July 31, 2025

Tide

Ep 4

“Ba'zan eng shafqatsiz dushman — vaqtning o‘zi. U seni unuttirishga emas, ichingda o‘sha odamni yanada chuqurroq yashirishga majbur qiladi.”

Soatlar ketidan kunlar, kunlar ortidan oylar o‘tdi.Ular boshqa ko‘rishishmadi. Xuddi hech nima boʻlmagandek

Inhe o‘zini dunyodan uzib qo‘ydi. Eshik hadlab, uyni tark etmadi. Ba’zida pianino oldida soatlab o‘tirar, lekin bir dona ohang chalmasdi. Barmoqlari notalarga yetmay, yuragi to‘xtab qolganday edi.

Ha u judayam boy. Tashqi hayoti — hashamatli. Ammo baxtsiz ayol...Ichida — faqat sukunat, chorasizlik va... sog‘inch.

Yigit ham shunday holatda. Ishxonasida yuribdi, koʻp qavatli kompaniyaning katta honasida oynadan boqqa qarar, ko‘z oldida o‘sha kecha, o‘sha iltijoli ko‘zlar, o‘sha rad... lekin rad ichidagi muhabbat jonlanib ketardi.

Ular o‘zlarini alday boshlashgandi:

> “Bu tuyg‘ular o‘tadi...”
“Bu faqat bir lahzalik edi...”
Ammo o‘tmayotgandi. Bu tuyg‘u faqat chuqurlashib borayotgan edi.


Hayollar ogʻushida qolgan yigitni eshik taqqilashi buzdi

— Kiring

— Hayrli Kun janob Kim. Janob Park buni berib qoʻyishimni aytdi — kotiba kichik konertni stol ustiga qoʻydi

— ketishing mumkin — Taehyung beparvolarcha javob berdi. Qiz honadan chiqib ketarkan yigit qogʻozni qoʻliga oldi. Konvertda:

Hurmatli Kim Taehyung

Sizni soat 21:00 da Villa Blancada bo‘lib o‘tadigan Park Kai'ning tug‘ilgan kun bazmida kutib qolamiz. Tashrifingiz biz uchun sharaf

Hurmat bilan,
Park Kai

— Bu nusxa men bilan oyin oynayabtimi? — Yigitning ensasi qotti. Lekin bir tomondan u Inheni koʻrish baxtiga musharraf boʻlishni oʻyladi.

_

Oqshom, soat 21:00 da Taehyung qora kostyumda, ohangraboday jiddiy qiyofada villaning eshigidan kirdi.

Ichkarida — tanishlar, ishbilarmonlar, siyosatchilar. Hammaning qo‘lida sharob, og‘zida tilim-tilim yolg‘on tabassumlar.

Kai — mehmonlar bilan yelkama-yelka. Og‘zidan tushmayotgan soxta iltifotlar, hammasi rasmiy, yaltirab turuvchi niqob edi.

Lekin... U ko‘rinmasdi.

Taehyung ichkariga chuqurroq yurdi. Ko‘zlari esa biron notanish kimsani qidirmasdi — ular faqat bitta insonni izlayotgandi.

Shovqin biroz pasaydi. Orqada musiqa. Hamma o‘z-o‘zi bilan ovvora.

Yigit qorongʻu zinapoyalardan yuqoriga koʻtarilarkan oppoq libosda, jingalak sochlari yelkalariga tushgan bir suyuklisini ko‘rdi. Koʻrdiyu yuragi qinidan chiqib ketadigandek urishni boshladi

Inhe.

Yigit to‘xtadi. U shu zahoti eski paytlarni esladi. Uning jilmayishini, koʻzlari “yo‘q” deb ammo ammo yuragi “ha” deganini...

Yigit oylab otirmay qizini ichkari qorongʻulikka tortdi. Qo'llarini qizni belidan oʻtkazarkan shoshgancha lablariga lab bosdi.

Avvaliga nima bolganini tushunmay shok bolib qolgan qiz endi bu bosalarga javob qaytarishni boshladi. Ular ancha vaxt bir birlaridan ajralmay bu ehtirosli boʻsani yanada chuqurroq qilishardi. Qiz qoʻllari bilan sekin asta yigitning sochidan siladi. Oʻzini yoʻqotishga ulgurgan Taehyung lablarini pastlatib qizning boʻyn sohasiga oʻtdi

Bu uzoq kutilgan sogʻinch edi bu kechikkan sevgi emas. Bu kechikkan ozodlik edi...

Quyi qavatda esa hamma hanuz o‘z hayoti bilan ovora Ammo ayolini olomon orasidan topa olmagan Kai ohir oqibat yuqori qavatga chiqishga qaror qildi...