'zlar ediki, buni sezish qiyin emasdi.

- Seoyoung? Men u bilan biroz oldin xayrlashdim...,- tushunishga uringancha ma'lum qildi Jimin.

- Nima?! Qayerdasan hozir??

Jimin Soyunning keyingi havotirga to'la baqiriqlarini eshitmadi. Telefonni biroz karaxt holda qulog'idan olgan yigitning yuragi ham endi biroz avval qo'yib yuborilgan qiz tufayli hapqirib urmoqda. Sabab havotir, yo'qotib qo'yish xissi, ko'rib tura yana yordam bera olmay qolish, ulgurmaslik... Har bir daqiqa muhim... Qadamini ortga burgan Jimin qiz ketgan tomon endi yugurar edi. Baxt doim ba'zi insonlar uchun kerakli vaqtda teskarisiga ishlab beradi. Balki taqdirning shu qiliqlari hayotni inson uchun qiziq qilar. Ammo bu vaqtda uni yomon ko'rishga yo'l ochib berardi ham... Chunki yigit qizni qidirib bosayotgan har qadami , ko'zlari qizni ko'rmasdi. Bir ozgina vaqt va ular bu odamlar shoshib u yoqdan bu yoqqa yurayotgan shaharda ko'ra olmaslik darajasida uzoqlashtirib ulgurgan.

>>>

Kech bo'lishiga qaramay maktabda ish joyini tark etmagan direktor xonasida yolg'iz emas. Han xonim oldiga qo'yilgan qaxvaga mensimaygina qarab qo'ygancha o'tirardi . Ikkisi ichida bir biri uchun "og'iz yoparli" bahonalarini go'yoki nutq sifatida tayyorlab o'tirgandek.
- Bizda fleshkani Seoyoung o'g'irlagani haqida aniq dalil bor,- nihoyat so'z boshladi direktor qarshisidagi ayolga qarab qo'ygancha.- U xatto bunda o'z aybini sinfdoshi Jungkookga ag'darishga ham uringan. Bunday vaziyatda qanday qilib ko'z yumib yuborish mumkin? Hech narsa bo'lmagandek?
- Sodir bo'lgan barcha voqelar..,- Han xonim stoldagi qaxvaga butun e'tiborini qaratgandek tikilgancha so'z boshladi. - sizga berilgan barcha sovg'alarga aloqasi bo'lmaydi deb o'ylaysizmi? ,- ayol nigohi endi yuqoriga , qarshisidagi direktorga qaratildi. - O'sha ko'z yumolmaydigan vaziyatingiz aytmoqchi bo'lgan insonlaringizga bu haqida ham aytamizmi?

- Han xonim,- havotirdan ko'zi kattargan direktor qarshisidagi bu ayolning ismini havotirli aytgancha uni to'xtatishga urindi go'yo.
Bundan yuzida biroz jilmayish hosil bo'lgan ayol esa yonida qimmatbaho teridan qilingan sumkasini ohista tutdi.

- Sizga hammasini ishonaman, men esa hozir ketishim kerak,- Han xonim o'rnidan turdi. Unga qo'shilib direktor ham.
- Agar yana biron tilagingiz bo'lsa, bemalol ma'lum qilishingiz mumkin. Sizga maktabingizning yaxshi natijalari va yuqori balli o'quvchi bitiruvchilari kerak, shunday emasmi? ,- so'zlarini bu o'yinda g'olib bo'lgandek ma'lum qilgan ayol qarshi tomon javobini kutishni ham o'zi uchun loyiq ish deb bilmadi. Endigina oldinga qadam bosib direktordan yuzini burgan ayol, uning keyingi so'zlaridan joyida toxtab qoldi. Bu kutilmagan, go'yoki qaysidir A yoki B emas, direktorning G rejasidek eshitildi.

- Maktab qoidalari bo'yicha Seoyoung ingliz tili imtihonidan nol ball oladi. Barcha qatori ijtimoiy jazo , umumiy yumushlarga ham tortiladi.

Qoshlari chimirilgan ayol ortidagi bu so'zlar egasiga qaradi.
- Nima dedingiz?,- tishlar g'ijirlashishi, ayolning jahlini qanchalik kuch bilan bosib turganini anglatib, vishilladi u.

- Ikkingiz ham chegaradan o'tib ketdingiz. Barcha jarayon ham sizni qo'lingizda emas. Hozir juda kech...,- niyatidan qaytmagandek dedi direktor.

Qarshi tomon qahrli javobini telefon qo'ng'irog'i ovozi to'xtatdi. Qurilmani qulog'iga olib borgan Han xonim, direktordan ko'zini olib qochdi. Ammo telefondagi yangyarotgan ma'lumotlar sabab, chimirilgan qoshlar havotirli tus oldi.
-Yo'qolib qoldi?!.... O'lim oldidangi xat?!

Keyingi soniyada nafas olish ritmi o'zgarishi, ko'zlar havotirdan qinidan chiqar darajada kattarishi Han xonimda kuzatildi. Telefon yerga tushishi va o'zgargan ovoz. Bu onalik ovozidir balki...

- Mening Seoyoungim... U yo'qolib qolibdi...

•••
Kasalxonani butun sinfdoshlar bilan birga tark etgan Soyunning ko'zlari allaqachon yosh bilan to'lgan. U qo'rqmoqda. Qattiq , kuchli havotir.

- Taksi!.... Nega to'xtamaydi.
- Qaysi ko'chani qidiramiz??
- Jimin aytgan yerga borib uni qidirish zarur.

Barcha bir harakat uchun birlashgan. Seoyoungni topish zarur. Iloji boricha tezroq. Kech qolmaslik muhim..

Soyun qulog'iga hech nima kirmay qo'ygan go'yo. Qo'lida sal avval bu qo'rqinchili ehtimollarni keltirib chiqargan xat yozilgan list. Uni mahkam tutib olgan qizning ko'zlari yoshdan allaqachon shishishni boshlamoqda. Yonida boshidagi kichik jarohatli , bint bilan o'ralgan boshi bilan turgan Jungkook qizni yelkasidan siqqancha unga dalda berishga urinardi. Soyunning ham qayrilish sabab o'rab qo'yilgan kaftlaridan tutib turardi u.

Taqdir qiziq to'g'rimi? Ikkisida bir inson sabab, tanasida jarohat bor. Ammo ikkisi, balki shu yerdagi barcha jarohat yetkazuvchini qidirish bilan, undan havotir olish bilan, mana hatto yig'lash bilan band. Axir havotir ortida o'lim xavfi bor...


Xonasida u yoqdan bu yoqqa tinmay borib kelayotgan Han xonim , kaftini asabiy mushtlab o'tirgan kotibasiga qaradi.
- Militsiyadan hali qo'ng'iroq qilishmadimi?!

Boshini og'ir chayqatgan kotiba yo'q deyishga ham botina olmayotgandi.

Qayta yerda asabiy qadamini boshlagan onaning harakatini telefoniga kelgan sms habar to'xtatdi. Bu Seoyoungdan...

" Oyijon..kutganingizdek farzand bo'la olmagan bo'lsam, kechiring..Bir tomondan men siz meni yagona qizingiz sifatida eslay olishingizdan hursandman. Men sizning tilaklaringiz nihoyat amalga oshishini juda istadim. Men ketaman. Chet elga. U juda ham uzoq joy. Balki yer sayyorasida emas... Sizni yaxshi ko'raman oyijon"

•••

Jimin aytgan lokatsiya bo'yicha Seoyoung ismini aytgancha yugurayotgan butun sinf bo'linib, uni qidirardi. Ammo daqiqalar oldinga qancha surilmasin xush habar hech kimda kelmasdi. Barcha .. ishonarli darajada barcha afsuslanish va vijdon azobidan allaqachon qiynalishni boshlagan. Mina , Yeonjun, Tan, Jungkook , hatto Yoongi ,barcha. Hamma hozirda Seoyoung topilishini , qandaydur mudhish xatoni qilib ulgurmasligi tilayotgandi.

Mashina yo'li chetida barchasi bir qizni izlar ekan Jungkookning ko'zlari qadami tez yuguraverishdan allaqachon chalkashishni boshlagan Soyunda bo'lib qolib ulgurgan.
- Unga hech nima bo'lmaydi, to'g'rimi?,- ko'z yoshlari hali ham to'xtamagan Soyun ortidagi Jungkookga qarab qo'yardi.
- Unga biron nima bo'lsa o'zimni kechira olmayman. Hammasini men qildim...
- Bunda meni ham aybim bor,- Soyunning kaftini oldinlab yetib olgancha qattiq siqdi Jungkook. - O'zingni ayblayverma.

Bu vaqtda hammadan ham ko'p va tezroq yugurgancha qidirib yurgan Jimin yana sinfdoshlariga duch kelgan. Ko'chalarni qayta qayta izlashni amalga oshirib ulgurgan Jiminning yugurish sabab yuragi keragidan ancha tezlashgan. Nafas olish qiyinlashib, ko'ksi og'ir kattarib kichrayar edi.


Yo'l cheti. Svetafor qizil chiroqni yonganini anglatgancha chiyillashni boshlagan soniyalar. Seoyoung qaysidir pallada karaxt holga tushib ulgurgan. U avvallari ham og'riq his qilmasdi. Bilagiga o'qishdan charchagan vaqtda taqib olingan rezina bog'lamni qayta qayta cho'zib tortib, bilagiga zarba tushuraverib, bilagini ko'kartirib yuborganda ...
Imtihon yaqinlashaverib, tunlari uhlamay yuvinish xonasida bo'lsa ham o'tirib o'qiyvergach, burnidan qon ketib qolganida...
Seoyoung uchun bular og'riqli yoki kasallik sifatida ko'nglini havotirga solmagan. Balki hozir ham og'rimas? Bir necha qadam, bir necha soniya va u hammasidan qutuladi. Boshqa hech kim u deya zarar ko'rmaydi. Onasi ham undan yuqori natija kutib asabiylashmaydi. Bir necha qadam kerak holos.

Seoyoungning hayollari hozir shular bilan band. Uning quloqlari qizil chiroq signalini, ko'zlari yo'lni his qilmayotgandek.

Oldinga tashlangan qadamlar. Gavjum shaharlarda doim bo'lganidek, qizil chiroqda oldimlayotgan bu qizga hech e'tibor bermaydi. U yuradi. Mashinalar ahmoqni ko'rgandek signalni balandlatadi. Bir va ikkida u chetlab o'tib ketadi. Ammo o'sha taqdir jo'natgan bir mashina.. U to'xtay olamaydigan darajada keladi. Seoyoung yo'l o'rtasiga yetganida ko'zlari to'g'risida paydo bo'lib, borgan sari ko'zini olayotgan mashina farasini his etdi. Aynan o'sha mashina? O'sha daqiqa. U juda yoriq. Tik qarab bo'lmaydi. Shumi u kutgan daqiqa? Ha!
Qo'rqinchili... Qiz joyida toshdek qotadi. Eti junjikib, ko'zini yumishga urinadi. So'ng ortidan nihoyat uni topgan, ammo u ham qo'rqib ketgan qizning ovozi charaqlaydi.

- SEOYOUNG!!!

Bu Soyun... U dugonasiga, ha dugonasy qarshi reaksiya bildirishga endi ojiz. Hammasi tugashiga soniyalar qoldiku. Tezlashib ketgan vaqt va to'g'ridagi mashina. Qo'rquv.. O'lim qo'rqinchili. Qiz titramoqda. Tanasi shu yerda o'limga mahkum qilingan kabi mixlangandek qotib qolgan. Qimirlashga ham qo'rqadi endi Seoyoung. Ammo shu daqiqada, vaziyat o'zgaradi. Seoyoungni o'z bag'riga Jimin tortib olgancha ortga zudlikda ikki qadam tashlaydi. Jiminning qo'llari o'zga bilakni tutdi! Qizning bilagidan tutgan yigit uni osongina ko'ksiga ham torta oldi. 15 yillik o'zga taftni his etmagan yigitning tanasi mana shu qo'rquvdan o'z tanasi buyruqlariga qarshi chiqa oldi. Seoyoung o'sha qo'rquvli soniya ichida o'zini Jiminning bag'rida his qildi. Yigitning ikkinchi qo'li qizning boshi va yelkasidan shu qadar qattiq siqib olgan ediki, go'yo hozir qo'yib yuborsa, qiz o'lib qolishi mumkin.. Yugurish sabab chuqur olinayotgan nafasdan ko'tarilayotgan ko'ksi qizni bag'rida aniq his qilinardi. Jimin ham, Seoyoung ham qaltirardi. Seoyoung juda ham qo'rqqan..Quloqlari faqatgina allaqanday yoqimsiz chiyillashni tuymoqda. Hayotta qolish istagi va qo'rquv kuchliligidan yig'lashni ham unutgandek edi. Yigitning issiq tafti ichida go'yoki yo'qolib, bir biri bag'riga qolibdek singgan qiz yigit bag'rida yo'qolib ketgandek... Issiqlik, hali ham nafas olishi, va hayotda qolganini anglashni boshlagan qiz asta sekin yigitning kiyimiga qo'llarini olib borib, javoban ohista quchdi va ko'z yoshlar quyilishi. Jiminning ko'ksida aniq hosil bo'lgan ho'llik... U faqatgina bag'ridagi qizning ho'ngrashini , ulgurganidan, yana bir xato oldini bu safar ola olganini his qilmoqda. Ehtimol, yuragi bu qadar bu qizga nisbatan boshqacha urmaganda , yana to'xtab qolib , uni qutqara olmaganida Jimin o'zini butun umr kechira olmasdi.

Katta avtoyo'l o'rtasidagi ba'zilar ta'biricha 'tomosha'... Soyunning havotir va hayrat aralashib ketgan nigohlari, undan narida Jungkook... Umuman bu yerda juda ko'p insonlar bor edi...

Ending