One and Only
Sen mening yashirin olamimni qayta ochishimga , zerikarli hayotimda qiziqarli sahifalar borligini bilishimga sabab bo'lding. Men sen sabab haqiqiy baxtni his qildim. Yagona va faqat meniki bo'lishingni istayman... Bunga nima to'sqinlik qilmasin, biz birga bo'lamiz, o'z orzularimiz bilan...
Yangi yil kirib kelganiga ko'p bo'lmagan, yilning birinchi oyidagi qish kunlari. Ko'chalarda yangi yil muhitini beruvchi chiroqlar va turli xil bezaklar hali tark etilmagan yoki yig'ishtirib olinmagan.
Quyosh nurlari qish kunlari bo'lishiga qaramay allaqachon kuchsiz nurini shahar bo'ylab yoygan. Yoshi 50 dan birozgina oshgan ayol qizi uyining eahik kodini termoqchi bo'lib, uni tutqichini ushladi , ammo eshik ochiq. Buzuq qulf hali tuzalmagani va eshik ochiqligi sababi ham shu.
- Men unga eshikni tuzatishni o'tgan oy aytgan edim,- qoshlarini chimirgan ayol koyish ohangida gapirgancha kichik kvartiraga kirdi. To'g'ri ko'rinib turgan yotoqxonaga o'ylab ham o'tirmay qadam tashlagan ayol hali ham uxlav yotgan qizining beliga ko'rpasi ustidan urdi.
- Sua! O'rningdan tur. Kech qolasan.
Eshikni tuzatgin deb qachon aytgan edim, Sua?
Keskin sodir bo'lgan harakatdan uyg'onib ketgan Sua o'rnidan sakrab turdi va tepasida onasini ko'rib , uning bu harakatiga qoshlarini chimirdi.
- Oyi, ertalabdan nima qilyabsiz...
Uyqisirigan ovozi bilan yotog'i yonidagi soatga ko'z tashlagan Sua , u 7:26 ni ko'rsatayotganini ko'rib, ko'zlari kattalashib ketdi.
Ishga yetib borishi uchun 34 daqiqa vaqt qolgan xolos.
- Voy, Hudoyim! Oyi, kech qolyabman!,- qiz shunday deb baqirgancha yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Qizi ortidan ho'rsinib qarab qolgan Kim xonim qo'lidagi sumkani kichik oshxonaning kichik stoliga joylash uchun burildi. Ammo oshxonadagi manzara onaning jahli yanada kuchayishiga sabab bo'lgandi. Ikki kun oldin tuzatilgan , ammo ovqatga teginilmagan ham bu ikki kishilik dasturxon hali ham o'sha holda qolgan. Ichilgan spirtli pivolar bo'sh bankasi gijimlangancha stolning har yog'ida sochilib turar edi.
Stol yonidan bo'sh salafan paketini olgan ayol chiqindilarni uning ichiga joylay boshladi.
- Bu qizning ahvolini qarang. Men uni uch mahal ovqat berib boqmanman. To'g'ri ovqatlanishga o'rgatganman. Yovvoyi hayvon boqmaganman ahir. Stol insonlarnikidan katta farq qilyabdi,- Kim xonim o'ziga o'zi eshitar darajada gapirardi.
Oradan o'n daqiqaga ham yetmagan oraliq vaqtda Sua yuvinish xonasidan ho'l sochlarini sochiq bilan o'ragancha, yugurib chiqishga ulgurdi.
Kim xonim: Nima vaqt mashina yutib olganmisan? Yoki boshingga faqat suv sepib chiqdingmi?
Sua: Shoshilyabman, oyi. Undan tashqari yuvinish xonasidagi jomrak buzilgan. Ko'p ochib turib bo'lmaydi. Suv toshib ketishi mumkin.
Sua ish va bo'yanish uchun moslangan bitta stoliga qarshisiga joylashgancha , yuziga pardoz qilishni boshlagandi.
- Nega o'zingdan so'ng hech qayerni yig'ishtirmaysan?,- asabiylashgancha stolni yig'ishni davom ettirdi Kim xonim.
Guruch pishiruvchi mashinani ochgan ayol yoqimsiz hiddan burnini kaftiga berkitdi.
- Guruch bu yerda qolib ketibdiku! Undan yomon hid tarqayabdi!
Ortiga qaragan Sua yugurgancha onasiga yaqinlashdi va moslamani qopqog'ini qayta yopdi.
- Nega ertalabdan ogohlantirishsiz kelib oldingiz , oyi.. Tanbeh berishingiz uchun kattalik qilaman. Ishda edim vaqtim bo'lmadi.
- Ko'pga kelmadim. Shunchaki qabulga kelganimda, yo'l yo'lakay sendan habar olib ketmoqchi edim,- Suadan uzoqlashib, qayta olob kelgan sumkasi oldiga bordi Kim xonim.
Birdan o'zgargam tondan , Suaning ham ovozi havotir aralash chiqdi.
- Oyi.. og'riq qoldiruvchi malhamlar vaqtinchalik. Doktorga ko'rinish zarur..
- Turmushga chiqish masalasini o'ylab ko'rdingmi?,- go'yoki foydasi yo'q mavzuni yopib, boshqasini ochdi ayol.
- Yana shu mavzumi?,- Suaning qoshlari qayta chimirildi va bo'yanish uchun qayta joylashdi. - Siz boshlagan hamma mavzu oxiri shu bilan yakunlanadi.
-Sohyon seni uy ishlarida bundayligini bilmasidan oldin turmush qurishga shoshilishing kerak. Turmush qurish vaqti allaqachon kelgan. Ahir uch yildan buyon munosabatdasiz.
- Oyi...
- Sua, men seni o'ylaganimdan..
- To'y qilish uchun ham pul kerak , oyi. Menda bunga yetarli, hatto boshqa ijara uyga ko'cha olishga ham yetarli pul yo'q.
Sua upani yuziga endi jahl aralash urardi .
Kim xonim: U seni tashlab ketdimi?
Savoldan so'ng qiz to'xtab qoldi. Oyna orqali onasiga qarab, uning ko'ngli buni qanchalik tez sezganidan hayratda qoldi. Ayni damda uyaldi ham .
- Uni tashlab ketibdi,- ayol sumkasidagi idishlarga qarab o'ychan dedi. So'ng biroz ovozi ko'tarilgandek bo'ldi.
- Bu jin urgur ablah... Meni qizimga bunday qilishga qanday jur'at etdi?
Sua hech nima demadi. Onasi tepasiga kelib uni yelkasidan mayin siladi.
- Nima bo'lganda ham, bugun seni tug'ilgan kuning. Men senga dengiz o'tidan sho'rva olib kelganman. Ichib ol.
Tiqilinch avtobusdan bazo'r tushib olgan Sua ishlaydigan kompaniyasi tomon yura boshladi. Qish hali ham o'zini shu yerdagiligini bildirib turgani , biroz sovuq va nam havo haroratidan ham ma'lum. Telefonidan soatni tekshirgan qiz o'ziga o'zi kech qolmasligi kerakligini takrorlardi.
- Maxvini chaqirdingizmi?,- telefondan sun'iy intellekt ovozi yangradi.
- Yo Hudoyim, yo'q!,- Sua telefonni o'chirib, shunga ham asabiylashgancha harakatda davom etdi. Kompaniya kirish eshigiga yetganida esa o'sha tanish yuz uni qarshi oldi. Jin Soa. U markasi qimmat sanaluvchi mashinadan tushib , ruldagi insonga tabassum qilardi. Aftidan bu uning otasiga o'xshardi.
Qo'lida bir necha kofelarni qadoqlangan idishini ko'tarib kelayotgan qizga qarab turgan Suaning yuz ifodasi bu vaziyatni yoqlamayotgani aniq edi. Ammo buni u ham tabassum ortiga yashirdi.
- Suaa, seni ko'rganimdan hursandman. Hayrli tong!..,- Soa qiz tomon shoshilgancha keldi. - Ajoyib tong shunday emasmi?
Bu so'zdan Sua kinoyali kulib qo'ydi. Ahir u Soa kabi otasining mashinasida shunchaki yo'l yo'lakay kofe sotib olib kelayotgani yo'q. U kechagi kun natijasida uhlab kech qolib, buzilgan yuvinish xonasidan bazo'r foydalanib, avtobusdagi bir to'da insonlar ichida siqilib kelgan.
Soa: Men senga kofe olib kelgandim.
- Haa, rahmat...,- o'ylangancha yana o'sha doimgi Amerikanoni oldi Sua.
Sua: Kel ichkariga tezroq kiraylik.
Har doimgidek kunni kichik majlis bilan boshlagan bo'lim . Suhbat ham oxiriga yetib qolgan.
- Ha oxirgi masala, Dongil va Soa sizning bergan yangi takliflaringiz finalistlar hisobida tanlanibdi.
Pov Sua.
~ Janob Kwonning so'zlaridan butun majlis bo'yi buzilgan asab tolalarim birdan uyg'onib ketgandek bo'ldi. Men oxirgi uch yil davomida doim ariza berganman. Ammo doim rad etishgan. Nahotki meni ham tanlashdi. Bu baxtning uchqunimi? Nahotki?!
Janob Kwon: Hulosa qilib aytganda, Soa va sen direktor Kimga taqdimot qilib berasiz , ertaga. Qaysi biringizni tanlanishingizni direktor hal qiladi. Bu menejer yordamchisi lavozimiga ko'tarilishingiz uchun yaxshi imkoniyat.
~ O'z hayollarim bilan boshlig'im so'zlarini oxirgacha qanday yakunlaganini ham eshitmay qoldim .
- Dongil , nega bunday jimsan? Hursandligingdanmi?
- Jekpot...,- Sua biroz mast ovozda ming'irladi.
- Jekpot?,- Kwon qizga qarab boshini chayqatgancha kulib qo'ydi. - Yaxshi ishingizni davom ettiring. Siz esa ertaga yaxshi tayyorlanib keling.
~Kun tushga yaqinlashgach doimgidek Insan va Dahe bilan tushlik qilish uchun o'zimizning qadrdon tamaddixonaga bordik. Bugun ham Insan o'zi to'lashini aytdi. Ochiq qilib aytganda, u ba'zi vaqtlarda bizning onamizga o'xshab harakat qilar edi. U turmush qurib ajrashgan. Yagona farzandi avtohalokatda nobud bo'lgach. Har birimizda qandaydir travma va ishdan qoniqmaslik uchun qandaydir sabab bor. Balki shuning uchun ham bir birimizni topganmiz. Insan ahir kompaniyada sotuv bo'limida, Dage hisob bo'limida ishlaydi. Umumiy majlislardagi kollektivdan ajrab qolgan uch mushuk kabi bir birimizni topib , dugonalar darajasigacha kelish uchun ko'p sabab kerak bo'lmagan. Hozirgi kungacha bir biri uchun jonini ham berishga tayyor bo'lish darajasigacha.
Dahe esa eng kenja singil kabi. U doim pullarini yangi kiyimlar olishga sarflaydi. Hozir ham yangi tufli olganini , ammo ishda ko'p yurganidan oyoqlari og'rib ketganini aytib charchamayabdi.
Tushdan so'ng. Ish vaqti. Ferron Company.
- Aytgancha bu safargi taqdimotlarni rostan ham janob Kim nazoratdan o'tqazar ekanmi?
Ishdagi hamsablari suhbatiga aralashmay kompyuterda oz ishi bilan band bo'lgan Sua ularning suhbatiga quloq tutishni ham chetdan qoldirmayotgandi.
- Janob Kim? Uni juda ham hurmat qilaman..,- Kim familiyasini eshitgan qizlar o'zini uni ertaga yaqin masofadan ko'rish zavqidan tiya olmay hayajonlanib gapira boshladi.
- Uni yonidan o'tib ketganimda o'zimni shunday qizib ketgandek his qilamanki...
- Kechirasiz, ish boshqaruvchi direktor Kim , u kim? ,- stajyorlardan biri qiziqib savol berdi.
Qizlar kelgani hali kop bo'lmagan bu qizga qarashdi.
- U haqiqiy afsona. Ham tashqi ko'rinish tomondan, ham fe'l atvor jihatdan ham mukammal inson. Qulupnayli eng mashxur 5 xildan ortiq sneklarimizni bilasizku. Barchasi direktor Kim g'oyasi bo'lgan. Uning o'ylagan va ustida ishlagan barcha proyektlar juda katta foyda keltirgan. Bosh direktor ham unin shu uchun ham qattiq hurmat qiladi. Ammo bosh direktor Kim xonim uning onasi deb ham eshitganmiz. Ish boshqaruvchi direktor sifatida u bosh direktorga yaqin bo'lishi tabiiy hol. Men endigina ishga kirgan vaqtlarimda u yuqori direktorlik lavozimidan ham voz kechib yuborgan edi. Umuman olganda , direktor o'z onasi bo'lsa ham, bunday mas'uliyatlilik katta jasorat. Ha Sua, sen ishga suhbatdan o'tayotganingda u seni qabul qilgan deganding shundaymi?
~ Birdan suhbat menga kelgan savol bilan to'xtaganini sezib , o'ylangancha javob berdim .
- Haa...u yakunlovchi qaror qilgan. Ammo uch yildan buyon meni eslab qolgan deb o'ylamayman.
Keng xonada stol ustidagi listga allanimalarni yozayotgan erkakning diqqatini yordamchisining chaqiruvi buzdi.
- Umumiy majlisga borishingiz vaqti bo'ldi, janob.
Ko'zoynagini yechib chetga qo'ygan Taehyung, o'rnidan turib kostyumini kiydi.
Liftga chiqib kerakli qavatni bosgan yordamchisi ortidan Taehyung ham liftga qadam bosdi. Bosiq va dag'al ovozda qandaydir ritmni ming'irlayotgan Taehyungga yordamchi savol berdi.
- Bugun tongdan kayfiyatingiz yaxshi ko'rinadi?
- Rostanmi?,- e'tiborini yoniga qarardi Taehyung.
- Ha.
- Men miyamda qaysi musiqa aylanayotganini aniqlashga harakat qilyabman,- Taehyung yana o'sha ming'irlashni qildi.
Kun kechga yaqinlasha boshlaganda Sua ishxonani hali ham tark etmagandi. Kichik o'z majlislar zalida taqdimotini proyektorga ulagan qiz, ertangi kun uchun qattiq tayyorlik ko'rardi. Qog'ozga yozilgan nutqini taqdimotiga moslab har biri so'zini ta'sirli va natijaviyligini ta'minlashga uringan qiz, tinmay takrorlardi.
- Yangi bolalar uchun mo'ljallagan snekimizga , mult qahramon ismi va rasmini qo'shib umumiy logo yaratsak,bolalarda...
Birdan ochilgan eshik ovozidan to'xtagan Sua ortiga burildi. Va Jin Soani ko'rib kompyuterni ekranini yopdi.
- Soa..?
- Kechirasan..
- Soa, ish vaqting tugab ketgan edingku?
- Ha , ammo soyabonim qolib ketibdi. Shuning uchun qaytgandim,- xonaga nazar tashladi Soa. - Taqdimotingni tayyorlayansanmi?
- Ha , ozgina..
- Ha unda men kechga qolib ishlaydiganlar uchun kofe olgandim. Sen ham qolar ekansan buni ol..
Sua u uzatgan yana huddi ertalabgidek Americanoni oldi.
~ Jin ursin...menga yoqmaydigan qahvani qayta qayta berish shartmikin.
Soa: Unda ertaga taqdimotingda omad tilayman!
Jilmayib omad tilayotgan qizga tikilib qolgan Sua kichik ta'zim bildirdi. So'ng eshikka burilgan Soani to'xtatdi.
- Soa.. Shoshma.. Sen huddi tayyotgarlik ko'rishi kerak bo'lmagan odamdek gapiryabsan. Ahir ertaga sen ham taqdimot qilib berishing kerak?
- Ha men o'z taqdimotimni tayyorladim. Ammo bor kuchim bilan harakat qildim, shuning uchun agar imkoniyatni boy bersam ham men unchalik tushkunlikka tushmayman,- sokin javob berdi qiz.
~ Qarshimdagi qiz yana imkoni borligini jilmayib aytmoqda. Ammo menda? Bormi? Keyingi safar yana harakat qilaman deya olamanmi? Lavozimning biroz ko'tarilishi ham hayotimni yaxshilashi kerak.. bor kuchimni bermasligimning imkoni yo'q...
- Soyaboning yodingdan chiqmasin. Yaxshi yetib ol...
Sua kompanidan chiqqanida qorong'u ancha quyuqlashgan, qor yomg'ir qorga aylangan edi. Uyiga yetaklovchi tor ko'chaga yetganida ham taqdimoti so'zlarini takrorlayotgan qiz atrofga ham e'tibor qilmayotgandi. Toki yonidan ikki qiz o'tib ketmaguncha.
- Yunji mening kelin ko'ylagimni juda maqtadi. Menimcha eng zo'r ko'ylakni men kiyayotgandek...Oyim ham meni tanlovimni maqtadi.
Yodiga Sohyon tushgan qiz biroz asabiylashdi. So'ng o'zining ham yodiga onasi tushgach , telefonini olib onasi raqamini terdi.
- Oyi?..
- Sua? Nima bo'ldi?
- Shunchaki.. o'zim ertalab doktorga ko'rindingizmi, deb so'ramoqchi edim..
- Sening uyingdan chiqqanimdan so'ng belim og'rimay qoldi. Ishga kelaverdim.
- Oyii,- ovozi biroz ko'tarilgan e'tiroz bildirdi. - Ahir bir marotaba ko'rinsangiz bo'lardiku...
- Men hozir tungi navbatchilimdaman. Meni chalg'itma.
Birdan qo'ng'iroqni yakunlagan onasidan battar g'azablangan Sua ko'cha o'rtasida turgancha baqirib yubordi.
Yo'l chetida ko'rinishidan mastligi aniq bo'lgan erkakning baqirishidan cho'chib tushgan qiz uyi tomon qadamini tezlatdi .
Faqat ortidan bu erkak ergashishi mumkinligidan behabar edi.
•••
Oradan uncha ko'p o'tmagan vaqt oralig'ida Sua yuvinib chiqishga ulgurgan. Kompyuterdagi matnni qayta tekshirib, baravar tishini yuvishni ham unutmayotgandi.
- Deyarli tayyor..,- dedi u og'zidagi tish chotkasi bilan. So'ng yana yotoqxonaga ulangan kichik vannaga kirdi.
Jomrakni ochgan qiz oynaga qarab , matnni yana takrorlardi.
Shu vaqtda qulf buzilgan eshik dag'dag'ali taqillashni, aniqroq aytilganda xavfli tortilishni boshladi.
- OCH! HOY....GAYON...SEN SHU YERDASAN... OCH DEDIM..
Eshik qulfi buzuqligi yarim ochilgan holda, biroz qattiqroq tortilsa ochilib ketar darajada. Yuvinish xonasidan yugurib chiqgan Sua, eshikdagi qo'rqinchili manzaradan nima qilishini bilmay qoldi.
- Kimsiz?! Keting! Bu yerda Gayon yo'q!,-ovozi qaltiragancha eshik tomon shoshildi u. Oyoqlari yo'lda ulangan kompyuter quvvatlagichini ham qo'shib tortib ketganidan qalqib ketgan Sua kompyuter yerga tushganiga e'tibor ham bermadi. Eshikni o'ziga qattiq tortgancha uni ochilmasligiga harakat qilardi.
- Keting! Janob ketingg!! Qo'yib yuboring dedim!!,- ovozi titrab baqirayotgan qizning ko'zlari qo'rquvdan beixtiyor yoshlanib ulgurgandi. Ammo eshik ortidagi bu mast inson hech nimani tushunmaydigan holda edi...
Butun hayoti va uning ortidan onasi va ertangi muhim kuni vanihoyat kompyuterdagi matn hali saqlanmagan matni o'chib ketishi mumkinligi.. barchasi zumdek o'tib ketdi, Suaning hayolidan. Kompyuter yerda o'chib qolgancha yotishi.. stol ustidagi telefonini ola olganida militsiyaga qo'ng'iroq qila olish imkoni borligini tushunib ortga biroz siljidi . Ammo eshik ortidagi inson eshikni tepar, o'ziga tortib ochishga urinardi.
Birdan tongdagi telfoniga ulangan sun'iy intellekt yodiga chaqmoqdek urilgan qiz bor ovozi bilan baqirdi.
- Maxbee! 112 ga qo'ng'iroq qil!!!
Sua haliroq mast holda ko'rgan qo'shnisi bo'lgan insonni militsiya mashinasiga solib olib ketayotganda tun yarimdan oshgan edi. Insan va Dahe militsiyani kuzatgach hali ham yig'isi tinmagan dugonalari oldiga kirishdi.
- Juda ham qo'rqib ketgandim..,- yig'i aralash gapira boshladi Sua. Ammo qo'lida kompyuterga tikilishni ham unutmasdi.
- Ertangi taqdimot matnimni hali saqlab ulgurmagan edim... O'chib ketibdi...
Yig'idan shishgancha tutilib gapirardi Sua.
Insan: Òzingni bos .. hammasiga ulguramiz.. qaytadan qilasan..
Dahe chetdan quruq salfetkani olib uning ko'z yoshlarini artishni boshladi.
- Shriftni qaysi birini qilay...??,- gaplarini yig'isiga aralashtirib gapirayotgan Sua bahonada qo'rquvini baqirib yig'lab unutishga urinardi.
Tonggacha uning yonida qolgan ikki dugona unga taqdimoti uchun yordam berib, tinchlanishi uchun moychechakli choy berishdi..
Tong. Ferron Company. Umumiy majlislar zali
Janob Kwon: birinchi bo'lib Dongi.... ,- o'zi qo'ygan ismda direktor oldida adashgan erkak peshonasi biroz qashib xatosini to'g'irladi. - Birinchi bo'lib Jin Sua xonim taqdimotini ko'rsatadi..
Katta majlislar zali. Ulkan oval shakldagi stol atrofidagi stullar insonlar bilan to'lgan. Eng yuqorida o'tirgan direktor so'zida tutilgan bo'lim boshlig'iga e'tibor ham bermadi. Qarshisiga chiqqan ishchiga qaramagunga qadar. Qarshisida taqdimotini proyektorga ulab namoyishini boshlashga shay turgan qizga ko'zi tushgan Taehyung soniyaga qolmay uni tanidi.
- Yovvoyi..?,- beixtiyor past ovozda dedi Taehyung.
- Kechirasiz?,- past ovozdagi bu so'zni Sua hali anglashga ulgurmay qolgandi.
Og'zi atrofini barmoqlari bilan yopgan erkak jiddiy nigohlarini salqashga urinib tomoq qirdi.
Taehyung: Boshlashingiz mumkin.
Shu so'zdan so'ng to'xtamay, kechqurungi vaziyatga qaramay uhlamay tayyorgarlik ko'rgan taqdimotini o'n besh daqiqadan oshiq gapirdi Sua.
So'zini yakunlab atrofdagilarga so'ng zal to'rida o'tirgan erkakga qaratgan qiz undan hech bir sado chiqmayotganidan hayron qoldi. Taehyung qo'lidagi qog'ozga qarab qolgan, qizga umuman e'tibor bermas, yuzidan jiddiy va sovuq harorat sapchib turgandek edi.
Janob Kwon: Haa...janob keyingi taqdimotni Jin Soa...
Taqdimoti yakuniga umuman fikr eshitmagan Sua o'zini bosib tura olmadi.
- Kechirasiz, janob..
So'zi bo'lingan janob Kwon qizga jahl bilan qayrildi.
~ U ko'zlarini qog'ozlardan menga ko'chirgani , jigarrang qorachiqlar butun tanamni va yuz ifodamni sayr qilib chiqqanini aniq bildim. Uning ko'zlari shunchalik... umuman yuz ifodasi shunchalik jiddiy ediki, sal avvalgi dadilligim qayerga yo'qolganini bilolmay qoldim .
- Men taqdimot ustida juda qattiq mehnat qilgandim...Yangi mahsulot haqidagi fikringizni so'ray olaman deb...o'ylagandim... ,- endi duduqlangancha davom etdi qiz.
Taehyung :Aminmanki, siz bunday ishlamagansiz.
Keskin qarshi javobdan so'ng Sua endi aniq bir soz deya olmay qolgandi. Janob Kwonning kinoyali nigohlariga ko'zi tushgan Sua battar o'zini noqulay his qila boshladi. Ammo uning nigohlari endi qizda. Taehyung go'yo Suani nigohlari bilan hibsga olgandek. Kichik mushukcha sherning oldiga chiqib o'kirishga uringandek miyovlab qo'ygandek ahvolda edi u.
Taehyung: Sizni ishga men qabul qilish buyrug'ini bergandim , to'g'rimi?
Sua : ha..
Taehyung: Menga biz huddi tanishdek tuyilgan edik. Nega ekanligini demak tushundim ,- qo'lidagi ruchkani barmog'ida aylantirdi erkak.- Bunday sodda so'zlardan iborat jumlalar bilan uch yildan buyon 'qattiq' ishlagansiz deya olmasligim aniq.
- Janob kechirasiz.. , Jin Soa xonim keyingi navbatda,- suhbatda o'rnidan turib olgancha janob Kwon aralashdi. So'ng qoshini chimirgancha Sua qaragan erkak uni joyiga o'tirishini ko'zi bilan buyruq berdi. Shusiz ham hech nima deya olmay qolgan Sua hech bir so'zsiz proyektor oldini tark etdi. So'zini bolinganiga indamagan Taehyung ham ortiqcha so'zlamaslikni tanladi.
Sua kutgan o'sha imkoniyat, o'sha kun , mashaqqatlar bilan yetib kelgan kun shunday nihoyasiga yetgan edi. O'zi bu qizga orzu qilish mumkinmidi?
Muvaffaqqiyatli g'oliblikni , Soaning taqdimoti va uning qabul qilingan taklifini nishonlash uchun yig'ilgan insonlar. Bo'limdagi barcha kollektiv va Kim Taehyung ham shu yerda ishchilari bilan kechlik qilishga rozi bo'lgan. Markazdagi kichik sahnada karaoke mikrofonida biroz mastlik bilan ham tinmay jilmayib qo'shiq kuylayotgan Soani barcha qarsaklar bilan qo'llab turardi. Barchada biroz mastlik alomatlari allaqachon sezila boshlagan. Stol oxirida kollektiv a'zosi sifatida , hamda bugun og'ir kuni haqida unutish uchun ham tinmay bakalini bo'shatayotgan Sua bugungi kuni haqida hali ham unuta olmayotgandi. Ichkilik ham yordam bermayotgandek edi. Jilmaygancha huddiki barchaga 'iliq' kayfiyat ulashayotgan Soaga tikilgan qiz , nega rad etilganini tushunmasdi.
- Hoy, Dongil ..sening navbating... Qani bo'laqol..,- janob Kwon mastligini bildirgancha Suaga qarab, mikrofonni uzatdi.
- Janob, Sua rostan ham qo'shiq aytadigan kayfiyatda deb o'ylaysizmi?
Yonidagi ishchini so'zini kesib tashlagan janob Kwon qayta Suaga qaradi
- Hayotda mag'lubiyatlar bo'lib turishi kerak. Endi kichik omadsizlikni deb hammaning kayfiyatiga ta'sir ko'rsatma...
- Yaxshi kuylayman..,- mikrofonni qo'liga olgan qiz kichik sahnaga yo'l oldi.
Pultni olib o'ziga kerakli musiqani tanlagan Sua atrofdagilarga qaradi. Musiqa yangrashni boshlashi bilan atrofdagilar bir biri bilan suhbatlasjishni boshlashdi. Chunki Soaning energiyaga boy musiqasidan so'ng Sua tanlagan bu sokin musiqa mast kishilarning uyqisini qo'zitmoqchidek edi. Ammo ularning ichida boshqalardan farqli Taehyung endi e'tiborini sahnaga qaratdi. Uning e'tiborini musiqa yoki qiz tortganini ayni damda o'zi ham bilmasdi.
On my pillow
Can't get me tired
Sharing my fragile truth
That I still hope the door is open
Sua so'zlarni dona dona aytgancha musiqani boshladi. Qarshisidagi unga tikilgan nigohdan behabarlarcha kuylayotgan qiz musiqani shunday kuylar ediki , huddi o'z musiqasidek. Ko'zlarini yumib olgancha kuylayotgan Sua musiqa yarmiga ham yetmay, atrofdagilarga qarab bu yoqmaganidan musiqani to'xtatib joyiga qaytdi.
Ichkarida yuragi diqqinafaslikdan siqilib ketgan qiz tashqarida ochiq havodan nafas olishga urinardi .
Ammo bu 'ochiq ' havoni ham ko'p ko'rgancha Soa uning yoniga keldi.
Telefonda gaplashayotgan qizga qaragan Sua uni baqirgancha chaqirdi.
- Hoy...!
- Sua? ..,- otasi bilan suhbatni yakunlagan qiz Suaning oldiga yaqinlashdi.
- Kecha... Taqdimot tayyorgarligimni ko'rib, omad tilaganing.... Ustimdan kuldingmi? Chunki menda umuman bunday qobiliyat yo'qligini bilgansan , to'g'rimi?,- ichkilik endi o'z ta'sirini ko'rsatayotgan Sua oyoqlarida bazo'r turardi.
- Sua, sen ko'p ichding. Ahvoling yaxshimi?,- Suaning qo'lidan tutib tik turishiga qarashayotgan qiz savol berdi.
Sua esa darhol uning qo'llarini o'zidan olib tashladi.
- Yo'o'q...men buni mast bo'lganim uchun emas... ,- o'zini bazo'r o'nglagan Sua qarshisidagi qizga to'liq qaradi. - Mayli! Mastman ham deylik... Demak xohlaganimni gapira olaman..
- Nega aynan menga faqat Amerikano? Nega hammadan qaysi turdagi qahvani istashlarini so'raysan ,ammo menga bepul Amerikano berasan? U menga yoqmasligini ham bilmaysan. So'ralmagan narsani mega olib kelaverasan... Nega mendan qanday qahva yoqtirishimni so'ramaysan...?,- Suaning mastlikdan duduqlanib aytilgan bu so'zlari borgan sari balandlashib ketardi.
Soa: Nima? Sua...kechirasan.. men bilmagan edim. Nega bunday qilganimni bilmayman..
- Lekin men bilaman...,- Sua uni yana to'xtatdi. - Sen va boshqalar menga shunday past muomala qilinsa bo'ladigan inson sifatida qaraysiz...,- Suaning ovozi endi pastlashib ko'zi yoshga to'ldi. Ammo bu qiz qarshisida ularni chiqarmaslikka qattiq harakat qilardi.
- Sua men rostan ham Amerikano senga yoqadi deb o'ylagandim. Juda afsusdaman..
- Haa... qanday yaxshi insonsan...! ,- ko'zidagi yoshni yashirishga uringan qiz osmonga qarab yuzini ko'tardi, huddi ko'z yoshlari yuqoriga qarasa qaytib kirib ketadigandek. - Mayli unut , mastlikdagi so'zlar deb tasavvur qil..
Soa: Sua hammasi yaxshi bo'ladi. Yanada yaxshiroq harakat qil, hopmi?,- qizning yelkasiga qo'lini qoyib dalda berishga uringan qiz ortiga burilib ichkariga qaytishga yo'l oldi.
Ammo Suaning miyasida ' yaxshiroq harakat qil ' so'zi huddi yoqimsiz signal yonib qolgandek jarang socha boshlagandi. Tongdagi janob Kwon, majlisdan so'ng dalda berish uchun stajyor qiz ham, hatto o'sha direktor Kimning ham 'yaxshi harakat qilmagansan ' va hozir mag'lubiyatiga sabab bo'lib turgan, jilmayib turishdan boshqasiga yaramaydigan mana bu qiz ham shu so'zni takrorladi.
~ Kechagi mening to'xtamay yodlagan matnim va uyimga bostirib kelgan piyonistaning hujumidan so'nggi qayta tayyolagan o'sha taqdimot hech biri yaxshi tayyorlaganlikni bildirmaydimi? Jin ursin nega hamma menga shu gapni qaytaraveradi?
Ichkariga qadam bosib ketayotgan qarshimdagi bu qiz ko'zimga shu darajada yomon ko'rinyaptiki... Hozirni o'zida uni ostimga yotqizob urgim kelmoqda... Xo'sh nima bolibdi? Ursam nima bo'ladi?
Shularni o'ylagan Sua Soaning ortidan ergashdi. Kaftini yuqoriga ko'tarib , ortidan borayotgan qizning sochidan changallashga tayyorlandi . Ammo shu soniyada baquvvat ikkinchi qol uning bilagidan tutib qoldi. Shunchalik qattiq tutdiki, Sua mastlikdan yoki bilak kuchidan oldinga siljib ketdi. O'sha qo'lning ikkinchisi shu ondayoq uni belidan tutib oldi.
Avval qo'lidan tutgan qo'lga , so'ng yuqoriga qol egasi yuziga nigohlarini ko'targan Sua qarshisida yana o'sha qorachiqlarga duch kelgandi. Faqat bu nigohlar ertalabki kabi sovuq va odamni dovdiratib qo'yar darajada emas. Yonib turibdi. Inginchka lablarda esa nim tabassum. Sua yigitning bu kichik tabassumini tushuna olmayotgandi.
Sua: Janob...meni qo'rqitib yubordingiz...
Qizning bu so'zidan so'ng undan qo'lini olgan Taehyung hali ham kichik tabassum qikib turardi.
Taehyung: Men shunchaki sendan bir narsani so'ramoqchi edim..
Qizdan birozga ortga chekindi yigit. Chunki qiz qo'rqitib yubordingiz degan so'zni aniq aytdi va qorachiqlar qorachiqlarga ulanib, biriniki bu hisdan aniq kattalashib ketgan edi. Taehyung buni aniq sezdi.
- Boyagi musiqani... Qayerdan eshitgansan? ,- nihoyat maqsadini aytdi Taehyung, tabassumini hali ham yo'qota olmay.
Sua:Qaysi musiqa?...
Taehyung: Sal avval sen barda kuylagan musiqani.
Sua: men shunchaki uni yaxshi ko'raman...
Qizning qizargan yanoqlariga ko'zlari qochgan Taehyung u qancha uzoqlashsa, shuncha yaqinlashar, savoliva javob istardi
Taehyung: Ammo Ahir uncha mashxur emas? Xo'sh qayoqdan bilasan uni? ,- ohang ortiq avvalgidek jiddiy emas, qiziqish ustunligi shundoqqina sezilardi.
Ammo bu savoldan so'ng, ichkilik ta'sirida bo'lgan miyasi bilan allaqanday sabablarni o'ylagan qiz qoshlari chimirildi.
- Men biron musiqani, xohlasam yoqtiraman.. nima haqqim yoqmi??
- Yo'q men buni nazarda..tutmagan...
Sua ortiq qarshisidagi erkakni eshitmadi. Balki bu dalillik ertalab amalga oshmagani, hozir esa ichkilik ta'sirida bo'lgani sabab bunday qila olayotgandi.
- Kimdurning yoqtirgan musiqasi muallifini faqat siz biladigan musiqachilardan bo'lishi kerakmi? Majburmi? Yoki..musiqa eshitish bo'yicha umuman diding yo'q demoqchimisiz?...
Oxirgi savoldan Taehyung lab chetida yanada kengroq yoyilib kulib qo'ydi.
- Yo'q albatta...
- Endi mening musiqaviy didimni ham tanqid qilasizmii?!,- endi Sua yigit tomonga qadam bosdi. Sal avval tarqagan ko'z yoshlar qayta kela boshlashgan.
- Umuman unday emas,- qizning qadamidan Taehyung umuman siljimadi. Hatto u ham qizga yaqinlashdi.
Sua: Ah...shibal...
Qizning yerga qarab , qizarga yanoqlariyu, to'zg'igan sochlari bilan aytgan bu so'zidan Taehyung yerga qaragancha kulib yubordi.
Ammo birdan qarshisidagi qiz ikki kaftini yelkasiga urgancha baqira boshladi.
Sua: Meni eshiting... Keyinroq.!... Keyinroq buni gapirasiz maylimi ...? Agar habaringiz bo'lsa, siz sababli menda bugun og'ir kun bo'lgan...
Sua shularni aytib ortiga burildi va ketmoqchi bo'lib chalkash qadamlar bosa boshladi. Ammo Taehyung uni bilagidan ikkinchi bor tutib , to'xtatdi.
Taehyung: Haa... taqdimot masalasida bo'lsa... Keyingi safar yaxshiroq natija kutaman! Bor yog'i kuchliroq harakat qil, hopmi?
Yana shu so'zlar... Sal avval olinmoqchi bo'lgan qasos sababi... Ammo uni shu yigit to'xtatdi. Endi esa o'sha yigitning o'zi ham qizga qarata shu so'zni aytdi. Ammo balki chin qalbdandir. Chunki Taehyungning yuzida kompaniyada deyarli ko'rinmaydigan tabassum bor edi.
Bilagidan tutgan qo'llarga qaragan Sua , Taehyungning yuziga qaradi va ortiq o'zini bosa olmadi. Birdan peshonasiga kelib urilgan ikkinchi boshni his etgan Taehyung og'riqdan ovoz chiqardi. Peshonasini kafti bilan ushlagan yigit qarshisidagi g'azabli nigohlarga duch kelgandi.
- Yovvoyi...,- biroz kulgancha , pichirlab qo'ydi u.
So'ng Taehyungning yuzidagi tabassum g'oyib bo'ldi
@Cynefin_fanfics I #One_and_Only