January 14

𝐅𝐋𝐄𝐒𝐇 & 𝐅𝐈𝐑𝐄 || 𝐊𝐓𝐇

𝟬𝟬𝟲 | 𝗙𝗹𝗲𝘀𝗵 &𝗙𝗶𝗿𝗲

Elias esa… men hamma narsamni berishga tayyor bo‘lgan odam… buni bilardi.

U bilardi.

U meni dunyoni tanlab undan voz kechganimni ko‘rdi. Mening sevgimni — sadoqatimni — ko‘rdi va undan foyda chiqarmasa, hech narsaga arzimaydi, deb qaror qildi.

Men yanada qattiqroq bukildim, tizzalarimni ko‘ksimga bosdim.

Qichqirgim keldi.
O‘z terimni yirtib tashlagim keldi.
Uyg‘onib, bularning bari qandaydir tush bo‘lib chiqishini xohladim.

Lekin yo‘q.

Bu tush emas edi.

Bu haqiqat edi.

Va aynan o‘sha lahzada ichimda nimadir siljidi.

Bu kechirim emasdi.

Bu kuch ham emasdi.

Bu ikkalasidan ham sovuqroq edi.

Bu — aniqlik edi.

Hamma narsani yo‘qotgandan keyingina keladigan aniqlik.

Endi himoyalaydigan hech narsam qolmagandi.

Na obro‘.
Na tana.
Na ism.
Na hatto jon.

Faqat bitta narsa qolgandi — omon qolish. Va u ham uzilib ketishga tayyor ipda osilib turardi.

Men Elias yashaydigan binodan arvohdek chiqdim. Uzun paltomga o‘raldim, oq libosni yopdim — go‘yo bir necha soat oldingi qizni ko‘mib yubormoqchidek. Moskva osmoni qorongʻu, sovuq yenglarimdan o‘tardi. Ko‘chalar mehrsiz edi. Yuzlar ham.

Bu safar taksi chaqirishga jur’at qilmadim.

Yurdim.
Bir necha kvartal.

Oxiri savol kam beradigan eski, yarim buzilgan taksilardan birini topgunimcha.

— Qayerga? — deb so‘radi haydovchi.

Men yorilgan yon oynadagi aksimga tikildim. Yuzim o‘zimniki emasdi. Tushib ketgan tus, ko‘z atrofiga yoyilgan tush, lablarim rangsiz, yonoqlarim ichiga botgan.m

— Aytman. Faqat haydang, dedim. Ovozim qo‘pol chiqdi.

U bosim qilmadi. Jimgina qo‘zg‘aldi va meni shahar ichkarisiga — shisha binolar va temir darvozalar bilan o‘ralgan mening dunyomdan uzoqlashtirib olib ketdi.

Boshimni pastga egdim. Palto kapyushoni boshimda parda kabi yopiq edi. Telefonimni yana tekshirdim — aslida buni qilmasligimni bilardim.

Yana bildirishnomalar.
Yuzlab.
Minglab.

“Bu Jeong Dae-hyunning qizimi?”
“Sizdirilgan lavhalar shaxsini tasdiqladi.”
“Yangi rakurslar.”
“Jeongning iflos kichkina siri fosh bo‘ldi.”

Mening suratlarim — ko‘chada, yotoqda. Endi odamlar ularni tahrirlayotgandi. Memlar. GIFlar. Yuzim kontentga aylangandi. Sharmandaligim — valyutaga.

Yuragim quloqlarimda urayotgan urush nog‘orasidek gumburlardi. Lekin bu safar yig‘lamadim. Yig‘lolmadim. Men bu kecha allaqachon bir marta cho‘kdim. Yana buni qilmasdim. Hozircha.

Men ketishim kerak edi.

Moskvadan uzoqqa.
Rossiyadan uzoqqa.
Hamma narsadan uzoqqa.

Pasportim hali oʻzimda edi. Bir oz naqd pul ham bor edi — ehtimol sukut sotib olishga, balki kerak bo‘lsa yangi ismga ham yetardi. Bularning hammasini uydan ketayotganimda olgandim. Elias uchun.

Achchiq kinoya ko‘nglimni aynitdi.

Hozir samolyotga chiqa olmasdim. Har bir tabloda, har bir yangilik lentasida yuzim turgan paytda — imkonsiz edi.

Menga bir necha soatga g‘oyib bo‘lish kerak edi. Keyingi nafasimni qanday olishni o‘ylab topgunimcha.

Shunda shaharning sanoat hududidagi eski motel esimga tushdi — arzon, savolsiz, hujjatsiz.

𝗠𝗼𝘁𝗲𝗹 𝗦𝗼𝗹𝗮𝗰𝗲.

Taksi meni bir og‘iz so‘zsiz tushirib ketdi.

Rangki yozuv tepamda lipillardi. Harflarning yarmi yonib, yarmi o‘chgan, kasakxonadek ko‘k rangda g‘uvillardi. Haydovchiga pul berdim — uni menga uzoq tikilib qolganiga e’tibor ham bermadim. Bu paytda hamma shunday qilardi. Men endi o‘zimni insondek ham his qilmasdim. Shunchaki sarlavha edim.

Paltomni yanada mahkam o‘rab, ichkariga kirdim.

Qabulxonadagi erkak ism so‘ramadi. Faqat pulni oldi va ikkinchi qavatdagi xonaning kalitini uzatdi.

Xona oqartiruvchi va eski sigaret hidini berardi. Karovat qattiq edi. Pardalar to‘liq yopilmasdi. Lekin eshigi qulflanardi va chiroqlari o‘chardi — hozir esa bu jannatdek tuyulardi.

Buyumlarimni burchakka tashladim — pasport, pul, telefonning o‘lik og‘irligi — va kiyimimni ham yechmasdan karovat chetiga g‘ujanak bo‘lib o‘tirdim.

Palto ustimda qoldi.
Zirh kabi.
Inkor kabi.

Telefon yana vibratsiya qildi.

Yana xabarlar.
Yana belgilashlar.
Yana do‘zax.

Soatlab ochlikni his qilmagandim. Tomog‘im quruq edi, lekin suv xohlamadim. Hech narsa xohlamadim. Tanam bo‘sh edi, lekin ko‘kragim haddan tashqari to‘la edi.

Har bir soniya boshimda, qovurg‘alarimda, yuragimda kengayib borayotgan yoriqdek sezilardi.

Telefonni ag‘darib qo‘ydim. Ekrani pastda.

Shunga qaramay, uning vibratsiyasini bo‘ynimga bosilgan pichoqdek his qilardim.

Ko‘zlarimni yumdim — uxlash uchun emas, ko‘rishni to‘xtatish uchun.

Tasvirlarni.

Karovatni.
Eliasni.
Uni.
O‘zimni.

Besh yil sevgan odamim besh daqiqada meni yo‘q qilgan edi.

Endi-chi?

Men nomsiz motelning noma’lum xonasida yolg‘iz edim. Ruhim yirtilgan, begona xonada chirib borardi. Tun tugashini kutardim — agar u umuman tugasa.

Agar men ham tugamasam.
.
.
.
.
.
Men chang bosgan tumbochka ustidagi arzon devor soatiga ko‘z tashladim.

02:04.

Tashqaridagi dunyo hali ham uyqu edi — bo‘g‘ib yuboradigan darajada qalin sukunatga o‘ralgan. Ammo men uchun bu yagona payt edi — ko‘rinmas bo‘lish mumkin bo‘lgan yagona lahza. Yana bir qarash meni tanib qolmasdan… yana bir telefon sharmandaligimni yozib olmasdan sirg‘alib ketishim mumkin bo‘lgan yagona vaqt.

Men ketishim kerak edi.
Hozir.

Paltoimni titrayotgan tanamga mahkam tortdim va sharfni yana yuzimga o‘radim — faqat ko‘zlarimgina ochiq qoldi. Sumkamni va pasportimni oldim — qo‘limda qolgan yagona tirik rishtalar — va 17-xonaning g‘ijirlagan eshigini ohista ochdim.

Yo‘lak eski mog‘or va sigaret kulining hidiga to‘la edi, lekin tashqaridagi havo undan ham battarroq edi — muzdek, o‘tkir. Tor zinapoyadan pastga tushdim, qadamlarim jim, nafasim zo‘rg‘a eshitilardi.

Lekin shu payt—

Bir tovush.
Bir siljish.
Bir mavjudlik.

Men boshimni ko‘tardim. Motel egasi yo‘lak oxirida, qabulxona yonida turardi — xuddi meni kutib turgandek, ustunga suyangan. Lablarida kulimsirash bilan shubha orasidagi nimadir qotib qolgan edi. Ko‘zlari menga sekin, sinchkovlik bilan yopirildi — men yashirinishga uringan har bir qatlamni yechayotgandek.

Nafasim ichimda uzildi.

So‘ng

— Sen… Zuha Jeong emasmisan?

Yuragim tubsiz chuqurlikka quladi.

Uning ovozi sukunatni yordi. Qo‘llarim titradi. Sumkamni mahkamroq ushladim — ammo kech edi. U barmoqlarimdan sirg‘alib tushdi va iflos kafelga urildi, tangalar va kartalar atrofga sochilib ketdi.

La’nati.

Men tezda egildim, vahimada hamma narsani yig‘ishtira boshladim. Shu payt sharfim siljidi — yorug‘lik yono‘g‘imni bir lahzaga o‘pdi.

Shu kifoya edi.

Uning ko‘zlari tanib olish bilan chaqnadi.

— Bu sen ekansan, — dedi u past ovozda, oldinga qadam tashlab.

— Zuha Jeong. Bugun tushdan beri hamma qo‘lini qoniqtirayotgan o‘sha viral “farishta”.

Tomog‘im yopilib qoldi.
— Yo‘q, iltimos—iltimos, qilma

Lekin u allaqachon baqirardi:
— Hey! Yigitlar! Shu! Shu qiz! O‘sha! Yangiliklardagi erkatoy fohisha!

Men orqaga chekindim. Tez. Sharfimni yana yuzimga tortib, old eshikdan otilib chiqdim — lekin orqamdan allaqachon og‘ir etiklar gumburlab quvib kelayotganini eshitardim.

Tashqaridagi tor ko‘cha asosiy yo‘ldan ham qorong‘iroq edi, lekin boshqa ilojim yo‘q edi. Yuragim portlayotgandek, o‘pkam yonib ketayotgandek yugurdim. Axlat qutilari yonida soyalarga ko‘zim tushdi — uchta, to‘rtta… yo‘q, beshta erkak. Ular meni ko‘rishi bilan nigohlarini burishdi.

— Qochishiga yo‘l qo‘ymang! — motel egasi orqamdan baqirdi.

— Ushlang! Endi u millionlarga arziydi!

Men burildim.

Kech edi.

Ulardan biri oldinga otilib, bilagimdan changalladi va meni qattiq tortdi.

— Yo‘q! Qo‘yib yubor! — deb qichqirdim, tipirchilab, tepib, vahimadan qonim kislota bo‘lib oqayotgandek.

U kuldi, paltoimdan tortdi.

Ammo adrenalin ishga tushdi — tizzamni uning qorniga qattiq urdim va qo‘lidan sug‘urilib chiqdim. Oyoqlarim ongimdan oldin harakat qildi — yon yo‘lak bo‘ylab, yanada chuqurroq zulmatga qarab yugurdim. Qayerga ketayotganimni bilmasdim — faqat to‘xtamasligim kerakligini bilardim. Hozir emas.

Shunda men nimagadir urildim.

Yo‘q— kimgadir.

Tanam orqaga sapchidi, nafasim ichimdan chiqib ketdi va nihoyat dunyoning butun og‘irligi ustimga qulab tushdi. Sumkam yerga tushdi. Men hansirab, boshimni ko‘tardim — vahshiy, umidsiz.

— Iltimos, — dedim xirillab, ovozim chilparchin ohangda.

— Iltimos, yordam bering… ular meni quvayapti, ula…

Lekin shunda men uning ko‘zlarini ko‘rdim.

O‘limrang.
Sovuq.
Qimirlamas.

Dunyo to‘xtadi.

Men bu ko‘zlarni tanirdim.

Ular tanish bo‘lgani uchun emas.

Ular unutilmas bo‘lgani uchun.

Klubdagi o‘sha odam.
Bir ko‘zini ham qimirlatmay, birovning hayotini yakunlagan erkak.
Qon ichidan yomg‘ir suvidek bemalol yurib o‘tgan odam.

U.

Men qotib qoldim. Og‘zim ochildi, lekin hech narsa chiqmadi.
Na qichqiriq.
Na ibodat.

U menga tikildi — o‘qib bo‘lmasdi.
Muz.
Tosh.
Nigohida rahm-shafqatning izi ham yo‘q edi.

So‘ng ularni eshitdim — yana o‘sha etik tovushlari. Motel egasining hansiragan, g‘alabaga to‘la ovozi atigi bir necha qadam narida yangradi.

— Mana u! — dedi u, menga ishora qilib.

— Zuha Jeong. U bilan ovora bo‘lma. U meniki. Mening sovrinim.

Men orqaga chekindim — to‘g‘ri orqamdagi keng, qimirlamas ko‘ksiga urildim.

Motel egasi bir necha qadam narida to‘xtadi, hansirab, yelkalari ko‘tarilib-tushib turardi. Ammo u yashirinishga urinayotgan odamga ko‘zi tushishi bilan nimadir o‘zgardi. U ko‘zini pirpiratdi va rangi oqarib ketdi.

— V…? — dedi u pichirlab.

— V? Senmi?

Bu ism momaqaldiroqdek urildi.

Hatto uning ortidagi erkaklar ham to‘xtab qoldi.

Shunga qaramay, motel egasi o‘zini tiklab, tomog‘ini qirdi.

— Hey, V, u mening joyimda turgan, men unga tegmadim. Biz shunchaki — qaragin, uni menga ber. Xo‘pmi?

Erkak — V — lom-lum demadi.

Shunda men his qildim — uning qo‘li sekin orqaga siljib, meni to‘sdi.

Nafasim ichimda qoldi.

Motel egasining tabassumi darz ketdi.

— Bo‘ldi-da. U axlat. Butun dunyo ko‘rgan. Yana bir vayron bo‘lgan merosxo‘r xolos. Uni yana sotishdan tushganini bo‘lishamiz. Toza ish.

Shu payt

V harakatga keldi.

U gapirmadi.

U hujum qildi.

Tez.
Shafqatsiz.
Ayovsiz.

Birinchi odam zarbani ham ko‘rmadi — u yerga qulaganida ovozi devorlarda aks sado berdi. Ikkinchisi pichoq tortmoqchi bo‘ldi. Pichoq qo‘lidan yulib olindi va yelkasiga shunchalik chuqur sanchildiki, g‘oyib bo‘ldi.

Yana ikkitasi tashlandi — V ulardan birini devorga shunchalik qattiq uloqtirdiki, beton yorildi. Oxirgisi qochmoqchi bo‘ldi. V uni yoqasidan tutib, yuztuban yerga urdi.

Motel egasi orqaga chekina boshladi.

— To‘xta—yo‘q—V, biz bunday demoqchi..

V uning gapini tugatishiga yo‘l qo‘ymadi.

Etigi uning tizzasini ezib yubordi.

U shu yerda turardi — qimirlamay.

Sukunat va vayronaning minorasidek. Ko‘zlari chang bosgan po‘lat rangidek, jonsiz va sokin. Yuzlari qadimiy, egilmas nimadandir o‘yib olingandek edi — vaqt ham, rahm ham, insoniylik ham tegmagan. Men bu ko‘zlarni ilgari bir marta ko‘rgan edim — u ko‘zini ham qimirlatmay birovni o‘ldirishidan bir lahza oldin.

U o‘lim edi.

Va men to‘g‘ri uning bag‘riga yugurib kelgan edim.

Nihoyat, uning nigohi menga burildi — sekin, hisob-kitob bilan va yuragim tomog‘imga chiqib ketgandek bo‘lib, bir qadam orqaga tisarildim.

— Sen o‘sha? — deb so‘ramoqchi bo‘ldim, ovozim pichirlashdan ham past, qo‘llarim titrab. — O‘sha odam.

U meni bitta so‘z bilan to‘xtatdi.

— Ha.

Shundan keyingi sukunat tomirlarimga muzdek suvdek oqib kirdi.

Men yana bir qadam chekinmoqchi bo‘ldim, ammo uning ortida nimadir qimirladi.

Soyadan ikkinchi bir qiyofa chiqdi — uzun sochlari oqarib turgan peshonasiga betartib tushgan, yonoqlari o‘tkir, chehrasi o‘qib bo‘lmas. U Vdan yoshroq ko‘rinar edi — faqat tanasida. Borlig‘ida emas. Uning aurasi atrofimizdagi shamoldan ham sovuq edi. Unda go‘zal darajada xavfli nimadir bor edi — xuddi qanotlarida hali ham qon tomchilab turgan qulagan farishtadek.

Uning ovozi tunni yordi:

— 너는 우리가 누구인지 모르지?

Men seskanib ketdim.

Men koreys tilini tushunmasdim, ammo ohangning o‘zi umurtqamdan muzdek titroq o‘tkazdi. U boshini biroz qiyshaytirdi, lablarida masxarali tabassum paydo bo‘ldi.

— Biz Kim Beomseokning odamlarimiz. U seni olib kelishimizni buyurdi.

Qornim ichimga tushib ketdi.

Beomseok?

— Yo‘q—yo‘q, iltimos - men orqaga chekindim, paltoimni yanada mahkam qisdim.

— Men hech narsa qilmaganman, iltimos, hech kimga zarar yetkazmadim - qo‘yib yuboring.

U zulmatli ohangda kuldi va o‘sha shafqatsiz tabassumi bilan menga yaqinlashdi.

— Hech kimga zarar yetkazmadingmi? — dedi u.

— Sen o‘z qoningdan qochding. Senga ism bergan odamlardan. Ularni sharmanda qilding, nomini yerga urding. O‘yladingmi — g‘oyib bo‘lib, oqibatlarsiz tanlovlar qilaman, deb? — Ovozi zaharga aylandi.

— Sen iflos bir erkakka o‘zingni vayron qildirding, endi esa dunyoning yarmi seni sirk tomoshasidek tomosha qilmoqda.

Men boshimni chayqadim, ko‘zlarim ortida yoshlar achishib turardi.

— Men buni xohlamadim - Elias- u meni sotdi, men.

— Beomseok senga achinishli hikoyang bilan qiziqmaydi, — deb toʻxtatdu u.

— Kai esa boshingni xohlaydi. Motellarda yashirinib, tor ko‘chalarda yugurib yurish seni ulardan saqlaydi, deb o‘ylaysanmi?

Men o‘girildim va yugurdim.

Qayerga ekanini bilmasdim. Parvo ham qilmadim. Shunchaki yugurdim.

Ammo uzoqqa ketolmadim.

Bir qo‘l — kuchli va chaqqon — bilagimdan ushlab, meni orqaga tortdi. Bu uzun sochli erkak edi; uning changali qoʻlimni ko‘karatiradigan darajada qattiq edi.

— Qo‘yib yubor! Iltimos, iltimos - men butunlay g‘oyib bo‘laman, qasam ichaman,

U faqat yanada mahkamroq ushladi.

Men vahimadan atrofga alangladim — va o‘sha payt V harakatga keldi.

U o‘sha bir so‘zli javobdan beri gapirmagan edi. Endi esa sovuqqon va shoshilmay oldinga chiqdi — go‘yo bu yerda hech narsa muhim emasdek. U jimgina qo‘lini ko‘tardi, uzun sochliga ishora qildi va so‘zsiz hammasi tushunarli bo‘ldi — u meni qo‘yib yubordi.

Men bir qadam orqaga gandiraklab tushdim, xuddi cho‘kayotganda nafas olgandek.

— Yaqinlashman, — deb pichirladim Vga, ovozim sinib.

Ammo u yaqinlashdi.

Bir qadam.
Ikki qadam.

Men devorgacha chekindim.

— Iltimos, — yolvordim.

— Iltimos, menga zarar berman —nshunchaki qo‘yib yubor, iltimos, bunga arzimayman, bularning hech birini xohlamadim.

Ammo Vga baribir edi.

U sekin palto ichiga qo‘l soldi — va qurol chiqardi.

Haqiqiy qurol.
Sayqallangan qora po‘lat.
O‘limli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘kragimga qaratilgan.

U stvolni yuragimga bosdi — shunchalik yaqin ediki, sovuq metallni paltoim orqali his qildim, terimga la’natdek kuyar edi.

So‘ng u gapirdi.

Past. O‘lchab. Yakuniy.

— Biz bilan ketasan. — U birozgina engashdi, o‘sha bo‘sh kulrang ko‘zlari ichimdagi har bir gunohni o‘qiyotgandek teshib qaradi.

— Yana bir og‘iz so‘z aytsang. Bir marta qichqirsang. Shu yerning o‘zida otaman. Va hech kim meni to‘xtatmaydi.

Butun tanam muzlab ketdi. Tizzalarim bo‘shashdi.

Men buni qilishini bilardim.
Buni his qilardim.

U tahdid qilayotgandek gapirmadi.
U va’da berayotgandek gapirdi.

Yoshlarim jim va qaynoq holda yonoqlarimdan oqdi. Lablarim titradi, ammo boshqa bir so‘z ham aytmadim.

V bir marta uzun sochli erkakka qaradi va u darhol harakatga keldi, go‘yo hammasi avvaldan rejalashtirilgandek, tor ko‘cha yonida turgan mashina eshigini ochdi.

Va men?

Men o‘sha mashinaga mindim.

Chunki tanlovim yo‘q edi.

Qanchalik tez yoki uzoqqa qochishga urinmay — ular baribir kelayotgan edi.

Old o‘rindiqda ular haykaldek o‘tirishardi — ko‘zlari oldinga tikilgan V va yonida jim qolgan sochi uzun shayton; u meni mashinaga itarganidan beri bir og‘iz ham gapirmadi.

So‘ng V telefonini ko‘tardi, raqam terdi va umurtqam menga tegishli emasdek his qildiradigan o‘sha hissiz ovozda gapirdi:
— Uni olib kelyapman.

Shu edi.

Topdik emas.
Xavfsiz emas.
Bizda ham emas.

Shunchaki — olib kelyapman.

Xuddi yukdek.
Xuddi mulkdek.
Xuddi men umuman ahamiyatga ega emasdek.

Ko‘zlarim o‘z-o‘zidan yuqoriga ko‘tarilib, orqa ko‘zguda uning nigohi bilan to‘qnashdi.

Sovuq.
Kulrang.
Qimirlamas.

Va shunga qaramay, ularning ostida… men buni ko‘rdim.
Nafratdan ham battar narsani.

Oʻzimning yakson bo‘lishimni.
Oʻzimning barbod bo‘lishimni.

Men seskanib, yuzimni o‘girdim.

Ular menga nima qilishadi?

Meni qayerga olib ketishyapti?

Tong otmasidan oldin noma’lum bir yerga ko‘mib yuborishadimi?

Men paltoimni yanada mahkam qisdim — go‘yo u meni ularning nigohlaridan… haqiqatdan himoya qila oladigandek.

Yo‘l cheksizdek tuyuldi — so‘ng birdaniga, juda tez tugagandek, mashina sekinladi.

Qoraytirilgan oynalar ortida olomon to‘plangan edi — qora kostyumdagi o‘nlab erkaklar, go‘yo bu dafn marosimi va men jasad bo‘lgandek, mutlaq sukunatda turishardi.

Markazda, kirish joyini cho‘mdirayotgan oltin proyektorlar ostida Beomseok turardi. Uning yuzi o‘qilmas, zamonsiz va xavfli edi. Biroz narida, mushtlari siqilgan, tanasining har bir chizig‘idan g‘azab tomib turgan Kai bor edi.

Va keyin ko‘zlarim qotib qoldi.

Otam.

Chetda turardi. Jim. Harakatsiz. Toshdek.

Mashina hali to‘liq to‘xtamasidan Kai unga yopirildi. Men o‘zimni tayyorlashga ham ulgurmadim — u eshikni shunchalik qattiq ochdiki, butun mashina larzaga keldi va keyingi lahzada qo‘li bilagimni changallab, meni tashqariga tortdi.

— Iflos, la’nati fohisha. Uning ovozi momaqaldiroq edi, changali esa olov.

Og‘riqdan nafasim chiqib ketdi, lekin u bo‘shatmadi.

— Bizni sharmanda qilding, it uchun oyoqlaringni ochding!

Men qisilishib, zo‘rg‘a dedim:

— Iltimos Kai, men..

— Og‘zingni yop! — deb o‘kirdi u, bo‘ynimdan ushlab, iyagimni ko‘tarib, yonib turgan nigohiga majbur qildi.

— Endi gapirmaysan. Video bu mamlakatdagi har bir ekranga chiqqan zahoti sen bu huquqni yo‘qotding.

Men V tomonga qaradim.

Ahmoqona.

Hali ham yordamga umid qilayotgan odamdek.

Qo‘limni uzatdim — barmoqlarim uning sovuq barmoqlariga tegdi va men ingrab yubordim:

— Iltimos… iltimos, menga yordam bering…

Lekin u menga hatto qaramadi ham.

Kai meni odamlar dengizi orasidan sudrab o‘tdi — go‘yo men inson emasdim. Ular rahm bilan emas — jirkanchlik bilan qarashardi. Ba’zilar chiday olmaydigan la’natlarni pichirlashardi. Men qoqilib yiqildim — tizzalarim marmar yerga qattiq urildi. U to‘xtamadi. Shunchaki meni axlat qopidek yana tortdi.

Beomseok oldida u meni yerga uloqtirdi.

— Uni o‘ldiraman. Kai g‘azabdan titrardi.

— Qasam ichaman, hozir shu yerning o‘zida boshiga o‘q uzaman. Va buni tabassum bilan qilaman.

Men titrab, bukchayib qoldim, nafas ololmasdim.

Ammo Beom-seok javob bermadi. U qo‘llarini orqasiga qo‘ygancha sokin turardi. So‘ng, nihoyat, dedi:

— Bas.

Bir so‘z. Bir buyruq.

Kai unga qaradi, ko‘zlari yovvoyi edi.

— Jiddiy aytyapsizmi?! Hammasidan keyinmi?! Bu sharmandalikdan keyin?! U bizni barbod qildi! Ismimizni loyga botirdi!

Beomseok sekin unga qaradi — va o‘sha bir qarashdayoq Kaining g‘azabi jimlikka aylandi. So‘ng Beom-seok hissiz ohangda dedi:

— Tinchlan, Kai. Buni men hal qilaman.

Kaining burun teshiklari kengaydi. U qurolini olib, polga bor kuchi bilan uloqtirdi. U qurol yuzim yoniga sakrab tushdi. Men hatto qimirlamadim ham.

Beom-seok qo‘lini ko‘tardi va odamlarga ishora qildi.

— Uni joyiga olib boringlar.

Ular meni ushlashdi.

Qo‘pol.
Sovuq.
Shafqatsiz.

Men qarshilik ham qilmadim. Nima foyda?

Ular meni olomon orasidan sudrab ketayotganda, ko‘zlarim oxirgi marta — bir vaqtlar butun dunyom bo‘lgan yagona odamni izladi.

Otamni.

U hatto ko‘zini ham pirpiratmadi.

Qimirlamadi.

Parvo qilmadi.

Men endi uning qizi emasdim.
Shunchaki dog‘ edim.

Meni hayvon kabi kameraga uloqtirishdi. Tizzalarim tosh polga urildi. Eshik ortimdan hukmdek yopildi.

Va men sindim.

Yig‘i ko‘kragimdan yirtib chiqdi — go‘yo yillar davomida qamalib kelgandek. Barmoqlarim polni tirnadi. Ovozim yorilib, oxiri butunlay yo‘qoldi.

Men o‘zim uchun yig‘ladim.
Ilgari bo‘lgan qiz uchun yig‘ladim.
Va yo‘qotgan so‘nggi narsam — umid uchun yig‘ladim.

Chunki o‘sha lahzada men bildim:

Meni hech kim qutqarmaydi.

Hatto Xudo ham.

Majlis xonasi eski yog‘och, tutun va undan ham chuqurroq bir hid bilan to‘lgandi — hokimiyat hidi. Quroldan kelmaydigan hokimiyat. Jimlikdan, meroslar va qon og‘irligidan tug‘iladigan hokimiyat.

Beomseok uzun, obsidian rangli stolning boshida o‘tirardi — bu uning taxti edi, orqasida esa butun imperiyasi turardi. Kai uning yonida tik turgan, ko‘zlari ichida aytilmagan g‘azab titrardi.

Va men — uning caposi, uning quroli — qarama-qarshi tomonda, jim turardim.

Hangul yonimda edi, toshdek qotib qolgan, uzun sochlari o‘tkir ko‘zlariga tushib turardi. Kelganimizdan beri bir og‘iz ham gapirmadi. Men ham.

Ammo men buni sezardim — havo o‘zgarayotganini. Siqilayotganini. Nimadir hozir yonardi.

Hatto Beomseok ham uni olib kelganimizdan beri bir og‘iz so‘z aytmadi — Zuhani. Uning sukunati xavfli edi. Hisoblangan. Kai g‘azabining har tomchisini tashqariga sochgan bo‘lsa ham Beomseok qimirlamasdi. Bu esa ancha qo‘rqinchliroq edi.

Majlis tezda chaqirildi — majburiy, istisnosiz. Har bir ittifoq rahbari yig‘ilgan edi. Qurol savdogarlaridan tortib moliyachilargacha, kartel boshliqlaridan tortib sotilgan diplomatlargacha — hammasi shu yerda, imperiyalar taqdiri hal bo‘ladigan bu qorong‘i xonada o‘tirishardi.

Eshiklar g‘ijirlab ochildi — va xona jim bo‘ldi.

Jeong Daehyun kirib keldi.

U oldinga yurdi — har doimgidek sovuq nazorat bilan, zirhdek kiyib olgancha. Ammo men buni ko‘rdim. Jag‘ining titrashini. Ko‘zlarida ilgagi tortilishi kutayotgan granata yashiringan g‘azabni.

U hammamizga qaradi — Krovmir ittifoqining barcha yuqori martabali erkaklariga.

So‘ng consigliere oldinga chiqdi, qo‘lida qalin papka bor edi va hech qanday kirishsiz, kechiktirmay gap boshladi:

— Hammangizga ma’lum, Jeong Zuha — Jeong Daehyunning qizi va Kim Kaining sobiq rafiqasi — yerosti doirasidan chiqib, xalqaro bozorgacha yetib borgan mojaro markazida qoldi. Video. Sizib chiqishlar. Obro‘ga putur. Endi uning nomiga yopishgan har bir piching Krovmir obro‘sining barqarorligiga tahdid solmoqda.

Xonada shivirlash ko‘tarildi. Past. O‘tkir.

— U Kim oilasiga turmushga chiqishi kerak edi — bu ittifoq ichidagi eng yirik aloqalardan birini mustahkamlardi. Ammo buning o‘rniga u sharmandalik keltirdi, qon, sharaf va o‘zini tiyish ustidan nazoratimizni shubha ostiga qo‘ydi.

Barcha nigohlar xonaning oldida turgan odamga qaratildi. U jim turdi… so‘ng oddiygina boshini egdi.

— Men bu sharmandalikni qabul qilaman, — dedi u past ovozda.

— Va uni himoya qilish uchun bir og‘iz ham so‘z aytmayman.

U hatto urinib ham ko‘rmadi.

Qo‘rqoq.

Va nihoyat — Beomseok gapirdi.

— Men marhum akamning o‘rnini egallab, Krovmir boshiga kelganimdan beri Jeong Daehyun bu kengashni biror marta ham xafa qilmagan. U biz uchun qon to‘kdi. Biz bilan yonma-yon jang qildi. Ko‘pchilik parchalangan paytda u bu ittifoqni mustahkamladi.

Don oldinga egilganida xona butkul jim bo‘lib qoldi.

— Ha, uning qizi — sharmandalik. Yuk. Nomimizdagi ochiq yara. Ammo Jeong Daehyun — emas.

Jimlik.

Men ko‘z qimirlatmadim. Yonimda Hangulning seskanib menga qaraganini his qildim.

— Shuning uchun men qaror qildim, — davom etdi Beom-seok,

— Qonining gunohi uchun odamni yo‘q qilayman. Jeong Zuha o‘ldirilmaydi. U jazolanadi.

Xona shovqin bilan portladi.

Ammo Kai — Kai chidolmadi.

— Nima deyapsiz, ota?! — deb o‘rnidan sapchib turdi u, ko‘zlari yonib.

— U bizni sotdi! Meni yerga urdi! Siz shunchaki uni tirik qoldirmoqchimisiz?!

Beomseok unga hatto qaramadi.

— O‘tir, Kai.

— Men.

— O‘tir.

Kai mushtlarini siqdi, jag‘i titradi, lekin bo‘ysundi.

Beomseokning nigohi xonani pichoqdek kesib o‘tdi.

— Kechirim — erkinlik degani emas, dedi u sovuqqonlik bilan.

— U baribir jazolanadi.

Men boshimni sal ko‘tardim.
Endi aql o‘yini boshlanardi.

— Bugundan boshlab, Jeong Zuha bu xonada o‘lik hisoblanadi, dedi Beom-seok.

— Krovmirning birorta a’zosi ham, uning oilasi ham u bilan gaplashmaydi. Do‘st yo‘q. Ittifoqchi yo‘q. Xizmatkor yo‘q. Ota yo‘q. Uning ovozi o‘chiriladi. Yuzi o‘chiriladi. U tiriklar orasida murda kabi, o‘z sharmandasi bilan yashaydi.

U Jeong Daehyunga qaradi.

— U bilan gaplashishga ruxsat berilgan yagona erkak — uning eri bo‘ladi.

Jeong Daehyung qotib qoldi. Jagʻi tarnaglashdi.

Xona muzlab qoldi.

— Eri?.. — Jeong Daehyunning ovozi sinib chiqdi.

Beomseok bosh irg‘adi.

— Bu nikoh muhabbat uchun emas, imperiya uchun rejalashtirilgan edi. O‘sha nikoh kuni Jeong Daehyun va men Shveysariyaning Syurix kanali va Triyest portlari orqali Sharqiy Yevropa qurol savdosi ustidan nazoratni birlashtirishimiz kerak edi. 900 million dollarlik oqim. Bizning qo‘limizsiz hech narsa kirib-chiqmaydi.

Xona yana jimib qoldi.

Kuch.
Hammasi doim shundan iborat edi.

— Bu kelishuv hali ham amal qiladi, — dedi Beom-seok.

— Demak, nikoh bo‘ladi.

Kai mushtlarini siqdi.

— Siz hali ham meni unga uylantirmoqchimisiz?! — deb o‘kirdi.

— U qilganidan keyin? U o‘zini. U gapini yutdi, og‘ir nafas oldi.

— Yo‘q. Men bu loyihani yer bilan yakson qilaman.

Beomseok nihoyat o‘rnidan turdi. Va u gapirganda, devorlar titradi.

— Kai xiyonat qilgan ayolga uylanmaydi.
— Ammo nikoh bo‘ladi. Reja bo‘yicha.

O‘lik jimlik.

Uning ovozi bir lahza ham ikkilanmadi.

— Jeong Daehyunning qizi mening eng sodiq odamimga turmushga chiqadi.

Tanaffus.

So‘ng bomba tashlandi.

— Kim Taehyung.

Jimlik quloqni kar qilardi.

Ittifoqdagi har bir bosh menga burildi.

Hatto Hangul ham yonimga yaqinlashdi, qulog‘im ortidan dag‘al pichirladi:

— Bu nima, lanati… dedi u, qo‘limdan mahkam ushlab.

— Yo‘q de. Shunchaki yo‘q de. Sen nom qozongansan. Hatto qotillar ham ikkilanadigan obro‘. U seni shu botqoqqa tashlamoqchimi? Hamma uning kimga aylanganini biladi. Hech kim ekranda yalang‘och ko‘rgan ayoliga uylanmoqchi emas. Uni xohlaydilar — lekin egalik qilishni emas. U seni tahqirlayapti, V. U seni uning sharmandali tojini kiyishga majbur qilmoqchi.

Men javob bermadim.

Faqat Donga tikildim.

Albatta, nega meni tanlaganini bilardim.

Chunki men endi boshqarib bo‘lmaydigan qurol edim. Xonaga kirganimda erkaklarni jim qiladigan maxluq. Ammo endi… endi unga meni qalqon sifatida ishlatish kerak edi.

Bu Zuha uchun jazo emas edi.

Bu men uchun jazo edi.

Meni mojaro bilan bog‘lash.
Obro‘yimni loyga botirish.
Kai hech qachon oqibatlarga duch kelmasligi uchun, Taehyung — Krovmir qafasidagi qassob, qotil, it — hammasini o‘z zimmasiga olardi.

Mening obro‘yim qonardi.
Mening jimligim ularni himoya qilardi.
Va u buni rad etmasligimni bilardi.

Aqlli.

Ammo yetarlicha aqlli emas.

U xonani ko‘zdan kechirdi — imperiyasidagi shubhali yuzlarni — so‘ng yana menga qaradi.

— Qarorim bilan muammo bormi, Taehyung?

Hangul qo‘limni yana mahkam siqdi.

— Ayt. Faqat “yo‘q” de.

Men iyagimni ko‘tardim.

— Muammo yo‘q, Don. Ovozım barqaror edi.

— Buyurganingizni bajaraman.

Shok.
Sovuq nafaslar.
Jim tushunish bilan bosh irg‘ashlar.
Ba’zilar hatto hayratlandi.

Hangul ishonchsizlik bilan jag‘ini qisdi.

So‘ng Beomseok, Jeong Daehyunga yuzlandi.

— Va sen-chi?

Bir lahza Daehyun hech narsa demadi.

Faqat menga tikildi.

Va uning ko‘zlarida men buni ko‘rdim.

Qo‘rquvni.

U mening kimligimni bilardi.
Nimalar qilganimni bilardi.
Haqiqiy hikoyalarni bilardi.

U ichimdagi olovni, yutgan zaharimni, bu ittifoq nomidan qilgan ishlarimni bilardi.

Va u shuni ham bilardi:

Men uni yomon ko‘raman.

U turgan hamma narsani yomon ko‘raman.

U qasosning tik turganini ko‘rdi.

Va ko‘kragining tub-tubida bildi — u qo‘rqqan har qanday do‘zaxdan qat’i nazar, men uning qizini undan ham battar yoʻllardan o‘tkazaman.

Ammo rozi boʻlmasa, hatto qoʻl ostidagi butun hokimyati ham qizini saqlab qololmasdi.

U og‘zini ochdi.

— Men… e’tirozim yo‘q.

Men ko‘z qimirlatmadim.

Tabassum qilmadim.

Ammo keyin nigohlarimiz to‘qnashdi.

Va o‘sha lahzada men buni qo‘yib yubordim — faqat bir lahza, faqat yetarlicha.

Lablarimda sekin, zaharli bir kulimsirash paydo bo‘ldi.

Chunki endi…

Endi u 𝗺𝗲𝗻𝗶𝗸𝗶 edi.
Uning qizi.
Uning oxirgi begunohligi.

Va men uni yoqaman.
Sekin.
Ehtiyotkorlik bilan.

Har bir qichqiriq oilamni barbod qilgan odamning suyaklarida aks sadosi bo‘lgunga qadar.

𝗢'𝘆𝗶𝗻 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱𝗶.

𝗞𝗶𝗺 𝗧𝗮𝗲𝗵𝘆𝘂𝗻𝗴

𝗝𝗲𝗼𝗻𝗴 𝗭𝘂𝗵𝗮

𝗝𝗲𝗼𝗻𝗴 𝗗𝗮𝗲𝗵𝘆𝘂𝗻

​𝖴𝗌𝗁𝖻𝗎 𝗁𝗂𝗄𝗈𝗒𝖺 𝖬𝖨𝖭 𝖹𝖴𝖧𝖠 𝗍𝗈𝗆𝗈𝗇𝗂𝖽𝖺𝗇 𝖡𝗎𝗌𝖺𝗇 𝖦𝗂𝗋𝗌𝗅 𝗄𝖺𝗇𝖺𝗅𝗂 𝗎𝖼𝗁𝗎𝗇 𝗍𝖺𝗋𝗃𝗂𝗆𝖺 𝗊𝗂𝗅𝗂𝗇𝖽𝗂.