January 16, 2025

"So'ngi nafasimgacha..."

Kechki shahar. Yorqin chiroqlar yerga tushayotgan yomg‘ir tomchilari bilan o‘ynar, sokinlikni esa gavjum ko‘cha shovqini buzardi. Jimin qattiq sovuqni his qilmasdi. Uning qo‘lidagi tibbiy xulosa og‘ir tuyulayotganicha, yuragini kemirardi. O‘sha uchta so‘z uning ichida aks-sado berardi: “Miya osimtasi. Operatsiya kech.”

“Buni Aeriga qanday aytaman?” Jimin ichida ming bora savolni qaytarardi. Ammo qo‘rquv kuchli edi. Qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, yo‘l bo‘ylab yurarkan, ko‘z o‘ngida Aeri paydo bo‘ldi. Uning jilmayishi dunyoning barcha tashvishlarini unutishga yordam berardi.

Jimin kvartirasining eshigini ochdi. Ichkaridan Aerining mayin ovozi keldi.

— Juda kech qolding-ku? Nima bo‘ldi?

U Jimin tomon yugurib kelib, o‘sha tanish mehr bilan bo‘ynidan quchdi. Jimin o‘zini tutib qoldi, ammo ichidagi og‘riq tanasini tark etmayotgandek edi. "Men undagi bu baxtni buzolmayman," deb o‘yladi u.

— Shunchaki charchadim, —jilmayishga urinib.
Aeri uning ko‘zlariga qaradi.

— Men seni bilaman, Jimin. Nima gapligini ayt.

Jimin bir lahza sukutda qoldi. Yuragi tez urar, qo‘rquv uni bosardi. U Aerining yuzini kaftlari orasiga olib

— Hech narsa bo‘lmadi, faqat charchaganman. Hozir menga sen keraksan sevgilim

Aeri jilmaydi, lekin ichida nimadir noto‘g‘ri ekanini sezdi. Ammo Jimin uni bag‘riga bosganda, boshqa savol bermadi. O‘sha tun ular bir-biriga yaqinroq bo‘lishga intildi. Jimindagi kuchsizlikni Aeri sezsa ham, bu ularning yaqinlashishiga to‘sqinlik qilmadi.

_

Jimin ertalab uyg‘onganda, bosh og‘rig‘i kuchli edi. Ammo yonidagi miriqib uxlayotgan qizni ko'rib nim tabossum qilgancha, ehtiyotkorlik bilan Aerining yuzidan o'pti. “so'ngi nafasimgacha sevaman, seni" shivirlagancha.
Ammo tinchlik uzoq davom etmadi. Telefonga kelgan chaqiriq Jiminni real hayotga qaytardi.

— Janob Park, sizning oxirgi ko‘rik natijalaringizni ko‘rib chiqdim. Bizda ko‘p vaqt yo‘q...

Jimin ko‘zlarini yumdi. Tabiatdagi butun og‘irlik birdan yelkasiga tushganday edi. Ammo Aeri uyg‘onib, uning qo‘llarini ushlaganda, bir lahza o‘zini o‘sha g‘amdan ozod his qildi.

— Nima bo'ldi? —dedi Aeri unga ko‘zini tikib.

— Birgalikda biror sarguzashtga chiqaylik


Shahar tashqarisidagi kun

Jimin va Aeri avtobusga chiqishdi. Jiminning rejasi oddiy edi: shahar yaqinidagi kichik tog‘ qishlog‘iga borish, qizning hayotida unutilmas kun yaratish. U yonida kasallik haqida gapirmoqchi emasdi, faqatgina hozir va bu damning har bir soniyasidan bahramand bo‘lishni xohlardi.

Avtobusning derazasidan kun yorqin va iliq edi. Aerining qo‘llari Jiminning qo‘lida edi.
— Boshqa qachon tog‘ga chiqish haqida o‘ylagan eding? — deb so‘radi Aeri, ko‘zlarini tabassum bilan unga tikib.
— Bugun bu hayotimizdagi eng yaxshi kun bo‘ladi, shunday emasmi? — dedi Jimin.

Aeri kuldi. — Sen bugun juda boshqacha ko‘rinayapsan. Biror sir yashiryapsanmi?

Jimin kulib qo‘ydi.
— Balki, yashiryapman... Ammo hozir faqat sen bilan birga bo‘lishni xohlayman.


Tog‘ etagida

Ular nihoyat tog‘ga yetib kelishdi. Tog‘ning balandligi ularni qo‘rqitmadi. Aeri Jiminni qo‘llaridan tortib:
— Birinchi bo‘lib tepalikka chiqamiz! Kim yutadi, bilamiz! — dedi.

Jimin kulib uning ortidan chopdi. Qizning qiyofasida bolalarcha beg‘uborlik bor edi, bu uning qalbiga iliqlik olib kirar edi. Ammo birdan Jiminning ko‘kragida og‘riq paydo bo‘ldi. Bir nafas olish uchun to‘xtab, qo‘lini tizzasiga qo‘ydi. Aeri buni ko‘rib, birdan to‘xtadi.

— Jimin, sen yaxshimisan?
— Ha... Ha, albatta. Faqat... biroz havo olib olaman, — dedi u, lekin ko‘zlaridagi o‘zgarishni yashira olmadi.

Aeri shubhalanib uni kuzatdi. U Jiminni yolg‘on gapiryapti deb his qildi, lekin hozircha jim turishga qaror qildi. Ular tog‘ tepasiga yetib borgach, Jimin ko‘k osmon va quyosh nurida yaltirayotgan shahar manzarasiga tikilib qoldi.

— Qara, Aeri, dunyo qanchalar go‘zal... — dedi u sekin ovozda.
— Ha, juda, — dedi qiz, uning yonida turib. — Lekin bu go‘zallikni senga qaraganda unchalik qadrlamayman.

Jimin unga qarab jilmaydi.

Kechki ehtiroslar

Tog‘dan qaytgach, ular mehmonxonaga joylashishdi. Aeri har doimgidek kulib, xonani iliq nur bilan to‘ldirardi. Lekin Jimin o‘ziga yaqinlashib kelayotgan qismatni sezgan holda uning yonida o‘tirardi.

— Bu juda yaxshi kun bo‘ldi, — dedi Aeri, uning yonida o‘tirarkan. — Yana shunaqa kunlarni xohlayman.

Jimin uning yuzini asta silab:
— Menga va'da ber, Aeri... Sen har doim baxtli bo‘lasan, to‘g‘rimi? Har qanday holatda ham, faqat baxtli bo‘lishga harakat qilasan.

Aeri uni tushunmadi. — Nega bunday deyapsan? Sen yonimdasan-ku, biz birgamiz. Baxtli bo‘lish uchun boshqa hech narsa kerak emas.

Jimin uning so‘zlariga javob bermadi. Uning lablari Aeri tomon yaqinlashib, qizning ko‘zlarini yumishga majbur qildi. Shu kecha ularning o‘rtasida nafaqat yaqinlik, balki his-tuyg‘ularning eng chuqur bog‘lanishi yuz berdi. Jimin Aeri uchun oxirgi damlarini nafaqat mazmunli, balki unutilmas qilmoqchi edi.


Aeri haqiqatni biladi

Ertalab Jimin uyg‘onib, yonida uxlayotgan Aeri tomon qaradi. Uning yuzida sokinlik bor edi. Ammo uning ichida nima bo‘layotgani boshqa dunyo edi. Telefoniga kelgan xabarni ochib, shifokorning so‘zlarini o‘qidi: “Operatsiyani kechiktirish hayotingiz uchun xavfli.”

Jimin telefonni o‘chirib, jim turdi. Ammo ayni damda Aeri uyg‘onib, uning qo‘lidagi telefonni ko‘rib qoldi.
— Bu nima? — dedi u hayrat va xavotir bilan.

Jimin bir necha lahza jim qoldi. Unga yolg‘onni davom ettirishni xohlardi, ammo Aerining ko‘zlaridagi qattiq nigoh hammasini aytib turardi.

— Aeri... Menda miya osimtasi bor...

Qiz bir lahza sukutda qoldi. Uning yuzidagi ifoda asta-sekin o‘zgarib borar, lablari titrardi. U Jiminning gaplariga ishonolmas edi.

— Bu qanday bo‘lishi mumkin? Nega menga aytmading? — dedi Aeri, ko‘zlari yosh bilan to‘lib.

Jimin uning qo‘lini ushladi.
— Men seni himoya qilmoqchi edim. Men seni baxtli qilishni xohladim.

Aeri yig‘lardi, ammo shu ondan boshlab u Jimindan hech qachon uzoqlashmaslikka qaror

_

Jimin va Aeri avtobusga chiqishdi. Jiminning rejasi oddiy edi: shahar yaqinidagi kichik tog‘ qishlog‘iga borish va qizning hayotida unutilmas kun yaratish. U kasallik haqida gapirmoqchi emasdi, faqatgina hozir va bu damning har bir soniyasidan bahramand bo‘lishni xohlardi.

Avtobusning derazasidan kun yorqin va iliq edi. Aeri boshini suyuklisining yelkasiga qo'ygancha hotirjam ketardi.

— bugun juda boshqacha ko‘rinayapsan. Biror sir yashiryapsanmi?

— Balki, yashiryapman... Ammo hozir faqat sen bilan birga bo‘lishni xohlayman— kulgancha gapirdi yigit

_

Ular nihoyat tog‘ga yetib kelishdi. Aeri Jiminni qo‘llaridan tortib

— Birinchi bo‘lib tepalikka chiqamiz! Kim yutadi, bilamiz!

Jimin kulib uning ortidan chopdi. Qizning qiyofasida bolalarcha beg‘uborlik bor edi, bu uning qalbiga iliqlik olib kirar edi. Ammo birdan Jiminning ko‘kragida og‘riq paydo bo‘ldi. Bir nafas olish uchun to‘xtab, qo‘lini tizzasiga qo‘ydi. Aeri buni ko‘rib, birdan to‘xtadi.

— Jimin, yaxshimisan?

— Ha... Ha, albatta. Faqat... biroz havo olib olaman, — dedi u, lekin ko‘zlaridagi o‘zgarishni yashira olmadi.

Aeri shubhalanib uni kuzatdi. U Jiminni yolg‘on gapiryapti deb his qildi, lekin hozircha jim turishga qaror qildi. Ular tog‘ tepasiga yetib borgach, Jimin ko‘k osmon va quyosh nurida yaltirayotgan shahar manzarasiga tikilib qoldi.

— Qara, Aeri, dunyo qanchalar go‘zal...

— Ha, juda

— Lekin bu go‘zallikni senga qaraganda unchalik qadrlamayman.

Jimin unga qarab jilmaydi. Uning ko‘zlarida achchiq haqiqat yashirin edi: bu manzarani oxirgi marta ko‘rayotganini his qilardi

_

Tog‘dan qaytgach, ular mehmonxonaga joylashishdi. Aeri har doimgidek kulib, xonani iliq nur bilan to‘ldirardi. Lekin Jimin o‘ziga yaqinlashib kelayotgan qismatni sezgan holda uning yonida o‘tirardi.

— Bugun ajoyib kun bo‘ldi, — dedi Aeri, uning yonida o‘tirarkan. — Yana shunaqa kunlarni xohlayman.

Jimin uning yuzini asta silab

— Menga va'da ber, Aeri... Sen har doim baxtli bo‘lasan, to‘g‘rimi? Har qanday holatda ham, faqat baxtli bo‘lishga harakat qilasan.

— Nega bunday deyapsan? Sen yonimdasan-ku, biz birgamiz. Baxtli bo‘lish uchun boshqa hech narsa kerak emas.

Jimin uning so‘zlariga javob bermadi. Uning lablari Aeri tomon yaqinlashib, qizning ko‘zlarini yumishga majbur qildi. Shu kecha ularning o‘rtasida nafaqat yaqinlik, balki his-tuyg‘ularning eng chuqur bog‘lanishi yuz berdi. Jimin Aeri uchun oxirgi damlarini nafaqat mazmunli, balki unutilmas qilmoqchi edi.


Ertalab Jimin uyg‘onib, yonida uxlayotgan Aeri tomon qaradi. Uning yuzida sokinlik bor edi. Ammo uning ichida nima bo‘layotgani boshqa bir dunyo edi. Telefoniga kelgan xabarni ochib, shifokorning so‘zlarini o‘qidi: “Operatsiyani kechiktirish hayotingiz uchun xavfli.”

Jimin telefonni o‘chirib, jim turdi. Ammo ayni damda Aeri uyg‘onib, uning qo‘lidagi telefonni ko‘rib qoldi.

— Bu nima? — dedi u hayrat va xavotir bilan.

Jimin bir necha lahza jim qoldi. Unga yolg‘onni davom ettirishni xohlardi, ammo Aerining ko‘zlaridagi qattiq nigoh hammasini aytib turardi.

— Aeri... Menda miya osimtasi bor...

Qiz bir lahza sukutda qoldi. Uning yuzidagi ifoda asta-sekin o‘zgarib borar, lablari titrardi. U Jiminning gaplariga ishonolmas edi.

— Bu qanday bo‘lishi mumkin? Nega menga aytmading? — ko‘zlari yosh bilan to‘lib.

— Men seni baxtli qilishni xohladim — qizning yanoqlariga tushayotgan yoshlarni artgancha qo'llaridan tutti

Birdan Aeri Jiminni qattiq quchgancha yig'lab yubordi...

_

Jiminning ahvoli tobora og‘irlashib borardi. Uning quvnoq jilmayishlari endi so‘nib borayotgan edi. Aeri uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilardi, ammo har safar Jiminning hushi yo‘qolganda yoki u kuchsiz holatda qolganda, uning yuragi parcha-parcha bo‘lardi.

— Aeri... — zo‘rg‘a gapirayotgan ovozi titrar edi. — Agar men bu yerdan chiqmasam...

Aeri uning lablarini qo‘llari bilan to‘xtatdi.
— Bunday gapirma! Sen bu yerdan chiqasan, Jimin! Biz yana tog‘lar, dengizlar, shaharlarni kezamiz! Bu faqat vaqtincha... faqat vaqtincha...

Aeri o‘z gaplariga ishonishga urinardi, lekin yuragining tub-tubida haqiqatni his qilardi. U Jiminni yo‘qotayotgan edi.


Bir necha kun o‘tgach, Jiminning ahvoli keskin yomonlashdi. Shifokorlar u bilan xayrlashish uchun yaqinlarini chaqirishni tavsiya qilishdi. Aeri butunlay sinib qolganday edi, lekin u Jimin yonida bo‘lishni tanladi.

— Jimin, iltimos... meni tashlab ketma, — dedi Aeri uning qo‘llarini mahkam ushlab.

— Men hech qachon ketmayman, Aeri. Men har doim sening yoningda bo‘laman, qalbingda.— yigit kuchsiz jilmaydi

Aeri yig‘lardi, ko‘z yoshlari Jiminning qo‘llariga tomib tushar edi.

— Seni sevaman, Jimin. Har doim sevaman...

Jimin kuchsiz ovozda pichirladi

— Men ham seni sevaman... Sen mening hayotimning eng go‘zal qismi bo‘lding, Aeri.

Uning qo‘llari asta bo‘shab bordi, ko‘zlari yumildi. Xonada qizning ayanchli qichqirigʻi yangradi. Aeri yigitning jonsiz tanasini quchgancha baqirib yigʻlardi...

_

Bir yil o‘tib

Bir yil o‘tgach, Aeri dengiz bo‘yida Jimindan qolgan xotiralarni eslab, o‘z hayotini davom ettirishga qaror qilgan edi. Ammo bu oson emas. Har bir manzarada, har bir qushning parvozida, hatto shahar shovqinida ham u Jiminni his qilardi.

U qo‘lida kichkina jurnal ushlab turar edi. Bu Jiminning so‘nggi yozuvlari edi. Aeri jurnalni ochib, oxirgi sahifani o‘qidi:

"Aeri, agar sen bu satrlarni o‘qiyotgan bo‘lsang, demak, men endi yo‘qman. Lekin, iltimos, meni baxtli esla. Sen menga nafaqat sevgi, balki hayotning mazmunini ham o‘rgatding. Qayg‘urma, chunki men har doim sen bilanman. Har bir kulgangda, har bir qadamda men seni kuzatib boraman. Seni sevaman. Har doim. So'ngi nafasimgacha..."

Aeri jurnalni mahkam quchoqladi va ko‘z yoshlarini artdi. U ichida og‘riqni his qilsa ham, Jiminni xotirasi uning yuzida tabassum paydo qilardi.

— Men ham seni so'ngi nafasimgacha sevaman...