One and Only
Sen mening yashirin olamimni qayta ochishimga , zerikarli hayotimda qiziqarli sahifalar borligini bilishimga sabab bo'lding. Men sen sabab haqiqiy baxtni his qildim. Yagona va faqat meniki bo'lishingni istayman... Bunga nima to'sqinlik qilmasin, biz birga bo'lamiz, o'z orzularimiz bilan...
Kechagi og'ir kunimdan so'nggi tongimni ham yengil deb atab bo'lmaydigan darajada boshlaganman. Uy egasi bo'lgan bu xonim erta tongdan mening eshigim oldida bir nimalarni tinmay javrayabdi. Ijara shartnomasi tugayotganini , tezroq ko'chishim zarurligini uning bu erta tongdagi tashrifisiz ham juda yaxshi bilaman.
- Yaxshi xonim, iloji boricha tezroq ketishga harakat qilyabman. Ijara uylarni ko'rib kelishim kerak bugun. Bir haftada sizga ma'lum qilaman.
Boyadan buyon baqirayotgan bu ayolni bazo'r jim qildim. Ichkariga qaytib kirganimda qayta uhlab qolmaslikdan o'zimni tiyib ishga tayyorlandim .
Yana o'sha aylanadek davom etyotgan hayotim. Ko'chadagi ob havo bahor kelyotgandanidan darak bermoqchidek, yoqimli . Ammo avtobusdagi tiqilinchlik. Ijarachi ayolning erta tongdagi tashrifi sabab, bugun ancha erta yo'lga chiqa oldim. Shuning uchun ham o'rindiqqa joylashishga ulgurganman . Bu haftada bir marotaba duch keladigan holatim. Tepamda tik turganlarga qarab qo'yib, rohatlangancha avtobus derazasiga peshonamni qo'yib uhlab ketishga harakat qilmoqchi bo'ldim. Ammo peshonam derazaga tegishi bilan peshonamda turgan og'riq sabab , uni qoldiradigandek kaftim bilan peshonamni changalladim. Aksini zo'r bo'lmasada ko'rish mumkin bo'lgan avtobus oynasiga qarab peshonamni og'riq turgan qismini tekshirdim. Qizarish? Yo'q oyna shunday ko'rsatyapti ..
- SENGA KEYINROQ DEDIM, GAP TUSHUNMAYDIGAN AHMOQ!!
Birdan miyamda charaqlagan bu baqiriqni negadir men aytgandek tuyildim. Hatto urganimni ham ..Ammo Soanimi...Kecha nimalar qildim o'zi, jin ursin...
Avtobusdan tushishim bilan meni Dahe va Insan kutib turishardi. Qizlarning telefon qo'ng'irogiga nega javob bermaganimni tinmay so'roqlayotgan bu ikkisiga miyamdagi hayollarni aytish yoki aytmaslikni o'ylay boshladim. Eng birinchisidan ya'ni ijarachi ayolning dag'dag'alari haqida boshlashga qaror qildim.
Insan:Ko'chaman deb yaxshi aytibsan. O'sha manzil juda xavfsiz tuman. Boshqa uyga ko'ch.
Insanning doimgi beparvo va g'amxorlik aralashgan so'zlari.
Dahe: ishxonaga yaqinroqdan olsangchi.
- Bugun bir uyni ko'rgani boraman. Shunda aniq bo'ladi.
Qo'llarim beixtiyor yana peshonamga yugurdi.
Peshonamdagi bu sanchishga e'tibor berishimdan oldin uni tanish bo'lgan Soaning ovozi bo'ldi. Uchalamizning ham yuzimiz ovoz kelgan tarafga burildi.
- Suaa, hali qahva olmadingmi?
Soaning yuzini ko'rishim bilanoq kechagi qilganlarim va aytganlarim miyamda chaqmoq chalgandek o'tdi. Dahe va Insanni ishxonaga kiritib yuborib, keyingi 10 daqiqamni unga kechagi mastlik sabab aytganlarimni tushuntirishimga ketdi.
2- Jin Soa
- Kechirasan, men keragidan ortiq ichib yubordim va barcha chegaralardan o'tib ketdim, kecha,- ichimdagilarni unga aytib yuziga tikildim. Jimjitlik uzoqqa cho'zilmadi, u yana jilmayib turardi.
- Buni uchun uzr so'rashing shart emas. Hijolat bo'lma. Aaa taqdimoting masalasiga kelsak...
- Yo'q, yo'q. Bu haqida gapirma. Mening g'oyam, olgan ma'lumotlarim senikiga qaraganda sayozroq bo'lgan. Men kechagi joyida bo'lmagan miyam bilan noto'g'ri hayollarga borganman. Sening o'tishing , sen loyiq eding.
Yana biroz bu haqida eslasam uyatdan o'zimni boshqa kechira olmasam kerak.
- Barcha fikringni hurmat qilaman. Unda ichkariga kirsak ham bo'lar?
Mana endi eng yoqimsiz savol navbati. Jin ursin, barchasini...
- Umuman olganda Soa...,- cho'zilgancha gap boshladim . - Peshonang...hammasi joyidami? Og'rimayabdimi?
Uning ko'zlariga qaramaslikka harakat qilardim.
- Kecha bilmayman , menga nima bo'ldi. Ammo hech qachon birovni urmas edim.. kecha..
- Sua, nima haqida gapiryabsan? Tushunmadim.
Uning bu so'zlardan so'ng toxtab qoldim.
- Men seni kecha peshonangga urmadimmi?..
- Nima? Sua, sen kecha biron kimni urdingmi?
Jin ursin! Uni urmaganmidim?! Unda kimni??
Monitorda ko'rsatilgan yangi mahsulot uchun ishlangan reklama roligini tugatib majlis zalidagilarga qaragan erkak qarshisidagi insonlar nigohida qoniqishni ko'rib, bir qo'lini qoshiga olib borib qashigan bo'lgancha jilmayishini yashirgan bo'ldi. O'z joyiga joylasharkan, reklama yaxshi ishlangani uchun kompaniyaning kelajakdagi istiqboli to'g'risida gaplarga ulangan ma'ruzaga ortiq e'tibor bermay qo'ygandi. Ahir u ishini yakunladi. Taehyungga qilayotgan ishi , kompaniyadagi ishi zavq bermayotgani aniq edi. Shuning uchun ham u keragidan ortiq bir tomchi ham energiyasini bunga sarflashga urunib ham qo'ymaydi. Joyiga o'tirishi bilan yonidagi o'rindiqdagi biroz to'lacha erkak biroz past faqat ikkisi eshitar darajada so'z boshladi.
- Doim muvaffaqqiyatli loyihani qanday qila olasan?
Taehyung yana jilmaydi. Mag'rurlik ufurib turgan jilmayish.
- Sizga aqldan ozish kerakmi?
- Tushunmadim?
- Men insonlar mening loyihamni ko'rganda aqldan ozar darajada bo'lishini istayman. Va natija ko'rib turganingizdek.
Kibrli bu so'zlardan erkak tushungandek jilmayib qo'ydi. So'ng bu mag'rur so'zlar egasining peshonasidagi yopishtirilgan plasterga qarab qayta savol berdi.
Savoldan tabassumi yo'qolgan Taehyung, plasterni biroz silab qo'ydi .
- Men ham shuni aniqlamoqchiman.
Marketing bo'limi.
Hodimlar bir stol atrofiga yig'ilgan va mahsulotlari tashqi ko'rinishiga ishlangan dizaynlarning bir necha variantlariga ovoz berish uchun kichik qog'ozchalardagi o'z tanlagan misollarini stol ustiga qo'yib belgilashmoqda.
Janob Kwon: Bir , ikki, uch, to'rt , ...
Yana bitta kamku. Kim ovoz bermadi?
Hamma bir biriga qarab chiqar ekan, hammaning nigohi o'zining hayollariga o'ralashib savolni ham eshitmagan Suada to'xtadi .
Janob Kwon: Yana sen Jin Sua. Nega haliyam belgilamading?.
- Endigina bermoqchi bo'l...,- ismini eshitgan Sua shoshilgancha javob bermoqchi bo'ldi.
- Endi sening javobing hal qiluvchi natijani belgilaydi. Tezroq qaysi birini tanlaganingni ayt. Loyiha 5 millionlik ekanligini bilasan a? O'ylab tanla.
Yana duduqlangan Suadan hammaning e'tibori eshikni ochib kirib kelgan ish boshqaruvchi direktorga qaratildi. Ha u hozir ularning ish boshqaruvchisi sifatida kelgan Kim Taehyung. Ammo direktor har doim ham kichik bo'limlarda ko'rinish beravermaydi. Bu esa turganlar ichida hayratni oshirgan edi. Vaziyatdan birinchi bo'lib o'ziga kelgan Janob Kang keng tabassum qilib ta'zim qilgancha Taehyungning qarshisiga chiqdi.
- Janob Kim , hayrli kun! Sizni bu yerga nima olib keldi?
- Yangi dizayn ustida ishlayotganingizni eshitdim . Shunchaki jarayonni kuzatmoqchiman.
Taehyungning past ,ammo yo'g'on ovozi xonadagi sukutda baland jarangladi. Ortiq janob Kwonning javobini kutib ham o'tirmagan Taehyung ichkariga siljidi va Sua o'tirgan kursi qarshisidagi, o'rtada faqat stol borligi hisobga olinsa to'g'ri uning oldiga o'tirdi. Direktor tashrifi sabab o'rtaga shu qadar chuqur jimlik cho'kkan ediki , hamma bir biriga noqulay nigohlar tashlab qo'yardi.
Taehyungning ko'zlari kerakli insonni allaqachon topib bo'lgan. Sua boshini ko'tarib unga shu qadar jiddiy tikilib turgan jigarrang qorachiqlarga duch keldiki, beixtiyor kipriklari pirpirab ketdi.
Nega u menga bunday tikilyabdi??
Shoshib qolgan janob Kwon o'z joyini amallab topib olib barchaga ma'noli qarash qilgancha , davom ettirishga ishora qildi.
- Haa...janob Kim biz mahsulot dizaynini ovozga qo'ygandik.. Siz ayni vaqtida keldingizda.. yangi dizaynlarimiz haqida nima deysiz? Maslahatingiz bilan eng yuqori natija keltiruvchisini tanlay olamiz deb hursand bo'lardim.
Janob Kwon yosh ish boshqaruvchi oldiga dizayn ko'rsatilgan rasmlarni birma bir surdi. Ammo Taehyungning ko'zlari bir daqiqa ham qarshisidagidan uzilgani yo'q edi.
- Dizaynni ovoz berish yo'li bilan aniqlaymiz demaganmidingiz? Jamoangiz buni hal qilishi kerak. Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz? Qaysi birini tanlamoqchisiz?
Taehyung Suaga shu qadar tikilib bu savolllarni berdiki, Suaga uning ko'zlari yumilmayotgandek tuyilishni boshlagandi. Shu sabab ham Taehyungning nigohlari ortidan qolganlarniki ham Suaga ko'chdi.
- Menmi?,- Suada duduqlanish aytgan shu yagona so'zidan ham sezilardi.
- Ha. Varianlardan birontasi ham sizga yoqmadimi?
- Yo'q shunchaki..
- Sizni didingizga mos emasmi? Unda bularchi?
Taehyung oldidagi dizayn rasmlarini Suaning oldiga surdi. U mutlaqo Suaning javobini kutmayotgandi. Savollar huddi boshqa maqsadda berilgan o'qdek.
- Yoqdimi? Yoki sizning stylingizda emasmi? Balki umuman yangi model xohlarsiz?
Shu daqiqadan Suaning miyasida qayta chaqmoq chala boshladi. Huddi kecha bu so'zlarni eshitgandek.
" MEN YANGI TELEFON MODELINI XOHLARDIM!"
- Balki mana bu amerikano emas sutli kofega mos dizayndek korinayotgandir?
Taehyung bu savollarni atayin berayotganini o'zi juda yaxshi bilardi. Tirsagini stolga tiragan yigit qizning reaksiyasini soniya ham o'tkazib yubormay tomosha qilayotgandi. Savollar huddi pushkada otilgan o'qdek edi. Barchasi mo'ljalga tegayotgandi. Suaning xotirasiga urilgan zarbalar...
" Rostini aytganda , men Americano emas, sutli kofe xohlayman! Eshitdingzimi?? Mening ham barcha narsalarda o'z didim bor! Bunga xo'jayinlik qila olmaysiz!"
Qizni yana biroz kuzatgan Taehyung atayin peshonasidagi plasterni ko'rsatishga uringandek sochlarini biroz tartiblagandek bo'ldi. Bu oxirgi hal qiluvchi zarba edi. Sua uchun vaqt to'xtagandek bo'ldi. Kecha kimni urganiyu, tongdan buyon miyasida aylanayotgan bu baqiriqlarni u shu insonga, Ish boshqaruvchi direktor Kim Taehyungga aytganini esladi. Qo'rqinchilisi ham shu. U Taehyungni peshonasiga boshi bilan urgan. U urgan inson Taehyung!
- Xo'sh? ,- navbatdagi "endi hech qayerga qocholmaysan" degandek berilgan qistovchi savol.
Bu savollardan Suaning kechagi manzarani aniq eslaganini tushungan Taehyung qizni o'z xonasida chaqirtirgan. O'sha Sua tort ko'tarib kelib, masaj kursisiga o'tirib olib qovun tushurgan keng xona. Xona yuqorisidagi biroz qolganlariga qaraganda hashamdorroq stol. Ammo Taehyung u joyida emas. Qizning ro'parasida turib olgan.
- Sizni olmasligim kerak edi,- qo'li iyagida turgan yigit nigohida soxta o'ychanlik bilan dedi. - 3 yil oldin, sizni ishga olmasligim kerak edi. Siz sportchi bo'lishingiz kerak edi. Boshga zarba beradigan sport turi bilan.. boksmi..?
Taehyung ohangidagi kesatiqni sezish qiyin ish emasdi. Uning ofisda qizni sizlab, kechagi voqeada senlashi ham hozirgi so'zlarda qanchalik kuchli kesatiq borligini isboti edi. Mohirlik deyish ham mumkindir balki.
- Tushunmadim?,- qizning yagona berishi mumkin bo'lgan ahmoqona savoli. Balki bu vaziyatda o'zini tushunmagandek ko'rsatishdan boshqa iloj ham yo'qdir balki.
- Kuchingiz shunchalik ko'pki, bemalol olimpiadaga chiqa olasiz.
Suada pastki labni qattiq tishlash ham asabiylikdan va ham hayajondan sodir bo'la boshlagan.
- Men kecha keragidan ortiq ichib yuboribman. Chin qalbimdan afsusdaman. Kechirasiz... ,- keyingi aytilishi mumkin bo'lgan so'zlar. Ammo Sua yetarli darajada sabrli ham emas. - Shunday qilib , meni ishdan bo'shatmoqchimisiz?
- Agar shunda qilmoqchi bo'lsam, boshqa boradigan joying bormi?
Uning bir vaqtda ham sen va siz ohangidagi murojaati Suaning qonida olovli zarrachalar ko'payishini sodir qilayotgan bo'lsada jim turardi. Taehyung qizga bir qadamda yaqinlashdi va yonidan sirg'alib qizning ortiga o'tib aylangancha uni nima deyishini kutardi.
Sua tomoniga kutilmagan savol. Taehyung qizning atrofida allaqachon bir doira aylanib , yoniga yonma yon turib olishga ulgurgan. Faqat hali qizning yuziga qaramagan.
- Masalan men ariza yozishim mumkin. Meni nohaq ishdan bo'shatganlari haqida.. so'ng meni eshitishlarini so'rab ko'raman... Hozircha qila olishim mumkin bo'lgani shular...
Taehyungning lab cheti biroz ko'tarildi. Qizning so'zlari ishonsiz va ahmoqona eshitilayotganidan va bu savolga u tayyor bo'lmaganini qiz va o'zi ham yaxshi tushunib turardi.
- Demak rejangiz shunday?,- Taehyung qizga butunlay qaradi. - Sizningcha biz nohaq qaror qilganmizmi?
Jin ursin, unga bunday so'zlarning hech biri ta'sir qilmaydimi? Ortiq o'zimni tutib tura olmayman. Men ham rasmiy turishimni yig'ishtirib , qarshimdagi erkakga qarab burildim.
- Janob Kim tushuning...bu xato edi. Men hech qachon atayin bunday ish qilmasdim...
U menda ancha baland. Jin ursin egasiga mo'ltillayotgan kuchukdek his qilyabman o'zimni. U menga yana bir qadam yaqinlashdi. Bu manipulyatsiyaning yangi usulimi?
- Xo'sh demak, mana bu so'zlar ham alkogol ta'sirimi ? Amerikano emas, sutli qahvani, yangi telefon va mening...
Taehyung shu nuqtada to'xtab qoldi. Aynan " mening" dan keyin. So'z ta'siri uni qizdan nigohini olib qochishga ham olib bordi.
- Bu... Musiqa eng yaxshi musiqa. Sizga eng yoqadigan musiqa...,- Taehyung shu soniyada so'zidagi qat'iylikni qaytarib olsihga qattiq kirishgandi.
- Hech nimani tushunmadim. Menimcha sizga bu musiqa men yaxshi ko'radigan yagona musiqa demagan edim.
- Unda eng yaxshi ko'rgan musiqa sizningcha nima bo'ladi? Karaokeda miyaga birinchi keladigani va uni aytishni chin qalbdan xohlaydiganingiz emasmi? Ular ko'p bo'lishi mumkin emasku.
Taehyungdagi ovoz ohangi ko'tarilgani aniq sezilarli darajada edi.
- Kechirasiz...,- Sua yerga qaradi. Ammo birdan jimib qoldi. O'zi nega kechirim so'rayapti. Shunchaki yoqtirgan musiqasi uchunmi? Sua o'z huquqlarini yaxshi biladi. Bu direktor yoki vitse prezident farqi bo'lishi kerak emas. - Lekin buning uchun shunchalik jahl qilish shartmi?
- Yo'q men umuman...
- O'ylab qaralsa, bu g'alati. Siz menga shaxsiy yoqtiradigan narsalarim bilan hali ham tanqid qilmoqchi bo'lyabsiz.
- Men tanqid qilmayabman. Shunchaki..bilishni istayman,- rad etdi Taehyung.
- Men haqimdami?,- o'ylab ham o'tirmay so'rab yubordi Sua.
- Yo'q,- Taehyungdan boshqa kutib ham bo'lmaydan huddi muqarrar javob qaytdi. - Men haqimda. Men faqat o'zim haqimda bilmoqchiman. Men menda yana qancha qolganini bilmoqchiman.
- Qancha qolganini? Nimani?
- Imkoniyat.
- Imkoniyat?,- tushunmay qaytardi Sua.
- Hali ham boshqa yigit bilan uchrashmayabsanmi?,- Taehyung bu savolni qizga yanada yaqinlashib kiprik qoqmay berdi.
Bu savollar ketma ketligi. Hali ham boshqa yigit bilan uchrashmayabsanmi?
Hali.. u hozir hech kim bilan uchrashmayotganimni yoki avval uchrashganimni qayerdan biladi?Bu inson mendan nima istayabdi o'zi?
Tushlik vaqti. Uch dugona bo'lgan qizlarning odatdagi birgalikdagi tushligi. Ular kolleglari bilan birga tushlik qilish haqida ham o'ylay olmaydi. Masala hozir bunda emas. Sua Insan va Daheni shu qadar shoshilinch tushlikka olib keldiki, sal avval tushgan direktor Kimning, Sua aytishi bo'yicha aytiladigan bo'lsa, 'la'nati Kimning' xonasidagi suhbatni tezroq ularga aytib berib, keyingi qadamini qanday bosishini bilmayotganini o'ylayotgandi.
Oldidagi pastani yeyishni boshlagan Insan Suaga ovqatini og'ziga joylamay qayta qaradi.
- Shunday qilib unga yigitim bor dedingmi?
- Haa. Ahir bu kutilmagan savol edi. Men shoshib qoldim.
Insan shunchaki oldidagi stakanni ko'tarib suvdan simirib jilmaydi. Sua esa qoniqarli javob kutar edi.
- A nima? Yigitim yo'q ekanligi shunchalik ochiq bilinib turadimi?
Insan: Ahmoqona so'zlarni gapirma!
Sua xo'rsinib qo'ydi. Huddi Insanning so'zi hozir dalda bera olmagandek.
Insan: Ammo bu yigit juda qiziqarli. U sendan yigiting bormi deb so'ramagan, u hali ham degan . Bu nimani anglatadi.. U sen yigiting bilan ajralganingni qayoqdan biladi?
- Aha...,- yana bir xo'rsinib qo'ydi Sua. - Balki kecha yana bir nimalarni valdirab yuborgandurman.
Suaning o'ychan nigohlarini ko'rgan Insan mavzuni ortiq davom ettirishni istamadi.
Insan: Mayli , unut. U ish boshqaruvchi direktor. Uni boshqa ko'rmaysan. Har holda mayda hodimlar bilan o'ralashib yurishga vaqti yo'qdir.
- Lekin menimcha yaqin orada uni yana ko'raman.
Insan: Qanday qilib? Qayerda? Ishdami?
Sua sumkasini kovlab stol ustiga ikkita qandaydur chiptani qo'ydi. Qo'yilgan zahoti Insan uni o'zi olib tomosha qila boshladi.
Insan: Nima bu?
Sua: Qandaydur mini konsert uchun klubga taklifnoma chiptasi. Yigitim bilan o'sha yerga borishimni taklif qildi. Aytishiga qaraganda bu ertaga bo'lar ekan.
Boyadan buyon ovqatini jim yeyayotgan Dahe Insanga qarab kulib yubordi. Insan ham javoban kuldi.
Dahe: Suaa umuman aldashni bilmaysan..
Insan: U seni haqiqatan yigiting bormi yoki yo'qligini tekshirmoqchi bo'lgan .
Kulgu aralash gaoirayotgan dugonalariga qaraganda Sua umuman kulmayotgandi.
- Nima qilamann? Ertagacha qayerdan yigit topaman.
- Begona bilan uchrashuv chiq. Tanishuv uchrashuvlarini belgilovchi platformalar menda bor. Shunchaki birinchi tanishuv uchrashuvini belgilaysan va yigitni o'sha clubga olib borasan.
Suaning ko'zlarida charaqlash ko'rindi. Garchi Sohyon bilan ajralganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa ham, hozir hech qanaqa tanishuvni istamayotgan bo'lsa ham, bu taklifni o'ylanmay qabul qildi.
Keyingi kun.
Insan aytgandek Sua bugun Kimga ofisda duch kelmadi. Bu aniq hodisalardan biri edi. Ferron Company kichik ofischa emas. Tushlikdagi vaqtini yangi ijara uyni ko'rishga ketqizgan Sua , ayta olishi mumkin haftadagi eng omadli hodisa mana shu yangi uy edi. U qiz istagandek, barcha mayda detallargacha bir xil, Suaning hayolida ideal ixcham va shinam sharoitga ega bo'lgan uy edi. Sua o'zida yo'q xursand edi. Ammo bu u uyning ijara haqini eshitguniga qadar davom etdi. Aytib o'tilganidek yagona omadini qo'lidan shunchaki qo'yib yubora olmasdi. Insan. Muammo yechimi kitoblarda yoki kinolarda ko'rinish beradigan mashxur bir ko'rishda sevib qoluvchi badavlat yigit yoki CEO emas, Insan edi. Dugonalik. Yosh farqini hisobga olib qaralsa, Insanning qarz evaziga bergan yordami Suaga biroz kamroq onalik mehridek ko'rinishi mumkin. Lekin nima bo'lganda ham qiz bolalar do'st bo'la olishiga ishonmaydiganlar mana shu yerda isbotni ko'rib ketishlari kerak edi. Insan Dahe va Suaga doim har qanday vaziyatda ham yordam berib kelgan. Qo'lidan kelgunga qadar.
Kayfiyati kechga qadar umuman buzilmagan Sua, kechga rejalashtirgan tanishuv uchrashuviga qadar buni yo'qotmadi. Inson ajralgandan, ayniqsa, xiyonatli ayriliqdan keyin tez tanishuv uchrashuviga chiqib biron kimni yoqtirib keta olishi Sua nuqtai nazaridan biroz qiyin. Yo'q, u Sohyonni o'ylab siqiladigan qizlar toifasidan emas. Shunchaki bu jiddiy munosabatlar qurish yoki qurmaslik bilan bog'liq. Jiddiy munosabatlar hazil emas.
Sua uchrashuvga chiqgan yigit umuman olib qaralganda standardlarga to'g'ri kelardi. Baland bo'yli, gavdasi kelishgan, chiroyli yuz. Ish va boshqa hobbylar. Bularga juda boy yigit edi u. Ammo Sua uchun buncha ko'p hobby va qiziqishlarga to'la inson mos kelmasdi. U tinmay o'z hobbysi yoki qiziqishini aytganda , Sua qo'lidagi vilkani aylantirib javob berishga qiynaldi.
Buni yomon tarafi yo'q. Ahir men haqiqatan ham u bilan uchrashmoqchi emasmanku.
Sua yigitga jilmayib qo'yib, uning gaplari davomini eshita boshladi.
Ovqatlanishdan so'ng navbat o'sha taklifnoma berilgan klubga kelganida yigit taklifni o'ylanmay qabul qildi. Har holda Sua bundan biroz yengil nafas ola boshladi.
Biz taklifnomadagi manzilga yetib kelib ichkariga kirganimizda qorong'u va uncha ko'p emas, ammo o'rta hajmdagi bu yerni to'ldirib turgan insonlarga duch keldik. Barcha kichik zal yuqorsida yorug'lik berilgan sahnaga qarab, hio hop janridagi musiqa aytayotgan o'rta bo'yli yigitga tikilgancha musiqaga mos tebranardi. Dag'al ovozli oq tana rangli bu yigit barchaning e'tiborini o'ziga qarata olgan edi ham.Tan olish ham kerakki, u sahnada yetarlicha jozibali darajada edi. Ammo u kuylayotgan musiqa men istagan uslubda emas.Shu sabab yonimda sherigim kabi sahnaga mahkiyo bo'lib qola olmadim. Balki to'g'risini aytganda men bu yerga Kim meni nega chaqirganining sababini topish bilan band edim.
- Chiptani sovg'a berishgan deding a?
Men olib kelgan sherigimning savoli sabab unga qaradim.
- Ha menga uni direktorim berdi.
- Direktor?,-u biroz hayron savol berdi. - Yaxshi joyda ishlar ekansan. Bu mashxur klub.
- Oh ha? Ko'rinib turibdi.
Shu daqiqada sahnadagi o'rta bo'yli yigit musiqasini tugatib zalga murojaat qila boshlagandi.
Yoongi: Keyingi musiqaga o'tishdan avval asosiy muallif vokalistni chaqirishimiz kerak. Mmm...uni qanday e'lon qilsak ekan. Debyutidan so'ng darxol uni yakunlashga majbur bo'lgan qo'shiqchi. Mmm.. umuman u qo'shiqchi. Kim Taehyung!!
Kim Taehyung? Men hali ham hech nimaga tushunmadim. Barcha qarsak chala boshladi. 20 yoki 30ga yaqin insonlar bor bu joyda bu chalingan qarsaklar ovozi menimcha keragidan baland. Qarsaklar ketidan sahna yana qorong'ulashdi va qayta biroz yorqinlashdi. Va...
- Bu yerga qo'shiq kuylagani kelganman. Shunday ekan ortiqcha so'zlarsiz davom etamiz. Bu musiqa mening karyeramni boshi va oxiri bo'lgan.
Va...men uchun vaqt to'xtagandek bo'ldi. Sahnada mening direktorim, Kim Taehyung. Yo'q men tush ko'rmayabman. Chunki yonimdagi bugun tanishgan yigitning issiqligini his qilib turibman. Bu rostan ham u. Faqat doimgi qat'iy kostyum va galustuksiz, jiddiy ko'zlarisi. Mutlaqo boshqacha.. Jin ursin... U Sweet Nightni men o'sha karaokeda kuylagan qo'shiqni ayta boshladi.
On my pillow
Can't get me tired
Sharing my fragile truth
That I still hope the door is open
Ovoz... dag'al...va o'sha men yillar davomida eshitadigan musiqamdagidek . Faqat jonli...huddi musiqadek nola... Nahotki u... bo'lishi mumkin emas. Barcha musiqaga mos tebranishni boshlagan. Ammo men joyimda toshdek qotib qolgandim. Sahnadagi Kim esa beparvolarcha,ammo shu qadar yoqimli jonli ovozda bu musiqani aytardiki... Yo'q beparvolarcha emas, u menga qarab kuylayabdi.
Men unga shu qadar anqayib qolgandimki, musiqaning, ha o'sha men yoddan biladigan musiqaning qachon yakunlanganini ham bilmay qoldim. U kompaniyadagi direktor Kim Taehyung emasdek, kiyinish uslubi doim men ko'rgan jiddiy Kim Taehyungnikiga umuman zid klassik uslubda emas. Balki unga o'xshash insondur. Yo'q bu boshqa Kim emas. Aynan u.
#Serin | #One_and_Only
@Cynefin_fanfics.
Eslatma: Diqqat bilan mutolaa qiling. Voqelar ayni qismlarda 2021 yilda rivojlanmoqda.