Tide
Yarim tun. Shahar allaqachon uxlagan, faqat oyning xira nuri xona devorlariga soya solib turardi. Inhe karavotda yotgancha shiftga tikilgan. Ko‘zlari yumilmaydi. Nafasi sokin, ammo yuragi notinch.
Taehyung...
Bu ism tiliga qayta-qayta kelardi. U yigit haqida o‘ylamaslikka urindi, o‘zini ovutmoqchi bo‘ldi, lekin baribir ko‘z oldiga uning jilmaygan chehrasi, dengizdagi nigohi, “sizni yana ko‘rishni kutmagan edim” degan ohangli ovozi kelaverdi.
Bu nima edi? Qandaydir o‘tkinchi lahzami? Yoki ichimda uyg‘ongan tuyg‘ularni endi inkor eta olmaymanmi?”
Hayollar girdobida qolgan qizni birdan... ortidan baquvvat, tanish qollar quchib oldi. U seskanib ketdi.
— Uxladingmi? — dedi yigit past, xotirjam ohangda.
Inhe indamadi. Qattiq yutindi. Yelkasi ostida yotgan yigitga javob bermasdan, ko‘zlarini yumdi. Ammo u hozir bu bag‘irda emasdi — yuragi butunlay boshqa birida. Bu quchog‘ida na iliqlik bor, na tinchlik. Faqat majburiyat, faqat soxta yaqinlik. Yigit go‘yoki uni ushlab turardi, huddi qafasdagi oqqush songari...
Taehyung o‘zini ishga berib yuborgan. Eslamaganlikka harakat qilardi. Ammo yuragi aldamaydi. Inheni unutish qiyin edi. Ishxonaga yetib kelganida uni kutilmagan uchrashuv kutib oldi
Pov_Park Kai.
Yirik media kompaniyasining asoschisi, Taehyung yetakchilik qilayotgan yangi loyiha uchun hamkor sifatida tanlangan.
Bu uchrashuv zaldagi havoni jiddiylik bilan to‘ldirib turardi. Taehyung qarshisida o‘tirgan erkakni diqqat bilan kuzatdi — Kai. Sovuqqina, keskin nigohli, gaplarini aniq va qisqacha aytadigan inson. Uning harakati, hatto jimligi ham nazorat ostida edi.
Yigut bir nechta hujjatlarga ko‘z yugurtirib chiqdi va so‘ng dedi:
— Janob Kim Men bu loyihani anchadan beri kuzatyapman. Sizning yondashuvingiz — ancha professionallar darajasida. Shunga ko‘ra siz bilan ishlashga qaror qildik.
Taehyung yelkasidan yuk tushgandek bo‘ldi, lekin jilmaymadi. Faqat muloyim ohangda:
— Rahmat. Umid qilamanki, bu hamkorlik ikkala tomon uchun ham foydali bo‘ladi Janob Park.
Kai bosh irg‘adi. Suhbat sal o‘tkir, lekin o‘zaro hurmat sezilardi. Bir necha texnik masalalarni muhokama qilishgach, Kai birdan o‘rnidan turdi.
— Yaxshi. Siz bilan yana gaplashamiz. Aytgancha… — dedi u to‘xtab, sal o‘ylanib.
— Bugun ish tugagach, vaqtiz bo‘lsa, uyimga keling. Norasmiyroq holatda, bir finjon kofe ichib, yana ba’zi detallarni muhokama qilamiz.
Taehyung biroz hayron bo‘ldi, lekin hech qanday shubhali narsa ko‘rmadi. Bu oddiy ish taklifi bo‘lib tuyuldi. Kai bunday inson — rasmiy, rejasiz harakat qilmaydi.
— Albatta, boraman — dedi u xotirjamlik bilan.
Kai hech qanday shoshilinchliksiz qo‘l berib hayirlashdi.
Taehyung mashinasiga o‘tirib, Kai'ning bergan manziliga qarab yo‘l oldi.
Zamonaviy, jimjit va mukammallikda qurilgan bu uy ichiga kirgan zahoti Taehyung ko‘nglida bir turdagi sovuqlik sezdi. Yengil poyabzalini echib, ichkariga qadam qo‘ydi. Kai oldinda ketar, bir nimadirlar haqida gapirar, lekin Taehyung uni deyarli eshitmasdi. Chunki...
Uni ko‘rdi.
Mehmonhonadagi stolni hizmatchi ayol bilan toʻgirlayotgan ayol qadam tovishlarini eshitib eshik tomonga burildi.
Taehyung bir zumda qotib qoldi. Yuragi urmay qolgandek goʻyo.
Inhening ham nigohlari dovdirab, hayrat aralash bir holatda to‘xtab qoldi. Bir zumlik jimlikda ular go‘yoki faqat o‘zlarini eshitardi. Yurak urishi, ko‘z ohangi, nafas...
— “Azizam, bu janob Kim Taehyung — bizning yangi loyiha bo‘yicha bosh hamkorimiz,” — dedi Kai, hech narsa sezmagandek.
Inhe sal jilmaydi va tazim qildi
— “Tanishganimdan xursandman,” — dedi u, titragan ovoz bilan
Taehyung ham jilmaydi. Ammo bu jilmayishda dard, hayrat, va... afsus yashiringandi.