School of fate
- Bu nima unda?!,- janob Park Jungkookga qarab oshqirdi. Sabr kosasi tolgan Jungkook ham qayta oshqirdi. U jim turib , ustozinining tanbehini eshitadigan oquvchi emas edi, boshidan.
- Bilmayman! Ammo meniki emas dedim.
- Seniki emas , huh? Unda sumka ham seniki emasmi?!
Jungkook kulib yubordi, bu ichidan chiqayotgan jahl belgisi edi.
- Kim qilganini bilmadim- u lekin bu men emasligim aniq. Bu sumkamga qanday tushgan , va siz buni qanday mendan koryabsiz, men emasman.
- Jungkook! Qolimda dalil shunday turibdi. Uni seni sumkangdan olganimni hamma kordi. Oqituvchilar xonasida ham seni korishgan. Buni rad etib bolmaydi. Sen imtihon javoblarini ogirlagansan.,- sinfdagi hamma eshitgan sozlariga ishonqiramay Jungkookga tikilib qoldi.
Janob Park ortidagi havotirdan kozi qisilib ketgan janob Kimga qaradi.
- Janob Kim, Jungkookning otasining raqami bo'lsa, uni maktabga chaqirtiring.
"Ota " sozidan song Jungkook umuman qayta ogiz ochmadi. U ilojisi qilinganda hech qachon korishishni hohlamaydigan inson. Hozirgi holatda ham doimgidek Jungkook otasining kelib unga tanbeh berishi, yoki qilgan ishiga qanday reaksiya bildirishi ham qiziq emas. Doimgidek etiborsiz qoldiradi. Uni korgandagi yoqimsiz xotira yoki alam xissi josh uradi. Bolaligidan buyon shunday bolib kelgan. U bunday qorqitishlardan qorqmaydi.
Keyingi soatlarda darsga kirmagan Jungkookni Soyun kolidordan izlab birinchi qavatga eltuvchi tanish zinalarga keldi. Oqituvchilar xonasidan chiqayotgan yigitni korib yuziga tabassum yugurgan qiz yuqoridan uni chaqirish uchun qolini yuqoriga kotardi , ammo atrofdigilarning Jungkookga bolgan ochiq munosabatidan joyida jim qoldi. Atrofda qolida kitobini otayotgan qizlar ikki uchta bolib ketayotib ovozlari tonini pasaytirmay ham u haqida gapirayotgandi.
~Mana Jungkook. U rostan ham imtihon javoblarini ogirlabdimi?
~Ha bekorga u doim birinchi orinda bolmas ekanda..
~ Nimadur doim bunday bolmasligiga ishonar edim. Odamlarda insof ham qolmabdi.
Qollari chontagida turgan Jungkook atrofdagilarga ensa qotirgancha bir daqiqa tikildi. Oziga ham shu savolni berib , qadamini tezlatgancha hovliga chiqib ketdi .
Nohush 'yangilik ' maktab boylab shu qadar tez yoyilib ulgurgandiki, hammaning Jungkook imtihon javoblarini 'ogirlab' , doim birinchi bolganligi haqida gapirayotgandi.
Hamma qatori Jungkookning sinfdoshlari ham, Dami, Mina qolgan yigitlar yigilib bu rost yoki yolgonligi haqida bosh qotirayotganda Yoongidan avval Soyun hammaning ogzini yopishga uringandi.
Hovlida yurgan Jungkook darvozadan kirgan otasini korgach joyida jim turaverdi. Umuman olganda oglidan kam farq qilmaydigan janob Jeon ham uning yoniga asta yaqinlashdi va ichkari tomonga qarab birga yurishni boshlashdi.
Xonaga yoqimsiz sukunatdan song direktor janob Jeonga va ularning togrisida otirgan ikki guvoh oqituvchilarga va yonidagi janob Parkga qarab sozini boshladi.
- Semestr oraligida bolgan bu nohush holat sabab oquvchilar orasida gumon va notinchlik qozgalgan. Keltirilgan dalillardan song biz Jungkookga chora korishimiz zarur.
Janob Jeon chuqur nafas chiqarib boshini yuqoriga kotarib, direktorga yuzlandi. Advakatlik erkakning on sakkiz yillik kasbi bolganligidan savol huddi suddagidek tus oldi.
- Siz buni aniq u qilganligi haqida dalil bormi?
- Baxtga qarshi bizda kamera yozuvlari bor. Jungkook xonaga tanaffus vaqti kirgan yagona oquvchi bolgan.
So'zga janob Park ham qoshildi.
- Nima bolganda ham fleshka uning sumkasidan chiqdi. Sizga yana qanday dalil kerak?!
Bu sozlardan yuzini yerga qaratgan janob Jeon yana bir bor chuqur uh tortdi. Otasi tomonga qaragan Jungkook uning bu sozlarga ishonganini his qildi.
- Unga qanday jazo bermoqchisiz?...
- Bu holatga biz jiddiy qarashimiz kerak. Uni yigirma kun maktabdan chetlashtirishga to'g'ri keladi.
- Unga ottiz kunlik jamoat ishlarida yordam kabi jazo bera olmaysizmi? U imtihonlarni topshirishi ham kerak. Jamoat ishlarida yordamdan song unga alternativ tarzda qayta intihon topshirishga ruxsat bering. Bir oy davomida uyda jazoni otashiga ozim masul bolaman.
Janob Jeonning oxirgi sozlaridam song jim otirgan Jungkook xonani toldirib kulib yubordi. Bu kulish koproq jinnixonadagi bemorlarning kulishiga oxshardi.
Xonadagi barcha oqituvchilar unga ahmoqqa qaragandek qaradi. To'g'risini aytganda ular endi Jungkookga etibor berishgandi. Direktor O Jungkookning bu qiyofadagi yuziga ortiq jim qarab tura olmadi.
- Jungkook, bizni bu yerda hazil qilyabmiz deb oylayabsanmi?
- Menga bu shunchaki kulguli tuyilmoqda. Siz menga hatto bittagina savol berishni hayolingizga ham keltirmadingiz. Eshitilishi kerak bolgan inson sifatida ham qaramayabsiz. Bu yerda men nima qilyabman ozi?,- Jungkook yuzini avvalgi jiddiy holiga qaytargancha xonadagilarga yuzlandi. U endi ornidan turib ketishga shaylandi. Yuqoriga qaragan ota uni qaytarishga urinib uning ismini ayta oldi holos.
- Jungkook.,- javoban otasiga qarashni ham lozim topmagan Jungkook qayta direktorga yuzlandi.
- Bu ahmoqona tomoshani toxtatishingiz mumkin.,- ortiq ortiga bir bora ham qaramagan Jungkook xonadan tezlikda goyib boldi.
Janob Kim va Jeon peshonasinj asabiy ushlagancha yerga qarashni lozim topishdi.
Yotoqxonaga yetib borgan Jungkook allaqachon Yoongi bilan birgalikda narsalarini jamadoniga joylab ulgurgandi. Qaytib kelishini eshitgan Yoongi do'stiga hozir ortiqcha sozlarsiz yuklarini kotarishga yordam bergancha jimlikda tashqari yol olishdi. Yotoqxona oldidagi barcha uning ketishini kuzatib qoldi. O'quvchilar ortidan kelayotgan Seoyoung bu manzaraga u ham guvoh boldi.
~ Jungkook ketyabdi.
~ agar u ketsa endi Han Seoyoung aniq birinchi raqamli oquvchi boladi.
Seoyoung ham bu oyni ichidan otkazayotganiga shubha qilmasangiz boladi.
Yoongi tomon oxirgi bor qaragan Jungkook qolidagilarni oziga olgancha uning yelkasiga qoqib qoydi.
- Keyinroq yana korishamiz.
Yoongi javoban indamay uni kuzatdi. U jim otirmasligini ikkisi ham bilardi.
Kochaga chiqqanida janob Jeon allaqachon mashina oldida ketishga shay turardi. Jungkook ortidan yugurib chiqib kelgan Soyunni korib joyida toxtadi. Qizning oxirgi qadami esa yigitning yolini tosgandi. Soyun oldida yelkalari kengligini quyosh nuridan soya qilib qilib turgan Jungkookga kozlarinj moltiratgancha aybdorona tikildi.
- Kechir....,- Soyun shu sozni bazor Jungkookning kozlariga qaragncha ayta oldi.
- Nega endi? ,- hotirjam javob berishga urindi Jungkook.
- Nimaga bunday qilishganini bilaman. Meni deb senga shunday qilishdi. Agar mendan telefonni olib qoyishmaganida sen oqituvchilar xonasiga bormas eding.
Soyunning qollarini bir biriga hadeb urib yigitning oldida aybdorligini , uni deb bu ahvoldagiligidan qiynalayotganini korib Jungkook biroz muddat kichik jussali oldidagi qizni u haqida qaygurishini kulgancha kuzatdi. Soyunning nigohi qayta unikiga kotarilganida esiga tushgandek chontagidan boya olishga ulgurgan mushukchani uning kaftini qoliga olgancha ustiga qoydi .
Qolidagiga qaragan Soyun endi bu unga kayfiyat bagishlamagan kabi yana homush yigitga qaradi.
- Bu...
- Imtihonlarda senga omad, Soyun.,- Jungkook shunday deya kaftini qizning boshiga olib borib, ikki bora uni siladi. Javoban reaksiya bildirishga ulgurmagan Soyun, oldinga yurishni boshlagan Jungkookga qarab qoldi. Ortlarida ularni kuzatib turgan janob Jeon Soyunga ikkinchi bir qaragancha rulga otirdi.
Yoldagi anchagina sukutdan song axiyri mashina uy oldida toxtadi. Eshik jamadonini olib kirgan Jungkook uyning hech bur burchagiga ham qaramay to'g'ridagi xonasiga kirib ketdi. Umuman olganda bu uyda 12 yildan buyon shunday jimjitlik hukm suradi. Na Jungkook otasiga , na janob Jeon unga keragidan ortiqcha gapirmaydi. Osha Jungkookning onasi uyni tark etgandan buyon shunday . Janob Jeon bu safar ham xonasiga indamay kirishni lozim topdi. Ammo hozir oglining sal avvalgi holidan ahvoli yaxshi emasligini sezib, uning xonasiga kirib bordi. Otasining kirganini bilgan Jungkook bu safar ham uni etiborsiz qoldirgancha divan ustiga jamadonni qoyib ochgancha, ichidagilarni tashqariga olib qoya boshlagandi. Jungkookdan javob kelmasligini bilib turib ham janob Jeon gapira boshladi.
- Men qolimdan kelgan barchasini qildim. Bu eng yaxshi yol edi, kelahagingga tasir qilmaydigan , Jungkook.
Hali javobsiz harakatlar . Endi janob Jeonning ovoz toni biroz kotarildi.
- Nima bolayotganini sezmayabdi deb oylaysanmi? U yerdagilarni hammasi senga qarshi ishlab turgandi, dalillar, oqituvchilar.
Bunday vaziyatda mendan nima eshitishni hohlaganding?
Jungkookning harakatida toxtatilish yuz berdi. U ortiga qaradi.
- Haqiqattan ham. Siz logichno harakat qildingiz, har doimgidek. Sizni deb meni maktabdan chetlashtirishmadi, katta rahmat.Ajoyib.,- bu Jungkookning yod olgan sozlari edi.
- Jungkook!,- ismi orqali chaqirishga Jungkook shunchaki jilmayib qoydi.
- Eshikni ortingizdan yopib xonadan chiqib ketishingizni hohlayman. Uzoq muddatga keldim, narsalarimni joylashim kerak.,- endi bu Jungkookning ichidagi sozlar edi. U qarshidagi erkak bilan bir xonada besh daqiqadan uzoq muddat turishni hohlamaydi. Oglidan sovuqqonlikda eshitgan navbatdagi sozlardan song janob Jeon xonani jim tark etdi.
Uydagi jimjitlik hukm surib , tun allaqachon yarmiga yetib borgan. Suvsizlikdan chanqoqni his qilgan Jungkook ornidan turib , xonasidan oshxona tomonga yonaldi. U uyga endi nazar tashlagandi. Yana hech qanday ozgarish yoq. Maktabga ketganiga bir semestrda yakunini hisobga olsak, olti oydan oshgan. Bolaligidagi kabi hech bir jihoz orni ham ozgarmagan. Bolalik... Jungkookning bolaligi yetti yoshidan so'ng yo'q bo'lgan bolaligi... U mehmonxonadagi kresloga qaradi. Hali osha joyda. Bir vaqtlar u shu divanda hech kimsiz uch kun tunlarni otkazgani...
- Jin ursin,- sokingancha eslamaslikka urindi Jungkook. Muzlatgichdan qoliga olgan muzdek sovuq suvni yarmini tugatib yana osha yerga qaradi. Uyga keldiki, mana shu yoqimsiz xotiralari uni qiynashni boshlaydi. Jungkook uyda bolishni umuman hohlamaydi. Shuning uchun ham yotib oqiydigan maktab tanlangan. Bu uning tanlovi. Soatning chiqillagan asabga teguvchi yoki osha vaqtda biroz qorqinchili ovozi...
~ Jungkook 7 yosh bolgan vaqt. 12 yil oldin.
- NIMA HOHLAYSAN?!! AJRASHAMIZ!
- SHUSIZ HAM MEN SEN BILAN AJRASHAMAN! SEN KABI ERKAK BILAN ORTIQ YASHAY OLMAYMAN!
- NIMA DEDING?! HECH NIMANI BILMAYDI DEB OYLAYSANMI?! KIM U ?!
- SEN HAMMASINI NOTO'G'RI TUSHUNDING!
Mexmonxonadagi shu divan ustida yetti yoshli bolakay ota onasining bunday baland ovozdagi baqiriqlarini eshitishni hohlamay, quloqlarni berkitib olgancha yiglardi. Uning uydagi baland bolayotgan urushdan yiglayotgan ovozi uyning burchaklariga yutilib ketayotgan kabi edi. Hech kim bola nega yiglayotgani bilan ishi yoq.. Jungkook bolaligidan aqlli bolgan.. U onasining hiyonat qilganini osha ondayoq tushunib bolgan edi.
Osha u bola kabi onasiga talpingan , ammo onasi ona kabi unga nazar ham tashlamay ketib qolgan onda.
- Alo? Ha...Ha men ketayabman...,- ayol jamadoni olib ortiga bir bora qaramay telfonga gapirgancha chiqib ketgan payt. Togri u yiglayotgandi, ammo ortida uni kutib turgan farzandi borligi uchun emas. U Jungkook borligini eslamagan ham. Undan oldinroq uyni tark etgan ota ham uyda farzandi yolgiz qolganini eslamagan...
Shundan mana asabiy soat chiqillashi , shovqinli janjaldan songgi yoqimsiz jimjitlikka ega uy... Yetti yoshli bola mana shunday uyda yolgiz uch kun qolib ketgan.. Uch kun ovqatsiz.. hech kimsiz... Qorqinchili soat chiqillashiyu... Yolgiz uhlashdan hali qorqadigan bolakay... Uch kun davomida faqatgina uyda non topa olgan bola, osha mexmonxonadagi divanda xonasiga kirishdan qorqib chiroq yoqib uch kun otkazgan...
~ Jungkook
O'sha hech kimsiz otkazgan uch tunimdan song men ota onamni boshqa kutmaslikka ozimga vada bergandim.. Men oshanda hech kimga ishonmaslikni tanlaganman.. hozirgacha... ammo osha imkoniyani ham yo'q qilishmoqchi... hayotimga quyosh olib kelgan insonni ham...~
Ikki kundan so'ng Han xonim Soyunning onasining kafesi.
Janob Jeonning qoliga konteynerda ikki xil ovqatni tutqizgan Han xonim erkakga tanbeh berishda davom etdi.
- Ogling kelganiga ikki kun boldimi? Lekin bir bora ham birga tushlik qilmadingizmi?!
- Haa... U juda ham yopiq men uchun..
- Sen u bilan vaqt otkazishni hohlashingni biror marta unga kortsatdingmi? Sen buni orniga ozingni huddi u kabi tutgansan!
Janob Jeon Han xonimga yerdan nigohini olib qaradi.
- Ortimdan kuzatib yurgandingmi?
- Menga bu kerak emas, men shunday ham bilaman! Umuman, sen u bilan birga vaqt otkazishni juda hohlayotganding. Nima qilganingga bir qara!,- Han xonim yosh boladek erkakga tanbeh berdi.
- Sen ozi boshidan noto'g'ri gapiribsan.
- Men eng togri qarorni qildim. Agar bunday qilmaganimda, maktabdan chetlashtirishmoqchi edi.
- Sen unga ishonishingni aytdingmi?
Unga noto'g'ri ayblov qoyishganini aytdingmi? Sen unga ishonishing kerak edi. Bu haqida gapirishdan oldin unga ishonchingni bildirishing kerak edi. Buni orniga sen uni aybini tan olib jazo berishlarini soragansan. U hafa boladida bundan keyin, Jeon..
Oz otaligini yaxshi eplolmaganligini yana do'sti tomonidan tushungan janob Jeon chuqur horsindi..
Maktabda esa allaqachon imtihonlar boshlanib ulgurgan. Jungkook esa jamoatda yordam sifatida Seul markazidan sal naridagi qariyalar uyiga tayinlangan. Qariyalar soraganda suv olib kelib, ovqatdan so'ng, stollarni tozalash kabi ishlar.. bugun esa endi ikkinchi kun. Stollarni joylab bolgan Jungkook oynadan oziga tanish qizni ko'rib, biroz kozlariga ishonmay turdi. Tashqarida Soyun katta yoshli ayollar ortasiga tushib qoshiq kuylayotgandi. Qadamini tezlatgan Jungkook eshikdan tashqariga chiqib yaqinroqdan qizga tikildi. Jungkook chiqqan tomonga qaragan Soyun kulib , qol silkitishni boshladi. Uch kundan buyon Jungkook ham endi kulishini boshladi...
>>>
- imtihonlar qanday bo'ldi?
- unchalik emas... Mening shaxsiy oqituvchim ketib qoldi.- Soyun Jungkook yelkasidan turtib kuldi. Jungkook esa yana jilmaydi.
- Bu yerda qancha bolasan? Sen mana oltin kallangni tezroq ishlatib maktabga qaytasan deb oylayman. Haqiqiy ogrini tezroq topasan deb oylayman!
- Nima men izquvar Puaro manmi, Soyun...,-Jungkook yonidagi kichik qadam tashlab kelayotgan Soyunga qaradi.
- Yo'q, izquvar bolmasang ham, men bilgan birinchi raqamli oquvchi Jeon Jungkooksan.
-avval shunday edi... Hamma avval men birinchi ekanligimga ishonardi. Endi hech kim ishonmaydi Soyun.,- Jungkook toxtab qollarini chontagiga soldi.
- Barchasi ahmoqlik! ....Shaxsan men... Jeon Jungkookga u birinchi bolmasa ham ishonaman!,- Soyun bu sozlarni Jungkookning nigohlarda qochib aytdi va tez yurgancha oldinga otib ketdi...
KIM SERIN I @Cynefin_fanfics