Yesterday

𝐁𝐈𝐍𝐀𝐅𝐒𝐇𝐀 || 𝐉𝐉𝐊

𝐓𝐖𝐄𝐍𝐓𝐘 𝐓𝐖𝐎 | 𝟐𝟐

Erta tongdan suv quygandek sokin saroyda poshnalarning ovozi aks-sado bera boshladi. Oshxona yumushlari bilan o‘zini band qilgan Mina bugun erta tongda uyga kim kirganini ko‘rish uchun ho‘l qo‘llarini artib, mehmonxonaga kirdi.

Sarg‘ish sochli ayol eshik oldida qo‘lini ko‘ksiga bog‘lagancha turardi.

Minaning ko‘zlari hayratdan katta ochildi — bu ayol qanday qilib uyga kirganiga tushunmasdi. U ko‘zlarini qisib, ayolning yuziga diqqat bilan qaradi va taxminan tanigandek bo‘ldi. Mina bu ayolning yuzini bir marta gazetada ko‘rgan, o‘sha gazetani esa yirtib, yoqib yuborgandi.

Jorjiya Ferrari erining uyiga bir oydan keyin kelgandi. Aslida u bu yerga ularning to‘yi kechasi kelmoqchi edi. Ammo turmush o‘rtog‘i to‘yning birinchi kechasidayoq Moskvani tark etganini bilgach, Aleksandr Allisterning uyida yashay boshlagan edi. Jorjiya eri bir-ikki kundan keyin qaytadi, deb o‘ylagan. Lekin Jungkook bir oydan beri yo‘q edi — uning qayerdaligini ham, nima qilayotganini ham hech kim bilmasdi. Ertalab Jungkook Moskvaga qaytganini eshitgach, Jorjiya kiyimlarini yig‘ib, eri bilan yashash uchun shu yerga kelgandi.

Jorjiya ikki yil avval Jeon Jungkookni tungi klubda ko‘rgan va o‘shandan beri uni o‘ziniki qilish uchun fursat kutib yashagandi. Leonard qizini malikalardek katta qilgan, u Jungkook qanday inson ekanini yaxshi bilardi va qizining yirtqichga telbalarcha oshiq bo‘lishini istamasdi.
Leonard qiziga ko‘p bor tushuntirishga harakat qildi, biroq Jorjiyaning Jungkookka bo‘lgan istagi kundan-kunga ortib bordi. Oxiri u qizining xohishiga ko‘nishga majbur bo‘ldi.

Jorjiya hashamatli qasrning har bir burchagini ko‘zdan kechirdi. Ammo old devorda osig‘liq turgan ulkan suratni ko‘rib, ko‘zlari kattalashib ketdi. U Minaga e’tibor bermay, surat tomon yurdi. Unda bir go‘zal qiz jilmayib turardi.

— Bu ayol kim? — deb so‘radi Jorjiya o‘tkir ovozda.

U suratni sindirmoqchi bo‘ldi, biroq u juda katta va baland joyga osilgani sababli hatto siljita ham olmadi.

— Zuha xonim. U janob Jeon uchun muhim inson, — dedi orqadan ishonchli ovoz.

Mina bu ayol bilan gaplashishni istamasdi, ammo boshqa iloji yo‘q edi.

— Jungkookning sobiq xotinimi? — deb so‘radi Jorjiya tasdiq kutib.

Minaning jag‘i siqildi, ammo u bu ayol oldida taslim bo‘lmoqchi emasdi.

— Janob Jeonning sevgilisi.

Jorjiya g‘alati tarzda kuldi.

— Men Jorjiya Ferrariman. Jeon Jorjiya — Jeon Jungkookning rafiqasi. Sen bilan tanishganimdan xursandman.

Minaning unga tarsaki tushirgisi kelardi. U bu ayol haqida ko‘p narsa bilmasdi, ammo xo‘jayini Zuha bilan ajrashib, shu ayolga uylanganidan beri uni yomon ko‘rardi.

— Men Mina, bu qasrning bosh xizmatchisiman. Agar biror narsa kerak bo‘lsa, menga xabar bering. Men oshxonada bo‘laman.

Mina oshxona tomon yura boshladi, ammo Jorjiyaning ovozi uni to‘xtatdi.

— Mening erim qayerda?

Mina ortiga o‘girildi.

— Xo‘jayin Zuha xonim bilan xonasida. Janob hech qanday bezovtalikni xohlamaydi.

— Men u bilan uchrashmoqchiman…

— Kechirasiz, Jorjiya xonim, — Mina uning gapini bo‘ldi.
— Xo‘jayin bezovta qilinishini xushlamaydi. Sizga xonangizni ko‘rsataman. U pastga tushgach, gaplashishingiz mumkin.

— Yo‘q! Men hozir u bilan gaplashaman! — Jorjiya jahl bilan dedi.
— U bir oy davomida qayerda g‘oyib bo‘ldi? Xonasi qayerda?

— Xonim…

— Uning xonasi qayerda?! — ovozini ko‘tardi u.

— Bu xo‘jayin va Zuha xonimning xonasi, — dedi Mina tishlarini g‘ijirlatib va birinchi qavatdagi old xonani ko‘rsatdi.
— Ogohlantiraman: ularni bezovta qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

Jorjiya ogohlantirishga parvo qilmadi va ishonchli qadamlar bilan yuqoriga ko‘tarildi.

— Men uni ogohlantirdim… Endi esa u qo‘lini sherning og‘ziga tiqmoqchi. Endi bo‘ladigan voqealar uchun men javobgar emasman, — deb ming‘irladi Mina va oshxonaga qaytib ketdi.

Jungkook quchog‘ida uxlab yotgan Binafshasiga termulib turardi. U uzoq tun sabab holdan toygan edi. Jungkook uni tun bo‘yi qiynagandi.
Binafshasi uning bag‘rida xotirjam uxlayotganini ko‘rib, Jungkook yuragi tinchlandi. Ammo xotini sokin tongini buzish uchun bu yerga kelayotganidan bexabar edi.

Jorjiya Mina ko‘rsatgan xona oldida to‘xtadi. Eshikni taqillatmasdan tutqichni burab, ichkariga kirdi. Lablarida mayda tabassum paydo bo‘ldi, ammo xonani ko‘rgach, u darhol so‘ndi.

Karavotda eri yotar, uning ustida suratdagi qiz tinchgina uxlab yotardi.

Jorjiya Jungkookning qonxo‘r yirtqichdek qarashlariga duch kelganida qichqirmoqchi bo‘ldi. Jungkook esa ko‘rsatkich barmog‘i bilan jim bo‘lishni buyurib, tashqariga chiqishni ishora qildi. Jorjiya bo‘ysunmadi. U o‘sha joyida turib, qo‘llarini ko‘ksiga bog‘ladi.

Jungkookning jahli chiqdi. U bu ayolni butunlay mensimaslikka harakat qildi. Jorjiya unga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida, allaqachon raqamini bloklagan edi. Jungkook Jorjiya va uning otasi Leonardni hayotidan butunlay o‘chirib tashlagan edi.

Jungkook, Zuhaning uyqusini buzmaslik uchun uning yalang‘och tanasini ehtiyotkorlik bilan karavotga yotqizdi, ustiga shoyi choyshabni to‘g‘rilab yopdi, futbolkasini kiyib, bo‘rondek Jorjiya tomon yurdi. Jungkook uning qo‘lidan mahkam ushlaganda, Jorjiya og‘riqdan pichirladi, ammo Jungkook parvo ham qilmadi.

Aslida uni onasi va Zuhadan boshqa hech kimning og‘rig‘i ham, quvonchi ham bilan qiziqmasdi.
— Jungkook…

Jorjiya ko‘p gapirishga ulgurmay, Jungkook uni xonadan sudrab olib chiqdi.

— Jungkook, nima qilyapsan?! Og‘riyapti! — deb qichqirdi Jorjiya.

Ammo Jungkook uning qichqirig‘iga parvo ham qilmadi va uni pastki qavatga olib tushdi. Mehmonxona o‘rtasiga yetgach, Jungkook uni siltab qo‘yib yubordi.

— Mina! Qayerdasan?! — deb baqirdi u.

Jungkookning ovozini eshitgan Mina yugurib keldi. Bu holat sodir bo‘lishini u oldindan bilardi.

— Bugun ertalab men senga nima degandim? — deb so‘radi Jungkook sokin, ammo xavfli ohangda.

Mina biroz qo‘rqib ketdi. U xo‘jayinining jahli qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilardi.

— Xo‘jayin, men uni xonangizga kirmaslikka ogohlantirgandim, — dedi u boshini quyi solib.

Jungkook nigohini Jorjiyaga qaratdi.

— Mina seni ogohlantirdimi?

Jorjiyaning tanasi titrar edi. Shu kungacha hech kim u bilan bunday ohangda gaplashishga jur’at etmagan. U ota-onasining malikasi edi.

— Ha… u meni ogohlantirdi.

Jorjiya Jungkookga yaqinlashdi. Oyoqlari qaltirar, yuragi vahimadan urar edi, ammo yuzida qo‘rquvni ko‘rsatmaslikka harakat qildi.

— To‘y kunidan beri g‘oyib bo‘lding. Bir oydan keyin qaytib kelib, xotining bilan gaplashish o‘rniga sobiq xotining bilan yotibsanmi? Bilaman, jazmani bilan yurish keng tarqalgan… lekin sen jazmanigni yoki fohishangni bizning saroyimizga olib kela olmaysan, Jungkook.

Jungkookning ko‘zlarida g‘azab chaqnadi.

— Nima deding?

U “jazman” so‘zidan nafratlanardi. Bu so‘z Zuhaning nomi bilan birga tilga olinganida, uning g‘azabi butkul portladi.

— Jazmaning yoki fohishangni olib kelishing mumkin…

Jungkook uning so‘zini tugatishga yo‘l qo‘ymadi.

— Agar shu gapni yakunlashga jur’at etsang, seni o‘ldiraman.

Jorjiya cho‘chib ketdi. Uning ovozidagi g‘azab yolg‘on emasdi.

— Jungkook, bu sening uying va…

— Bu bizniki emas, — uning so‘zini bo‘ldi Jungkook.

— Bu men va xotinim Zuhaning uyi. U men bilan yashaydi. Bu yerda qolmasligi kerak bo‘lgan odam — sensan.

— Sen menga uylangansan! — dedi Jorjiya unga yaqinlashib.

Ammo Jungkook qo‘llari bilan uning tomog‘ini o‘rab, yo‘lini to‘sdi.

— Kichkina aqling bilan ko‘p narsani o‘ylama, Jorjiya. Men senga uylanishga rozi bo‘lmaganman. Sen va otang mening hayotimni majburan buzdinglar.

— Men seni xotiningman…

— Sen hech qachon mening xotinim bo‘lolmaysan! — deb baqirdi Jungkook va uning tomog‘idan mahkam ushlab ko‘tardi.
— Men seni ham, otangni ham yo‘q qilishga qasam ichaman.

Jorjiya nafas ololmay qoldi. Jungkookning qo‘lini itarishga urindi. Mina ham uni to‘xtatishga harakat qildi, ammo Jungkook hech kimni eshitmasdi.

— Men taslim bo‘lmayman! Men seni xotiningman, J-Jeon Jungkook! — deb qichqirdi Jorjiya.

Uning ko‘zlarida Jungkookka bo‘lgan jinnilik porlab turardi. Aynan shu jinnilik uni bu yerga — arslon uyasiga olib kelgandi.

— Buni sinab ko‘r… — dedi Jungkook sovuq tabassum bilan.
— Natijasi senga foyda bermaydi.

— Jungkook!

Zuhaning qichqirig‘i ularni o‘rtada bo‘ldi.

Jungkook Jorjiyani qo‘yib yubordi va zinadan yugurib tushayotgan Binafshasiga qaradi. U hali kiyimlarini olmagani uchun Jungkookning ko‘ylagini kiyib olgandi.

— Sen aqldan ozganmisan?! — deb baqirdi Zuha unga qarab.

U Jorjiyaning qo‘lidan ushladi.

— Yaxshimisan?

Zuha qizni boshdan-oyoq ko‘zdan kechirdi va tomog‘idagi qo‘l izlarini ko‘rib, qotib qoldi.

— Men yaxshiman. Qo‘limni qo‘yib yubor, — dedi Jorjiya sovuq ovozda.

Zuha darhol qo‘lini tortib oldi va jahl bilan Jungkookga qaradi.

— Sen yirtqichsan…

U gapini tugatishga ulgurmay, Jungkook uni ko‘kragiga tortib, lablariga yopishdi. Zuhaning ko‘zlari katta-katta ochildi. U Jungkookni itarishga harakat qildi, ammo u belidan mahkam ushlab, tajovuzkor o‘pishni davom ettirdi.

Jorjiya bu manzarani g‘azab va hasad bilan tomosha qilar edi. U Jeon Jungkook hech qachon hech kimni o‘pmaydi, hech kimni o‘ziga yaqinlashtirmaydi, deb eshitgan edi. Ammo hozir bunga ko‘z o‘ngida guvoh bo‘layotgandi.

Zuha Jungkookning labini qattiq tishladi.

Jungkook kulib yubordi, ammo o‘pishni to‘xtatmadi. Faqat Binafshasi lablarini to‘g‘ri ishlatganida, pastki labini tishlab, uni qo‘yib yubordi. Ikkalasining lablari qon bilan bo‘yalgan, Zuhaning yuzi esa qizarib ketgandi.

— Sen aqldan ozganmisan?!

— Jin ursin… Binafsha, uyda meni kiyimlarimni kiyib yurishing kerak. Bu menga juda yoqdi…

— Ahhhh! — Zuha uni itarib yubordi.
— Bilasanmi nima? Seni ruhiy holating yaxshi emas. Sen kasalsan, Jeon Jungkook! Kiyimlarimni hozir xonaga yuboring!

U shu so‘zlar bilan yuqoriga yugurib ketdi.
Jungkook uning qo‘rqinchli mushukdek qochib borayotganini tomosha qilib, zavqlandi.
Zuha xonaga kirib ketgach, u Jorjiyaga sovuq nigoh tashladi.

— Agar shu yerda qolmoqchi bo‘lsang, chegarangni va haddingni bil.

So‘ng Minaga yuzlandi:

— Uni xonasiga olib bor. Bu ayolga ham xonasini ko‘rsat, Mina.

Shunday dedi-yu, uydan chiqib ketdi.

Mina nafasi ostida so‘kindi.

— Xonim, men sizga xonangizni ko‘rsataman.
— Meni shunchakixonim emas. Jeon xonim deb chaqir. Va mening joyim — erimning xonasida!

Hech qachon. Zinhor bu hayotda emas. Mina uni Jeon xonim deb atamoqchi ham emas, uni Jeon oilasining bir qismi deb hisoblamoqchi ham emas edi.

— Men sizni Jeon xonim deb chaqira olmayman. Xo‘jayin menga sizni bunday atashni taqiqlagan, — dedi Mina.

Bu yolg‘on edi.

— Sen… — Jorjiya jahl bilan gap boshladi.

— Agar bu borada muammo bo‘lsa, — dedi Mina nihoyatda muloyim ohangda,

— Men xo‘jayindan so‘rab ko‘rishim mumkin.

Minaning gapirishiga yo‘l qo‘ymay, Ayiqni qo‘lidan olib, yuziga eshikni yopdim. Uning tabassumidan u meni masxara qilayotganini bilardim. Pastda sodir bo‘lgan voqeadan allaqachon uyatdan yer tagiga kirgandim va hozir o‘zimni yana xijolat qilishni istamasdim.

Eshikni qulfladim.
Ayiq qo‘llarimdan sakrab tushib, balkonga chiqdi. Qizib ketgan yonoqlarimni kaftlarim orasiga olib ushladim. Ha, ular juda issiq edi.

Qanday qilib xotinining oldida meni o‘pdi? U aqldan ozgan…

Menga toza havo kerak edi.
Ayiq chiqqan balkon tomon bordim.

— Ay, sen meni Jungkookdan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rasan, to‘g‘rimi? — dedim undan.

U javob bermadi.

— Jungkookni ko‘proq yoqtirasanmi? — deb so‘radim yana.

U darrov vovulladi.

— Sen chinakam xoin ekansan. Meni unga alishtirdingmi? — xo‘rsinib ko‘zlarimni yumdim.
— Bilmayman, Jungkook meni bechora Ayig‘imga qanday qora sehr qilgan…

— Zuha… — tashqaridan Jungkookning ovozi eshitildi. U eshikni taqillatdi.

Men javob bermadim.

— Nega bu eshikni yopding? Zuham, eshikni och, — dedi u bu safar balandroq ovozda, tinimsiz taqillatib.

Yana indamadim.

— Kichkina do‘stim, oying meni eshityaptimi? — deb so‘radi u.

Ayiq xuddi itoatkor bola kabi vovullab javob berdi.

— Demak, u menga e’tibor bermayapti, shundaymi? — dedi Jungkook.

Ayiq baland ovozda ovoz chiqara boshladi.

— Hoy, sh… — uni quchog‘imga olmoqchi bo‘ldim, ammo u qochib ketdi.
— Meni aldaganing uchun seni sudga beraman! — deb baqirdim ortidan.

U esa dumchasini chiroyli qimirlatib, eshik tomon yugurdi.

— Eshikni sindiryapman! — deb xitob qildi Jungkook.

Men qo‘llarimni ko‘ksimga bog‘lab, oldimdagi go‘zal manzaraga tikilib qoldim. Bir necha soniyadan so‘ng u eshikni itara boshladi. Ko‘p o‘tmay, eshik baland ovoz bilan ochildi. Jungkook ichkariga kirdi. Ayiq darrov uning quchog‘iga yugurdi.

— Meni yoqimli va itoatkor o‘g‘lim… — dedi u kulib.

So‘ng men tomon yurdi.

— Sen menga eshikni ochishing kerak edi.

Men na unga qaradim, na javob berdim.

U muskulli qo‘llarini tanamga o‘rab, burnini sochlarim orasiga tiqdi.

— Yoqimli vanil ifori… — deb g‘o‘ldiradi u.

— Hech qanday sabab bilan meni e’tiborsiz qoldirmaysan, Binafsha…

— Va nima bo‘lishidan qat’i nazar, ertalab xotiningga o‘zingni psixotik tomoningni ko‘rsatmasliging kerak edi.

— Men u haqida gapirishni xohlamayman, Zuha, — dedi Jungkook keskin ovozda.

Xo‘rsinib, boshimni chayqadim.

— Jungkook, men sen bilan gaplashishim kerak…

Orqamga o‘girilib, uning qora ko‘zlariga qaradim va futbolkasini mushtim bilan mahkam qisdim.

— Men sen bilanman. Barcha muammolaringni tuzatmaguningcha seni kutaman. Lekin men bu yerda xotining bilan bir uyda qola olmayman.

Jungkook barmoqlari bilan yonoqlarimni siladi.

— Shu yerda qolishing kerak, Binafsha. Hozir sen uchun bu uydan boshqa xavfsiz joy yo‘q.

— Ammo men ota-onamnikida yashashim mumkin…

Jungkook qo‘lini tomog‘imga o‘rab, yengilgina siqdi.

— Bir paytlar senga aytgandim, Zuha. Sen hech qayerga ketolmaysan. Bahslashma. Sen menikisan va bu meni yonimda bo‘lishingni anglatadi.

Men unga masxarali nigoh bilan qaradim. Uning lablari jilmayib ko‘tarildi.

— Jahling chiqqanda juda yoqimli ko‘rinasan…

— Sen esa shunday jilmayganingda ahmoqqa o‘xshaysan, — dedim keskin ohangda va qo‘lini tomog‘imdan olib tashladim.
U pastki labini tishlari orasiga olib, menga yaqinlashdi.

— Yotoqda sen bilan birga bo‘lganimda qanday ko‘rinishga ega bo‘laman? — dedi u.

Orqam panjaraga urilguncha orqaga chekindim.

— Javob berchi, Binafsha…

— Ahhhh!

U meni belimdan ko‘tarib, panjaraga o‘tqazdi. Darhol bo‘yniga qo‘llarimni o‘rab oldim.

— Men yiqilaman, Jeon Jungkook!

— Men yiqilishingga yo‘l qo‘ymayman, Binafsha.

U oyoqlarimni beliga o‘rab, belimdan mahkam ushladi.

— Sen hali javob bermading, — dedi burnini yonoqlarimga tiqib.

Javob bermoqchi emasdim.

— Bilmayman, — dedim past ovozda.

— Xo‘sh, agar shu yerda men bilan aloqa qilishni istamasang, hech bo‘lmasa qanday ko‘rinishda ekanimni ayt.

— Ahmoq… — dedim pichirlab va kulib yubordim.

Jungkook belimdan mahkam ushladi, boshini bo‘ynimning ochiq qismiga qo‘ydi.

Qo‘llarim beixtiyor uning sochlari orasiga kirib ketdi.

— Bugun muhim uchrashuvim bor. Ofisga borishim kerak. Hozir menga nonushta tayyorla.

— Yaxshi, — dedim.

— Jungkook?

— Ha, Binafsha…

— Men ham ofisga bormoqchiman. Zerikdim…

— Yo‘q. Bora olmaysan. Hozir buning vaqti emas, — dedi u ohista sochlarimni qulog‘im orqasiga surib.
— Bir necha kun yashirinishing kerak.

— Nega yashirinishim kerak?..

O‘zimni yomon his qildim. Ko‘zlarimga yosh keldi. Men bunday yashashni yomon ko‘rardim.

— Sen men uchun muhimsan, Zuha. Hech qanday ahmoq seni mendan tortib olishiga yo‘l qo‘ya olmayman.
.
.
.
.
.
.
Oshxonada Jungkookning nonushtasini tayyorlayotganimda, Mina uning ko‘ylagini kiyganim uchun meni masxara qildi. Men esa e’tibor bermaslikka harakat qildim. Oxiri u ham bu holatdan charchab, ovqat stolini bezashga ketdi. Sotqin kuchukcham e’tiborimni tortish uchun oyog‘imga suykalardi. Men baribir unga qarashmadi. U oyog‘im atrofida aylanishda davom etdi.

— Jungkookning oldiga bor. Nega meni yonimga kelding, xoin… — dedim past ovozda.

Ortimdan kelgan ovoz sabab gapirishdan to‘xtadim.

— Demak, sen ham ovqat pishirasan.

Ortga o‘girilib qarasam, Jorjiya o‘sha yerda kalta, tor qizil ko‘ylakda turardi. Lablari ham kiyimi bilan bir xil rangda edi. U Jungkook qizil lab bo‘yoqlarini qanchalik yomon ko‘rishini bilmasa kerak.

— Ha, men ovqat pishirishni yaxshi ko‘raman. Yeyishni xohlaysanmi? — deb samimiy tabassum qildim.

U hech qanday yomon ish qilmagandi. Shunday ekan, nega men unga yomon munosabatda bo‘lishim kerak edi?

— Yo‘q, rahmat. Men sen pishirgan ovqatni yeyishni xohlamayman. Isming nima edi?

Uning gapirish ohangi menga yoqmadi, ammo e’tibor bermaslikni afzal ko‘rdim.

— Men Zuhaman. Sen esa Jorjiya…

— Ha, Zuha. Demak, sen bu yerda — men va erimning uyida — qola olmaysan. Jazmani bo‘lasanmi yoki fohishasimi, farqi yo‘q. Bu bizning uyimiz. Narsalaringni yig‘ishtir va bu yerdan ket.

Yuragim og‘rib ketdi.

“Jazman yoki fohisha” degani uchun emas —
“Bizning uyimiz” degani uchun.

U mendan nafratlanardi, buni tushunardim. Ammo u menga hurmatsizlik qilmasligi kerak edi. Men unga yaxshi munosabatda bo‘lgandim, u esa buni xohlamadi.

— Bilmasang kerak, lekin bu meni va Jungkookning uyi. Istasang, uy hujjatlarini ko‘rishing mumkin.

U nimadir demoqchi edi, ammo men gapini bo‘ldim:

— Va men seni istagan vaqtimda bu uydan haydab yuborishim mumkin.

Telefon jiringladi. U ekraniga qaradi, so‘ng menga g‘azabli nigoh tashladi. Men esa unga shirin tabassum hadya qildim.
U oshxonadan chiqib ketdi.

Men stolga o‘tirib nonushta qilmoqchi bo‘lganimda, Jungkook zinadan tushib keldi. Telefonini aylantirib, bosh stulga o‘tirdi. Ekranni o‘chirib, go‘yo nimadir demoqchi bo‘layotgandi, shu payt Jorjiya nonushta stoli yoniga keldi.

Jungkook uni qizil lab bo‘yoqlari uchun so‘kishini kutgandim, ammo u hatto qaramadi ham.
Jorjiya Jungkookning chap tomonidagi o‘rindiqqa o‘tirdi. Bu mening joyim edi. Men hech narsa demadim.

Jungkook bilagimdan ushlab, meni o‘ng tomondan o‘sha o‘rindiq yoniga olib keldi.

— O‘rningdan tur. Bu Zuhaning o‘rindig‘i, — dedi u qorong‘i va hukmron ovozda.

— Kechirasan, nima? — dedi Jorjiya qoshini ko‘tarib.

— Jin ursin. Ikkinchi marta takrorlamayman, — dedi Jungkook jahl bilan.

Jorjiya bahslashmadi. Aftidan, janjal o‘zi uchun yaxshi tugamasligini tushungandi. U o‘rnidan turib, boshqa tomonga o‘tdi. Men qo‘limni Jungkookning qo‘lidan tortib olib joyimga o‘tirdim. Ikkalasiga ham e’tibor bermay, nonushtaga qaradim. Likopchamdagi nonushtaning yarmini boshqa likopchaga solib qo‘ydim-da, qolganini yeya boshladim.

— Nega yarmini olib qo‘yding, Zuha? — deb so‘radi Jungkook.

So‘nggi bir oy ichida juda ko‘p issiq ovqat yeganim sabab vaznim ikki kilogrammga oshgandi.

— Men parhez qilyapman, — dedim o‘zimga ishongan ovozda, ammo ko‘zim likopchadagi ovqatdan uzilmasdi.

— Bu bema’nilik. Parhezni to‘xtat.

U ikkinchi likopchani oldimga surdi.

— Hammasini ye, Binafsha.

Sukunat. Men indamadim.

— Ye, Zuha, dedi u deyarli buyruq ohangida.

Yana sukunat.

— Zuha, dedi vilkasini mahkam ushlab, ovozini balandroq qilib.

— Nega o‘zing nonushta qilmayapsan, Jungkook? Uni majburlagandan ko‘ra, — dedi Jorjiya likopchasidan bosh ko‘tarib.

Jin ursin…

Jungkook bizning oramizga aralashishni yomon ko‘rardi. Men nimadir deyishga ham ulgurmadim — u o‘rnidan turib, ikki qo‘li bilan Jorjiyaning tomog‘idan ushladi.

— ZUHA MENIKI. MEN UNI MAJBURLAYMANMI YO‘QMI — BU SENING ISHING EMAS. MEN ZUHA BILAN GAPLASHGANIMDA ORAMIZGA ARALASHMAYSAN!

Men darhol uning oldiga yugurib, muskulli qo‘llaridan ushladim.

— Jungkook, uni qo‘yib yubor!

Jorjiya og‘riyotgan tomog‘i bilan hiqirlayotgan edi, lekin Jungkook uni qo‘yib yuborish o‘rniga tomog‘ini yanada mahkamroq qisdi.

— Jungkook, iltimos, uni qo‘yib yubor, o‘lib qoladi! — baqirib yubordim.

U uni jimgina qo‘yib yubordi.

— O‘rtamizga kirishga jur’at eta ko‘rma, — deb ogohlantirdi u, bilagimdan ushlab, meni uydan sudrab chiqara boshladi.

Men deyarli uning qadamiga yetish uchun yugurardim. Tinchlantirish uchun gaplashmoqchi edim, lekin u meni eshitishni xohlamasligi aniq edi.

— Sen o‘zingni ruhiy kasal hayvon kabi tutding, — yig‘ladim.

U yelkasidan orqasiga qaradi. Uning ko‘zlari oxirgi marta ko‘rganimdan ham qorayib ketgandi.

— Ha, men shundayman.

U meni mashinasining oldiga olib bordi va oldiga turg‘izdi. Qo‘limni sochlarimni ushlash uchun pastda qoldirdi. Qolaversa, bahaybat tanasi bilan meni mashina kapotiga mahkamladi va o‘pdi.

— Jungkook, — deb pichirladim o‘pishlar orasida.

— U ayolga umuman achinma, u seni mehribonliginga loyiq emas.

— Lekin…

— Iltimos, Binafsha, unday qilma, — deb yolvordi, yuzimdan ushlab, chuqur o‘pa boshladi.

Ko‘zim Red va boshqa qo‘riqchilarga tushdi. Men orqaga tislirib, o‘pichni buzdim. Qo‘riqchilarning shu yerda ekanini payqadim.

— Shundaymi? — deb so‘radi u mendan, qoshlarini chimirib.

— Bor e’tiboringni menga qarat, Binafsha.

𝗝𝘂𝗻𝗴𝗸𝗼𝗼𝗸

𝗭𝘂𝗵𝗮