Idoll or I am a doll
Jungkookka javob berishdi . U Lilyning qabriga keldi . Oldida tiz cho'kdi.
Jk : Lily, kechir....bu yerda men bo'lishim kerak edi. Sen emas . Aslida bu yerda men yotishim kerak edi. Lily.....nega bunday bo'ldi? Axir .....😭
Jin : Jungkook bo'ldi, o'zingni qolga ol .
Rm : o'zingni ayblashni bas qil. Seni aybing yo'q
Jk : hyong ....u meni o‘ldi . Hammasiga men aybdorman. Agar o'shanda uni o'zimga tansoqchi qilmaganimda u hozir tirik bo‘lardi. Oilasi bilan o'z yurtiga qaytgan bo'lardi.
RM : balkim. Lekin sen buni aytay qilmading
Jin : bo'ldi bas....uni ruhi orom olishiga qo'yib ber
Jk : hyong.....men uni sevardim 😭😭😭😭
Jin : kompaniya surishtirishicha buni sesang qilgan. O'sha suiqasd uyishtirgan odam seni Lily bilan yaqin masofada ko'rgan. Menimcha avvaldan nishon sen bolmagansan
RM : agar bu narsa rost bo'lsa.....ular Lilyni o'ldirishni reja qilishgan ....uning aytishicha u seni bir necha bor klubdan Lily bilan chiqib ketganingni ko'rgan
Jungkook: xo'p....nima bo'lsa ham men Lilyning ota onasi bilan gaplashishim kerak
Jin : ular to'satdan ketib qolishdi . Hatto marosimda ham qatnashishmadi
Rm : ha to'g'ri . Ular Koreyani tark etishdi. Biz bilan ham suhbatni rad etishdi.
Jin : kompaniya ular bilan hammasini hal qilganini aytdi. Ular davoyimiz yo'q deb yozib berishibdi
Jungkook: menimcha ular juda ham qattiq xafa bo'lishgan. Farzand yo'qotish oson emas . Agar u bitta bo'lsa.....
Jungkook oylay oylay uyiga qaytishga qaror qildi
Jin ham mashinasiga mindi. U bugun suratga olishga borishi kerak.
Yuna bilan birga syomkaga tushadi . Jin ursin. Yuna....Jin uni ko'rishini o'ylab ancha tetiklashdi. Hatto kulib ham qo'ydi. RM bo'lsa psixolog oldiga chopdi. U bilan maslahatlashmasa bo'lmaydi. Taehyung o'zi bilan o'zi ovora oxirgi ishlardan keyin odamovi bo'lib qolgan. Jimin bo'lsa qayerda kim bilan topib ham bo'lmay qolgan. J-hope yangi qo'shiq va raqs bilan mashg'ul. Yaqinda beradigan konsertiga qattiq tayyorlanyapti. Nafas olishga ham vaqti yo'q. Yoongi bo'lsa yangi albom uchun qo'shiqlar o‘ylayapti
U Jungkookdan bekor o‘tirmay, albom uchun logotip yaratishini so'radi. Jungkook hozir uyiga shu ish uchun ketdi .
Alyssa juda qattiq hayajonda. U bilan J-hopening oxirgi raqsi juda katta qiziqish bilan kutib olindi. Juda ham energetik bo'lgan bu raqs , Alyssa uchun mos edi . U J-hope bilan tobora yaqin bo'lardi. Kecha J-hope hatto sevgi izhor qilib , Bugun kechki ovqatga taklif qilgan . Alyssa tayyorlanib, aytilgan joyga kelayotgan edi .
Biroq u o'zini nima kutayotganini bilmasdi . Alyssaning bolaligi ham og'ir o'tgandi. Otasi vafot etgach pulga o‘ch onasi , kichkina Alyssani ham ishlashga majbur qilardi . Bolalikdan raqsga qiziqqan qizaloq ko'cha raqqoslaridan ko'p narsani o'rgangan edi . Uni bu kompaniga ham J-hopening o'zi olib kelgan edi. O'zi ham aynan ko'cha raqqosi bo'lgan j-hope qizni to'g'ri yo‘naltirishni istagan edi. Alyssa hozir ham onasiga doim pul jo'natadi. Agar vaqtidan ozgina kechiksa ,onasi kompaniyagaga kelib arz qilishdan ham qaytmaydi . Bang PD uchun esa , bu pulsevar xotin ayni muddao edi. Alyssa uchrashuvga kelayotgan bu vaqtda uning onasi bilan, Bang PD Alyssaning kelajagini hal qilishayotgan edi. Bunga ko'ra Bang PD ularni hamma narsa bilan taminlaydi. Hatto penthouse ham olib beradi . Faqat bir narsa evaziga .....
J-hope restoran oldida Alyssani kutib turardi . Mana u kelyapti....chiroyli och nimpushti ko'ylakda....sochlari ham o'ziga yarashgan....yo'lni kesib o'tish qoldi . Keyingi voqealarni J-hope anglamay qoldi . Qo‘lidagi atirgullarga qaragan vaqtida mashinaning qattiq tormozini va ayol kishining qichqirigini eshitdi . Ne ko'z bilan qarasa Alyssa yerda hushsiz , qonga belanib yotar edi.
Alyssa shifoxonada ko'zini ochdi . Qo'llarini qimirlatib ko'rdi. Ko'zlari ko‘ryapti ...ammo nimadir g‘alati. Oyoqlari......u oyoqlarini sezmayotgan edi. Alyssa qichqirib yubordi. Axir u endi qanday raqsga tushadi . 🥺
J-hope va onasi yugurib ichkariga kirib kelishdi . J-hope hammasidan xabardor edi . U shu holatda ham Alyssaga qarashga rozi edi. Biroq u endi butun umr yura olmaydi . Doktor shunday dedi ( aslida gap tagida gap bor. Buni esa faqat 3 kishi bilardi . Ulardan biri doktor edi. )
Shunday qilib , oradan kunlar ham o'ta boshladi. Alyssa o'zidan nafratlanar bunga sari esa J-hopeni o'ziga yaqinlashtirmas, itarar, bu esa J-hopega og'ir botar edi. Alyssa to'liq nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan edi . Onasi uni parvarish qilar , atrofida parvona edi. Hatto Alyssa qanday dorilar ichayotganini ham bilmas. Onasi esa bu " mehribonchlik " uchun yaxshigina pul olardi . Biroq ular J-hopeni hali ham ayira olishmas. Alyssaning qarshiliklariga qaramay J-hope umuman ortga qaytmas edi. Bang PD bundan g‘azabga minar. J-hopening kareyarani tashlab allaqanday raqqos qiz uchun hatto 2 milliardlik konsertni qoldirgani , dunyo tourini orqaga surgani jahlini chiqarar edi. U Alyssadan to'liq qutilishni o‘ylar. Ammo u mashhur raqqosa bo'lgani uchun bu ish Lilyniki kabi oson kechmasligini bilar , agar u ham o‘lsa hamma kompanidadan shubhaga borishini his qilardi.
Shuning uchun u yangi chora o'ylab topdi . Balki bu Alyssani o'z joniga qasd qilishga undar? J-hope esa undan vos kechar ?