September 12, 2025

72 DAYS

EPISODE 3

Insonlar o'limi kunini oldindan bilganidan so'ng qanday xisni xis etishlarini faqatgina buni boshidan o'tkazganlar tushunadi. Ammo mening muzlab ulgurgan yuragimda o'zim uchun ham achinish bo'lmadi. Menga doktor miyamdagi allaqanday sharchalar borligi haqida gapirganda, bu sharchalar uch yoki tort oydan keyin portlashi mumkinligi haqida aytganida ham mening ko'zlarim yoshlanmadi. Men o'zi hozir nimalarni his qilyabman. Buni aniq bilmayman. Men shu vaqtgacha shunchaki yashab kelgan edimmi? Maqsadsiz.. nima xohlashimni bilmay ... Yo'q ,..men doim nima xohlayotganimni bilgan edim. Menda faqatgina muz va konki o'rtasidagi bog'liqlikdagi hayot bo'lgan. Do'stlik, ayriliq, hiyonat , sevgi ... Yo'q men ularni hech birini his qilmaganman. Ha men bularni bir nechtasini Dohva bilan his qilib ko'rishga urindim. Ammo biz bunga yoki hali ulgurmagan edik yoki abadiy buni his qila olmaydigan bo'lib yo'llarimiz uzilgan. Tabiatim shunday deb kelgandim. Gap mening tabiatimdami? Yo'q menimcha... Men Han Soyun... 24 yoshligimda miyamda allaqanday sharchalar borligi sabab bu hayotdan vaqtliroq xayrlashishim kerakligi ma'lum bo'ldi. Xayrlashish... qo'rqinchili emas, qachonki seni yashab turgan bu dunyoyingda bog'lab qoluvchi biron bir narsa bo'lmasa. Menda bolalikdan hech kim bo'lmagan. Onam .. balki u buni xohlagandir. Balki u bilan yulduzlar kabi birga osmonlarda uchib yura olarmiz. Men o'lim tushunchasi haqida hozirgacha qo'rquv yoki vahima , bunga o'xshashlarini his qilib ulgurmadim. Shuning uchun ham o'sha bombalar portlaydigan kunni shu xonada kutib yotgan insondekman. Ammo mening bu yuragim ayni damda men his qilmagan hislarni xis qilib ketishga roziligini bermoqchi. Men onam o'limidan buyon yiglamaganman. Bugun bu kasallik sabab ham yig'lay olmadim. O'zi insonlar nega o'lishini bilishsa yiglashadi. Men buni ham bilmayman. Jin ursin.. Menda menimcha oxirgi bor maqsadli qiziqish qattiq uyg'ondi. Men o'sha miyamda bombalar portlovchi kun kelgunicha kundalikka nima his qilayotganimni yozib bormoqchiman. Buni barbir ham o'qiydigan inson yo'q. Shu sabab uncha qiyin bo'lmaydi. Men barchasini shu uch oy ichida his qilib ko'raman. Bugun 14 - kun.

Qo'lidagi daftarni sekin yopgan Soyun kasallar uchun mo'ljallangan kravat chetiga joylashtirilgan stolchani avval yuqoriga , so'ng yonga surib chetga oldi. So'ng yana o'tirgan holidan qayta yostiqqa boshini qo'yib joylashdi. Derazadan tushib turgan Oy nuriga qarab tikilib qolgan qiz dori ta'sirida yana uyquga elita boshlagan ko'zlarini yumdi . Huddi hech nima bo'lmagandek , huddi hayoti shu tarzda yana xotirjamlikda davom etadigandek, xuddi sog'lom insondek... Soyun tinchlantiruvchi dori ta'sirida xatto uxlasa qaytib uyg:onmaslikdan ham qo'rqmay uxlab qolgandi. O'sha musobaqa kuni bo'lgan yiqilish sababi ham mana shu kasallik edi. Musobaqa sabab bo'lgan kuchli hayajon va asabiylik Soyunning ichida yashirib yurgan kasallikni yuzaga chiqarishga sababchi ham bo'lgan balki. Shifokorlar bergan tashxis natijasiga kora, Soyunning miyasida bir nechta kichik sharchalar mavjud bo'lib, ular har qanday daqiqada ochilib ketishi mumkin va ochilish sabab ular ichidagi qon ochiqlikka chiqadi . Bu miya faoliyatini to'xtashiga olib keladi. Hujayralar tarkibidan xulosa chiqarilganda bu hodisa bir kun emas bir kun sodir bo'ladi. Taxminiy muddat Soyun uchun uch yoki to'rt oy etib belgilangan. To'g'ri sportchilar doim tibbiy tekshiruvdan o'tib yuradi, ammo bu kasallik bir yoki ikki urinishli tekshirishlarda ham ko'rinmasligi mumkin ekanligi Soyunni saralash baxslarida qatnasha olganini oqlaydi. Yiqilish sodir bo'lgan kundan buyon har kuni Soyunni oldiga xabar olish uchun uning treneri keladi. O'sha kuni yiqilish sabab xushini yo'qotgan Soyun uch kun o'ziga kelmadi. Xushi o'ziga kelganidan so'ng Dohva birinchi va oxirgi uning oldiga keldi va qizga bu musobaqada yutqazish sababi ham u ekanligini , va unda ham hozir ruhiy tomonlama hammasi joyida emasligini aytib ketdi. O'ziga kelganida bu mudxish tashxis hali qizda aniqlanmagandi . Balki Dohva shu sabab ham bu gapni qizga ayta oldi. Balki buni bilganida uning ham ichida qizga nisbatan biroz bo'lsada achinish bo'lardi. Musobaqa u uchun eng hal qiluvchi bosqichda edi. Balki rostan ham uning Soyunni ayblashga haqqi bordir. Dohva qizga buni zarda qilib aytgani yo'q. Shunchaki uning bor umidlari yo'q bolganini yuzidan o'qib olish qiyinmas edi. U shunchaki Soyunga bor umidi so'ngan , yuzida ham hayotga bo'lgan xohishini qayergadir go'yib bo'lgan qiyofada keldi. Soyun ham bunga qarshilik bildirmadi. Aniqroq qilib aytilganda qizga yigitning rahmi kelmagani yoqdi. Soyun o'zini birovlar oldida kuchsiz ko'rsatishni yoqtirmaydi. Mana shu bir hafta davomida har kuni uning oldida bo'lgan treneri unga g'amxorlik qilmoqda . Ammo bu qizni hotirjam qila olmayapti. Chunki bu yerda kim bo'lsa ham unga achinish, huddi hozirdan o'lib bo'lyotgan, chalajon insonga tikilgandek qaraydi. Soyun bir haftalik shifoxonadagi bu davolanishdan allaqachon shu sabab to'yib bo'lgan. Diqqinafaslik va nigohlardan nafratlanish xissi.

>>>
Tong otganini bildirib qishning sovuq havosi oralab kuchsiz nur taratayotgan quyosh Soyun yotgan xona derazasini ham chetlab o'tmadi. Deraza ostida joylashgan kravatidan biroz erinib ko'zini ochgan qiz birinchi bo'lib, osmonga tikildi.
So'ng ikki kishi uchun mo'ljallangan xonada hali sherik bemor yo'q bo'lgani sabab bo'sh turgan ikkinchi kravatdan tanish ovoz yangradi.

- Hayrli tong, gulcham,- tanish bo'lishga ulgurgan o'sha qiz uchun qo'yilgan laqab va bu ovoz sohibi.

Soyun boshini yon tarafga burdi va yana o'sha qizga doim kulib turuvchi chehrani ko'rdi. U qizga qaramagan holda shiftga, ikki qo'lini boshi ortiga qo'yib yostiq qilib olgancha , kravatga o'z yotog'idek joylashib tikilib yotardi.

Shunaqaroq mos rasmini topolmadim. Uygoq tepaga qarab yotibdi deb oylelar hop)

Ustidagi qishki kurtka va oyoqdagi yechilmagan oyoq kiyimga qaraganda u bu yerga tongning qaysidir daqiqasida kelgan.
Soyun shu turishda yonidagi kravatda shiftga tikilib yotgan yigitga qarab qoldi.

- Xo'sh... Oppoq shiftga tikilib yotish qanday tasurot uyg'otdi?..,- nihoyat past ovozda yigitga savol berdi Soyun.
- Ko'p insonlar oxirgi nafasini yutayotganda , shu oq shiftli manzara ular ko'rgan oxirgi kadr bo'ladi to'g'rimi? Bu daxshatku,- hali ham shiftga tikilgancha bir xil tonda davom etdi yigit.

So'zlar ta'sirida qiz biroz ko'proq kislorod yutib chiqardi. Demak u ham bilgan. Qizning miyasida chaqmoqdek bu fikr bir yorishib o'tib ketdi.

- Bu manzara oxirgi nafasimni olishimdan avvalroq jonimga tegib ulgurdi,- Soyun endi butunlay yigit tomonga burilib yotdi.
- Menimcha shifoxonadagi shiftlarga gul yoki yorqin rangdagi bulutlar chizib chiqish kerak,- endi yigit ham qiz tomonga yuzini burdi.
- Hammada ham mendek yigit bolmaydi ahir, gulcham..

- Isming nima?,- nihoyat yigitga qiz tomonidan birinchi bor qiziqish bildirilganini anglatuvchi savol berildi. Ammo yigitning ilmoqli so'zini e'tiborsiz qoldirgancha. Savoldan yigitning yuzida yana o'sha qisqa kulgu aks topdi.

- Jungkook, Jeon Jungkook,- o'sha kichik kulgu ketidan javob berdi yigit.

- Xo'sh o'sha kuni senda ham musobaqa bo'lishi kerak edi... Yutdingmi?,- ikkinchi qiziqishni anglatuvchi savol qiz tomonidan berildi. Ammo bu safar yigitning yuzidagi jilmayish g'oyib bo'ldi. U yuzini qizdan olib qochib yana shiftga tikdi.

- Yo'q, men yutqazdim..,- qisqa javobdan so'ng to'xtab qoldi Jungkook. Endi chuqur nafas olish navbati Jungkookniki.
- Necha yillardan buyon birinchi bor otam musobaqaga meni qo'llash uchun kelganda men yutqazdim. Shuning uchun bir hafta hech kimni ko'ziga ko'rinmadim. Ammo oxirgi bor bu yerga kelganimda eshitgan xabarimdan keyin senga ko'p narsalarni ko'rsatishim kerakligi yodimga tushdi. Gulcham... shunchalik noyob ekanligidan unga sanoqli kunlar belgilashibdi,- Jungkook yana qizga qaradi.

Soyun endi aniq biladi. Bu u ahmoq deb hisoblagan yigit ham kasallik haqida bilgan.Uch kunlik muxlislik muhabbati deb hisoblagan bu yigit qarshisida chindan jiddiy maqsad bilan turganini his qildi u. Ammo bir narsa odatdagidan boshqacha. Yigitning nigohlari. Ular qizga tikilgan. Huddi o'sha nigohlari bilan, ko'z qorachiqlari bilan qizga jilmayib turgandek. Ular qizning nigohlari bilan tutashgan. Soyunning ham ko'zi ushbu tonggi quyoshda yanada yorqinroq ko'rinayotgan qorachiqlarga mixlangandek. Yigitda bu xabardan so'ng o'zgarish bo'lmabdi ..

- Nimani ko'rsatmoqchisan?,- ko'zini yigitnikidan olib qochmay savol berdi Soyun.

- Sen ko'rmagan va his qilmagan barchasini. Men bu yerda seni uyg'onishingni kutib yigirma daqiqa yotdim. Mana bu daxshatli ko'rinayotgan shift jonimga tegib ulgurdi. Bir haftadan buyon jim yotganingga qoyil,- oxirgi so'zlarni o'rnidan turib o'tirgancha gapirdi Jungkook. - Qani bo'laqol , shoshilimiz kerak. Men bilan ketasanmi?

Soyun yana qarshisida jilmayib turgan yigitga jim tikilib qoldi. U qizga u istagan taklifni bermoqda. O'zi unga ishonsa bo'ladimi? U qizni rostdan ham sevadimi? Yo'q bu haqida u aniq hech nima aytgani yo'q.. Yoki bunday taklif berayotgan ahmoq insonmi?

- Mayli ... Kel urinib ko'ramiz,- Soyunda bunday narsalarni o'ylashga ortiq vaqt yo'q. Qiz yotgan o'rnidan o'tirib, bir qo'lini yigit tomonga cho'zdi. Ayni damda u birinchi bor tavakkal qilib ko'rdi. Asosiysi, qarshisidagi javobdan kulgusi yanada kengayib ketgan bu yigit u nima istayotganini aytmasidan aytdi. U istayotgan taklifni berdi. Qizda yo'qotadigan hech nima qolmagan. U yana shunchaki istaganini qilmoqchi.

***
Bemorlar uchun mo'ljallangan pijamasini ham almashtirmagan Soyun ustidagi o'zidagi to'rt o'lcham katta turgan Jungkookning kurtkasini ilib olgan. Qo'liga bor yog'i telefoni va daftarini olgan qizning ikkinchi kafti yigit tomonidan qattiq siqib olingan. Xonada qizning kaftini birinchi bor siqqan Jungkook shu bo'yi uni bo'shatmadi. Kaftlarning kattasi o'zi tutgan kichikkina kaftni siqib oldinga ildamlamoqda. Hech kim va hech qayoqqa qaramagan ikkisi to'g'ri borib liftga kirib joylashdi va liftga Jungkook tomonidan ostgi qavat buyrug'i berildi. Ko'zini qo'llari hali ham mahkam siqib olgan kaftlardan uza olmayotgan Soyun uchun qayerga yo'nalib ketishyotgani umuman ahamiyatsiz. U shunchaki ergashmoqda. Bir hafta o'rnidan turishlarsiz, harakat qilmagan Soyunning oyoqlari chalkashib ketgancha yurgandi. Lift ostgi qavatni , mashinalar turar qavatni ko'rsatib to'xtagach Jungkook qizni kelinlik uslubida ko'tarib olib to'g'riga yurishda davom etdi. Egnida faqatgina pijama bo'lgan Soyunni oyoqlari endi sovuqlikni seza boshlab yigitning bo'yniga yopishdi. Soyun his qilayotgani hozirda faqatgina bo'yniga osilib olgan bu yigitdan uning ko'ngliga yoquvchi ifor kelmoqda. Hozir ayni damda taniganiga endi bir haftadan biroz ko'proq kun bo'lgan bu yigitga qo'shilib qayoqqa ketayotgani ham ahamiyatsiz bo'lish darajasida edi Soyun. U doim istaganini qilgan. Hozir u shu kasallik haqida bilib ham qizga bo'lgan nigohi va muomilasi o'zgarmagan yagona inson bilan ketishni , unga , balki istagan xohishlarini amalga oshirish uchun ergashishni istamoqda.

Bir necha qadamlardan so'ng to'xtagan yigit qizning tizzasini tutgan qo'lidagi pult bilan mashina eshigini ochish tugmasini bosdi. Yoqtirgan rusumidagi mashina ovozini eshitgan Soyun darrov yuzini yigitnikidan olib, mashina tomonga qaratdi.

- Bu BMW...?,- past ovozda pichirladi qiz.

- Ha .. yoqdimi?,- qizni yerga tushirgancha so'radi Jungkook.
- Avvaldan yoqqan, ammo ololmaganman..,- e'tiborini to'liq mashinaga qaratib bir aylana aylanib chiqib gapirdi Soyun. - Senda bunday narsalar borligini kutmagandim.

- Musobaqalardan yutuqlarimni faqat shu mashinaga ajratganman. Nima, seni metroda olib ketishimni kutganmiding?,- bemorlar pijamasida mashinaga sinchiklab tikilayotgan qizga gapirdi Jungkook.

Olib ketish haqida eshitgan Soyun nihoyat qayerga ketayotganini,nega bu yerda turganini esladi.

- Haa... Aytgancha.. biz qayerga ketyabmiz?,- mashinadan nigohini yigitga qaratgan Soyun miyasiga endi ura boshlagan hayollar ta'sirida duduqlanib savol berdi. Duduqlanish asabiylashishni olib kelib qo'li mushlangan qiz nega bunday bo'layotganini tushunmasdi.
Qizning savolidan miyig'ida kulib qo'ygan Jungkook qizga yaqinlashib uning qarshisiga turdi. Soyunni turgan joyidan ikki qo'lini mashinaga qo'yib devor yasagan Jungkookning yuzi endi qizniki tomon yetarlicha egilgandi.

- Buni boya aytdim, gulcham. Rozilik bermasdan oldin duduqlanib ko'rishing kerak edi,- hali ham lab chetida kulgu turgan Jungkook yuzini yonga burib soxta o'ylangandek ko'rinish qildi va qayta qotib turgan Soyunga qaradi. - mm... Menimcha men barbir seni olib ketardim. Foydasi bo'lmas ekan.
- Men ... Senga bunday yaqin turishga ruxsat bermadim!,- nihoyat qo'lini yigitning ko'ksiga tirab qarshilik qildi Soyun.

- Men birinchi tanigan Soyun qaytdi ! Tabriklayman!,- qizning so'zlaridan keng kulgu hosil qilgan Jungkook qizning ortidagi eshikni ochib , gavdasini uzoqlashtirdi. - O'tiraqoling, gulcham..

- Sen rostdan ham ahmoqsanku.. ammo... Mayli,- Soyun indamay mashinaga joylashdi.

Ketidan haydovchi o'rniga o'tib joylashgan Jungkook mashinani yurishga shayladi.

O'z yoqtirgan rusumidagi mashinaga o'tira olganidan hursan Soyun, hursandligini ham ko'rsatishni bilmaydi. Uning hursandligini mashinani har bir detalini tinmay tomosha qilayotganidan sezib turgan Jungkookning ham yuzida bu aks topa boshlagan. Yo'l qayerga olib borayotganiga endi ham ahamiyat bermagan Soyun sokin va bir tekisda olib ketayotgan bu mashinada sekinlikda uxlab qolayotgandi endi.

Mashina bir soatlik yo'ldan so'ng ko'p qavatli bino oldida to'xtagan . Yigit qizni o'zining kurtkasiga qattiqroq o'rab , bino ichiga , so'ng liftga yo'nalgan. Uncha hashamatli bo'lmagan kvartirasiga kelib ulgurgan yigit qizni o'z yotog'iga avaylab joylashtirdi. U hali ham uyquda.

Soyunning ustidan kurtkani yechib olib, o'rniga pastelni yopgan Jungkook qizning kichik yuziga tikilgancha yoniga o'tirib joylashdi.

~Mening endigina topgan gulcham... U hech kimga o'xshamaydi. Men uning ko'zlarida huddi yagona chi qalbimdan yaxshi ko'rgan ayol, onamniki kabi porlab turuvchi nurni endigina topgandim. Ertalab uning palatasi oldida qilgan tomosham... Shifokorning hech qanaqasi iloji yo'q deb tushuntirishlarini ...jin ursin.. uning yuzini bejab qo'yishimga oz qoldi... Devorga qo'limni musht bilan urib, qancha vaqt karaxt qolganimni bilmayman ham.. Bu beozor , nimjon gulcham... Hech nimani o'ylamay men bilan keldi... U shuni istaganidan qanchalar baxtli ekanligimni bilmaydi ham.. Uni o'sha kun kelguniga qadar dunyodagi eng baxtli qiz qilaman.. Va'da beraman... U his qilmagan barcha iliqlikni his qildiraman...~

Jungkook qizning peshonasiga lablarini bosib biroz vaqt uning yumshoq terisini his qilib turdi. So'ng uni xonada yolg'iz qoldirib tashqariga yo'naldi.

>>>

Soyun Jungkook uning oldiga shifoxonadan ketayotganda berilgan qabul qilinishi kerak bo'lgan dorilarga qarab qo'yib, ularni ichib oldi. So'ng qo'lidagi daftarni ham yopib ko'zgu qarshisiga borib o'ziga yaqindan yana biroz tikilib , makiyaj yaxshiligiga yanada ishonch hosil qildi. Makiyaj qizning oqarib ketgan rangini sal bo'lsada yaxshilashiga umid qilardi Soyun.

Kundalikda:

Bugun o'sha ahmoq bilan yashashni boshlaganimga besh kun bo'ldi. Menda biroz bosh og'riqlar bo'lmoqda. Bosh og'riqlarga esa birozgina ko'ngil behuzur bo'lishi qo'shildi. Bu doimiy emas, bular odatda tutmasa, qolgan vaqt men bombalar haqida butunlayiga unutib qo'yyabman. Bu balki Jungkook o'sha kuni doktordan olgan tabletkalari ta'siridadir. Nima bo'lganda ham bu dori og'riqqa yordam beryapti.Huddi hech nima bo'lmagandek. Bombachalar biroz shoshilmay turishini so'ragan bo'lardim . Chunki menda xohishimni tinglaydigan, men taniydigan yagona inson bor. Men hammasiga ulgurishni xohlayman. Har kunlikni yozishga harakat qilmoqdaman. Ammo bu Jungkook har kuni qilish kerak bo'lgan allanimalarni o'ylab topadi. Men tushundimki, bu yigit Dohva umuman o'xshamaydi. U menga yangi kiyimlar sotib olib berdi. Uning aytishicha otasi boy inson emish. Otasi doimiy chet davlatda bo'lar ekan, shuning uchun ham u musobaqasiga kelishini menimcha uzoq kutgan. Men uni davom etishini xohlayman. Xo'sh men mavzudan chetlashib ketadigan odat chiqardimmi?! ... Hullas .. bugun men uni muz saroyiga olib bormoqchiman. Aynan mening sport klubimga emas. Biz ommaviy konki uchish zaliga boramiz. To'g'ri u yerga faqat juftliklar uchrashuv uchun borishadi. Ammo bizda bunday emas. Men shunchaki uni muz ustida qanchalik dovdirashini tomosha qilmoqchiman. Ahir bu katta tana yiqilib tushsa, qiziqroq hodisa bo'ladi. Huddi ulkan , kichik quloqchalarga ega ayiqcha dumalab qolgandek.. uning bu holati yoqimtoy bo'lardi) . Men uning ustidan kulib qo'ydim. Balki buni o'qir.. Mayli.. Ha aytgancha men uning laqabiga ko'nika boshlaganman. Men o'zimni sovualik sohibasi deb hisoblasam ham bu yigut meni gul deb ataydi. Bu noto'g'ri proprsional bo'lsa ham, buni unga uqtirib bo'lmaydiganlar xilidan ekan.

Bugun 20-kun. Men bugunni Ayiqlar yiqilish kuni deyman).

... Yigitning xonasidan o'zinikidek joylashgan qiz chiqib keldi. Telefoniga tikilib yo'lni taxminlayotgan Jungkook qizning tomoq qirishidan yuzini ko'tardi.

- Tayyormisan?,- yigitdan keyin tayyor bo'lgan Soyun unga o'zi shu savolni berdi.
- Men allaqachon shu yerda seni kutib turibman. Sen..
- Mayli kettik!,- Jungkookni gapini tugallashiga ham qo'ymagan qiz, hech qanday emotsiyasiyasiz eshikka yo'naldi. Bundan yigitda jilmayish kengayardi holos. Qiz yigitga, yigit esa qizga o'rgana boshlagandi allaqachon.

>>>

Navbat ketidan vanihoyat o'z o'lchamlaridagi konkilarni olib, kiyib olgan ikkisi muz zal tomonga chetdagi devorga yopishtirilgan ushlagichlarni ushlab yetib kelishdi. Bu yer ommaviy ko'ngil ochar joy bo'lganligi sabab doim odamlar bilan to'la bo'lgan. Muzda uchmaganiga bir oy muddat bo'layotgani yodiga tushgan Soyun qadamini oldinga bosishdan avval o'ylanib qoldi. Uning ortida Jungkook. Oyog'ini chiniqtirmoqchidek hadeb qimirlatib qo'yish bilan ovora.

- Hoy, qiz qani bo'lmaysizmi? Qo'rqsangiz yo'ldan qoching!

Soyun yelkasi osha ortidagi Jungkookga qaradi , so'ng undan keyin turgan tezroq bo'lish haqida baqirgan to'lacha qizga ko'zi tushdi.
Qayta oldinga qaragan Soyun ortiq nafasini ushlab turolmay ortda baqirgan qizga qo'rqmayotganini isbotlagan kabi muzga keskin tushdi va oyoqlarini havaskorlardan farqli mukammal ravishda harakatlantira boshladi. Muzning qirilishi, undan chiqayotgan tovush, vanihoyat o'sha yuziga uruluvchi muzdek shaboda Soyunning sochlarini ortga taragandek silab o'tmoqda. Soyun o'zini yana erkin his qila boshladi. Atrofda uchishni biladigan ham , bilamaydigan juda ko'p insonlar orasidan abjirlik bilan o'tib , sog'inishga ulgurgan mashg'ulotidan butun vujudi ila zavq olishni boshlagandi Soyun.

~ Men Han Soyun... Muzdan hech qachon qo'rqmayman...~

Ha yiqilish Soyunda travma bo'lishga ulgurmagan. U o'zini o'zidek faqat shu yerda his qila oladi. Muzdan butunlayiga voz kecha olmaydi .

Maydonni bir aylana aylanib chiqishga ulgurgan Soyun chiqish va kirish bo'lgan yerga endi ko'zi tushdi. Ahir Jungkook.. u bilmasdi. Qizning yodidan butunlayiga tark etganini endi tushundi u. Chetroqqa surilib borgan Soyun tezligini pasaytirib, endigina muzga tushayotgan orasidan Jungkookni qidira boshladi. U taniydigan yagona inson. Uni bunday tashlab ketish qizda aybdorlik xissini uyg'otdi negadir.

Atrofga alanglab, elliklatalab odamlar orasidan Jungkookni topa olmayotgan Soyun qo'liga telefonni oldi. Bir necha marta qo'ng'iroq qilingan ammo saqlanmagan raqamni endigina ustiga bosib chaqiruvni kutishni boshlagan Soyunni ortidan kuchli tezlik bilan undan katta tana kelib quchdi.

- Huuh... Men esingda ekanman a?

Tanish ovoz egasi ikki qo'lini ortdan qizning yelkasidan o'rab oldi. Soyunning yelkasiga boshini qo'yib to'yib nafas olayotgan yigitning yuzida keng tabassum bor .

- uzr.. muzni ko'rib barcha narsa yodimdan ko'tarilib ketdi,- ko'ksidan pastda qo'llarini qo'shib quchib olgan Jungkookdan yerga qarab uzr so'radi Soyun.
- Sen juda ham chiroyli ko'rinyabsan. Aynan mana shunday.. muzni ustida. Men unda uchishga qo'rqasan deb o'ylagandim,- so'zini jiddiy ohangda gapirib jimib qoldi Jungkook.-Lekin gulcham muzni ko'rishi bilan yaproqlarini hilpiratib ketdi,- Jungkook yana kuldi.

Yigitning so'zlaridan , g'amxo'rlik sifatida aytilayotgan so'zlardan qizning yuzida sezilar sezilmas tabassum paydo bo'ldi. Soyun jilmayar ekan hayron qolardi. Nega bu inson uni shunchalar yaxshi tushunadi? U qiz huddi bolaligidan birga o'sgandek yaqin. G'amxorlik...Soyun uning oldida bu tuyg'uga muhtojlikni tuyyapti. Erkak tomonidan nozik hilqat, ayolga ko'rsatilishi kerak bo'lgan barchasini.

Yuzidagi kichik jilmayishni yo'qotib, Jungkook qo'llaridan chiqqan Soyun ortiga burildi.

- Sen uchishni bilasanmi?
- Zo'r emas , ammo tik turib, seni tomosha qilishni uddaladim,- oyoqlarini yelka kengligidan ham keng ochib turgan Jungkook qizga javob berdi. Uning javobidan holatini tushungan Soyun qo'llarini sekin Jungkookniki birlashtirdi. So'ng bo'ynini cho'zib o'zidan ancha baland bo'lib turgan yigitga qaradi.

- Oyoqlaringni sal yop. Avval o'ng , so'ng chap. O'ng oyog'ing uchini sal tashqariga burasan va shu vaqtda tizzangni bukib, oldinga itarilasan. So'ng xuddi shunday chapida. Tushundingmi?,- hotirjam yigitga tushuncha berdi qiz.
Jungkook shunchaki boshini ha ishorasida qimirlatdi.

Keyingi daqiqada Soyun yigitni huddi endi yurishni o'rganayotgan bola kabi yetaklashni boshladi. Bunday romantik daqiqalarda odatda qiz hech nimani bilmaydigandek, yigit esa qizga buni o'rgatish orasida teginishlar bilan bo'ladigan manzara kutiladi. Ammo hozir ularning o'rni almashgan. Albatta Soyun bu katta tana egasi yiqilib ketsa uni tagida qolib ketar darajada kichik. Lekin jarayon unga shunisi bilan qiziq. Ammo bir kunda Jungkookni kuchli figurist bo'lib ketishini kutish ham kulguli aslida. Qizning zerikarli 'darslar'idam charchagan Jungkook, endi qo'lini qizniki ustidan o'tkazdi va kuch bilan o'ziga tortgancha oldimlay boshladi. Uning kutilmaganda qiz bilan birga avvalgidan ancha mukammal harakatlana boshlaganini ko'rgan Soyun hayratdan ko'zlari kattalashib ketgandi.

- Hoy ! Hoy.. hozirgina.. ucha olmayotgandingku?!
- Seni ko'rgan kunimdayoq o'rganishni boshlagandim,- tezligini oshirgan Jungkookga qo'shilib , uning qo'lidan tutgan Soyun ham tezlashib borardi.
- Tomosha qo'ydingmi?,- qoshini chimirdi Soyun oldinga qarab, muvozanatni yo'qotmaslik uchun.
- Sen murabbiy bo'lganingda juda ham qo'pol bo'lar eding. Birinchi uchayotgan insonga bunday jiddiy gapirsang uning uchgisi ham kelmay qoladi.

- Shuning uchun ham men bo'lmayman. Sen barbir mendek tez ucha olmaysan,- qo'lini yigitnikidan bo'shatgan Soyun oldinga o'tib ketdi.

Ularga belgilangan vaqt tugagunga qadar quvlashmachoq o'ynagan ikkisi ichkari sovuq bo'lishiga qaramay isib ketgandi. Albatta Soyunni qayta va qayta g'olib bo'lishi , yuzidagi bilinmas kulgular va uni tomosha qilib qolib ketavergan Jungkookning yutqazishi o'yinni qanchalik darajada bo'lganini anglatadi. Ikkisi ham huddi bola kabi o'zini tutishni boshlagan bo'lsa ham bu yerdan cheksiz quvonch topa olishgandi. Kiyimini to'g'rilab tashqariga chiqishganda esa qorong'u tushib ulgurgandi. Tanish rusumli mashinaga Jungkookdan oldin joylashgan Soyun boshini mashina o'rindiga qo'yib nafasini rostlay boshladi. Ortidan kelib joylashgan Jungkook unga qarab qo'yib, qizning nafasi ritmi joyiga tushishini kutdi.

- Mening uslubimdagi tezlikka nima deysan? ,- nihoyat rulga qulayroq joylashgancha qizga savol berdi Jungkook.

Peshonasidagi qo'lini olib u tomonga savolli nigoh bilan qaradi Soyun. Jungkook ham jilmayib rulga qoshini uchirgancha ishora qildi. Qiz nimani nazarda tutganini tushunishga soniya ham qo'ymagan Jungkook mashinani o't oldirdi. Va mashinaning harakati boshlandi. Boshini to'g'ri yo'lga tez qaratgan Soyun Jungkook hazillashmayotganini tushundi. Qo'lini eshik tutqichiga qattiq siqqan Soyun hayajonlanmaslikka ich ichidan harakat qilardi. Mushtga tugilgan ikkinchi qo'lini esa shu daqiqada Jungkookniki yana siqdi. Uning kafti doim issiq bo'ladi. Soyun buni endi payqadi.

- O'zingni bo'sh qo'yib, shunchaki rohatlan . Sen sovuqqotmaysan to'g'rimi? ,- Jungkook yo'ldan ko'zini uzmay , qiz tomondagi va o'zining oynalarini pastlatdi. Muzdek havo yuziga urilishni boshlagan Soyun o'zini toza havo ta'sirida biroz bo'sh qo'ydi. Haqiqattan ham bu muzdagi inson kuchi yarata oladigan tezlikdam ko'ra kuchliroq va bir vaqtning o'zida yoqimli. Nihoyat yuziga urilgan shamol sabab sochini qulog'i ortiga o'tqazgan Soyun jipslashgan qo'liga va Jungkookga qaradi. Jungkookning shabodadagi yuzi , qizargan burni , oppoq terisi qizning hayolida uning kelishgan ekanligini kashf etishiga sabab bo'ldi. Bu esa qiz ham yigitni mahkamroq tutishiga olib bordi.

Yuzi yuqoridagi ochiluvchi oynaga tushgan Soyun Jungkook qarab istagini darrov aytdi. Musiqa yoqib, Soyunni istagini bajargan Jungkook yuqoridagi oynani ochdi. Musiqaning ta'siri va qishning oxirgi oyidagi hali ham muzdek ob havo. Soyun Seul markaziy ko'chasida bo'lishlariga qaramay , tirbandliklardan abjirlik bilan qochayotgan mashinalaridan boshini mashina tepasidan chiqardi. Yuzidagi sochni olishga hojat qolmagan. Soyun qo'llarini asta tepaga ko'tardi. U qushdek uchmoqda go'yo. Yangi allaqanday hissiyotlar. Hursandchilikning allaqanday boshqacha turimi bu? Soyun jilmaya boshladi. Bu jilmayishlar huddi Jungkookdan unga asta sekin yuqayotgandek ko'payib bormoqda. Soyun endi chinakamiga yuragidan yorqinlashib, hursand bo'lgan. U avval past ovozda ichidagi tovushni yuzga chiqardi , so'ng bu ichidagi barcha kir narsalar chiqib ketayotgandek bo'lganini sezib chinakamiga baqira boshladi.

Atrofdagi hamma mashinasidan bu qiz kimligi yoki qandaydir jinniga qaragandek o'tib ketar edi. Ahir hozir qish bo'lsa..

Barchasi eng yuqori nuqtaga yetgan , Soyunning o'pkasiga havoga to'lgan. Ammo Jungkook qizning shimidan pastga tortganida Soyun tushundiki, yo'l chetiga to'xtashmoqda. Yo'l chetida esa militsiya hodimlari ularni kutib turardi. Soyun tezlikda o'zini ichkariga oldi.

- Jin ursin...,- qizdan tanish bo'lgan so'kinishni eshitgan Jungkook kamarini bo'shatib, mahsinadan tushishga shaylandi. Soyunda aybdorlik hissi ham yo'q, u hozirgina yuqori adrenalindan keyingi ahvolda. Mashina ichida hodimlar bilan allanimalarni tushunturishga urinayotgan yigitni tomosha qilayotib, Soyun o'ziga o'xshagan yana biri borligini tushundi. Jungkook ham doim xohlaganini qilib keladi. Oqibatini o'ylamaydi. U qiz kasal deb, boshqalar rad etgan ishlarni o'ylab ko'rmay uning oldida muhayyo qiladi. U qiz istagan barchasini unga yaratib berishni xohlaydi. Shu sevgi deyiladimi? Birga mashq qilish, birga musobaqaga tayyorlanib, bir biri uchun qandaydir manfaat uchun g'amxorlik qilish sevgi bo'lmagan. Nega hayot bunday sistemaga ega? Kerakli narsalar doim topilishi qiyin va qimmat bo'ladi. Kech keladi.. Ammo u hozir Soyunda bor.. U Soyunni deyabdi. Demak kech emas , shundaymi?

Jungkook hujjatlarini va kartasini hodimlardan olib, qaytib mashinaga keldi. Soyun ichkilikdan mast insondek Jungkookga tikilib qolgan. Qiz o'tirgan tomondan eshikni ochib uning yuziga jim qaragan Jungkook yerga qaradi.

- Men shtraf to'ladim. Ammo ular uch kun mashinani jarimaga olib qo'yishar ekan...,- Jungkook qoshini qashlagancha, qizga qarab qo'ydi. - Uyga taksida qayta olamiz..

Soyun hali ham unga jim qarab turaverdi, uning ko'zlari Jungkooknikiga mixlanib qolgandek.

- Gulcham?..

O'sha uning qizga qo'ygan ismi.. va Soyun uning yuziga qarab kulib yubordi. Negaligini o'zi bilmaydi, balki Jungkookning aybdor bolakaydek qarab turishi, balki baxtdan, balki sevgidan..

- Piyoda ketamizmi? ,- kulgusi aralash aytdi Soyun. Jungkook qizning bunchalar keng tabassum qilganini ham birinchi bor ko'rmoqda. U ham sal avval bo'lgan muammoni shu kulguga almashib, jilmaya boshladi. - Sen nima desang shu, gulcham.

Jungkookning cho'zgan qo'liga o'ylanmay qolini bog'lagan Soyun mashinadan tushdi.

Kalitni hodimlarga otib, Seulning yorug' tungi ko'chalaridan qo'l ushlashib ketishni boshlashgandi ikkisi.

Bizda o'sha mashinasiz qolish kunidan so'ng barchasi yaxshilanib ketgandek bo'ldi. Men Jungkookga chinakamiga ishona boshlaganman. Hatto uning keng yelkasi va qorin mushaklariga yashirincha ochko'zlik qila boshladim ham. Agar menda bu imkoniyat Dohvadan avval bo'lganida mushakdor yigitlarga ko'proq qaragan bo'lardim. Bunday bolishiga sabab, men uni futbolkasiz ko'rib qolyabman. Ikki marotaba.. Jin ursin , yoqmayotgan tomoni bu ichimda allaqanday issiq chiziqchalar hosil qiladigandek. U menda iliqlikni his qildiryabdi. Erib ketayotgandekman. Boshqa qizlar bunday hislarni gapirganida ham yoqmasdi. Bu mening ozimda yuz berayotgani.. Ko'payib ketdi. Men ham unii..

( Soyun sevaman so'zini yozishga jur'at qila olmadi)

Har kunim yorqinroq tus olib boryabdi. Bu menga yoqyapti. Men avval his qilmaganlarimni o'rganib boryabman. Men noto'g'ri tanlov qilmaganman.. Jungkook o'zida bor barchasini menga yuqtirmoqda. Kulish , yoqimli holat. U ham kuladi , men ham.. Agar bombachalar bo'lmaganida uni qancha vaqt qiynar edim bilmayman. Bombachalarda hozircha tinchlik. Meni boshimda ular qulay joylashib olishgan. Ammo yaqindagi ba'zi belgilar..va yoqimsiz ko'ngil aynishlari.. Men bularni unutishga qattiq harakat qilmoqdaman. Menimcha buni uddalayabman.

Xo'sh yana bitta hodisa, kecha biz u bilan mehmonxonadagi devanda birga uxlab qolganmiz. Bu.. biroz hayajonli bo'ldi. U uxlayotganda yanada yosh bolaga o'xshaydi..

Oyna oldida tayyorlanayotgan Soyunning oldiga kirib kelgan Jungkook, qo'lidagi tanish daftarga qarab tinmay kulardi. Oynadan Jungkookni va uning qo'lidagini ko'rgan Soyun tezda o'rnidan turib uning qo'liga yopishdi. Abjirlik bilan darrov qo'lini olib qochishga ulgurayotgan Jungkook hali kulardi.
- Demak gulchamga mening mushaklarim yoqqan?

Xonada bu endi chinakam quvlashmachoqqa aylanib ketdi.

- Hoy! Hoy..! Qaytar!

Ortidan yugurayotgan qizdan birdan qochishni toxtatgan Jungkook ortiga burilib, to'g'ri ko'ksiga kelib tushgan qizni atrofidan qo'lini o'rab tuzoqqa tushirdi. Qochishga urinayotgan qizga hali kulib qarab turgan Jungkook buni eplay olmasligini aniq bilardi.

- Jungkook!,- Soyun birinchi bor uning ismini tilida aytdi. Buni kulishni to'xtatgan Jungkook ham bildi. Qiz birinchi bor uning ismini aytdi.

- Qaytar..,- chuqur ovozda jiddiy bo'lib qolgan Jungkook Soyundan ko'zini uzmasdi.

- Nega o'qiding..?,- uning chuqur ovozidan va bu yaqin masofadan Soyun ham ovozini pasayganini sezmay qoldi.

- Men uni har doim o'qigandim. Lekin sen men haqimda birinchi bor eng iliq gaplarni aytibsan. Sen ham...

- Shh...,- Soyun uni toxtatdi. - To'g'risi bunga hali...jur'atim yetmaydi..

- Meniki yetadi ..

- Sen ham aytma! ,- Soyun yana ovozini ko'tardi.

- Seni sevaman,- bag'rida tipirchilashdan jimib qolgan qizga qarab jiddiy ohangda aytdi Jungkook.
- ...,- Soyun nimadir demoqchi bo'ldi, ammo til qimirlashga ojiz. - Aytma degandim... Jungkook..

Soyun nihoyat ichidagi borini yig'ib, uning ismini ikkinchi bor aytdi. Bu uning yigitga bo'lgan tuygularini anglatadi. Jungkook qaytar dedi, va u qaytardi.

Ismini eshitib yuziga jilmayish qaytgan Jungkook yuzini qizniki baravar pasaytirdi. Soyun shu vaqtgacha biron yigit qarshisida bunchalik uyalmagan. Dohva bilan bunday yaqinlik bo'lgan, ammo qizda bu oson kechgan. Nihoyat yakunlangan masofa va lablar uchrashuvi. Labida o'zga iliq labni his qilgan onidayoq ichiga yigit tomondan iliqlik kirib borayotgandek bo'lgan Soyun joyida titrab ketdi. Harakatlanishni boshlagan yigitning lablari qizdagi titrashni aniq sezdi. Qo'lini bo'shatgan Jungkook qizning yuzini kaftlariga orasiga olib, uning iyagini kerakligicha kotarardi. Qo'llari boshalgan ondayoq yigitning yo'g'on belidan ohista tutgan Soyun ham bo'saga javob bera boshladi. Chuqurlashuv bo'ladi albatta. Ammo keyingi daqiqalarda kislorod ayni damda nafaqat Soyunga balki Jungkookga yetmay uzilish ham yuz berdi. Biroz nafas yutishdan so'ng qizning qo'llari endi yigitning bo'yniga o'raldi. Soyun bu safar birinchi o'zi masofani yopdi. Jungkook ham unga u kabi chanqoq bilan javob qaytarardi. Ammo yigitniki kabi uzoq nafassizlikka qiz dosh berolmay uni yakunladi. Endi ikkisining peshonasi bir biri bilan uchrashib nafasini rostlay boshlashdi. Nafas orasida Soyunning past ovozi eshitildi.

- Qorbola yasashni xohlayman . Sen bilan ...,- Soyun yuzini ko'tarib yigitga qaradi.

So'ng yoqimli kulgular..