Idoll or I am a doll
Hammasi juda ham yaxshi ketayotgandi. Azolar o'z hayotlaridan mamnun edilar . Ularning hayotlarida yangi sahifalar ochilib kelayotgan edi. Biroq baxt ketidan doim baxtsizlik ham ergashadi. Alloh esa chin sevgini doim sinovdan o'tkazadi. Ular uchun ham o'zlari bilmagan sinovlar boshlanib kelayotgan edi.
Jungkook Lilyga o'z tuyg'ularini qanday oshkor qilishni bilmasdi. Lily ham undan o‘tar edi. Ular tobora yaqinlashar edilar. Ularning bu yaqinlashuvi kompaniyani xavotirga qo'yar. Agar Jungkook oila qursa ular katta daromad manbayidan quruq qolishlari mumkinligini o'ylashar edi. Bang PD o'ylab o'ylab qizlarni ketma ket o'yindan chiqarishni yo'llarini qidirdi. Birinchi navbatda Seri va Taehyungni ajratish yo‘lini ko'rdi. Va Taennie shipini qilib tarqatib yubordi va Taeni hatto xotinbozga ham chiqartirib , Seri bilan ship bo'lishiga sabab bo'ldi. Odamlardan juda katta hatelar Taehyung uchun yog‘ila boshlandi. Biroq kompaniya uni oqlash o'rniga yomonlab ham chiqdi
Serining nomiga ham dog‘ tushayotgan edi. Odamlar uni juda qattiq tanqid ostiga olishdi. Unga " mashhurlik uchun o'zini V ga suykayapti, guruhdan ketsin " degan gaplar ham bo'ldi. Shunda HYBE " qahramonlarcha " sahnaga chiqib bu " muammoni " hal etmoqchi bo'ldi. Va Serini 3 yillik raqs va vokalni o'rganish uchun AQSH ga jo'natib yubordi. V ga bo'lsa qattiq rejimli dieta buyurildi . Har qadami nazoratga olinib , Hatto oilasi bilan tahdidlar ham qilindi.
Azolar V ga hamdardlik bildirish bilan ovora bo'lgan vaqtlarida HYBE Lilyni yo'qotishni o'ylardi.
Jungkook kompaniya qoidalarini ko'p buzardi. U tungi klublarda ham bo'lar. Raqsga tushib , mast bo'lardi. Ammo bunday vaqtlarda uni doim mashinada Lily olib yurardi . Bang PD esa, agar Lily hushyor bo'lsa, uni yengib bolmasligini o'z ko'zi bilan ko'rib, guvoh bo'lgandi. Shuning uchun, u Jungkookning mast bo'lishini kutdi . O'sha kun chindan ham Jungkook mast edi. Yomg'irli havo. Momaqaldiroq gumburlar . Yomg'ir chelaklab quyardi. Lily Jungkookni avaylab mashinaga mingazdi. Yo'lda ketishayotganda qarama qarshi kelayotgan mashina chiroqlarini to'g'ri ularga qaratib yoqdi . Lilyning ko'zlari qamashib, mashinani burib yubordi , orqadan kelayotgan yuk mashina esa ularni urib ketdi . Jungkook mast bo'lgan bo'lsa ham nima bo'lganini tushungan edi . Biroq qattiq zarbadan hushdan ketgan edi . Lily bo'lsa juda ham qattiq jarohatlanmagan, hushini ham yo'qotmagan edi. Biroq to'satdan qayerdandir 2ta mashina kelib to'xtadi va ichidan odamlar tushib , biri Jungkookni , ikkinchisi Lilyni olib keta boshlashdi. Lily qarshilik qilmoqchi bo'lgan vaqtida , og‘ziga yopilgan matodan hushdan ketdi.
Jungkook ko'zini kasalxonada ochdi . Tepasida onasi yig'lab turardi . Jungkookning ahvoli ancha yaxshi edi . Hatto tirnalmagan ham edi. ( chunki buyruq shunday bo'lgan edi. Jungkook mast bo'lgani uchun hech nimani sezmasligi kerak edi )
Shu vaqt eshik ochilib , Jin bilan Jimin kirib keldi. Ularning ko'zlari qizarib ketgan edi.
Jin : xursandman. Senga hech nim qilmaganidan xursandman.
Jk : hyong....nima bo'ldi o'zi men mast edim . To'g'ridan kelgan mashinani eslayman xolos
Jin : kimdir seni o‘ldirmoqchi bo'lgan, baxtga qarshi uddalay olmabdi.
Jk : hyong ....Lily qayerda ? Qo'shni xonadami ? Ahvoli yaxshimi ?
Jk : hyong nega jimsizlar ? Lily qani ?
Jk : nega buncha yig‘layapsiz? Unga nima qildi ? Uni ko'rishim kerak !
Jk o'rnidan turmoqchi bo'lgan ham ediki , ota onasi unga yopishib olishdi .
Jkni onasi : yo'q o'g'lim turma senga hali mumkin emas. Qo'y o'sha qizni . Yotsangchi
Jk : u qayerda ? Kecha u men bilan birga edi . Hyong iltimos ayting . Nega menga hech nima demayapsizlar
Jimin : Jungkook, u ....u endi ....oramizda yo'q
Jk : nnnnmaaa? Yo'q bu yolg'on. Aldayapsiz. Bu uning o‘yinimi? Lily ! LILY ! o'yinni to'xtating. Bo'lishi mumkin emas . Qanaqasiga. Axir men sog‘manku? Nega u ? Aldayapsiz? Uni chaqiring. Chaqiring DEDIM. LILY ! HYONG UNI CHAQIRING
Jungkook o'rnidan turishga urinar ammo Jimin uni quchoqlab olib bunga imkon bermasdi. Chunki u bilardi , agar u o'rnidan tursa shu holatda Lilyni qidiradi . Lilyni dafn qilish uchun olib ketishdi. Jimin yig‘lardi. U Jungkookni ushlab turishga kuchi yetmasdi.
2ta hamshira va doktor ymtezda kelib Jungkookka tinchlantiruvchi berishdi . Jungkook uyquga ketar ekan bir gapni takrorlardi
Jk : uni chaqiring. ... aldayapsiz .... O‘yinni bas qiling....Lily
Jungkookdan boshqa azolar Lilyning janozasiga kelishdi. Ular hurmat ko'rsatib, uni dafn qilishdi. Hammaning boshi egilgan edi. Jungkook hali ham shifoxonada edi. Unga 2 marta tinchlantiruvchi qilib , uxlatishdi. Ertaga javob berishadi. U o'z ko'zi bilan qabrini ko'rmaguncha ishonmasa kerak. Ular hatto tan olib ham ulgurishmagan edi. Bang PD ning qo'rquvi ularni bir biridan to'liq ayirdi. Jungkook qanday ahvolga tushar ekan?
Boshqa yerda esa, bir oila bu vaqtda hamma narsadan bexabar Shimoliy Koreya fuqaroligini qabul qilishayotgan edi....