Today

𝐁𝐈𝐍𝐀𝐅𝐒𝐇𝐀 || 𝐉𝐉𝐊

𝐓𝐖𝐄𝐍𝐓𝐘 𝐓𝐇𝐑𝐄𝐄 | 𝟐𝟑

— Bugungi mazali taom uchun rahmat, Zuha.

Ovqatlanish stolida o‘tirgan oyimga o‘g‘rinib qaradim.

— Rahmat aytishga hojat yo‘q, oyijon. Men yaqinlarim uchun ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘raman.

Yuvilgan idishlarni quritib, oyimning yoniga o‘tirdim.

— Dadam shunchalik erta uxlab qoldimi?

— Hmm… — oyim noutbukda biroz ishlayotgandi, lekin yoniga o‘tirganimda, ekranini yopib, diqqatini menga qaratdi.
— Sen uyga kelgan kun u butun kunni sen bilan o‘tkazib charchaydi. Shuning uchun erta yotadi, qolgan kunlari esa juda kech uxlaydi.

— Dadam ko‘proq dam olishi kerak…

Qo‘limga telefonimni olganimda u o‘chib qolganini ko‘rib, nafasim ostida so‘kindim.

— Telefonni zaryadlashni unutibsanmi?

— Ha. Jungkook har kuni telefonimni quvvatga qo‘yadi, lekin bugun u shoshilayotgan edi, men ham unutib qo‘yibman.

Telefonimni jinsi shimim cho‘ntagiga soldim.

— Endi ketishim kerak, oyi.
Oyim bilagimdan ushlab, jilmayib ohista gapirdi:

— Kechasi soat o‘n bir bo‘ldi. Bugun shu yerda qol, Zuha. Javob berishga ham ulgurmay, saroy qo‘ng‘irog‘i jiringladi.

— Men eshikni ochaman… — dedi oyim va eshik tomon yurdi.
— Zuha! Yan seni olib ketish uchun kelibdi.

Bilardim — uni Jungkook yuborgan.

Men ota-onamning uyida kun bo‘yi xohlaganimcha qolishim mumkin edi, lekin kechasi yana saroyga qaytishim shart edi. Sababi kun davomida Jungkook qasrda bo‘lmasdi, ammo u qaytib kelishi bilan men u yerda bo‘lishim kerak edi. Menga ota-onamnikiga faqat qattiq xavfsizlik ostida borishga ruxsat berilgan. Jungkook hayotim xavf ostida ekanini aytgandi. Men hali tahdidlarni sezmagandim, chunki ota-onamning uyi doim qo‘riqchilar tomonidan o‘ralgan edi. Ammo oyim dadamni kasalxonaga olib borayotgan paytda ularga hujum qilishgandi.

Yaxshiyamki, Jungkookning qo‘riqchilari ularni yigirma to‘rt soat kuzatib turgani sababli jiddiy zarar yetmadi. Aks holda, bugun ular men bilan birga bo‘lmasdi. Divandan sumkamni olib, asosiy eshik tomon yo‘l oldim. Oyim bu yerda qolmaganim uchun Yanga rosa tanbeh berdi.
Yan esa jimgina eshitib, kechirim so‘rardi.

Oyimni quchoqlab xayrlashdim va qasrdan chiqdim.

— Nega xo‘jayinning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadingiz? U juda jahli chiqqan, — dedi Yan men uchun mashina eshigini ocharkan.

— Telefonim zaryadi tugab o‘chib qolibdi, — dedim o‘rindiqqa o‘tirib.

Yan menga Jungkook uyimda juda kech qolib ketganim uchun mendan g‘azablanganini aytdi. Demak, u butun alamini bechora Red va Yandan olgan. Jungkook jahl bilan Yanga meni darhol saroyga olib kelishni buyurganini eshitib, biroz qo‘rqib ketdim. Odatda qorong‘i tushmasdan qaytardim, ammo bugun dadam bilan kino ko‘rish, keyin ularga ovqat pishirish bilan band bo‘lib, vaqt qanday o‘tganini sezmay qolibman.

Chuqur nafas olib, qasrga kirishdan oldin sumkamnj mahkam ushladim. Mehmonxonaga kirganimda uni ham, Minani ham, Ayiqni ham ko‘rmadim. Og‘ir qadamlar bilan ovqatlanish xonasi tomon yurdim — Minani yoki Ayiqni qidirib. Xona chiroqlari o‘chiq edi. Hech kim yo‘q deb o‘ylab, oshxona tomon burilmoqchi bo‘ldim, lekin birdan chiroq yondi.

Jungkook ovqat stolida o‘tirardi. Cho‘chib ketdim, yuragimni changallab qattiq nafas oldim.

— Meni qo‘rqitding, ahmoq…

U menga tikilib turardi. Ko‘zlari tun kabi qorong‘i, chiroyli yuzi esa g‘azabdan burishib ketgan edi.
U ko‘zlarimga qaragancha o‘rindiqdan turdi va bir og‘iz so‘z demay menga tomon yurdi. Yaqinlashganda iyagimni ko‘tardi. Qo‘rqqandek qattiq yutindim. Aslida… haqiqatdan ham qo‘rqayotgandim. Bir narsa demoqchi edim, lekin u qo‘llarimdan ushlab, yengilgina orqaga itardi va devorga tiradi.

— Soat nechchi, Zuha?

Kaftini boshimga qo‘ydi.

— Seni ikki soatdan beri kutyapman. Bugun qo‘ng‘irog‘imga ham, xabarimga ham javob bermading.

Pastki labimni tishladim.

— M-telefonim o‘chib qolgan edi, chunki…

— Zaryadga qo‘yishni unutgansan, — so‘zimni bo‘ldi.

Bosh irg‘adim.
U menga yanada yaqinlashdi. Endi yuzlarimiz orasida bir necha santimetrgina masofa bor edi.

— Seni kutayotganimni bir marta ham o‘ylamadingmi? — dedi u past, ammo qattiq ovozda.

— Men… men shunchaki…

— Sen menga umuman ahamiyat bermaysan. Ovqatlandingmi?

Bu gap yuragimni qattiq og‘ritdi.

— Hmm… sen-chi? Kechki ovqat qildingmi?

— Sen uyda edingmi? — deb qarshi savol berdi.

— Yo‘q. Lekin Mina shu yerda edi. Balki senga ovqat tayyorlagandir… ovqatlanishing kerak edi, — dedim xotirjam ohangda.

— Sen bilan ovqatlanishga o‘rganib qolganman…

U chuqur xo‘rsindi. Uning horg‘in ovozi ko‘ksimga urilgandek bo‘ldi.
Ikkimiz ham jim qoldik.
Xonada faqat nafasimiz eshitilardi.
Vaziyat juda noqulay bo‘lgani uchun ko‘z kontaktini uzdim.

Jungkook tomog‘ini qirib, orqaga qadam tashladi. U o‘girilmoqchi bo‘lganida, bilagidan ushlab qoldim. U qo‘limga qaradi, so‘ng charchagan ko‘zlari menikiga to‘qnashdi.

— Senga ovqat beraman.

U xirilladi.

— Jahling chiqdimi? — dedim bilagini mahkam ushlab.

— Nima deb o‘ylaysan? — dedi yana savol bilan.

— Bilmadim…

Jungkook xuddi bo‘ronday ustimga bostirib kelib, iyagimdan ushladi va ko‘zlariga qarashga majbur qildi.

— Ha, men juda g‘azabdaman. Lekin yana aytaman, Zuha — buni senga qizig‘i ham yo‘q.

Endi u meni ham jahlimni chiqarayotgandi. U kichik, ahamiyatsiz hodisalarni ham juda katta muammoga aylantirardi. Lekin yonib turgan olovga u bilan bahslashib, yana alangani kuchaytirgim kelmadi. Qo‘limni ko‘kragiga qo‘ydim. U bir qadam orqaga chekindi.
Sumkamni ovqat stoliga tashlab, sochimni yig‘dim va Mina kechki ovqatga nima pishirganini ko‘rish uchun oshxonaga bordim. Unga ovqat isitdim.

Oshxonadan unga qaradim — u ovqat stolida o‘tirib, iPad’da ishlayotgandi.

Jungkook bu kunlarda ofis ishlari bilanmi yoki mafiya ishlari bilanmi — aniq bilmasdim — juda ko‘p ishlardi. Tun bo‘yi ishlaydi, tong otishi bilan ishxonaga jo‘nab ketardi. Bu orada u na tinch dam olar, na to‘yib uxlar edi. Men har safar dam olishini so‘raganimda, u hozir bunga vaqti yo‘qligini aytardi. Nima rejalashtiryotganini ko‘p marta so‘radim. U bu ish tugagach, katta narsani rejalashtirayotganini aytgandi.

Bu — u bilan bahslashmasligimning birinchi sababi edi.

Ikkinchi sabab esa Eomma edi.

Vahima xurujidan keyin uning yuragi yomonlashdi va uni darhol kasalxonaga yotqizishdi. O‘sha kunlarda Jungkook doimo uning yonida edi. U yuzida qayg‘uni ko‘rsatmasdi, ammo ko‘zlarida alam va iztirob yaqqol sezilardi. Eomma bilan anchadan beri uchrashmadim. Jungkookdan uchrashishga ruxsat so‘raganimda, doim rad etdi. Shuning uchun faqat qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar orqali gaplashib, sog‘lig‘ini so‘rab turardim.

Ovqat solingan likopchani olib uning oldiga qo‘ydim. So‘ng sumkamni olmoqchi bo‘ldim, lekin Jungkook uni ushlab, stolning narigi tomoniga surib qo‘ydi. Unga qaraganimda, allaqachon menga o‘tkir nigohlari bilan tikilib turgandi.

— Ovqatlanib bo‘lgunimcha men bilan o‘tir, — dedi u.

— Agar rad etsam nima bo‘ladi?

U indamay bir soniya menga tikilib turdi-da, bilagimdan ushlab tizzasiga tortdi.

— Jungkook! Aqldan ozganmisan?!

U hech narsa demadi. Qo‘lini belimga o‘rab, ikkinchi qo‘li bilan ovqatlana boshladi. Men esa u yerdan qimirlay olmadim — uni kechki ovqatini tugatishini kutdim. To‘satdan qasrda poshnalarning jaranglagan ovozi eshitildi. Kimligini darhol bildim. Jorjiya oshxonaga tor qora midi libosda, baland poshnali tuflilarini taqillatib kirib keldi. Qanday qilib bu ayol doim shunday baland poshnalarda yura oladi — ochig‘i, hayratlanardim. U bizni ko‘rib qovog‘ini uyib oldi, so‘ng oshxona tomon burildi.

Jungkookka qaradim — u xotirjam ovqat yeyishda davom etardi.

— Jorjiya ham kech keldi, — dedim.

— Xo‘sh, men nima qilay? — dedi u beparvo.

U gaplashadi yoki jahl qiladi deb o‘ylagandim, ammo u hatto unga qaramadi.

— Shunchaki aytdim…

— Menga aytma, — dedi sovuqqonlik bilan.

U ovqatni tugatdi va biz yotoqxonaga yo‘l oldik.
Jorjiya kechasi qayergadir ketayotgan edi, lekin Jungkook unga bir og‘iz ham gapirmadi. Agar uning o‘rnida men bo‘lganimda, orqam Jungkookning qo‘l izlaridan qizarib ketgan bo‘lardi.

Kalta ipak tungi ko‘ylagimni kiyib xonaga kirdim.
Jungkook divanda o‘tirib, noutbukda ishlayotgandi. Qo‘lida bir stakan viski va sigaret bor edi. Sigaretini kuldonga bosib o‘chirdi, bu hiddan qanchalik nafratlanishimni bilardi.

Ishi sababli uxlamasligini tushunardim. Oshxonada bo‘lgan voqea uni jahlini chiqargandi, u doimo jahli ustida menga tegmaslikka harakat qilardi.

Karavotga yotib, choyshabni ustimga tortdim va uxlamoqchi bo‘ldim.
Ko‘zlarimni yumdim.
Ammo baribir uxlay olmadim.
Ko‘zimni ochib unga qaradim — u hanuz ish bilan band edi.

— Uxlamaysanmi? — deb so‘radim nihoyat.

— Yo‘q, ishim bor, — dedi u noutbukdan ko‘z uzmay.

— Sen tufayli uxlay olmayapman… chiroqni o‘chir.

Jungkook noutbukni stolga qo‘ydi, iPad’ni oldi va divanga bemalol suyanib o‘tirdi.

— Men tufayli uxlay olmayapsanmi yoki mensiz uxlay olmaysanmi, Binafsha?

Bu so‘zlardan nafasim tiqilib qoldi. Qovog‘imni chimirdim. Bu odam har safar meni hayratda qoldirardi.

— Bu yoqqa kel, Binafsha, — dedi soniga urib buyruq ohangida.

U takrorlashiga hojat qoldirmay, choyshabni tanamga o‘rab, unga tomon bordim. Jungkook iPad’ni yoniga qo‘ydi va qo‘limdan mahkam ushladi. Boshimni urib turgan yuragi ustiga qo‘ydim. U tizzalarimdan ushlab, ohista erkalay boshladi.

— Telefoningni zaryadga qo‘ymaslik xatosini boshqa takrorlama, Zuha. Qo‘ng‘iroqlarimga javob bermasang, tashvishlanaman.

Unga qaradim-da, yonoqlarini kaftlarim orasiga oldim. Ko‘zlari asta yumshadi.

— Bundan keyin takrorlanmaydi, ser, — dedim va pastki labimni tishlarim orasiga oldim.

Uning la’nati munosabatini kutdim. U ruscha nafasi ostida so‘kindi, so‘ng iyagimni mahkam ushladi.

— Seni qiynashimni xohlaysanmi, Binafsha?

— Balki… — deb g‘o‘ldiradim.
— Balki emas, Binafsha. Endi men seni aniq dahshatli aloqaga tortaman.

U meni yelkasiga tashladi. Qattiq kulib yubordim. Ko‘p bora shunaqa gap-so‘z bilan muammoni hal qilardik, lekin bugungidek urishish odatimiz hech qachon tugamasdi.

— Nega bunday kichik narsalar men uchun muhimligini tushunmayapsan, Zuha?! — Jungkook barmog‘ini yelkamga bosib baqirdi.

— Nega tushunmayapmanmi? Balki seni gaplaringni tushunishga qiziqmasmandirman! — men ham orqaga baqirdim va uni itarib yubordim.

Ammo u bir santimetr ham qimirlamadi. Jungkookning ko‘zlari qorayib, jag‘i qattiq qisildi. U meni mushakli ko‘kragiga tortdi.

— Sen meni itara olmaysan…

— Sen kimsan o‘zi?! — xirilladim.
— Nima qila olishimni o‘zim hal qilaman! Sen bilan gaplashishni istamayman. Meni qo‘yib yubor!

Uning qo‘lidan uzoqlashdim. Bu safar e’tiroz bildirmadi.

— Zuha…

— Men bilan gaplashma! Bilasanmi nima? O‘zingni o‘zing qondir. Men sen bilan yashashni ham istamayman!

Telefonim bilan hamyonimni oldim.

— Ota-onamning uyiga ketyapman. Bu yerda yolg‘iz baxtli bo‘l,lan’ati Jeon Jungkook!

Eshik tomon yurdim. Ochmoqchi edim, lekin u bilagimdan ushlab to‘xtatdi.

— Meni eshit!

— Hech narsani eshitishni istamayman, idiot! O‘zingni qondir! — deb yuziga baqirdim va qo‘limni tortib oldim.

U orqadan nimadir dedi, lekin men eshikni ochib xonadan chiqib ketdim. Jungkook xonada qoldi — faqat menga jahldor nigoh bilan tikilib turardi.
Ataylab baland shovqin chiqishi uchun eshikni kuch bilan yopdim. Bizning bahsimiz kichik masalada edi, lekinJeon Jungkook hamma narsani cho‘zish odatiga ega. Mijg‘ov.
Saroydan chiqdim. Qo‘riqchilar menga ta’zim qilishdi, lekin bugun ularga e’tibor bermadim.
Yanga qo‘ng‘iroq qila boshladim, ammo u ko‘tarmadi.

— Yan! Red! Ikkalangiz qayerdasiz?!

Ular tungi asosiy qo‘riqchilar edi.

— Zuha xonim! — Redning ovozi darvoza tomondan eshitildi.

U dovdiragancha oldimga yugurib keldi.

— Nima bo‘ldi? Nega baqiryapsiz? Yaxshimisiz?..

— Gapni to‘xtat. Ota-onamning uyiga bormoqchiman. Mashinani olib kel, — deb buyurdim.

— Hozirmi? — dedi u ko‘zlarini katta-katta ochib, soatiga qarab.

— Yarim tun bo‘ldi-ku…

— Ahamiyatsiz. Ota-onamnikiga bormoqchiman. Meni olib bor, bo‘lmasa o‘zim ketaman.

— Ammo siz mashina haydashni bilmaysiz, Zuha xonim, — dedi kulib.

Unga jahldan qisilgan ko‘zlarim bilan qaradim.

— Sen…

— Men mashinani olib kelaman, — dedi Red kulimsirab bosh egib va to‘xtash joyi tomon yugurdi.

Bir necha soniya ichida qora Mercedes bilan qaytib keldi. Vaqtni cho‘zmasdan mashinaga o‘tirdim. Oxirgi marta qasr ichiga qaraganimda, u yerda Jungkookni ko‘rmadim.

Ko‘zlarimni ag‘darib, sumkamdan quloqchinlarni chiqardim va qo‘shiqlarni baland ovozda qo‘yib, tinchlanishga urindim. Ota-onamning uyiga yetib kelganimda tungi soat bir bo‘lib qolgan edi.

Kechasi ularning uyqusini buzish yaxshi fikr emasdi, lekin boshqa ilojim yo‘q edi. Saroy qo‘ng‘irog‘ini bosdim. Bir necha soniyadan so‘ng ichkaridan oyimning ovozi eshitildi va u eshikni ochdi.

— Zuha?..

Oyim hayrat bilan menga yuqoridan pastgacha qaradi. Men tungi ko‘ylakda edim.

— Nega tunda bu yerdasan?

— Nega men bu yerga kechasi kela olmayman? — dedim sovuqqonlik bilan.

— Buni demoqchi emasdim… shunchaki… biror narsa bo‘ldimi?

— Yo‘q. Hech narsa bo‘lmadi. Men o‘sha yirtqichning uyida uxlashni istamadim. Shuning uchun bu yerga keldim.

Bir zum sukut qildim.

— Endi ichkariga kirishimga ruxsat berasizmi yoki mehmonxonaga borishim kerakmi?

— Yo‘q-yo‘q, kir, — dedi oyim yon tomonga o‘tib.

Ichkariga kirdim. Oyim eshikni yopdi.

— Demak, Jungkook bilan janjallashdingiz…

— Yo‘q. Men u yirtqich bilan urishmadim. Va hozir hech narsani muhokama qilishni xohlamayman. Uyqum kelyapti. Xayrli tun.

Yolg‘on gapirdim va darhol xonamga ko‘tarildim.
To‘shak ustida qornim bilan yotib, uxlay olmaganim uchun YouTube’da video qidirardim.

— Zuha… — oyim eshikni taqillatdi.

— Endi nima, oyi?! — deb qichqirdim.

Eshikni ochmoqchi emasdim, lekin u tinmay taqillatardi.

— Hozir ochaman, kuting…

Eshikni ochdim.

— Nima bo‘ldi sizga?!

Darhol yopmoqchi edim, lekin kuchli qo‘l bunga yo‘l qo‘ymadi.

— Binafsha…

— Endi nima istaysan?!

U ichkariga kirib, oyog‘i bilan eshikni yopdi va qarshimda to‘xtadi.

— Uyga qaytaylik, iltimos, — dedi sovuq ohangda.

— Men hech qayerga ketmayman. Nega bu yerdasa ? — dedim qo‘llarimni ko‘ksimga bog‘lab.

— Chunki men sen bilan gaplashmoqchiman.

Bir lahza jim qoldi.

— Va sensiz uxlay olmayman.

Iyagimni ko‘tardim.

— Men sen bilan gaplashmasligimni aytdim.
Uning jag‘i siqildi, ko‘zlari g‘azabdan biroz qorayib ketdi.

— Bugun ikkalamiz ham juda asabiylashdik. Ertalab xotirjam gaplashamiz. Endi uyga ketaylik.

Uning ohangidagi pasayish ich-ichimni qaltiratdi. Tanamdagi har bir a’zo titray boshladi. Uning menga bo‘lgan ta’siridan nafratlanardim. Nigohimni uzib, orqaga qadam tashladim.

— Sen… — dedim eshik tomon ishora qilib. — Uyingga bor. Chunki men sen bilan hech qayerga bormayman.

— Mayli. Agar hozir uyimizga bormasang, ota-onangning uyida qolamiz.

U futbolkasini yechib yerga tashladi. Shimini ham yechib, shortida karavotimga yotdi.

— Bu yerga kel. Uyqum keldi, — dedi chap qo‘lini ochib.

— O‘zing haqingda nima deb o‘ylaysan?

— Ko‘rib turganingdek, Binafsha.

— Nega bunchalik qaysarsan?

— Yo‘q, sen qaysarsan. Shuning uchun men ham shunday bo‘lishimga to‘g‘ri keladi.

Uning ohangi yana sovuqlashdi.

— Endi tinchgina kelayapsanmi yoki o‘zim olib kelishim kerakmi?

Hech narsa demadim. Joyimdan qimirlamadim.

— Bu yerga kelmaysanmi? — dedi u karavotdan turib.

Orqaga qadam tashladim. U yonimga kelmoqchi bo‘lganida, narigi tomonga yugurdim. U esa orqamdan quvdi. Men undan sichqondek qochardim, u esa meni tutish uchun mushukdek ortimdan yugurardi. Karavot ustiga chiqib qochmoqchi bo‘ldim, ammo u orqamdan ushlab olgach, qochib ketolmadim.

— Jungkook, meni qo‘yib yubor… — dedim uning qo‘lidan chiqishga urinib.

— Endi qochishdan foyda yo‘q, Binafsha.

U meni karavotga mixlab qo‘ydi. Qo‘llarini belimdan o‘rab, oyoqlarimni mushakli oyoqlari orasiga joylab, harakatlarimni butunlay chekladi.

— Sen juda vahshiysan.

— Kechirim so‘ra.

— Nima uchun?

— Bahslashmasdan kechirim so‘ra. Uydagi janjal seni aybing.

— Janjalni sen boshlading.

— Jimgina kechirim so‘ra.

Ko‘kragiga tirsagim bilan urdim.

— Kechirasan. Janjalni boshlagan sen, ustimga baqirgan ham sen, kechqurun qochib ketgan ham sen. Bularning barchasi mening aybim emas… lekin baribir men aybdorman. Iltimos, meni kechir.

Uning quchog‘ida asta bo‘shashdim.

— Agar avvalroq kechirim so‘raganingda, bunday janjal bo‘lmasdi, — dedim.

— Sen bilan gaplashishimdan oldin ketib qolding.

Boshimni orqaga egib, unga qaradim.

— Balki bu ham meni aybimdir.

Kulib yubordim. Jungkook qo‘llarini bo‘shatdi. Men unga o‘girilib, lablarimni lablariga qo‘ydim.
.
.
.
.
.
.
Agar kimdir mendan hayotim qanday kechayotganini so‘rasa, bu savolga javob bera olmasligim mumkin.

Chunki hayotim qanday o‘tayotganini o‘zim ham bilmasdim — g‘amginmanmi yoki xursand.

Shamol qurigan barglarni qayerga olib ketsa, men ham xuddi shunday yashardim. Boshimga nimalar tushishini bilmasdim. Shunchaki shamol izmida edim. Ikkimizning o‘rtamizda qanday munosabat bor edi?

U bu haqida hech qanday izoh bermadi. Men ham hech qachon so‘ramadim. Uning sharifi boshqa birov bilan bog‘langan edi. U boshqa birovning eri edi.

Lekin u men bilan edi.

Menda uni xotiniga xos huquqlar bor edi:
u men bilan yashardi,
men bilan yotardi,
men bilan ovqatlanardi,
men bilan his-tuyg‘ularini bo‘lishardi.

Ammo u hech qachon menga o‘zini xotinidek his qilishimga imkon bermadi.
O‘zimni yomon his qildimmi?

Juda ko‘p.

Men birovning haqqini egallab olgandim.
Har bir munosabatga nom berish shart bo‘lmagan dunyoni xohlardim. Ba’zi aloqalar faqat yurak bilan bog‘liq bo‘lishini istardim.
Lekin shu bilan birga, bu munosabatga dunyo oldida nom berishni ham orzu qilardim.

Jorjiya soat nechada chiqib ketdi, nima kiyib qaytdi, qayerga bordi — bular Jungkook uchun mutlaqo ahamiyatsiz edi.

Ammo men uchun buning aksi edi.

Shunga qaramay, Jungkook meni qizil lab bo‘yog‘ida saroy bo‘ylab yurishimga qarshi chiqardi. Atrofimizda qancha odam borligini o‘ylamasdan, lablarimdan lab bo‘yog‘imni artib tashlardi.

— Mendan boshqa hech kim seni qizil lablar bilan ko‘rishga haqli emas, Binafsha.

Men undan nega Jorjiya kabi erkin bo‘la olmasligimni so‘raganimda, u tomog‘imdan ushlab shunday degandi:

— Jorjiyaning yashashi yoki o‘lishi menga farqi yo‘q. Ammo gap senga kelganda — farqi bor. Senga hech narsa bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman. Shuning uchun cheklovlar bor, Min Zuha.

Ikkalamiz ham noqonuniy munosabat ichida edik.Ammo saroyda Jorjiyadan boshqa hech kim menga buni bu qadar og‘riqli his qildirmasdi.

Men unga e’tibor bermasdim.
Chunki to‘g‘ri vaqtni kutardim.
O‘z o‘rnimni qaytarib olgan kunim — har bir haqoratim uchun qasos olardim.

Jungkook uyda bo‘lmagan paytlarda men bilan Jorjiya o‘rtasida yuz bergan yomon voqealar haqida unga aytmadim. Ammo undan hech narsani yashirib bo‘lmasdi. U Jorjiyani qasrdan uzoqlashtirish uchun sabab topdi.

Sababi nimada ekanini bilmasdim.

So‘nggi ikki-uch hafta ichida Jorjiya bu yerda deyarli bo‘lmasdi. Jungkook esa bu haqda menga lom-lum demadi. U kelgan paytlarida Jungkook unga ichida konvert solingan qora kartochkalarni berardi. U esa ularni biroz vaqt o‘tgach olib ketardi.

Bu orada sog‘lig‘im ham yaxshi emasdi.
Nima bo‘layotganini tushunmasdim:
isitmam yo‘q, shamollash ham emas.

Ammo tanam g‘alati holatda edi.

Tez charchardim. Boshim tez-tez og‘rirdi. Kayfiyatim keskin o‘zgarardi. Bu haqida Jungkookka hech narsa demadim. Ammo bugun ertalab nonushta paytida omlet hididan ko‘nglim aynib, qusdim. Jungkook darhol shifokorni uyga chaqirdi. U barcha tahlillarni Jungkookning ko‘z o‘ngida oldi. Ikki-uch kundan keyin natijalar chiqishini ayti shifokor.
.
.
.
.
.
Mina bugun ertalab yo‘qligi uchun Jungkook nonushta tayyorlabdi — u juda yaxshi oshpaz.

Oshxonada kechki ovqat tayyorlayotgan edim, birdan Jorjiyaning baqirayotgan ovozi eshitildi. Ko‘zlarimni ag‘dardim. Nega u bugun bu yerda?
Uning baqirishi kuchayib borardi. Pechni o‘chirdim, qo‘llarimni yuvdim-da, u baqirayotgan mehmonxonaga bordim.

Mehmonxonaning o‘rtasida qo‘llarini ko‘kragiga bog‘lab turgan Jorjiya Minaga baqirardi. Minaning quchog‘ida esa mening Ayig‘im bor edi.

— Bu it meni ziyofatga kiyishga tayyorlab qo‘ygan yangi ko‘ylagimni yirtib tashladi! Endi nima kiyishimni aytasanmi?! — dedi u qichqirib.

Mina unga hech narsa demadi.

— Men senga bu itni uyimdan haydab yubor dedim! Buni tushunmadingmi, Mina?! — u yana baqirdi.

Ayig‘im uning quchog‘ida jimirlab ketdi.

— U hech qayoqqa ketmaydi. Bu uni onasi va dadasining uyi, — dedim.

Aslida u bilan bahslashmoqchi emas edim, lekin uning Mina va Ayig‘imga qilgan munosabatiga chiday olmadim.

— Ayiq faqat Jungkook va meni kiyimlarim bilan o‘ynaydi. Bir zum o‘ylab ko‘rsang ham, u yangi ko‘ylaging bilan o‘ynagan bo‘lishi mumkin, lekin uni yirtmagan bo‘lardi.

— U buni qildi! — deb qichqirdi u.

Divan ustidagi ko‘ylakni olib menga ko‘rsatdi.

— Yovvoyi ayiqingning jasoratiga qara!

Oppoq ko‘ylak har tomondan yirtilib ketgan, go‘yo kimdir tirnoqlari bilan tilib chiqqandek edi.

— Ayiq buni qilganiga shunchalik ishonching komilmi? O‘z ko‘zlaring bilan ko‘rdingmi? — deb so‘radim.

— Men! Ko‘ylakni karavotimga qo‘yib, cho‘milishga ketganimda u juda yaxshi edi. Qaytib kelsam, kiyim shu holatda, seni kuchuking esa xonamda edi. Mina ham buni ko‘rdi!

Minaga qaradim.

— Mina, Ayiq ko‘ylakni yirtganini ko‘rdingmi?

— Yo‘q, Zuha xonim. Xonaga kirganimda Jorjiya xonim va Ayiq xonada bor edi. Kiyim esa shu holatda edi, — dedi u pastga qaragancha.

U shunday gapirayotganda nimadir noto‘g‘ri ekanini sezdim.

— Mina Ayiqning ko‘ylagingni yirtganini ko‘rmagan. Agar sen baribir uni aybdor deb hisoblasang, men ko‘ylaging narxini ikki baravar qilib to‘lashga tayyorman.

— Menga pul kerak emas! Bu mening eng sevimli libosim edi! Endi shu ko‘ylak evaziga men bu yovvoyi itni o‘ldiraman!

U Minaga tomon yurib, Ayig‘imni quchog‘idan tortib ola boshladi.

— Hoy! Ayiqdan uzoqroq tur! — deb baqirdim.

Jorjiya aqldan ozgandek edi — u hech narsani o‘ylamay, faqat Ayig‘imni tortib olishga urinardi.
Oxiri ilojim qolmadi — uni qattiq itardim. U yerga yiqildi.

— Mina, Ayiq bilan yuqoriga chiq! — deb buyurdim.

Mina darhol Ayig‘imni olib xonamga chiqib ketdi.
Jorjiya yerdan turishga urindi.

— Meni itarib yuborishga qanday jur’at etasan?! O‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Fohisha!

— Jorjiya, men bilan gaplashayotganda ovoz ohangingga e’tibor ber, — dedim sovuqqina.
— Men jim turganim sen xohlagan gapni ayta olasan degani emas.

Ko‘zlarim g‘azabdan yonib turardi.
U o‘rnidan turib, ahmoqona kuldi.

— Menga nima qilasan? Sen menga hech narsa qila olmaysan. Men Jeon Jungkookning rafiqasiman. Sen esa shunchaki jazmanisan. O‘z chegarangda qol.

— Men o‘z chegaram ichida yashayman, — dedim sokin, ammo qat’iy.
— Lekin sen o‘zingnikini unutding. Va sen kabi xotin bo‘lgandan ko‘ra, uni jazmani bo‘lganim afzal.

— Juda ko‘p gapiryapsan, Zuha!

— Haqiqatni eshitganingda xafa bo‘ldingmi? Agar shunday bo‘lsa, bu tabiiy. Men hech qachon seni xafa qilishni xohlamaganman. Ammo bugun sen bir dona la’nati kiyim uchun begunoh jonivorni o‘ldirish haqida gapirib, barcha chegaralarni bosib o‘tding.

— Meni saroyimda men bilan bunday gaplasha olmaysan!

— Bu seniki emas. Bu men va sevgilimning uyi! Buni senga yana necha marta eslatishim kerak?!

Jag‘larim qattiq siqildi, tomog‘im achishib ketdi — zo‘rg‘a gapirayotgan edim.

— Jungkook senga qanchalik yaxshi munosabatda bo‘lmasin, sen baribir uni oldida jazmansan. Men esa uning xotiniman. Shuning uchun Donning kechasiga seni emas, meni taklif qildi.

— Yaxshi. Unda ziyofatdan albatta zavq ol. Chunki u yer senga o‘xshaganlar bilan to‘la bo‘ladi. Jungkook hammaning oldida sendan jahli chiqmasin deb duo qilaman. Chunki u yerda seni men kabi qutqaradigan hech kim bo‘lmaydi.

— Ular bu sahnani tomosha qilib kulishadi, seni haqorat qilishadi, — dedim tabassum bilan va yuqoriga burildim.
.
.
.
.

O‘zimni juda yomon his qilardim. Ko‘zlarimdan yosh sirg‘alib tushdi — men buni juda uzoq vaqt ichimda ushlab kelgandim.

Endi bu ahmoqlikka chiday olmayman.