October 19

Idoll or I am a doll

Lily erta tong vaqtli uyg‘ondi. Va mashq zaliga yo'l oldi. Kechagi kaltaklardan va doimiy ishdan suyaklari og‘rirdi. Otasiga bildirmadi. Onasi esa shifoxonada. Dard bilan kurashyapti. Ularda yetarli pul bo‘lmagani uchun Lily ham ishlashga majbur. U taekvandoni juda yaxshi o‘zlashtirgan. Otasi bir vaqtlar Olimpiada o'yinlarida qatnashardi. U mamlakat yuzi edi. Ular ham qashshoq emasdi. Ammo qandaydir tuhmat bilan otasi Jamoadan chetlashtirildi. Lily o'sha vaqtda 6 yoshda edi. Shundan keyin ular qashshoqlashib ketishdi. Davlat mol mulkni musodara qildi. Qarindoshlarining yordami bilan o'zlarini ozgina tiklay olishdi. Biroq bir yilligi qishda onasi o‘pkasigacha shamollashni o‘tkarib yubordi va endi har yili u davolanadi. Lily Parij ko‘chalarida yurardi. Uni tashvishlar qamrab olgan edi. Ko'proq pul topish uchun u hatto kechalari ko'cha janglarida ham qatnashardi va bazida yutsa , bazida kaltak yeb kelardi. Otasi bularni bilsa uni sog qoymasdi

Lily shularni o'ylab yo'lda ketardi. U endi 19 yoshga kiradi. Hali voyaga to'liq yetmagani uchun uni ishga ham olishmaydi . Yaxshi maosh topish esa juda qiyin. U nima qilishni bilmasdi. Onasini davolatish , va yana boshqa sarf xarajatlar uchun ko'p pul kerak. Kecha u 10000 $ ni qo'ldan boy berdi. Katta pul edi. Bunday katta dov yana tushadimi yo'qmi noma'lum? Lily shularni o'ylab Efil minorasi oldidan o‘tdi. Minora savlat to'kib turardi. Lily o'zini hatto shu minoraning cho‘qqisiga chiqib tashlamoqchi va barchasidan qutilmoqchi ham bo'lgandi. Ammo otasi bilib qolib , ortidan yetib kelgan va qutqarib qolgandi. O'shanda Lily otasidan birinchi va oxirgi marta tarsaki yegandi. Otasi avval urib keyin quchoqlab olib yig‘lagandi. Lilyning xo‘rligi kelgandi. Ojizligidan or qilgandi. Hozir u minoraga qarab shu narsalarni esladi. Mashq zaliga ham yaqin qoldi. Lily tanasini qizdirib olish uchun. Yugurib mashq qila boshladi.

Lily tinmay mashq qildi. Tushlik vaqti bo'lganda uyiga qaytdi. Va otasidan tezda Parijdan ketishlarini ketishdi. Ammo qayoqqa ?

*****

Seoul

Sershovqin Seoul ko'chalari odamlar bilan to'la. Seriga bù yoqmasdi. U odamlar gavjum joylardan qochardi. Negaligini o'zi ham bilmas , ammo bu unga yoqardi. Quloqchin taqib olib, sakura gullari ostida, Seri ketib borardi. U bugun juda xursand edi. Undan baxtli odam yo'q edi , go‘yo. Axir uni eng katta entermeintlardan biri yangi qizlar guruhiga center ( markaz , vokal va dancer , bazida repper ) qilib olishdi. Seri juda ham iqtidorli edi. Ovozi va go'zalligi bilan butun maktabda mashhur edi. O‘rta maktabdayoq u eng zo'r balet va zamonaviy raqs ustasi , gitara va pianino chala olardi. Bugun esa 18 yoshning sovg'asi sifatida u yangi qizlar guruhiga qo'shildi. Guruh nomi BLUE ROSES....guruh 5 ta qizdan tashkil topgan. Qanday ajoyib u endi o'zi muhlislik qilib kelayotgan BTS bilan bir tom ostida ishlaydi . Bundan o'zga baxt bormi ?

Seri

***

HYBE e'lon berdi. Yangi tarjimon kerak. Asli musulmon bo'lib, Koreyaga o'qish uchun kelgan Sofiya uchun bu juda qulay imkoniyat bo'ldi. Barcha hujjatlarni olib, Safiya HYBE tomon yo'l oldi. Safiya bu yerda magistraturada tarjimonlik yo'nalishida o'qir edi. Ish topa olmay bu yerda qiynalayotgan, oila azolari ham buni bilganligi uchun , Safiyani uyga chaqirishayotgan, va kelishi bilanoq uni turmushga bermoqchi edilar

Safi shu sabab ish qidirmoqda edi. Bu esa unga lotareya kartasi kabi bo'ldi

Safiya

****

Incheon ayeroporti doimgidek odam bilan to'la. Ular Koreyadagi eng mashhur model Xan Yunani kutib olishyapti. U Parijdagi moda ko‘rgazmasidan qaytib kelyapti . Qomati va go‘zalligi tarifga sig‘maydi. Yosh va tabiiy go‘zal .

Miss Yuna

****

Psilogik muammolar bilan hamma psixologlarga murojaat qiladi . Hatto mashhur odamlar ham. Shuning uchun yosh bo'lishiga qaramay , Lee Jeaning mijozlari juda ko'p. Unda hatto bosh qashishga vaqti ham yo'q. Uning Hana degan tish shifokor dugonasi ham bor. Ular birga turishadi va bir yerda ishlashadi.

Hana and Jea

***

Alyssa raqs zalida 12 soatdan beri mashq qiladi. U 3 yildan beri HYBE da ishlaydi. Biroq backdancerlikdan yuqoriga chiqa olmaydi. U juda mahoratli raqqosa. Yagona orzusi eng zo'r raqqos va repper bo'lgan J-Hope bilan birga raqs tushish. Ammo bu imkonsiz. U J-Hopening zahira raqqosi ham bola olmaydi. To'g'ri tez ko‘tarilishning boshqa yo'llari ham bor, bir necha sheriklari shy yo‘l bilan ko‘tarilib ham ketdi ....ammo J-hope ularni raqs tusha olmaydi talabga javob bermaydi deb qaytarib yubordi. Alyssa shu uchun ham juda qattiq mashq qiladi. J-hope uni hatto bir marotaba ko'rib ham qoldi . Hatto kelib yo‘l yo'riq ham ko'rsatdi. Alyssa osmonda uchgandek bo'ldi. Biroq bu u uchun kam edi. U o'z ustida ko'p ishlashi kerak. Alyssa shu tarzda raqsga tushardi. O‘ylarga berilib ortidagi odamni payqamay qoldi. Payqaganda esa , oyog'i ostiga e'tibor bermay yiqilib tushdi. Qanday qo'pol xato ...raqs qiroli J-hope oldida yaaaaaaaa........

Alyssa

****🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃

Asosiy obrazlar bilan ham tanishib oldik. Bilganingizdek yigitlar rolida qadrli akalarimiz BTS dan boshqa chiroyli obrazni topish qiyin. Qani ketdik😁

🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃🙃

Yuna Koreyaga qaytib keldi. Odamlar doimgidek uni suratga olishni boshlashdi. U hammaga qo'l silkir, kulib qarardi. Moda haftaligi juda ajoyib o‘tgan edi. Yuna bazi muhlislariga imzo ham berdi. Ba'zilar bilan suratga ham tushdi . U e'tibor markazida bo'lishni juda ham yoqtirardi. Ammo negadir odamlarning ovozi va shovqini juda baland bo'lib ketdi. Odamlar esa Yuna qolib boshqa yo'qqa qarashyapti. Yuna ham qiziqib qaradi. ....Kim SeokJin....moda haftaligida uning ukasi Kim Taehyung sabab Yunani uncha payqashmadi. Endi akasimi Yunaning g‘azabi qo‘zirdi. Nega endi bu yigit uning yo'liga to'siq bo'lishi kerak. U nimadir o'ylab topishi kerak. Yuna menejerlariga Jinning stiliga yaxshilab e'tibor berishlarini so'radi. Buni qarangki ularning stili deyarli bir xil bo'lib qolgandi. Yunaning xayoliga shunday bir o‘y yashin tezligida keldi .....ta'siri qanday bo'lar ekan .....

Jin

****

Lily ham otasi va onasi bilan Koreyaga yetib keldi. Idollar va ularning kimligi bilan ham qiziqmaydigan qiz aeroport nega bunchalik shovqin ekaniga tushunmasdi. Nima ular aqldan ozganmi ? Lily va otasi birgalikda onasini doktor aytgan kasalxonaga olib borishdi. Doktorlar onasini olib qolishdi ammo shifoxona to‘lovlari juda baland edi . Otasi onasining oldida qoldi . Lily bo'lsa pul topish uchun ko'chaga chiqdi.