𝗗𝗜𝗦𝗔𝗦𝗧𝗥𝗢𝗨𝗦 𝗗𝗘𝗦𝗜𝗥𝗘𝗦 | 𝗞𝗧𝗛
-Ket! Iltimos, menga yomonlik qilma...uning ovozi - bir paytlar chiroyli va nafis ovozi qo'pol va buzuq tarzda xonan toʻldirdi. Qo‘rquvdan qaltirab, nafasi oluvchi vakumni yechib, yotoqdan turdi. U bir qadam orqaga chekindi, hali ham menga tikilib, pichoqni men tomonga ishora qilib turardi.
-Menga yaqinlashma. Uning koʻzlari o'zi hujum qilgan qo'lim tomon tushganida, u menga ogohlantirish berdi.
Uning pichog‘i qo‘lqopimni kesib oʻtgandi, jarohatdan qon oqib, sayqallangan marmar polga tomardi. Uning ko'zlariga yosh toʻldi va u titrayotgan qo'li bilan bilagidagi trubkalarni sug'urishni boshlaganda, darhol pichoqni qo'lidan tashladi.
-Gospoja...Hyeon orqamdan baqirib, unga qarab qadam tashladi, lekin u unga qaramasdi.
Men Hyeonga kaftimni ko‘rsatib, unga yaqinlashishdan to‘xtatdim.
—Jen? Men uni chaqirdim va u bir zumda menga qaradi.
U meni tanimasa ham, u Jen ekanligini bilar edi.
-Janob Kim va janob Hyeon, bemor qo'rqyapti, shuning uchun zudlik bilan xonadan chiqing, deb baqirdi xonaga hozirgina kirgan shifokor, chunki uning xatti-harakatidan o'zi ham bir oz lol qoldi.
Hyeon va men o'rnimizda qotib qoldik, nigohim unga qadaldi, u meni ko'rib vahima bilan titrab ketdi.
-Iltimos, tegmang ...bu so'zlarni aytganda ko'z qovoqlari yumildi. Hyeon unga qarab qadam tashladi va yerga yiqilishidan oldin, quchog'iga oldi.
Hamshiralar va shifokorlar uning oldiga yugurishdi va men unga bir nazar ham tashlamay xonadan chiqib ketdim.
Kutish xonasiga o'tirish uchun boshqa tarafga o'tdim. Oʻrindiqqa o‘tirib, toʻxtovsiz ravishda qon oqayotgan qo‘limga qaradim — odamlarning qonini to‘kkan qo‘llarim bugun qonayotgandi.
-Boshliq...Hyeon menga yaqinlashdi, uning yuzidan rangi yo'qolgan va ko'zlari yaltirab ketgandi, lekin u ko'z yoshlarini to'xtatib turardi.
-Bu jarohat chuqur, uni tezda davolash kerak, dedi u shosha-pisha qo'limga qarab.
-Menga hamshirani chaqirishga ruxsat bering. Telefonini olib qo'ng'iroq qildi va qarama-qarshi tomonga o'tdi.
Bir necha soniyadan keyin qarshimda hamshira paydo boʻldi. U mening nigohimga qaragach, boshini egdi.
-Janob Hyeon meni siz uchun yubordi, dedi u, uning nutqi men uchun ishlaydigan ayollarniki kabi, ammo afzal ko'rganimdek emas edi.
Men indamay qolganimda, u marmar polga tiz cho'kdi. U jarohatlangan qo'limdan ushlab, davolashni boshlashdan oldin qo'lqopimni yechdi. Men unga o'z ishini qilishiga ruxsat berdim, to'satdan qo'limni yuziga surguniga qadar yuzimni yon tomonga burdim. Men unga qaradim, u menga jilmayib qo'ydi.
Hamshira bir oz yaqinlashdi va bandajni qo'limga o'ray boshladi, maqsadli ravishda barmoqlarimni tanasiga tegizdi.
U buni ikki marta qilgandan so'ng, men uni qo'limdan bo'shatib, tomog'iga qo'limni o'radim, chunki u uchinchi marta bu harakatni takrorlashga tayyor edi.
-Janob Kim, meni qo‘yib yuboring...U qisilgan o‘yinchoqdek ko‘zlari qinidan chiqib ketdi, men esa yalang qo‘lim bilan uning tomog‘ini ezishimga sal qoldi.
-Nima qilyapman deb oʻylayapsan? Men uning tomog'iga ko'proq bosim o'tkazar ekanman, uni so'roq qildim.
-Yo'q-hech narsa, u yoʻtalib, yuzini silkitarkan, qo'limdan qutulishga harakat qildi.
-Bu harakating orqali meni o'ziga jalb qila olishingga ishonasanmi? Savol berganimda, u yig‘lab, bosh chayqadi. Men uning bo'ynidan ushlab o'rnimdan turdim va u oyoqlarini havoga urib, kaftini qo'limga ura boshladi.
-Menga yaqinlashishga jur'at etma, aks holda men seni o'ldiraman. Men ogohlantirish berdim va uni shafqatsizlarcha devorga uloqtirdim.
- Nima bo'ldi boshliq? Hyeon kelganida, ko'rgan voqeasidan hayratda qoldi.
Hamshira qo‘rquvdan qaltirab o‘rnidan turdi va bir soniyani ham boy bermay, voqea joyidan bir zumda uzoqlashdi.
-Agar uni yana ko'rsam, seni hayoting xavf ostida boʻladi, dedim Hyeonga qat'iy va u o'ylamasdan bosh irg'adi.
-Doktor sizni kabinaga chaqirmoqda, o'rningizga shifokor oldiga borishim kerakmi? deb soʻradi.
-Men boraman, deb xabar berdim.
Hyeonning ko'zlari katta-katta ochilib, u aytganlarimga ishonishda qiynalayotgandek tuyuldi.
Uning so'rovi jag'imni qisishga majbur qildi va men uning ko'zlariga to'g'ridan-to'g'ri qaraganimda, u boshini pastga tushirdi. Unga e'tibor bermay, shifokor kabinasiga yo'l oldim.
Kabinaga kirgach, shifokor kursidan turib salomlashdi.
-Janob Kim. Iltimos, o'tiring, dedi u qarshisidagi stulga ishora qilib.
-Biror narsa deyishdan oldin, men sizga bir narsani ko'rsatmoqchiman, dedi u kompyuter ekranini men tomonga burib.
Ekranda Jenining xonasining tasvirlari bor edi. U karavotda singlisining ro‘parasida, onasi esa yonida o‘tirib, boshini yelkasiga qo‘ygancha yotardi. U ular bilan tinch, tabassum bilan suhbatlashardi. Bir muncha vaqt oldin u men bilan bo'lganidagi xatti-harakatiga o'xshamasdi.
Nuqtalarni bir-biriga bog'laganimda, biroz oydinlashdi, lekin men yaxshiroq ma'lumotga ega bo'lishni xohlardim, shuning uchun men shifokorga qaradim va,
-Kim xonimda selektiv dissosiativ amneziya tashxisi qo'yilgan, dedi u va ko'zlari meniki bilan to'qnashganda.
-Selektiv dissosiativ amneziya? tasdiqlash uchun uning ortidan takrorladim va u menga bosh irg'adi.
-Ha, janob Kim, bu ma'lum bir vaqt oralig'idagi ba'zi voqealarni yoki travmatik voqeaning faqat bir qismini unutishni anglatadi, dedi u xotirjamlik bilan va davom etishdan oldin kichik kundaligini ochdi.
-Kim xonim so'nggi bir yil ichida sodir bo'lgan voqealatdan bexabar. U sizga turmushga chiqqanidan bexabar va hatto kimligingizni ham bilmaydi. Ochig'ini aytganda, u hayotining bir yilini yo'qotdi.
Men kuch bilan yutundim, tomog'imda nimadir turib qolgandek boʻldi.
-U oxirgi bir yil ichida uchrashgan odamlari haqida zarracha ham tasavvurga ega emasmi?
-Yo'q, u bobosi uni Bratva rahbariga turmushga bermoqchi boʻlganidan boshqa narsani bilmaydi.
-Agar u meni tanimasa, nega meni ko'rganida qo'rqib ketdi?, deb so‘radim, xayolim hamon u meni ko‘rganida qanday harakat qilgani haqida o‘ylardim.
-Men u bilan bu haqda gaplashdim, u menga sizni tushida koʻrganligini aytdi va siz uni o'ldirmoqchi boʻlgansiz, shuning uchun u o'zini himoya qilmoqchi bo'lib, sizni ko'rib hujum qildi, dedi shifokor biroz vahima bilan.
-Yoki bu sizning munosabatingiz tufayli sodir bo'lishi mumkin, ba'zi voqealarni boshdan kechirgani tufayli, u sizni tahdid sifatida ko'rishi mumkin. Lekin tashvishlanmang, onasi unga sizning eri ekanligingizni aytdi ...
— Onasi unga eri ekanligimni aytdimi? deb so‘radim ma’yus ohangda, xayolimdan ming xil fikrlar o‘tdi.
-Ha...U menga qoshlarini chimirgancha, bu so'zlar ich-ichiga tushdi.
-Jin Ursin, deb baland ovozda soʻkindim, qo‘llarimni yuzimga olib, ko‘zlarimni ishqaladim.
-U sizdan bexabar qolishini xohlaysizmi? so‘radi shifokor sarosimaga tushib.
-Haqiqatan ham. Men uni hayotimdan osonroq oʻchirishim mumkin edi. Baqirib o'rnimdan turishdan oldin mushtimni uning stoliga urdim, g'azabim meni yengdi.
G'azabga to'lib shifokor kabinasidan chiqdim. Men bu joydan imkon qadar tezroq ketmoqchi edim, chunki g'azabim dahshatli darajaga yetgan edi va men hech kimning g'azabimni ko'rishni xohlamadim, chunki bu ularning o'limiga hissa qo'shishishi mumkin.
Men bu yerdan ketayotgandimda, uning singlisi xonasi tashqarisida yo‘limni to‘sdi.
-Siz shifokor bilan uchrashdingizmi? Uni qanchalik qattiq xafa qilganingizni, u sizni unutishga majbur bo'lganini bildingizmi?
-Tugatingmi? deb so‘radim, uning so‘zlari g‘azabimni kuchaytirdi, lekin o‘zimni jim qildim.
-Yo'q, ablah. U telbalarcha qichqirgancha yuzimga urish uchun oldinga keldi, lekin qurolni chiqardim va yaqinlashib ulgurmasidan uning qo'liga o'q uzdim. O‘q uning ko‘rsatkich barmog‘ini silabgina oʻtdi va bu, uning ogʻriqdan yig‘lashiga sabab bo‘ldi.
-Oh... yaralangan barmog'ini mahkam ushlab, menga g'azab bilan qaradi.
U qoʻrqmadi. Buning o'rniga u menga yaqinlashdi va men iyagidan ushlab devorga itarib yubordim.
-Meni seni o'ldirishga majburlama.
— Basharti, begunoh odamlarni o‘ldirishdan tashqari, yana nimani bilasan? Agressiv gapirgandan ko‘zlari yoshga to‘ladi.
-Sen mening opamni xafa qilding va nima sababdan? Nima uchun menga ayt. Men uning qo'llari bilan meni urishga bo'lgan zo'ravon urinishini orqasiga burish orqali toʻxtatdim.
-Men savolingga javob berishni shart deb oʻylamayman. Unga vaqt sarflashni istamay, uni qattiq orqasiga turtdim va endi ketmoqchi bo'lganimda uning so'zlari meni to'xtatdi.
-U sen bilan faqat azob-uqubatlarga chidab yashadi. Yaxshiyamki, u sendek ahmoqni unutdi...
U gapini tugatmasdan, qurolni uning bo‘g‘ziga tiradim.
-U meni eslashi yoki unutishi, meni bezovta qilmaydi. Men uni iloji boricha tezroq yo'q qilishni xohlayman.
-Sen o'zingni qanday odam deb o'ylaysan? Seni qalbing yo'qmi? u savol berdi va men unga ko'zlarimni qisib qaradim.
-Menda bor, lekin bu meni zaiflashtirishiga yo'l qo'ymayman, dedim istehzoli ohangda, o'zimni ortga qaytarishga urinib.
-Greys yetarli! Onasining o'tkir ovozi orqamdan menga yetib kelganida. Oldimdagi yovvoyi bola gapini to‘xtatib, onasiga yuzlandi.
-Jim boʻl va buyerda ket! Onasi unga baqirib, uning gapini bo'ldi. Yovvoyi bolaning ko'zlari yoshga to'la boshladi va onasiga qaradi. Onasi javob bermagach, u ko'z yoshlarini artib, oldimdan uzoqlashdi.
Onasi qizining ko'z yoshlar bilan yugurayotganini ko'rib, menga yuz o'girdi. Onasi nimadir demoqchi bo'lib yonimga keldi, orqasidagi xona eshigi ochilib, ikkalamiz ham eshik tomon qaradik.
Xonadan keksa hamshira chiqdi va meni ko'rib lablarida mehirli tabassum paydo bo'ldi.
-Men sizni chaqirmoqchi edim, dedi hamshira menga mehr bilan tikilib.
-Jen xonim erini ko'rmoqchi, dedi hamshira avval onasiga, keyin menga qarab.
-Yaxshi, siz uni ko'rishga boring ...Buni aytib, onasi va meni yolg'iz qoldirib, chiqib ketdi.
-Jen turmushi haqida so'raganida, men unga er-xotinligingiz va baxtli ekaningizni aytdim, chunki men uning sog'lig'ini xavf ostiga qoʻyolmasdim, deb pichirladi onasi.
-Bizning nikohimizda baxt umuman yo'q edi, deb g'o'ldiradim, g'azablanib ovozimni berkitim, yolg'onni yomon ko'rardim va onasining yolg'onlari undan qutulishimni qiyinlashtirishini bilardim.
-Bilaman, lekin hech bo'lmaganda Jenning ahvoli yaxshilanmaguncha unga baxtli yashayotgandek harakat qilishingiz mumkin, dedi u ovozi his-tuyg'ularga to'lgan holda.
-Yo'q, men bu ahmoqona harakatni qilmayman, dedim ikkilanmasdan, qattiq ovoz bilan.
-U oxir-oqibat biz haqimizda hamma narsani biladi, chunki men allaqachon ajrim hujjatlarini imzolaganman va tez orada uni ham imzolashga majbur qilaman.
Ko‘z yoshlar kipriklariga yopishdi, ko‘zlari namlanib yig‘lashdan o‘zini zo‘rg‘a tiydi.
-Bu uning sog'lig'iga xavf tug'dirishi mumkin ...
-Bu men tashvishlanadigan narsa emas, dedim.
Ketayotganimda, uning xonasiga oxirgi marta qaradim,
-U sizni ko'pdan beri ko'rishni iltimos qilmoqda, ketishingizdan oldin u bilan uchrashing, deb onasi ketmoqchi bo‘ldi. Men uning yig'layotganini payqadim.
Uning xonasi eshigini ochishdan oldin biroz kutdim. Bugun Moskvaga ketayotganim uchun uni oxirgi marta ko'rishim edi.
Men xonasiga kirib, uning to'shagiga qarashdan oldin eshikni yopdim. U karavotda o‘tirarkan, qo‘lida gazeta bilan bosh to‘shagiga suyanib, qoshlarini koʻtarib, menga savol nazari bilan qaradi. Uning tanasi oq bint bilan o'ralgan va u kasalxona kiyimida edi. Og'riq boʻlishiga qaramay, uning yuzida hali ham xotirjam ko'rinish bor edi.
Uning katta koʻzlari menga qarab nur sochdi.
— Taehyung? u men ekanligimga ishonch hosil qilish uchun ismimni chaqirdi ammo chalkashlik bilan.
-Sen men bilan uchrashmoqchi bo'libsan, dedim va uning to'shagidan uzoqroqda to'xtashdan oldin shimimning cho'ntagiga qo'l soldim.
Suhbatga bo‘lgan munosabatimdan biroz hayron bo‘lib, qoshlarini chimirdi.
- Ha... dedi u ohistalik bilan.
-Meni ko'rishni xohlamadigmi? U ming‘irladi, gazetani bir chetga surib, butun e’tiborini menga qaratdi.
Men jim qoldim va uning zumraddek ko'zlariga tikildim, u meni ko'rganida qorachigʻlari biroz qorayib ketdi, u hamon menga tahdid sifatida qaradi.
Biz bir-birimizning ko'zimizga qarab sukut saqaladik, nigohlarimizning almashinishi orqali muloqot qila oladigandek tikldik.
U ko‘zlarini chayqab, titroq qo‘llari bilan tanasini to‘sgancha nigohini olib qochdi.
-Sen u yerda turishing shart emas, o'tirishing mumkin.
Men asta-sekin harakatlanib, uni ko‘zdan kechirar ekanman, qadamma-qadam uning yoniga yaqinlashdim. Uning karavoti yonidagi stulni tortib, u ko‘zdan kechirayotgan gazetaga qaragancha o‘tirdim.
-Men sanani bilmoqchi edim, chunki o'tgan bir yil haqida hamma narsani unutganimga hali ham ishonish qiyin, dedi u begunoh ohangda va men unga qarash uchun boshimni egdim. U bandaj bilan o‘ralgan qo‘limni tekshirayotgan edi.
-Biroq bu haqiqat va men senga hujum qilganimning sababi.
Barmoq uchlari nihoyat shikastlangan tanamga tegishidan oldin u bir zum ikkilanib turdi. U chuqur xo'rsindi va qo'limni noziklik bilan ushladi, uning teginish patnikidek yengil edi, lekin tanam bo'ylab yonish hisini keltirib chiqardi.
-Men haqiqatan ham sen haqingda hech narsani eslolmadim Taehyung, bo'lmasa men senga hech qachon zarar yetkazmagan bo'lardim, dedi u past ovozda, barmoqlari qo'limni silab, ko'zlarini menkiga qaratdi.
-Sen o'zingni mendan himoya qilish uchun bu harakat qilding, dedim jimgina va uning reaksiyasini o'qish uchun uning yuziga qaradim.
-Hech qanday noto'g'ri ish qilmading. Agar kimdadir tahdid sezsang, har doim unga hujum qil ...men ko'ksimning chap tomoniga ishora qildim.
-Agar senga hujum qilganimda o‘lgan bo‘larding, dedi u jiddiy ohangda va men uning ko‘zlarida tashvishni his qildim.
-Va bu senga ta'sir qilmasligi kerak, dedim sokin ohangda.
— Sen aqldan ozganmisan? U qichqirdi.
-Agar sen o'lsang, men erim haqda tashvishlanmasligim kerak, demoqchimisan? U mendan hafsalasi tushgan ovozda so'radi, lekin men javob bermagach, uning yuzida ikkilanish ifodasi paydo bo'ldi.
-Mening o'limim sen uchun muhim emasmi?
Yo'q...U javobimni eshitmaguncha xona eshigi ochildi va men bilan uchrashishimni so'ragan katta yoshli hamshira ichkariga kirdi.
- Dori ishich vaqti keldi, Jen. Unga qarab, hamshira keng jilmayib qo'ydi, balki ham hamshira uning muxlislari qatoriga qo'shilgandir.
-Yanami? Uning savoliga charoqlik ohangi bor edi.
- Ha, dedi hamshira unga yaqinlasharkan. Nigohim uning qo‘liga tushgach, ketish haqida o‘ylay boshladim
– U hali ham qoʻlimni ushlab turgandi.
Hamshira unga dori berganidan keyin ham u mening qo‘limni qoʻyib yubormay, bir qo‘li bilan tabletkalarini oldi. Hatto, hamshira qo‘liga ukol qilganda, qo‘limni qattiq qisib, ko‘zlarini yosh boladek yumdi.
Hamshira unga kichik koʻrsatmalar orqali maslahat berdi va u o'z vazifalarini bajarib bo'lgach, xayrlashdi.
-Endi sen dam olishing mumkin.
Hamshira xonadan chiqib ketgach, qo'limni yuziga yaqin ushlab, karavotga qulay joylashdi.
-Hozir uhlamiqchiman, deb ohista xo'rsindi va ko'zlari men haqimda bo'lgan yoqimsiz xotiralarini qayta tiklashga urinayotgandek yuzimni sinchiklab kuzatdi.
Uzoq vaqt davomida u menga xuddi shunday tikilishda davom etdi va agar biror narsani eslasa, mendan uzoqlashishiga umid qilib o'tirdim. Biroq, bu hech qachon sodir bo'lmadi. Buning o'rniga u ko'zlarini yumdi va mening huzurimda uxlab qoldi.
U mening yonimda bu qadar qulay bo'lmasligi kerak. U umuman bunday qilmasligi kerak.
Men qo'limni uning qo'lidan bo'shatdim va uning yuzida qayg'uli nigoh paydo bo'ldi, lekin u uxlayotgandi, shuning uchun ko'zlarini ochmadi.
Telefonimni chiqarib, Hyeonning raqamini terdim. U telefonga javob berganida,
-Men tushyapman, mashinamni tayyorla, aeroportga jo'nab ketamiz, deb buyruq berdim. Men uning javobini eshitmasdan telefonni qo'ydim va xonadan darhol chiqdim.
-Ko'ylagimning tugmachalarini ochdim va koridorga chiqdim, u bilan birga bo'lganimdan bo'g'ildim.
Lift eshigi yopilganda, birinchi qavatga tushish uchun tugmani bosdim. Hali ham bo'g'ilish bosimini his qilayotgandim. Mushtimni lift tugmalariga qattiq urdim, to sinmagunich.
-Jin Ursin, dedim nafasim ostida, qo'limni sochlarimdan o'tkazdim.
Lift ochilganda Hyeon meni tashqarida kutib turardi.
U menga boshini egdi, lekin unga e'tibor bermadim. Tashqarida kuchli yomg‘ir yog‘ayotgandi, lekin kiyimlarim ho‘l bo‘lishiga parvo qilmay, mashinam tomon yurdim.
Mashinamning o'rindig'iga o'tirdim va eshikni baland ovoz bilan yopdim.
Haydovchi buyrugʻimni darhol bajardi va Hyeon ko'p o'tmay unga qo'shildi, keyin haydovchidan mashinani aeroportga olib borishni so'radi.
-Iloji boricha tezroq ajrim hujjatlariga imzosini ol, dedim men Hyeonga.
Hyeon nazoratli ifoda bilan old oyna orqali menga qaradi va men nima demoqchi ekanligimni sezdi.
-Yaxshi. Ajrim qog'ozida imzosini koʻrishni xohlaysizmi? so‘radi u bemalol.
-Hyeon, la'nati soʻzlarni takrorlashga majbur qilmoqchimisan?. Men xo'rsindim, tomog'im siqildi, Hyeon o'lishni xohlamasligini ko'rsatib, boshini chayqadi.
-Yaxshi. Konditsionerlning sukunati va salqinligidan bahramand bo'lib, bemalol o'tirdim
derazadan tashqaridagi zich o'rmonni kuzatayotganimda.
-Nima bo'ldi, deb so‘radi Hyeon haydovchidan.
-Bilmayman, mashina o'z-o'zidan to'xtadi, javob berdi haydovchi.
-Tushib tekshiraman. Haydovchi yon eshikni ochib mashinadan tushdi.
Haydovchi uzoq vaqt qolib ketgach, Hyeon menga yuz o'girdi,
-Men unga yordam beraman, dedi. Aloqa mavjud emasligini ko'rish uchun telefonimni tekshirishdan oldin unga bosh irg'adim. Bir necha soniya ichida Hyeon derazamni taqillatdi.
— Mashinaning motori ishlamay qoldi, boshliq, boshqa mashina chaqirishimiz kerak.
-Aloqa bu yerda ishlamayapti, dedim unga va telefon ekranini ko'rsatdim.
-Men harakat qilib ko'raman. Jin Ursin ...u nafasi ostida soʻkindi, og'ir yutunib, darhol narigi tomonga yurdi.
Xo‘rsinib, tilimni yuqori labimga o‘tkazdim-da, mashinamdan tushdim. Ularga bir qarab qo‘ydimda
-Ishni tezroq tugating, deb buyruq berdim. Men qo'llarimni shimimning cho'ntagiga solib, qurilishi tugallanmagan binoning old tomoniga o'tganimda ular bosh irg'adi.
Haydovchi va Hyeon menga ergashishdi va telefonlaridan biri jiringlaganida aloqa qidirdi. Ovoz chiqayotgan tomonga o'girildim, Hyeon esa kaftini ko'tarib telefoni jiringlayotganini ko'rsatdi.
-Salom...u qoshlarini chimirgancha qoʻngʻiroqqa javob berdi va yaqinlashmasdan oldin menga yuzlandi.
-Ha, u shu yerda, dedi Hyeon va telefonini men tomon siljitdi.
-Bu Greys, Gospojaning singlisi. U Gospoja siz bilan gaplashmoqchi ekanligini aytmoqda.
-Men u bilan gaplashmoqchi emasman.
-Iltimos, boshliq. Siz u bilan faqatgina telefon orqali gaplashasiz, dedi Hyeon.
Men uning qo'lidan telefonni tortib oldim va unga oʻtkir nigohim bilan qaradim. Telefonni qulog'imga yaqinroq olib borganimda, narigi tomondan uning siniq ovozi eshitildi:
Uning yig'lashi va qattiq nafas olishi bir muncha vaqt qoʻngʻiroqning narigi tomonida eshitilgan yagona tovush edi.
-Qaerdasan? deb so‘radi u o‘zini tutolmay yig‘lab.
Ko'zlarimni yumib, chuqur nafas oldim, chunki o'zimni yana bo'g'ilgandek his qila boshladim.
-Men...gapirmoqchi boʻlganimda, qoʻngʻiroqning uzulgani haqida xabar beruvchi chiziqni eshitganimda, telefonga qaradim, aloqa yo'q edi.
-Jin ursin! Unga qo'ng'iroq qil, men u bilan gaplashmoqchiman, dedim jahldor ohangda telefonini Hyeonga uzatib.
Hyeon bosh irg'ab, aloqa topish uchun o'girilishdan oldin menga o'ziga xos nigoh bilan qaradi. U aloqani qidirdi, lekin qila olmagach, tushkun qiyofada menga yaqinlashdi.
-Boshliq, kuchli yomg'ir tufayli bu yerda internetga ulanishning iloji yo'q.
-U bilan qanday gaplashaman? quruq ohangda so‘radim.
-Hozircha buni amalga oshirishning iloji yo'q. Aloqa qilish mumkin bo'lgan yagona joy - bu 5 Mile uzoqlikda joylashgan mehmonxonangiz, ammo hozir u yerga borishga mashinamiz ham yo'q. Men odamlarimiz bilan bog'lanishga harakat qilyapman...
-Bu yerdan, mehmonxonagacha qancha masofa?, deb so‘radim gapini tugatishiga yoʻl qoʻymay.
- 8 ming kilometr, dedi u kulgili ohangda.
-U yerdan men u bilan bog'lana olishimga ishonching komilmi? shiddatli yomg'irni kuzatib, undan so'radim.
Uning yig‘lagan ovozi quloqlarim ostida aks-sado berdi va men undan so‘ramoqchi edim, biz yaqin bo‘lmagan bo‘lsak ham, uni bunday yig‘latishga kim jur’at qilganini bilmoqchi edim
— Ha, lekin nega so‘rayapsiz, boshliq? Hyeon mendan tushunarsiz holatda so'radi.
-Men u bilan darhol gaplashmoqchiman. Tashqariga qadam qoʻydim, kiyimim yomgʻirdan ho'l bo'lib ketgandi.
Men uning savoliga javob berishni istamadim. Fikrlarim menga bo'ysunishdan bosh tortgani uchun nafas olishim qiyinlashdi. Buni qilayotganimdan pushaymon bo'lishim mumkinligini bilardim, lekin u bilan gaplashmagunimcha, tinchlanmasdim.
Haydovchi va Hyeon menga nimadir deyishayotgandi, lekin men e'tibor berishim shart emasdi va mehmonxona tomon yugura boshladim.
Shiddatli yomg'ir yuzimga urilayotgandek tuyuldi, lekin o'sha paytda meni hech narsa tashvishlantirmadi.
Mening yagona fikrim manzilimga, mehmonxonaga yetib borish edi.
Men to'xtay olmadim.
Men to'xtata olmadim.
Qanchalik uzoq masofani bosib o‘tganimni o‘lchash uchun yugurayotganda yelkamda ortimga ko‘z yugurtirdim, ammo kuchli yomg‘ir tufayli faqat tumanni ko‘rdim.
Men yugurdim, yugurdim va faqat yugurdim.
Manzilga yetguncha yugurishdan to‘xtamadim.
Mehmonxona tashqarisida to'xtaganimda, kuchli yomg'ir ostida bir necha millarni ortda qoldirganim sababli yurak urishim tezligi sezilarli darajada oshganini his qildim. Fikrlarimni yig‘ib, ko‘zlarimni yumdim, chuqur nafas oldim va mehmonxona tomon qarash uchun boshimni ko‘tardim.
Manzilimga yetib kelganimni bilib, yengil tortdim.
Barmoqlarimni ho‘l sochlarimdan o‘tkazib, kirish tomon oldimladim. Hushyor turgan qorovul menga qarab, boshini egdi.
Qabulxonaga yetib borarkanman, odamlarning menga qarab turganiga e’tibor bermadim. U yerda ikkita yosh qiz turardi, ular meni koʻrib hayratda qoldi.
-Ikki yordamchilarim bilan bog'lan - Min Luna yoki Min Lev, dedim qabulxona xodimining gapini o'rtasida toʻxtatib.
-Yaxshi, janob Kim...Ulardan biri kompyuterda nimadir yoza boshlaganida ikkisi ham bir ovozdan ta'kidladi, boshqasi esa menga:
-Kiyimlaringizni almashtirmaysizmi?, deb savol berdi.
Qabulxona xodimi bir necha soniya ichida telefonga raqam kiritdi va qo'ng'iroq ulanganda, u telefonni menga uzatdi. Men xodimlarga ko‘rsatkich barmog‘im bilan “ket” ishorasini berdim va telefon orqali
-Qo‘ng‘iroq Jenning singlisiga ula, dedim.
— Jen xonim bilan gaplashmoqchimisiz, boshliq? Luna rasmiy ravishda so'radi.
-Yaxshi, boshliq, dedi u va qo'ng'iroqni to'xtatdi.
Men ko‘rsatkich barmog‘imni marmar peshtaxtaga tegizishni to‘xtatdimda, nargi tomondan uning ovozi eshitdim.
-Nega yig'lading? unga xayolimni kemirayotgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berdim.
Aloqa yana bir bor uzildi deb o'yladim, chunki qoʻngʻiroqni sukut egallagandi lekin u,
-Jin Urgur ahmoq. Qanday qilib meni tashlab ketding, sen hech narsa demasdan ketding? Bu yerda o'zimni yomon his qilyapman, men bu yerda hammma o'zini boshqacha tutayotganini his qilyapman va bularning barchasiga chiday olmayman. Meni qo'rqib ketyapman. Meni bu yerdan olib ket!
Uning so‘zlari ko‘ksimga ogʻriq keltirdi.
-Yaxshimi? U takrorladi va men uning ovozidagi noaniqlikni sezdim.
-Men saroyga borishingni taminlaynan.
— Sen ham saroyga kelyasan, to'g'rimi?
Menda qo'ng'iroqni tugatish kerak degan kuchli ichki tuyg'u bosim oʻtkazdi. Xuddi u bilan, gaplashish uchun 5 Mile masofani bosib oʻtmagandek. Miyamda son-sanoqsiz o'ylar o'tdi va men uni boshqa hech qachon ko'rmaslikni xohlardim.
-Men boraman. U bilan qoʻngʻiroqni tugatganimda, Lunaning tarmogʻi avtomatik ravishda ulandi.
-Jenni kasalxonadan saroyga olib borganingdan so'ng, saroyga qaytishim uchun hamma narsan tartibga keltir.
.
.
.
.
.
.
.
.
Men eng yomon ko'radigan joyga kirdim - Uning saroyi - U yashagan joy - Bu uning qulay boshpanasi edi.
Asosiy xonaga kirganimda, meni saroyning bosh xizmatkori kutib oldi.
— Boshliq... U oldimda boshini egdi.
-Gospoja o'z xonasida Eva va hamshira bilan.
— Uning singlisi? Savol berib unga qaradim.
-U oilasi bilan Italiyaga jo'nab ketdi.
-U bu yerga qaytib kelganida menga xabar ber.
Uning javobini kutmay, yuqori qavatga uning xonasi tomon yo‘l oldim. Men uning xonasi eshigini ochdim, yon divanda hamshira o'tirardi va yonida uning qo'lidan ushlab, qadrdon xizmatchisi o'tirardi.
U meni ko'rgach, qo'lini xizmatchisining qo'lidan chiqarib, men tomon yurdi. U menga yaqinlashayotganini anglaganida, uning g'amxo'r yuzida vahima paydo bo'lganini sezmay qololmadim.
Yumshoq lablari lablarimni silarkan, u qo‘llarini o‘rab, menga o‘zini yaqinlashtirdi.
-Taehyung...Men uning lablaridan ohista ismimni tatib ko'rdim, u yiqilmasligi uchun qo'limni uning pastki qismiga qo'yganimda, u nafas olayotganda uning qovurg'alari kengayganini va ko'ksimda qisqarishini his qildim.
-Kelding...dedi u uzoq vaqtdan beri bu gapni aytishni kutgani uchun nafasini chiqarib.
Men hech narsa demadim, faqat unga tikilib qoldim, uning qattiq nafasi ollishining havoga singib ketgan ovoz eshitilardi. Uning xushbo'y hidi burnimni to'ldirdi - vanil va romashka aralashmasi, shinam, iliq shirin, bu odamning ko'proq narsani xohlashini ta'kidlaydi ... Jin ursin.
Ko‘z qovoqlari yumilishi bilan uning og‘zi mening og‘zimga yaqinlashdi, lekin keyin birdan uzoqlashdi va zumraddek ko‘zlari yuzimga chaqnadi.
-Bilmaymanmi ...u soʻzini tugata olmadi, nafasi tezlashdi va og'zidan yig'i chiqdi.
Men uni o'zimga yaqinlashtirib, og'zimni og'ziga bosdim. Men o'zim uchun qabr qaziyotgandim, lekin u menikidan ko'ra uning jasadini uchun edi balki.
Qo‘limni ensasiga o‘rab, tilimni og‘ziga botirdim. U hayratdan nafas oldi va ko‘zlarini yumdi. Uning yumshoq qo'llari sochlarimga yoʻnaldi. Uning titramayitganiga va menga tegayotganiga ishonishim qiyin edi.
Men uni chuqur va qattiq o'pa boshladim, ko'zlarimni yumib, og'zini ko'proq egalladim. Yalpiz va dorining tamini tatib ko‘rdim. U menga yetib olish uchun bir necha soniya kerak bo'ldi, lekin tez orada u mening intensivlik darajamga mos keldi.
U bu ishda yaxshi edi.
Yo'q, hech kim u qadar yaxshi emas.
U farishta yuziga ega jinsiy aloqa ma'budasi edi.
Qo‘li yelkamdan ohista o‘tib, meni turtib yuborarkan, u lablarimga nimadir deb pichirladi. Men toʻxtamadim, aksincha, uni qayta-qayta o'pish uchun ko'proq kuch ishlatdim - har bir o'pish bilan tobora ko'proq tashvishlanardim.
Men zo'ravonlik qila boshladim, lekin bizdagi yagona umumiy narsa shu edi.
Men uning pastki labini tishlarim orasiga olib qattiq tishlaganimda, labidan qon oqib chiqayotganida u alam bilan qichqirdi. Men uning pastki labidagi qonni so'rganimdan keyin o'pishdan uzoqlashishiga ruxsat berdim. U menga qo‘rqinchli nigohini berish uchun ko‘zlarini ko‘tardi, so‘ng ko‘rsatkich barmog‘ini pastki lablari ustiga surdi.
Metallning ovozi havoda aks-sado berdi va u mendan yuz o‘girib, metall vazani ataylab tushirib yuborgan xizmatchisiga tikildi.
-Uzr so'rayman. Tasodifan tegib ketdim, dedi unga g‘amxo‘rlik bilan, go‘yo u men tomonga qarashga jur’ati yetmagandek edi.
-Oh, yaxshimisan?, deb so‘radi u va Eva bir zumda bosh irg‘adi.
-Hamshira menga tanangizni nam mato bilan artishimni aytdi, buni qilishimiz kerakmi?, so'radi, uning maqsadi mavzuni o'zgartirish edi.
-Menimcha, bu hech qanday noqulaylik tug'dirmaydi. U buni seni yordamingsiz mustaqil ravishda uddalay oladi, Eva. Men u javob berishdan oldin, qadirli xizmatchisiga javob qaytardim.
-Men bu xonaga kirganimda, uning hamshirasi darhol chiqib ketdi. Demak, senga aytsamgina, ketasanmi?
Eva xonadan chiqanida, u indamay pastga qaradi.
-Qanday qilib u bilan shunday gaplasha olasan? so'radi u qiziquvchan qiyofada, menga o'girilib.
-Senning yondashuving hurmatsizlik edi.
-Sen tanangni tozalashing kerak edi, shuning uchun uni bajar.
-Sen menga nima qilishimni ayta olmaysan, dedi u eski ohangda.
-Agar menga yordam berishni xohlamasang, xonamdan chiq.
-Ha, deb javob berdim men uning xonasiga ko'z yugurtirib.
Iltimos, tashqariga chiq, dedi u hafsalasiz ohangda.
Men hech narsa demadim, stulni tortib va qo'llarimni bukdim. Men xonaning markazida o'tirdim, nigohim xonasining har bir dyuymini kuzatishda davom etdi.
-Men seni eshitdim va javob ham berdim.
-Men bilan doim shunday gaplashganmisan?, so‘radi u ohista va boshini egib, meni o‘rganarkan.
-Yo'q. Biz deyarli gaplashmasdik, deb javob berdim, uning so‘zlarimni eshitganidan keyin, mayus tortgan zumraddek ko‘zlariga tikilib.
-Sen aqldan ozgansan ...dedi va yuvunish xonasi tomon o'girildi.
U ko'zgu oldida harakat qildi, ko'ylagini yechidi va asosan bint bilan o'ralgan tanasini nam mato bilan artishni boshladi. U kurashdi, lekin mendan yordam so'ramadi. Balki u hozirgacha men unga yordam bermasligimni tushungandir.
Shimim cho‘ntagidan telefonimni chiqarib, xabar yoza boshladim.
📨: Markazdan chap tomonga. - Taehyung.
📨: Agar u o'lsa, sen ham oʻlasan. - Taehyung.
📨: Biz tushundik, boshliq. - Min Lev.
Telefonim ekranni o‘chirgach, uni yana kissamga solmoqchi bo‘lganimda tebrandi. Kimdan xabar olganimni anglab, yuzimga jilmayish tortildi.
📨: Aftidan, sen xotiningni mendan himoya qilmoqchisan. - Jeon Jungkook.
📨: Haqiqatdan ham. Ammo o'g'lingni topa olmayotganga o'xshaysan. - Taehyung.
📨: Jin Ursin, Oʻchir - Jeon Jungkook.
📨: Senu ko'proq g'azablantirmoqchiman. Seni kichkina o'ljang men uchun tiz cho'kishini bilasanmi? - Taehyung.
Xabarimni ko'rgandan so'ng, u darhol yozishni boshladi, lekin men telefonimni o'chirib, shimimning cho'ntagiga soldim. Keyin to‘g‘ri turishda qiynalayotgani uchun, rakvinaga qo‘lini tayab tishlarini yuvayotgan uning yoniga bordim.
Men uning orqasiga turib, og'riq keltirmasdan oldimni orqasiga bosdim. U menga bir qarab, ko‘zlarini yumdi, so‘ng qilayotgan ishini davom ettirdi.
U yumushlarini bajarib, keta boshladi, lekin yurishda qiynalardi. "STOP." Men unga yaqinlashdim va uni quchog'imga oldim.
U e'tiroz bildirmasdan jim turdi va shunchaki hissiyotli nigohini yuzimga tikdi. U past ovozda ismimni chaqirganda, uning zaif tanasini karavotga qo'ydim:
-Ha.!Uning ismimni chaqirishidan jag‘imni qisdim; Ismimni o'sha lablardan eshitmaganim yaxshiroq.
-Biz bir-birimizni sevarmidik? Uning butun qiyofasini qamrab olgan ko'zlari beg'uborlikni o'zida mujassam etgandi. Uning ko'zlari katta poklik va mehribonlik haqida gapiradi. Ular yorug'lik tushishiga qarab jigarrang yoki yashil tusga kirishi mumkin.
- Aytmoqchimanki, men seni sevdimmi?, so‘radi u zo‘rlab tabassum qilib, ko‘zlarimga tikildi.
-Bilmayman, lekin endi meni sevub qolma.
-Oh...deb pichirladi u, tabassum lablaridan ketmadi, lekin uning zumrad ko'zlari biroz qorayib ketdi.
-Oyim sen bilan men sevishgansizlar, deb meni aldaganiga ishonaman. Chunki men sendek odamni sevolmayman.
Va Jen Alessandro Romano qaytib keldi.
Ikkinchi marta u o'lim qo'lidan qutulib qoldi.
U hayotining so'nggi bir yilini yo'qotgan bo'lsa-da, uning shaxsiyatini hech narsa o'zgartira olmaydi.
Men unga qarab pastroq siljidim va uning yuzidan bir necha santimetr masofada toʻxtadim. Qorong'i soya uning ko'zlarini to'sib qo'ydi, lablari ochildi va u biroz xo'rsinib qo'ydi. U yuzini mendan olib qochmoqchi edi, lekin men koʻrsatkich barmogʻimni iyagi ostiga qoʻyib, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzlarimga qarashga majbur qildim.
-Yaxshi, deb pichirladim charm qoʻlqipli barmog‘imni uning lablari burchagidagi ko‘kargan joyiga bosganimda, u iztirobdan nafas oldi.
-Bu bizga foyda keltiradi, u menga shiddat bilan qaradi va men atrofimda aylanayotgan qorong'u istaklarni ko'mib, darhol undan uzoqlashdim.
Men uning xonasidan chiqib va u bilan bir xil havodan nafas olishni o'ylab, tuzoqqa tushdim.
Qo‘llarimni shimimning cho‘ntagiga solib, kechki yorug‘likdan qop-qora tusga kirgan yo‘lakka bordim. Luna otilib koridorga kirganida men zinapoyaga chiqdim.
-Boshliq...u menga bosh irg'ab salom berdi va men bilan birga qadam tashladi.
-Vazifangni bajardingmi?, so‘radim unga qarab.
Cho‘qintirgan ota egizaklar Min Luna va Min Levni menga koʻz quloq bo‘lish uchun olidimga joylagandi, biroq ular oʻz tomonlarini tanlaganiga ancha bo‘ldi. Ular endi faqat menga sodiq edilar va men uchun har kimni, shu jumladan o'zlarini ham o'ldirishardi.
-Ha, men Jen xonimning xonasida lazerli yoritgichni o'rnatdim. Uning nurlaridan biriga tushgan har bir kishi bir zumda tok sezadi, dedi u sovuq ovoz bilan, uning his-tuyg'ulari yillar davomida chekkan azoblari natijasida oʻlgandi.
-Ha, boshliq...U menga yuz o'girishdan oldin masxara qildi.
-Levning qo'lda azob chekayotganiga qaramay, Hyeon Jen xonimning onasi va singlisi kasalxonada Gospojaga nima deganini oshkor qilishni istamayaoti.
Jag'im siqildi, men uni o'ldirmoqchi bo'ldim va uni million bo'laklarga bo'lmoqchi edim.
-Uni biz tomon oʻtkaz. U ko'p sirlarni biladi, agar topilsa, muammolarga olib kelishi mumkin.
U bir soniya to'xtab qoldi, so'ng javob berdi:
-Ammo qanday qilib? U o'z hayotini qurbon qilishga tayyor, lekin hech narsa demaydi ...
-Uning zaifligidan vosita sifatida foydalan, dedim va u gaplarimni bosh irg'ab tan oldi.
— Rahbar, siz aeroportga jo'nashingiz mumkin, mashinangiz tayyor...
Men uning gapini o'rtada bo'lib:
-Luna, Hyeon gapirmaguncha ketmayman, dedim.
-Siz qiynoq xonasiga bormoqchimisiz, soʻradi u.
-Ha, sen uni gapirishga majbur qila olmasamg, buni oʻzim qilishimga toʻgʻri keladi. Yechganimdan keyin unga kostyumimni uzataman.
-Va agar topshiriqni bajara olmasang, darhol menga xabar ber, chunki men buni o'zim bajara olaman, dedim jiddiy ohangda, galstugimni yechib, ko'ylagimning yengini qisib.
-Yo'q, boshliq, keling, buni hal qilamiz, siz kutishingiz shart emas, sizni ishontirib aytamanki, dedi u ishonch bilan va qiynoq xonasining ko'chasini ko'rsatish uchun qo'lini ko'tardi.
Qiynoq xonasining kirish eshigi oldidagi qo'riqchilar men yaqinlashganimda, eshikni ochib boshlarini pastga tushirishdi. Men xonaga kirdim va Luna orqamdan ergashib eshikni yopdi. Havo qonning badbo'y hidi qoplagan, xona esa qop-qora edi, chunki butun yorug'lik Hyeonning ustunga qaratilgandi.
Mendan oldin Luna markazga qarab yurdi va Hyeonning jonsiz jasaddek osilib, qonga belangan va uning o‘limini kutayotgan akasi Levga nimadir deb ming‘irladi. Men yaqinlashganimda Lev bosh irg‘ab salomlashdi va keyingi tomoshani aniq ko‘rishim uchun stulni tortib oʻtirdim.
-Meni senga shafqatsiz munosabatda bo'lishga majburlama, Hyeon. Muloyimlik bilan og'zingni och, dedi Lev sekingina va Hyeon javob berishga ojiz bo'lsa ham, boshini chayqadi.
-Uzr so'rayman, do'stim. Sen o'zing uchun qiyin yo'lni tanlading. Lev yaqin atrofdagi stoldan golf tayoqchasini oldi va Hyeonga shafqatsizlarcha zarba bera boshladi.
Hyeon Levning zarbasidan yig'lab yubordi, lekin u hali ham bu haqda gapirishni istamadi.
Luna bir qo'lida bir qadah skotch, ikkinchi qo'lida bir shisha Cola bilan oldimga keldi va men unga boshqa chora ko'rish uchun barmoq bilan ishora qildim. U menga bosh irg‘ab, skotch qadahni uzatdi va cola shishasini mahkam ushlab oldinga siljidi.
-Arqonni ech, deb baqirdi u orqada turgan qo'riqchilarga va ular darhol uning buyrug'ini bajarishdi.
Hyeonga kuch yetishmagani uchun qo‘riqchi uni qo‘yib yuborishi bilan u yerga yiqilib tushdi, shunga qaramay, Lev Hyeonni bo'ynidan ushlab, o'tirishga majbur qildi.
Hyeonning darajasiga teng kelish uchun o‘tirgan Luna uning jag‘idan ushlab, uni o‘z tomonga qarashga majbur qildi va tishlari bilan kola shishasining qopqog‘ini burab ochdi.
-Agar sen o'lishga tayyor bo'lsang, men ham o'ldirishga tayyorman, Hyeon, u kola shishasini Hyeonning boshiga urib parchaladi va u alamli tarzda yig'lab yubordi.
-Ayt-chi, bu o'lim o'yinida biz birinchi bo'lib kimni o'ldirishimiz kerak? Sevimli ota-onangni, keyin singlingni va ular o'lgandan keyin ham, agar jim tursang, sen sodiqligning katta miqdorini ko'rsatayotgan Gospojangni o'ldiraman.
-Siz buni qila olmaysiz ... nihoyat titroq ovoz bilan ming'irladi va menga qaradi.
-U hali ham sizning xotiningiz ...
U gapini tugatmasdan, Luna uning sochidan ushlab, yuzini o'ziga qaratdi.
-Sen biz bundan ham battarroq ish qilishimiz mumkinligini bilasan.
Hyeon menga yuz o‘girishdan oldin Lunaga qaradi.
-Siz menga uning tashvishini bildirish uchun harakat qildingizmi? deb soʻradi u mendan, uning ovozida ogʻriq sezilib turardi.
Luna meni so‘roq qilgani uchun uni urishga tayyor edi, lekin men unga toʻxtashi uchun imo qilib,
-Hyeon, men bilan yillar davomida ishlaganinga qaramay, sen haligacha mening qanday odam ekanligimni tushunmayotganing achinarli, deb gapirishdan oldin skotchimdan ho‘pladim.
Hyeon qanchalar aldanganini anglab ko'z yoshlarini arang tiya oldi.
Men uni Gospojasi haqida qayg'urayotganimni tan olishga majburlashim kerak edi.
Xotinimning oilasi uni qoldirib, Italiyaga qaytib kelganini bilishimdan oldin ham, men Hyeon nimanidir bilishini his qilardim. Uning singlisi qo‘ng‘iroq qilganida bu shubha tasdiqlandi. Garchi Alessandri Romano o'z qiziga ahamiyat bermaslikga majbur bo'lgan bo'lsa-da, uning xotini va qizi qadrli Jennini bu ahvolda tashlab ketish uchun u qadar ojiz emasdi.
- Men o'zimning sevimli o'lim o'yinimni o'ynay boshlaymi yoki og'zingni ochasanmi? Luna yengil ohangda so'radi, u Hyeonni gapirishdan boshqa chorasi qolmaganini bilardi.
-Jen xonimning onasi, Gospojaga siz ikkingiz baxtli yashaganingizni aytganida sizni aldadi. Aksincha, Gospoha va sizning nikohingiz haqidagi shafqatsiz haqiqatni onasi ochib bergan.
Hyeon past ovozda gapira boshladi va men skotchimni ho'plagancha uni sabr bilan tingladim. U qanchalik o'zini ko'rsatmasin, men onasi qizining men bilan bo'lishini istamasligini bilardim.
Meni Marina Borisovna Povlova ham, Isabella Romano ham yoqtirmaydi.
-Gospojaga sotqin degan tamg'a qo'yishgan va siz boshqalar qatori xuddi shunday fikrda edingiz. Shuningdek, ajrashish to'g'risidagi hujjatlarni imzolashdan oldin u siz bilan imzolanmoqchi bo'lgan shartnoma haqida ham ma'lum qilingan.
-Va u endi nimani xohlaydi? deb so‘radim aldamchi xotirjamlik bilan.
-Hammasi. Gospoja sizning hamma narsangiz uning qoʻllarida bo'lishini xohlaydi. U sizni butunlay vayron boʻlganingizni ko'rish uchun hech narsadan to'xtamaydi, dedi u va menga masxara tarzda tabassum qildi.
Men uning gaplaridan hayratda qolganimni bildirish uchun qoshimni bukdim.
-Xotinim meni yo'q qilishni xohlaydimi? Ichimligimning so‘nggi qultumini tatib ko‘rar ekanman, tilimni pastki labimga surib, boshimdan o‘tgan fikrlarga e’tibor bermadim, ular meni yana unga yaqinlashtirishini bilardim.
-Agar men azob chekishim kerak bo'lsa, uning qo'lidan azob chekishn afzal koʻraman - uning go'zal qo'lidan. Uning mitti va yumshoq qo'llarini eslab, og'zim burishib ketdi.
Bu qo'llari bilan u meni yo'q qiladimi?
Vaqtni behuda sarflashni yoqtirmasam ham, men buning har bir soniyasidan zavqlanaman.
Hyeonning hayron bo'lgan yuziga diqqat bilan qaraganimdan keyingina xonadan chiqdim.
-Hyeonni nima qilishimiz kerak?, deb pichirladi Luna, Lev bilan orqamdan qadam tashlab.
-Uning o'lishiga yo'l qo'ymang, u bizga kerak, dedim xotirjamlik bilan.
— Uni Jen xonim va uning singlisi Greysga qarshi ishlatish uchunmi? U o'ylanib qoldi, hazillashmagani aniq.
-Ha. Boshimni qimirlatdim, nigohimni betaraf tutdim.
-Jen xobimga qanday munosabatda bo'lish kerak?, deb soʻradi Luna, men beparvo ovoz chiqarib, mashinam oldiga yetganimizda unga yuzlandim.
-Ikki oydan keyin cho'qintirgan otaning tug'ilgan kuni, shuning uchun u o'z vaqtida tuzalib, meni yo'q qiladigan kuchli jangchi bo'lib yetishsin, dedim va u menga g'alati qaradi, lekin bahslashmadi.
-Qanday qilib ajrashish qog'oziga imzo chekishga ko'ndira olamiz?
-Ikki oydan keyin men uning imzosini o'zim olaman.
-Bu sizning keyingi ikki oy davomida shu erda bo'lishingizdan dalolatmi?, soʻradi Lev.
-Ha. Men uning qulflangan xonasining balkoniga qarab qoshimni ko‘tardim.
-Rossiyadan tashqarida ko'p narsalarni hal qilishim kerak.
𝐵𝑢 𝑚𝑒𝑛𝑔𝑎 𝑡𝑒𝑔𝑖𝑠ℎ𝑙𝑖 𝑓𝑎𝑛𝑓𝑖𝑐 𝑒𝑚𝑎𝑠.
𝐹𝑎𝑛𝑓𝑖𝑐𝑛𝑖 𝑊𝑎𝑡𝑡𝑝𝑎𝑑 𝑖𝑙𝑜𝑣𝑎𝑠𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑜𝑙𝑖𝑏 𝑡𝑎𝑟𝑗𝑖𝑚𝑎 𝑞𝑖𝑙𝑦𝑎𝑏𝑚𝑎𝑛, 𝑖𝑚𝑙𝑜 𝑥𝑎𝑡𝑜𝑙𝑎𝑟𝑖 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑢𝑧𝑢𝑟 𝑠𝑜'𝑟𝑎𝑦𝑚𝑎𝑛.
𝐹𝑖𝑘𝑟𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑦𝑜𝑧𝑖𝑠ℎ𝑛𝑖 𝑢𝑛𝑢𝑡𝑚𝑎𝑛𝑔♡