January 25

One and Only

1- qism

Sen mening yashirin olamimni qayta ochishimga , zerikarli hayotimda qiziqarli sahifalar borligini bilishimga sabab bo'lding. Men sen sabab haqiqiy baxtni his qildim. Yagona va faqat meniki bo'lishingni istayman... Bunga nima to'sqinlik qilmasin, biz birga bo'lamiz, o'z orzularimiz bilan...

2018- yil. Seoul. Bahor.

- Men albatta bu ishni qoʻlga kiritaman,- oʻziga oʻzi dalda bergan boʻldi qiz, interyu berish xonasi eshigi oldida turgancha.

Shu onda telefon sms habar kelganini bildirgancha ovoz chiqardi. Ekranga qarab habar egasi u kutgan yigitdan ekanligini koʻrgan qiz bir oz jilmaydi. Balki ozdan koʻproq.

" Sen buni uddalaysan. Seni sevaman, yagonam!:)"

- Jin Sua! Sizning navbatingiz,- qarshisidagi eshik ochilib uning ismi yangradi. Qiz telefondan diqqatini oldinga yurishga qaratib, ish uchun interyu berishga odim harakat qildi. Bu jarayon universitet bitiruvchilari boshidan kechiradigan odatiy holatlardan biri, bunday katta shahardagi va raqobat kuchli bo'lgan muhitda, bunday intervyudan bir nechtasini yutqazmay turib, tajribasiz muvaffaqqiyatli o'tish qiyin bo'lgan jarayon.

•••

2021- yil. Ferron Company. Qish.

Pov. Sua.

~ Ha men ishga kirishni uddalaganman. O'zim istagandek ishga joylashsam va pul ishlashni boshlasam barcha muammolar yechilib ketadigan o'ylagandim. Ammo hayotda hamma narsa ham ishlash yoki pul topish bilan yakunlanib qolmaydi. Sen doim kurashishing lozim. Muammo yoki ba'zi sabablar seni hech qachon tark etmaydi. Bu huddi hayotning uzilmas zanjirini anglatadigandek.

Bo'limim boshlig'i bo'lmish mana bu odamning ortidan u istagan allaqanday shirinlikni deb , bir to'da qog'ozlarni ko'tarib yugurishim, men ishimni sevishimni bildiradimi yoki menga pul kerakliginimi?

- Jin Sua! Tezroq yur. Biz umumiy majlisga ulgurishimiz zarur.

- Janob ahir, shu shirinlik uchun vaqtni siz ketqizdingiz. Bu hozir zaril edimi?,- yelkasidagi kompyuter bor sumkani , qo'lidagi qog'ozlar bilan bazo'r to'g'rilagan qiz asabiylikdan tez yurishga bor kuchi bilan harakat qilardi. Oldinda kofe va shirinlik ko'tarib olgan erkak esa qizga ahamiyat bermasdi ham.

- Meni aybdor qilmoqchimisan?,- ortga ters o'girilgan erkak ortidan kelayotgan qizga savol berdi. Qog'ozlar sabab yo'lni ko'rmay qolgan Sua bo'lsa erkak qo'lidagi kofega urilib, uning ustiga to'kilishiga sabab bo'ldi. Tezlikda qog'ozlarni chetga olgan qiz, ularni quruq saqlab qolganiga ishonchi komil edi.

- Yo Hudoyim?! Sua hammasi joyidami??,- erkak asabiy baqirdi.

- Ha...,- sovuq havo harorati sabab, ho'l bo'lgan kiyimlaridan eti junjikishni boshlagan qiz ustiga qarab past ovozda javob berdi.

- Bu nimasi? Men hujjatlar haqida so'rayabman! ,- bu safar erkak qizning qo'lidagi qog'ozlarni o'zi tortib oldi.

- Damn... ,- qog'ozlarni olib yana oldinga tez yurishni boshlagan boshlig'iga qarab qolgan qiz , past ovozda shu so'zni aytdi.

Jin Sua

•••
Bino ichkarisiga kirishganda lift tomon Sua va uning boshlig'i ham yugurardi. Afsuski , tongdagi bu mushkulliklar qiz uchun hali tugamagan edi. Boshlig'i ortidan liftga hansirab yetib kelgan qizdan so'ng lift ortiqcha vaznni anglatib , signal bera boshladi. Atrofiga qaragan Sua asabiy va oxirgi bo'lib chiqqani uchun uning chiqib ketishini kutishayotgan insonlarga ko'zi tushdi.

- Bo'laqol, kech qolmaslik uchun zinalardan chiq. Menga majlisda kompyuterdagi prezentatsiya zarur,- Sua boshlig'ining yoqimsiz soxta tabassumiga ta'zim qilgancha tashqariga chiqdi. Va boshlig'i aytgandek zinalar tomon shoshildi.

- Jin ursin... Sua uddalaysan.. boshliq ustidan shikoyat qilib bo'lmaydi...

•••
Tong Suada shunday mashaqqatlarni boshdan kechirish bilan boshlandi. Umuman bu ishga kirgandan buyon oson o'tadigan kun yo'q. "Barcha ishning o'z qiyinligi bo'ladi" bu juda ibora hisoblanadi. Hayot televizorda ko'rsatiladigan doramalardek oson bo'lmasligini anglash qiyin emas.

Majlisdan so'ng o'z ish stoliga kelib joylashgan qiz atrofdagi hamkasblari bilan qisqa salomlashdi. Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bu kompaniyanida infratuzilma barcha korxonalar kabi tuzilgan . Kichik bo'linmalar , kichik bo'lim hodimlari va boshliqlari, va bu kichik bo'limlar birlashib butun tuzilmani tashkil etadi va bu tuzilma ish jarayonini harakatga keltiradi. Sua shu kichik bo'limlardan birida marketing bo'limida ishlaydi. U kichik bo'lim kichik hodimi. Mahsulotlari tayyor holatidan toki haridor qo'liga yetib borguncha bo'lgan jarayonni nazorat qiluvchi bu bo'limda boshqalariniki kabi ish kamaymaydi.

- Soa, nega ovora bo'lding. Kerak emas edi..

Stolini oyoqlari bilan ortga burgan qiz boshlig'iga kichik qulupnayli pirog tutqazayotgan qizni ko'rib ensasini qotirdi.
Ismiga juda o'xshash bu ismni , ha o'xshash, bittagina harfga farq qiluvchi bu ismni Sua ishdaligida ko'p eshitadi. U ishga olinganda huddi u dek mana shu Jin Soa ismli qizni ham ishga qabul qilishgandi. Oradan 3 yil o'tganiga qaramay, ikkisining o'rtasidagi, ularga qilinadigan muomaladagi farq kattaligicha qolgan. Sabablar ko'p. Birinchi muammo bu ikki qiz ismlari o'xshashligidan bo'lim boshligi bo'lmish bu erkak ularni chaqirishdagi muammolarga duch kelganida, Jin Soa ni o'z ismi bilan Suani esa allaqanday Dongil kabi ism bilan chaqirishi muammo yechimi ekanligini aytganda.

Jin Soa

Soa doim kulib yuradi. Atrofdagilarga doim yordam ko'rsatib, bepul kichik sovg'a ulashib turishi... Bu ikki qiz o'rtasidagi farq bo'lib qolardi. Sua har doim e'tiborini ishga qaratib kelgan. Ammo mana soxta jilmayishlar ortida uning mehnati yutilib ketadigandek go'yo.

Sua shularni o'ylab, boshlig'i uni chaqirganini eshitmay qoldi ham.

- Dongil , sen ham ta'tib ko'r ,mayli. Buni Soani otasi Belgiyadan olib kelibdi,- erkak uning tepasiga kelgancha qo'lidagi qulupnayli shirinlikni tutqazdi.
- Rahmat...,- Sua uni endigina qo'liga olgan ham ediki, erkak shirinlikni yana qaytarib oldi.
- Nima?,- Sua nima bo'lganini bilmay qoldi ham.

- Shoshma, sen emas. Buni 8 - qavatdagi insonga berganim ma'qul. Sen keyinroq yeysan.Direktor bugun shu yerda . Ammo men ketishim ham zarur,- erkak qo'lidagi soatga qarab qoydi.
- Soa buni 8 qavatga olib chiqib berarsan,- so'ng erkak xonani tark etdi.
- Soa.., hisobotni olib kel,- xona burchagidan boshqa buyruq yangradi va jilmaygan qiz Suaga qaradi.

- Sua.. buni sen qila olasanmi?

•••

- 8- qavat , koridordan chapdagi eshik...,- Sua manzilni xotirasida qaytargancha o'sha chap tomondagi yagona bo'lgan eshikni ochib xonaga kirdi. Eshikda:
Kim Taehyung - Ish boshqaruvchi direktor.

Xona juda keng va turli xil buyumlar bilan jihozlangan edi. O'rtadagi uzundan biroz kichik umumiy stol va atrofida stullar. Deraza nuri to'g'ri tushib turgan xona burchagida esa javon va unda kitobdan ko'ra ko'proq turli kichik suvirinlar bilan to'ldirilgandi. Xona yuqorisidagi ish stoli esa bir necha qog'ozlar bilan to'ldirilgan. Xona egasi ismi bu yerda ham yozib qo'yilgan edi. Qiz xonadagi buncha ko'p jihozlarni ko'zdan kechirayotib ismni ko'zdan qochirgandi. U direktor xonasida ekanligini bilmasdi va shu bilan birgalikda xona egasi yo'q ekanligini ham . Xonaning bunchalik kengligidan bir insonga tegishli deb o'ylash ham mumkin emasdek edi go'yo . Shu sabab tezgina qo'lidagi shirinlik solingan qutini stolga qo'ydida ortga burildi. Oddiy hodim har doim ham direktor bilan yuzma yuz bolavermaydi ahir.

Ammo ko'zi masaj qiluvchi kresloga tushgandan so'ng, o'zini to'xtata olmadi.

- Hodimlar uchun qo'yilgan bo'lsa, bir marotaba foydalanib ko'rsam bo'ladi, to'g'rimi..- Sua ko'p o'ylab o'tirmadi. Kresloga joylashib, ishga tushirish tugmasini bosdi. Albatta kutilgandek kreslo o'z ishini boshladi. Qo'llarini va oyoqlarini kerakli joyga qo'ygan qiz kreslo shishib , masaj qilishni boshlaganini sezib rohatlangancha boshini qulay ortga tashladi. Ammo shu onda kreslo birdan to'xtadi. Elektr tokiga ulangan rezetka qism yaxshi ulanmagani sabab tokdan uzilib qolgandi. Qiz buni kreslo tomonidan siqib qo'yilgan qo'l va oyoqlari bilan anglashga ojizlik qilardi.

Pov. Sua.

Jin ursin... Nega birdan to'xtadi? Endi qanday turaman. Qo'llarimni va oyoqlarimni chiqara olmayabman. Yo Hudo, Jin Sua nega muammolar doim men bilan.

Shu on quloqlarim xona eshigini ochilib yopilganini eshitdi va xonaga telefonda gapirib kelayotgan erkak kishining chuqur ovozini eshitdi. Boshimni yon tomonga burib, devordagi oynalardan bu kostyum kiyib, klassik uslubdagi kiyimlari tekis va baland bo'yli kelishgan erkakni avval kam ko'rganimni angladim. Oyna u telefonga gapirib, burchakdagi kofe tayyorlovchi mashinadan finjomdagi qahvasini olib men tomonga kelayotganini ko'rsatmoqda.

- Ha.. xonamda ta'mirlash ishlarini olib borishgan edi. Ammo kerak emasdi. Men ko'p bo'lmayman..

~Jin ursin.. U to'g'ri men tomonga kelmoqda! Endi nima qilaman?

Shularni o'ylagan Sua ko'zlarini chirt yumgancha o'zini uhlayotgan insondek ko'rsatib, boshini yonga burib oldi. Qo'lidagi finjonni stolga qo'ygan erkak hayronlikni anglatibchi hech qanday ovoz chiqarmadi. Kreslodagi qizga biroz tikilib turgach, egilib uzilib qolgan elektr tokini qayta ishga tushirdi. Shu onda kreslo qayta ishga tushib qizning qo'llarini bo'shatdi.

~ Ortiq ko'zimni yumib bunday tura olmayman. Nima bo'lsa bo'ladi...

Ko'zlarimni tezda ochib yuqorimda menga tikilib turgan jigarrang qorachiqlarga duch keldim. Ular sovuq, yo'q nigohlarda qandaydir iliqlik bor. Ammo o'rtagi vaziyat va uning bu yuz ifodasi shunchalik sovuq ediki... dovdiramaslikka harakat qilardim. O'rnimdan tezgina turib , qarshimdagi erkakga ta'zim qilib, stol ustidan olib kelgan shirinligimni oldim.
- Hayrli kun janob. Marketing bo'limidan janob Kwon sizga buni berishimni iltimos qilgandi,- yuzimda la'nati tabassumni yaratishga urindim. Ammo uning yuz ifodasi umuman o'zgarmadi. Hatto qo'limdagi unga tutib turgan qutini ham javoban olmadi. Boshqa ilojim yo'qligi aniq. Qutini qayta stolga qo'ydim.

U harakatlarimni ko'zlari bilan birma bir kuzatib turibdi.

- Xonamdan chiqib keting.

U nihoyat gapirdi. Ammo yoqimsiz titroq uyg'otuvchi ohangda. Juda sovuq.

- A.albatta,- xonadan qanday tezlikda chiqib ketganim o'zimga aniq ayon..

~~~

- Bu qizni qayerda ko'rganman.

•••
Qilib qo'ygan ishim unchalik darajada uyatli bo'lmasada, yuragim shu darajada hapqirib urar ediki, nojo'ya ishim ulkandek, boshimni yer ostiga tiqib olgim kelardi. Ayollar hojatxonasiga borib, oynaga qaragancha o'zimni tinchlantirishga urunar ekanman, telefonim sms habar sabab ovoz chiqardi. Bu qizlar guruhimizdan edi. Biz doim birga tushlikni birga qilamiz. Insan va Dahe bilan bir birmizga vaziyatlarimiz jihatdan juda o'xshash bo'lganimiz uchun ham 3 yildan buyon , men ishga qabul qilinganimdan buyon dugonalik munosabatlari bilan bog'langanmiz. Insan bizdan biroz yosh jihatdan katta ,38 yoshda. Dahe esa 25, men bo'lsa ikkisining orasidagi 28 yoshdaman. Ha... Ba'zan yosh hech nimani hal qilmaydi. Yosh bu faqat sonlar.

Insan
Dahe

•••

Kun kechga yaqinlashgan. Barcha hodimlar ish joyini tark etishni boshlagan. Sua ikki dugonasi allaqanday sabab bilan uni yolg'iz qoldirishga majbur ekanliklarini aytganidan so'ng avtobus bekati tomonga harakatlandi. Telefonini qo'liga olib, avtobus kelishini kutishni boshlagan qizning qo'llari beixtiyor kun davomidagi javobsiz habarlar bo'limiga yugurdi. Hali ham javobsiz, habarlar qarshi tomondan o'qilmagan. Ikki kun. Qiz yigitni ko'rmaganiga va u uydan chiqib ketganiga ikki kun bo'ldi. Bugun soat nolga yetganida qizning 28 yoshi qarshi olinadi. Undan darak yo'q... Nahotki shunchalik...

Qiz hayollarini davom ettira olmadi. Nahotki sozidan so'ng davom etishga qorqdi. Balki u rostdan ham yoqolib qolgandir.

°°° 2 kun oldin.

Birdan chuqurlashgan bo'sa sabab divan ustiga ikkisi ham tartibsiz quladi. Bo'sani uzmagan yigit qizni tanasi ostida qo'llari bilan o'rganar edi. Yigitning futbolkasini g'ijimlagan Sua yuqoriga ko'tarib , uni kiyimdan tezroq halos qilgisi kelardi. Albatta ikkisi ham o'smir yoshda emas. Munosabatlariga bir yildan oshgan. Munosabatlarda bunday chuqurlashish bu yoshda taqiqlanmagan albatta. Futbolka yechish barobarida uzilgan bo'sa o'rtadagi qaynoq lahzani ham uzgandek bo'ldi. Sohyonning ko'zlari divan yonidagi kichik tumba ustidagi shartnoma qog'ozida ekanligini ko'rgan Sua uni izohlashga kirishdi.
- Ha...bu ijara shartnomasi tugayabdi. Men boshqa uy qidirishim kerak.

Bu so'zlardan so'ng o'zini qizdan uzoqlashtirib , divanga qizning yoniga tashladi yigit.

Chuqur nafas olib, o'zini tutishga urinardi ikkisi ham. Yigitiga yuziga tomonga burildi Sua .

- Baribir ham bu uy menga yoqmayotgandi. Yuvinish xonasida ba'zida suv toshib ketyapti.

Sohyon shiftga qarab chuqur nafas yutdi.

- Balki uni o'zim tuzatib bera olarman.

- Sohyon.. eshik qulfi ham buzilgan. Yangi uy...

- Meni qornim och edi...,- Suaning so'zni bo'ldi yigit o'rnidan turgancha.

Kichik bu ijaradagi uyda uncha kichik yotoqxonadan oshxona tomonga harakatlandi u, ustiga futbolkasini qayta ilgancha. Sua ham uning ortidan ergashdi.

- Balki, tortdan avval lag'monni yermiz?,- savol berdi qiz.

Qo'liga telefonini olib kovlashni boshlagan yigit ha ishorasida boshini silkitdi. Gaz plitadagi ovqatni aralashtirib tayyorligini tekshira boshladi Sua.

- Sohyon.. sening manzilingdagi ijara uylar narxi qancha?
- Men uncha bilmayman,- telefondan yuzini ko'tarmasdan javob berdi yigit.

- Sohyon.. balki senikiga ko'chib o'tarman?,- hijolat aralashgan ovozda soradi Sua.
Yigit bu gapdan so'ng toxtab qoldi.

- Men to'y uchun shoshilaylik demayabman. Shunchaki... birga...

- To'yga shoshilmaslik to'g'ri masala..,- stol ustidagi qizning tug'ilgan kuniga atalgan tort yonidagi vinoni qo'liga oldi Sohyon.
Gapni olib qochayotgan yigitiga biroz tikilgan qiz, buni tan olgisi kelmasdi.

- Unga ochgich olib kelmabman,- dedi Sua so'zini o'zi ham davom ettirgisi kelmay. - Sanchqi bilan urinib ko'ramizmi?

- Qanaqa sanchqi? Men dokondan olib kelaman.

Kurtkasini kiyishni boshlagan yigitiga gaz plita yonidan qarab qoldi Sua.

- Tezroq qaytib kel...

Eshik yopilishi... Sohyon yo'qolib qolmagan.. U menga uylanishni xohlamagani uchun ham qaytib kelmagan. Ikkimizning tayinli maoshli ishimiz yo'qligidan balki unga nisbatan bu qarori to'g'ridir. Ammo yigit nima uchun qiz bilan munosabat quradi?! Munosabatlarni eplay olmagani uchunmi? Qochib ketish osonmi?! O'ylashimcha oson ekan..

•••

Uyiga yetib kelgan Sua ikki kun oldin Sohyon qaytib kelganda birga yeyishlari uchun bezagan dasturxoniga hali ham turgan vinoga qaradi. Ichidan allaqanday yoqimsiz hislar go'yo yorilib chiqishi kerakdek. Tortmadan sanchqini olgan qiz vino og'zidagi probkani olishga kirishdi. Albatta sanchqi bilan qiyin.

Shu vaqtda ko'cha eshikga urilayotgan g'alati tovushlarni eshitib Sua to'xtab qoldi.

Qo'lidagi vinoni qayta stolga qo'yishni ham unutgan qiz shoshilgancha eshikni ochdi. Tashqariga ochilgan eshik to'g'risida turgan soyaga urildi. Bu Sohyon edi.

- Sua??..,- Sohyon boshini ushlagancha ortga tisarildi.
- Senga nima kerak?,- qo'lidagi sanchqi tiqilgan vino butilkasi bilan yigit tomonga qadam tashladi qiz.

- Meni kechir , Sua.. Shunchaki men senga qarashga uyaldim.
- Togri . Shunday his qilishing ham kerak! Sen 48 yilga shunchaki izsiz qochib ketding!
- Sua. Ahir bor yog'i ikki kun bo'ldi.
- Har bir soat men uchun yilday o'tdi!!,- baqirdi qiz yigitga yana bir qadam yaqinlashib.

Yigitga biroz qarab turgan Sua uyidan uzoqlashib, oldinga yura boshladi.
- Sua , men chindan ham afsusdaman.
- Buni kecha aytish kerak edi.

Sua yana to'xtadi va yigitga qaradi.
- Sen oldimga qaytib kelishing kerak edi. Men seni senga uylana olish darajasida sevolmayman deyishing kerak edi! Kechirimni kecha sorash kerak edi!
- Sua meni kechir.. Men sevaman. Ammo ba'zida sevgini o'zi kamlik qiladi.
- Nima?
- Men bu haqida ko'p o'yladim. Agar biz turmush qursak nima bo'ladi. Biz baxtli bola olamizmi? Bizdan hech nima chiqmas edi , Sua..
- Buni qayerdan olding?
- Biz ikkimiz ham boy oiladan emasmiz , Sua. Agar turmush qursak , ikkimiz ham qattiq harakat qilib ishlashimiz kerak bo'lar edi.
Sen eplay olarmiding?
- Hoy!..,- Sua yana yigitga yaqinlashdi. - Nega endi yo'q? Menda ham ish bor.
- Sen vaqtinchalik ishchisan. Senda karyeraviy o'sish yo'q, Sua. Sen bu bilan eplay olaman deb oylaysanmi? Agar homilador bo'lib qolsangchi? Seni ishdan ketishga majburlashadi. Keyin bolani mening maoshim bilan boqishga to'g'ri keladi.
- Yetarli... ,- bazo'r pichirlab aytdi qiz. Yigitning so'zlari endi uning miyasiga otilayotgan o'qdek ta'sir qilayotgandi. Shuncha vaqtni shunday pastkash insonga sarflash...

- Yetarli dedim...
- Men uy ham sotib ola olmas edik.. Seoul markazidagi uylar juda qimmat.

Yigitning yopilmagan og'zini shishaning sinishi tovushi yopdi. Vino yerga urilib sinib qizning ustiga qizilligini sochgandi.

Boshini yopib olgan Sohyon qizga jinniga qaragandek qarab qoldi.
Yiglab yuborgan qiz qolidagi siniqninv qolgan qismini ham otib yubordi.

- Sua yig'layabsanmi?
- Men seni deb emas, o'zimga yig'layabman.. Men shunchalik achinarlimanki.. sendek pastkashni eng zo'r yigit deb o'ylaganim.. ishonganim...
- Sua...
- Yaqinlashma!

Yigitga ters burilgan qiz ustidagi yagona kofta va oyog'ida uy shippagida bo'lishiga qaramay , kocha boylab yura boshladi. Ikki qadam narida Insan va Dahening qo'lidagi shar va tortga ko'zi tushgan Sua, tomoshadan ularning ham habari borligini ularning shok holatidagi yuz ifodalaridan tushunib oldi. Ammo toxtamadi. Oldinga yurdi. Qayoqqa yurayotganini bilmasdan...

Ko'cha boshiga yetgach yo'l chetidagi o'rindiqqa o'tirgan qiz qor yog'ishni boshlaganini endi tushuna boshladi.

- Men shu yerdaligingizni ko'rdim...,- ortidan kelgan dugonalariga qaradi Sua.

Bu sozdan so'ng qizning yonidan joy olgan ikki qiz uni quchoqlab isitishga urinishdi.

- Aytishlaricha ajralish... Ham ba'zida...,- Dahe so'z boshladi. - Ba'zida...
- Jin ursin, Dahe . Bir dona jumlani ham to'liq ayta olmaysanmi?- Insan dovdirayotgan qizga qoshini chimirdi.
- Men buni ikki kun oldin bir jurnalda o'qigan edim. Esimga davomi kelmayapti...

- Dahee...

Ikki qizning so'zini yigisi balandlashgan Suaning ovozi to'xtatdi.

- Bunday ablahlarni deb bunchalik yig'lash senga yarashmaydi..,- Insan qizni qattiqroq quchgancha dedi.
- Qo'shilaman..,- Dahe tasdiqlagan bo'ldi. - U rostdan ham ablah ekan...

Sua savolli va yig'i to'la ko'zlarini Dahega qaratdi.

- Gap shundaki , sen bu yerga yurib ketganingda u mashinasiga o'tirayotib kimdur bilan telefonda gaplashdi. U aytdiki... " Ha, azizam.. men unga aytdim. Albatta oson bolmadi. Lekin uddaladim. Yagonam mashinangdaman, ko'cha boshidan olib ketaman".. Unda boshqasi avvaldan...

Ko'z yoshlarini artgan Sua , Daheni ortiq eshitib o'tirmadi. Ko'cha boshiga yugurishni boshladi.

•••
Svetafor qizil chirog'ida turgan tanish mashinani ko'rgan qiz i harakatlanmasdan oldinga chiqib yo'lini to'sdi. Uncha katta bo'lmagan bu ko'chada mashinalar ham uncha tirband emas edi.

Mashinada boshqa bir qiz bilan o'tirgan Sohyonga qaragan Sua oldinga yurib, mashina oynasini ochishga ishora qildi.

- Salom! ,- oyna ochilishi bilan egildu Sua. Ichkaridagi hayron ifoda bilan qarab qolgan qizga nazar tashlagan Sua davom etdi. - Metrodagi transferlardan nafratlanadigan yigit, transfer qilishni juda eplabdimi?!

- Transfer? Sohyon u qiz kim? ,- old o'rindiqdagi qiz yigitga qoshini chimirdi.
- Azizam e'tibor berma..

Sua: Ha e'tibor berma. Aloqada o'zini eplab turgaza* olmaydigan yigitlarga e'tibor ham bermaslik kerak!
Sohyon: Jin Sua?! Nimalar deyabsan?!!
Sua: Ikki kun oldin men tayyorlagan maxsus taomni o'tqizib yuborganing yodingdami?,- Sua biroz jilmaydi. - Hech qisi yoq. Hozir ta'tib ko'rasan.

Sua yo'l chetidagi dokondan paqirga muzdek suvi bilan birga sotib olgan hali tirik bo'lgan baliqlarini mashina oynasidan ichkarisiga tokib yubordi.

To'g'ri shimi* ga tushgan bunday muzdeklikdan baqirib yubordi Sohyon. Mashinadagi qiz bo'lsa, sumkasini olgancha mashinadan tezlikda tushib ketdi.
- Sen mening bir dona barmog'imga ham arzimagansan!,- Sua shunday degancha mashina eshigi tomonga bir tepdi.

Ichidagi bor alami chiqib ketganini his qilgan qiz mashinadan uzoqlashdi.

Svetafor allaqachon qizildan yashilga almashgan. Ortdagi mashinalar to'xtamay signal berishni boshlab, Sohyonning mashinani chetga olishini talab qilardi go'yo. Ko'chadagi insonlar tomosha qilgan bu tomoshani yana bir erkak ham o'z mashinasida kuzatgandi. Shundoqqina Sohyon mashinasi ortida , svetafor yashil chirog'ini kutayotgan qora rangli mashina.

•••

Seoulning markazidan biroz uzoqdagi ko'p qavatli uy. Kerakli eshikga yetgan erkak eshik qo'ng'irogini bosdi. Va yagona do'sti bo'lgan Yoongining uyqisiragan yuzini ko'rdi.

Ichkariga taklifsiz ham kirgan Taehyung o'zini to'g'ri mexmonxonadagi orindiqqa tashladi. Ortidan kirib kelgan Yoongi do'sti olib kelgan, tokpokkini stolga qo'ydi.
- Nega odamlar o'zining hashamatli uyini tashlab, shunday kichik kvartirada tunashni yaxshi korar ekan? ,- savol berdi Yoongi qo'lidagi ichimlikni ochayotib.

- Bor yog'i bir kecha..,- shiftga tikilib qolgan Taehyung o'z hayollari bilan band edi. - Men uni qayerda ko'rgan bo'lishim mumkin?
Yoongi: Kimni? Qiz bolami?
Taehyung: Yovvoyi ... Bunaqa fe'l atvor va harakatlari bilan uni shunchaki qiz deb atab bo'lmaydi..

- Yovvoyi kiyik?,- bu so'zni Yoongi eshitmadi.

1-qism tugadi.

#Serin | #One_and_Only
@Cynefin_fanfics.

Eslatma: Diqqat bilan mutolaa qiling. Voqelar ayni qismlarda 2021 yilda rivojlanmoqda.

With love Serin❤️