𝗢𝗥𝗔𝗠𝗜𝗭𝗗𝗔𝗚𝗜 𝗝𝗜𝗡𝗢𝗬𝗔𝗧
-alkogolga mukkasidan ketgan odamlar safida emasman desa rost gapga ham yolgʼon gapga ham mos kelmaydi. Togʼri koʼp ichaman sababi stress bilan oʼtgan kunni lazzatli va betashvish tunga aylantirish uchun. Bu menga ancha yordam beradi. Hozir ham ichimlik mening sirdoshimdek... | Serin basseyndan chiqqaniga koʼp boʼlgani yoʼq. Lekin u allaqachon kiyimini alishtirishga ulgurgan va hoʼl boʼlgan sochlarini yonga olgnacha ikkinchi qoʼlidagi stakanga uzoq vaqt termuldi. Goʼyo uning ichidan oʼziga kerakli boʼlgan narsani qidirgandek. Lekin toʼsatdan qoʼlidagi ichimlikni baseyndagi suv bilan aralshtirib yubordi. Spirtli ichimlik basseyn suvi bilan qorishib ketdi. Suv tez chayqalishdan keyin yana qayta asta sokinlashib avvalgi holatiga qaytdi. Chalishtrilgan oyoqlarini yoyib qiz oʼrnida tezlikda turdi va boshiga qattiq zarba kelib tushgandek koʼz oldini qorongʼulik qamrab oldi. Bu Serin koʼp kuzatiladigan holat. Toʼsatdan oʼrnidan qimirlagan vaqt huruj qilib odamning jigʼiga teguvchi tana holati. Serin qoʼli bilan boshining yon tomonini qattiq silagandek boʼlib koʼzlarini quyuq yumib ochdi va xona tasviri suv ichida qolgandek qimirlab oʼz holatiga qaytdi. Bu holatdan chuqur uhh tortgan qiz barmoqlari orasiga ingichka zanjirli boʼlgan sumkasini ildirdi. Qadamlarini toʼgʼri bosishga harakat qilib qaddini tik tutib yurishni boshladi.
Qadamlar uzun karidor boʼylab chalkashlik bilan bosilar ekan Serin yoʼlga qaragancha hech narsank his qilmasdan uyga ketishni oʼylardi holos.
Uzun karidor boʼylab tanasini ogʼir harakatlantirar ekan oʼng tomonda joylashgan erkaklar uchun moʼljallangan basseynning eshigi ochiqligini koʼrdi. Haqiqatni aytsak Seringa yigitlar bilan birga boʼlish begona. U faqatgina oʼz biznesi haqida qaygʼuradi. Lekin ayni dam unda oʼzga jins vakiliga nisbatan qiziqish paydo boʼldi. Behosdan eehikdan moʼralagan qiz qarshisida ortiini oʼgirgancha basseyn chetida turgan gavdali yigitga koʼzi tushdi. Serin bu insonni soyasidan ham tanib oladigan darajada nafratlandi va u bugun uning qarshisida.
U mastligidan muvozanatini yo‘qotib, devorga suyangancha qaddini toʼgʼirladi. Serin kuzatayotgan yigit ort oʼgirgancha basseynga boshini biroz egib kim bilandir suhbat qurar edi. Serin 2chi yigitni tanimadi. Quloqlari suhbatni eshitar lekin anglamas edi. Qizning ichimlik ichganidan keyin oʼzini boshqarishni unutib yuboruvchi salbiy tomoni bor. Yaʼni hayoliga birinchi nima kelsa ertasi kuni afsuslanishini bilsa ham oʼsha ishni sinab koʼradi va hozir ham uning miyyasiga ahmoqona fikr keldi. Serin bu ishni qilishdan ortga qaytmaydi.
— O‘zing kelding…Hozir senga “surpriiiseee” qilaman!
Serin asta-sekinlik bilan keng xona ichiga kirdi. mast qadamlaridan tuflining “taq-taq” ovoz chiqardi. Lekin yigit buni hali sezmadi. Serin birdan shiddat bilan yugurib kelib, oʼzi hohlagan ishni qildi uni basseyn ichiga hech ikkilnaishsiz itarib yubordi. Suv tez va qattiq toʼlqinlanib basseyn chetlariga shiddat bilan yoyilib ketdi.
– "SPLASHHH!" | Serin bor ovozi bilan handon otib kulib yubordi. Uning qoʼngʼiroqdek jarangdor boʼlgan ovozi aks sado boʼlib har bir burchakda yangradi.
Lekin basseynda 3 shaxs ham bor. Yaʼni Jungkookning ukasi. Seong baseynda suzib yurgan akasining birdan suvga sakrashi va qiz bolaning kulgu ovozi uni hayrtada qoldirdi va joyida muzlab nima qilishini bilmay qoldi.
— Hyung?! Nima bo‘ldi?! Bu qiz kim yoki oʼsha telbami?!!
Jungkook suv ostidan chiqib, qattiq nafas olib, sochlarini orqaga silkitdi. Ko‘zlarida g‘azab. Sababi Serin unga ayyorona jilmayib qarab turardi va toʼsatdan qoʼllarini bir birga qattiq urgancha qarsak chaldi.
— Wooooow! Qoyilmaqom shoʼngʼish boʼldi Jeon Jungkook!!
— … sen… aqldan ozganmisan?!! | Jungkook ovozini baland koʼtarib Seringa yuzlandi.
Serin esa tilini chiqarib, yosh boladek qiliq qilishni boshlagan edi. Uning bu holati Jungkook taniydigan Serindan katta farq qilardi.
— Hmmm… balki, lekin jinnilar doimo esda qoladi!
Jungkookning ukasi kulib yubordi, Seong ortiq kulgusini ushlab turolmadi. Akasi birinchi bor ayol kishidan tomonidan bunday munosabatga uchramoqda. Lekin Jungkookning jahl nigohi sabab Seong tezda tabbassumini jilovlab oldi.
Jungkook ikki qoʼli bilan basseyn chetiga tayanib, suvda tezlikdan chiqib oldi va shiddat bilan Serinning qarshisidan joy egalladi. Ikki alanga olgan nigoh bir biri bilan toʼqnashdi. Ikkisining ham koʼzida qoʼrquvdan asar yoq. Bu koʼzlar nafratini toʼliq namoyon qilish uchun berilgande edi goʼyo. Seong akasining qiligʼidan qiziqishi ortib, huddi kino koʼrgandek qulayroq boʼlishga qaror qildi. Basseyn ichida turgan yakkashoh shaklida yasalgan suzishga yordam beruvchi ishirilgan balondan joy egallab olib ulardan koʼzlarini uzmadi.
-ruhiy xasta! Senga hoziroq nimadir qilib qoʼymasimdan oldin ket! | Jungkook Serinning hech qanday reaksiyasiz jim kulib turishiga qarab battar asab tolalari uzilib qoʼli bilan peshonasining ikki chetini qattiq ushlab jahl bilan gapirdi.
–bu yerda koʼp qolish niyyatim yoʼq edi aslida. Jeon, Shunchaki senga biroz hazil qilmoqchi boʼldim! Koʼryapmanki bu senga yoqdi. |Serin yana kuldi. Jungkook uning kulgusini koʼrmaganiga ancha boʼlgan edi. Jungkook bir muddat unga qarab turdida uning bilagidan tutib tashqari tomonga qarab yurishni boshladi. Serin ham unga hech qanday qarshilik qilmadi. Jungkookning qoʼllari Serinni yetarlicha qattiq ushladi lekin ozor beradigan darajada emas. Serin ortiga qarab ikki qoʼlini boshining ortiga oʼtqazib kulib turgan yigitga qarab jinnini koʼrgandek boʼldi. Unga yana bir bor bosh burib qaramoqchi boʼlgan vaqt Serin oʼzini basseyn uchun moʼljallangan xonadan tashqarida koʼrdi.
–hoziroq yoʼqol!.. | Jungkook tomonidan sovuq soʼzlar aytildi lekin Bu Sering zarracha ham taʼsir qilmadi. Chunki Serin Jungkookni odam sifatida koʼrmasdi. Uni doim kamsitib yerga urishni hohlardi. Lekin Jungkook anoyilardan emasligini ham yaxshi biladi.
–yigʼlama onasining erkatoy polvonii..! Seni xafa qilmaymann | Serin shunday deya qoʼli bilan Jungkookning yelkasini yengilgina urib qoʼydi. Jungkook uning bu qiligʼiga hech narsa demay qoʼlini yelkasidan yulib olgancha uning yuziga eshikni qattiq yopdi.
Yunhee Jungkook va Raewon shoshilib kechirim soʼragancha restoranni tark etgan vaqt. Uning yuragida qattiq oʼgriq bor edi.. afsuslnish, gʼazab va yaqin insoni tomonida xafa qilinish. Yunhee qoʼllari bilan ikki yelkasini quchib silaganday boʼldi. Bu unga odat tusiga aylangan xafa boʼlgan vaqti oʼzini ovutish uchun doim shunday qiladi. Tungi osmon restoran tashqarisida mashinalar qator va tekis tartibda joylangan. Yunhee tunning salqin havosidan chuqur nafas olib chiqardi. U kuchli qiz koʼz yoshlarini yashira oladi. Yaqinda tanishgan yigitini deb Serindan kechib ketolmaydi. Serin uning yaqin dugonasi. Lekin Raewon bilan boʼlgan bu hunik ish Serinning jahli sabab zarar yetkazish bilan yakun topdi. Yunhee koʼzlarini osmonga tikib oʼylarini bir joyga yigʼib olishga urundi va shu vaqt tanasining yuqorisi yelka qismida katta qoʼl va issiq taftni his qildi. Yunhee bu qoʼllar egasi kim ekanligini anglab, boshini ortga burishni hohlamay qoʼllari bilan yelkasidagi issiq taftni uzoq tutgancha qadam bosib masoffa saqlab uzoqlashmoqchi boʼldi.
–Yunhee sen bu yerda nima qilyapsan? | Sunwooning yoʼgʼon ovozi soflik bilan yangradi. Lekin Yunhee bunga eʼtibor berishni hohlamadi. Unga ortini oʼgirgancha turib yana yurishga harakat qildi. Samarasiz urinish Sunwoo uni ikkinchi bor tutib oldi. Uning bilagidan tortib oʼziga yaqinlashtirdi, Yunhee Sunwoo tomonga oʼgirlmasligini bilgach oʼzi 1-qadam tashlashi kerak ekanligini angladi va shunday ham qildi. Yunheega yuzlanar ekan yigʼidan biroz shishga koʼzlar va qizargan kichik burunchani eng 1chilardan boʼlib ilgʼadi. Sunwooning tanasida havotir va gʼazab uygʼondi. Yunheeni faqatgina Sunwooning oʼzigina ham yigʼlatib kuldirishi mumkin. Boshqa insonlar uchun bu taqiqlangan. Bu Sunwooning egolik qonunlarining asosiysi hisoblanadi.
–nega..nega yigʼlading?! |Sunwoodan kelgan savolga javob berishni hohlamagn Yunhee yana oʼzini olib qochishni boshladi. Bundan olov boʼlib qaynagan Sunwoo ajralishgan boʼlsada uning ikki yelkasidan sutib sekin siltadi. Uning eʼtiborini oʼziga qaratish uchun.
–savolimga javob ber Hee!! Kim ?! Nima qildi senga?! Bu yerda nima qilyapsan oʼzi?!
–ishing boʼlmasin Sunwoo. Qoʼyib yubor meni.
–JAVOB BER DEDIM! |Sunwoo ohiri baqirib yubordi. Yunheening qaysarligi uning asabini chertar edi.
–MAJBUR EMASMAN SENGA HISOB BERISHGA!! SEN HECH KIMSAN MEN UCHUN! HOZIROQ YOʼQOL SENI YUZINGNI KOʼRISHNI HOHLAMAYMAN!!
Sunwoo birinchi bor Yunheedan bunday gaplarni eshitdi. U doim muloyim va mehribon boʼlgan qiz edi. Lekin hozir uning begʼuborligidan asar ham yoʼq hudii ichiga jin kirib olgandek edi. Sunwoo ham uning hozir jiddiy ekanligini sezib yana toʼhtishni hohlamadi. Lekin uning ortidan odam joʼnatishi lozim havotiri yoʼq bolishi uchun. Yunhee tez tez qadam bosib katta yoʼlga chiqar ekan. Sunwoo qoʼliga telefonini olib kerakli raqamni terdi.
–Yeosang Yunheeni uyigacha kuzatib qoʼy. Xavfsiz boʼlishiga ishonch hosil qil. | Sunwoo ortiqcha soʼz demay ortga burildi. Aslida bu yerga ovqatlanish uchun kelgan edi. Biroz hordiz olish uchun lekin Yunhee bilan boʼlgan voqeadan soʼng ishtahasi bugʼildi. Tomogʼidan endi ovqat oʼtmasligi aniq shuning uchun ham u mashinasi tomonga qadamni rostladi.
– inson hayotining ikki eng katta ne’mati. Do‘stlik va sevgi. Doʼst — bu yoningda kulganingda kuladigan, yig‘laganingda esa yelkangga bosh qo‘yishga tayyor bo‘lgan inson. U seni so‘zsiz tushunadi, qo‘rquvingni yashirmaysan, xatolaringni aytishga ham jur’at topasan.
Sevgi esa — yurakni butunlay o‘zgartirib yuboradigan qudrat. U insonni yanada mehribon, sabrli va kuchli qiladi. Haqiqiy sevgi seni o‘zgarishga undaydi, hayotingni mazmunli qiladi. Lekin nega men ikkisini ham qilayapman? Yoki xato menda boʼlganmi? Men ahir harakat qildim. Barchasini oʼz iziga tushirish uchun. Meni ham sevilishga vaqti kelsa oʼz foydam uchun hudbin boʼlishga haqqim bor. Balki Sunwoo sabab bugungi kechani buzgandirsan Serin?... seni toʼgʼri tushunaman ahir u seni akang boʼlsa lekin menchi..? Mashina oynasidan sekinlik bilan tomchilagan yomgʼir tomchilari goʼyoki Yunheening koʼzidan oqayotgan edi.
–boshlanmay yakunlangan kunimizda yana yomgʼir yogʼmoqda... Hammasi aslida boshidan xato edi.
***
16- avgust " Euphory Entertainment" ertalabki soat 9:17
— Hyung, kecha chindan ham zo‘r “show” boʼldi! Basseynda men oʼzmni zoʼrgʼa tiyib turdim. Bosh qahramon!
— Jim boʼl! Bu uning bemani harakati edi holos. U qiz… Serin… u meni mastligi sabab suvga itarib yubordi ! | Jungkook ukasi yonida tilidan tutildi. Buni oʼzi sezgan boʼlsada bilmaganlikka oldi.
— U... qizzz... Serinnnn....!! PR bo‘ldi, hyung. | Seong akasini masxaralab kreslo chetida oyoqlarini keng yoydi.
— PR? (masxara ohangida) Meni orqadan itarib, baseynga uloqtirish ?bu senga PRmi?
— Ha! Agar oʼsha vaqti telefonim qoʼlimda boʼlganida siz meme yulduz boʼlardingiz!! Va men shunday nom bergan boʼlardim sizga “#FlyingJkchallenge!! | Seong gapini ohiriga yetkazgan mahal uning yuziga ruchka qattiq tegib ovoz chiqarib yubordi va toʼsatdan baland kulgu ovozi. Jungkook ukasining bu qiligʼidan kulgusini tiyib olmay u ham Seongga qoʼshildi.
PR — bu kompaniya, mashhur shaxs yoki brendning odamlar oldida qanday ko‘rinishini boshqarish. Ya’ni, imij yaratish va uni saqlash.
***
–agar bu ishingi Sunwoo bilsa nima qilishini bilasanmi Junseo?! | Serin asablarini tinchlantirishga harakat qilib qarshisida qoʼllarini birlashtrib boshini ekkancha katta xato qilgandek turardi. Aslini olganda uning aybi musiqani chin qalbidan sevgani emasmi.
–nega ikkingiz ham menga bosim oʼtkazib charchamaysiz Serin?! Ha ! Men oʼsha siz dushman deb bilgan odamga qoʼl uzatdim! Hoʼsh nima qilibdi? Menga arzrli sabab ayting. Nega men uni yomon koʼrishim kerak?
–chunki oʼsha lanatining onasi sabab bizning onamiz 3 yildan beri komada! | shu vaqtgacha Junseoni bunday ishlarga aralashtirishni hohlamagan Serin sirlarni oshkor qildi. Balki rostdan ham haqiqat boʼlgan yoki yolgʼon qorishilgan...
–nima dedingiz?... |Junseo oʼrnidan turib opasiga yaqin masofada toʼhtab ovozi titrab ketdi.
–onamiz tirik Junseo... seni aldaganimiz sababi koʼp qiynalishingni hohlmadik. Chunki ularning uygʼonishi nomalum edi. |Serinning soʼzlari ohiriga yetmay Junseo uni toʼhtatdi.
–3 YIL DAVOMIDA MENI ALDAB KELDINGIZ SHUNDAYMI? OYIMNI OʼLGANIGA ISHONTIRIB MENI HUDDI QOʼGʼIRCHOQDEK OʼYNATIB SOHTA QAYGʼURDINGIZMI OPA?! BILASIZMI MEN...MEN QANDAY AHVOLDA QOLAGNIMNI?! HAR KUNI OYIMNING KIYIMLARINI QUCHOQLAB YIGʼLARDIM. OHIRGA BOR KOʼRISH MENGA ARMON BOʼLDI DEB.!! AQILDAN OZIB QOLISHIGA OZ QOLGANDEK EDI GOʼYO!! SIZ BUNI MENGA QANDAY RAVO KOʼRDINGIZ!! SUNWOONI BILAMAN U FAQAT OʼZINI OʼYLAYDI LEKIN SIZCHI?!! YAXSHI KOʼRMADINGIZMI MENI HECH? SIZNI HAM UNDAN FARQINGIZ YOʼQ. | Junseo onasini 3 yil avval vafot etgan degan oʼy bilan yashardi. Bu oilada faqatgina uni onasi qoʼllab quvvatlar edi. U 1yil davomida oʼziga kelolmadi. Lekin hozir opasining toʼsatdan oshkor qilgan siri uning tanasida unga nisabatan nafratni uygʼotdi. Chunki Serin bilardi Junseo onasiga qanchalik qattiq bogʼlanagligini va uni yoʼqotgandagi koʼzlaridagi ogʼriqni.
–Junseo... Meni eshit... senga hammasini tushuntirib beraman.. | Serin ukasining qoʼlidan ushlashga harakat qildi lekin boʼlmadi. Junseo huddi uning qoʼliga jirkancha narsa tekkandek qoʼlink undan yulib oldi.
–ortiq sizning ukangiz boʼlishni hohlamayman. Biznesingiz sizning oilangiz ahir OPAJON! | Junseo Serinning soʼzini kutmasdan office eshigidan chiqib ketdi. Sukunat... xona yoqimsiz boʼlgan jimlikka choʼkdi. Faqatgina Serinning chuqur nafas olishi va soatning chiqillagan ovozi. Lekin qizning ichidagi ovozlar ularni tinglash uchun yil sarflash lozim. Aslini olganda Junseoning ham gaplari haqiqat. Bir akasi va opasi boʼla turib ukalik mehrini tuymaslik unga alam qiladi. Kichiklikdan ikki mukkamal boʼlgan shaxsga mukammal uka boʼlish uchun koʼp harakat qildi. Ularning maqtovink kutdi. Onasining soxta oʼlimini eshitgandan soʼng esa faqatgina opasiga suyanib qoldi. Serinning barcha qattiq gaplariga qoʼpol va muz munosabatiga doim iliqlik bilan javob berdi. Chunki umid qilardi bir kun kelib unga ham bular qaytishini. Lekin barchasi xato ketdi. Dunyo teskari aylangandek boʼldi goʼyo. Onasining tirikligini eshitish uni qattiq hursand qilgan bolishi kerak deyishingiz mumkin lekin oʼz aka opasi uni odam oʼrnida koʼrmasligichi? Bu hissiyotni qanday nomlash kerak?
Junseo ketgandan beri kayfiyati boʼlmagan Serin negadir ishlar bilan bugun charchadi. Ortiq ish bilan shugʼullagisi yoʼq. Barchasi birga bir vaqtda uning boshiga keldi. Junseoning gaplari uni koʼp oʼyga tolishga sabab boʼldi. Oʼzini shu vaqtgacha murakkab va mukammal qilib tutishga urunibdi-ku yaxshi opa boʼlishni hech ham oʼylabdi. Junseo Serin faqatgnia ishini oʼylaydi degan hulosaga kelgan. Lekin Seri barchasini birdek tutishga harakat qilmoqda ammo, barchasi nimjon qum qasrdek dengizning toʼlqiniga buzilib ketmoqda. Koʼnglida gaʼm anduh boʼlgan vaqt u doim 4 inson bilan muloqot qiladi. Sunwoo, Yunhee, Junseo va onasi. Sunwoo kechagina New Yorkka ish sabab joʼnab ketgan. Unga hozir qoʼngʼiroq qilishning iloji yoʼq. Yunheening esa ucharshuv kechasini ahmoqlarcha barbod qildi. Hozir unga qoʼngʼiroq qilishga yuzi chidamaydi va kechrim soʼrashga madori ham. Junseoga esa hozir ichidagilarini toʼkib socholmaydi. Chunki u Serindan xafa. Faqatgina javob bermasa ham jim eshitadigan onasini oldiga borib taskin olish uni tinchalntiradi. Serin qoʼlidagi telefon ekraniga qarab oʼtirar ekan eshik ochilib kotiba kirishga izn soʼradi.
-tinchlikmi Semi ?
– Kim xonim sizning oldingizga Janob Jeon kirishni soʼrayaptilar.
–Jeon..? |Serin kotibasidan Jeon familiyasini eshitib biroz ikkilandi va kirishiga izn berdi. Ochigʼi Jeonning tashrifi umuman kutilmagan holat boʼldi. Olovga yoʼg sepgandek iborasi menimcha aynan bu ikkisiga mos ibora.
Kotibadan "ha" javobini eshitgan Jungkook kastyumining ikki chetini biroz toʼgirlab eshiknis ochgancha ichkariga kirdi. Keng oppoq mebellar bilan bezatilgan xona va gullarning hush boʼh hidi dimoqni qitiqlovchi darajada. Xona qisqa qilib aytganda juda tartibli. Xonaning markazida viqorli holatda oʼtirae edi. Uning uzun qora sochlari yelkasi boʼylab keng yoyilgan. Katta katta boʼlgan koʼzlarini Jungkookniki bilan birlashtirar ekan qovogʼidan qor yogʼob turganligi shundoqqina bilinib turardi. Jungkook uning oʼtir degan ishorasini ham kutmasdan biroz kichikroq boʼlgan oq charm kresloni egalladi.
–hayrli kun Serin|Jungkook kecha boʼlgan voqea sabab jarohatlangan qoʼlining bint bilan oʼralgan teri yuzasini siladi.
–Aybimga iqror boʼlishimni kutyapsanmi? | Serin qoʼlida ruchkani stol ustiga zarb bilan qoʼyib bor diqqat eʼtiborini Jungkookga qaratdi. Jungkook esa ayyorona jilmayib kresloga keng yoyildi.
–sen hudbinlikning choʼqqisiga chiqqansan Serin. Shuning uchun ham sendan buni talab qilmayman. Men boshqa maqsadda yoninga keldim.
–nima hohlaysan? | Serin ensa qotirib sochlarini ortga oʼtkizdi. Jungkookning har bir gapi uning qulogʼiga yoqmisiz musiqadek kirar edi.
–achchiq qahva! |Jungkook gapni boshqa tomonga aylantirishni avzal koʼrdi va koʼzini yuqori shiftga tikdi. Serin uhh tortib Semiga qahva olib kirishini tayinlab yana Jungkookga yuzlandi uning bu maynavozchiligi Serinning vaqtini oʼgʼirlayapti holos. Xonaga kelgan qahvani bir simirgan Jungkook qaddini yana bir rostlab Serinni ham hushyor tortishiga majbur qildi.
–Yunhee va Raewonga qarshilik qilma. Bu bizning muammolarimiz. Ularni bunag aralashtirishni toʼxtat. | Jungkook jiddiy tortib qoʼlidagi finjoni kaftida biroz siqdi.
–Raewon Yunheedan foydalanmasligiga kafolat berasanmi?
–meni pastkash deb oʼylashing asabimni buzyapti Serin. | Qattiq tondagi javob uning jiddiyligini anglatar edi
–bilib boʼlmaydi ahir onangni qoni senda ham bor Jungkook... ! | Serin Jungkookning nuqtasiga urishni epladi endi qaynab chiqqan lavaga dosh berolsa bas.
–menga qara telba! Sen bilan hech qanday ishim yoʼq chunarlimi? Oʼtmishni kovlashda davom etsang ohirida uyalgan oʼzing boʼlasan. Mening ohirgi gapim Yunhee va Raewonga qarshilik qilma aks holda sening mana bu chiroyli videoying ijtimoiy tarmoqlarda aylanadi qizaloq!