November 20, 2025

A ' secret ' that couldn't be kept

Incheon Xalqaro Airporti. Bir haftalik ish safaridan qaytayotgan qiz qo'lida uncha katta bo'lmagan hajmdagi jamadonini sudragancha oldinga intilmoqda.

Modellik faoliyatini kichik yoshidan boshlagan Aerinni qadamini qanchalik tez bosishga harakat qilsa ham, noaniq va qayrilib ketish holatlari bo'lmasligini kasbi ta'minlab berayotgandi. Telefonni quloqlariga tutgan qiz samalyot qo'ngandan buyon uni kutib turgan sevgilisining oldiga shoshilmoqda.

- Seni ko'rmayabman. Kulrang ustkiyimida bo'laman degan eding, bu yerda undayi yo'q.
- Undayini ko'rganingda ham oldiga yugurib borib olarmiding, men va mening yuzim yagona!,- yigitining dag'al ohamgdagi toqatsiz murojaatiga ozroq asabiylashgancha javob qaytardi qiz.

- Aerinn, yagonam.
- Sen nima kiygan eding? Tae, yuragim hozir seni topa olmaslikda qinidan chiqib ketadi, qanisan?

Jamadonini sudragancha oldinga odamlar orasidan intilayotgan qiz , kutib olish zalidan atrofga diqqat bilan nazar soldi. Unga mutlaqo yon taraflama turib olgan, baland bo'yli, kelishgan, tiniq yuzida go'yoki yorug'lik taratayotgan yigiti atrofga uni izlagancha tikilardi. Aerin uchun uni ajratin olish qiyin kechmadi. Chunki ustida hali ham advokadlarning sud uchun formasini yechmagan yigiti barchaning ichida qora mantiya va qizil yelka lentasi bilan qizga yanada yaqqol tashlandi. Nafasi yanada chuqurlashgan qiz , jamadonini qattiqroq siqdi. Bir hafta huddi bir yildek tuyilgan ayriliqlaridan so'ng diydor yuragi atrofida ham shirin, ham biroz hayajonli tuyg'uni tarqaloshiga sabab bo'layotgandi.
- Seni ko'rdim...,- ovozi pastlashgan qiz endi mo'ljal nuqta tomon yugura boshladi.

- Ko'rding?,- hali ham qizni ko'ra olmagan Taehyung yana atrofga alangancha qoshlarini asabiy taranglashtirdi.

Qiz esa allaqachon go'shakni qo'yib, undan bir necha qadam masofaga yugurgancha yetib kelayotgandi. Nihoyat tutashgan nigohlar quvonchdan porlashni boshladi. O'zini to'g'ri Taehyungning bag'riga otgan qiz uning bo'ynidan qo'llarini shunchalar qattiq o'radiki, Taehyung buni qanchalik qattiq sog'inosh ekanini aniq his etdi. Javoban soniyada yigitning nisbatan ancha katta qo'llari Aerinning belidan o'raldi. Bir qo'li qizning boshi orqa tomonidan kaftini qo'ygancha mayin silashni amalga oshirmoqda.

- Seni juda ham sog'indim...,- Aerin yanada Taehyungning bag'riga singishga urindi.

- Tasavvur ham qila olmaysan,- yigitning lablari qizning quloqlariga yugurdi. So'zlari qizning quloq atrofida aytilgancha, qizga yanada qaynoqlik ufurtirmoqda.

- Bir hafta buncha uzoq bo'lishini bilganimda, seni qo'yib yubormas edim,- Taehyung shularni so'zlagancha, qizni oyoqlarini yerdan uzgancha aylana boshladi. Shovqin Airportda qanchalik kuchli bo'lmasin, qizning qiqirlagan kulgusini atrofda yaqqol eshitildi..

Mashinaga jamadonni joylagan ikkisi Seulning markaz qismiga qaragancha tezlikni oshirib yetishga urinishardi. Kaftlar bir birini yo'l davomida qattiqroq siqib bir millisoniyada ham uzilishga urinmasdi. Qizning ustidagi qulay ammo klassik uslubdagi kofta va yubka, yigitning forma yechilgandan so'ng yaqqol korinayotgan , benuqsonlikda taqilgan bo'yinbog' va unga mos kostyum va shimi Seulning tungi chiroqlari mashina oynasidan kirayotgan soyasida yanada juftlikni bir biri uchun yaralgandek ko'rsatayotgandi.

- Dadang bilan ko'rishdingmi?,- charchoqdan ko'zi yumilishni boshlagan sevgilisini uhlashiga qarshilik qilgancha savolga tutdi Taehyung.
- Ha, ular bilan Parijni bir kun aylandik,- savolga oynadan atrofni kuzatib ketayotgan qiz javob berdi. Ammo birdan tutashgan qo'llarini yanada qattiqroq siqqancha, ko'zlari chaqnab yigitga qaradi Aerin.
- Aytgancha Taehyung! Ular menga Swarovski brendidan mana buni sovg'a qildilar. Xohlagan brandimni tanlashimni aytdilar, men shuni tanladim, chiroyli to'g'rimi?

Qiz yigitga qo'lidagi bilakuzukni keng jilmaygancha ko'rsatdi. Yo'ldan birozga ko'zini olib qochgan Taehyung qizni qo'liga qarab jilmaydi.

- Albatta..

Yigitning yagona so'zli izohini eshitgan qizning qoshlari biroz chimirildi.

- yarim soatdan so'ng, tug'ilgan kunim kirib keladi bilasanmi? Esingdami Taehyung?

- yagonam yodimda. Barchasi yodimda,- yigit qizni kafti ustida bosh barmog'i bilam mayin doirlar chiza boshladi.

- Bugun ham kechga qadar ishda bo'lganing aniq. Hatto formangni yechishni unutgansan..,- Aerin uning ham charchaganini sezgancha yana boshini o'rindiqqa tashladi.

Javob bermagan yigit tomog'ini qirgancha dag'al ovoz chiqardi va yo'lga e'tiborini qaratdi. Ammo tutashgan qo'llarini birozga ham bo'shatmadi.

Baland qavatli binoning oldida to'xtagan mashina ichidagi yo'lovchilar hali uni boshatishni niyat qilmagan. Aksincha qizning baland hayqiriqlarini tashqaridan ham eahitish mumkin bo'lgan voqea yuz berayotgandi.

- Qolgan umrimizni barcha kulgu va quvonchingni meniki bo'lishiga , sensiz bir onga ura olmaydigan yuragimni o'zingniki bilan birga hayotning barcha yo'llarida olib yurishga ...,- lablarini kafti bilan to'sib olgancha hayratdan ko'zlari kattalashib ketgan sevgilisiga qaragancha ichidagilarni aniq yetkazishga urindi Taehyung. Yana bir nafas olinishi va Taehyung yana davom etdi. - Menga turmushga chiqishga rozimisan , Aerinim?

Kechgi chiroqlarda yana miltillagan chaqnoqlikni yashirgan qahvarang ko'zlar qizning nigohlariga cheksiz intiqlik bilan javob olishga sababsiz sabrsizlangancha tikildi. Ingincha keng lablarda nim tabassum qilgancha hayajondan nafas olayotganiga shubha qila boshlagan Taehyung Aeringa qoshlarini bir bor kotardi.

- Ha! Haa! Haa!,- mashinada o'rindig'idan o'zini rulda o'tirgan yigiti qo'yniga otgan qiz yana uni qattiq quchdi. Qo'lidagi uzuk solingan qutini qizning keskin harakatidan bazor tutib qola olgan Taehyung yuzida cheksiz baxt aks etayotgandi. Javoban o'ralgan baquvvat qo'llar qizni bag'riga qattiqroq tortdi.

- Seni sevaman!,- endi Taehyung ham qiz kabi baqirdi. Uning bo'yni va quloqlariga ketma ket goyo oxirsiz o'pichlarni joylashni boshladi.

Qo'llarini biroz boshatgan qiz endi yigitning yuziga qarab tikildi. Aerinning yuzini allaqachon baxt ko'zyoshlari o'rmalashni boshlagan. 5 yillik sevgilarining yangi marrasi, va yangi boshlanishiga kelishganini anglab ko'zyoshlari tiya olmay qolgandi. Qizning yuzini kaftiga olgan Taehyung ko'zyoshlarni bosh barmog'i bilan artishga kirishdi. So'ng qizning ko'zlariga lablarini bosdi.

- Aerin...
- Taehyung...,- allaqachon hiqillab qolgan Aerin yigitga tikilishdan charchamasdi. Unga ham tikilgan yigit uning oppoq kaftini qo'liga olgancha, sal avval unitilishga ulgurilgan uzukni joyladi. Endi barmoqlariga tikilib qolgan Aerin nigohini yana Taehyungnikiga qaytardi. Ikkisi ham nimani xohlashni boshlaganini sezgancha bir necha soniya bir biridan ko'zini uzmadi. So'ng ortiq o'ylamagan ikkisi, tashlalikda qolgan kabi lablariga lablarni bosdi. Bo'sa mayinlik yoki sokinlikdan boshlanmadi. Bunga ikkisida ham ortiqcha xohish yoki sabr topilishi amri mahol. Birdan bo'rttilgan bo'sa sahroda bir oy qolgan inson suvga qanday xoxish bildirsa , shu kabi tez va sabrsiz, nihoyasiz edi. Oyoqlarida o'tirgan qizni belidan mahkam tutgan yigit uning beli ortida joylashgan mashian ruliga urilishdan asragancha o'ziga tortardi. Bo'ynidan qo'llarini o'ragan qiz yigitdan kam bu holda javob qaytarmayotgandi.
Mashinada davom etish mumkin emasligini parlanishni boshlagan oynalar isbotlagach yigit qizning belidagi qo'lini biroz pastlatdi va ikkinchi qo'li bilan mashina eshik tutqichini tutib, tushishga shaylandi. Mashinadan birgalikda tushgan ikkisi bo'sani hali ham uzmagandi. Soniyaga uzilgan lablar , so'ng Aerin oyoqlari yana yer bilan yuzlashdi. Ortga yana bir soniyaga burilgan Taehyung mashinani pala partish harakatlar bilan bazor qulf holatiga o'tkazdi. So'ng yana birlashgan qo'llar baland bino ichkarisiga yugurgancha talpindi. Lift yarim kechasi bo'lgani sabab tez ikkisini ichkarsiga olib kirib ketgandan so'ng bo'sani davom ettirgan ikkisi qo'llarini bir biriga qattiq chirmashtirgandi. Uzuq va qisa bo'salarni qizning yuzi va boyin sohasidagi har bir yerga joylayotgan Taehyung lift kerakli qavatda toxtashi bilan qizni kelinlik uslubida kotarib olib uni uy eshigi tomongacha olib bordi. Katta katta qadamlar bilan kvartira tomon oldimlayotgan yigitiga so'ng barmog'ida uzukka qarab olgan Aerin Taehyungning yuzni kaftini bilan mayin silab bo'yniga bo'sa uchun cho'zilib o'zida va yigitdagi hirsni battarroq kuchaytirishga xizmat qiluvchi o'pich joylardi. Kalit vazifasini bajaruvchi cardni bazor tekkizgan Taehyung qizni oyoqlarini belidan o'rashiga ko'maklashgancha uy ichiga olib kirdi
- Seni hozirning o'zida yeb qo'yaman..
- Endi xohlasang ham mendan qocha olmaysan.

- Qochamayabman...

Bu cheksiz va chuqur bo'salar ikkisining o'rtasidagi bir haftalik ayriliqni badali, cheksiz muhabbatlari jiddiylashgani sababini anglatib, bunchalik holga kelgan. Chiroq yoqishga ulgurmagan yigit qizni, va qiz uning ustidagi kiyimni yerga tashlab ulardan halos qilishga urinardi. Kichik yo'lakli koridordan to'g'ri ulangan keng mehmonxonaga qadam qo'ygan yigit bazor chiroq tugmasini topib oldi.

Shu vaqtiga qadar uzilmagan bo'sa chiroq yoqilishi va xonada portlatilgan zar uchqunlari ovozi bilan nihoyasiga kutilmagan holda yetdi. Birdan tug'ilgan kun qo'shig'i baland ovozda jaranglab, portlatiluvchi zarlar xonada baland shovqinni yaratib ikkisini ham cho'chitib yuborgandi . Oyoqlari belidan o'ralgan Aerinni mahkamroq ko'targan Taehyung chiroq yoqilgach yorug'lashgan uy ichiga nazar solib, onasi va Aerinning onasi, advakatning kotibi bo'lib ishlovchi o'z otasidek ko'ruvchi yordamchisi janob Han va uning yonida do'sti Jungkook qo'llarini sharlar va zarlar, onalari esa qo'lida to'rt va shirinlik , 25 raqamli sharlar ko'tarib olgancha ularga tikilib qotib qolishganini angladi. To'g'ri ular kulib turishardi. Ammo bu tabassumlar huddi vaqt mashinasida qotirib qo'yilgandek g'alati tus olgandi. Bir necha yillik onalarining dugonaliklari sabab ham bunday sevgiga erishgan ikkisi onalariga bu munosabat haqida aytib ulgurmagandi. Buni endigina sezgan ikkisi ham bir biriga endi qarashga jur'at etdi. Xonadagi tug'ilgan kun musiqasi va qolgan barcha insonlarning sukuti, ularning bir biriga tikilgan so'zsiz nigohlari. Bu sukutsiz sukutni Jungkookning past ovozdagi tomoq qirishi buzdi. Aerinni bu signaldan darrov yerga joylagan Taehyung qo'li bilan avval peshonasini qashladi, so'ng sochlarning asabiy ortga taralishi. Aerin bo'lsa , sal avval cheksiz bo'sa yoki hozirgi yuqori harorat va uyalishdan qizarib ketgancha barmoqlarini bir biri bilan birlashtirdi.
Qizga qarab qo'ygan Taehyung chuqur nafas olgancha qarshisidagi insonlarga yuzini ko'tardi.

- Oyijon... ? Bu yerda...

- Aerinni tug'ilgan kuni sabab...,- Kim xonim hali ham o'sha hayratdagi ovozida javob berdi.

Javobdan qizning aynan o'zining uyida bo'lishini qayerdan bilganlarini so'rash hayoliga ham kelmagan Taehyung Aerijni yelkasiga qo'llini tashlab, uni o'ziga tortdi. Shoshilgancha gap boshlagan Taehyung sal avvalgi holatni tezroq va bir soz bilan ifodalab berishga urinardi.

- Xullas oyijon, Minji xola... Biz 5 yildan buyon uchrashamiz. Va bugun turmush qurishga qaror qildik. Qizingizni hech qachon xafa qilmaslikka va'da beraman. Bizning niyatimiz jiddiy va boyagi
..holatga ham jiddiy qaraymiz.

- Bolajonimmm! ,- xonada Kim xonimning baxtdan jaranglagan ovozi tutdi. Sal avvalgi qotib turishlar yo'qolib, og'lining oldiga yugurgancha uning peshonasidan opib qo'ydi. Aerinning ham peshonasidan o'par ekan bo'salar sabab yuzidagi tartibsiz surkalgan lab boyog'iga qarab jilmayishi yanada kengayardi. Qizning quloqlariga egilgancha,
- Doim shunday yoqimtoy bolgin...

Bo'layotganlardan hayron bo'lib qolgan Aerin ham Kim xonimni javoban quchgancha onasiga qaradi. Minji xonim ham navbatda turgancha Taehyungni quchardi.

Tabriklar ostida qolib ketgan Jungkook va janob Han ortda ularga tirjaygancha qarsak chalishardi.

- Balki ularga bilishimizni bilishlari kerakligini aytarmiz. Mm... yo'q. Taehyung so'rasa, o'zingizni bilmagandek tuting. Bu ikkisi bizni va onalarini besh yildan buyon ahmoq yoki ko'r deb o'ylaydi,- Jungkook janob Hanga pichirlagancha yana qarsak chalishda davom etdi. So'ng do'stining yuziga qarab, hammadan sir saqlay olaman degan qobiliyati parcha bo'lib ketgan yuz ifodasini ko'rib, xonada oz kulgu ovozini taratdi.

Ular bir bo'lak tort va cheksiz baxtga chomilgan tilaklardan so'ng, juftlik yolg'iz qoldirishga va'da berishgan...

End.

Thanks for reading. )
Kim Serin