Violent neighbour
Besh yil. Besh yildan buyon men u bilan to'g'rima to'g'ri eshiklarda qo'shni bo'lib yashayman. Birinchi ko'rgan onimdayoq, uning kelishgan qomati va tiniq yuziga mahliyo bo'lib qolgan edim. Ammo kundan kun liftda , yoki alla mahallarda eshigimni taqillatgancha bir muncha tuz yoki shunga o'xshash buyumlarni so'rab chiqaveruvchi bu qo'shnim bilan bir birimizni ko'rsak, it va mushukdek urishadiganlar darajasiga yetganmiz. Negaligini bilmayman , ammo ikkimiz ham bir birimizni ko'rsak, bir marotaba kesatiq so'zsiz o'tib keta olmaymiz. Hozirgi kunda uning bu kelishgan qomatiga aldanmaydigan bo'lganman. Uning asabga teguvchi harakatlari uning yaxshi tomonlarini yopib keta oladi. U shunchaki asabga teguvchi qo'shni.
Mana hozir ham soat kechgi to'qqizdan oshmoqda. U nima qilayotganini bilmayman-u , ammo devorni ko'chirib yuborishga tayyordek ovozlar chiqmoqda uning uyidan. Bu allaqanday ovozlarga bir soatdan buyon bazor chidayabman. Ish kunimdan keyin bu oshiqcha.
- Yaramas! Buni atayin qilyapti!,- yostiqni yuzimga qattiq bosgancha , uni qarg'adim. Ammo yostiq ham yordam bermayapti. - Jin ursin..
Ustimdagi yopinchigimni oyoqlarim bilan tepgancha bu asabga teguvchi ovozdan qutilib qoladigandek, depsindim. Ammo shu soniyada shovqin to'xtadi.
- Nihoyat?!...,- yuzimdagi yostiqni olib, o'zimdan o'zim jilmayganimni ham bilmay qoldim. Bu ko'pga cho'zilmadi. Endi u eshigimni qo'ng'irog'ini chalmoqda. Uning chaqirish ritmi ham miyamga o'rnashib bo'lgan. Bu aniq u. O'rnimdan shaht bilan turgancha eshik tomonga yo'naldim. Eshikni ochishim bilan , kutgan insonimni ko'rdim.
- Jungkook? Soat tunga yaqinlashyapti. Nima qilyabsan o'zi?,- ichimdagini saqlay olmay, asabiy savol berdim. U esa menga boshdan oyoq qarab chiqqancha, taklifimsiz ham uyimga kirib ketdi.
- Hoy?! ...voy buni...,- eshikni yopishga bazor ulgurib uning ortidan yo'naldim. - Nega ruxsatimsiz..
- Sein..Yordaming kerak..,- gapimni tugatmay , u yuzimga shilingan va qon sizib chiqayotgan kaftini ko'tardi. - Uydagi stolni o'zim ta'mirlamoqchi edim. Ammo tig'i kutilmaganda biroz tegib ketdi.
Uning kaftiga qarab, qonga tikilgancha nima deb uni koyimoqchi bo'lganim ham havoga qo'shilib ko'tarilib ketdi. Men qondan qo'rqaman..
- D.doktorga bor!,- uning qo'lidagi qondan ko'zimni uzmay duduqlangancha asabiy ohangimni asrashga harakat qildim.
- Sein bu uncha katta emas. Doktorga borish uchun kichik. Iltimos qilaman...
Nihoyat uning kaftidan etiborimni yuziga olib o'tdim. Jin ursin uning ko'zlari!.
- Shu yerda kut! ,- unga mehmonxonadagi divanni ishora qilgancha, yotoqxonaga burildim. Uning ko'zlariga aldanish osonmi? Nega uyimga ruxsatimsiz kirib ketganida ayblay olmadim.
Nihoyat dori qutisini olib, o'zimni urshgancha uning oldiga qaytdim. Uning qonayotgan kafti bilan umuman ishi yo'q. Shunchaki stol ustiga mening suratlarimni tomosha qilyapti. Qadamlarimni tezlatgancha, uning nigohlari mixlangan suratlarimni yerga qaratib qo'ydim.
- Sen atayin qolingni kesdingmi?
- Yo'q albatta..,- u yana ko'zlarini menga lo'q qilgancha tikmoqda. Uning shu tirjaygan ifodasini yomon ko'raman.
- Hech qayerga ortiqcha tikilma!,- jahl bilan uning yoniga o'tirib, qo'limga spirtli paxtani olib tayyorlay boshladim.
- Senga tikilsam maylimi unda?,- u shunday degancha menga yaqinlashdi.
- O'ldiraman. Qo'lingni ber,- u menga tikilayotganini bilaman. U jilmayabdi ham. Uning yuziga qaramaslikka harakat qilgancha uning kaftini ushlab, oyoqlarim ustidagi kichik yostiqcha ustiga qo'ydim. Kichik shilinish , ammo barbir bu yerda qon bor.. yuragim urishini eshita boshladim. Jin ursin men haqiqatan ham qondan qo'rqaman. Qo'limdagi paxta bilan uning jarohatiga yengil bosdim. Juda achishtiradi bu. Yana yengil bosdim. Achishadi.. miyamga urilgan shu fikr bilan uning kaftini tutgancha yuzimga yaqin ko'tarib jarohatiga puflay boshladim.
- Og'rimadimi? ,- qo'llarim ham qaltirayabdi jin ursin.
- Yo'q. Ammo sen buncha titraysan, Sein?
Butun yuzim bilan uning jarohatiga kirishib ketganimdan uning menga tikilib turganini ham unutib yuboribman. Uning savolidan nihoyat boshimni jarohatdan ko'tarib, uning yuziga qaradim.
- Jin ursin seni...! ,- u nega buncha yaqin. - Yana bir marta shunday tirjaysang, bu yerdan tirik chiqmaysan , Jungkook!,- undan yuzimni olib qochgancha qayta uning kaftiga qaradim.
Tozalangan jarohatiga malhamni atayin botirib, surtgancha , tezda uni bint bilan berkitdim. Harakatlarim qon yo'qolgach qo'pollashganidan, u ham vanihoyat og'riq sezib , yuzidagi tirjayishlar yo'q bo'la boshladi. Bint tezgina bog'lamni hosil qilib bo'lgach, o'rnimdan turgancha undan uzoqlashdim.
U esa kaftidagi bog'lamga tikilib qolgan.
- Seni shaxsiy hamshiram qilib ishga olsam bo'lar ekan,- navbatdagi uning be'mani 'hazili'.
- Seni puling bunchalik ko'p emas, Jungkook,- qo'llarimni ko'ksimga bog'ladim. - Uyingga yo'qol va boshqa shovqin ko'tarma. Yo'qsa...
-O'ldirasan , shundaymi?,- u yana o'sha asabga teguvchi jilmayishini boshlab, o'rnidan turdi. -Bizning kichik malikamiz, mening kaftimdagi kichik tirnalishga bazor malham surdi. Ammo bu kichik malika menga doim o'ldirish bilan tahdid qiladi, shundaymi?
U endi men tomonga yaqinlasha boshladi. Negaligini bilmadim, ammo bu menda yuragim uchun noodatiy tezlanishiga sabab bo'lmoqda. Bu menga yoqmayapti...
- Meni malika deb chaqirma! - miyamga boshqa so'z kelmagani uchun o'zimni urshdim yana bir bor.
- Unda nima deb chaqiray? Baby? Yoki kichik qotilcha? Sein senga shunchaki qotil mos kelmaydi,- u menga yaqinlashmoqda, asta sekin , shu ahmoqona sozlarni aytgancha... Men qo'rqmayman.. Ortga tisarilish mumkin emas.
- Shunchaki Sein! Seinni o'zi yetadi!,- unga korsatkich barmogimni oqtalgunimcha u qarshimda paydo bo'lib ulgurgandi.
- Sein...,- u ismimni shunchalar chuqur nafasda aytdiki... Terimdagi tuklarim tikka bo'lganini sezdim. Biz shunchalik yaqinmizki..uning bunday ovozda ismimni aytgani ..biroz bizning vaziyatimizga mos kelmaydigan holat edi. Unga shu o'ylar bilan besh soniya tikilib qoldim. Ayni damda bu besh soniya ham ko'p bo'lib ketgan edi. Bu mumkin emas... U bilan bunday yaqin turish mumkin emas...( Ekan..).
- Y.yaxshisi... meni umuman! Umuman chaqirma!,- nihoyat ortga qadam tashladim. Jin ursin nega duduqlandim..?!
- Uyinga ket, Jungkook. Hoziroq. Yana besh daqiqa shu yerda tursang, sen bilan sudda korishishimizga to'g'ri keladi,- sozlarimdan keyin u ketishga tayyorlanish o'rniga, yana men tomonga yaqinlashdi.
- Ketishni istamayabman desamchi?
- Jungkook! ,- jin ursin u nima qilmoqchi?..
- Sein? ,- u mazahomus ismimni takrorladi.
- Jungkook, hoziroq uyumdan chiq! Bo'lmasa...
- Sein... o'ldirish haqidagi po'pisang biroz..mm.. yo'q umuman ishonchsiz chiqyapti,- u yana jilmaydi. Men ham ortga yana tisarildim.
- Ishonmayabsanmi? ,- o'zimnu dadil tutishga urindim.
- Xo'sh qanday buni qilmoqchisan?
Uning bu to'xtovsiz va yutib yuboray deyayotgan nigohlaridan kozimmi olib qochgancha, ortimda turgan tumba ustidagi guldonni qolimga oldim.
U joyida to'xtadi. Nihoyat qo'rqita oldim..
- Nima shu bilan meni 'o'ldirib ' yubormoqchimisan?,- jin ursin , bunga o'zim ham ishonmayman. Ammo uning jilmayishi asabimga qattiq tegmoqda. U ustimdan kichikkina deya kulyapti.
- Jungkook, men jiddiyman,- guldonni kaftimda qattiqroq siqqancha yuqoriga ko'tardim.
- Qani unda bo'laqol, kichik malika,- uning ko'zi hali ham jilmayib turibdi. Qo'llarini men tomonga cho'zib, Kel degandek ishora qilayotgan bu yigit asabimning so'nggi tomchisini ham so'rib olyotgandek tuyildi.
- Aagh!,- ko'zimni chirt yumgamcha , qo'limdagini to'g'ri u tomonga uloqtirdim. Ikki qadam bo'lgan oramizdagi masofani bosib otgan guldon, uning qayerigadir urilib, yerga tushgan on parchalanish ovozi chiqdi. Ko'zlarimni sekin ochib, peshonasini ushlab turgan yigitni ko'rib, ochilib qolgan og'zimni kaftim bilan yopdim. Uning gavdasi haqiqatan juda katta. Yoki u hozir yana ham kattalashib ketyapti.. U peshonasini bog'lamli qo'li bilan mahkam tutib olgan. Ammo jim. Uyim huddi suv quygandek jim bolib qolgandi. Faqat o'zimning tez tez olayotgan nafasim eshitilmoqda. Bu bir daqiqalik jimlikni uning birdan boshlangan kulgusi buzdi. U boshini tutgancha kula boshladi.
- Jinni bo'lib qoldi...,- birinchi miyamga kelgan so'zini ovozimni chiqarib aytib yubordim. U nihoyat kulishdan toxtab, yuzini ko'tarib menga qaradi. U shunchalar jiddiy qiyofada ediki, ayni damda men uning o'sha qandaydir kulgusini qaytishini istay boshlagandim.
- Yaxshi zarba bo'ldi...,- u nihoyat tilga kirdi. Peshonasidan qo'lini olib kaftiga tikildi. Men esa uning chakkasidagi shilinishga. Jin ursin ... U yerda ham qon bor... U ham buni ko'rdi, so'ng qayta menga qaradi. Uning jahli chiqmoqda. Endi rostan ham qo'rqyabman.
- Yaxshi zarbani, Sein... yaxshi bir boshqasi bilan qaytarish kerak bilasanmi?,- u shunday degancha yana peshonasini ushlab qo'ydi.
- Qon... ,- boshqa nima deyishimni bilmayotgandim. Miyam nima o'ylayotgan bo'lsa, uni tilimda aytyabman. Men uni boshini qonatdimmi? Ha men..
- Qonni qon bilan to'laysan , malika..- u men tomonga qadam tashladi. Jin ursin u nega buncha qo'rqinchili bo'lib ketdi. U jiddiy ekanligini sezyabman..
- Aaa Jungkook... ,- kaftimni oldinga uni toxtashga undagandek cho'zdim.
- Xo'sh?,- u to'xtamadi.
Menda boshqa iloj yo'q... - Kechir! Kechir! ,- ortiq uning ko'zlariga qarab tura olmadim . Oyog'imni qolimga olgancha butun uyim bo'ylab, yugurib undan qocha boshladim.
- Malikamizni kichik oyoqchalari unga yordam bermaydi..,- uning kulgusi...u endi meni qorqitishni boshladi. U ham ortimdan yugura boshladi. Jin ursin..
- Jungkook.! Kechir!,...- butun uyim bo'ylab ikkimizning baland qichqiriqlarimiz tutib ketdi. Undan qochish juda qiyin masala. Oxirgi oyoqlarim yetaklagan xona yotoqxonaga yugurdim. Ortimga qarashga yuragim betlamay xonamga kirdim. Ortimga qayrilib eshikni yopish uchun yo'nalgan onimda ulkan gavda menga kelib urildi. Uning baquvvat qo'llari atrofimdan mahkam tutib olgandi.
- Kichik Sein qolga tushding ..,- u hansiramayotgandi ham. Ammo men huddi yarim soat kislorodsiz qolgan insondek uning bag'rida chuqur kislorod yutishga urinardim. Uning kaftlari bemimdan ikki bor aylanib ulgurgan. Nafasi yuzimga urilib, kuydirayotgandek go'yo.. Nihoyat yuzimni ko'tarib unga qaradim. U hali hech qanday emotsiyasiz menga tikilib turipti.
- Jungkook kechirim soradim, ahir...
- Shh...,- uning bir qo'li lablarimga tegib, meni jim qildi. - Javob berish vaqting keldi...malika
Negaligini bilmadim ammo uning bir barmogi labimga tegishi bilanoq ortiq so'z ayta olmay qoldim. Kaftim uning ko'ksiga tiralgan. Men unga qarshi kaftimni itarib turibman, ammo bu unda hech qanday natija korsatmayapti. Uning qo'llarida buncha kuch borligini hozir qolga tushgan quyonchadek yaxshi anglab turibman... U barmogini labimdan olib, qo'lini havoda ko'tardi, huddi musht tushirishga tayyor insondek.. Rostanmi..? Uning ko'zlariga qaradim. U kulmayapti. Uning jilmayishini ayni dam juda hohlayabman.. U qo'lini mushtga tugdi. Men esa kozlarimni chirt yumgancha yuzimni biroz chetga oldim. Ammo uning qolidan chiqish imkonsiz... Soniya ichida uning zarbasiga tayyorlandim, ammo ikki soniyada uning barmogi burnimga yengil chertib qo'yganini sezib ko'zimni asta sekin ochdim.
- Rostan ham seni uradi deb o'yladingmi? ,- u yana jilmayib turardi. Men rostan ham qorqdim.. uning bu jilmayishi hozir chindan boshqacha his uyg'otyabdi... Yoqimli... Deyiladimi?
- Sein...,- u endi chinakamiga maza qilgandek kulyapti. Men esa unga shunchaki tikilib qolganman. - Shunchalik vaxshiy ko'rinamanmi? Sen peshonamga guldon otgan bo'lsang ham, senga hech qachon zarar bermayman.
U kulgusi aralash bu sozlarni aytib, burnimdan yana chertib qo'ydi. Men esa hali ham uning bag'rida unga tikilib turibman. Nigohimni uning peshonasiga qaratdim. Kichik chiziqcha va biroz koringan qon qotishga ham ulguribdi. Buni u ham sezdi.
- Menga qarab" qon?!" Deya baqirganingda bu ishingdan qanday qo'rqqaningni bilaman, kichik malika..,- u yana jilmaydi.
- Og'riyaptimi? ,- ichimdagi savolni berib, boyadan buyon uning ko'ksiga tiralgan kaftimni uning peshonasiga olib bordim.
- Yana sen malham surtsang og'rimaydi. Seni shaxsiy hamshiram qilish togri fikr ekanmi?
- Kechir...ammo o'zing...
Uning o'zi aybdorligini aytishga ulgurmasimdan, uning lablarini o'zimnikida his qildim. Kaftim uning peshonasida qotib qoldi . U lablarini menikiga soniya ichida qattiq bosib, qayta yuzini ko'tardi.
- Aslida uyingga chiqish uchun sabab qidirib , qo'limni atayin shilib olishga to'g'ri kelgandi. Senga buni aytish uchun umuman boshqacha vaziyatni kutayotgandim. Ammo mening kichik qotilcham barchasini yana chalkashtirib yubordi..
Miyam ichida bu bo'sa va uning bu sozlari tahlili boshlanib ketgan... U...nima demoqchi... Nega bo'sa..
- Jungkook?... Bu ...
- Seni sevaman, kichik qotilcham..
Uning qo'llar biroz boshalganini his qildim, qo'llar belim tomon pasaydi. Ammo u...meni .. sevadi?..
Qo'llarim lablarimga beixtiyor bordi. So'ng uning lablari endi mening labim ustidagi kaftimga bosildi. Issiqlik... Miyamda tormozlanish yuz beryapti. Ortga qadam tashladim. Ammo mast insondek qoqildim. Uning boshalgan kaftlari mening qalqib tushgan onimdayoq qayta belimdan o'raldi. Uning ko'zlari .. mening ham ko'zlarim unikiga mixlangan.. u yaba meni sexrlayapti.
- Qo'rqqaningdan yurishni ham unutdingmi?- u kozlarimga tikilib jilmaygancha savol berdi.
- Sen!...
Miyam asta sekin uygona boshlagandek bo'ldi. Uning qolidan yana chiqishga harakat qila boshladim.
Imkonsizlik..
- Men?
- Sen buni...,- ovoz tonim o'z o'zidan ko'tarilib ketdi va uning menga tikilib turgan nigohlaridan o'zimnikini olib qochdim . - Sen buni..shunday birdaniga tan oldingki...
U kulib yubordi..
- Albatta birdaniga. Nima soat 21:30 da senga sevgi isxor qilaman tayyorlann deb habar jonatishim kerakmidi?,- kulgusi aralash, yuzimga tushib turgan soch tolasini olgancha gapirdi u.
Endi qizib keta boshladim yoki buni endi his qildim. Tanam uning harakatlariga juda ahmoqona javob qaytarmoqda. Menga nima bo'ldi o'zi?.. Yana uning ko'zlariga sexrlanib qoldim...
- Xo'sh, qotil qo'shnim... mening sevganim bo'lasanmi? Bunchalik zo'ravon bo'lmaganingda bizda buncha qon bo'lmasdi..,- u hali kulyapti. Chin dildan.. Haqiqatan... Mening ham kulgim keldi...nimalar qildim o'zi?..
Labim birozgina jilmayishni boshlashi bilan u yana bir bo'sani oldi. To'g'ri hozir men uning bag'rida mixlanganman. To'g'ri u birinchi ko'rgan onimdayoq ko'zlari bilan o'ziga sexrlagan.. ammo bugunning o'zida uchinchisi?
- Xo'sh? Javobingni shu yerda kutsam bo'ladimi? Yoki qo'yib yuborishim bilan yana biron nima boshimga kelib uriladimi?,- uning qoshlari javob kutgancha ko'tarildi.
- Sen bu uchun allaqachon uchta bo'sa olding.. Agar umringni oxirigacha faqat olgan jarohating uchungina bo'sa olishni istamasang , guldon haqida boshqa eslamaysan.
- Yaxshi mening zo'ravon malikam.. ortga yo'l yo'q... Hamma bo'salar meniki bo'lishini ta'minlayman...