June 28

Qora atirgul ep.1. 2-fasl

**o'tgan faslda nimalar bo‘lgani hammaga ma'lum. Nafrat va qasos bilan boshlangan hikoya oxirida muhabbatga yengildi. Sirlar oshkor bo'ldi va do'stlar qayta birlashdi. Ular katta kuchga aylandi. Fanfic to‘qima hikoyalarga asoslangan!!!***

Bugun Xan daryosi bo'yida bir qiz uchun sovg'a tayyorlanyapti. Seonaning qorni ancha bilinib qolgan. Jungkook va Jimin nimadirlar bilan band. Taehyung esa cho‘g‘da go'sht pishirishga tayyorlanyapti. Seri yerga choyshab yozib, narsalarni hozirlayapti faqatgina Seona bo‘sh. Shuning uchun bo'lsa kerak hammaning boshini qotiryapti. Oxiri yo'q savollari bilan Jungkookning joniga tegdi shekilli , Singlisini haydab yubordi. Seona arazlab olib nariroqqa ketdidaaaa, nimadir esiga tushdi shekilli kelib yana boshini qotira boshladi.

Joniga teggan Jungkook oxiri Jimindan uni olib ketishini o’tinib so‘radi.

Hamma juda baxtli edi. Seona tug'ilgan kunini bunday nishonlayotganidan juda ham shod edi. To‘satdan osmonda salyutlar porladi. Hammasi juda ham chiroyli edi

Hammasi juda ham ajoyib edi. To‘satdan o‘q ovozi eshitildi. Hamma jim bo'lib qoldi. Jungkookning o‘tkir ko‘zlari hammaga bir bir tez qarab chiqdi. Jimin ortiga o‘girilib Seonaga tikildi.....oxirgi 2 soniyada Seonaning yuzidagi tabassum g‘oyib bo'ldi. O‘q Seonaga tekkan edi. Hamma narsa Seonaning ko'z oldida aylandi va u yerga qulay boshladi.

Uning oxirgi ko'rgani Jimin edi.

Seonani tezda shifoxonaga olib kelishdi. Jimin juda ham qo'rqqan, farzandi va ayoliga nimadir bo'lishidan qo‘rqar edi. Jungkook esa bu hodisa qanday yuz berganini o‘ylar, kim bunday qilishga jur'at etganini qidirardi. Bu orada Taehyung o'sha snayperni topdi. Jungkook va Jimin shifoxonada ovora bo'lganliklari uchun ham bundan bexabar qolishdi.

Va nihoyat 2 soatlik jarrohlik amaliyoti o'z nihoyasiga yetib, doktor chiqib keldi.

Doc: Park Seona....xo'sh Janob Park, xavotir olmang ona ham bola ham sog‘. Ikkalasining ham ahvoli yaxshi . O‘q ularni zararlamagan. Ozgina ko'proq qon yo'qotgan holos. Qolgan hammasi yaxshi. 2 soatdan so'ng o'ziga keladi. Keyin oddiy xonaga olishadi. Undan keyin kirib ko'rsangiz bo‘ladi . Faqat ko'p charchatmang

Jimin o'z ko‘z yoshlarini yashira olmasdi. Jungkook uni yelkasidan ushlab dalda berdi va doktorga rahmat aytib, to'lovlarni qilgani ketdi. Jimin esa kasalxona stulida o‘tirib, bu ishni qilganni qanday qilib o‘ldirishni o‘ylarid

**3 soatdan keyin

Shifokorlar Seonani oddiy palataga olishdi. Jimin tezda kirib ahvolidan xabar oldi. Yonida qo'llaridan ushlab o‘tirdi. Seri esa Seonaning oldida tik turardi. Shu vaqt Jungkook va Taehyung birga kirib kelishdi.

Taehyung: Seriyim, farishtam, ahvoling qanday? Charchaganga o‘xshaysan. Seona tuzukmi ? Bolachi ?

Ketma ket berilgan savollardan Seri nima deb javob berishni bilmay qoldi.

Seri : hammasi yaxshi...
Men yaxshiman ....xavotir olmang .....kim ekan u odam ? Tutdingizmi ?

Jungkook: u qo'limizda. J-hope hozir so‘roq qilyapti . 30 daqiqadan keyin RM hyungning gapirtiradigan psixatirop dorisi ham tayyor bo'ladi. Ungacha Hobi o‘ldirib qo'ymasa hammasining tagiga yetamiz

Shu vaqt Jungkookka qo'ng'iroq bo'lib u chiqib ketdi.

Taehyung Serini quchoqlab olgan edi.

Taehyung: nimadir yeysanmi qorning ochmi

Seri : yo'q, hammasi yaxshi

Jungkook qaytib kirdi. Juda ham jiddiy edi.

Jungkook: Seri sen shu yerda Seona bilan qolasan. Eshik oldida va zalda ham qo'riqchilar bo‘ladi. Taehyung, Jimin Suga hyong hammasidan xabar topib, Seulga yetib kelibdi. Hamma qarorgohga yig‘ilyapti. Borishimiz kerak. Hoziroq.

Jimin : men Seoyimni tashlab ketmayman.

Jungkook: HOZIROQ BORISHIMIZ KERAK DEDIM. SERI VA QO‘RIQCHILAR UNGA QARAB TURISHADI.

Jimin : MEN UNI HECH KIMGA ISHONMAYMAN .

Jungkook Jiminning yoqasidan oldi. Oraga Taehyung tushdi. Seri og‘zini qo‘llari bilan berkitgancha orqaga tisarildi. Bu narsalardan faqatgina bexabar holda Seona uxlab yotardi. Oraga jimlik cho'kdi.

Jungkook ( past va vishillagan ovozda ) : sen uni hech kimga ishonmayman deding ....menchi men nima qilay ? Har kunim singlimga kimdir zarar bermasin, dushmanlarimning unga ko'zi tushmasin...oilasi buzilmasin degan o‘y bilan o‘tadi. Bu Qorong‘u zulmat hayotimda birdan bir suyanchim , hayotim quvonchi Seona va uning tug‘ilajak farzandi. Ularning Baxti va kelajagi uchun men bor budimni qurbon qilishga tayyorman. Hatto seni va o‘zimni ham. Endi esa o'zingga kel , anavi tovuqdek aqling bilan o‘yla. Men ham sendan kam azoblanayotganim yo'q. Ularni topamiz va yo'q qilamiz. Va'da beraman

Jimin unga termilib qoldi. Bir necha soniyada yuzini qahr va jiddiylik qamrab oldi. Taehyung ularning murosaga kelganini ko'rib, yana indamay qo‘lini Jungkookning qo'lidan oldi. Ular bir birlariga so'zsiz termilishdi. Jungkookning nigohi Jimindan Taehyungga, Taehyungdan Seriga o‘tdi. Hamma tushundi. Yigitlar ketishdi. Eshik oldida va zalda soqchilar qolishdi.

BTS qarorgohi

Barcha yetib kelib bo‘lgan edi. Maknae line ham kelib qo‘shildi.

Yoongi: nega yig‘ilganimizni bilasz. Bizga suiqasd uyushtirishdi. Ammo muvaffaqiyatsiz yakunlandi. O'sha odamni ham qo'lga oldik.

Hobi : u italiyalik Markus Cassano degan odamga xizmat qilar ekan. Xo'sh yigitlar men uni o'rgandim. Juda ham ajoyib raqibga o‘xshayapti. Faqat bizdan unga nima kerak tushunmadim. Xullas , bu janob 42 yoshda. Yosh va tajribada bizdan ancha yuqori. Tan olish kerak , juda katta ishlarni qilgan ekan. Hozirda Rossiyada o'zining mehmonxonasida Yashayapti. Osiyoga bunchalik kirib kelishidan maqsadi yo'q lekin bizdan qasosi bor ekan. Qurol yarog‘ va narkotika, odam savdosi bilan shug'ullanadi.

Jin : balki BMT ning xavfsizlik xizmatiga xabar berarman. Uni qidirishardi.

Yoongi: befoyda. U juda pixini yorgan. Oson qutiladi. Unga BTMning kuchi yetmaydi.

Jimin : hyong, siz qayerdan bilasiz ?

Yoongi: men u bilan 5 yil avval bir qurol yarog oldi sotdi qilgan edim. Men , Markus va Sem . Sem rus edi. Lekin ishdan sotqinlik hidi kela boshladi. Markus birinchi Semni ayblab o‘ldirtirdi. U foydani o'ziga olib qolmoqchi edi. Meni ham o‘ldirish uchun o'g'li Lion va bir guruh odam yubordi. Ammo men ulardan ustunlik qildim. O'sha kuni otishuvda Lion halok bo'ldi. Markus menimcha shuning qasdini olmoqchi.

Jungkook: uning sizda qasdi bo'lsa, nega Seonaga hujum qildi ? Seona begunoh ediku

Yoongi: bu ogohlantirish edi. Tushunmayapsizmi? U bitta bitta hammamizni o'yindan chiqarmoqchi. Rossiyaga kelib olgani bejiz emas. U butun dunyoga hukmronlik qilmoqchi. Ammo biz unga katta to'siq bo'lyapmiz. Va qasos ham olmoqchi.

Hamma jim bo'lib qoldi.

Yoongi: ha aytgancha , Seonaning ahvoli qanday? U qayerda ? Negadir men qizlar bilan kelganingizni ko'rmadim

Taehyung: qizlar hali shifoxonada. Soqchilar bilan qoldirib keldik.

Yoongi o'rnidan turib ketdi. Ko'zlari katta katta bo'lib ketgan edi

Yoongi: NIMA ? AHMOQMISIZLAR ? ULARNI YOLGIZ QOLDIRIB KELDINGIZMI ? BU ENG QULAY VAQTKU !!!

Jimin, Jungkook, Taehyung va ularning ortidan qolganlar gapni anglagan zahotlari ko'chaga qarab otilishdi. Uyda Safi va Jin, soqchilar qolishdi.

Shifoxonaga kelgan yigitlar dahshatli manzaraning guvohi bo‘lishdi. Hamma yer qon edi. Qizlarni xonasiga qarab yugurishdi. Afsuski kech edi. Yotoq ustida bitta kichik qog'ozda xat yotardi.

Omad

Jimin xatni g‘ijimlab oldi. Va o‘kirib yubordi.

Bu yoqda esa Jin , Safi va soqchilar tirik qolish uchun kurashardilar.

Jungkookka qo'ng'iroq bo'ldi.

Jungkook: kimsan ?

Markus : xo'sh, Jeon Jungkook men bilan bellashish yoqyaptimi ?

Jungkook :
Sen .....
Iflos ablah, qizlarni qaytar , ular begunoh. Hayvon

Markus ( kulgu ovozi ) : tinchlan , do'stim. Qarorgohingdagi do‘stlaringdan xabaring bormi. Joyingdan qimirlama. Sheriklaring ham joyidan jilmasin. Gaplarimni diqqat bilan eshit. Senga 72 soat vaqt beraman. Agar shu vaqt ichida , Min Yoongining boshini olib kelmasang. Singling va anavi qizni bo‘laklangan tanasini olasan. Singling chiroyli ekan aaaa...buni ustiga homilador. Bola qol, 3 odamning taqdiri seni qo‘lingda. Vaqting ketdi.

Yigitlar qarorgohga qaytib kelishdi. Bu yerdagi vaziyat undan ham battar edi. Jin yelkasidan yaralangan edi. Hamma yerda o'liklar qatorlashib yotar. Qarorgohning ham ahvoli bir ko'rinishda edi. Biroq hozir Jungkookning butun xayoli Markus bilan bo'lgan suhbatda edi. Bu suhbatdan Yoongining ham xabari bor . Hammaning boshi qotgan edi.