July 18, 2025

Tide

Ep1

Quyosh asta-sekin dengiz ortiga yashirinardi. Osmon qizg‘ish-sariq ranglarga bo‘yalgan, to‘lqinlar jimjimador nurda yaltirab turardi. Bu manzara sokin edi, lekin yurakni nimagadir tortardi.

Taehyung bu yerdan uzoqlashishni istamasdi. Shunchaki biroz tin olish uchun kelgan. Kompaniyadagi ishlardan boshi aylanib ketgandi. Direktor bo‘lish oson emas – har daqiqa qaror, har kuni javobgarlik. Shuning uchun bugun u telefonini o‘chirib, bu yerga – dengiz bo‘yiga kelgandi.

Qumlar ustidan yura-yura, uzoqroqda harakat qilayotgan kimnidir ko‘rdi. Bir qiz. To‘lqinlar bilan yugurib o‘ynayapti. Ba’zida to‘xtab, suvga qaraydi, ba’zida esa kulib yuboradi. Shamolda hilpiragan sochlari, suvda yashnab turgan quvonchi… uni boshqacha qilib ko‘rsatardi.

Taehyung bilmasdi nega, lekin ko‘zlarini undan uzolmasdi. Qiz go‘yoki bu dunyodan emasdek, beg‘am, yengil, erkin edi. U qizga qarab turarkan, yuragi ichkaridan sekin silkindi. O‘zini notanish his qildi. Qiziq… bu shunchaki tasodifiy manzara bo‘lishi kerak edi-ku.

Shu payt orqasidan tanish ovoz eshitildi:

– Tae! Shu yerda yuribsanmi? Hamma seni ofisda qidiryapti!

Bu Minjun edi – Taehyungning ishdagi eng yaqin sherigi. Taehyung bir lahzaga orqasiga qaradi.

– Hozir emas… – deb ohangsiz javob qaytardi va tezda yana qiz tomonga o‘girildi.

Ammo… u yo‘q edi.

Tolqinlar hanuz mavjlanmoqda. Quyosh butunlay botgan. Ammo qiz – xuddi hech bo‘lmagandek g‘oyib bo‘lgan. Faqat qum ustida, yarim o‘chgan izlar. Va ularni ham sekin-sekin suv olib ketardi.

Taehyung bir qadam ham ilgari yurmay, joyida qotdi. Ko‘nglida g‘alati his. Kim edi u? Qayerdan keldi? Nega birdan yo‘qoldi?

U yuragida birinchi marta nimadandir ayrilgandek his qildi. Garchi bu – endigina boshlangan bo‘lsa ham...

Oradan ikki kun o‘tdi. Taehyung ishdan chiqib, mashinasiga o‘tirdi. Yonidagi papkalarga, yangi loyihalarga, hatto ofisdagi muvaffaqiyatlarga ham qiziqmayotgandek edi. Nigohi doimo bir joyni qidirayotgandek. Yuragida esa... nimadir yetishmayotgandi.

U o‘sha qiz haqida o‘ylashdan to‘xtay olmasdi. To‘lqinlar bilan o‘ynagan, kulgisi suvga aralashib ketgan qiz. Uni eslab har safar ko‘ngli g‘alati qisilardi. O‘sha kecha u hatto tushida ham o‘sha manzarani ko‘rdi – lekin bu safar u yetib bormoqchi bo‘lganida qiz suvga singib ketgandek yo‘qolardi.

Shu fikrlar bilan u yana dengiz bo‘yiga bordi.

Shamol bugun sal kuchliroq. Qumlar uchib, havoda tuz isi yurgan. Ammo u hech narsaga e’tibor bermasdi – faqat o‘sha joyga bordi. O‘sha qiz o‘ynagan joyga. Sekin pastga egildi. Qumlar ustida hech qanday iz qolmagan. Xuddi hech kim bu yerda bo‘lmaganday.

Birdan yelkasiga kimdir engil tegdi.

– Kechirasiz… bu sizning qalamingiz emasmi?

Taehyung ortiga qaradi notanish qiz. Yuzida beg‘ubor tabassum, qo‘lida uning mashinasi oldidan tushib qolgan oddiy qalam. U shunchaki bosh irg‘adi, tabassum bilan “Rahmat,” dedi. Ammo yuragi “yo‘q” deb turardi. Bu u emasdi.

U yana to‘lqinlar tomon qaradi lekin bu safar uzoq turmadi. Faqat jim qarab, orqaga qaytdi. Ammo yuragida bir narsa paydo bo‘lgandi – kutish. Kimnidir kutish. Hech narsa bo‘lmagandek, hayot davom etaverar. Lekin u... endi butunlay o‘sha bir zumlik ko‘rishuvga bog‘lanib qolgandi.

Yigit endigina hafsala bilan ketayotgan ediki koʻzi besh olti qadam narida tizzalarini quchgancha gʻujanak bo'lib oʻtirgan qizga tushdi. Ha bu oʻsha yigitning koʻnglidan allaqachon joy olishga ulgurgan qiz. Taehyung shoshgancha qizning oldiga bordi

Nafasi biroz tezlashgan, yuragi esa avvalgidan ham tez urardi. Nihoyat yetib keldi

— Kechirasiz... honim, yaxshimisiz? — dedi u asta, cho‘kib qiz yoniga.

Qiz boshini ko‘tarib qaradi. Ko‘zlari qizarib ketgan, ko‘rinar-ko‘rinmas yosh izi yonoqlarida qolgan. Ammo nigohi... nigohlari oʻtkir. Qarashida yalinish ham, befarqlik ham yo‘q. Faqat bitta narsa bor edi — charchoq.

— Shunaqaga o‘xshayapmanmi? — dedi u xotirjam, lekin yurakni titratadigan ohangda.

Taehyung nima deyishini bilmay qoldi. Bir zum jim qoldi. So‘ng indamay yonidan joy oldi.

— Sizni yana ko‘rishni kutmagan edim, — dedi u past ovozda.

Qiz kulimsiradi. Xuddi masxara qilgandek

— Ko‘p narsa kutilmaganda bo‘ladi. Masalan, bir kecha dengizda uchragan begona yigitni... butun ikki kun esdan chiqara olmay yurganing kabi.

Taehyung unga qaradi. Uning qalbini nima deyayotgani aniq edi. U qizda qandaydir ayollik jozibasini ko'rdi

— Inhe... Shundaymi?

Qiz unga qaradi.

— Ha. Inhe. Nima ismimni qayerdan bildiz..nima meni kuzatib yuribsizmi?

Bu gapga yigit kulib yubordi va koʻrsatgich barmogʻini qizni boyniga olib borgancha

— Boʻyningizdagi...

Qiz shundagina boʻynidagi katta harflarda "Inhe" deya yozilgan taqinchogʻiga etibor berdi va u qiz ham kulib yubordi

— Nega oʻsha kuni ketib qolding — yigit jiddiy ammo yoqimli ohangda qizning koʻzlariga qaradi

— Men... ketishim kerak, — dedi u birdan. — Kech bo‘lyapti.

Taehyung hech nima demadi. Faqat bosh irg‘adi. Inhe turdi. Ketmoqchi bo‘ldi. Qadam tashlaganda Taehyung ortidan past ovozda

— Ertaga ham shu joyda kutaman.

Qiz to‘xtamadi. Orqasiga ham qaramadi. Lekin yuragi ichida nimadir qimirlagandek bo‘ldi. Qadamlari sustlashdi. Lekin baribir yurdi. Ketdi.

Ammo Taehyung... qolaverdi.

Va shu kecha, u birinchi marta haqiqatdan kimnidir sevib qolganini tushundi...