April 27

𝗘𝗠𝗣𝗜𝗥𝗘 𝗢𝗙 𝗖𝗢𝗟𝗗 || 𝗝𝗝𝗞

𝗛𝗔𝗠𝗞𝗢𝗥𝗟𝗔𝗥 | 𝟮𝟱

Odamlar allaqachon Zuhaning qiyofasiga ko‘nikib ulgurgan edi, shu sabab endi hech bir qo‘riqchi qizni to‘xtatishga urinishga vaqt sarflamasdi. Jeonlar qancha kamchiliklarga ega bo‘lmasin, Zuha ularning familiyasi oʻziga hozirgacha bergan imtiyozlardan mamnun ekanini tan olardi.

Zuha tushgan yer — to‘liq beshinchi bo‘linmaga ajratilgan podval edi: Gi Jong armiyasining eng yuqori darajadagi bo‘linmasi. Bu yerga kirish — ko‘pchilik orzu qiladigan, ammo hamma ham erisha olmaydigan narsa edi. Buning uchun yillar davomida mashq qilish, jang maydonida tajriba orttirish va nihoyatda ishonchli bo‘lish talab etilardi. Jungkook ularni shaxsan o‘zi tanlagan, va aynan shu hudud Generalning eng ko‘p bevosita aloqada bo‘ladigan joy edi.

Zuha har doim Koreya armiyasining yillar davomida qanchalik o‘sganiga hayron qolardi. Boshlanishida, Zuha hali o‘smir paytlarida, ular bir necha ming kishidan iborat, tartibsiz guruh edi. Ammo Gi Jong nomi yuksalishi bilan askarlar soni hayratlanarli tezlikda ko‘paydi. Endi esa bu armiya Oliy Rahbarni o‘z imperiyasida xotirjam yashashiga xizmat qiladigan qudratli kuchga aylangandi.

Zuha ikkinchi qavatdagi yo‘laklar bo‘ylab, o‘zi yaxshi bilgan yo‘nalishlar asosida yurib bordi.

— Ular harbiy simulyatsiya mashg‘uloti o‘tkazishyapti, Jeon xonim, — dedi qo‘riqchilardan biri eshikni ochib berar ekan.

Zuha shunchaki bosh irg‘ab, ichkariga — oynali oraliq xona ichiga kirdi. Yorug‘liklar pasaytirilgan, ekran pastki qavat manzarasini aks ettirardi: beshinchi bo‘linma go‘yoki qarshilik kuchlarining hujumiga javob qaytarayotgandek harakat qilardi. Jungkook qo‘lida aloqa vositasi bilan koʻrsatmalar berardi. Erkak yelkasidan ortga qarab qo‘yganidagina, ularning nigohlari to‘qnashdi. Bir necha soniya jim turib, general asta ko‘zini yumdi va yana suhbatiga qaytdi.

— …isyunchilarni markazga yo‘naltiring, ayrimlarini esa tor ko‘chalarga tarqating. Mashg‘ulotni qiyinlashtirishga harakat qiling.

Zuha oynaning oldiga yaqinlashib, qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi va pastdagi harakatni kuzata boshladi. Jungkookning maydonda emas, aynan xonada turishi bu hali birinchi sinov simulyatsiyasi ekanidan dalolat edi — Generla o‘z hududining qanday javob qaytarishini, maxsus reja tuzib, kuzatmoqchi edi.

Ikki daqiqa o‘tib, erkak orqasida paydo bo‘lganini his qildi — erining tanish hidi havoni to‘ldirdi. Oynadagi aks ularga bir lahza sukut ichida bir-biriga tikilish imkonini berdi.

— Nega bu yerdasan?

— Bu yerda — seni bo‘limingdami yoki umuman uydan tashqaridami?

— Oxirgi haftalarda deyarli xonamizdan chiqmaganingni hisobga olsak, — dedi u,
— men ko‘proq seni nega tashqariga chiqqaningni bilishga haqliman, deb o‘ylayman.

Zuha bir oz sukut qildi, pastda bir askarning Kawa ishlatadigan oddiy uslubni qo‘llayotganini kuzatar ekan.

— O‘zimni chalg‘itishim kerak edi.

— General… — dedi erkaklardan biri, ammo Jungkook uni darhol to‘xtatdi, nima deyishini oldindan sezgandek.

— Ularni yon tomonda ushlab turing.

— Unchalik aqlli qaror emas, General, — dedi Zuha erining buyruqlaridan keyin.

— Bilaman, — dedi u, ko‘ksi yengilgina xotinning orqasiga tegib.
— Shunchaki kuzat.

Zuha kuzatdi. Butun beshinchi bo‘linma isyonchilarning ustunligini yo‘qqa chiqardi va Jungkook oxirgi g‘alaba kartasi sifatida bergan vaziyatni kutilmagan burilishga aylantirdi. Zuha bunday natijani kutmagandi.

Jungkook aqlli edi. Juda aqlli. Va u buni tan olishi kerak edi — bu g‘oyat jozibali edi.

Eri aloqa qurilmasini qo‘liga oldi.

— Sam.

— Ha, General… — erkakning ovozi titrab chiqdi.

— Harakating deyarli butun operatsiya ustidan nazoratni yo‘qotishimizga sabab bo‘ldi. Xatoying nimada bo‘lganini ayt.

— Pozitsiyamni tark etganimda… General? — dedi ishonchsiz ohangda.

Yo‘q, — deb o‘yladi Zuha. — Masofani noto‘g‘ri hisoblagan.

— Noto‘g‘ri, — dedi Jungkook.
— Sen masofani noto‘g‘ri hisoblagansan.

Zuha ichida mamnun jilmayishni xohladi — demak, u hali ham o‘zini yo‘qotmagan. Erkak haddan tashqari shoshqaloq bo‘lgan. Zuha Kawaga xos bunday xatolarni tez-tez eslardi.

— Agar isyonchilardan biri boshqalar seni xatoyingni yopayotganini ko‘rganida, — davom etdi Jungkook,
— biz ularga ataylab yutqazyapmiz, deb o‘ylashardi. Men sizlarga soxta hujum tashkil qilish nihoyatda xavfli ekanini aytganman. Biz uchinchi bo‘linma xatolariga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Agar Kawa biz chalg‘ituvchi rol o‘ynayotganimizni sezsa, zaxira rejamiz yo‘q. Bu hammaga saboq bo‘lsin.

— Ha, General, — dedi erkak.
— Kechirasiz. Endi ehtiyotroq bo‘laman.

— Keyingi simulyatsiyalarda mashq qilish uchun vaqting bo‘ladi. Sen yaxshi askarsan, Sam. Aks holda bu yerda bo‘lmasding, — Jungkookning ovozi sokin edi, ammo unda baribir jazolovchi sovuqlik sezilib turardi.

Zuha tan olmaslikka urinmadi — eri general sifatidagi kuchini namoyon qilayotgan paytda nihoyatda jozibali ko‘rinardi. Jungkook jiddiy edi, ovozi esa yoshidan ancha katta odamnikidek eshitilardi. Zuha yengil xo‘rsinib, yana pastdagi maydonga qaradi. Nigohi butun hududni kezdi va birdan ongiga bir fikr chaqnadi.

— Kuchlaringizni mana shu hududda jamlang va old tomonni yopish uchun kichik guruhlar qoldiring, — dedi u, ammo askarlar maslahatiga amal qiladimi-yo‘qmi, aniq bilmasdi.

Jungkook qoshlarini chimirib, bir lahza hayron qoldi. So‘ng vaziyatni diqqat bilan tahlil qilib, yana aloqa qurilmasini ko‘tardi va aynan xotinni aytganidek buyruq berdi. Natija Generalni past ovozda xo‘rsinishga majbur qildi.

— Yaxshi ish.

Zuha eriga qaradi — labidagi yengil kinoyali tabassumni tutib oldi: xuddi o‘zida bo‘lganidek. Simulyatsiya tugagach va armiyasi g‘alaba qozongach, atrofdagilarning yuzida qoniqish ifodasi paydo bo‘ldi.

Jungkook xotiniga xonadan chiqib, yo‘lakka birga borishni so‘radi, ammo chiqish paytida to‘xtadi. Zuha nima bo‘lganini bilish uchun ortiga qaradi va eri kirganidan beri unga tikilib turgan erkak tomon ketayotganini ko‘rdi.

Jungkook askar yoniga borib to‘xtadi. Erkak darhol nigohini olib qochib, qo‘rqib ikki marta ko‘zini qisdi.

— Yana bir bor xotinimga qarayotganingni ko‘rsam, ikkilanmay hayotingni barbod qilaman, — dedi Jungkook qat’iy, ammo sovuqqon ohangda.

Zuha shu zahoti boshqalarning ham nigohini boshqa tomonga burayotganini sezdi.

— Kechirasiz, General…

Jungkook ortiga o‘girilib, yo‘lak bo‘ylab yurishda davom etdi.

— Qiziq, seni birdan biz tomonga o‘tishga nima majbur qildi, — dedi u, eshik yopilgach qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib.
— Bu ikkinchi marta yordam berishing.

Zuha chuqur nafas olib, o‘zi ham qo‘llarini chalishtirdi.

— Qo‘limdan kelsa, ishlarni osonlashtirishni yoqtiraman.

— Men esa bunga ishongandek bo‘laman, — yelka qisdi u.
— Endi asl sababni ayt: nega bu yerga kelding?

Zuha bir lahza lablarini tishlab, nigohini pastga tushirdi. Jungkook uni nimanidir so‘ramoqchi ekanini sezdi.

— Bugun kechqurun sen bilan kechki ovqat qilmoqchiman.

Taklif og‘zidan chiqishi bilan Jungkook qoshlarini ko‘tardi. Labida mayin tabassum paydo bo‘ldi.

— Sababi?

Zuha sabrsizlik bilan nafas chiqardi.

— Agar uyda ovqatlanmoqchi bo‘lsang, men tayyorlab beraman.

— Men uchunmi? — hayron bo‘lib so‘radi.

— Sen uchun, — dedi u qat’iy.
— Senga taklifim bor.

Jungkook vaznini bir oyog‘idan boshqasiga o‘tkazib, qoshlarini chimirdi.

— Taklif?

— Ha, taklif.

Jungkook bu gapni ichida tortib, yana jilmaydi.

— Mm. Meni sevimli taomimni bilasanmi?

— Samgyeopsal

Jungkook yengil kulib yubordi.

— Demak, unchalik yomon xotin emassan, — dedi u qizning iyagini yengil ushlab.

Ko‘zlarini aylantirgan Zuha orqaga bir qadam tashlab, ketishga burildi.

— Xo‘sh, agar ishimiz tugagan bo‘lsa.

— Kechqurun ko‘rishamiz.

Zuha ortiga qaramasdan qo‘lini bir marta silkitdi. Jungkook esa xotinning ortidan qarab qoldi — labidagi tabassum hali ham o‘sha yerda edi.

︱ 𝐖︱

Soat sakkizga borib, stol allaqachon billur idishlar, kumush pichoqlar, bezakli chinni likoplar va qalin paxta salfetkalar bilan bezatilgan edi. Zuha Jungkookning mashinasi hovliga kirib kelishidan oldin, Yumi aytgan hamma narsa o‘z joyidami — yana bir bor tekshirib chiqdi.

U kursisining suyanchig‘idan ushlab, erining kirib kelishini kutdi va xonadagi oynaga qisqa nazar tashladi.

Zuha bu libosni ilgari hech qachon kiymagan edi, ammo bugungi vaziyat aynan shuni talab qilayotgandek tuyuldi. Tanlangan taqinchoqlar kumush orasiga o‘ralgan olmoslardan iborat edi. Sochlari yoyilgan, pardozi esa ko‘zni charchatmaydigan darajada yengil — hammasi muvozanat uchun.

Zuha chuqur nafas oldi. Bugun — hayoti ikkiga bo‘linadigan kun edi. U o‘zgarishi kerak edi. Shu paytgacha bo‘lgan Min Zuha ichida, eng chuqur va eng muhim joyda saqlanib qoladi — chunki Min Zuha uning asl mohiyati edi. Ammo endi u boshqacha bo‘lishi kerak. Endi Jeon bo‘lishi kerak edi. Bu dunyo — endi uning dunyosi.

Jungkookning qadamlari zal bo‘ylab aks-sado berib, ovqat xonasiga kirib kelguncha davom etdi. Jungkook bosh kiyimi va pidjagini yechib, ko‘ylak yengini qayirib olgan edi. Nigohi Zuhaga tushgan zahoti u deyarli qotib qoldi.

— Oh.

Zuha qo‘lidagi shampandan bir qultum oldi, ichida jilmayish uyg‘onayotganini his etib.

— Salom, — dedi u.
— Kuning qanday o‘tdi?

— Band, — dedi Jungkook, go‘yo o‘z so‘zlariga o‘zi ham e’tibor bermayotgandek.

— Yaxshi. — Aslida esa, qiz erkakning kuni qanday o‘tganiga unchalik ham qiziqmasdi.

Jungkook oldinga yurdi, Zuha esa kursini tortib, nafis tarzda o‘tirdi va erining ham o‘tirishini kutdi.

— Senga qaraganda kiyinishim noo‘rin emasmi? — dedi erkak galstukni bo‘shatarkan.

Zuha jilmaydi.

— Juda ham yaxshi ko‘rinyapsan.

Va bu rost edi. U erini hech qachon mukammallikdan yiroq holda ko‘rmagan edi — hatto uyg‘ongan zahotiyoq ham.

Jungkook ham yengil jilmaydi — bu, ehtimol, u xotinnidan oladigan eng yaqin maqtov edi. Jungkook kursiga borib o‘tirdi. Yumi xoʻjayinning likopchasiga ovqat tortgach, qoshlarini ko‘tardi. Zuha esa diqqat bilan erining birinchi luqmani olishiga qarab turdi.

Jungkook yutib bo‘lgach, lablarini yengil namlab, yuqoriga qaradi.

— Tan olishim kerak, bunday natijani kutmagandim, — dedi u o‘ziga ichimlik quyarkan.
— Bugun kun bo‘yi o‘ylaganim — seni qo‘lingdan chiqqan Samgyeopsal qanday chiqarkin, degan savol edi.

Zuha kulib yubordi — ovozi tabiiy ravishda chiqib ketdi. U yelka qisdi, erining ovqatidan mamnun bo‘lganini bilib xursand bo‘lib.

— Bu men uchun ham sinov edi. Yaxshiyamki, ozgina yordam oldim… onangdan.

Jungkook hayrat va tushunmovchilik bilan qizga qaradi.

— Oyim bugun shu yerdamidi?

— Ha, — dedi Zuha.
— Eshitishimcha, otang bugun ertalab Seulni tark etibdi. Shuning uchun chaqirdim. Balki u ham men kabi biroz chalg‘ishga muhtojdir.

— Demak, onam sen bilan oshxonada bo‘lganmi?

— Ha, — dedi u, go‘yo bu yerda hayratlanadigan hech narsa yo‘qdek.

Jungkook baland ovozda kulib yubordi — bu Zuhani hayratga soldi. U ilgari Jungkookni bunday kulayotganini ko‘rmagan edi. Bu energiya shunchalik yuqumli ediki, qizning ham lablari beixtiyor yuqoriga tortildi.

— Xudo, shuni ko‘rishni juda xohlardim, — dedi u boshini chayqab, yana lososdan kesarkan.
— Oyimga yoqdimi?

— Balki, — dedi Zuha, sanchqini og‘ziga olib.
— Seni ham sinab ko‘rganingni ko‘rish qiziq bo‘lardi.

— Qiziq emas, kulgili, — tuzatdi Jungkook.

Zuha kulib yubordi. U hech qachon bu uyda bunday iliqlik va rasmiylikdan holi lahzalar bo‘lishini tasavvur qilmagan edi. Jungkook Zuhaga ilgari hech qachon bo‘lmagan tarzda munosabatda bo‘la boshlagan edi. Erkakning harakatlarida oddiy muloyimlikdan ham ortiqroq nimadir bor edi… va Zuha o‘ziga savol berdi — bu haqiqatan ham bir necha oy oldin turmushga chiqqan o‘sha odammi?

— Rahmat, — dedi u uzoq sukutdan so‘ng, past ovozda.

Jungkook qizga qaradi — qiziqish va hayrat bilan. U ovqatini chaynab yutdi, keyin shampandan bir qultum oldi.

— Nima uchun?

Zuha xo‘rsindi. U buni aytishga o‘zida jasorat topa olishiga ishonch hosil qilolmay turardi.

— Menga nisbatan e’tiborli bo‘layotganing uchun, — dedi qiz orqasiga suyanib.
— Bilaman, yoqtirmaydigan odamga nisbatan mehribon bo‘lish oson emas.

Jungkookning ko‘zlari yana pastga tushdi: yuz ifodasi jiddiy va o‘qib bo‘lmaydigan edi.

— Biz hammasini yengib o‘tishga kelishib olganmiz, to‘g‘rimi? — u qizga qisqa nigoh tashladi. Zuha bosh irg‘adi.

— Men endi bizni avvalgidek ko‘rmayapman… munosabatimizdagi o‘sha sovuqlik, befarqlik degan narsani aytyapman.

Zuha ham bunga rozi bo‘lishga majbur edi. Ular orasida yillar davomida yig‘ilib qolgan ranj va sovuqlik bor edi va bu hali hal qilinishi kerak bo‘lgan narsa edi. Bir necha daqiqa sukut cho‘kdi, so‘ng Jungkook yana gapirdi.

— Demak… sen “kelishuv” haqida gapirganding.

— Buni kechki ovqatdan keyin muhokama qilmoqchi edim.

Jungkook bir lahza o‘ylab turdi.

— Meni taoming bilan mamnun qilib, keyin bu kelishuvga “ha” deyishimnu kutyapsan, shundaymi? — erkak yengil kinoya bilan jilmaydi.
— Bunday soxta strategiyani qayerdan o‘rganding?

Zuha kulishini yashira olmadi.

— Sizlar bilan yashash menga qiziq “ayyorlikni”ni o‘rgatdi.

— Va nima uchun bu “ayyorlik” menga o‘tadi deb o‘ylading?

Zuha eriga qarab, ovqatini chaynagancha dedi:

— Menda bir nechta usullar bor.

— Nima? Jinsiy aloqami? — dedi erkak beparvo ohangda.

Zuha qoshini ko‘tardi.

— Men buni nazarda tutmagan edim… lekin seni biror narsaga ko‘ndirish shunchalik osonmi?

Jungkook yengil kuldi, kursisiga suyanib.

— Ehtimol. Lekin seni hali tayyor deb o‘ylamagandim. Yana… — erkakning ovozi to‘xtab qoldi, go‘yo birdan nimanidir eslab qolgandek. Sukut og‘irlashdi. Zuha sababini bilardi.

— Yana tez homilador bo‘lib qolmasliging yaxshiroq.

Zuha yuziga urilgan issiqlikni bosishga urinib, nigohini chetga oldi va tomog‘ini qirib qo‘ydi.

— Meni tanam avvalgidek ishlaydi. Hech qanday… xavf yo‘q, deyishgan — lekin ha, hozircha bo‘lmagani yaxshi.

Ular bir necha soniya bir-biriga qarab turishdi. So‘ng Jungkook tabassum qildi.

— Yaxshi yangilik.

Kechki ovqatning qolgan qismi sukutda o‘tdi. Jungkook labini salfetka bilan artib, qadahga qo‘l uzatdi. Zuha ham xuddi shunday qildi.

— Menga rahmat ham demading, — dedi Zuha tinch lahzadan foydalanib.

— Nima uchun rahmat?

— Ovqat uchun.

Jungkook kulimsiradi.

— Sen buni men uchun qilmading, Zuha. Buning evaziga nimadir olmoqchi bo‘lding. Uchi seni yaxshi o‘rgatyapti…

Jungkook gapini tugata olmadi, chunki Yumi kirib, kabinetida muhim qo‘ng‘iroq kutayotganini aytdi.

Jungkook chuqur nafas chiqardi, unchalik mamnun emasdi. Xotini bilan qisqa nigoh almashib, o‘rnidan turdi. Bu safar Zuha ham erining ortidan chiqdi.

Jungkook telefonda savol bermasdan, faqat qisqa “ha” va “tushundim” degan javoblarni berib turdi. Qo‘ng‘iroq tugagach, hech qanday ifoda ko‘rsatmay o‘tirib qoldi va chuqur xo‘rsindi.

Zuhq eshikni ohista yopib, unga qaradi.

— Nima bo‘ldi? — dedi u.

Jungkook qizning borligini endi payqagandek, fikrlardan chiqdi. Bir lahza uni yana odatdagidek chiqarib yuboradi deb o‘yladi Zuha, ammo bu safar qorong‘i ko‘zlari biroz yumshadi.

— Rahmat, — dedi u past ovozda.
— Ovqat juda zo‘r edi.

Jungkook biroz to‘xtadi.

— Hozir menga vaqt kerak. Ertaga gaplashsak bo‘ladimi?

Zuha oldinga bir qadam tashladi.

— Nima bo‘ldi?

— Zuha, iltimos. Senga qo‘pol bo‘lishni xohlamayman.

Jungkookning ovozida rostlik bor edi. Charchoq. Hatto xavotir ham.

— Men yordam bera olaman.

Jungkook xotinniga qaradi, qoshlarini chimirdi.

— Yordam? — u zaifgina kulib yubordi.
— Nega buni qilyapsan, Zuha? Bugundan beri yordam berib yuribsan. Sen tushunyapsanmi, o‘sha simulyatsiya seni xalqingga qarshi hujumni mashq qilish edi?

Zuha qoshlarini chimirdi.

— Men endi ular uchun ishlay olmayman. Ularni hali ham “mening xalqim” deb ayta olmaysan-ku.

— Demak, birdan tomon almashdingmi? Oliy Rahbar uchun ishlamoqchimisan? Shu istagingmi?

— 𝗬𝗼'𝗾. 𝗠𝗲𝗻 𝘀𝗲𝗻 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗶𝘀𝗵𝗹𝗮𝗺𝗼𝗾𝗰𝗵𝗶𝗺𝗮𝗻.

Jungkookning jahli yo‘qolib, o‘rniga hayrat, tushunmovchilik va savol aralash nigoh paydo bo‘ldi.

— Nima?

Zuha yana bir qadam oldinga tashlab, chuqur nafas chiqardi.

— Men sen uchun ishlamoqchiman. Sen bilan birga, — dedi yana bir bor takrorlab.
— Sen Gi Jong uchun ishlamaysan. Va men seni asl maqsadlaringni hali bilmayman, lekin ular uni maqsadlaridan yomonroq bo‘lishi mumkin emas. Chunki men… — u yengil xo‘rsindi,
— men seni yuraging borligini bilaman. Sen uni menga ko‘rsatgansan.

Jungkook buni hazm qilish uchun bir daqiqa sukut saqladi.

— Zuha, — dedi u past ovozda, hali ham to‘liq ishonmay.
— Men ertaga gaplashamiz dedim. Hozir esa menga faqat..

— Ahmoq bo‘lma, — Zuha erini keskin to‘xtatdi.

Erkakningnigohi shu zahoti sovuqlashdi. Bu uning Zuhani yoqtirmasligining sabablaridan biri edi — u hech qachon jim turmasdi. Doim qarshi chiqardi. Doim unga tik qarardi.

— Eshit, Jungkook… men senga ishonishga qaror qildim, — dedi, ularni ajratib turgan qora, silliqlangan stol yonida to‘xtab.
— Biz bu urushda uzoq vaqt bir-birimizga qarshi kurashdik. Tushun. Sen o‘z armiyang bilan Kawani yengding, men esa Kawa bilan seni armiyangni. Biz ko‘p narsani boshdan kechirdik, ko‘p narsani o‘rgandik, ko‘p narsaga erishdik. Ammo Kawa qila olmaydigan narsalar bor — xuddi seni armiyang ham qila olmaydigan narsalar bor. Biz ikkalamiz ham kuchlimiz… tasavvur qil: agar birga ishlasak nima bo‘ladi?

U bir lahza to‘xtadi, erkakga o‘ylashga imkon berib.

— Sen “tizim ichidagi kasallik” haqida aytganding, esingdami? Jim o‘sib boradigan kasallik, Gi Jong zararini anglaguncha allaqachon tuzatib bo‘lmaydigan darajaga yetadigan… Men shu bo‘lishni xohlayman.

Zuha davom etdi:

— Sen Uchi nomidan kurashyapman deb ko‘rsatding, lekin aslida odamlaringni himoya qilding. Ularni ishonchini qozonding… va ko‘plarini saqlab qolish uchun o‘ldirding ham.

— Men odamlar uchun kurashmaganman…

— Ha, kurashgansan, — dedi Zuha qat’iy.
— Menga qara.

Jungkook ko‘zlarini toraytirdi.

— Ha, kurashgansan. Odamlar uchun, oilang uchun… va eng muhimi — o‘zing uchun. Bu yerda haqiqiy hokimiyatni xohlayotgan sen emas, otang. Va u ham diktator, Jungkook… buni ko‘rmaysanmi? Agar bu urushda g‘alaba qilsang va Gi Jong o‘rniga uni qo‘ysang, hech narsa o‘zgarmaydi. Mutlaqo hech narsa. Sen shunchaki “otam bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi” degan fikrga ergashyapsan, lekin ikkalamiz ham bilamiz — bu ham to‘g‘ri emas.

Zuha eriga yana bir necha soniya fikrini yutishga imkon berdi.

Jungkook jim o‘tirdi. Ko‘zlari stol ustidagi temir haykalchaga qadalgandi. So‘zlar ongida aks-sado berardi. Ammo u hali ham javob bermadi.

— Dastlab Uchini ko‘r-ko‘rona qo‘llab-quvvatlarding, — dedi Zuha past ovozda.
— Lekin o‘sha kun…

Jungkook yana qizga qaradi.

— O‘sha kuni meni tirik qoldirganingda… men his qilgan edim — yo‘q, — u boshini chayqadi,
— men bilgan edim: sen o‘zgargansan. Faqat nima uchun ularni tark etmaganingni tushunmagan edim. Endi tushundim.

Zuha yana yaqinlashdi.

— Menga yordam ber. Men seni rejalaringning bir qismi bo‘lishni xohlayman. Nima maqsad qilayotgan bo‘lsang, unga erishishingga yordam beraman.

Zuha gapini tugatdi va Jungkookning javobini kutdi.

Xona yana jim bo‘lib qoldi. Soatning “tik-tak” ovozi hamma narsani to‘ldirib turardi.

— Sirlaringni bo‘lishishga tayyormisan? — dedi Jungkook nihoyat.

— Sen tayyormisan? — Zuha qoshini ko‘tardi.

Jungkook javob bermadi.

— Biz boshdan kechirgan janglar yetarli emasmi? — davom etdi Zuha.
— Sen general bo‘lgan kun men inqilobiy guruh yetakchisiga aylandim. Endi esa… bizning dushmanimiz bir xil, to‘g‘rimi?

Yana sukut.

Jungkook nigohini yana chetga oldi. Bir daqiqa… ikki… uch…

Zuha qimirlamadi.

Jungkook ham.

Zuha eriga fikr yuritish uchun joy berdi va Jungkook haqiqatan ham hamma narsani ichida qayta ko‘rib chiqayotgandek edi.

Nihoyat, u yana xotinniga qaradi.

Jungkook harbiy tarzdagi jiddiylik bilan gapirib boshladi:

— Meni oilam Gi Jong xalq orasida qozongan shon-shuhratni ko‘rgach, Uchini qo‘llab-quvvatlashni boshlagan. Otam general sifatida uni shuhratidan foydalangan — chunki harbiy to‘ntarish rejasi katta bobomdan boshlangan edi… lekin biz hech qachon xavfni o‘z zimmamizga olishga jur’at qilmaganmiz. Mamlakatda inqilob yuz bersa, bu bizning nomimizga qanday oqibatlar keltirishidan qo‘rqardik.

Jungkook tirsaklarini stolga qo‘yib, barmoqlarini chalishtirdi va boshini ularga suyadi.

— Bu har doim bizning maqsadimiz bo‘lgan. Doim.

Shuning uchun men ham ularni qo‘llab-quvvatladim, bu hukumatni tishim-tishimga tegib himoya qildim… lekin… bularning barchasini men turgan joydan kuzatganingda… urushni shu qadar yaqin his qilganingda, sen asta-sekin nuqsonlarni ko‘ra boshlaysan. Adolatsizlikni. Vayronalarni.

Zuha qimirlamay erini tinglab turardi. Aynan shuni xohlagan edi — u gapirsin, ichidagini ochsin.

— Men Gi Jongning ham hokimiyatda bo‘lishini xohlamayman, otamni ham. Ammo men oilamiz nomini bulg‘ay olmayman. Bizning tariximiz necha yillarga borib taqalishini bilasan.

Ha, Zuha buni bilardi va Jeonlar oilasining aynan shu jihatini u hurmat qilardi.

— Men general bo‘lishni faqat yutuqlarim uchun emas talanmadim… rostini aytsam, men buni xohlardim. Chunki agar bu mamlakatni tuzatish uchun umuman imkoniyat bo‘lsa, u meni qo‘lim bilan bo‘lishi kerak — otamnikida emas. Bu mening rejam.

Zuha biror so‘z aytmoqchi bo‘ldi, lekin chiqmay qoldi. U hayratda edi.

Bir oz sukutdan so‘ng so‘radi:

— Otangni aldayapsanmi?

Jungkook xo‘rsindi, so‘ng bosh irg‘adi.

— Men lavozimimni oshirish g‘oyasini otam berdi — Gi Jongga yaqinroq bo‘lishi uchun. U Siyosiy idorada qolmoqchi edi… lekin agar otam men uning maqsadlarini endi qo‘llamasligimni bilsa, men bu yerga hech qachon yetib kelmagan bo‘lardim. Otam o‘zi ham bu urushni mensiz boshlamoqchi edi. Rejani mensiz davom ettirmoqchi edi.

— Tushundim…

— Endi tushunyapsanmi nega men buni buzolmayman? Men umuman xato qila olmayman.

Zuha yengil bosh irg‘adi.

— Tushundim, — dedi past ovozda.

Ikkalasi yana o‘z fikrlariga cho‘mdi. Zuha yengil tabassum qildi — samimiy, ammo zaif.

— Kim edi? — dedi u telefonni ko‘rsatib.

— Pyonyangni qaytarib olishdi, — dedi Jungkook stulga qaytib suyanib.
— U yerdagi bazamizni yo‘qotdik. Bitta hujum yetdi.

Jungkookning ovozida g‘alaba ham, faxr ham yo‘q edi.

Zuha jim qoldi, labini tishladi.

— Ular odatiy yo‘l bilan ketishyapti, — dedi u birozdan so‘ng.
— Yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish bilan urushda g‘alaba qozonamiz deb o‘ylashyapti.

Jungkook qizga tushunarsiz qaradi.

— Shaharni qaytarib olish oson bo‘ladi, — qo‘shimcha qildi Zuba tezda.
— Hozircha ularga hujum qilma.

Jungkook bosh irg‘adi.

Bir necha soniya sukutdan so‘ng u o‘rnidan turdi, qo‘llarini cho‘ntagiga solib, orqasini qizga o‘girgancha deraza tomon yurdi. Pastda hovli ko‘rinardi.

— Biz birga buyuk ish qila olamiz, to‘g‘rimi? — dedi Jungkook past ovozda.

— To‘g‘ri, — dedi Zuha, asta yurib erining yoniga yaqinlasharkan.

— Bu yo‘l juda iflos.

— Men tayyorman.

Jungkook xotinniga o‘girildi.

— Ishonching komilmi? Juda jasur bo‘lishing kerak… yashirin bo‘lishni o‘rganish, qurbon qilish, manipulyatsiya qilish, savdolashish, iflos o‘yin o‘ynash, yolg‘on gapirish, odamlarni sotib olish. Odamlarga ko‘rinadigan obrazni yaratishing kerak — asl sen emas. Har kuni niqob kiyib yashaysan. Hissiyotlarni ichingda ushlab turasan. O‘limlarga ham ko‘nikasan. Odamlarning tomog‘ini xavfga qo‘yasan… lekin o‘zingnikini hech qachon. Hech narsa nazoratdan chiqmasligi kerak, Zuha.

Zuha lablarini biroz qisib, og‘ir xo‘rsindi.
— Agar sen uddalasan, men ham uddalayman… men ham Jeonman, shunday emasmi?

Jungkook yengilgina tabassum qildi va bir qadam oldinga chiqdi.
— Ha… sen shundaysan.

— Avval urushni yutishimiz kerak.

— Bilaman.

— Men uning qulashi juda katta bo‘lishini xohlayman, Jungkook.

Jungkook xotirjamlik bilan ko‘zini qisib qo‘ydi — u ham aynan shu fikrda ekanini yashirmadi.
— Bu bo‘lishi mumkin. Lekin hozircha vaziyatni barqarorlashtira olmayapmiz, ular juda ko‘p. Sen va otang Kawani tez harakat qilishga o‘rgatgansiz…

— Bilaman, — dedi Zuha erining gapini bo‘lib.
— Men qarshilik guruhlari bilan aloqa qilganman, u stol ustidagi ochiq xaritaga qaradi.
— Biz bu urushni olti oyda yutamiz.

— Olti?

— Ha. Biz hali to‘liq nazorat qilmagan har bir shahar uchun bir oydan. Soobin hech qachon taslim bo‘lmasligini bilamiz… seni armiyang qanchalik kuchli?

— Uni ko‘rgansan-ku.

— Demak, eng ko‘pi bilan olti-etti oy vaqtdamiz, — dedi u boshini ko‘tarib. Jungkook ham bunga rozi bo‘ldi.

Zuha bir lahza jim qoldi, keyin sovuqqonlik bilan davom etdi:
— Men Gi Jongni bir muddat chetga chiqarish uchun bir-ikki oy ichida homilador bo‘lishim ham mumkin.

Jungkook chuqur nafas oldi. Bu u gaplashishni istamagan mavzu edi, lekin bu yerda tanlov yo‘q edi — qurbonliklar qilish kerak.

— Urush tugaganda… men tug‘ruqqa yaqin bo‘laman.

— Imperiya barqarorlashsa, qal’alarga kirish va chiqish nazorati juda oson boshqariladigan va shu bilan birga zaif nuqtaga aylanadi, — dedi u.

Zuha lablarida mayin tabassum paydo bo‘ldi.
— Hamma oddiy hayot bilan chalg‘ib qoladi… aynan shu payt biz uning boshiga zarba berishimiz uchun eng qulay fursat bo‘ladi. Men Saroy Idorasidagi mavqeimni davom ettiraman, sen esa o‘zing boshqarayotgan askarlar ishonchini yanada mustahkamlaysan. Agar senga ishonishsa, ularning oilalari ham senga ishonadi… va shunday davom etib ketadi.

— Unda u qulaydi, — dedi Jungkook yengil tabassum bilan xulosa qilib.

— Ha… u qulaydi, — Zuha ham erining so‘zini takrorladi.

Bir necha soniyaga sukunat cho‘kdi. Ularning koʻzlari to‘qnashdi, lablarida esa yengil tabassum saqlanib qoldi. Ammo bu sokinlik uzoqqa cho‘zilmadi — Jungkook birdan oradagi masofani yo‘q qildi. Qo‘llari Zuhaning beliga sirg‘alib tushdi va uni o‘ziga tortib, yuragini tez urdiradigan o‘pichga olib kirdi.

Zuha qarshilik qilmadi. Iliqligi Jungkookka tegishi bilan u ham erini mahkam quchoqlab oldi.

Jungkookning o‘pichi shoshqin va ehtirosli edi. Zuha ham eriga xuddi shunday javob qaytardi. Ko‘p o‘tmay, ularni stol chetiga yaqin bosib borishdi — qog‘ozlar, ruchkalar va bezak toshlar polga sochilib tushdi.

— Sen har qanday libosda ham haddan tashqari jozibalisan, Zuha… lekin men seni kiyimsiz holatingni doim afzal ko‘raman, — dedi u nafasi tezlashib, qizning bo‘yniga egilar ekan.

Zuha zaifgina jilmaydi — nafasi allaqachon tezlashgan, ko‘kragi asta ko‘tarilib-tushar, u erining ta’sirini jilovlashga urinardi.
— Nimani kutyapsan, yechmaysanmi? — dedi qiz shivirlab.

— Necha marta senga meniki bo‘lgan tartibni tushuntirishim kerak? — dedi eri sovuqqon, javob kutmasdan lablarini yana xotinning lablariga bosib. Bir lahza ajralib, past ovozda qo‘shib qo‘ydi:
— Va sen bo‘ysunishni o‘rganasan… aynan shunday bo‘lishi kerak.

— Sen hali meni umuman o‘rganmabsan, — dedi Zuha past, mayin va shu bilan birga mast qiluvchi ohangda.

Jungkook egilib, qizning pastki labini yengil tishladi.
— Yetarlicha o‘rgandim.

Jungkook bir necha soniya qizning tanasining o‘ziga mos kelishini his qilib turdi. General ayol tanasini yaxshi ko‘rardi — ko‘kraklarini, belining ingichkaligini, sonlarining egri chizig‘ini… ammo ayniqsa Zuhaning tanasini. U mukammal edi. Va go‘yo aynan oʻzi uchun yaratilgandek mos tushardi.

Zuha esa eriga kutuvchan nigoh bilan qarab turdi. Jungkook oldinga egilib, yana lablarini tutganda qiz hayratdan nafasi chiqib ketganday bo‘ldi, Jungkook esa bundan foydalanib, chuqur va bosimli o‘pichga tortdi. U qizning tilini o‘ziga bo‘ysundirib, go‘yo eng shirin ta’mni tatib ko‘rayotgandek edi. Xotinning lablari… beqiyos edi.

Tomirlarida qon yanada tezroq oqdi. Jungkook xotinning ochiq oyog‘ini mahkamroq ushlab, sonlarini pastga bosdi — ibtidoiy, nazoratsiz harakat bilan. Zuhaning birinchi ohangi past, uzilib chiqqan edi. U titrab ketdi, eri yana shu harakatni takrorlaganida. Ularning orasidagi issiqlikni hatto kiyimlar orqali ham his qilish mumkin edi. Jungkook bilardi — ular shu tarzda ham davom etsa, hech narsani yechmasdan ham yetarli bo‘lishi mumkin.

Orqasi egilganida, qizning tanasi matoga bosilib turardi. Erkak esa bunga chiday olmadi — barmoqlarini yurgizdi va xotinning titraganidan zavq oldi.

Zuha birdan o‘pichni uzdi va erining qarashlariga tikildi.
— Balki boshqa joyga o‘tsak yaxshiroqdir?.

— Yo‘q, — dedi u xotinning bo‘yniga yaqinlashib, ovozi past, ammo qat’iy.
— Biz bu ofisdan chiqmaymiz. Seni aynan shu yerda o‘zimniki qilaman.

— Bu unchalik qulay holat emas-ku, — dedi kulimsirab.

— Uni ham hal qilaman.

Qiz qanday qilishini so‘rashga ham ulgurmay, Jungkook qo‘li bilan yonidagi narsalarni surib yubordi.

Stol ustidagi buyumlar shovqin bilan quladi. Zuha og‘zini ochib qoldi, keyin esa kulib yubordi.

— Endi yaxshiroqmi?

— Endi kim bu yerda hamma narsani vayron qilayotganini bilib oldik, — dedi Zuha hazil bilan.

Jungkook kulimsiradi va o‘tirib, qizga imo qildi.
— Ich kiyimingni yech.

— Yo‘q, — dedi u xotirjam.
— O‘zing majbur qil.

Bu ochiq taklif edi — erkak angladimi yoki yo‘qmi, baribir.
— Mayli, — dedi u ohista.

Jungkook qo‘llarini qizning tizzalari ortiga qo‘yib, sekin ajratdi. So‘ng sonining ichki tomoniga lablarini tekkizdi — muloyim, lekin o‘ylab qilingan harakat bilan.

Jungkook qizning nafasini eshitdi. Uni hayratda qoldirish uchun esa birdan tishladi — unchalik qattiq bo‘lmasa-da, iz qoldirishga yetarli. Keyin esa shu joyni lablari bilan yupatdi, tilining issiqligi bilan izni bosdi va yana pastroqqa siljidi.

— Endi-chi, ich kiyimingni yechasanmi? — dedi eri past ovozda.

Zuha ko‘zlarini yarim yumib, eriga qaradi. Nigohida istak yonardi — u yana erkakning lablarini his qilishni istayotganini yashira olmasdi. Ammo o‘sha sho‘xlik ham yo‘qolmagan edi.

— Yo‘q.

Qiz hech qachon eriga bo‘ysunmasdi.

Agar shoshilinch istagi bo‘lmaganida, Jungkook xotinnini cheksiz masxara qilib turishi mumkin edi. Ammo barmoqlari bilan qizning ustidagi oq matoni tortib tushirgan zahoti, yashirin go‘zallik ochildi — mayin pushti rang va allaqachon namlik bilan jilolanib turgan. Qizning istagining isi darhol havoga yoyildi va bu erkakni yanada och qilib qo‘ydi.

— Bu safar senga yutqazmayman, — dedi u, xotinning baland poshnali oyoqlarini qo‘ltiq suyanchig‘iga qo‘yarkan.

Zuha titrab ketdi, erining iliq nafasi tanasiga tegishi bilan ichidagi issiqlik birdan alangaga aylandi. Qiz stol ustiga suyanib, kuchsizlanib qoldi. Jungkook uchun xotinning ta’mi har qanday shirinlikdan ustun edi. Jungkook qizdan zavqlanib, yanada yaqinlashdi, uni yanada chuqurroq his qilishga intildi. Tanasi issiq, yumshoq va o‘ziga tortuvchi edi — Jungkook esa qanday qilib bir oy davomida bularsiz yashaganiga hayron bo‘ldi.

Zuhqning nafasi baland chiqdi, qo‘llari erkakning sochlariga yopishdi.

— Sekinroq, Zuha, — dedi past ovozda.
— Bu yer uyimiz bo‘lsa ham, butun atrofdagilarni xabardor qilish shart emas.

Qiz esa ko‘zlarini ham ochmasdan javob qaytardi:
— O‘zing hal qil, Jeon. Eshitishni xohlaysanmi yoki yo‘qmi?

Jungkook kulimsiradi va e’tiborini yana xotinniga qaratdi. Erining har bir harakati Zuhaning ichidagi sezgilarni yanada kuchaytirardi. U qo‘lini qizning og‘zidan olib tashladi.

— Men qaror qildim.

Zuha titrab ketdi, tanasi o‘z-o‘zidan erkakga javob berardi. Har bir tegish ichida olov uyg‘otardi. Ongida hech narsa qolmadi — faqat erining ismi, faqat u.

Qiz butunlay o‘zini yo‘qotdi, nafaslari aralashib, hissiyotlar girdobida qolib ketdi. Jungkook birdan o‘rnidan turganda, stul ortga urilib ketdi. U Zuhani stol ustiga tortdi. Ortiqcha so‘zsiz, yaqinlashtirdi.

Zuhaning nafasi to‘xtab qolganday bo‘ldi — erining issiq yaqinligi butun vujudini qamrab oldi. Ko‘zlari yumildi, deyarli hushini yo‘qotgandek shivirladi. Tanasi qizga koʻproq bosim berdu. Erini butunlay his qilgan lahzada, qiz beixtiyor ohang chiqardi.

Jungkook qizning bo‘yniga lablarini tekkizdi, har bir to‘g‘ri nuqtani topib, uni to‘ldirib, ustunligini his qildirardi. Qo‘li yonida stolga tiraldi.

— Men buni sog‘ingandim, — dedi past ovozda, harakatlarini sekin, ammo mazali qilib davom ettirar ekan.

— Men ham shunday deb o‘ylagandim… — dedi qiz, labini tishlab.

— Sen ham sog‘inding. Yashirma.

Qizning kulgisi yengil va samimiy edi. Ammo erkak bu kulgini birgina harakat bilan o‘zgartira olardi va har safar qiz bunga javob berardi, chin dildan.

— Men hali ham busiz yashay olaman, — dedi qiz hazil bilan.

— Men ham, — dedi erkak xirillagan ovozda va yana xotinning lablarini egalladi.

Zuha esa qo‘llari bilan erining boshini mahkam tutdi.

Qog‘ozlar va qalamlar erkakning beparvoligi tufayli yana sochilib ketdi. Zuha esa erining lablariga qarshi yengil kulib yubordi, ammo Jungkook endi hazil kayfiyatida emas edi. U xotinnini imkon qadar yaqin tortib, harakatlarini yanada keskinlashtirdi.

Qizning lablaridagi tabassum tezda yo‘qoldi — bu yangi, kuchli ritmga moslashishga majbur edi.

Zuha nafasi qisilib, erining ko‘ylagidan mahkam ushladi, oyoqlarini erining beliga o‘rab, yanada yaqinroq tortdi. Jungkookning harakatlari shu qadar kuchli ediki, hatto stol ham qimirlay boshladi, xona ichini qirsillagan tovushlar to‘ldirdi.

Bu tezlikni uzoq davom ettirib bo‘lmasdi. Juda kuchli edi. Zuha o‘pichni uzdi, boshini orqaga tashlab, hissiyotlar girdobida nafas oldi.
— Jungkook… to‘xtama… men… — ovozi titradi.

Jungkook esa aynan qachonligini bilardi. Qizning ovozi balandlashdi, tanasi tarang tortildi, ichki sezgilar qizni o‘ziga tortdi va u ham ortidan bordi. Kuchli hissiyotlar erkakni ham qamrab oldi, past ovozda nafas chiqarib, harakatlarini asta sekin to‘xtatdi.

Sekin-asta atrof yana aniq ko‘rina boshladi. Jungkook boshini qizning peshonasiga qo‘ydi. Zuha hali ham sekin nafas olayotgan edi. Jungkook xotinniga uzun, sokin o‘pich berdi.

— Jungkook… — dedi Zuha, lablarini undan ajratib. Qoshlar orasida yengil xavotir paydo bo‘ldi.
— Agar bu ish bermasa-chi?

— Nima?

— Reja… hammasi.

— Unda boshqasini o‘ylab topamiz, — dedi u, yana qizning bo‘yniga yaqinlashib. Hozir bu muhim emasdek edi.

— Agar… men yana qiz farzand ko‘rsam-chi?

Jungkook to‘xtadi. Bir oz orqaga chekinib, qizning ko‘zlariga tikildi. Shu lahzada hammasi o‘zgardi. Hissiyot hali yo‘qolmagan edi, ammo muhit butunlay boshqacha tus oldi.

— Unda u bizning qizimiz bo‘ladi, — dedi jiddiy ohangda.
— Hech kim unga tegmaydi. U faqat bizniki bo‘ladi.

Zuha jilmaydi. Erining sochlaridagi qo‘li pastga tushib, yuziga tegdi. Zuha erining ko‘zlariga qarab, yuragini iliqlik qamrab olganini his qildi. Jungkook haqidagi avvalgi tasavvurlari — erkakning o‘tmishi, mag‘rurligi, sovuqqonligi — hammasi bir lahzada yo‘qolgandek bo‘ldi. Endi Zuha butunlay boshqa Jungkookni ko‘rayotgandi. Niqobsiz.

Bu safar masofani Zuhaning o‘zi qisqartirdi. Go‘yo minnatdorchilik bildirish uchun. Bu — ular orasida birinchi bo‘lib yaqinlikni boshlagan lahza edi. Bu o‘pich boshqacha edi: sokin, sabrli, mehr bilan to‘la. Ularning tanalari asta moslashar, hissiyotlar esa chuqurlashardi.

Hatto Jungkook ham bu farqni sezgandek edi. Ammo u bu haqda hech narsa demadi.

U o‘rnidan turdi, Zuhani ham o‘zi bilan birga ko‘tardi.

— Hey! — dedi qiz hayron bo‘lib.

— Nima? O‘zing aytganding, yotoqxonaga o‘taylik deb, — dedi kulib.
— Hali seni bu ko‘ylakdan ham chiqarish kerak…

𝐘𝐄𝐓𝐓𝐈 𝐘𝐈𝐋 𝐀𝐕𝐕𝐀𝐋, 𝟏𝟔-𝐈𝐘𝐔𝐍, — 𝟏𝟔:𝟎𝟐
(𝖦𝗂 𝖩𝗈𝗇𝗀 𝗌𝖺𝗒𝗅𝗈𝗏𝗂𝖽𝖺𝗇 𝗍𝗈ʻ𝗋𝗍 𝗈𝗒 𝗈ʻ𝗍𝗂𝖻)

— Bu ikki qo‘l biroz bukilgan bo‘lishi kerak, mana shunday. Ammo otadigan qo‘l — qurolni ushlab turgani, shuning uchun uni boshqasidan sal pastroq tushirishing kerak, — dedi u, keyin tirsagini qo‘yib yuborib, bir qadam orqaga chekindi. — Tushundingmi?

Zuha unga tezgina qarab, bosh irg‘adi.— H-ha… tushungandekman.

— Yaxshi. Endi ko‘rsat-chi.

Lablarini namlab, qiz yana oldinga qaradi. Yuragi qo‘rquvdan tez ura boshladi — xato qilishdan qo‘rqardi. Chuqur nafas olib, asta tugmani bosdi. O‘q ovozi baland yangradi, qiz beixtiyor ko‘zlarini yumib oldi.

Zuha miltiqni pastga tushirib, xo‘rsindi.— Kechirasan… yana tekkiza olmadim… — dedi u, yuzlari qizarib. — Men bunday narsalarda unchalik yaxshi emasman, Jungkook.

Yigit kulib yubordi va yana qizning orqasidan yaqinlashdi.— Sen nishonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramaysan, Zuha. Har doim nigohingni qurol chizig‘iga mosla — shunda o‘q qayerga borishini tasavvur qila olasan.

— Pff… hamma narsani biladigan odam… — dedi yon tomonda tosh ustida o‘tirgan bola.

Ikkalasi ham ovoz tomonga qaradi.— Nima deding? — so‘radi Jungkook.

Soobin ko‘zlarini katta ochdi.— Hech narsa! Hech narsa…

Yigit shunchaki jilmaydi va yana Zuha tomonga burilib, qizning qulog‘i yonida shivirlab:— Do‘sting yana kayfiyatsizga o‘xshaydi.

Zuha kulib yubordi, ammo Jungkook uning qo‘lini ushlagan zahoti kulgisi sekinlashdi. Ichida o‘sha tanish his — kapalaklar uyg‘ondi.— U… shunchaki o‘rmonlarni yoqtirmaydi, — dedi Zuha tomog‘ini tozalab.

— Yoki meni yoqtirmas.

Jungkook miltiqni biroz ko‘tardi, uchi bilan qizning yonoqlariga yengil tegdi, ikkinchi qo‘li esa hali ham tirsagini tutib turardi. Bu uni hayotida birinchi marta bir qiz bolaga otishni o‘rgatishi edi.

— Hech qachon qilmagan odam uchun juda yaxshi o‘q uzayapsan, — dedi u keyingi urinishdan so‘ng, Zuha bu safar hayratlanarli tarzda nishonga tekkizganida.

Zuba jilmaydi va miltiqni pastga tushirdi.— Dadam dengiz piyodalari polkovniki. Ba’zan nazorati ostida menga qurol tutishga ruxsat berardi, lekin hech qachon o‘qlanmagan holatda.

Yigit qoshini ko‘tardi.— Dengiz piyodasi?

— Ha!

— Otang nima qiladi o‘zi? — bu safar Soobin o‘rnidan turib so‘radi. — Hozirgacha bilganimiz faqat isming Jungkook ekani va begunoh kiyiklarni ovlab yurishing.

— Soobin! — dedi Zuha pichirlab, uni koyidi.

Jungkook kuldi, sumkasi tomon yurib.— Bu sport, — deb tuzatdi u.

— Farqi bormi?

Jungkook yelka qisdi.— Balki.

Soobin ko‘zlarini aylantirdi — bu yigitning sirli gaplaridan charchagan edi. U Zuhaga qaradi, qiz esa nigohi bilan doʻstini tinchlantirishga urinar edi. Ammo u parvo qilmadi.

— O‘zing haqida gapirmaysanmi?

Jungkook xo‘rsindi, hali ham ularga orqa qilib turardi.— Nimani bilmoqchisan, Soobin?

— Masalan, qayerdansan. Ota-onang haqida, — dedi u. — Shunchaki noto‘g‘ri odam bilan do‘stlashib qolmaylik deb.

Yigit burildi, sumkasini yelkasiga ilib.— Noto‘g‘ri odam?

— Bilasan-ku… Uchi, — dedi Soobin, qoshlarini chimirib.

Jungkookning nigohi Soobindan Zuhaga o‘tdi — go‘yo tushunmagandek. Zuha lablarini ochib, yana yopdi.

— Siyosiy partiya? — dedi u.

Ikkalasi ham bosh irg‘adi.

— Ular kun sayin kuchayib boryapti, — dedi Zuha. — Shunday hukumatni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar borligini bilish achinarli… — qiz ko‘zlarini pastga tushirdi. — Lekin baribir ijobiy bo‘lishimiz kerak.

— Ha… — dedi Soobin sekin, yana Jungkookka qarab.

Jungkook yon tomonga qaradi, keyin yana Zuhaga tikildi. Ular bir-biriga tikilib qoldi. Zuhaning nigohida xavotir bor edi. Zuha bunga qarshi? Qanday qilib qiz Uchiga qarshi bo‘lishi mumkin?

— Xo‘sh? — dedi Soobin sabrsizlanib.

— Hm… — Jungkook burnini qashladi, keyin bosh chayqadi. — Yo‘q. Men ulardan emasman.

Zuha jilmaydi. Yengillik jilmayishi.

Jungkook esa bu yolg‘onni aytgach, javoban jilmayish kerakmi yoki buni shunchaki unutish kerakmi — bilmay qoldi.

Jungkook jilmayishni tanladi.

General Jeon Jungkook

Jeon Zuha