October 20

Idoll or I am a doll

Lily ko'chaga chiqdi. Yomg'ir yog'ib havo toza bo'lgan. Lily boshdan oyoq qoraga burkanib olgan edi. Qayerga kelib qoldi? Hatto tilini ham bilmaydi? Qayerdan pul topadi ? Ishchi ? Qayerda yashaydi ? Qayerda o‘qiydi ? Shularni o'ylab ketayotganda ortidan mast 3 ta yigit tushdi. Lily qadamini tezlatdi. To'g'ri jang qilsa ularni yengadi , ammo begona yerda shovqin solib nima bor .

Yigitlardan biri koreys tilida nimadir dedi shekilli qolganlari qotib kuldi . To'satdan lLilyning sumkasidan kimdir tutdi . Lily to'xtadi adashibdi ular 4ta ekan. Lily sumkasini ushlagan yigitni urib yubordi . Ammo keyingi 2ta yigit uni o'zini tepib yiqitdi . Ko‘rinishidan ular jang qila oladi . Lily o'rnidan turdi. Qorni och ekanligi pand berayotgan edi . Shunga qaramay u 2ta yigitni yiqitdi . Ammo bo‘yi baland biriga kuchi yetmayapti . Yerda yotgan yigitlardan biri pichoq chiqardi . Pichoq yaltiradi ....Lily qonni ko‘rdi ....ko'z oldi qorong‘ilashdi....o‘ng tomondan qimmat bir mashina kelib , yigitlarni quvgani va mashina balonlari uning so‘nggi ko'rgan manzarasi bo'ldi....

Lily

****

Seri uchun ajoyib kun. Qanday zo'r u bugun birinchi rayyorgarlikni boshlaydi. U HYBE ga keldi. Tayyorlov xonasiga bordi.

Seri

Guruhdoshlari bilan tayyorlana boshladi. Raqs juda mukammal chiqayotgan edi. Ammo negadir boshqalarning ko'ngli to'lmayapti. Nega axir ? Seri jon jahdi bilan harakat qilyapti. Menejerlar aytishicha uning kiyimlari juda ham odmi emish. Stilistlarga unga qayta kiyim berishlarini buyurishdi. Vokzalida ham muammo bor emish. Axir u notani buzmay kuyladiku? Seri ularga nima yoqmayotganidan hayron edi . 2 kundan keyin ularning qo'shig'i katta sahnada namoyish etishar ekan. Bu qanaqasi ? Ular hali debyut ham qilishmadiku. Seri nima bo‘layotganini tushunmasdi. Ularni katta sahnaga boshqa Idolllar qatori olib kelishdi. O qanday baxt. BTS azolari ham shu yerda ekan. Serining ko‘zlari quvonchdan porladi.

O Xudoyim..... Axir bu dunyodagi eng kelishgan erkak Kim Taehyungku.....u naqadar chiroyli. Seri Taehyungdan ko'z uza olmasdi. Shu daqiqada stilistlardan biri keldi va unga boshqa kiyim kishini aytdi.

Seri kiygan kiyim

Seri stilist u uchun tanlagan kiyimni kiydi. Juda noqulay. U hech qachon tanasini bunchalar ochiq qoldirmagan. Bu kiyim bilan qanday raqsga tushadi . Makeupist kelib uning make upini ham yangiladi . Seri kiyim ustidan rubashka kiymoqchi edi. Ammo menejer va stilistlar majburlab yrchtirishdi. Make up ham unga yoqmadi . Hammasi soxtadek edi .

Make up

Serining jahli chiqqandi . Agarda qarshilik qilmoqchi bo'lsa shartnomani imzolagansan deb bahona qilishardi . Seriga bu narsalar yoqmadi . U hozir qanday qilib bu ahvolda sahnaga chiqadi ?

Seri o'zidan juda uyalib , tanasini qo'li bilan berkitib, chiqdi. U juda ham hot ko‘rinardi. Dancerlardan ba'zilari unga shahvoniy qarashni boshlashgandi. Seri nima qilarini bilmasdi. Dancerlardan biri kelib uni oyog'idan ushlamoqchi bo'ldi. Seri tepib yubordi. Ularning sahnaviy chiqishlari bo‘yicha tayyorgarlik boshlandi. Qizlar raqsni boshlashdi.

BTS guruhining azolari ham shu yerda edilar . Taehyung qolganlarning suhbatiga aralashmay., boshqa jamoalarning chiqishlarini kuzatib turgandi. Negadir uning ko'ziga yangi jamoadagi center qizning harakatlari galati tuyilayotgandi. Qiz juda ochiq kiyingan va bo‘rttirib make up qilingan edi . To'g'ri bu narsalar ko'pincha stilistga bog'liq ammo bazi idoll qizlar o'zlarini ko'z ko'z qilish uchun shunday kiyinishadi. Taehyungga bunday qizlar yoqmaydi. U bo'lajak rafiqasini oddiy ammo yopiq zamondan orqada qolmagan holda kiyinishini xohlaydi. Taehyung qizga diqqat qilib qaradi . Ovozi va raqs harakatlari juda nafis. Ko'zlari o'zi juda chiroyli bo'lsa kerak ammo bo'yoq orqasidan sezilmay qolgan . Biroq qiz juda ham uyalyapti. Raqqoslardan biri unga tegajog‘lik qilmoqchi bo'lganda uni tepib yubordi . U shu narsalar bilan band ekan ohista sahnaga yaqin kelganini o'zi ham sezmay qoldi . Qo'shiq tugadi . Seri og'ir nafas olardi . To'satdan boshi ustida galati ovozni eshitdi. Bosh ko'tarib qaraganda boshi ustidagi chiroq pastga egilib, uning ko‘zlarini yoritdi. Seri qo‘li bilan ko‘zini to‘sdi ammo atrofdagi ovozlarga e'tibor berguncha...kimdir uni qattiq itardi...Seri sahna labiga borib qoldi va qandaydir issiq quchoq uni o'ziga bosib , Seri bilan birga sahnadan pastga yiqildi. Nimadir yerga gumburlab urildi va portladi. Baland shovqin bo'lib ketdi.....