Idoll or I am a doll
Jungkookning ko‘zlari kattalashib ketdi. U buni kutmagan ham edi. Lilyning bo'lsa qo‘lidan qon tomchilardi. U pichoqni Jungkookka tegishidan oldin mahkam ushlab olgan edi. Lily bir soniya Jungkookga qaradi. Har tomonni odam qoplab oldi. Tansoqchilar menejerlar yetib kelishdi. Ular hujum qilgan odamni hibsga olishdi . Lily esa ketaman deganda Jungkook uni qo‘lidan tutib ichkariga sudradi va doktor chaqirishlarini aytdi. Jungkookning shaxsiy doktori tezda yetib keldi . U Lilyning qo'lini tekshirdi . Jarohat ancha jiddiy edi va tikish kerak. Doktor avval Lilyga so'ng Jungkookka qaradi. Lily tushunmasdi. Jungkook tarjimon chaqirishlarini buyurdi . Tarjimon kelgach unga vaziyat tushuntirildi. Lily rozi bo'ldi. Tomiriga karaxt qiluvchi yuborilganidan 5 daqiqa o‘tib , u qo'lini his qilmay qoldi . Jungkook boshi ustida xavotir va achinish bilan qarab turardi. Chunki u bilardi , karaxt qiluvchi bilan ham og‘riqni sezish mumkin. Beixtiyor qo'li tovoniga qarab yo‘naldi. O'sha kungi konsert yodiga tushdi. Oyog'idan jarohat olgan edi. Sahnada raqs tusha olmadi. O'zini bardam tutishga harakat qildi. Oyog‘ini tikishganidagi ogriq kechagidek yodida. U hozir Lilyga qarab shularni o‘ylardi. Doktor tikishni boshladi. Lily past ovozda g‘inshir qo'lini tortib olmoqchi bo'lardi. Jungkook Lilyning sog qo'lini mahkam ushlab unga dalda bermoqchi bo'ldi. Ammo xodimlardan biri kelib , qo‘pollik bilan uni qo‘lini ajratib yubordi. Jungkookning jahli chiqdi ammo bildirmadi. 10 daqiqadan keyin tikish ham tugadi . Jungkook qizning oldiga cho‘kkaladi.
Jungkook: nega bunday qilding ?
Jungkook tarjimondan eshitdi va so'radi
Jk : Isming nima ? Meni kimligimni bilasanmi ?
Lily : Lily . Ha mashhur odam ekansan
Jungkook: 😏😏ha mashhur man..juda mashhur
Lily javob bermadi. Endi ketmoqchi edi. Jungkook shu yerda kutishini aytdi. Va o'zi chiqib ketdi.
Bang PD : sen ahmoq. Shuncha qoidalarni buzyapsan. Bu ketishda kompaniya bilan shartnomang bekor bo'ladi. Bir qayerdagi qizni deb shuncha erishganingdan vos kechasanmi. Uni Oqqush uyiga yuboramiz. O'sha yerda foydasi tegadi
Jungkook gap nimadaligini fahmladi. Oqqush uyi bu HYBE dagi idollar uchun qizlar saqlanadigan yoki yollanadigan joy. Agar uni u yerga yuborishsa bu fransuz qiz hech qachon u yerdan chiqolmaydi va avval idollar ulardan keyin esa dancerlarga o‘tib ketishi mumkin. Yo'q u bunga yo'l qoymaydi . Axir undan jon qarz.
Jungkook: yo'q. Uni u yerga yubormaysiz. Qizni men o'zimga tansoqchi qilib olmoqchiman.
Bang PD : AHMOQ BOLA. NIMALAR DEYAPSAN?
Jungkook past va tahdidli ovozda: menga ovozingizni ko‘tarmang. Bizsiz siz hech qachon bu darajaga erishmasdingiz. Uni sinab ko'ring. U o‘tsa mening tansoqchim bo'ladi
Namjoon harbiy xizmatidan qaytganidan beri yaxshi uxlay olmasligidan nolir edi. Bugun u psixolog ko‘rigiga bormoqchi. Idollik ishlari bilan hozirgacha vaqt topa olmayotgan edi. Bugun kompaniyada Jimin bilan uchrashgandan keyin. Borishga qaror qildi. Jiminning tishi og‘rir edi. Ikki aka uka shifoxonaga kelishdi. Ular allaqachon navbat yozdirib qo'yishgandi. Faqat Jiminning oyog'i tortmay turgandi.
Jimin : jonimni sug‘irib olishadi endi. Balki kirmasman aaaaa
Namjoon : bu ahvolda yana qancha yurmoqchisan ?
Namjoon psixolog huzuriga kirdi . Kompьyuter oldida bir qiz yuzi ko‘rinmay o‘tirardi. Namjoon bosh egib salomlashdi .
Jea : Janob Kim Namjoon , xush kelibsiz. Motivator odamga maslahat kerak deb o‘ylamagandim. Xo'sh qanday muammo?
Namjoon ? Sizningacha motivatormanmi?
Jea : ha , albatta. Sizning har bir nutqingiz , Menga oldinga intilish harakatdan to‘xtamaslikni o‘rgatadi. Va mana natija hozir eng yosh psixologman.
Namjoon : ajoyib . Sizga yordam berganindan minnatdorman
Jea : siz uyqusizlik bor menda dedingiz . Nimalar bo‘lyapti
Namjoon : harbiy xizmatidan keyin uxlashga qiynalyapman.
Jea : u yerda nimadir bo'ldimi?
Namjoon jim qoldi. U javob berishni xohlamasdi. U yerda Taehyung bilan ko'rgan dahshatlari uni hali ham qo'rqitardi.
Bu vaqtda qo'shni xonada Jimin stol ustida jimgina doktor kelishini kutib yotardi
Jimin Hanaga ko'zi tushdi . Juda yosh . Farishtaga o'xshar ekan. Yuragi guppillab urib ketdi. Nega bunday bo‘lyapti. Bu birinchi marta. Hana yaqinlashishi bilan Jimin qizib keta boshladi. Tili aylanmay qoldi
Hana : xo'sh xo'sh xo'sh....Park Jimin 30 yosh ....BTS azosi...shunda tishingizni og‘ritmay olishim kerakmi ?
Jimin kulib yubordi. Quvnoq qiz ekan.
Jimin : agar jonim ogrisa ARMY lardan baloga qolasiz
Hana ham jilmayib qo'ydi. Jilmaysa yana go'zal bo‘lar ekan. Hana Jiminning tishlarini ko'rishni boshladi.
U bir sog tishni asbob bilan ushladi. Jiminning ko‘zlari kattalashdi.
Hana : unda bunisiga dori yuboraymi?
Jimin : siz qanday doktorsiz o'zi
Hana baland ovozda kulib yubordi . U odamlarning jahlini chiqarishni yaxshi ko'rardi
Jimin qizning ishiga hayron bo'ldi. Bu qanaqasi? Qanday qiz bo'ldi bu ? Jimin ham kulib yubordi. Ikki xonada 4 odam juda ham baxtiyor edi.
By vaqtda Jin juda ham asabiylashayotgan edi. Bu yana qanaqa gap bo'ldi. Kim bu model o'zi? Nega uni ship qilishyapti?
Jin o'sha qiz bilan uchrashmoqchi bo'ldi. Axir xabarlar 2 soat oldin uning Instagram akkountida paydo bo'ldi. Jin meni sevib qolgan 😒
Jin : men aaaaaaa. Kimsan WWH dunyodagi eng kelishgan erkak? Minglab qizlar orzusi . O'sha modelni sevib qolamanmi ? O'sha aeroportda u ham bormidi o'zi? Bu nimasi tag‘in nima qilsam ekan ? Nega big hit bunga javob bermayapti.
Jinning oldiga menejeri keldi.
Mn : Janob, bu shipni kuchaytirish kerak. O'sha xonim bilan bir yerda rasmga tushishingiz kerak.
Jin : demak shov shuv bo'lsin va meni albobim sotuvi ko‘paysin. ? Ammo men bilan ishingiz yo'q to'g'rimi?
Mn : siz shartnoma imzolagansiz bo‘ysinishga majbursiz
Jin o'rnidan turib ketdi : menga qara agar men bu yerga sarmoya kiritmaganimda sen ham mana bu bino ham bu yerda bo‘lmasdi. Shuning uchun kim xo‘jayinligini ko‘rsatmasimdan o'ylab gapir . Va men hech qanday shipni kuchaytirmayman
Jinning bu gapi Bang PDga yetib keldi.
PD : shunday ekanmi ? Men bularga men bilan kurashish qanday bo'lishini korsataman . Ular ozodlik istashyaptimi? Shipni kuchaytiring. Odamlar 24/7 shu haqda muhokama qilshsin. Soxta rasmlar va videolar tayyorlang. Jinning akkountlarini Instagram, va Weverse ni , bloklab qo'ying. Post ham qo'ya olmasin. Qolgan azolarni ham. Jin hozircha hech qanday tadbirda qatnashmaydi. Hateni kuchaytiring. Jungkook bilan kelgan qiz ...unga mos raqib top. Qizning otasi jahon chempionlaridan ekan demak qizi ham anoyi emas . Jangda yutqazsin. Keyin Oqqush uyiga yo‘qotinglar. Uni Taehyungga beramiz. Do'stining qo'lida xaloskorining nomusi toptalishini ko'rsa ancha bosiladi.
Menejerlar va boshqa xodimlar bosh egishdi.
Bang PD : ha aytgancha , Jimin va Jungkookka qat'iy dieta e'lon qiling. 2 kunda bir ovqat yeyishsa bo'ldi. Nazoratga oling