Luck
Yuragim ogʼridi... Uni yana kordim... oʼsha nigohlar bilan yana toʼqnashdim. Har kimning qalbiga olov yoqa olishga qodir oʼsha nigohlar. Lekin men ortiq bu shahlo koʼzlarga qarashni istamayman... qaragan sari yuragimga tikonlar sanchilqmoqda...u allaqachon oʼz yoʼlini tanladi... meni arosatda qoldirib jonimni jizgʼanak qildi .. Sevgimiz uchun oʼzi oʼz qollari bilan dor yasadi lekin oʼsha dorga osilgan men boldim! Men!!! Uning sevgimizga qilgan xiyonati tanlov edi...
Jungkook vujudida sodir bolayotgan alla nima hislarni bostirishga harakat qilardi. Juda ogʼir uni yana koʼrish... Jungkook hozir viqorli yuz tuzilishini yoʼqotgan yelkalari chokkan edi. Ochigini aytish kerak Narani shuncha vaqt davomida koʼrmadi.... Sogʼingan lekin Jungkookdagi qizga nisbatan boʼlgan alamli hislar qahr sogʼinchning yoʼlini tosib uni bir burchakka qamagan edi.
Jungkookning ortidan quchgan kichik qoʼl , belidan asta sekin yurgʼizilgan nozik barmoqlar dimogʼiga urilgan vanil atir hidi uning dimogʼini qitiqlab tanasi boʼshashtirib yelkalarini choʼktirdi. Ayni damda Jungkook hohlagan tasalli shu kichik jussada mujassam edi. Jungkook Heeyoungning belida chirmashib turgan qoʼllariga panjalarini qoʼyib ularni qattiq tutdi, hech qachon qoʼyib yuborishni hohlamaydigan darajada .... Qizning issiq nafasi yigitning yelkasi urilar ekan Jungkook Heeyoung allaqachon Nara haqida habar topganini anglab koʼngli biroz gʼijil boʼldi lekin hursand ham. Endi uning yonida har qanday vaziyatda tushunib taskin beruvchi, qoʼllab quvvatlovchi rafiqasi bor. Koʼksida Heeyoung bilan turmush qurganidan faxr hissini tuygan Jungkook hamma narsani unutgandek qiz tomonga oʼgirilib uni koʼksiga qattiq bosdi. Boshiga iyagini qoʼygancha bu yumshoq feʼl sevgilisiga yana ham qattiqroq sevishini anglayotgan edi. Heeyoung ayni vaqtda uning hamma narsasi edi. Baxti, quvonchi, dardiga davosi, yuragining parchasi, ardoqli rafiqa va ojiz tomoni ham.
Yigit endi qizning sochlari orasiga yuzini koʼmib uning iforidan toʼyib-toʼyib hidladi va qulogʼiga boʼgʼiq ammo soflik bilan pichirladi
-onam toʼgʼri aytgan ekan... sen hayotimdagi eng toʼgʼri tanlovimsan garchi buni kech tushunib yetgan boʼlsam ham... (Yigit soʼzlarini tugatib qizning qulogʼi aralash boʼyniga boʼsa qoldirdi. Heeyoung bu gaplarni bir kun kelib Jungkookda eshtishni oʼylamagan edi. Ertaga nima boʼlishini hech kim bilmaydi deyishganidek bu juftlik ham majburan turmush qurib imzo qoʼyishgan payt oradan vaqt oʼtib oralardagi muzni sevgi yoqqan olov eritishlarini hayol qilishmagan edi. Taqdir shunday bir biridan ajoyib sovgʼalarga boy birida olsa birida undan ham yaxshisini beradi.
-Qachongacha shu yerda xotirlash marosimiga kelgandek turamiz ?! Ahir bugun bizning bayrim toʼgʼrimi Yongso ?! Balki, seni raqsga taklif qilarman (Jin bu 3 kishining jimligidan zerikib diqqi nafas boʼlayozgandi shu sabab kechaga rang qoʼshishni istab ovozida quvnoqlik bilan rafiqasiga raqsga tushish taklifini berdi va shu bahona munosabatlarini toʼgrilashga umid qildi)
-juda ham ajoyib taklif ! (Yongso ham koʼp kuttirmay javob berdi. Ochigʼi Jin Yongsoni bu darajada tez rozi boʼlishini kutmagan edi. Jin kutgan munosabat Yongso uni yanadan oʼzidan itarishi edi. Jin bundan oʼzida yoʼq shodlikni his qildi lekin bu hursandchiligi koʼpga choʼzilmadi Yongso Jinning yonidan oʼtib Jungkook tomon bordi. Bundan oʼzini yerga urilganini his qilgan Jin yuzlari gaʼzabdan qizarib sochlarini qoʼllari bilan ortga taradi.
-buni tahmin qilishim kerak edi (Jin kinoya aralash oʼziga gapirib lablaridan achchiq kulguni siqib chiqardi)
-Heeyoung eringizni oʼgʼirlab ketishimga qarshi boʼlmaysiz degan umiddaman (Yongso quvnoqlik bilan Heeyoungga gapirib Jungkookning qoʼllaridan tutdi. Jungkook sevgilisiga qarab "nima deysan?!" degan ifoda bilan bir qoshini koʼtarib lablari jilmaydi. Heeyoung Jungkookning qiligʼidan kulib oʼzining roziligini bildirdi. Jungkook Yongsoning qoʼlidan tutib oqshomning chiroyli davrasiga tortdi. Jin bir oʼzi yolgʼiz qolishni istamay Heeyoung bilan yonma yon turib oldi.
Yarim tun barcha oʼz xonasida kirib tunning osoyishta tinchilgidan orom olmoqda. Hozirgi vaqta Seulning hali ham shovqin boʼlgan chiroqlar bilan yortilgan koʼchlarida sayr qilish juda ham ajoyib hissiyotlarni bagʼishlaydi insonga. Jungkook ham bu chiroydan zavq olishni hohlab koʼchaga sayr qilishga otlandi. Yonida huddi onasining bagʼrida pishshilab uxlayotgan mushukchaga oʼxshab dam olayotgan Heeyoungga qarab asta barmoqlarini qizning sochlarida yurgʼizib yuzidan uni uygʼotib yubormaslik uchun astagina oʼpib qoyib ikkinchi qolini qizning nozik qoʼllaridan boʼshatib, ochiq qolgan yelkasiga yopinchiqni yopib qoydi va oyoq uchida yurgancha xonani sekin tark etdi
Jungkook toza havoga chiqqach yuziga sovuq ammo yoqimli shamol yugiridi. Qoʼllari bilan uchlari jingalak boʼlgan tim qora sochlarini ortga tarab Seul havosida oʼpkasini toʼldirib nafas oldi. Tungi osmonda millinonlab porlab turgan mitti chiroqlarga boqib bolaligida yerga qulagan yulduzlardan orzusini amalga oshirishini soʼrab qoʼllari juftlab olgani yodiga tushdi. Oʼsha vaqt barchasi boshqacha edi orzulari hozirgidan mutlaq farq qilar edi. Dadasi bilan birga muzqaymoq yeyishga borish, yangi nashr etilgan komiks kitobni eng 1 oʼqish,maktabda oʼzini qiynamasdan 5 baho olish shunga oʼxshash yana bir qancha orzular. Lekin Jungkook hozirgi vaqtda ulgʼayganini ham jismonan ham qalban his qildi. Hozir u hojlaydigan yagona narsa koʼnglining orom topishi, vaqtni ortga qaytarish va barcha qora kunlarini unutish. Balki hozir ham u qalban boladir lekin yulduzlar uchun faqat orzular oʼzgargan holos. Jungkook huddi bolaligidagi kabi kaftalarini bir-biriga juft qilib osmondagi yulduz yerga qulashini qilt etmay kutdi. Oradan taxminan 10 daqiqa oʼtdimi yoʼq bir emas birin ketin yulduzlar ucha boshladi Jungkook ham huddi yosh boladek koʼzlarini chirt yumib qalban bu yulduzlarga ishonib tilak bildirdi. Mayin shabboda yuzlarini sekin silar ekan hech ham koʼzlarini ochgisi kelmadi. Qani endi bola boʼlsayu barcha dard alamlardan forigʼ boʼlsa. Uning eng katta muammosi kundaligidagi yomon bahosi boʼlsa.
-qanday tilak tilading?! (Ortidan kelgan mayin ovozni eshitgan Jungkook hayron boʼlib ortga oʼgirildi. Heeyoung unga devor chetiga suyangancha qarab turardi)
-sen.... bu yerda..? Nima uhlamaganmiding? (Nima deyishini bilmay qolgan yigit soʼzlarini toʼgʼri terolmay Heeyoungga hayronligini ham soʼzlari ham koʼzlari bilan bildirdi)
-uhlayotgan edim toki sen sochlarimni silab, yuzimdan oʼpib meni tark etmaguncha(Qiz har bir soʼzlarini dona-dona soʼzlab oyoq uchida Jungkook tomon yaqinlashib, qarshisiga kelib toʼxtadi)
-qachondan beri shu yerdasan?
-mmm sen qoʼllaringni mana bunday birlashtirib lablaringni ishirgancha tilak bildirgan paytingdan boshlab (Heeyoung Jungkookning hech bir qiligʼini unutmay unga taqlid qilib ohirida Jungkookga yana ham yaqin kelgancha kulib qoʼydi)
-ajoyib!! (Jungkook qizning qiliqlaridan yuzidagi tabassumini yashirmay biroz egilib burnidan bosh barmogʼi bilan chertib qoʼydi va koʼzlarini yana yulduzlarga tikdi)
-sen ham tiladingmi?! (Hali ham yulduzlarga boqqancha soʼradi Jungkook)
-ha (qisqa javob bergan Heeyoung yigitning yuzidan bir soniya boʼlsa ham koʼz uzmay javob berdi)
-meni tiladingmi?! (Jungkook Heeyoung undan koʼzini h3ch qayerga olib qochmay tomosha qilayotganini payqab lab chetida kulib qoʼydi)
-togʼri topding (undan buni yashirishni hohlamagan Heeyoung dilidagini tiliga chiqardi. Jungkookning ham qulogʼi uning javobini eshitib lablarini jilmayishdan toʼxtata olmay Heeyoungga oʼgirildi)
-nega aytasan? Agar yashirmasang orzuing amalga oshmaydi.
-menga baribir! (Heeyoung beparvolik bilan javob berib Jungkookning belidan qoʼllarini tezlikda yugurtirib uni qattiq quchoqlab oldi. Yuzini esa uning bagʼriga koʼmdi.)
-meni hayratda qoldirdingiz Jeon xonim(Jungkook ovozini biroz balandroq koʼtarib kuldi va Heeyoungni qoʼllaridan tutib koʼtarib oldi. Heeyoung ham huddi daraxtga chirmashib olgan koala kabi endi oyoqlarini beliga oʼrab oldi.)
-lekin menga erishish unchalik ham oson ish emas. Sen buning uchun koʼp kuching va vaqtingni sarflashing kerak. (Jungkook kulib qizning ortiga qoʼli bilan qoʼydi)
-men ham oddiy odam emasman Jeon Jungkook!! (Heeyoung Jungkookning mushaklari boʼrtib chiqqan bilagidan qattiq chimchilab oldi)
-hoʼsh oddiy inson emas ekansan, meni oʼzinga mahliyo qildirish uchun nima qilasan?! (Jungkook yuzi qizning oʼyinqaroqligidan biroz burishib Heeyoungni qoʼllari bilan siqib qoʼydi)
-yulduzga tilagimni aytaman (Heeyoungning bu kulgili javobidan ularning ikkisi ham kulib yuborishdi. Jungkook bu javobni Heeyoungdan kutmagan edi. )
-sen buncha jasoratni qayerdan topyabsan ?! Oqqushning qizi?! (Jungkook yana eski qiliqlarini boshlab uning jigʼiga tega boshladi)
-balki sendan olayotgandirman
-hhmmmm... mendannmi lekin men senga jasorat bermay qoʼyganimga ancha vaqt boʼldi shekilli?! (Jungkook ayyorlik bilan qosh chimirib, qizning labidan tezlikda oʼpib qoʼydi)
Katta keng yotoq xonada bir-biriga termulgancha xonaning ikki chetida oʼtirgan juftlik faqat koʼzlar bilan gaplashardi goʼyo tillar emas koʼzlar orqali qalblar suhbat qurayotgandek. Bu sokinlik baʼzan qalbga orom bersa baʼzan oʼtmishni eslab yurakni parchalar edi.
-Nara... qay darajada oshiq eding unga....(Vanihoyat ichida uni yemirayotgan savollarga javob topishni istab Heeyoung savol bilan tinchlikni buzdi. )
-bu shunchalik qiziqmi senga?!(Jungkook lablaridan achchiq alamli kulguni siqib chiqarib Heeyoungga sokin javob berdi. Uning koʼzlarida oʼtmishda qolgan gʼam alam va qadrlanmaslik hissi barchasi hatto begʼubor sevgisi ham namoyon edi.
-sen haqingdagi hamma narsa qiziq... (Heeyoung oʼzida paydo boʼlayotgan hislardan hayratda edi. Jungkookga 5 oy oldingi nafrat nigohi bilan emas haqiqiy begʼuborlik aks etib turgan koʼzlar bilan boqardi soʼzlaridan esa u uchun qaygʼurayotgani bilin turardi.
-balki mavzuni toʼxtatarmiz...?( Jungkook qalbining eng tubiga koʼmgan sevgi hikoyasini aytishni istamay yotoqqa oʼzini tashlab par yostiqni toʼgirlab oldi. )
-men bilishni hohlayman! ( Heeyoungning ovozi xonada qatiyat bilan yangradi)
-men esa yoʼq (Jungkook hali ham koʼzini ochmagancha yuzida biroz jilmayish bilan javob berdi.)
-JUNGKOOK!!! (Heeyoung endi qiziqishi va jahlini yashira olmadi. Heeyoungning yosh bolalarcha qiligʼidan boʼgʼiq ovozda kulib yuborgan Jungkook qoʼli bilan "yonimga kel" ishorasini qilgancha sevgilisini oʼzining yoniga chorladi.
Heeyoung oʼylanibroq oʼrnidan turdi va mayda qadamlar bilan Jungkook tomon yurib bordi va uning yoniga choʼkdi. Hayolida unga baqirib Nara haqida soʼraganligi xatoligini anglab lablarini achchiq tishladi va Koʼzlariga qarab qoʼllaridan tutdi.
-mayli agar aytishni hohlamasang majburlamayman oʼzingni qiynama (Heeyoung Jungkookni xotiralar bilan qiynashni hohlamaygina javob berdi)
-meni sendan yashiradigan sirim yoʼq moychechagim (Jungkook unga yaqinroq oʼtirib oʼzining issiq bagʼriga qizni tortib iyagini Heeyoungning boshi ustidan qoʼyib oldi)
- faqat xafa boʼlmayman deb vada ber (Jungkook hali ham holatini saqlagan holda sokinlik bilan gapirdi)
-yaxshi harakat qilaman ( Heeyoung ham uning belidan quchgan qoʼli bilan uning ortidan silab qoʼydi)
-men qoniqmadimm! (Jungkook Heeyoungni oʼzidan uzoqlashtirib yelkalaridan ushlab koʼzlariga qarshga majbur qildi)
-yaxshi vada beraman (Heeyoung ha yuzida yorqin tabassum bilan javob berdi lekin yuragidagi vahimani bostira olmadi)
-Unda men boshladim... Nara bilan tanishgan vaqtim dadamning kompaniyasi Jeon Groupga yangi qoʼshilgandim. U vaqtda dadam yonimdaligi sabab ishni oʼyindek koʼrardim. Dadam shu sabab 3yildan beri qoʼlida kotiba boʼlib ishlayotgan Narani menga yordamchi qilib tayinladi. Nara bilan suhbat qurgan vaqtlarim yuzimdan kulgu ayrilmasdi huddi ancha yillardan beri tanish insonlardek suhbat qurardik ishda mendan koʼra tajribasi koʼproq boʼlgani uchun menga toʼgʼri yoʼl koʼrsatardi. Ish vaqti men bilan faqat kompaniyaga aloqador mavzuda suhbatlashishni avzal koʼrardi. Men esa buni hohlamsdim u haqda koʼproq bilib olgim kelardi. Tim qora koʼzlariga boqib oʼz aksinda koʼrganmda ajib hislar meni qurshab olardi. Atrofimda girdikapalak boʼlgan undan ham chiroyli xodimlar bor koʼp edi lekin menga Nara bilan koʼproq birga boʼlish yoqardi. U hayotim davomida uchratgan eng gʼaroyib va sirli qiz edi. Ishdan soʼng mening koʼp urinishlarim sabab Nara bilan uchrashishni boshladik. Unga nisabatan menda paydo boʼlgan hissiyotni qancha yashirishga urunmay harakatlarim va unga qaragan vaqtimda yumilishni hohlamaydigan koʼzlarim sotib qoʼyardi... Uni barchadan qizgʼonardim hatto oʼzimdan ham unga bilmasdan ozor berib qoʼyishdan qoʼrqardim chunki u allaqachon butun borlgʼimga aylanib boʼlgan edi.....
-Jungkook sendan ertalabdan beri soʼrayapman bu haqda!!! Qanday sovgʼa tayyorlayding menga aytaqoll!!!(Heeyoung mashina haydayotgan Jungkookning rulda turgan qoʼllariga yopishib beozorlik bilan timdalay boshladi)
-Heeyoung balki jim ketarsan! Koʼrmayapsanmi men ruldaman. Keyin qoʼlimni timdalashni bas qil senga aytganimga pushaymon qilma men Hudo haqqi!! (Jungkook Heeyoungning qoʼllarini ushlab olib bir qoʼlda mashina ruliga egalik qilib tinch holatini saqlagancha yoʼlda davom etdi)
-Qoʼyib yubor!! (Heeyoung Jungkookning qoʼlidan zarda bilan chiqib mashinaning oynasi tomon boshini oldi. Jungkook qizning chimirilgan qoshlariga qarab sekingina jilmayib qoʼydi lekin undan sado chiqmadi. Chunki bu sovgʼa uni baxtiyor qilishini bilardi)
Kerakli manzilga yetib kelgan Jungkook katta joyni egallagan keng dalada joylashgan moʼjazgina ot fermasi yoniga mashinasini toʼxtatdi.
-bu yerga nega keldik?! (Heeyoung mashina oynasidan fermaga biroz hayrat bilan qarab Jungkookga qiziqish bilan savol berdi)
-bugun juda koʼp savol berding moychechagim(Jungkook qizning burnidan barmogi bilan chertib qoʼyib mashina eshigini ochib tushdi)
-bu yer.... otxonami?!! (Heeyoungning koʼzlarida quvonch milltillab Jungkookga qiziqish bilan qaradi)
-ha sen oʼsh joy (Jungkook mayda qadamlar bilan mashinani aylanib oʼtib Heeyoungning yelkasidan quchdi)
-ichkariga kiramizmi?! (Jungkook hali ham qizning yelkasidan tutgancha peshonasidan oʼpib qoyib magrurona jilmaydi)
-albatta! (Heeyoung baxtliligidan ovozini biroz baland koʼtarib yelkasida turgan qoʼllarining oʼzining qoʼllari bilan birlashtirgancha otxonaga oshiqib ildamladi. Jungkook ham Heeyoungning qiligʼiga kulib uning ortidan ergshib otxonaga birga bordi .)
-Salom Mariya xonim (Jungkook biroz tazim qilib yoshlari 40larda boʼlgan sochlari malla hushroʼy ayolga salom berdi. )
-hayrli kun Jungkook (Mariya xonim ham mayin jilmayib javob berdi)
-bu Heeyoung sening rafiqang shundaymi?!. (Mariya xonima Heeyoungga nazar tashlab soʼradi)
-togʻri topdingiz ... (Jungkook Heeyoung bilan jipslashgan qoʼllarini yuqoriga koʼtarib kulib qoʼydi.)
-hayrli kun xonim oʼzingiz aytganingizdek ismim Heeyoung ( Heeyoung Jungkookning qoʼlidan barmoqlarini boʼshatib odob yuzasidan egilib salom berdi)
-sizga ham hayrli boʼlsin Heeyoung. Men Mariyaman shu kichik otxonaning egasi. (Heeyoungga iliq munosabatda javob berdi)
-sovgʼangizni koʼrishni hohlaysizmi Heeyoung ?! Men uni allaqachon tayyorlab qoʼyganman (Mariya Jungkook va Heeyounggga qaragancha uning ortidan ergashishlarini takidladi. Heeyoung xursand bolib yigitni bilagini qattiq quchoqlab oldi va uni bir zumda qoʼyib yuborib Mariya xonimning ortidan Jungkookni ham kutmay shoshilgancha yugurib ketdi. Jungkook xotirjamligini yoʼqotmagan holda qizning qiligʼidan kulib qoʼyib oʼng qoʼlini choʼntagiga solgancha ularning ortidan ergashdi)
Mariya va Heeyoung otxonaning yon tomoniga oʼtishdi. Heeyoung u yerda katta keng ammo toʼsiqlar bilan chegaralanga maydonda tim qora ot qoziqqa bogʼlanganligini koʼrib oʼzi uchun sovgʼa shuligink angladi. Bu qora tulpor quyoshda shu qadar chiroyli yaltirar ediki uning har bir harakatida yollari yana ham unga chiroy bagʼishlardi. Heeyoung bu safar Mariya xonimni ham kutib oʼtirmay qadamlarini tezlatdi. Otning yoniga tezlikda yetib kelgan qiz boshida unga yaqinlashishga hayqdi. Chunki uzoqdan biroz kichkina boʼlib koʼringan tulpor yaqindan bahaybat boʼlib koʼrinardi. Lekin Heeyoungdagi ishtiyoq qoʼrquvini yengi oʼtib otga yaqinlashish uchun toʼsiqning ustiga boʼyi yetmaganligi sabab chiqib qora yolli tulporining peshonasiga qoʼllarini shoshilmasdan qoʼydi. Heeyoungning harakatiga hech qanday munosabat bildirmagan qora tulpor boshini biroz egib unga qulay boʼlishink taʼminladi va peshonasida Heeyoungning barmoqlarini sezgach katta katta chiroyli koʼzlarini yumib oldi.
-Siz Qora yulduz bilan tez til topishib olibsiz....(Mariya xonim biroz jilmaygancha Heeyoungga qoʼshildi.)
-qora yulduz?! (Heeyoung hayron boʼlib Mariya xonimga savol nazari bilan qaradi lekin qoʼllari hali ham tulporining peshonasida)
-ha qora yulduz buni unga Jungkook bergan. (Mariya xonim ortida turgan yigitga ishora qilib gapirdi. Jungkook bu yerga oldin ham kelganligini qora yulduz ham tasdiqlagandek boshini qimirlatib qoʼydi)
- Jungkook nima qilishni oʼzing bilasan men sizlarni yolgʼiz qoldiraman(Mariya xonima ulardan uzoqlashishiga ulgurmay Jungkook Heeyoungning qoʼllari ustidan qoʼllarini qoʼydi va ikkinchi qoʼli bilan belidan oʼziga yaqinlashtirgancha quloqlariga egildi)
-qaltirama unga qoʼrqqaningni bildirb qoʼyasan. Shunchaki oʼziningni hotirjam tut...(Jungkook qizning qoʼyib yubormagan holda belidan qoʼllarini yurgizib siladi)
-Jungkook!! (Heeyoung Jungkookning qiligʼidan oʼzini noqulay his qilib unga yuzini burgancha noroziligini bildirdi)
-yaxshi, yaxshi moychechagim (Heeyoungning peshonasidan oʼpich bosgancha kulib qoʼydi)
-nega aynan " Qora yulduz"?! (Heeyoung tulporning endi yollarini silab unga yanayam yaqinlashishga harakat qildi )
-chunki u otxonadagi eng chiroyli va kuchli ot. Bundaylarni topish qiyin. U koʼpchilkka boʼysunmasdi. Faqatgina Mariya va meni qabul qilardi. Lekin sen 1 koʼrishdayoq uning yuragidan joy egallading. (Jungkook kulimsirab qoʼyib javob berdi)
-buni qayerdan bilding?! (Heeyoung Jungkookning soʼzlaridan biroz jilmayib Qora yulduzga yaxshilab etibor berishni boshladi.)
-seni tishlab olmaganidan.. (Jungkook otning ogʼzini ushlab qiynamagan holda biroz kuch bilan tishlarini koʼrsatdi. Ammo Qora yulduz Jungkookning qoʼlidan siltanib chiqib qattiq nafas chiqardi)
-nima?!! Seni tishlaganmi?!! (Heeyoung biroz qoʼrquvni his qildi lekin tulpordan qochmay soʼradi)
-ha shunday boʼlgan... (Jungkook ham boʼsh kelmay yana Qora yulduzning jigʼiga tegishni boshladi)
-Ajoyib ish Qora yulduz! (Heeyoung uning yollarini boshqacha mehr bilan silab Jungkookning qoʼlini otdan uzoqlashtirdi ayyorona jilmaydi)
-unga juda erta baho berma... men hali u seni butunlay qabul qildi demadim Heeyoung xonim... sovgʻamni osonlikcha qoʼlga kirita olmaysan (Jungkook undan uzoqlashib toʼsiqning yonida qad rostlagan baquvvat daraxtning shohidan egar va kerakli anjomlarni olib yana ularga yaqinlashdi)
-buni koʼramiz janob Jeon(Heeyoung ham Jungkookga yarasha javob qaytarib sovgʼadan osonlikcha voz kechmaslgini takidladi)
-buni maydonda sinaymiz (Jungkook toʼsiqlarga ulangan eshikni ochib ichkariga kirdi va Qora yulduzning yoniga yaqinlashgancha egarni mahkamlay boshladi)
Heeyoung uning bu gapidan biroz tutoqib uning izlaridan yurib keng maydonga kirdi.
-mana xonim sizning qora tulporingiz tayyor (Jungkook qoʼlini otga qarab mulozamat bilan koʼrsatib gina aralash soʼzladi. Heeyoung bugun Jungkook taʼkidlaganidek qora biroz torroq shim kiygani unga asqotdi)
-qani oyogingni bu yerga qoʼy men senga yordam beraman (Jungkook egarning oyoq qoyuvchi qismini koʼrsatib Heeyoungga nima qilishi kerakligini tushuntirdi. Heeyoung hech bir soʼzsiz Jungkookning aytganini qilib oʼng oyogʼini kerakli joyga qoʼydi Jungkook esa uning bellaridan qattiq tutib ikkinchi oyogʼining otning belidan aylantirib oʼtib olishiga koʼmaklashdi. Heeyoung egarga qulay joylashgach unga yana nima qilishi keraklgini tushuntirshni boshladi)
-uning yollaridan hech qachon ushlama chunki seni uloqtirib yuborishii mumkin bu arqondan qattiq ushla ammo boya aytib oʼtganimdek qoʼrqqaningni unga sezdirma(Jungkook Qora yulduzning qoziqdagi arqonini boʼshatib oldi)
-yiqilib tushib yigʼlab oʼtirmaysan degan umiddaman (Jungkook tulporning arqoning biroz tortib toʼsiq boʼylab asta sekinlik bilan yurishni boshladi)
-sen yoʼl qoʼyasanmi bunga?! (Heeyoung Jungkookdan intiqlik bilan javob kutib otning yollarini sekinlik bilan silab qoʼydi. Jungkook uning yonidaligi uchun bemalol tulporning ustida qoʼrqmasdan oʼtirar edi.)
-yoʼq albatta!!
-buni bilardim (Heeyoung hursand boʼlib yuragidan faxr hissini tuydi)
Jungkook va Heeyoung ancha vaqt Qora yulduz bilan otxonani sayr qilishdi. Bu sayr ular uchun birinichi baxtli sayohatlari desa mubolagʼa boʼlmaydi. Jungkook yana bir bor qalbida ayol kishiga nisbatan sevgi, ishonch, mehr va iliqlikni his qilmoqdi. Heeyoungning har bir harakati undan baxt ifori urinayotganini his qilardi.
-Kech boʼlib qoldi balki ketarmiz gulim (Jungkook quyoshning botishini tomosha qilayotgan Heeyoungga savol berib ortidan quchib boshini yelkasiga qoʼyib yuzlarini sochlariga koʼmib iforidan toʼyib nafas oldi)
-Jungkook men bilan doim birga boʼlasanmi?... (Sevgilisining toʼsatdan bergan savolini eshitib darhol javob berdi)
-umrining oxirigacha sen bilanman agar bu savolni Nara sabab soʼrayotgan boʼlsang meni xafa qilyapsan...
-seni xafa qilish niyatim yoq lekin qoʼrqyapman... Seni mendan olib qoʼyishidan ...
-hech qachon bu sodir boʼlmaydi qalbimga men bir gul ekdim. Meni boshqa gullarning ifori aslo qiziqtirmaydi.. (Jungkook sevgilisining yuzidan boʼsa olib qoʼllaridan tutdi)
-kech tushdi uyga borishimiz kerakn sevgilim
-albbatta (Heeyoung mayin jilmayib qollaridan tutib yelkasiga boshini qoygancha Jungkook bilan birga harakat qila boshladi
-oyim nega bizni ogohlantirmasdan Yongsolarning uyiga ketgan boʼlishlari mumkin yoki xafa qilib qoʼydimmikan?! (Heeyoung hammomdan oq vanna puhli xalatda sochlarini sochiq bilan artgancha oʼzidan ayb qidirb xafsalasi pir boʼldi)
-oyim meni ogohlantirgan Heeyoung keyin ular sendan xafa emas. Jin va Yongsoda muammolar bor Jin oyimdan iltimos qilganlari uchun ketdilar(Jungkook ham xuddi Heeyoungdek vanna sochiqda oʼtirgancha telefondan boshini koʼtarmay javob berdi)
-baribir Jungkook!! (Heeyoung koʼzgudan burilib Jungkookga jahl bilan javob berdi)
-nega menga jahl qilasan?! (Jungkook Heeyoung hozir qanday chiroyli koʼrinishdaligini endi payqab telefonini yotoqning bir chetiga otib. Heeyoungga sekin yaqin kelib uning yoniga kelib tomosha qilishni boshladi.)
-esingdami senga hali sen bilan oʼyin oʼynaymiz deganim?!
-oʼyin?!(Heeyoung sochlarini quritish davomida toʼxtab hayron boʼlib Jungkookkga koʼz tashladi)
-ha va bu oʼyinda sen tamom boʼlishing aniq (Jungkook qizning ortiga oʼtib soch quritgichni qoʼlidan olib sochlarini silab ularni quritishni boshladi. Oradan taxminan 10 daqiqalar oʼtib Jungkook Heeyoungning sochini quritib soch quritgichni tokdan uzdi.
-endi start beramiz oʼyinga.... (Jungkook qizning belidan tezda koʼtarib olib yotoq tomon harakat qildi. Heeyoung Jungkook nima qilishini endi tushunib shovqin qila boshladi)
-JUNGKOOK TUSHIR MENI YERGA!!! MEN HOHLAMAYMAN !!! (Heeyoung qoʼllari bilan Jungkookni timdalabb qoʼyib yuborishini baqirib soʼrashni boshladi)
-endi kech moychechagim.. men seni qoʼlga oldim(Jungkook Heeyoungning ikki qoʼlini boshining tepasiga bir qoʼli bila mahkamlab yuziga egildi)
-Heeyoung menga ruhsat berasan shunaqami ?! Bu safar halol oʼynab senga ozor bermayman(Jungkook Heeyoungning peshonasidan oʼpib qizni tinchlantirdi)
Jungkook bira qoʼli bilan sevgilisining halat belbogʼini astalik bilan boʼshatib boshqa kiyimlaridan ham ozod qilishni boshladi. Heeyoung unga qarshilik qilishni toʼxtatib chuqur va tez nafas olardi. Jungkook barcha kiyimlardan ozod qilgach Heeyoungning butun tanasini tomosha qilib sanʼat asarini tomosha qilgandek jilmaydi. Heeyoung esa uyatdan ikki yuzi olmadek qizarib ketgan edi. Navbat oʼziga yetgach u ham astalik bilan kiyimlaridan ozod boʼldi. Heeyoung Jungkookning keng yalang yelkasini tomosha qilib koʼzini undan uzolmay qoldi. Hayolida ming xil fikr aylanar uning tanasiga mahliyo boʼlib oʼzining yomon fikrlaridan nafratlanardi. Jungkook qizning labiga egilib lablari bilan birlashtirdi. Uning har bir harakati yumshoqlik bilan sodir boʼlardi. Heeyoung unga ongsiz ravishda ergashib Jungkooking xirsini battar uygʼtob yuborganini bilmasdi. Jungkook navbatni uning boʼynidan boshlab boʼsa olib belgilashni ham unitmasdi Heeyoungning nola qilishi esa unga yana ham zavq bagʼishlardi.
-Hayrli tun tilayman moychechagim (Jungkook biroz ayyorlik bilan jilmayib yana ishida davom etdi. Heeyoung esa huddi sehr tasiriga tushib qolgan insondek edi)