Mr Kim & Mrs Kim
Ertalabning ilk nurlari xona ichiga tarqaldi, Ko'zlarini bazor ochgan yigit kechagi voqealarni ko'z oldidan o'tkazarkan mamnun jilmaydi, lekin yonidagi o'rin yana boshligini ko'rib kayfiyati tushib ketti
-Taq-taq kirsam bo'ladimi, mitti ayiqcha) Eshikdan qarshisidagi yigitni huddi yosh bolalardek erkagalancha Inhe kirib keldi
- Mitti ayiqcha?)Savol nigohi bilan qaradi yigit
-Ha, sen meni mittigina, uyqichi ayiqchamsan) Yigitning yuzidan yengilgina chimchilab qo'ydi
-Nima hali men mittiginamanmi?, buyoqqa kelchi yaramas qiz) Yigit kulgancha qizni hona bo'ylab quvushni boshladi
-Mittiliging uchun ham menga yetib ololmaysan)Qiz abjirlik bilan yigitdan qochishga urinarkan, ohiri baribir Taehyung Inheni tutib oldi. Qizni yelkasiga ko'targancha kravat ustiga uloqtirdi. Qilgan ishlaridan ikkisi ham hoholab kularkan...
Taehyungning qizni kravatga uloqtirib, xoxolab kulishi hali tugamagan edi. Inhe esa o‘zini haqiqiy mag‘lub bo‘lgandek ko‘rsatib, ustida yotgan yigitga masxaraomuz qarash qildi.
-Ha, bo‘pti, mitti ayiqcha endi yutdi) dedi qiz o‘zini jiddiy ko‘rsatmoqchi bo‘lib.
-Darvoqe, hali menga ‘mitti’ deb aytganingni unutmadingmi?!) deb kulimsiradi Taehyung va qizning bilaklarini ushlab turdi.
-Unutdim! Unutdim! Endi tush ustimdan) Inhe bo‘shashga urinib, iltijo qilardi. Yigit uning qo‘lini asta qo‘yib yubordi, lekin yuzida hiyla-nayrang borligini yashira olmadi. Inhe esa o‘zini qochib ketayotgandek ko‘rsatib, kravatdan sakradi. Ammo, bu safar hammasi u o‘ylagandek ketmadi. U yerda turgan kitobni ko‘rmay, oyog‘i sirpanib ketdi va Taehyungning qo‘liga yana tushdi.
-Qani endi gapir, yana mitti ayiqcha deysanmi?!) Taehyung endi jiddiy ovoz bilan, lekin ko‘zlarida kulgu bilan so‘radi.
-Yo‘q, endi men seni kattakon sher deb chaqiraman!) dedi va yana kulib yubordi.
Ikki yosh hazil-huzulga berilgan bir paytda, Inhening telefoniga xabar keldi. Qizning yuzidagi tabassum birdan so‘ndi. Taehyung buni sezdi, lekin savol bermadi.
-Menga men ketishim kerak) dedi Inhe sovuq ovozda.
-Hozirmi?) Taehyungning ovozida norozilik ohangi sezilardi.
-Ha, kechga birga ovqatlanamiz, xo‘pmi?) Qiz jilmayishga urinib, lekin bu yigitning ko‘zlarini alday olmadi.
Inhe shoshilib kiyindi va xonadan chiqib ketdi. Taehyung esa uning ortidan qarab qoldi. Uning ichki bir hissi bu oddiy kun emasligini aytardi. Inhe biror narsani yashirayotgandek edi, lekin u buni aniqlashga oshiqmadi.
Inhe mashinasiga o‘tirib, ko‘chalar bo‘ylab tezlikda harakat qilar ekan, telefonidagi xabarni yana bir bor o‘qib chiqdi:
"Yangilangan vazifa bor. Joylashuvingni yubor."
Uning qo‘llari qaltiradi, lekin u darhol o‘zini qo‘lga oldi. Nafasini rostlab, xabarni tasdiqladi va manzilni jo‘natdi. U kecha kechqurun Taehyung bilan o‘tkazgan shod kunlarini bir chetga surib, yana o‘zining asl hayotiga – xavfli vazifalarga sho‘ng‘idi.
Bu orada Taehyung xonada bir o‘zi qoldi. Uning xayolini bir savol kemirdi: Nega Inhe ko‘zlaridagi o‘sha kulguni birdan yo‘qotdi?
Inhe o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi. Ko‘ngliga bir yengillik tushgandek tuyuldi, lekin ayni damda o‘zini charchagan his qildi. Telefoniga qaradi – Taehyungdan bir nechta xabar kelgan edi:
"Hali ham ish bilan bandmisan?"
"Bugun sohil bo‘yida bir kishi bilan tanishtirmoqchiman. Yo‘q dema, iltimos."
Inhe bu xabarlarga jilmayib shoshilmay javob yozdi:
Sohilning iliq shamoli Inhega tinchlik baxsh etardi. U o‘zini bo‘shashib, tin olgandek his qildi. Taehyung esa allaqachon uning oldiga kelib ulgurgan edi.
-Kechikmading, bu yaxshi) dedi Taehyung hazilomuz ovozda.
-Albatta, hosh uchrashtirmoqchi bo'lgan odaming kim?) Taehyung qizning yelkasidan yengilgina turtib qo‘ydi va bir tomonga ishora qildi. Inhe esa qarash uchun boshini burdi. U yerdan Taehyungga juda o‘xshash, lekin yoshroq, beg‘ubor va quvnoq ko‘zlari bilan jilmayib turgan bir qiz kelardi.
-Bu kim?) so‘radi Inhe qiziqib.
-Bu mening singlim, Hanni. Hanni, bu esa...)Taehyung biroz pauza qildi va kulimsirab davom etdi,
-Inhe, mening... do‘stim.) Hanni yaqinlashib, qo‘lini uzatdi. U juda ochiq va samimiy edi.
-Salom! Akam men haqimda gapirmadimi?!) dedi u quvnoq ovozda.
-Gapirdi, lekin endi o‘zim seni ko‘rib hayratdaman) dedi Inhe, biroz muloyimlik bilan.
Hanni o‘tirish uchun sohil bo‘ylab bir joyni tanladi va ularni ham o‘sha tomonga boshlab bordi. U tezda suhbatni o‘z zimmasiga oldi.
-Inhe, sizning akamga qanday qilib yaqinlashib olganingizni bilmoqchiman! Akam hech kimni yaqiniga yo‘latmaydi-ku!) dedi qiz ochiqchasiga.
Taehyung boshini changallab, qizning gaplarini eshitib, biroz noqulaylik seza boshladi.
-Hanni, biroz sekinroq, shaxsiy hayotimni shunchalik oshkor qilmasang ham bo‘ladi
-Oshkor bo‘lsa nima bo'libti? Axir Inhe uncha begona emas, to‘g‘rimi?) Hanni kuldi.
Inhe esa Taehyungga qarab sirli jilmaydi.
-To‘g‘ri, Hanni. Akangni yaxshilab taniganimdan keyin, yana gaplashamiz," — dedi u o‘ynoqi ohangda.Taehyung esa Inhe va singlisining bu tez kelishib ketganidan xursand edi.
Uchchovi sohil bo‘ylab quyosh botguniga qadar kulib-o‘ynab vaqt o‘tkazarfi
Sohil bo‘yida uchovlon juda qiziqarli va samimiy vaqt o‘tkazdi. Hanni o‘zining beg‘uborligi va quvnoqligi bilan butun e’tiborni o‘ziga tortardi. U har bir gapida hazil qilishni yaxshi ko‘rardi va bu bilan Taehyungni biroz hijolatga solib qo‘ygan bo‘lsa ham, Inheni tezda o‘ziga yaqinlashtirib oldi.
Avvaliga ular plyaj bo‘ylab yurib, dengizning shovullagan tovushlarini tingladilar. Hanni to‘lqinlar bo‘yiga borib, oyoqlarini suvga botirib o‘ynashni taklif qildi. Inhe boshida rad qilmoqchi edi, ammo Taehyungning "Bu faqat vaqtinchalik dam olish, boshqa narsa haqida o‘ylama," degan so‘zlaridan keyin u ham rozi bo‘ldi.
Hanni quvnoqlik bilan suvni tepib, akasiga ham, Inhega ham suv sepib hazillashdi. Taehyung suvdan qochishga urindi, ammo bir payt o‘zi ham qasddan bir hovuch suvni Hanni tomonga otdi.
-Aka! Axir bu adolatdan emas!) deb qichqirdi va Taehyungni quvlashga tushdi. Inhe esa bir chetda ularning bolalarcha quvnoqligini tomosha qilib kulib turdi.
Bir muddatdan keyin ular plyajdagi kichik kafega o‘tirishdi. Hanni muzqaymoq buyurtma qildi va yana Taehyungni Inhe bilan masxara qila boshladi.
-Inhe, siz akamni shunchalik yengil tabiat qilib qo‘yibsizki, avvallari uni kulayotganini ko‘rish juda qiyin edi) dedi Hanni samimiylik bilan.
-Hanni, o‘zingni jilovla, maylimi?!)Norozilik bilan qaradi yigit
-Qarang-a, demak, men katta ta’sir o‘tkazibman) Buni hazilga olib dedi va yigitning yuzidagi hijolatni ko‘rib jilmayib qo‘ydi.
Kechqurun ular uchovlon dengiz bo‘yida o‘tirib, quyosh botishini tomosha qildi. To‘lqinlarning shovullashi, osmonning oltinrangdan to‘q sariqqa o‘zgarishi ularning ruhini yanada ko‘tarardi.
-Bilasanmi, Hanni, hayotingning eng qiziqarli paytlari hali oldinda) Inhe
-Bilaman, lekin men uchun
bugungi kun juda alohida. Chunki endi akam bilan bo‘lgan bunday damlar ko‘p bo‘lmaydi) dedi qiz jiddiylashib.
Taehyung singlisiga qarab, bir muddat jim qoldi. U bu gaplarda haqiqat borligini his qilardi. Keyin esa qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi
-Hanni, nima bo‘lmasin, men har doim sen bilan bo‘laman) Inhe ularning o‘rtasidagi iliq munosabatni ko‘rib, o‘zining bolaligini esladi. Uning yuragida bir payt Taehyung va Hanni kabi beg‘uborlik va oila mehriga to‘la kunlar bo‘lgan edi. Lekin u buni uzoqda qoldirgan edi.
Quyosh botib, osmon qorayganda, ular asta-sekin uyga qaytishga shaylandilar. Bu kun, garchi oddiy ko‘ringan bo‘lsa-da, ularning har biri uchun unutib bo‘lmas lahzalar olib kelgan edi.
Kech sohilning iliq shamoli hali ham to‘lqinlar bilan ohista o‘ynardi. Inhe va Taehyung Hanni bilan xayrlashib, uni uyiga jo‘natgach, sohil bo‘ylab bir oz yolg‘iz yurishga qaror qilishdi. Atrof jimjit, faqat dengizning shovullashi va orada sezilar-sezilmas chig‘anoqlar qisirlagan tovushlar eshitilardi.
-Bugun ajoyib kun bo‘ldi, Hanni haqiqatan ham yoqimli qiz ekan) dedi Inhe, bir qo‘li bilan shamolda taralgan sochlarini tuzatib.
-Ha, u har doim shunaqa. Lekin sen uni shunchalik tez o‘zingga rom qilishingni kutmagan edim) dedi Taehyung jilmayib. Uning nigohi Inhening yuziga qadalgan edi.
Ularning yurishlari sekinlashdi, so‘ng ikkisi ham dengiz tomon qarab to‘xtadi. Inhe suvning to‘lqinlar bilan o‘ynashini kuzatar ekan, Taehyung asta-sekin unga yaqinlashdi. Uning issiq nafasi Inhening bo‘yniga tegib, qizning yuragi tez-tez ura boshladi.
-Inhe — dedi yigit ovozini pasaytirib, — yonimda bo‘lganingda vaqt qanday o‘tib ketishini sezmayman) Inhe yutindi, sekin yuzini unga qaratdi. Taehyungning ko‘zlarida jiddiyat va... ehtiros ko‘rinardi. Inhe o‘zini qo‘lga olishga urinib, jilmaydi
-Menimcha, bugun sohil juda tinch. Bu tinchlikni buzmaylik.
Ammo Taehyung orqaga chekinmadi. U sekin qizning yuziga yaqinlashib, mayin ovozda shunday dedi
-Ba’zan tinchlikni buzish kerak bo‘ladi, ayniqsa...
So‘zlari nihoyasiga yetmasdan, u yuzini yaqinlashtirib, Inhening lablariga teginishga jazm qildi. Inhe bir lahzaga ko‘zlarini yumdi, yuragi tezroq ura boshladi. Ular orasidagi bu birinchi yaqinlik hammadan sir saqlanib kelayotgan his-tuyg‘ularni ochib yuborgandek edi.
To‘lqinlar ularning oyoqlariga urilib, sovuq suvning hissini olib kelardi, lekin ular uchun bu lahza faqat bir-birlariga tegishli edi. Taehyungning qo‘llari asta Inhening beliga o‘raldi, uning yaqinligi qizni butunlay qamrab oldi. Inhe hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi, lekin ichida o‘zining his-tuyg‘ulariga qarshi kurashardi.
-Taehyung — dedi u asta, lablari biroz titrab, — buni qilishimiz kerak emas... hozir emas.
Taehyung bir nafas orqaga chekinib, uning ko‘zlariga tikildi
-Nega bo‘lmas ekan? Sen buni xohlamayapsanmi?
Inhe uning savoliga javob berolmadi. Chunki uning ko‘zlarida ham xuddi Taehyungnikidek ehtiros ko‘rinardi. Ammo qiz o‘zini majburlab, undan biroz uzoqlashdi.
-Men bu hislarimizni tushunish uchun menga biroz vaqt kerak) dedi u nihoyat.
Taehyung boshini qimirlatib, uning tanloviga hurmat bilan qaradi.
-Xo‘p, men senga vaqt beraman, lekin bilib qo‘y, Inhe. Men bu hislardan qochmoqchi emasman.) Ularning suhbati shu yerda yakunlandi, lekin ikkisining ham yuragi to‘xtovsiz urishda davom etardi.
To‘lqinlarning ovozi, dengizning iliq shamoli va tunning sokinligi ularni bir-birlariga yanada yaqinlashtirgandek edi. Inhe yuragini bosishga harakat qilarkan, Taehyungning issiq nigohi ostida o‘zini zaifroq his qildi. U chetga qarashga urindi, ammo Taehyung unga yaqinlashib, yana asta uning yuziga qaradi.
-Inhe, mendan qochma) dedi Taehyung mayin va past ovozda. Uning ovozi qizni o‘ziga tortayotgandek tuyuldi.
-Men seni tushunishga harakat qilaman. Lekin nega yuragingdan qochayapsan?) Inhe Taehyungning so‘zlarida qandaydir haqqoniylikni his qildi. Ammo ich-ichida xavotiri tinchlik bermasdi. U o‘zining yashirin hayoti va sirlarini o‘yladi. Bu yaqinlik unga ruxsat etilmagan, shuning uchun uning qarorlari har doim ehtiyotkorlik bilan qabul qilinishi kerak edi. Lekin hozir... bu hislarga qarshi kurashish qiyin edi.
-Bu... juda murakkab, Taehyung) dedi Inhe nihoyat, ovozi qaltirab. — Sen bilmaydigan narsalar bor.
Taehyungning ko‘zlari unga yanada qattiqroq qadaldi. Uning nigohi sovuq emas, aksincha, iliq va tushunishga tayyor edi.
-Inhe, hayotimizda murakkab narsalar bo‘lmasligi mumkin emas. Lekin men sendan faqat bir narsani so‘rayman: bu hislarga imkon ber. Men seni himoya qilaman, nima bo‘lmasin.) Inhe uning gaplaridan bir lahza qotib qoldi. Himoya qilaman... Ushbu so‘zlar uning uchun yangilik edi. Unga hech kim bunday so‘zlarni aytmagan, hech kim uni himoya qilishni va’da qilmagan edi. Bu hislar qizning yuragini eritib yuborgandek bo‘ldi.
Taehyung sekin qo‘lini ko‘tardi va uning ikki yuzini ushladi. Inhe uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, lekin barmoqlari bilagini ushlashga ulgurgan paytda Taehyungning lablari yana uning lablariga yaqinlashdi. Bu safar qiz qarshilik qilmadi. U ko‘zlarini yumdi va o‘zini butunlay Taehyungning iliq quchog‘iga topshirdi.
Ularning bo'salari dastlab mayin va sekin edi, ammo vaqt o‘tgan sayin ehtiros oshib bordi. Yigit qizni o‘ziga yanda tortib yaqinlashtirardi. Inhe esa bir lahzaga o‘zini bu dunyodan uzilib, faqat Taehyungning quchog‘ida his qildi.
Ammo uning yuragida bir so‘z qichqirardi: Bu noto‘g‘ri! Ammo bu hissiyotni o‘chirish juda qiyin edi.
Taehyung bir lahzaga orqaga chekindi va uning yuziga qaradi. U ko‘zlarida ehtiros bilan birga qayg‘u bor edi.
-Menga ishonsang bo‘ldi, Inhe) dedi u ohista, qizning yuzini ushlagancha. — Men seni hech qachon xafa qilmayman.) Inhe esa sukutda edi. Taehyungning bu so‘zlari unga ishonch bag‘ishlayotgandek edi, lekin o‘zining ichki sirlarini ochishga hali tayyor emasligini bilardi.
Bir muddat ikkalasi jim turishdi. Taehyungning qo‘llari hali ham Inhening yuzida edi. Nihoyat, Inhe shivirlab:
-Men seni xafa qilishdan qo‘rqaman...) Taehyung bu so‘zlarni eshitib, uning belini yanada mahkamroq quchdi va pichirladi
-Sen buni hech qachon qila olmaysan.)
Ular yana uzoq sukut saqlab, dengiz tomon qarashdi. Bu sukut ularning orasidagi tuyg‘ularni so‘zsiz tasdiqlayotgandek edi. Ammo Inhe ichida bir qaror qabul qildi: Bu yaqinlikni davom ettirish mumkin emas. Yo‘qsa, bu nafaqat meni, balki Taehyungni ham xavf ostiga qo‘yadi.
Shu fikr bilan, u bir oz orqaga chekindi va Taehyungga jilmayishga urinib dedi
-Kel, ortga qaytamiz. Vaqt ham allamahal) Taehyung bu so‘zlardan g‘alati biroz xafalik his qildi, lekin qizning qarorini hurmat qilib, so‘zsiz rozilik bildirdi. Ular orqaga qaytishar ekan, bu kecha ularning hayotidagi o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘lib qolishini his qilishgan edi...