January 19, 2025

A MAN

Mini fanfic

POV: Avtor

Duri maktab dahliz bo‘ylab yurib borardi. Yangi maktab, yangi boshlanishlar... lekin bularning bari unga begona edi. Qiziq, shu yerda o‘z o‘rnini topa olarmikan?

Sinf eshigini ochib ichkariga kirdi. Dastlabki taassurot: shovqin, kulgi va har kimning o‘z dunyosida bo‘lishi. U bu shovqinli olomonda o‘zini ancha begona his qildi. Qiz bir burchakda o‘tirish uchun joy izlay boshladi.

Shunda, negadir, kimningdir qahrli nigohi unga qaratilganini sezdi. U sekin o‘girilib qaradi va nigohning egasini – Taehyungni – ko‘rdi. Yigit unga sovuq va o‘tkir qarash bilan tikilib turardi. Nigohida na iliqlik, na qiziqish bor edi, faqat sovuq bir sukunat.

Duri uning nigohidan qochib, sinfning orqa tarafidagi bo‘sh joyga o‘tirdi. Lekin o‘ziga o‘zi ichida: “Uning qarashi nimani anglatadi? Shunchaki begona yigitmi yoki...”

O‘qituvchi sinfga kirib, Durini tanishtirdi. Biroq sinfdagilar unchalik e’tibor bermadilar. Faqat Taehyung bir qarab qo‘ydi va yana daftariga qaytdi.

Biroz o‘tib, o‘qituvchi guruhlarda loyiha ishlash topshirig‘ini berdi. Tasodifan Duri Taehyung bilan juftlikka tushdi. Ular bir-biriga qarab o‘tirishdi, lekin hech kim birinchi bo‘lib gap boshlamadi. Nihoyat, Duri jimlikni buzib:

– Salom, men... loyiha haqida gaplashmoqchi edim, – dedi noiloj tabassum qilib.

Taehyung uni sovuq qarash bilan kuzatib turib:
– Bu yerda hamma o‘z ishini o‘zi qiladi. Senga yordam berish uchun vaqtimni bekorga ketkaza olmayman, – deb gapni kesdi.

Duri bu gaplardan xijolat tortib qoldi. Lekin ichida: “Qanday qo‘pol yigit! Lekin meni bu bilan sindirolmaysan,” deb o‘zini yupatdi.

Tushlik vaqti.

Duri oshxonaga kirdi va oddiy sendvichini olib, burchakdagi bo‘sh joyga o‘tirdi. Hech kimga xalaqit bermaslik uchun ehtiyotkorlik bilan ovqatlanishga harakat qildi. Ammo shu payt bir guruh qizlar uning oldiga kelishdi.

– Voy, bu nima? Sendvich? Oshxonadagi mazali taomlarni tanlamadingmi? Yoki uyingdan olib kelgan “maxsus” ovqatingmi? – dedi qizlardan biri kinoya bilan.

Duri ularning masxarasiga javob bermadi, lekin ko‘zlarida xijolat izlari yaqqol sezilardi. Shu payt birdan oshxona sukunatga cho‘mdi. Orqadan o‘tkir bir ovoz yangradi:

– Bu yer maktab, bozorda emassan. Ko‘cha odatlaringni yig‘ishtir.

Qizlar o‘girilib qarashdi va Taehyungni ko‘rishdi. Uning sovuq qarashi ular uchun yetarli edi. Ular gapirishni bas qilib, tezda ketishdi.

Taehyung hech narsa demay, o‘zining oshxona trayidan bir pors taom olib, Durining oldiga qo‘ydi.
– Ovqatlan, – dedi qisqagina va yana o‘z joyiga qaytdi.

Duri hayratda edi. “Bu yigitni tushunib bo‘lmaydi. Nigohlari sovuq, gaplari qo‘pol, lekin harakatlarida g‘amxo‘rlik bor,” deb o‘yladi

Darslar tugab, Duri sinfda loyiha uchun sherik izlashga tushdi. Atrofga alanglab, o‘ziga mos keladigan biror kishini topishga urindi. Shu payt orqadan kimningdir shoshqaloq ovozi eshitildi.

— Hoy! — dedi notanish yigit o‘zini tanishtirishga shoshilib. — Salom, sen yangi o‘quvchisan-a? Mening ismim Yeonjun. Seniki-chi?

— Duri, — qiz qisqa javob qaytardi, ammo noqulayligini yashirishga harakat qilib, jilmaydi.

— Tanishganimdan xursandman. Darvoqe, kimnidir qidiryapsanmi? — Yeonjun unga samimiy nigoh bilan qaradi.

Duri savolga javob bermoqchi bo‘ldi, lekin orqadan tanish ovoz eshitildi:

— Hoy, Park Duri!

Duri ovoz kelgan tomonga qaradi. U yerdan bir necha metr narida Taehyung qo‘llarini cho‘ntagiga tiqqancha turardi. Uning nigohlari odatdagidek sovuq edi.

— Kim Taehyung? — Yeonjun yigitga ensasi qotib qaradi. Uning ohangida ozgina norozilik sezilardi.

Taehyung esa Yeonjunni bepisand kuzatib, sovuqqina dedi:
— Choi Yeonjun, bu yerda nima qilib gap sotib turibsan? Bor, darsingga kir.

Yeonjun qo‘l qovushtirib kulimsiradi:
— Hammaga buyruq berib yurishga o‘rganib qolding shekilli, Kim?

Taehyung kulimsirab, unga bir qadam yaqinlashdi. Uning ovozi yanada sovuq tortdi:
— Hammaga emas, faqat sen kabi bo‘sh odamga.

Duri ikkala yigit o‘rtasidagi keskinlikni sezib, ularning gapini bo‘ldi:
— To‘xtanglar, loyiha haqida gaplashish kerak edi, esingizdami?

Taehyung Duriga qarab, sovuqqina ohangda dedi:
— Sen sherik izlayotgan bo‘lsang, topding. Biz birga ishlaymiz.

Yeonjun bu gapdan ajablanib qaradi:
— Yo‘q, nega sen? Duri men bilan ishlashni xohlaydi, shundaymi?

Duri ikkala yigitning o‘rtasida turib qoldi. Taehyungning nigohlari uning qarorini kutayotgandek edi, lekin bu nigohlarda nimadir o‘zgacha bor edi. Go‘yo Duri uchun yigit ichida yashirin bir maqsad bor edi.

Nihoyat, Duri chuqur nafas olib, qarorini bildirdi:
— Taehyung bilan ishlashni tanlayman.

Yeonjun bu qarordan xafa bo‘lgandek ko‘rindi, lekin ortiqcha gapirmasdan, orqaga chekinib ketdi. Taehyung esa faqat qoniqqan bir nigoh bilan jilmayib qo‘ydi va dedi:
— To‘g‘ri qaror qilding, Park Duri.

Lekin Durining qalbi biroz titrab ketdi. "Nega Taehyungning bu qarashlarida g‘alati narsa bor? Nega u meni o‘ziga bu qadar qattiq bog‘lashga urinmoqda?" Bu savollar uni yana bir bor hayajonga soldi.

Pov: Avtor

Duri va Taehyung kutubxonaning burchagidagi stolda loyiha ustida ishlash uchun joylashishdi. Atrofda sukunat hukmron edi, faqat kitob sahifalarining shitirlashi va uzoqdan eshitilayotgan asta ovozlar bu sukunatni buzib turardi.

Duri kitoblarga ko‘z yugurtirib, ma’lumot izlayotgan bo‘lsa-da, Taehyungning unga qarab turgan

ko‘zlarini sezib turardi. Bu nigohlar Durini ich-ichidan hayajonlantirsa-da, u o‘zini buni payqamagandek tutishga urindi.

— Mana bu yerda kerakli ma’lumotlar bor ekan, — dedi Duri, kitobni Taehyung tomon surib.

Taehyung uning gapiga javoban:
— Hmm, yaxshi, lekin bu yerda ko‘proq faktlarni to‘plash kerak, — dedi va unga yaqinroq o‘tirdi. Uning nafasi Durining yuziga yaqinlashganida, qizning yuragi tezroq ura boshladi.

Duri o‘zini tinchlantirishga urinar, ammo Taehyungning yaqinligi uni yanada noqulay his qilardi. Qiz barmoqlari bilan sahifalarni tez-tez o‘girar, go‘yo bu orqali ichki hayajonini yashirishga uringandek edi. Taehyung esa uning har bir harakatini kuzatib, ozgina jilmayib qo‘ydi.

— Qiziquvchiliging ajoyib ekan, Park Duri, — dedi u asta. Ovozi yumshoq va qulog‘iga juda yaqin edi.

Duri bu gapdan dovdirab qoldi va unga qaradi. Taehyungning nigohlari o‘zgacha edi: u avvalgidek sovuq emas, aksincha, iliqlik va bir oz hazilomuz ohang bor edi.

— Bu... loyiha haqida gaplashaylik, — dedi Duri, ovozini bosib.

— Axir, biz loyiha ustida ishlayapmiz-ku, — deb javob berdi Taehyung, yuzida o‘ynoqi tabassum bilan.

Shu payt Taehyung qog‘ozlarni olib, Duriga yaqinroq egildi. Ular orasidagi masofa qisqarib, bir necha soniyaga sukunat cho‘kdi. Durining nafasi tiqilib qoldi. Uning ko‘zlari Taehyungning ko‘zlariga to‘qnash kelib, bir lahzaga o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek bo‘ldi.

— Nega bunchalik qizarib ketding? — dedi Taehyung past ovozda, o‘tkir nigoh bilan unga tikilib.

Duri gapirmoqchi bo‘ldi, lekin tilini tishladi. Bu lahza go‘yo vaqtni to‘xtatib qo‘ygandek edi. U hech narsa demasdan boshini egib, qog‘ozlarga tikildi. Taehyung esa jilmayib, boshini ozgina silkitdi.

— Bo‘pti, davom etamiz, — dedi u nihoyat, yana kitoblarga qaytib.

Vaqt o‘tib, Duri charchoqni his qila boshladi. Qancha urinsa ham, ko‘z qovoqlari og‘irlashib, oxirida yengilib uxlab qoldi. Taehyung uning tinch nafas olayotganini sezib, kitoblarini bir chetga surib qo‘ydi.

— Mittivoy — dedi u shivirlab, qizga qarab jilmayib. U asta qizning yoniga yaqinlashdi, spartivkasini yechib qizning ustiga yopib qo‘ydi.

Taehyung bir muddat qizning yuziga qarab qoldi. Va past ovozda

— O‘zingni ko‘p qiynama... o'zim hal qilaman..

U Durining yonida qog‘ozlarni yig‘ishtirib, loyiha ustida o‘zi ishlay boshladi. Kutubxona sokin edi, faqat yigitning varaqlagan kitoblari va qalamining qog‘ozga chiqargan tovushi eshitilardi.