72 DAYS
>>>
Qishning oxirgi kunlari va bahor yaqinlashib qolgan. Seulda qish o'rtasidan buyon qor o'zini ko'rsatmagan. Shu sabab ularning mashinasi ayni damda Seuldan uncha uzoq bo'lmagan tog'ga ko'tarilgan. Mehmonxonalardan alohida bir uyni band qilgan Jungkook uchburchak shakldagi tomga ega uy yonida vanihoyat mashinani to'xtatgan.
Uy ayvonida issiq kofeni ichib turgan ikkisi bitta adyalga o'ranib olgan.
- Mm? ,- yigitga qaradi Soyun. Jungkook ular yasagan biroz besonaqay qorbolaga ishora qildi.
- Uning burnini plastik operatsiya qilish kerak. Juda katta shundaymi?,- Jungkook jilmaygancha qorbolaning burni bo'lmish sabziga ishora qilardi.
- Hecham ! Sen o'zing nega bunday sabzi olasan?!,- ko'proq mehnati ketgan Soyun qorbolasiga bo'lgan tanqidni qabul qilolmay yuzi tundlashdi. Uning bu qiyofasini ko'rib Jungkook yana ham baland kulib yubordi.
- Gulcham...,- kulgu aralah bazor gapirdi Jungkook. - Sen hazil qilishni bilmaysan, shuni bilasanmi?
- Menmi? Bilaman!,- sababini o'zi bilmay qarshilik bildirdi Soyun. - Masalan sening ham burning shu qorbolanikidan kam emas!
Kulishdan asta toxtayotgan Jungkook yana qizga qaradi.
- Yooq.. bu hazil emas , gulim . Men burnimni ham yaxshi ko'raman,- e'tiroz bildirdi Jungkook.
- Ahmoq! Uni burnini ham unda gapirma! Bo'lmasa peshonangga yana uraman.
Qizning tahdidli yuziga qarab yana kulgan Jungkook soniya ichida labini uniki bosdi va shu soniyada ortga qaytdi. Tez sodir bo'lgan o'pichdan jim qolgan Soyun ko'zini ham yumishni unutgandi.
- Sen bitta o'pichda yengsa bo'ladi, gulcham,- qizning burniga tegib qo'ygan Jungkook uning asabini o'ynaganini aniq sezardi.
- Nega endi?..n.nega bunday o'ylayabsan? ,- duduqlangani uchun o'zini la'natladi Soyun. - Menda tajriba bor!
Oxirgi so'zdan so'ng yuzidan kulgu tark etgan Jungkook porlab turuvchi ko'zlari tundlashib ketgandek bo'ldi.
Uning BMW farasi kabi qisilib , qo'rqinchili tus olgan ko'ziga qaragan Soyun noto'g'ri gapirib qoyganini endi tushuna boshladi. Ammo bu qarshisidagi bu yigitda bunchalar tasirga egaligini kutmagandi.
- Ha.. bizda Dohva bilan bir necha ishlar bo'lgan..,- yigitning sabrini tekshirib ko'rmoqchi bo'lgan Soyun ichidagi borini aytdi.
- O'sha so'tak...,- Jungkook Soyundan yuzini burib bir necha iflos so'zlar ketma ketligini aytdi. Soyun bo'lsa undagi bu har bir o'zgarishni tomosha qilardi. - Sen bir necha dedingmi?! Gulcham...!,- Jungkook shunda ham bu jumlani qizni ismiga almashtirmadi. Buni Soyun aniq payqadi. So'zini to'g'rilashga uringan Jungkook asabiyligi aniq bilingan holda , qizga yanada past va chuqur ovozda savol berdi.
- Hammasi..hammasimi?
Soyun ko'zini bir yumib ochdi. Jungkook tushuna olmadi. Ammo bu' ha'ga yaqindek edi.
Qizning yuzini kaftlariga orasiga olib o'zini tinchlantirishga urinardi Jungkook go'yo. Soyun labiga kelib urilgan uning labini his qilarkan Jungkook bu safar undan bo'sa olmayotgandek edi, balki uning labini so'rib yeb qo'yadigandek. Qizni shu zahoti belidan tutib ko'tarib olgan Jungkook issiq uy ichkarisiga kirdi . Ikki kishilik yotoqxonaga betartib bo'salardan uzilmay kirib kelgan Jungkook Soyunni yotoq ustiga qo'yib, ustiga yopinchiqni tortib olib tashladi. Ustidagi sviterni yechib qayta qizning yuziga egilib bo'sani davom ettirdi. Bu orada kislorodga ehtiyojini ozgina qondirgan Soyun keyingi qo'pol lab og'riqlariga tayyor emasdi. Uni o'zi istadi ahir. Ammo kutilganidan ko'ra bo'layotgani ayni damda uni qo'rqita boshlagandi.
Soyun lablari tishlanishidan kelib chiqqan og'riqlarga ko'nikib ulgurmay, ustidagi kiyimlaridan yigit qanday halos qilganini ham bilmay qoldi. Uyalish... Soyun buncha yangi ko'rinish va hissiyotlarga tushunishga ulgurmay qolyapti. Eng kuchlisi hozir qo'rquv..
Shuncha vaqtdan buyon qizga doim kulib turuvchi nigohlarda hozir g'azab aks etmoqda. Soyun buni his qildi. Qo'rquv.. u birinchi bor yigit tomonidan o'ziga nisbatan rashkni his qilmoqda.
Yigitning qo'llari qizni belidan tutib o'ziga kuch bilan tortdi. Ko'zini bir daqiqa ham qiznikidan uzmagan Jungkook qizning oyoqlari orasiga qulay joylashib, ichkariga kuchli itarildi. Soyun ingrab yubordi. Endi uning kozlari yumilgan. Bolalikdan buyon ko'zidan bir tomchi ham chiqmagan koz yoshlari 19 yildan so'ng Jungkookning qarshisida to'kilmoqda. Qizning koz yoshlarini ko'rgan Jungkook qizdan qayta chiqdi. So'ng yana itarilish va Jungkook gavdasini ko'tarib azoni qizdan yana qaytib oldi. Nigohini pastki nuqtaga tikkan yigit qonni ko'rdi. U endi tushundi. Qiz aldagan.. Qaysi qiz bunchalik kichik jussaga ega bo'lib, bunchalik katta jur'at bilan bu mavzuda yolg'on gapira oladi.
Soyun endi bazor yoshlangan ko'zini ochib tepasida tushunib bo'lmas ifoda bilan turgan yigitga qarab yig'i aralash jilmaydi.
- Xo'sh... Hazil qilishni eplay olamanmi?,- og'riq hali ham tanasini tark etmagan Soyun yig'i orasida yigitga kulib boqishni ham eplayotgandi.
- Gulcham...,- Jungkook boshqa so'z ayta olmadi. O'zini qizning sochlari orasiga ko'mib, gavdasini pastlatdi. Qizning bo'yniga issiq nafasi urilib turgan yigitning yelkasidan tutdi Soyun. Jungkookning qo'llari bo'lsa , qizning sochlarini shu holida tinmay silashni boshlagan.
- Jungkook...,- Soyun uning ismini yana aytdi.
Nihoyat Jungkook yuzini ko'tardi va Soyun avvalgidek yorqin qorachiqlarni ko'rdi. Ular yig'lab yuborishga tayyordek.. aybdor..
-Men afsuslanmayman..,- Soyun Jungkook u qilgani uchun aybdor his qilmaaligini tushuntirmoqchi bo'ldi go'yo. Uning o'zgarmagan yuzini ko'rib, Soyun yana jilmayishga urindi. Ko'z yosh va bu kulishlar...baravar. - Hursandmisan endi? Jungkook...
Yigitning ismini cho'zib past ovozda aytdi Soyun. Biroz bo'lsada oziga qaytgan Jungkook qizning sochlaridan yana siladi va yana lablarini birlashtirdi...
Uncha uzoq bo'lmagan tun bo'lsa ham, ikkisi uchun hayotning eng yorqin daqiqalarini kechirishgandi. Tong otganiga ancha bo'lgan. Soyun ham Jungkook ham uyg'ongan. Soyun boshini Jungkookning ko'ksiga qo'yib jil yotardi. Jungkookning qo'llari bo'lsa qizning sochlari aralash quloqlarini erkalaah bilan ovora.
- Ha gulcham?,- ismini eshitgan Jungkook qizni yanada o'ziga tortdi.
- Nega aynan men? ...
- Bu savolni so'rashingni kutganman, gulcham,- Jungkook qizning sochlarini orasidan boshini silashni davom ettirgancha javob berdi. - Sen onamga o'xshaysan. Birinchi bor ko'rganimdayoq ko'zlaring uniki bilan bir xil ekanligini darrov payqaganman.
- Men senga emas o'shanda, Dohvaga qaragandim. Sen bo'lsa buni deb qoshingni yirtgansan to'g'rimi?
Yana Dohvaning ismini qizning tilidan eshitgan Jungkookning qoli to'xtab qoldi.
- O'sha so'takni yana bir marta tilingga olsang, oqibati yaxshi bo'lmaydi, gulcham.
Jiddiy ohangdan qiz darrov yuzini ko'tarib, yigitga qarab joylashib yotdi.
- Hop..,- Soyun jilmayib shunchaki rozi bo'ldi. U hozir Jungkookdan gapini davomini eshitmoqchi. Kechqurungi rashk tuyg'usi hozircha Soyunda yetarli. - Xo'sh oying bilan ko'rishsak bo'ladimi?
- Afsuski yo'q.,- Jungkookning qiyofasi o'zgarmadi. - U besh yil avval vafot etgan. Mashinada avtahalokatda..,- Jungkook biroz toxtab qoldi. Soyun bu yigit uning taqdirida bekorga bor emasligini yanada yaxshi tushundi. U ham onasidan ayrilgan.
- Shundan keyin otam bilan deyarli uchrashmay qoygandik. U ishini bahona qilib ko'p chet elda bo'ladi. Onam o'limidan keyin ikkimiz ham yolg'iz bo'lib qolgandek edik. Ammo oxirgi musobaqada...,- Jungkookning ko'ksi ko'tarilib tushib chuqur nafas kerak bo'lganini anglatdi.- U meni musobaqamga kelgandi. Ammo men shunchaki yutqazdim..
- Sen rostdan ham ahmoqsan!... Menga bir mag'lubiyatga chiday olmaydigan ahmoqlar yoqmaydi. Maqsadi aniq , aniq harakat qilib harakatda davom etishing kerak!,- Soyun Jungkookga qarab qolini uning ko'ksiga yengil urib qo'yib ozicha dakki bergan bo'ldi.
- Ahah.. gulcham,- qizning qo'lini ko'ksi ustida tutib oldi Jungkook. - Sen shuni istaysanmi?
- Ha..,- Soyun ham Jungkook oxshab tikila boshladi. - Senga qiyin bo'lgan , bilaman...
Soyun yostiqdan boshini biroz ko'tarib yigitning yuziga labini bosib taskin bermoqchi bo'ldi.
Qayta yigitning ko'ziga tikilgan Soyun bu unga foyda berishiga umid qilardi.
- Mening onam besh yoshligimda vafot etgan. U.. bilan sen bilan birga borgan ommaviy muz saroyida birinchi bor muzda uchganman.. So'ng.. biz..,- Soyun ko'zini yigitnikidan olib qocha boshladi. - Uyga ketayotganimizda ... Onam meni uning kichkina puchuqchasi ekanimni aytib hazil qilgan. Biz tinmay bir birimizga qarab jilmayganmiz. Ammo kulib turgan onamning yuzi birdan burishib , yerga o'tirib qolgan. Men esa uning sozlariga hali ham kulib turaverganman. U o'sha yerda ko'chada ... ikki soniyada jim bolib qolgan...,- Soyunning ko'zidan bir tomchi yosh oqdi. - Men shuning uchun ham yig'lash va kulishni yomon korardim. U o'layotganini tushunishga juda kichik bo'lganman. Ammo bu ... O'zimni kechira olmagandim... Unda saraton bo'lgan. Buni katta bo'lganimda bilganman.
- Tshh....,- Jungkook barmogini qizning labiga bosdi. So'ng uning peshonasidan mayin o'pdi. Bu men sen bilanman va seni sevaman manosini beruvchi opich- Yetarli gulcham... Yig'lash o'sha hayollar ichingdan chiqib ketishiga shunchaki yordam beradi. Bu qiyin emas.
Soyun boshini yigitning yalang ko'ksiga bosdi va ko'z yoshlar erkinlikda... Jungkookning qo'llari qizning boshini silashda davom etardi. Soyunning shunday kuchli, ishonsa bo'ladigan, suyana oladigan yelkasi bor.. U buni yaxshi anglamoqda.
Tog'dagi qorbola yasashdan keyin qaytishga shaylangan ikkisi mashinada allaqachon Seulgacha ancha yo'lni bosib o'tdi. Ozroq yo'l qolgan. Soyunda ham, Jungkookda barchasi eng yaxshisidek. Ammo mashinadagi dimlik va Soyunda yana o'sha boshdagi og'riq, bo'g'zigacha keluvchi ko'ngil aynishi, quloq shang'illashi boshlanmaguncha... Jungkookga bir qo'l tutishda ahvolini ma'lum qila olgan Soyun buni unga tushuntirolganini bildi. Keyingi kadrlar uning mashinani tezligini oshirgani va Soyunga berilgan dori. Ammo bu safar.... Soyunga dori yordam bera olmadi. Soyun ko'zini qancha yummaslikka urinsada hushidan ketish tezlashib borayotgandi. U Jungkookni mahkam tutib olgandi. Ammo uch soniyada Jungkook tutib turgan qo'llar uniki tutmay qo'ydi.
- Jin ursin! YO'LDAN QOCH! ... GULCHAM.. Gulcham hali emas.. uxlama.. hali emas...
Soyun Jungkookning sekinlashtirilgam kadrdagidek ovozini ko'zini yumayotganda eshitdim ..
- Hali emas... Vahimakashim...iltimos.. ,- ammo buni Jungkook eshitmadi. Soyunning ichida oxirgi bor shu so'zlar o'tgandi.
Soyun o'pkasiga kirayotgan havoni sezib , yana uyg'onganini tushuna boshladi.
Kozlarimni ochishga qiynalyabman. Qulogimda asabga tegar shangillash mavjud. Miyam shu darajada uygoq, ammo tanamni men boshqarmayotgandek... Nihoyat.. koz oldimda oq rangdagi xona asta sekin gavdalanmoqda..Miyamda bu qanday joy ekanligini nomi kemayapti.. faqatgina hech bir azoyimni qimir etkiza olmayotganimni his qilmoqdaman. Huddi ogir buyum bilan ustimdan bosib turishgandek ..Kozlarimni qayta ochib yopdim . Bu sal bolsada yordam berdi. Atrof hali ham oq rangda.. Kasalxona... Yana shu yerdaman... Jin ursin.. bu oq shift meni qorqitadi.. qolim boshqa qol bilan mahkam siqib olingan... Iliqlik..bu Jungkook... U uxlab qolibdi..
U tog'dan kelishda boshqa kiyimda edi. Demak men yana ko'p uxlab qoldim..Yuragim... Bombachalar haqida nimadur deyapti... Men uning qanday qo'rqqanini kordim.. kozimdan yosh sizib chiqqanini sezyabman.. men juda ham egoistlik qilganman... Unga nisbatan.. oqibatini oylamadim... Uni umuman oylamabman... Jungkook...men qorqyabman.. meni kechir... Kechir... U boshini qimirlatyabdi.. sekinlikda uygondi...
- Jungkook...,- ismini aytishim bilan boshini kotargan yigitim kattargan yorqin ko'zlarini kordim. U juda charchagan.. U darrov boshimni silab menga yaqinlashdi. Bu yoqimli... Ammo endi mening yiglagim kelyapti.. juda kuchli..
- Gulcham...uygonding..,- u yana avvalgidek jilmaydi. U hech qachon menga kasalga qaragandek qaramadi. Hech qachon.. oddiy, hamma qatori , sog'lomdek.. hamma bahslarda tengdek koradi.. hozir ham u shunday qila olyapti.. biz u bilan bombachalar haqida faqat o'sha kungacha hech qachon gaplashmaslikka ahd qilganmiz.
- Ko'p uxladimmi? ...
- Sen uyquchisan.. Seni uyg'onishingni kutib charchab ketdim,- u hali ham jilmayishga urinmoqda.
- Necha kun o'tdi?..
Jungkook Soyunga qarab oylanib qoldi. Go'yo buni aytgisi kelmagandek.
- Bir hafta .. bir hafta uxlading, gulcham..
Soyun ko'zlarini birozga yumdi.
- Bugun 71 kun bolibdi , Jungkook.. Kundalikka sen kunni yozib qo'yasan maylimi?,- Soyun miyasida hisoblay olganidan hursand bo'lib Jungkookga qaradi.
- Hop.. ,- Jungkook qizning qo'lini mahkam siqdi. - Gulcham shifokorlar seni ko'rishi kerak..
Soyun shunchaki bosh qimirlatib qo'ydi. Jungkook bo'lsa doktorlarni chaqirib keldi. Soyun kun tugayotgan mahalda uyg'ongandi. Doktorlar ahvolni tekshirib u juda nimjonlashganini, har bir daqiqa o'sha vaqt yaqinligini Jungkookga uqtirishdi. Jim eshitgan Jungkook yuzini kafti bilan yopib olgandi. Ogir qadamlar bilan Soyunning oldiga qaytib kelganida u uxlamayotganini ko'rdi. U yana o'sha qochib ketishgan kunlaridek , jim oynadan tashqariga tikilib yotibdi. Jungkook nihoyat uning ismini aytdi.
Soyun ovozni eshitishi bilan u tomonga qayrildi.
- Osmon chiroyli to'g'rimi?
Jungkook ko'zini oynada tashqariga qaratdi.
- Men faqat binolarni ko'ra olyabman. Qani surilchi, yotsam korinadimi? ,- Jungkook qizning yoniga bir kishilik kravatga yonlama yotib joylashdi. Uning qilig'iga Soyun yana kuldi va yana uni quchdi.
- menimcha , ha ular chiroyli..
- Jungkook... Ularni ko'rmading..
- Ko'rinmayapti ahir..
- Jungkook Namsandagi minoraga bormoqchi edim...,- oxirgi istagini aytgandek Jungkookga tikildi Soyun
- Namsan? ... Gulcham.. 2soatda boramiz u yerga.
- Bizda mashina bor... Jungkook.. iltimos.. men yulduzni ko'rishni hohlayman.
Jungkook qoli bilan qizning betartib sochlarini qulog'i ortiga o'tqazdi.
- Hop, ulguramiz. Faqat bu yerdan hech kimga korinmay chiqib olsak bo'ldi..,- Jungkook o'rnidan turib , ustini to'g'riladi. Qizga qarab yana shunday bemorlar pijamasida olib keta olmasligini tushunib kiyimin yonidagi shkafdan chiqardi...
Ikkisi ham ortiqcha soz gapirmasdi. Bu kun kelayotgani sezishayotganini huddi bildirmasligi kerakdek.
Shifoxonadan berkinib chiqish uchun ham yarim soat sarflagan ikkisi yana o'sha qadrdon bo'lishga ulgurgan mashinaga joylashishdi. Mashina ot olgach, Soyun boshini orindiqqa suyab tashqariga qarab oldi.
Yo'l boshlanganiga bir soat bo'lgan bo'lsa Jungkook qizning kaftini bo'shatmadi.
- Jungkook..,- Soyunning past ovozi yangradi nihoyat.
- Eshitaman gulcham?..,- bir yo'lga bir qizga qarab qo'ydi Jungkook.
- Nega aynan gulcha?
Qizning savolidan past ovozda kulib qo'ygani eshitildi Jungkookning.
- Seni gul deyish juda ham oddiy.. Sen haqingda internetdan birinchi bor ma'lumot qidirganimda muz uchishdagi formangdagi suratlar ko'p edi. Bularda sen, o'sha sport kiyimlar ustingda turganida ichida sen mittigina yuzing bilan turasan. Buni bilasanmi? Formang etaklari.. aylanganingda huddi yaprog'ingdek hilpiraydi,- yo'lga qarab tushuntira boshladi Jungkook. Soyun ko'zini undan uzmay tinglar ekan, bu yigitni qanchalar sevish osonligini anglardi. - Gul uchun kichikkina Soyunni men gulcham deyishni istayman. Bu senga ham yoqadi buni bilaman.
Jungkook qizga yana bir nazar tashlab, jilmaydi.
- Kelajakda yana bir kichikkina, shiringina Gulchang bo'lishi kerak... Va'da berasanmi?
Soyun nimani nazarda tutganini tushungan Jungkook hozir umuman usiz kelajakni oylashni istamaydi.
- Gulcham yagona boladi.
- Jungkook... U kichikkina bo'lishi kerak..seni dada deb chaqiradi, faqat. - Soyun kaftidagi Jungkookning kaftini siqdi.
- biz yetib keldik.. gulcham,- mashinani to'xtatgan Jungkook qizga kulib qaradi.
Mashinadan tushishga ham bazor harakat qilgan Soyunni Jungkook bir daqiqa ham bo'shatmadi. Chiqish kerak bo'lgan minoraga olib chiqadigan zinalar oldiga yetishganda, Soyun chuqur nafas oldi. Jungkookga ko'tarib olishga ruxsat bermagan qiz sekin asta kotarila boshladi. Soat millari ular bu yerga yetib kelishganda allaqachon tonggi 3 dan oshgan. Havo bahor ilk kunlari bo'lishiga qaramay ancha sovuq edi.
Ogirlashayotgan qadamlar , tutilgan qo'llar va Soyun ortiq yura olmadi. Boshini Jungkookning ko'ksiga tashlagan Soyun ogir nafas olishni boshlagandi.
- Gulcham.. ozgina qoldi. Biz o'sha yerga yetamiz..,- Jungkookning ham ovozi bu safar titradi. Qizni qo'liga olgan Jungkook zinalardan tezlikda ko'tarilishga urinardi. Boynidan tutgan Soyunning qo'llari har daqiqa kuchsizlanayotganini his qilayotgan Jungkook uning ismini aytishda toxtamasdi.
- Gulcham ozgina .. biroz shoshma hopmi?,- nihoyat oxirgi zinada chiqqan Jungkook qiz bilan yerga o'tirib qoldi. Tun vaqti minoraning qulflarga tolgan panjaralaridan boshqa hech kim yo'q edi u yerda. Ammo atrofda chiroqlar yoniq. Sovuq shabada esganidan ikkisining ham yuzi qizargan. Osmondagi yulduzlar hali ham joyida. Jungkook bag'rida holsiz bo'lib yotgan Soyunga qaradi.
- Osmonga qara gulcham.. bu oq shiftdan ancha yaxshi . Ular...,- Jungkookning ko'zidagi yosh vanihoyat erkinlikka chiqdi. - Ular ancha chiroyli manzara bo'ladi...
Yulduzga emas, ko'zini bazor ochib turgan Soyun Jungkookning ko'zlariga qaradi.
- Meni kechir... Hopmi...,- Soyun past ovozda shivirladi. Ammo Jungkook eshitdi. U hozir butun vujudi bilan qizga tegishli. Hayotida bunday yomon kadrlar ikkinchisi. Ammo Jungkook onasining oldida yig'lay olmagan. U necha yillardan song yana hozir yiglayapti.
- Men juda ham baxtli edim...,- Soyun ovozi balandroq chiqishini hohladi ammo avvalgidan ham past. Yigitning bag'rida yana ham kichrayishni boshlagan qiz bazor nafas olib unga qarab turardi. Qarshisidagi esa butunlay ko'z yoshlariga erkinlik bergan..
- seni sevaman...,- Soyun oxirgi bor kuchini shu ikki so'z uchun sarfladi.
- Men ham..Men ham seni sevaman.. Han Soyun!,- yuqoriga qarab bor ovozida baqirdi Jungkook. So'ng yana bag'ridagi qizga qaradi u . Uning bu baqirig'idan qiz ohista jilmayib turardi. Yana bir bor aytishga esa kuch endi yetmaydi. Yetmayotgan nafas... Soyun yulduzlarga qaradi .
~ men qo'rqqandim... Juda ham ... Lekin sening qo'lingdaman.. oxirgi ko'rayotganim..sen va yulduzlar.. men endi qorqmayabman.. Jungkook... Seni ko'proq sevishni xohlardim... Birozgina ko'proq... Seni bilan koproq sevilishni istardim... Jin ursin.. men yashashni xohlayabman.. Mening oxirgi ko'rayotganim sen men bilan... Jungkook.. menimcha men yaxshi hayot kechira oldim... Sen bilan barchasini his qildim...~
Soyun unga tikilib tinmay boshini silayotgan , ko'zidagi yoshga qarab ko'zini uzmadi. Oxirgi nafas chuqur havo yutdi u. So'ng endi barchasi qoralashdi.
Men sovuqlikni yaxshi korardim.. ammo hozir hammayoq juda sovuq.. Jungkookning iliqligini yana biroz his qilay...
Oyijon.. siz o'sha eng porlab turgan yulduzmisiz...? Shoshmay turing kichik gulchangiz boryapti...
- Azizlar bugun siz bilan eslatib o'taman Los Angeles 2028 Olimpiada o'yinlarida Boks bo'yicha jahon chempionimiz Jeon Jungkook suhbatda bo'ldi. ..umm Jungkook oxirgi savolim, biz sizning treneringizdan hali eshitganimiz siz bir marta bu sportdan kechmoqchi bo'lib ketgan ham ekansiz. Savolim shuki, qaytib bunchalik katta ishonchni va mana Olimpiadaning oltin medalini qo'lga kiritish uchun sizni nima ilhomtirdi?
Savoldan biroz jilmaygan Jungkook yerga qaradi, so'ng yana boshlovchiga yuzlanib javob berdi .
- Bir inson sportda davom etishim kerakligini juda qattiq istagan. Men uchun bu juda ahamiyatli fikr edi... Uning kimligini ayta olmayman , lekin ,- javobdan so'ng boshlovchiga ta'zim qildi Jungkook.
- Xo'sh.. sizga muxlislik qilganlarga so'zingiz bo'lsa marhamat.
- Meni qo'llab quvvatlagan barchaga rahmat,- Jungkook yana ta'zim qilgancha jilmaydi. - Menga eng jonkuyar muxlislik qilgan otamga katta rahmat aytmoqchiman. Dada.. sizni yaxshi koraman...